1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, ijro uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining javobgarligini yanada oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
1. Vazirlar Mahkamasining qarorlari (keyingi o‘rinlarda — Hukumat qarorlari) ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlik 2025-yil 1-oktabrdan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Hukumat qarorlari loyihalarini har tomonlama, ya’ni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan puxta hamda yuksak professional darajada tayyorlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
Hukumat qarorlarining ijrosini samarali va rejali tashkil qilish, ularning bajarilish holatini maqsadli o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun amaliy mexanizmlarni va bajarishning real muddatlarini ko‘rsatish;
tashkiliy, ijro va nazorat faoliyati yagona tizimining natijadorligi uchun davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini belgilash.
3. Hukumat qarorlarining ijrosi quyidagi tartibda tashkil etilishi belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
birinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi imzolangan Hukumat qarorlarini bir soat davomida ro‘yxatdan o‘tkazib, “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun bir kun muddatda Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Hukumat qarorlari kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligi nazoratga olinadigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi;
uchinchi bosqich — davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari har oyning 25-sanasigacha ijro muddati keyingi oyda keladigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha yo‘l xaritasi va amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi, Hukumat qarorlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqida “Ijro.gov.uz” tizimiga belgilangan shakldagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritadi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
to‘rtinchi bosqich — Adliya vazirligi Hukumat qarorlarining ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni bir ish kuni ichida to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, Hukumat qarorlari va topshiriqlar ijro holati to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotlarni har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi bir ish kuni ichida mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlarning to‘liqligi hamda haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi. Bunda har oyda Rayosat majlislarida Hukumat qarorlari ijrosi natijadorligini tanqidiy ko‘rib chiqadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Hukumat qarorlaridagi ijro muddati belgilanmagan yoki ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib boriladi.
6. Adliya vazirligiga:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
“Ijro.gov.uz” tizimidagi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro holatini har oy tizimli tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va natijalarini umumlashtirgan holda, Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini “joyiga chiqqan” holda o‘rganish, o‘rta va quyi bo‘g‘inlarda ishlarning real holatini, muammolarning asl sabablarini tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni birgalikda hal qilish, mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy ko‘maklashish maqsadida haftaning payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari vakillari bilan “jonli muloqot” o‘tkazish;
ijro intizomini ta’minlashda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnomalar kiritish;
har oyning 25-sanasida “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar shakllantirilib, davlat organlari va tashkilotlariga eslatmalar yuborish vazifalari yuklansin.
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
a) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang));
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha kiritilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va asosliligini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tekshirish imkoniyatini ta’minlash uchun davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilsin;
“Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek, Hukumat qarorlarining ijro holati yuzasidan hisobotlarni “Ijro.gov.uz” tizimi orqali avtomatik shakllantirish imkoniyati yaratilishini ta’minlasin;
b) “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanuvchilarning asosli takliflarini inobatga olgan holda uni doimiy ravishda modernizatsiya qilib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
8. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, ularning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linma rahbarlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchisi hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
616-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
1. Ushbu Nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari (keyingi o‘rinlarda — Hukumat qarorlari) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etilishi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
mas’ul ijrochilar — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari;
operator — “Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlovchi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi “O‘zbektelekom” AK ta’sischiligidagi “UNICON-SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
4. Hukumat qarorlarining ijrosi va nazorati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda ta’minlanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
birinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi (Umumiy bo‘lim) Hukumat qarorlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi Hukumat qarorlarini mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq ko‘rsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
uchinchi bosqich — mas’ul ijrochilar Hukumat qarorlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqida “Ijro.gov.uz” tizimiga asoslovchi hujjatlar bilan birga ma’lumot kiritadi;
to‘rtinchi bosqich — Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, zaruratga ko‘ra joyiga chiqqan holda o‘rganadi, ularni kelishadi yoki qayta ishlashga yuboradi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi mas’ul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali muntazam nazorat qiladi, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, har oy yakuni bo‘yicha Rayosat majlislarida ijro intizomi holatini muhokama qiladi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan ta’sir choralarini belgilaydi.
5. Raqamlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar:
Hukumat qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “Ijro.gov.uz” elektron tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash to‘g‘risidagi topshiriqlar — ushbu hujjat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng nazoratdan olinadi.
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgandan so‘ng ular qabul qilingunga qadar bo‘lgan bosqichlar qo‘shimcha ravishda “Ijro.gov.uz” elektron tizimida nazoratga olinadi.
Bunda o‘rnatilgan tartibda kiritilgan normativ-hujjat loyihasi tegishli tashkilotga qayta ishlash uchun yuborilganda topshiriq Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qayta nazoratga olinadi. Agar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, tegishli topshiriq “Ijro.gov.uz” tizimidan nazoratdan yechiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
6. Hukumat qaroridagi ma’lum bir tartib yoki tizimni amaliyotga joriy qilish bilan bog‘liq topshiriqlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish talab qilingan taqdirda, hujjat qabul qilingandan so‘ng topshiriq to‘liq bajarilgan deb hisoblanadi. Bunda:
mas’ul ijrochi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritgandan keyin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar har oyda, biroq eng ko‘pi bilan bir yil davomida topshiriq ijro holati bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumot kiritib boradi;
Hukumat qaroridagi topshiriqning ijro muddati bevosita Adliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
7. Bir xil mazmundagi yoki faqat mas’ul ijrochilari va bajarish muddatlari bir-biridan farq qiladigan oldin berilgan Hukumat qaroridagi topshiriq keyinroq qabul qilingan Hukumat qarori yoki yuqori yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat asosida nazoratdan yechiladi.
8. Hukumat qaroridagi topshiriq “Ijro.gov.uz” tizimidagi asosiy mas’ul ijrochidan nazoratdan yechilgandan so‘ng hamijrochi hisoblangan boshqa ijrochilardan ham “Ijro.gov.uz” tizimida avtomatik ravishda nazoratdan yechiladi.
9. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijro muddati:
belgilanmagan bo‘lsa — ularni bajarish muddati bir yil;
doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish muddati (Hukumat qarorida doimiy topshiriqlar bajarilishining yakuniy muddati aniq belgilangan holatlar bundan mustasno):
har hafta (yoki bir oygacha muddat) bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari bir yil;
har oy va har chorak bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari ikki yil;
har yarim yil va har yili bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari uch yil etib belgilanadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddati har oy, har chorak, har yarim yil yoki har yili etib belgilangan holatlarda “Ijro.gov.uz” tizimida ushbu topshiriqlarning ijro muddati keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan Hukumat qarorlaridagi doimiy topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib borilishi lozim.
Doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimidan yechilishi ularning ijrosini davom ettirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
10. Mas’ul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimga kiritiladigan ijro natijalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritiladigan rasmiy ma’lumot birinchi rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan bo‘lishi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar “PDF” formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda — ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi ma’lumotlar ilova qilingan bo‘lishi.
11. “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati uch oy va undan oshadigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro holati yuzasidan oraliq ma’lumot kiritilishi lozim.
12. “Ijro.gov.uz” tizimida oraliq ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
mas’ul ijrochi har bir topshiriqni bajarishga doir harakatlar jadvalini xronologik tartibda ishlab chiqadi va tizimga kiritadi;
mas’ul ijrochi “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tizimga kiritadi;
Adliya vazirligi kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan oraliq ma’lumotlarining to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul bo‘lgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi tomonidan kelishilgan topshiriqlar bo‘yicha kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ko‘rib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
13. Oraliq ma’lumotlar mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda qabul qilingach, topshiriqning bajarilishi yuzasidan yakuniy ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritishga ruxsat beriladi.
2-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
14. Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuborilgan Hukumat qarorlari kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Ijro nazorati boshqarmasi) tomonidan bir kun muddatda mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi.
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida zaruratga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimida qo‘shimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
15. Ijro nazorati boshqarmasi:
har oyning 20-sanasida ijro muddati kelgan, biroq bajarilmagan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar, shuningdek, muddati oy yakuniga qadar keladigan topshiriqlar bo‘yicha;
har oyning 25-sanasida ijro muddati keyingi oyda keladigan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha ro‘yxatni shakllantiradi va mas’ul ijrochilarga eslatmalar yuboradi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
16. Ijro nazorati boshqarmasi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal qilish va huquqiy-uslubiy ko‘maklashish maqsadida har hafta payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida mas’ul ijrochilar vakillari bilan birgalikda “jonli muloqot” tashkil etadi.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
17. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida mas’ul xodim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda bu haqida rahbariyatga axborot beriladi.
18. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
19. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma zaruratga ko‘ra rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalar yoki tizim tashkilotlariga bajarish mexanizmi bajarish muddatlarini aniq belgilagan holda yuboradi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul tarkibiy bo‘linmasi hududiy bo‘linmalar yoki tizim tashkilotlari tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
20. Mas’ul tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqida rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
21. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
22. Davlat organlari va tashkilotlarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — hay’at majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari tomonidan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
23. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlari aniq belgilangan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
24. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
25. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
26. Mas’ul tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
27. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining nazorat va ijro' intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
28. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida (birinchi o‘rinbosar shtati mavjud bo‘lmagan yoki vakant hollarda — o‘rinbosar);
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
29. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar) mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
30. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
31. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma zaruratga ko‘ra rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo;
6.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi;
7.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
32. Mas’ul tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqida rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborgan bo‘lsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritishini nazoratga oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.03.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarda Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari huzurida;
har hafta dushanba kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari huzurida;
har chorakda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.03.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi vakolatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
36. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
37. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
38. Mas’ul tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka yuboradi.
39. Tuman (shahar) hokimligining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
40. Tuman (shahar) hokimliklarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — hokim huzurida;
har chorakda — xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
4-§. Xo‘jalik birlashmalari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
a) Xo‘jalik birlashmalari markaziy apparati tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
41. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xo‘jalik birlashmasi markaziy apparati mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
42. Xo‘jalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.03.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining faoliyatini tashkil etish]
43. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda mas’ul tarkibiy bo‘linma hududiy bo‘linmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
44. Mas’ul tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqida rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari]
45. Xo‘jalik birlashmasining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritishini nazoratga oladi.
46. Xo‘jalik birlashmalarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — xo‘jalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) Xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish
47. Xo‘jalik birlashmalari markaziy apparatidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xo‘jalik birlashmasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
48. Hududiy bo‘linmalar rahbariyati bir kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
49. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
50. Mas’ul tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga xo‘jalik birlashmasining markaziy apparatiga kiritadi.
51. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linma Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan birga xo‘jalik birlashmasining markaziy apparatiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
52. Xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalarida Hukumat qarorlarining ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul bo‘lgan Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish
53. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir kotibiyati) Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar yuzasidan zaruratga ko‘ra Bosh vazir yoki uning o‘rinbosari topshirig‘ini yoki nazorat rejasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda imzolash (tasdiqlash) uchun Bosh vazir yoki uning o‘rinbosariga kiritadi.
54. Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha belgilangan tartibda imzolangan (tasdiqlangan) Bosh vazir topshirig‘i yoki nazorat rejalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilarni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
55. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmasi, Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tasdiqlangan Bosh vazir topshirig‘i yoki nazorat rejalari asosida mas’ul ijrochilarga yuborilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
3-bob. Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
a) Adliya vazirligi markaziy apparati tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
56. Adliya vazirligi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
57. Adliya vazirligi tasdiqlangan grafik asosida Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganish o‘tkazadi.
58. Ijro nazorati boshqarmasi quyidagi hollarda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni nazoratga olish uchun Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘linmalariga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
a) davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari Hukumat qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul ijrochi etib belgilanganda;
b) Hukumat qarorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalariga ijro uchun yuborilganda yoki ularning ijrosi bevosita tegishli hududning o‘zida amalga oshirilishi nazarda tutilganda.
59. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimga kiritilgan ma’lumotlar Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — besh ish kunida) tahlil qilinadi.
60. Tahlil quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ma’lumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar to‘liqligini o‘rganish;
ma’lumotlar haqqoniyligini zaruratga ko‘ra joyiga chiqqan holda o‘rganish;
tor ixtisosliklar bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga so‘rovlar yuborish yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganish;
ma’lumotlarda noaniqliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, mas’ul ijrochidan yozma yoki og‘zaki tushuntirishlar olish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
61. Tahlil jarayonida Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
qonuniylik — Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan ma’muriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgani;
dolzarblik — amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
to‘liqlik — Hukumat qarorlarida ko‘zlangan maqsadga (ko‘rsatkichga) erishilgani (soni, miqdori, hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar);
haqqoniylik — Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning amalda qilingan ishlar bilan o‘zaro muvofiqligi;
mas’uliyatlilik — Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash borasida mas’ul ijrochilar tomonidan o‘z vakolati doirasida barcha zarur choralar ko‘rilgani.
62. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar tahlili natijasiga ko‘ra Ijro nazorati boshqarmasi:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan yoki tasdiqlovchi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
63. Hukumat qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Ijro nazorati boshqarmasi ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi yuzasidan tegishli xulosani bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
Ijro nazorati boshqarmasi Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi asosida mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi yoki ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
Mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar bartaraf qilinib, “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumotlar qayta kiritilganda yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
64. “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan mas’ul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuboriladi.
Adliya vazirligi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan mas’ul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.
b) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
65. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari o‘z hududlariga doir Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
66. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashda hokimliklarga va hududiy mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi.
67. Ijro nazorati boshqarmasi ko‘rsatmasiga muvofiq bir ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganda — uch ish kunida) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi amalda bajarish va undan ko‘zlangan maqsadga erishilganligini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Bunda o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanib, imzolangan holda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilinadi.
68. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tegishli hudud bo‘yicha bajarilmagan va muddati kechiktirib bajarilgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi bo‘yicha umumlashtirilgan axborotni har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
2-§. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
69. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari mas’ul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam tahlil qilib, nazoratini amalga oshiradi.
70. Ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgan holatlar va muddati o‘tgan topshiriqlar bo‘yicha har hafta davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlari, mas’ul departament, boshqarma, bo‘lim rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
71. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ish rejaga muvofiq Hukumat qarorlari ijrosining joylardagi amaliy natijasi, ijro intizomi holati, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi masalasini joylarga chiqqan holda kompleks o‘rganadi.
Kompleks o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tayyorlangan materiallar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot beriladi, zaruratga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
72. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari bir kun muddatda (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda uch kun muddatda) mas’ul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganib chiqadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — topshiriqni nazoratdan yechishni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki tasdiqlovchi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — mas’ul ijrochilarga qayta ishlashga yuboradi.
Bunda ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligiga Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi javobgar hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul bo‘lgan, shuningdek, Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari tomonidan kelishilgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ko‘rib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
73. Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan har oy yakuni bo‘yicha tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritilgan tahliliy hujjatlar asosida ijro intizomi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida mas’ul ijrochilar ishtirokida tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
74. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijro intizomi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
75. Vazirlar Mahkamasi grafik asosida Hukumat qarorlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
76. Vazirlar Mahkamasi har oy yakunlari bo‘yicha Hukumat qarorlari ijro holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berib boradi.
4-bob. Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish tartibi
1-§. Mas’ul ijrochilar tomonidan Hukumat qarorlarining ijro holati bo‘yicha ma’lumotni Adliya vazirligiga kiritish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
77. Mas’ul ijrochilar Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlaydi hamda ijro natijalari bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumotlarni ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
78. Mas’ul ijrochilar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar “Ijro.gov.uz” tizimidagi o‘zlari mas’ul bo‘lgan va bajarilmagan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati bo‘yicha birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
2-§. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
79. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlar ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq tayyorlanadi, kiritiladi va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
80. Adliya vazirligi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar muddati kelgan Hukumat qarorlari ijro holatini hamda mas’ul ijrochilar tomonidan bajarilmagan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi, shuningdek, ushbu Nizomga 3-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlaydi.
81. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar to‘plami adliya vaziri (istisno hollarda tegishli vazir o‘rinbosari) tomonidan imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
3-§. Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha kiritilgan tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish tartibi
82. Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan tahliliy materiallar asosida Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tomonidan har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning o‘n ikkinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi hujjatlari to‘plami tayyorlanadi hamda himoyasi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
83. Ijro intizomini ta’minlash hamda Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritiladi.
84. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
hisobot davrida Hukumat qarorlari ijro holati bo‘yicha adliya vazirining (istisno hollarda tegishli vazir o‘rinbosarining) hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining (ularning o‘rinbosarlari) hisoboti eshitiladi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni bajarishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, Hukumat qarorlari ijrosini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda zarur choralar ko‘rmagan rahbar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi;
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish bo‘yicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
Hukumat qarorlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
85. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish tartibi
86. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddati (asos mavjud bo‘lganda) quyidagi tartibda uzaytiriladi:
Vazirlar Mahkamasi asosiy ijrochi bo‘lganda — Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tomonidan;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
qolgan barcha holatlarda — bevosita Adliya vazirligi tomonidan.
87. “Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
88. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni:
belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, mas’ul ijrochilar tomonidan ularning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha;
bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda yoki dolzarbligini yo‘qotganda, nazoratdan olish bo‘yicha takliflar Adliya vazirligiga kiritiladi.
Bunda quyidagi namunaviy shakllardagi hujjatlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi:
nazoratdan olish bo‘yicha kiritilgan takliflar yuzasidan tahliliy jadval (5g-ilova);
rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish xati.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
89. Adliya vazirligi Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish bo‘yicha takliflarni tahlil qiladi va natijasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish bo‘yicha takliflar yuzasidan tayyorlangan xulosalar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
90. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib, xulosa berilgan takliflar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
91. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida tartibda nazoratdan olish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ma’qullangan hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bilan rozilik berilgan takliflar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
6-bob. Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar olib borish
92. Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi Hukumat qarorlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni (keyingi o‘rinlarda — manzilli va tematik o‘rganishlar) hamda ularning joylardagi ijro holati monitoringini amalga oshiradi.
93. Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik o‘rganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan har yili yanvar oyida mas’ul ijrochilar takliflari asosida ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
94. Tasdiqlangan manzilli va tematik o‘rganishlar dasturidagi reja-grafikka muvofiq Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari Hukumat qarorlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida o‘rganishlar o‘tkazadi.
Manzilli va tematik o‘rganishda boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
95. Hukumat qarorlarining ijro holati yuzasidan o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
96. Vazirlar Mahkamasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
7-bob. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
97. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu Nizomga 6-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
98. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Raqamli texnologiyalar vazirligi:
“Ijro.gov.uz” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
mas’ul ijrochilarga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
“Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan tizimni takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
99. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish, ulash, elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash va o‘qitish;
Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiya qilish va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi shakllarini ishga tushirish;
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga “Call-markaz” orqali “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar xato yoki noto‘g‘ri ishlashining oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish;
“Ijro.gov.uz” tizimining funksional va foydalanish xususiyatlarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
100. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi to‘ldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli “Ijro.gov.uz” tizimiga biriktiriladi.
101. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
102. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvarag‘iga to‘lov kelib tushgandan so‘ng operator uch ish kuni davomida:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati bo‘lgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini ta’minlashi shart.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
103. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish operator tomonidan ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.02.00 Intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
104. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish (ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish, yangilash, o‘chirish) ishlari mas’ul ijrochi kadrlar bo‘linmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilmasini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
105. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
106. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun tizim foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.03 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilish tartibi]
107. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar bo‘linmasiga topshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
108. Operatorning “Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini va uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
109. Mas’ul ijrochilarning rahbarlari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammolar hal qilinishi, shuningdek, oldindan qo‘yilgan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalari o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang));
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
110. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari Hukumat qarorlaridagi topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborot o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar.
111. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
112. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
HUKUMAT QARORLARI IJROSI NAZORATINI VA HISOBDORLIGINI TASHKIL QILISH TARTIBI
I. Topshiriqlarni shakllantirish
II. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash va ijro natijalarini “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish
1-BOSQICH
2-BOSQICH
3-BOSQICH
VAZIRLAR MAHKAMASI
ADLIYA VAZIRLIGI
MAS’UL IJROCHI ETIB BELGILANGAN TASHKILOTLAR
(Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini (keyingi o‘rinlarda — Hukumat qarorlarini) ro‘yxatdan o‘tkazish.
2. “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Hukumat qarorlarining elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish.
1. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar (keyingi o‘rinlarda — topshiriqlar)ni “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish.
2. Topshiriqlar ijrosi uchun mas’ullarni (davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari) va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.
1. Topshiriqlar haqida rahbarni xabardor qilish va uning ust xatini tayyorlash.
2. Topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari va aniq mexanizmga ega bo‘lgan nazorat rejalarini namuna asosida tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.
3. Topshiriqlar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan shaklda “ljro.gov.uz” tizimiga kiritish.
4. Topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida hollarda nazoratdan olish haqida Adliya vazirligiga taklif kiritish.
5. Topshiriqlar ijro holatini ijro nazorati bo‘linmasi tomonidan kunbay, rahbarning birinchi o‘rinbosari (o‘rinbosari) huzurida har juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.
6. Topshiriqlarning ijro holatini davlat organlari va tashkilotlarning hay’at majlislarida muhokama qilish hamda ijro intizomiga rioya etmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.
Muddat:
Muddat:
Muddati:
imzolangandan bir soat mobaynida
1 kun, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan
hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab 1 kunda
kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
3kunda
belgilangan muddatlarda
zaruratga ko‘ra
har kuni, har hafta juma va dushanba kunlarida
har chorakda
III. Topshiriqlar ijrosi nazorati va monitoringini tashkil qilish
4-BOSQICH
5-BOSQICH
ADLIYA VAZIRLIGI
VAZIRLAR MAHKAMASI
1. Nazorat rejasi va undagi mexanizmlar ijrosi holatini “ljro.gov. uz” tizimida onlayn rejimda monitoring qilib borish.
2. Natijalarni ko‘rib chiqish:
3. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda:
4. Ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida hollarda nazoratdan olish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganish va xulosa tayyorlash.
5. Topshiriqlar ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha Hukumat Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga materiallarni kiritish.
6. Topshiriqlar ijro holati yuzasidan o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
2. Topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish hamda alohida hollarda nazoratdan olish haqidagi takliflarni Hukumat Rayosatida ko‘rib chiqib, ularga rozilik berish yoki rad etish.
3. Nazoratdan yechilgan topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish.
4. Topshiriqlar ijro holati yuzasidan manzilli va tematik o‘rganishlar rejasini tasdiqlash
a) ijro natijasi qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlarni “ljro.gov.uz” tizimida kelishish.
b) ijro natijasi qoniqarsiz bo‘lganda — topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
a) “ljro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni joyiga chiqib o‘rganish uchun hududga yuborish:
b) “ljro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar raqamlashtirishga oid bo‘lsa, tizim orqali Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuborish.
a) ijro natijasi qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan topshiriqlarni “ljro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish.
b) ijro natijasi qoniqarsiz bo‘lganda — topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
Muddati:
Muddati:
onlayn rejimda doimiy
1 ish kunida
5 ish kunida
har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha
manzilli-tematik dasturiga muvofiq
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 3 ish kunida
belgilangan muddatlarda
zaruratga ko‘ra
har yarim yilda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan Hukumatga kiritiladigan umumlashtirilgan
HISOBOTLARNING NAMUNAVIY SHAKLI
I. KIRISH QISMI
a) Hukumat qarorlarini ro‘yxatga olish, mas’ul ijrochilarga yetkazish va ularning bajarilishini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) Hukumat qarorlarini bajarishda, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
II. BAYON QISMI
v) Hukumat qarorlari bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati to‘g‘risida ma’lumot (jadval ilova qilinadi);
d) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Adliya vazirligi ko‘rsatmalarining bajarilish holati tahlili;
e) Hukumat qarorlarining amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
yo) Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy o‘rganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining o‘rta va quyi bo‘g‘inlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
III. TAKLIF ETILADIGAN CHORALAR
j) Hukumat qarorlarining ijrosini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar;
z) jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning o‘rinbosarlariga) nisbatan jazo choralarini ko‘rish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat qarorlarining ijro muddatini uzaytirish va alohida tartibda nazoratdan olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligi yoki o‘z dolzarbligini yo‘qotganligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki ularni nazoratdan olish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Adliya vazirligi
Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi belgilangan shaklda taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi Rayosati
Hukumat qarorlaridagi topshiriqning ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
Belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
(Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)
1. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda nazoratdan olish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ma’qullangan hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bilan rozilik berilgan takliflar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati o‘tkazilgandan so‘ng 10 kun muddatda
2. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berilgan va belgilangan tartibda rozilik olingan takliflarni Adliya vazirligiga yuboradi.
Axborot berilgan kun
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Hukumat qarorlari ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha kiritiladigan xatning
NAMUNAVIY SHAKLI
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil ____ _________dagi _____-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq __________________________________ (hujjat rekvizitlari hamda bandi ko‘rsatiladi) ijro muddatini uzaytirishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Ijro muddatini uzaytirish taklif etilayotgan topshiriq bo‘yicha asoslantiruvchi jadval (tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga), topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan tarmoq jadvali hamda tushuntirish xati (agar topshiriq ijro muddati o‘tgan bo‘lsa) ilova qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlari,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari
/imzo/
F.I.O.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5a-ILOVA
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligiga kiritiladigan asoslantiruvni jadvalning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hujjat turi va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Taklif kiritgan mas’ul ijrochi va topshiriqning ijro holati
Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari nomi
1.
1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi:
...
2. Mas’ul ijrochi:
...
3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
...
4. Topshiriqning ijro muddatini uzaytirishni asoslantirish:
...
...
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari
/imzo/
F.I.O.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5b-ILOVA
Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligiga kiritiladigan tarmoq jadvalining
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Topshiriq mazmuni
Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati
Topshiriq ijro muddati uzaytirilishi munosabati bilan topshiriq ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ketma-ketligi
Tadbirlar ijro muddati
Topshiriq ijrosi uchun mas’ul mutasaddi rahbar va tegishli boshqarma (F.I.O.)
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari nomi
Hujjat rekvizitlari
1.
2.
...
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari
/imzo/
F.I.O.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5g-ILOVA
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan topshiriqlarni nazoratdan olish bo‘yicha kiritilgan takliflar yuzasidan Adliya vazirligining xulosasi
TAHLILIY JADVALI
T/r
Hujjat turi va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Taklif kiritgan mas’ul ijrochi va topshiriqning ijro holati
Adliya vazirligi xulosasi
I. Topshiriqni nazoratdan olishga rozilik berilgan takliflar
1.
1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat-rejasi:
...
2. Mas’ul ijrochi:
...
3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
...
4. Topshiriqlarni nazoratdan olishni asoslantirish:
II. Topshiriqni nazoratdan olish rad etilgan takliflar
1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat-rejasi:
...
2. Mas’ul ijrochi:
...
3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
...
4. Topshiriqlarni nazoratdan olishni asoslantirish:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi
SXEMASI
Tizimdan foydalanuvchilar
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar
Vazirlar Mahkamasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Vazirlar Mahkamasining qarorlari (keyingi o‘rinlarda — Hukumat qarorlari)ni tizimlashtirish, elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir kotibiyati) tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlarining davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish.
3. Ijro intizomi va nazorat bo‘limining nazoratchi profili uchun Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari va Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlarini mas’ul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
4. Nazoratda turgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
5. Vazirlar Mahkamasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
6. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari va Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari so‘rovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari va xo‘jalik birlashmalari bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.
7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Adliya vazirligi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Hukumat qarorlarini tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;
3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish.
4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
6. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
7. Hukumat qarorlari, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Davlat organlari va tashkilotlari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda ushbu topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda ushbu topshiriqlarning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda ushbu topshiriqlarning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Tuman va shahar hokimliklari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Hukumat qarorlaridagi topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2025-y., 09/25/616/0894-son)