|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
|
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUG‘I
Jamoat foydalanish joylarida internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-iyulda 1393-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarilishini ta’minlash hamda jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘i xizmatini taqdim etishni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kirishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Hamma erkin foydalanilishi mumkin bo‘lgan foydalanish punktlarida Internet tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish tartibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 5-iyuldagi 186-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-iyul,
216-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 350-modda; 2010-y., 50-son, 477-modda)