1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda futbol sport turini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini yaxshilash, mavjud futbol maydonlaridan samarali foydalanish, iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash va ularni professional sportga yoʻnaltirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
1. Quyidagilar mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(a) moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini koʻpaytirish orqali futbol bilan muntazam shugʻullanuvchilar sonini oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
(b) iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini toʻliq raqamlashtirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
(v) xorijiy davlatlarda professional futbol bilan shugʻullanayotgan oʻzbekistonlik futbolchilarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish.
II. Raqamli texnologiyalarni joriy etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi imkoniyatlarga ega “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimini (keyingi oʻrinda — axborot tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(a) Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi talablariga muvofiq stadionlardagi audio va videotasvirlarni bir nuqtaga uzatish orqali futbol uchrashuvlarida video yordamchi hakam (VAR) tizimini yanada kengaytirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
(b) futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari oʻquv mashgʻulotlarini onlayn nazorat qilish, futbolchilarning tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish hamda shaffof seleksiya tizimini joriy qilish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(v) sohada amalga oshiriladigan loyihalarning konsepsiyalari, texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(g) futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida xodim, trener va futbolchilar davomatini yuritish, videokonferensaloqa tizimini tashkil etish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
(i) futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari bosqichma-bosqich axborot tizimiga ulanadi;
(ii) tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining oʻquv mashgʻulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
(b) 2026-yil 1-martga qadar futbol akademiya va maktablari Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsni biometrik identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega planshetlar bilan taʼminlanadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
(v) 2026-yil 1-martdan boshlab futbol oʻyinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qoʻllashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
(g) Milliy futbol markazida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
(i) iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash boʻyicha Raqamli futbol situatsion markazi tashkil etiladi hamda uning faoliyatiga tajribali murabbiylardan iborat tahlilchilar jalb etiladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(ii) futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun “VAR” markazi tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
(iii) axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazi tashkil etiladi;
(d) 2026-yil 1-aprelga qadar futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida oʻquv mashgʻulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda ularning tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish imkonini beruvchi maxsus dastur va mobil ilova ishga tushiriladi;
(j) 2026-yil 1-dekabrga qadar axborot tizimi “Raqamli sogʻliqni saqlashning yagona platformasi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
III. Futbolchilar seleksiyasi va futbol infratuzilmasini rivojlantirish
4. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va mahallalarda iqtidorli yosh futbolchilarni saralash tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining:
(a) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Legionerlar klubi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
(b) “Legionerlar klubi”ga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) oʻzbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislarini jalb qilish;
(v) “Legionerlar klubi”ga respublikadagi futbol akademiya va maktablarini biriktirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
6. Sport vazirligiga davlat sport taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan yer uchastkalarini keyinchalik nodavlat futbol taʼlim tashkilotlari va futbol klublarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Legionerlar klubi” aʼzolariga ajratishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
7. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish boʻyicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etilsin.
8. Belgilansinki, “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
(a) mahallalardagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini oʻzgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi]
(b) elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga xarid qilingan boʻsh turgan davlat mulki obyekti (yer uchastkasi)ning qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish va tasarruf etish huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]
(v) elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlangʻich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizdan, lekin koʻpi bilan 50 foizgacha pasaytirilgan holda va sotib olish toʻlovlarini uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan savdolarga chiqariladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.02.00 Muomaladan olingan va muomalada cheklangan mol-mulk]
9. Davlat mulki obyekti boʻlgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish va sotuvga chiqarish taqiqlansin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Futbolni ommalashtirish va iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror ijrosini toʻlaqonli va samarali amalga oshirish uchun 2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha 15 milliard soʻm mablagʻ ajratsin.
12. Sport vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi B.N. Kurbanov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
14. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-avgust,
PQ-262-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-262-son qaroriga 1-ILOVA
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va mahallalarda iqtidorli yosh futbolchilarni saralash tartibi
1. “Maktablar futbol ligasi” yangi formatda “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqasi sifatida har yili umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 1 — 4 va 5 — 8-sinflari jamoalari oʻrtasida uch bosqichda (tuman (shahar) — viloyat — respublika) oʻtkazib borish tartibi joriy qilinadi.
2. “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan har yili birlamchi sport jihozlari uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan zarur sport jihozlari va anjomlari yetkazib beriladi.
3. “Mahalla ligasi” va “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida ishtirok etuvchi barcha futbolchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimida yuritiladigan elektron reyestrga kiritiladi.
4. Mazkur reyestr Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yuritiladi va musobaqalarda ishtirok etuvchi futbolchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan kiritib boriladi.
5. “Mahalla ligasi” va “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga 40 foizgacha har oylik ustama toʻlanadi.
Izoh: “Mahalla ligasi” va “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarini oʻtkazish tartibi tegishlicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-262-son qaroriga 2-ILOVA
Futbolni ommalashtirish va iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmlari
Amalga oshirish muddati
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
1.
Futbol akademiyalari, futbol maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari futbolchilarining tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilishda sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.
1. Tajriba-sinov loyihasining loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.
3. Tajriba-sinov loyihasini sinov tariqasida amalga oshirish va natijasi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda taklif kiritish.
2026-yil noyabr
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2.
Futbol uchrashuvlarida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.
1. Futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda VAR tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun Milliy futbol markazi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “VAR” markazini tashkil etish.
2. Futbol maydonlari zamonaviy talablarga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligini oʻrganish.
3. Oʻrganish natijalari boʻyicha Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionlarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi bilan bogʻlaydigan optik tolali aloqa liniyalari (asosiy va zaxira) va zarur qurilmalar bilan taʼminlash.
2026-yil mart
2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
3.
Milliy futbol markazi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Raqamli futbol situatsion markazini va “DATA futbol” markazini tashkil etish.
1. Raqamlashtirish ishlarini onlayn kuzatish, monitoring qilish, statistik va operativ maʼlumotlarni nazorat qilish boʻyicha Raqamli futbol situatsion markazini tashkil etish.
2026-yil yanvar
2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda raqamlashtirish ishlarini onlayn kuzatish, monitoring qilish, statistik va operativ maʼlumotlarni nazorat qilish kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish.
2026-yil aprel
3. “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazini tashkil etish.
4. “DATA futbol” markazining texnik infratuzilmasi va maʼlumotlarni uzatish tizimini yaratish.
5. Maʼlumotlarni yagona bazada yigʻish va integratsiya qilish imkoniyatini yaratish.
2026-yil sentabr
4.
Mahallalar va taʼlim muassasalarida futbol musobaqalarini oʻtkazib borish tizimini takomillashtirish.
1. “Mahalla ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish tartibini tasdiqlash.
2. “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarini oʻtkazib borish tartibini tasdiqlash.
2025-yil dekabr
-
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi
(K. Kuranbayev),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(J. Qoʻchqorov)
3. “Maktablar futbol ligasi” yangi formatda “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqasi sifatida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 1 — 4 va 5 — 8-sinflari jamoalari oʻrtasida uch bosqichda (tuman (shahar) — viloyat — respublika) oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.
2026-yildan boshlab har yili
4. “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga zarur sport jihozlari va anjomlari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish.
doimiy
Davlat budjetidan birlamchi sport jihozlari uchun har yili Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlari
5. “Mahalla ligasi” va “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga 40 foizgacha har oylik ustama toʻlash tartibini tasdiqlash.
2026-yil may
-
5.
Futbol oʻyinlariga chiptalarni xarid qilishda shaxslarni identifikatsiyalash va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida roʻyxatga olish tizimini joriy etish.
1. Axborot tizimining texnik hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil dekabr
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Axborot tizimini ishlab chiqish va zarur resurslar bilan integratsiya qilish.
2026-yil fevral
6.
Futbol musobaqalarini oʻtkazishda optik tolali aloqa liniyalari va zarur tezlikdagi VPN (Virtual Private Network) kanallarini tashkil etish.
1. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq belgilangan tartibda shartnoma asosida Milliy futbol markazi hamda respublikadagi professional futbol klublariga tegishli stadionlarda 150 Mb/s tezlikdagi VPN (Virtual Private Network) kanallarini (asosiy va zaxira) tashkil etish.
2. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi murojaatiga asosan:
mazkur obyektlarda oʻtkaziladigan musobaqalar va boshqa tadbirlardan bir kun avval hamda musobaqa yakuniga qadar VPN kanallari ulanishi;
futbol akademiyalari, futbol maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari stadionlarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni onlayn nazorat qilishda respublika miqyosida alohida tarmoq — VPN kanallari tashkil etilishini inobatga olish.
2025-yil noyabr
2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionlarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi bilan bogʻlaydigan optik tolali aloqa liniyalari (asosiy va zaxira) va zarur qurilmalar bilan taʼminlash.
2025-yil dekabr
4. Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionlar uchun VAR tizimi hamda qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.
2026-yil mart
Professional futbol klublari mablagʻlari
7.
Futbol stadionlari va maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish.
1. Davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.
2025-yil dekabr
-
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov),
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xidoyatov),
Kadastr agentligi
(F. Pulatov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Xatlov natijalari boʻyicha futbol stadionlari va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimiga kiritish.
3. Egasi nomaʼlum stadion va futbol maydonlarining yer uchastkalari va bino-inshootlarini xatlovdan oʻtkazish va ularga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.
2026-yil iyul
4. Kadastr agentligining axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari oʻzgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlanishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
doimiy
8.
“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida mahallalarda futbol infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Davlat mulki boʻlgan futbol maydonlari va stadionlari boʻlmagan mahallalarda boʻsh turgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish.
2. Xatlov natijalari boʻyicha auksionga chiqariladigan davlat mulklari (yer uchastkalari) roʻyxatini shakllantirish.
2025-yil noyabr
-
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi
(Q. Kuranboyev),
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
(R. Irmatov)
3. “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash.
2025-yil dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 07/25/262/0775-son)