|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik V.Vohidov xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 1995-yil 6-iyuldagi 257-son qarorining 1-bandidan “va kelgusida ushbu tibbiyot muassasasi “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika jarrohlik ilmiy markazi” deb nomlansin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston KP MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kardiologiya ilmiy-tekshirish institutini Toshkent davlat meditsina institutidan ajratish va uni Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash ministrligining Oʻzbekiston kardiologiya ilmiy-tekshirish instituti deb nomlash toʻgʻrisida” 1978-yil 8-fevraldagi 84-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-aprel,
179-son