1-ILOVA
| (mlrd so‘m) | ||||
T/r | Tuman/shahar nomi | Mahalla nomi | Obyekt nomi (raqami) | Obyektlarni to‘liq ishga tushirish | |
Qurilish turi | Talab etiladigan mablag‘ | ||||
Jami | 60,0 | ||||
I | Maktablar | 22,8 | |||
1. | Beruniy tumani | “Oltinsoy” MFY | 45-son maktab | Rekonstruksiya qilish | 7,1 |
2. | Amudaryo tumani | “Beshovul” MFY | 37-son maktab | Mukammal ta’mirlash | 5,1 |
3. | Chimboy tumani | “Tazajol” MFY | 13-son maktab | 3,5 | |
4. | Shumanay tumani | “Birleshik” MFY | 27-son maktab | Rekonstruksiya qilish | 7,1 |
II | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari | 25,7 | |||
5. | Nukus tumani | “Aqterek” MFY | 14-son | Rekonstruksiya qilish | 5,3 |
6. | Chimboy tumani | “Tagjap” OFYda | 29-son | 6,3 | |
7. | Nukus shahri | “Tung‘ishqonis” MFY | 9-son | 7,7 | |
8. | Amudaryo tumani | “Daryobo‘yi” MFY | 32-son | 6,4 | |
III | Poliklinikalar | 11,5 | |||
9. | Beruniy tumani | “Palvash” MFY | 13-son | Rekonstruksiya qilish | 5,5 |
10. | Amudaryo tumani | “Xolimbeg” OFY | 71-son | 4,1 | |
11. | Shumanay tumani | “Mamiy” OFY | Shumanay QVP | Joriy ta’mirlash | 1,9 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq avtomobil yo‘lining 91 km qismi asfalt qoplamasini karta usulida ta’mirlash ishlarini boshlash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida 21 mlrd so‘m mablag‘ ajratish. | 1. Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi “D-231” Qo‘ng‘irot sh. — Mo‘ynoq sh. avtomobil yo‘lining 10 — 23 km (13 km) qismini (10 mlrd so‘m) ta’mirlash. 2. Mo‘ynoq tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi “D-231” Qo‘ng‘irot sh. — Mo‘ynoq sh. avtomobil yo‘lining 23 — 91 km (68 km) qismini (11 mlrd so‘m) ta’mirlash. | 2025-yil avgust-sentabr | Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. | Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga olib boruvchi “D-234” Nukus — Chimboy — Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 59 km qismini ta’mirlash ishlarini boshlash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida 15 mlrd so‘m mablag‘ ajratish. | 1. Nukus shahri hududidan o‘tuvchi 14,3 — 22 km (7,7 km) qismini (1,5 mlrd so‘m) ta’mirlash. 2. Kegeyli tumani hududidan o‘tuvchi 22 — 47 km (25 km) qismini (6,5 mlrd so‘m) ta’mirlash. 3. Chimboy tumani hududidan o‘tuvchi 47 — 58 km (11 km) va 63 — 84 km (21 km) qismlarini (5 mlrd so‘m) ta’mirlash. 4. Qorao‘zak tumani hududidan o‘tuvchi 84 — 90 km (6 km) qismini (2 mlrd so‘m) ta’mirlash. | 2025-2026-yillar davomida | Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
3-ILOVA
T/r | Turizm obyekti nomi | Joylashgan hudud |
1. | Mizdaxkon arxeologiya-arxitektura majmuasi | Xo‘jayli tumani |
2. | Shayx Jalil bobo ziyoratgohi | Qorao‘zak va Amudaryo tumanlari |
3. | Amu-qaratau dam olish majmuasi | Qorao‘zak va Amudaryo tumanlari |
4-ILOVA
1. | J. Qo‘chqorov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi |
2. | A. Orinbayev | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari |
3. | S. Sadullayev | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
4. | F. Ermanov | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi |
5. | B. Jumamuratov | — | “Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi direktori, Vasiylik kengashi kotibi |
5-ILOVA
6-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlarini hamda aholi yashashi va tadbirkorlik uchun qulay infratuzilmaviy loyihalarga mablag‘larni jalb qilishni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik batafsil dastur loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqish (qarorning 2- va 3-bandlari). | Dastur loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: (a) iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik va transport-logistika infratuzilmasi loyihalarini samarali joylashtirish hamda hududlarning o‘zaro bog‘liqligini yaxshilashni inobatga olgan holda Nukus, Qo‘ng‘irot, Beruniy va Chimboy aglomeratsiya markazlarini rivojlantirish; (b) Chimboy va Qo‘ng‘irot tumanlarini jadal kompleks rivojlantirishda ushbu tumanlar markazlarining master rejalarini Dastur bilan o‘zaro uyg‘unlikda ishlab chiqish; (v) Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) orqali 150 — 200 million dollar xorijiy mablag‘lar jalb etilishini nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil may oyiga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. | Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlarida sanoatni rivojlantirish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-son Farmoniga muvofiq Beruniy tumanida qo‘shimcha sanoat loyiha ofisini tashkil qilish. 2. Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlaridagi sanoat loyiha ofislari faoliyati uchun 20 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
3. | Zamonaviy erkin iqtisodiy zona tashkil etish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarining geografik joylashuvi, sanoat salohiyati, qulay transport koridori, temir yo‘l infratuzilmasi va boshqa shart-sharoitlarni inobatga olib, kamida 1 ta zamonaviy erkin iqtisodiy zona tashkil etish uchun sanoat loyiha ofislari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan ilg‘or tajribaga ega xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilish. 2. Erkin iqtisodiy zonani tashkil etishning texnik topshirig‘ida kamida 4 ta xorijiy investorlarni jalb qilishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida noruda foydali qazilmalarni qayta ishlashni rag‘batlantirish (qarorning 4-bandi “v” kichik bandi). | Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida noruda foydali qazilmalarni qayta ishlashni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektiga tegishli auksionda g‘olib deb topilgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil sentabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
5. | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasini tashkil etish (qarorning 6-bandi). | 1. Hududiy boshqarmani o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur malakali mutaxassislar, ma’lumotlar bazalari, moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlash, nizomi va tuzilmasini tasdiqlagan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda uning faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 15-sentabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Geologiya fanlari universiteti (A. Kadirxodjayev), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Nukus davlat texnika universiteti (B. Kaipbergenov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Hududiy boshqarmani Nukus shahri T. Qayipbergenov ko‘chasi, 25-uy manzilida joylashgan binoning 3-qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2025-yil 15-sentabr | ||||
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiiy resurslarning yangi zaxiralarini aniqlash va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish hamda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda mablag‘ ajratish. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan barcha istiqbolli yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini konturlari va koordinatalari bilan birga shakllantirish, yer fondi toifasini o‘zgartirish va elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
6. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026 — 2028-yillarda tabiiy resurslarning yangi zaxiralarini aniqlash va ishga tushirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini olib borish dasturini qabul qilish (qarorning 7-bandi). | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026 — 2028-yillarda tabiiy resurslarning yangi zaxiralarini aniqlash va ishga tushirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini olib borish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Dasturni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga respublika mineral xomashyo bazasini rivojlantirish yillik dasturlari doirasida Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil 1-noyabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
7. | “A-380” G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 439 — 765 km va 876 — 1204 km oralig‘ida 3 ta “Service area” yoki “Service point” yo‘lbo‘yi servis obyektlarini Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qurish (qarorning 9-bandi). | 1. Mazkur obyektlarni hamda avtoturargohlarni qurish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Ajratilgan yer uchastkalarining master rejasi loyihalarini ishlab chiqish. | Master reja ishlab chiqish | 2025-yil sentabr | |||
3. Obyektlarni ularning qurilishi tugallangandan so‘ng tayyor biznes shaklida realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksion (tanlov) savdolariga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-yanvar | |||
8. | Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (qarorning 12-bandi). | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tib, ushbu hududda 12 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda bir yil davomida kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini real vaqt rejimida shakllantirib boruvchi texnik imkoniyat yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (A. Mahamatov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Tijorat banklari rahbarlari |
2. Tadbirkorlik subyektlariga o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadining 50 foizigacha miqdorida ulush kiritish shaklidagi moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibining uzluksiz ishlashi uchun zarur choralarni ko‘rish. | Doimiy | ||||
9. | Kredit tarixi yomonlashgan jismoniy va yuridik shaxslarga imkoniyat yaratish. | “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida kredit olib, loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va to‘liq kreditini so‘ndirgan, biroq to‘lov muddatlarini buzish hisobiga kredit tarixi yomonlashgan jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tarixini, istisno tariqasida, bir marotaba “yaxshi” toifaga o‘zgartirish. Bunda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani to‘g‘risida xulosa kredit ajratgan bank hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tomonidan tasdiqlanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Markaziy bank (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermonov), tijorat banklari |
10. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari va aholiga bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari va aholiga bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha dastur ishlab chiqib, amalga oshirish. Bunda: aholi va tadbirkorlarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, chekka va qishloq hududlarda bank infratuzilmasini rivojlantirish; Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Amudaryo hamda To‘rtko‘l tumanlarini xususiy banklar xizmati bilan qamrab olish uchun qulay sharoit yaratish. | Dastur ishlab chiqish | 2025-2026-yillar davomida | Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari |
2. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallariga 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlarni ajratishni mustaqil hal qilish huquqini berish masalasini ko‘rib chiqish. | 2025-yil 1-sentabr | ||||
11. | Logistika xablarini tashkil etish. | 1. Hududni Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda viloyati bilan bog‘lovchi Qizilo‘rda — Taxtako‘pir avtomobil yo‘lini qurish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya doirasida muzokaralar olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bosh vazir o‘rinbosari (J. Xodjayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermonov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. Hududni Turkmanistonning Toshhovuz viloyati bilan bog‘lovchi Xo‘jayli — Toshhovuz chegara postini ochish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya doirasida muzokaralar olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | |||
3. Muzokaralar natijasi bo‘yicha aniq asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
12. | Nukus shahri G‘arezsizlik, S. Kamalov, G. Sheraziyeva ko‘chalarining master rejasini ishlab chiqish. | Nukus shahri ko‘chalarida tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan va barcha zaruriy infratuzilma obyektlariga ega bo‘lgan turizm, ko‘ngilochar, gastronomik, savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | Master reja ishlab chiqish | 2025-yil dekabr | “Asakabank” AJ (K. Tulyaganov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
13. | Qoraqalpog‘iston Respublikasining qadimiy, tog‘ va daryo bo‘yi hududlarida yangi turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish. | 1. Tajribaga ega xorijiy va mahalliy kompaniyalarni jalb qilgan holda ushbu qarorning 3-ilovasidagi turistik majmualarni rivojlantirish bo‘yicha master rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Master reja ishlab chiqish | 2025-yil oktabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduhakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Turistik majmualar va ularga tutash hududda turizm, savdo va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarish choralarini ko‘rish. Bunda master rejalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr-noyabr | |||
3. Turistik majmualarda amalga oshirilgan ishlar va ularning holati haqida videorolik shaklidagi hisobotlarni Prezident Administratsiyasiga kiritish. | Hisobot | 2026-yil dekabr | |||
14. | “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasida sayg‘oqlarning populyatsiyasini oshirish va Qozog‘istondan O‘zbekistonga sayg‘oqlarning migratsiyasini qayta tiklash. | 1. Sayg‘oqlarning migratsiyasini tiklash hamda populyatsiyasini oshirish bo‘yicha ishchi guruhni tashkil qilish. 2. Ishchi guruhni Qozog‘iston Respublikasiga xizmat safariga yuborish. 3. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasiga kamida 500 ta sayg‘oqni olib kelish, Qozog‘iston Respublikasi bilan Shalqar — Beyneu temir yo‘l liniyasida sayg‘oqlar o‘tishi uchun yo‘laklar barpo qilish va chegara hududida migratsiya yo‘llarini ko‘paytirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Bosh vazir o‘rinbosari (J. Xodjayev), Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (A. Abduhakimov), Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. Muzokaralar natijasi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Muzokara yakunidan keyin ikki hafta muddatd | 2026-yil oktabr | |||
15. | Chimboy tumanida o‘quv va ishlab chiqarish etnoturizm maskanini tashkil etish. | 1. Chimboy tumani markazidagi kasbiy ko‘nikmalar markazi huzurida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘quv va ishlab chiqarish etnoturizm maskanini tashkil etish. Bunda o‘tov (qora uy)larni ishlab chiqarish ko‘nikmasi, qoraqalpoq milliy bezaklari, zargarlik va boshqa milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash, xorijiy tillarni o‘rgatish, dizayner hamda tadbirkorlik savodxonligi yo‘nalishlarida o‘qitish va ishlab chiqarish (yasash, tayyorlash), shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar va yaratilgan mahsulotlar uchun bino hamda taqdimot xonalarini (showroom) tashkil qilish nazarda tutiladi. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini boshlash | 2025-yil oktabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. Ushbu markazni 2026-yil 1-martga qadar ishga tushirish va turizm marshrutiga qo‘shish. | Qurilish ishlarini yakunlab foydalanishga topshirish | 2026-yil mart | |||
16. | Festival va tadbirlar ro‘yxatini shakllantirish. | 1. Mahalliy aholining avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy bayram kunlari ro‘yxatini tuzish. 2. Sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadigan bayramlarni tanlab olish va ularni o‘tkazish uchun qulay sanalarni belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili 10-yanvarga qadar | Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
3. Ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish. | Doimiy | ||||
17. | Hududning turizm salohiyatini xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilib borish. | 1. Targ‘ibot xarajatlari uchun UNWTO, UNDP, GIZ kabi tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Sh. Asadov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Euronews va shunga o‘xshash telekanallar orqali xorijda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm obyektlari, gastro va ekstremal turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish. | Har chorakda | ||||
18. | Xorazm — Qoraqalpog‘iston turizm yo‘nalishini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish. | Urganch — Nukus — Qo‘ng‘irot temir yo‘l yo‘nalishida elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil noyabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) |
19. | Ichimlik suv tarmoqlarini yaxshilash. | 1. Uzunligi 97 km bo‘lgan Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq magistral suv tarmog‘ini qurish, shuningdek, Tuyamo‘yin suv tozalash inshootini to‘liq rekonstruksiya qilish (suv tindirgich qurish) ishlariga Osiyo taraqqiyot bankining “Iqlim o‘zgarishiga moslashgan suv ta’minoti tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida 70,0 million dollar qarz mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | “O‘zsuvta’minot” AJ (A. Suvonqulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Prezident Administratsiyasiga axborot kiritish | 2025-yil noyabr | |||
3. Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish va ishlarni boshlash. | Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish | 2025-2026-yillar davomida | |||
20. | Mayningga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: mayningga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etish; maxsus zonada mayning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat etish; maxsus zonadan mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda maxsus tariflar qo‘llash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil sentabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Raqamlashtirish vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
21. | Qorako‘lchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi faoliyatini tashkil etish. | 1. To‘rtko‘l tumanida qorako‘l zotli qo‘ylarning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xos sur rangli yuqori elita sinfli nasldor qorako‘l qo‘ylar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Qorako‘lchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi faoliyatini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasining asosiy vazifalarini tasdiqlash va unda quyidagilarni inobatga olish: yuqori nasldor elita sinfiga mansub sur rangli qorako‘l zotli qo‘ylar otarlarini ilmiy asosda tashkil etish; otarlarda naslchilik va sun’iy urug‘lantirish ishlarini tizimli tashkil etish, bunda ranglar bo‘yicha eksportbop yarim doira qalamgul, qovurg‘asimon va yassi gul tipidagi qorako‘l qo‘ylar seleksiyasiga alohida e’tibor qaratish; serpusht qorako‘l qo‘ylarini o‘zaro juftlash orqali jahon mo‘yna bozorlari talabidan kelib chiqib qorako‘l terining raqobatbardosh turlarini yaratish; yetishtirilgan yuqori mahsuldor qorako‘l qo‘y va qo‘chqorlarni aholi xonadonlariga, dehqon hamda fermer xo‘jaliklariga tizimli ravishda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish. | Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi nizomini tasdiqlash | 2025-yil oktabr | |||
3. Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasini tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 6 mlrd so‘m mablag‘ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | |||
4. Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasini To‘rtko‘l tumani “Atauba” OFY Samandorlik ko‘chasi 100-uyga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) | ||
22. | Iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urug‘larini ekish. | 1. Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda yaylovlarga (zaruratga ko‘ra dron bilan) iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urug‘larini sepish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev), “Mikrokreditbank” ATB (O. Butayev) |
2. Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan yaylov yer maydonlariga cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekish orqali kelgusi uch yilda 2 ming gektar yaylovlarda urug‘chilik maydonlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | ||||
3. 2025-2026-yillarda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan qo‘ychilik, echkichilik va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | ||||
23. | Chorvachilikni rivojlantirish orqali aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash. | 2025-2026-yillarda xorijiy davlatlardan 1,2 ming bosh yirik shoxli mollarni hamda Mo‘g‘ulistondan 10 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev) |
24. | Chorva ozuqa bazasini mustahkamlash. | “Beruniy — Agro Star” MCHJga chorva ozuqa ekinlarini ekish maqsadida Beruniy, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Chimboy tumanlaridan jami 1 000 gektar yer maydonini ajratish. Bunda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda malakali ekspertlarni jalb qilgan holda ozuqa ekinlarini yetishtirish va hududning iqlim sharoitiga mos urug‘ navlarini tanlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-yanvar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
25. | Chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun qulaylik yaratish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun ajratilgan yerlar me’yorini sug‘oriladigan yerlar uchun kamida 0,5 gektar, yaylovlar va pichanzorlar uchun kamida 3 gektar etib belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov) |
26. | “Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting” shiori ostida targ‘ibot ishlarini olib borish. | Raqamli texnologiyalar vazirligi va mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda fuqarolarning mobil telefon raqamiga beg‘araz asosda “Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting” shiori ostida tadbirkorlarga yaratilgan barcha yengilliklar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlariga oid bo‘lgan SMS-xabarlar yuborilishini ta’minlash. Bunda fuqarolarning telefon raqamiga yuboriladigan SMS-xabar matni va mazmuni “Qoraqalpog‘istonda loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi bilan kelishilgan holda tayyorlanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Yilning har choragida | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov), mobil aloqa operatorlari |
27. | Aholida zamonaviy qishloq xo‘jaligi madaniyatini, bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasidagi tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish. | 1. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “AGROSANOAT INNOVATORLARI” MCHJga zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda yo‘l-transport infratuzilmasiga ega bo‘lgan yer uchastkasini 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (N. Abdullayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan mazkur yer maydonida zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda intensiv bog‘ va issiqxonalar barpo qilish. 3. Intensiv bog‘ va issiqxonalarni barpo qilish, qayta ta’mirlash, ekspluatatsiyasi hamda mahsulot yetishtirish va saqlash xarajatlarini Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash. 4. “AGROSANOAT INNOVATORLARI” MCHJga ushbu intensiv bog‘ va issiqxonalarni barpo qilishda tovarlar va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali xarid qilishga va loyihalashtirish ishlari hamda qurilish ishlarini bir vaqtning o‘zida amalga oshirishga ruxsat berish. | 2025-yil oktabr | ||||
5. Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. 6. 2026-yildan “Agentlik namuna issiqxonasi”da mahsulot yetishtirish hamda saqlash xarajatlari uchun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining yillik xarajatlar smetasiga tegishli mablag‘ ajratilishini ta’minlab borish. | 2025-yil sentabr | ||||
28. | Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish uchun dastur tasdiqlash. | 1. Aholining kundalik hayotidagi kommunal hamda boshqa sohalardagi kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarni tezkor hal etishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Hujjatni tasdiqlash va amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Jamg‘arma vasiylik kengashi (J. Qo‘chqorov) |
2. Dasturga zaruratga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Yil davomida | ||||
3. Dasturni amalga oshirish uchun Jamg‘arma mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq ajratish. | Dasturga muvofiq |