1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Samarqand viloyatini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Samarqand viloyatida zamonaviy menejment tamoyillari hamda davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, viloyatning ijtimoiy infratuzilmasi va meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay hududlar va yashil zonalarni koʻpaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
1. Quyidagilar Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
(a) yalpi hududiy mahsulot hajmini 165 trillion soʻmga yetkazish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
(b) sanoat va xizmatlar sohasida jami 6,8 milliard AQSH dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
(v) sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
(g) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va toʻliq modernizatsiya qilish;
(d) qoʻshimcha 6,2 ming gektar yashil hududlar tashkil etish.
2. Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev) bir hafta muddatda maqsadli koʻrsatkichlarni hudud, tuman (shahar) va masʼullar kesimida tasdiqlasin.
II. Viloyat hokimligi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi hamkorlik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
3. Samarqand viloyatida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va viloyat infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha quyidagi tartib joriy etilsin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
(a) Samarqand viloyati hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaruvchi “Samarqand Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etish;
(b) viloyat infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish, aholining kundalik hayotidagi kommunal va boshqa sohalardagi kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni tezkor hal etish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasini Samarqand viloyatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) deb qayta nomlash va Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqini Kompaniyaga berish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
(v) yer uchastkalarini qurilish uchun ruxsat berish va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda tayyor biznes shaklida tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
(g) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini barpo qilish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish va uni biryoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan toʻliq Jamgʻarmaga yoʻnaltirish (bundan budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar, yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari mustasno).
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
(a) Kompaniyaning ustav kapitali Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi qarori asosida Samarqand viloyati viloyat budjetining qoʻshimcha manbalari va munitsipal mulklar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan bosqichma-bosqich shakllantiriladi;
(b) Kompaniyaning alohida yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning muassisi tomonidan belgilanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
(v) Kompaniya va Jamgʻarma mablagʻlarini loyihalar va boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish hamda tijorat banklari va xalqaro moliya institutlaridan qarz mablagʻlarini jalb etish (davlat kafolati ostidagi jalb etiladigan qarz mablagʻlari bundan mustasno) Kompaniya muassisi qarori asosida amalga oshiriladi;
(g) Kompaniya va Jamgʻarmaning hisobvaraqlari tijorat banklarida ochiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.04 Inkasso boʻyicha hisob-kitob]
(d) Jamgʻarma mablagʻlarini Samarqand viloyati hokimligi majburiyatlari boʻyicha ijro hujjatlari va inkasso topshiriqnomasi asosida undirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-54-son Farmonida belgilangan tadbirlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.
5. Kompaniya faoliyati ochiqligi va uning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini taʼminlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
(a) Kompaniya moliyaviy hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tuzadi va mazkur hisobot auditning xalqaro standartlariga asosan auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin 2027-yildan boshlab har yili 1-avgustga qadar Samarqand viloyati hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
(b) Kompaniya tomonidan moliyaviy va nomoliyaviy hisobotlar hamda unga nisbatan tijorat va notijorat maqsadlar 2027-yildan boshlab Samarqand viloyati hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
(v) 2028-yilga qadar Kompaniyada ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlari joriy qilinib, u tomonidan yetakchi xalqaro agentliklarning kredit reytingi olinishi taʼminlanadi;
(g) Samarqand viloyati hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi oldidagi hisobotida Kompaniya faoliyati natijadorligi va Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot aks ettiriladi.
6. Quyidagilar:
(a) Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;
(v) “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;
(g) Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Samarqand viloyatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Vazirlar Mahkamasi:
(a) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartiblarni tasdiqlasin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
(i) yer uchastkalari negizida “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
(ii) Samarqand viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini barpo qilish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish;
(iii) Samarqand viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
(iv) Samarqand viloyatida shaharsozlik renovatsiya loyihalarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
(b) ikki oy muddatda Samarqand shahrida qurilishga ruxsat berishga oid hujjatlarni raqamli koʻrinishda rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi maʼmuriy reglamentni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Samarqand viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda qurilishga ruxsat berishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida 2025-yil yakuniga qadar Samarqand shahri bosh rejasining raqamli formatini ishlab chiqsin hamda uning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
9. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.M. Boboyev belgilansin.
11. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-avgust,
PQ-244-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PQ-244-son qaroriga 1-ILOVA
Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning
* Yildan yilga oʻsib boruvchi yoki kamayib boruvchi koʻrsatkich.
** Yillik koʻrsatkich.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PQ-244-son qaroriga 2-ILOVA
Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning
ASOSIY YOʻNALISHLARI
1. Davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash.
2. Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda xiyobonlar qiyofasini oʻzgartirish, yashil hududlarni keskin koʻpaytirish orqali aholi va mehmonlar hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish.
3. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish orqali viloyatni kommunal xizmat koʻrsatish muammolaridan holi hududga aylantirish va aholi harakatlanishi uchun yanada qulay yoʻl infratuzilmasini yaratish.
4. Yagona yondashuv asosida qurilishlarni muvofiqlashtirish va qurilish hajmiga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish orqali “aqlli” shaharsozlik tamoyillarini joriy etish.
5. Hokimlik tizimida har bir yoʻnalish boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga asoslangan zamonaviy menejmentni yoʻlga qoʻyish va inson resurslarini rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PQ-244-son qaroriga 3-ILOVA
“Samarqand Invest kompaniyasi” AJ faoliyatining
USTUVOR YOʻNALISHLARI
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
1. Samarqand viloyati, shahar va tumanlar hokimliklari hamda ular tarkibidagi korxona va muassasalarga tegishli mulklar (keyingi oʻrinlarda — munitsipal mulklar) holatini tahlil qilish, mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. Kompaniya boshqaruviga berilgan munitsipal mulklarni boshqarish, ularning negizida davlat sherigi sifatida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hamda ularni tadbirkorlik subyektlariga ijara va boshqaruvga berish, ularning monitoringini yuritish va samaradorligini baholab borish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
3. Munitsipal mulklarning investitsion jozibadorligini oshirish, kompaniya boshqaruviga berilgan munitsipal mulklar negizida investorlar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish]
4. Kompaniya boshqaruviga berilgan bozor va savdo komplekslari hamda boshqa munitsipal mulklarni zamonaviy talablarga moslashtirish, yaroqsiz holga kelganlarini buzib, ularning oʻrnida yangi binolar qurish va belgilangan tartibda sotish yoki ijaraga berish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
5. Tadbirkorlik subyektlarining Samarqand viloyati infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq istiqbolli loyihalarini ularning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib moliyalashtirishda ishtirok etish.
6. Samarqand viloyatining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarini moliyalashtirish.
7. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, avariya holatidagi yoki yaroqsiz holga kelib qolgan turar va noturar joylarni zamonaviy talablar asosida qayta qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
8. Samarqand viloyatidagi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini hamda infratuzilma tarmoqlariga ulanish jarayonlarini muvofiqlashtirish.
9. Boʻsh yer uchastkalarini “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) ustav fondiga kiritish va tadbirkor bilan loyihani amalga oshirish huquqini onlayn auksion savdolariga qoʻyish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
10. Kompaniya boshqaruviga berilgan munitsipal mulklarni hamda ustav fondiga kiritilgan yer uchastkalari negizida loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PQ-244-son qaroriga 4-ILOVA
Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Samarqand viloyatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari
I. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
1. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalardan olingan daromadlar, shu jumladan, “Samarqand Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan yangidan yaratilgan aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. Kompaniya davlat sherigi sifatida ishtirok etgan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan olingan daromadlar.
3. Samarqand viloyatidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng qolgan qismining 100 foizi va yer uchastkasi joylashgan tuman budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, bundan maxsus iqtisodiy zonalar, yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer uchastkalari mustasno.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish, qishloq xoʻjaligi yerlarini yer ijarasi huquqi asosida auksion orqali sotishdan tushadigan tushumlar, qoʻshimcha toʻlovlar hamda ijara toʻlovlarining Samarqand viloyati mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 100 foizi.
5. Samarqand viloyatida maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalarning Samarqand viloyati mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 100 foizi.
6. Samarqand viloyatida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan toʻlovning Samarqand viloyati mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 100 foizi.
7. Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymatiga kiritilgan toʻlovning 100 foizi.
8. Hududi 10 ming kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, shuningdek, viloyat, tuman (shahar) hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning viloyat mahalliy budjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga tushgan qismining 100 foizi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]
9. Hududi 10 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan tushumlarning respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi.
10. Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilish (sotish)dan tushadigan mablagʻlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng qolgan qismi va yer uchastkasi joylashgan tuman budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 100 foizi.
11. Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar.
12. Samarqand viloyatining viloyat budjeti daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan ajratmalar.
13. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari.
14. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
II. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar
15. Kompaniya tomonidan, shu jumladan, investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, Samarqand viloyatining infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.
16. Samarqand viloyatining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.
17. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash.
18. Hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.
19. Renovatsiya dasturlarini amalga oshirish.
20. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida koʻzda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yoʻli) bilan taʼminlash.
21. Qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash.
22. Samarqand viloyati hokimligining budjet ssudalarini, tijorat banklaridan jalb qilingan kreditlarni, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash hamda shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, yer uchastkalari davlat organlari va muassasalari foydalanishida boʻlgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn auksionga qoʻyilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga yoʻnaltirilishi belgilangan mablagʻlarni toʻlab berish.
23. Bozorlar, savdo komplekslari, boshqa munitsipal mulklarni qayta qurish va buzish, ularning oʻrnida qurilishlar qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
24. Yer uchastkalarini savdoga chiqarishda ular boʻyicha barcha ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda (arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, qurilish loyihalari va boshqalar) yuzaga keladigan xarajatlarni qoplash.
25. Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori asosida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan Kompaniya faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni amalga oshirish.
Izohlar:
1. Ushbu ilovaning 1 va 2-bandlaridagi tushumlar Kompaniya kuzatuv kengashi qarori asosida Kompaniyani saqlash, shu jumladan, xodimlarni ragʻbatlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni, xususan xorijiy ekspertlarni jalb qilish xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin.
2. Ushbu ilovaning 5-bandidagi tushumlar 2025-yil 1-sentabrdan hamda 4, 6 va 7-bandlaridagi tushumlar 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
3. Ushbu ilovaning 3, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan Samarqand viloyatida joylashgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotishdan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Samarqand viloyatining viloyat budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaraqlariga oʻtkazilgandan soʻng, kun yakuni bilan toʻliqligicha Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi hamda ushbu manbalar hisobidan mahalliy budjetga tushgan mablagʻlar daromadlarning orttirib bajarilgan qismini hisoblashda chegiriladi.
4. Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish, hisobi va hisobotini yuritish Kompaniya orqali amalga oshiriladi.
5. Jamgʻarmaga Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi tatbiq etilmaydi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 07/25/244/0706-son)