|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.05.2002
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QOʻNGʻIROT SODA ZAVODI QURILIShINI JADALLAShTIRISh VA UNING SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi 158-sonli “Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishini tugallash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika xalq xoʻjaligining soda zavodining keng turdagi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish va loyihaning valyuta xarajatlarini qoplashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoʻngʻirot soda zavodi quvvatlarini ishga tushirish bosqichlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Loyihaning bosh buyurtmachisi etib — “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi;
bosh pudratchisi etib — “Shannesman Zifert GmbX”, “Shtork Komprimo SKL GmbX”, “Vemeks Xandel GmbX” firmalaridan iborat Germaniya firmalari konsorsiumi belgilansin.
3. “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda Qoʻngʻirot soda zavodi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari, asosiy fondlar, tugallanmagan qurilish hamda barcha aktivlar va passivlarni qabul qilish-topshirishni amalga oshirsinlar.
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, konsorsium:
NIOXIM (Xarkov shahri) loyihalash instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi loyihalash tashkilotlarini jalb etgan holda soda zavodini kompleks loyihalashtirishni va uni qurishni hamda foydalanishga tayyor holda topshirishni;
asbob-uskunalar va mashinalarni, shu jumladan Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berishni;
Oʻzbekiston qurilish tashkilotlarining qurilish-montaj ishlarini loyiha muallifi sifatida tekshirish va qabul qilishni;
shef-montaj hamda asbob-uskunalarni kompleks sozlash-ishga tushirish ishlarini;
kadrlarni oʻqitish va tayyorlashni;
ishlab chiqarish quvvatlarining oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash va ularni loyihadagi koʻrsatkichlarga chiqarishni;
jalb qilinadigan chet el kreditlarini toʻlash maqsadida tayyor mahsulotning 40—50 foizini eksportga sotishni amalga oshiradi.
5. Belgilansinki, loyihani moliyaviy taʼminlash 2-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi banklarining kredit resurslari va chet el banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
* 2-ilova berilmaydi.
6. Quyidagilar mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin:
a) kontraktoldi ishlari, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish va bosh kontraktning:
bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan qismiga — keyinchalik ularni loyihaning “injiniring” moddasi boʻyicha umumiy qiymatiga kiritgan holda konsorsiumning oʻz mablagʻlari;
NIOXIM (Xarkov shahri) instituti va Oʻzbekiston loyihalash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qismiga — Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan davlat budjeti mablagʻlari;
b) loyihani amalga oshirish ishlarining:
ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish qismiga — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari;
asosiy obyekt boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarish qismiga — Oʻzbekiston Respublikasi banklarining kredit resurslari;
injiniring, asbob-uskunalar va texnologiya sotib olish qismiga — chet el kredit tashkilotlari mablagʻlari.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda “Berliner Bank” (GFR) bilan muzokaralar oʻtkazsin va alohida kredit liniyasini ochgan holda loyihani moliyaviy taʼminlashni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy milliy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini va kontraktni ekspertizadan oʻtkazsin hamda mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlashtirgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
balansga olinayotgan Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishi direksiyasi xarajatlarini loyihaning smeta qiymatiga kiritsin.
9. 3-ilovaga* muvofiq pudratchi tashkilotlarga Qoʻngʻirot soda zavodi tashqi infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlarini bajarish topshirilsin.
* 3-ilova berilmaydi
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-may,
269-son