Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2025-2026-yillarda sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
a) 2025-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
b) 2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan ustuvor loyihalar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda ushbu ustuvor loyihalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari va dasturiy taʼminotlarni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash, ulardan foydalanish hamda boshqa moliyaviy masalalar manfaatdor vazirlik va idoralarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
b) Markazga mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar oʻrtasida tanlov oʻtkazishga ruxsat beriladi;
v) ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan vazirlik va idoralar har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga ustuvor loyihalar amalga oshirilishi yuzasidan tegishli axborot kiritib boradi.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun 2026-yil 1-iyunga qadar sunʼiy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish boʻyicha parallel hisoblash, mashinaviy oʻqitish va boshqa loyihalar uchun zarur boʻlgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) oʻz ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasteri hamda katta maʼlumotlar bazasi server qurilmalari xarid qilinishini taʼminlasin.
Bunda ushbu server qurilmalarini xarid qilish Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
425-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga
1-ILOVA
2025-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohalari

1.

Sunʼiy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlarini tahlil va prognoz qilish uchun dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

2. Tizimni sinov tariqasida “Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi” DMda ishga tushirish.

2027-yil fevral

3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.

2027-yil iyul

2.

Klinik qarorlar qabul qilishni avtomatlashtirish va qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy yordam sifatini oshirishga moʻljallangan sunʼiy intellektga asoslangan raqamli tibbiy yordamchi dasturiy taʼminotini ishlab chiqish (TOP-3 tashxis).

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tizimni sinov tariqasida Olmazor tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda “Shox saroy” xususiy klinikasida* ishga tushirish.

2026-yil oktabr

3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.

2026-yil dekabr

3.

DMED Yagona tibbiy axborot tizimiga integratsiyalashgan, tibbiy koʻrik jarayonini avtomatik ravishda bayonlashtirish uchun nutqni aniqlash texnologiyalaridan (STT) foydalangan holda ovozli yordamchi dasturiy taʼminotni (modulini) ishlab chiqish.

1. Tizimning loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tizimni sinov tariqasida Yunusobod tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda “Koʻksaroy” diagnostika markazi xususiy klinikasida* ishga tushirish.

2026-yil yanvar

3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.

2026-yil mart

4.

Koʻkrak qafasidagi tugunlar, oʻsmalar, yalligʻlanish jarayonlari va boshqa patologik oʻzgarishlarni ehtimoliy aniqlash maqsadida sunʼiy intellekt yordamida kompyuter tomografiyasi va rentgen tasvirlarini tahlil qiladigan dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tizimni sinov tariqasida Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda “Fedorovich” xususiy klinikasida* ishga tushirish.

2026-yil oktabr

3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.

2026-yil dekabr

5.

Mammografiya tadqiqotlari asosida koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha sunʼiy intellekt texnologiyasini joriy etish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tizimni sinov tariqasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda “Darmon Servis” xususiy klinikasida* ishga tushirish.

2026-yil oktabr

3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.

2026-yil dekabr

II. Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash sohalari

6.

Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali qishloq xoʻjaligi ekinlari (bugʻdoy va paxta)ning hosildorligini prognoz qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va qurilish ishlarini barvaqt aniqlash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihani amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yaylovlarning yashillik holatini monitoring qilish va baholash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali elektr uzatish tarmoqlarining holatini (sim, ustun va sunʼiy intellekt imkoniyatidan kelib chiqib boshqalar) monitoring qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Kosmik monitoringda sunʼiy intellekt hamda geoaxborot tizimlarini qoʻllash orqali mavjud quyosh panellarining oʻrnatmalarini va oʻrnatish uchun yuqori samaradorlikka ega joylarni aniqlash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Transport, logistika va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalari

11.

Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali temir yoʻl holatini monitoring qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Toshkent shahridagi temir yoʻl vokzallariga kirish qismiga fuqarolarni identifikatsiya qilish borasida sunʼiy intellektga asoslangan “UzFace” tizimini tajriba-sinov tariqasida ishga tushurish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Transport vazirligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil mart

13.

Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali avtomobil yoʻllarida asfalt qoplamalari holatini aniqlash va monitoring qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Kosmik suratlarning oʻlchami aniqligini yaxshilash uchun sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Sunʼiy intellekt yordamida jamoat transporti hamda ogʻir yuk mashinasini boshqarish jarayonida haydovchining harakatini kuzatib borishda mobil aloqa vositasidan foydalanish, mudrash va uxlab qolish kabi xavfli vaziyatlardan ogohlantirish tizimini yaratish.

1. Mahalliy va xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Transport vazirligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Tizimni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2026-yil aprel

16.

Sinov tariqasida kompyuter nigohi orqali shaxsni identifikatsiya qilgan holda kichik qoidabuzarliklarni (chekish holatlari, piyodalar belgilanmagan yoʻl qatnov qismidan oʻtish) aniqlash.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

 Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya

2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

17.

Kompyuter nigohi orqali samokatlarda xavfsizlik talablariga zid holda harakatlanish holatlarini avtomatik tarzda aniqlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil fevral

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

18.

Fuqarolar uchun huquqiy yordam koʻrsatish modulini ishlab chiqish hamda sunʼiy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil may

19.

Sud qarorlari loyihalarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil iyun

20.

Fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini yaratish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil mart

21.

Videokuzatuv kameralari va kompyuter nigohi texnologiyasi yordamida maishiy chiqindilarni tashlash holatlarini aniqlash boʻyicha “UzFace” tizimini takomillashtirish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2026-yil sentabr

22.

Kompyuter nigohi yordamida insonning kiyimi, soch rangi qoʻlidagi buyumlar boʻyicha filtrlash hamda insonni obyekt sifatida aniqlash tizimini yaratish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2026-yil avgust

IV. Ekologiya, sanoat, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalar

23.

Sunʼiy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va ularning oldini olish uchun dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil fevral

3. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish va ishga tushirish.

2026-yil noyabr

24.

Budjet tashkilotlarining davlat xarajatlarini amalga oshirish jarayonida barcha yetkazib beruvchilarning bank hisobraqamlarini avtomat ravishda tekshirish imkoniyatini yaratish.

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Markaziy bank axborot tizimlari oʻrtasida bank hisobraqamlari toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi boʻyicha texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Texnik yoʻriqnomani belgilangan tartibda tasdiqlash.

2025-yil oktabr

3. Budjet tashkilotlarining davlat xaridlari jarayonida bank hisobraqamlarini inson omilisiz tekshirish imkoniyatini sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish.

2026-yil dekabr

25.

Radiolokatsion kosmik suratlarni sunʼiy intellekt orqali qayta ishlash natijasida noruda foydali qazilma konlarida oʻzgarishlarni aniqlash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Oʻzbek tilida soʻzlovchilarni ajratgan holda (diarizatsiya), majlislarni bayonlashtirish tizimini ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil fevral

27.

Sunʼiy intellekt texnologiyasiga asoslangan “Oʻzbek tili korpusi” uchun maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil fevral

3. Zarur maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.

2026-yil may

4. Sinov tariqasida ochiq modellar asosida milliy modelni ishlab chiqish hamda toʻplangan maʼlumotlar asosida oʻqitish.

2026-yil noyabr

28.

Surdo tarjima mexanizmiga ega mobil ilovani ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy mahsulotni sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil noyabr

29.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun binolar, inshootlardagi inklyuzivlik talablariga muvofiqlikni avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish uchun apparat-dasturiy kompleksning texnik namunasini yaratish va panduslarning qiyalik burchagi, kengligi, balandligi va qoplamasi holatini aniqlash boʻyicha ixtisoslashgan robotlashtirilgan mashinalarni xarid qilish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda dastlabki maʼlumotlarni tahlil qilish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Modelni ishlab chiqish va oʻqitish, sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil dekabr

30.

Tarixiy maʼlumotlar asosida sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllagan holda ob-havoni oldindan prognoz qilish tizimini joriy qilish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

3. Tizimni ishga tushirish.

2026-yil fevral

31.

Foydalanuvchilarga maslahat yordamini koʻrsatish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ovozli va matnli “Chat-botni” joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Chat-botni ishlab chiqish.

2026-yil aprel

32.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ommabop xizmatlarni koʻrsatish jarayonida foydalanuvchi tomonidan yuklangan hujjatning talablarga muvofiqligini tekshirish va ushbu hujjatdagi maʼlumotlar asosida zarur maydonlarni avtomatik toʻldirish imkonini beruvchi xizmatni ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

2026-yil avgust

33.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali kontakt markazini avtomatlashtirish tizimini sunʼiy intellekt asosidagi ovozli robotlardan foydalangan holda joriy etish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

34.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini boshqarish xizmati (ovoz yordamida maydonlarni avtomatik toʻldirish) joriy etish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

2026-yil avgust

35.

Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda pm.gov.uz va murojaat.gov.uz portallari orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish va ishlash tizimini ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tizimni ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.

2026-yil dekabr

36.

Oʻquvchilar tomonidan fanlar oʻzlashtirilishini tahlil qilish hamda bilim va koʻnikmalarni yaxshilash uchun oʻquv materiallarini tanlab berishga moʻljallangan sunʼiy intellekt asosidagi oʻqituvchi yordamchisini ishlab chiqish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

3. Tizimni ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

37.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shu jumladan, sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi dasturchilarni sunʼiy intellektni joriy etish va qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kurslari va treninglarga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlarga jalb etish.

1. Malaka oshirish kurslari uchun oʻquv dasturlari va materiallarini yaratish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2025-yil oktabr

38.

Ilmiy va amaliy sohalarda samarali va aniq tadqiqotlarni amalga oshirish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida mustaqil harakatlanish, maʼlumotlarni tahlil qilish va laboratoriya uskunalari bilan oʻzaro integratsiya imkoniyatiga ega boʻlgan 20 turdagi robotlashtirilgan qurilmalarni xarid qilish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

3. 20 turdagi robotlashtirilgan qurilmalarni xarid qilish.

2025-2026-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Davlat idoralarining 100 nafar xodimining sunʼiy intellekt boʻyicha xorijiy onlayn kurslarda malakasini oshirish.

1. Malaka oshirish kurslari uchun xorijiy onlayn kurslar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Malaka oshirish kurslar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

3. Davlat idoralarining 100 nafar xodimlarining bosqichma-bosqich malaka oshirish onlayn kurslarini tashkil etish.

2026-yil dekabr

40.

Kubernetes va Run:AI bazasidagi platformalarni boshqarish va tarmoqlarni loyihalashtirish boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish.

1. Kubernetes va Run:AI bazasidagi malaka oshirish kurslari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bosqichma-bosqich malaka oshirish onlayn kurslarini tashkil etish.

2025-yil dekabr

41.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash va odamlar toʻplanadigan joylarni monitoring qilish hamda jinoyatlarni aniqlash uchun kompyuter nigohidan foydalanib video-identifikatsiya tizimini joriy etish.

1. Mahalliy va xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil fevral

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

42.

Ijtimoiy soha obyektlarida xizmat koʻrsatish vaqti, navbat vaqti va masʼul xodim ish joyida mavjudligini baholash tizimini ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

43.

Sunʼiy intellekt yordamida Idoralararo hujjat aylanish tizimida vazifalarni avtomatik ravishda tayinlash va kuzatib borish, kechikishlarni aniqlash va yaqinlashib kelayotgan muddatlarni eslatib turish funksiyasini joriy etish.

1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

44.

Idoralararo hujjat aylanish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda foydalanuvchilarga hujjatlarni izlash boʻyicha “Chat-bot” texnik yordam xizmatini joriy etish.

1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

45.

Sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda idoralararo hujjat aylanish tizimida kiruvchi hujjatlarning oʻzbek tilida matnni tanib olish (OCR), kiruvchi hujjatlarni tasniflash hamda roʻyxatga olish va hujjatlar boʻyicha Rahbarlarga ustxatlarni (fishka loyihalarini) shakllantirish modulni joriy etish.

1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil yanvar

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil mart

46.

Samaradorlik.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimida tashkilot va idoralar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari modulidagi KPI koʻrsatkichlarini tasdiqlangan hisobotlar oʻrtasida tahlil qilishda sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllash.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Sunʼiy intellekt texnologiyasi asosidagi modelni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

47.

Idoralararo hujjat aylanish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllagan holda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni mazmuni boʻyicha tanib olish va ijrochilarning avvalgi javoblari asosida avtomatik tarzda murojaatlarga javoblarni shakllantirish modulini joriy etish.

1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil iyun

48.

Sunʼiy intellektga asoslangan moslashuvchan interpolyatsiya usuli yordamida raqamlashtirilgan tasvirlarni qayta ishlash va sifatini yaxshilash web-platformasini ishlab chiqish.

1. Loyihaoldi hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil qilish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

3. Sunʼiy intellektga asoslangan moslashuvchan interpolyatsiya usulini ishlab chiqish.

2026-yil mart

4. Tasvirlarni qayta ishlash va sifatini yaxshilash sunʼiy intellekt modelini oʻqitish.

2026-yil iyun

49.

Oʻzbekistonning sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tahlil oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilish va ular tomonidan joriy holatni tahlil qilish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tahlil natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

50.

Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universitetlarida laboratoriyalar tashkil etish.

1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.

2025-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.

2025-yil noyabr

3. Tadqiqot laboratoriyalari uchun ajratilgan bino va inshoot yoki maxsus xonalarni jihozlash.

2025-yil dekabr

51.

Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 5 ta laboratoriyalar tashkil etish.

1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.

2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.

3. Tadqiqot laboratoriyalari uchun ajratilgan bino va inshoot yoki maxsus xonalarni taʼmirlash hamda jihozlash.

4. Quyidagi muassasalarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha laboratoriyalar tashkil etish:

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti;

Toshkent iqtisodiyot universiteti;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti;

Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.

2025-2026-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

52.

Andijon davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt laboratoriyalarini tashkil etish.

1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.

2026-yil iyul

3. Tadqiqot laboratoriyalari uchun ajratilgan bino va inshoot yoki maxsus xonalarni taʼmirlash hamda jihozlash.

2026-yil dekabr

53.

Jamoatchilik fikrini kompleks tahlil qilishga qaratilgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlarni (his-tuygʻular, umumiy kontekst, asosiy mavzular va faol shaxslar) qayta ishlash funksiyalarini oʻz ichiga olgan dolzarb ijtimoiy masalalar boʻyicha jamoatchilik noroziligi darajasini monitoring qilish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt asosidagi platformani ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

3. Platformani ishlab chiqish.

2026-yil avgust

54.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida videomateriallarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish tizimini yaratish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

55.

Bank sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shubhali toʻlovlarni tahlil qilish tizimini yaratish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

56.

Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda koʻngilochar hamda savdo obyektlarida tashrif buyuruvchilar faolligi va sonini monitoring qilish va tahlil qilish tizimini yaratish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

57.

“Bir million oʻzbek sunʼiy intellekt foydalanuvchisi” loyihasini oʻz ichiga olgan “AIStudy.uz” platformasini ishlab chiqish.

1. Platformani ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Platformani ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

58.

Chekish, yongʻin va tutun omillarini aniqlash tizimini yaratish hamda ushbu omillar bilan bogʻliq asosiy obyektlarni segmentlash va tasniflash uchun kompyuter nigohi texnologiyasini qoʻllash.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

V. Sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar

59.

Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzbek tilidagi matn maʼlumotlarini tasniflash va tematik izlab topish algoritmlarini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va boshqa manbalar asosida sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish va oʻqitish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.

2026-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbek tilidagi normativ-huquqiy hujjatlarni indekslash, tasniflash va tematik izlab topish uchun axborot-qidiruv tizimini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

60.

Miokard infarkti bilan ogʻrigan bemorlarni reabilitatsiya qilish dasturlarini har bir bemorga dinamik moslashtirish uchun chuqur oʻrganish modeli va algoritmlarini ishlab chiqish.

1. Oʻtkir koronar sindrom va yurak-qon tomir kasalliklarining boshqa asoratlari bilan ogʻrigan bemorlar toʻgʻrisida mashinaviy oʻrganishga moʻljallangan tibbiy maʼlumotlar toʻplamlarini shakllantirish;

2026-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Uy sharoitida kardiologik reabilitatsiya va yurak-qon tomir kasalliklarining ikkilamchi profilaktikasini qoʻllab-quvvatlash uchun teletibbiyot tizimini yaratish.

2026-yil dekabr

61.

Statistika hisobotlarining sifatini nazorat qilish uchun samarali mashinaviy oʻrganish usullarini tadqiq qilish.

1. Statistika hisoboti va kuzatuvlar maʼlumotlarining toʻgʻriligi va yaxlitligini tekshirish usullarini tadqiq qilish.

2026-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanib, statistika hisobotlari sifatini intellektual tahlil qilish va yaxlitligini tekshirishning avtomatlashtirish axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

62.

Atmosfera, yerosti suvlari va sugʻoriladigan tuproqlarning ekologik holatini monitoring va prognoz qilish uchun nochiziqli matematik modellar va sonli algoritmlarni ishlab chiqish.

Atmosferada zararli antropogen chiqindilarning tarqalishi, suyuqlik filtratsiyasi va unumdor tuproq qatlamida mineral tuzlarning tarqalish jarayonlari bilan bogʻliq bashoratlash va qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash dasturiy taʼminotini yaratish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

63.

Arxiv hujjatlarining matnini tanib olish va metamaʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni ishlab chiqish.

1. Arxiv hujjatlarining matnini (bosma, qoʻlyozma) tanib olish (OCR) ishlanmalarini tadqiq etish.

2026-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Arxiv hujjatlarining matnidan tegishli metamaʼlumotlarni ajratib olish dasturiy vositalarini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

64.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv muassasalari professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish, oʻqitishning zamonaviy uslublariga eʼtibor qaratish, oʻquv jarayonini raqamlashtirish va ilgʻor ilmiy yondashuvlarni joriy etish.

1. Malaka oshirish kurslari uchun oʻquv dasturlari va materiallarini yaratish.

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

3. Ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2026-yil yanvar

Izoh: “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
* Sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalarni joriy etish belgilangan davlat va xususiy tashkilotlarga oʻzgartirish kiritish mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga
2-ILOVA
2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar
ROʻYXATI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Soliq maʼmurchiligi sohasi

1.

Sunʼiy intellekt elementlarini amaldagi soliq organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga joriy etish orqali soliq xavflarini tahlil qilish va baholashni yoʻlga qoʻyish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2026-yil may

Soliq qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

3. Tizimni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2027-yil noyabr

2.

Sunʼiy intellekt elementlaridan foydalangan holda soliq toʻlovchilarga yordam berish uchun virtual maslahatchi “Davr On”ni takomillashtirish.

Bunda “Davr On” yordamida soliq toʻlovchilarga 24 soat, haftaning 7 kuni davomida avtomatik rejimida soliq qonunchiligini tushuntirish va mobil ilovada foydalanuvchilarga mavjud maʼlumotlar boʻyicha javob berish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil oktabr

Soliq qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Soliq qoʻmitasining idoralararo hujjat aylanish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalanib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning mazmunini aniqlash va ijrochilarning oldingi javoblari asosida avtomatik javoblar tayyorlash modulini ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2026-yil mart

Soliq qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

3. Tizimni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2027-yil may

4.

Soliq organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida soliq inspektorlari, biznes tahlilchilar, loyiha menejerlari va dasturchilarning ushbu sohadagi bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan maxsus oʻquv kurslariga jalb etish.

Shu bilan birga, Yaponiya, Germaniya, Singapur va Malayziya kabi sunʼiy intellekt sohasida ilgʻor tajribaga ega mamlakatlarga xizmat safari asosida tashrif buyurib, ularning amaliyotlarini oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar

Soliq qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

Soliq organlarining “Call markazi” faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

Bunda:

sunʼiy intellekt asosidagi ovozli robotlar yordamida operatorlar va mijozlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni avtomatlashtirish boʻyicha;

sunʼiy intellekt yordamida soliq toʻlovchilarga qoʻngʻiroqlar qilish orqali ularning soliq qarzdorligi toʻgʻrisida ogohlantirish boʻyicha tizimni joriy etish nazarda tutiladi.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2026-yil may

Soliq qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil oktabr

3. Tizimni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2027-yil oktabr

II. Bojxona maʼmurchiligi sohasi

6.

Bojxona deklaratsiyasida tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida uning TIF TN kodini aniqlash hamda sunʼiy intellekt yordamida TIF ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan tovarning TIF TN kodiga solishtirib, uning oʻxshashlik darajasini baholash yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

1. Tadqiqotni amalga oshirish uchun xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil noyabr

Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. TIF TN kodini aniqlash uchun maʼlumotlarni toʻplash va tayyorlash.

2026-yil iyun

3. TIF TN kodini oʻxshashlik darajasini baholash yuzasidan tadqiqotni amalga oshirish.

2026-yil dekabr

7.

Jismoniy shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining bojxonaga oid savollariga javob beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan “Bojxona maslahatchisi” chat-botini joriy etish yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

1. Tadqiqotni amalga oshirish uchun xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Bojxonaga oid savollariga javob berishi uchun maʼlumotlarni toʻplash va tayyorlash.

2026-yil may

3. Bojxona “maslahatchisi” chatbotini joriy etish yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

2026-yil noyabr

8.

Bojxona organlarining dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish, takomillashtirish, shuningdek, nazorat texnika vositalarining texnik kuzatuvini amalga oshirish uchun “Oʻzbektelekom” AK tizimidagi “Unicon-soft” MCHJni yagona tizim operatori etib belgilanish.

1. Yagona tizimi operatori tomonidan bojxona organlariga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, dasturlash, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan investitsiya mablagʻlarini kiritib borish.

2025-2026-yillar

Yagona tizim operatori mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Bojxona qoʻmitasining AKT va KT boshqarmasi vazifalarini bosqichma — bosqich yagona tizim operatoriga oʻtkazish.

2025 dekabr

3. Yagona tizim operatori tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimlar joriy etish hisobiga axborot tizimlari hamda nazorat texnika vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash.

doimiy

9.

Bojxona qoʻmitasining barcha hududiy boshqarmalari Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarida Bojxona yuk deklaratsiyasida transport xarajatlarini sunʼiy intellekt elementlari yordamida hisoblash yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish.

1. Tadqiqotni amalga oshirish uchun xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil noyabr

Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Bojxona yuk deklaratsiyasida transport xarajatlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash.

2026-yil iyun

3. Transport xarajatlarini sunʼiy intellekt elementlari yordamida hisoblash yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

10.

Bojxona organlarining sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarini sunʼiy intellekt sohasida bilim va malakasini oshirish maqsadida mazkur yoʻnalishida yuqori tajribaga ega boʻlgan tashkilot va oliy taʼlim muassasalarning keng doiradagi kurslarida oʻqitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar

Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

11.

Xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining kengayishi, tovar va transport vositalari boʻyicha maʼlumotlar hajmi ortishi natijasida maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash uchun yuqori quvvatli server qurilmalari bilan jihozlash.

1. Yuqori quvvatli server qurilmalar bilan jihozlash boʻyicha Yagona tizimi operatori tomonidan 1 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya mablagʻlarini kiritish.

2. Jalb qilingan mablagʻlar hisobidan server qurilmalarini xarid qilish.

3. Server qurilmalarni oʻrnatish va ishga tushirish.

2025-2026-yillar

Yagona tizim operatori mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

12.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay boʻlgan tartibotlarni, shu jumladan, logistika xizmatlarini oʻz ichiga olgan “GATE” (Global Access for Trade and Exchange) axborot platformasini sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllagan holda yagona operator bilan hamkorlikda ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil noyabr

Yagona tizim operatori mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

3. Tizimni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil dekabr

13.

Mamlakat tranzit salohiyatini oshirish hamda bojxona va yuk operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida bojxona nazorati ostida kuzatuv jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllagan holda yagona tizim operator bilan hamkorlikda “GPS” elektron plombalar orqali tashish amaliyotini joriy qilish.

1. Yagona tizim operatori tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatuv jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllagan holda “GPS” elektron plombalar xarid qilish uchun 1 — 1,5 mln dollar qiymatida investitsiya kiritish.

2. Jalb qilingan mablagʻlar hisobidan “GPS” elektron plombalar xaridini amalga oshirish.

3. Bojxona nazorati ostida kuzatuv jarayonlari doimiy monitoringini olib borishga moʻljallangan dasturiy taʼminot ishlab chiqish.

4. “GPS” plombalar hamda dasturiy taʼminotni kompleks amaliyotga joriy etish.

2025-2026-yillar

Yagona tizim operatori mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

Chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan transport vositalarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi skaner qiluvchi inspeksion koʻrik majmualari bilan jihozlashni yagona tizim operatori bilan hamkorlikda amalga oshirish.

1. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi inspeksion koʻrik majmualari bilan jihozlash.

2. Birinchi bosqichda 1 ta avto va 1 ta temir yoʻl chegara bojxona postlariga IKM qurilmalarini oʻrnatish.

3. Bojxona qoʻmitasi balansidagi barcha inspeksion koʻrik majmualarini doimiy sozligini taʼminlash maqsadida yagona tizim operatoriga texnik kuzatuvini amalga oshirish uchun ularni topshirish.

Yagona tizim operatori tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda nazorat texnik vositalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi maxsus laboratoriya hamda mobil guruhlar tashkil etish.

2025-2026-yillar

Yagona tizim operatori mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti xamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postlarida fuqarolarni oʻtishida qulaylik yaratish maqsadida ularni identifikatsiya qilish borasida sunʼiy intellektga asoslangan “UzFace” tizimini Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda sinovdan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Bojxona qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

III. Bank-moliya sohasi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida “Tahliliy axborot tizimi” (ADR) loyihasini amalga oshirish.

1. Texnik topshiriqni belgilangan tartibda kelishish va xarid hujjatlarini tayyorlash.

2025-yil noyabr

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Markaziy bank,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiquvchi va integratorlarni aniqlash va shartnoma imzolash.

2026-yil sentabr

3. “Tahliliy axborot tizimi” (ADR)ni tajriba sinovdan oʻtkazish.

2027-yil iyun

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida sunʼiy intellekt elementlari mavjud biznes-tahliliy vositani joriy qilish.

1. Sunʼiy intellekt vositasida amalga oshirish imkoniyati mavjud ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash hamda ushbu yoʻnalishlarga mos sunʼiy intellekt elementlari mavjud biznes-tahliliy vositani tanlash.

2025-yil oktabr

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Markaziy bank,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Biznes-tahliliy vositani sinovdan oʻtkazish.

2026-yil mart

18.

Budjet tashkilotlarining xarajatlarini hisob-kitob qilish boʻyicha axborot tizimini yaratish.

Bunda:

budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasidan kelib chiqib, xarid rejalari va ish haqini avtomat shakllantirish;

budjet tashkilotlarining xarajatlarini tahlil qilish va rejalashtirish jarayonlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash.

1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil dekabr

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.

2027-yil may

IV. Jamoat xavfsizligi, ekologiya, sanoat, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalar

19.

Intellektual video tahlil yordamida sanoat obyektlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish (kaska, yorugʻlik aks ettiruvchi jiletlarni aniqlash) tizimini joriy etish.

1. Tizimni ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

2025-yil noyabr

Oʻz mablagʻlari hisobidan

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Axborot tizimini joriy etish.

2026-yil fevral

20.

3-son gidrometallurgiya zavodida texnologik jarayonlarini boshqarish uchun sunʼiy intellekt asosida raqamli yordamchi tizimini joriy etish.

1. Belgilangan tartibda uskunalarni xarid qilish.

2. Tizimni ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

2025-2026-yillar

Oʻz mablagʻlari hisobidan

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

21.

“Sharqiy” konida dispetcherlik xizmati uchun zamonaviy “BI” vositalarini (Advanced Data Analytics) ishlab chiqish.

1. Tizimni ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

2. Axborot tizimini joriy etish.

2025-2026-yillar

Oʻz mablagʻlari hisobidan

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

22.

Sunʼiy intellekt asosida konlarda ogʻir yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilarini nazorat qiluvchi videoanalitik (DMS) tizimini joriy qilish.

1. Tizimni ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

2. Axborot tizimini joriy etish.

2025-2026-yillar

Oʻz mablagʻlari hisobidan

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Izoh: Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori bilan tasdiqlangan Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi “b” kichik bandining yigirma beshinchi xatboshisidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari” soʻzlari “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyundagi 409-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
b) 2-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” soʻzlari “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro standartlar va metodologiyalarni joriy etish boʻyicha yagona texnologik yondashuvni taʼminlash;
maʼlumotlarni qayta ishlash uchun texnologik infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda ularning tashqi bozorlarga chiqishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
sunʼiy intellekt sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, aholini sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan amaliy foydalanishga keng oʻrgatish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda ilmiy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish”;
v) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari” soʻzlari “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi;
xoʻjalik shartnomalari doirasida koʻrsatilgan xizmatlar hamda loyihalarni amalga oshirishdan tushgan mablagʻlar;
zarur texnik infratuzilmani taqdim etish evaziga shartnomaviy asosda startap-loyihalardagi oʻz ulushlarini sotishdan tushgan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
d) quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Belgilab qoʻyilsinki, 2030-yil 1-yanvardan boshlab “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi oʻzi koʻrsatgan xizmatlar doirasidagi tushumlar hisobidan bosqichma-bosqich mustaqil moliyalashtirishga oʻtadi”;
e) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Markazlar quyidagi manzildagi binolarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin:
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Toshkent shahrining, Mirzo Ulugʻbek tumani I. Moʻminova koʻchasidagi 4-uy;
“Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi Toshkent shahrining Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasidagi 114A-uy.
Bunda, binolarni saqlash boʻyicha joriy xarajatlar foydalanuvchilar tomonidan qoplanadi”;
j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining
TUZILMASI

Direktor

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktorning oʻrinbosari

Marketing va savdolar boʻlimi

2

Maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Infratuzilma boʻlimi

4

Strategik rivojlantirish va reytinglar boʻlimi

3

Buxgalteriya

2

Iqtisodiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Katta maʼlumotlarni shakllantirish boʻlimi

4

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali tahririyati

3

Kadrlar boʻlimi

2

Ichki audit va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Davlat va xoʻjalik sektorlariga sunʼiy intellektni joriy etish boʻlimi

4

Raqamli iqtisodiyot boʻlimi

3

Yuridik boʻlim

2

Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassis

1

IT-kompaniyalar va startaplar bilan ishlash boʻlimi

3

Sunʼiy intellekt sohasida savodxonlikni oshirish boʻlimi

3

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

2

Maxsus ishlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Axborot xavfsizligi boʻlimi

2

Xaridlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Xalqaro munosabatlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Axborot xizmati

1

Izoh. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (yordamchi personal xodimlardan tashqari) — 50 nafar.
Yordamchi personal xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)