|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.04.1999
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 14-apreldagi 755-I-sonli “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xaqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 60-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Muqaddimaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligini kafolatlaydi, ularning huquqlari va javobgarligini belgilab beradi, tadbirkorlarning bir-birlari bilan va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar bilan, barcha boshqaruv idoralari bilan oʻzaro munosabatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan mulkchilik shakllari asosida va ularga muvofiq tartibga solib turadi”.
2. 1-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik – mulkchilik subyektlarining mollar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat koʻrsatishidir”;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “fuqarolar” degan soʻzlar “jismoniy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati mulkdor tomonidan ham, shuningdek uning mol-mulkini idora qiluvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin”.
3. 3-moddaning:
uchinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va oltinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari deb hisoblansin.
4. 4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidan “va SSSRning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 5-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “mehnat faoliyati asosida” degan soʻzlar “tartibdagi faoliyat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidan “ayrim fuqaro tomonidan” va “xususiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir guruh fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi yoki hamkorlikdagi tadbirkorlik”.
6. 7-moddaning:
birinchi qism birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har bir fuqaro (bir guruh fuqarolar) xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan teng asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda”;
ikkinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisida “fuqarolarning” degan soʻz “jismoniy shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“mustaqil tarzda xodimlarni yollash va ishdan boʻshatish;
tadbirkorlik orqali chegaralanmagan miqdorda, lekin soliq solinadigan shaxsiy daromad orttirish;
ijtimoiy taʼminlanish va ijtimoiy sugʻurta qilinish huquqiga egadir”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
853-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 237-modda)