O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Vatanparvar, inson qadrini e’zozlaydigan, korrupsiyaga toqatsiz va professional yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ularni tarmoq va sohalar uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, mazkur sohada samarali ilmiy-innovatsion tadqiqotlar olib borish tartib-taomillarini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
I. Faoliyatni samarali tashkil etish va tubdan transformatsiya qilish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) etib qayta tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari) va boshqaruv kadrlarining salohiyatini muntazam rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish;
(b) davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish;
(v) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari hamda milliy qadriyatlarimiz va axloq normalarini inobatga olgan holda yaratiladigan professional kompetensiyalar asosida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirishni tashkil etish;
(g) ta’lim dasturlarini xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish hamda ularni boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qonunchilik talablari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida rivojlantirishga yo‘naltirish;
(d) ta’lim va tadqiqot jarayonlarini fakultetlar va kafedralar negizida tashkil etiladigan ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ta’lim — tadqiqot — amaliyot maktablari orqali olib borish;
(e) boshqaruv kadrlari va davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirishda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish;
(j) Akademiya faoliyatini strategik rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish;
(z) davlat xizmatchilarida zamonaviy rahbarning “ma’naviy qiyofa”sini shakllantirish asosida ta’lim dasturlarini tashkil etish;
(i) ta’lim va tadqiqot jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalarga muvofiq LMS tizimi va “Raqamli akademiya” platformasi orqali tashkil etish;
(k) davlat xizmati va boshqaruvini takomillashtirish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, soha va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish va maqsadlarga erishish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va amaliy takliflar ishlab chiqish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Vasiylik kengashi Akademiya faoliyatiga quyidagi ustuvor masalalarda ko‘maklashadi va tegishli qarorlar qabul qiladi:
(a) respublikada davlat siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirib borishning hamda sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
(b) Akademiyani strategik rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, boshqaruv, ilmiy-pedagogik salohiyatini va moddiy-texnik imkoniyatlarini kuchaytirish hamda ushbu jarayonlarga investitsiyalarni jalb etish;
(v) davlat siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga rioya qilish, shuningdek, davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning davlat talablari ijrosi yuzasidan monitoring natijalarini tahlil qilib borish;
(g) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda sohalarni strategik rivojlantirish maqsadlarini hisobga olgan holda Akademiyada kadrlar tayyorlash uchun tasdiqlangan davlat maqsadli buyurtmalari parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
(d) Akademiya tuzilmasini tasdiqlash va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, Akademiya faoliyatiga mutaxassislarni (konsultant, ma’ruzachi, o‘qituvchi va boshqalar) soatbay va uzoq muddatli ishlash shartlarida jalb etish hamda ularga mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan haq to‘lash tartibini belgilash;
(e) Akademiyaning magistratura va qayta tayyorlash dasturlari bitiruvchilarining vazirlik, idora va davlat tashkilotlarida kasbiy va karyeraviy o‘sishini monitoring qilish natijalarini tahlil qilib borish.
II. Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
6. 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
(a) davlat xizmatchilarining sohaviy bilimlarini rivojlantirish hamda “Yordamchi” guruhiga mansub davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘z tizimidagi yoki tegishli soha va tarmoq qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida (institutlarida) tashkil etiladi;
(b) malaka oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an’anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
7. Akademiya tomonidan:
(a) qisqa muddatli kurslarda “Siyosiy” va “Boshqaruv” guruhlariga mansub davlat xizmatchilarining rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha malakasi oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(b) davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining (institutlari)ning rahbarlik va boshqaruv yo‘nalishlaridagi ta’lim dasturlari ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlanadi va muvofiqlashtiriladi, shu jumladan, ularning tegishli o‘quv dasturlari ekspertizadan o‘tkaziladi va tasdiqlanadi, o‘quv jarayonida foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarining namunaviy shakllari ishlab chiqiladi.
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan:
(8-bandning birinchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(a) Akademiyaning malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim dasturlarida tahsil oladigan davlat xizmatchilari kontingenti shakllantiriladi;
(b) davlat xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar beriladi;
(v) Milliy kadrlar zaxirasidagi davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirib borish, davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyat muvofiqlashtirib boriladi.
9. Agentlik Akademiya bilan birga ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan holda 2025-yil 1-dekabrga qadar davlat fuqarolik xizmati “Yordamchi” guruhi lavozimlari uchun, 2026-yil 1-martga qadar “Siyosiy” va “Boshqaruv” guruhlari lavozimlari uchun bazaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqsin.
10. Akademiyada 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etilsin. Bunda:
(a) o‘quv reja va dasturlari davlat xizmati va boshqaruvining joriy va istiqboldagi vazifalari asosida ishlab chiqilib, bir oygacha bo‘lgan muddatda rahbarlik bilim va ko‘nikmalari rivojlantiriladi;
(b) qisqa muddatli kurslar yakunlari bo‘yicha davlat xizmatchilarining olgan bilim va kasbiy ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi;
(v) mazkur kurslarga yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan tajribali ekspertlar, xususiy sektor, konsalting va axborot-tahlil agentliklari mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari jalb qilinadi.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Akademiyada muddati 6 oygacha bo‘lgan quyidagi qayta tayyorlash ta’lim dasturlari joriy etilsin:
(a) geosiyosat, global xavfsizlik, barqaror rivojlanish, loyiha boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq tashkil etiladigan maxsus kurslar;
(b) tashabbuskor ayollarning rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni davlat xizmatiga tayyorlash uchun — “Rahbar ayollar” dasturi;
(v) istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish hamda yosh davlat xizmatchilarining yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun — “Kelajak liderlari” dasturi;
(g) davlat organlari va tashkilotlarining rahbar va boshqaruv kadrlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun — “Tizimli tahlil, strategik rejalashtirish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish” dasturi;
(d) hokimlar va ularning o‘rinbosarlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun — “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish” dasturi;
(e) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosatiga mas’ul tarkibiy tuzilma rahbarlari uchun — “Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish” dasturi;
(j) davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bo‘yicha loyihaviy boshqaruv va monitoring ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun — “Davlat dasturlari va loyihalarini samarali boshqarish” dasturi.
12. Belgilansinki:
(a) Agentlik qayta tayyorlash ta’lim dasturlari bo‘yicha manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar takliflari asosida nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda har tomonlama o‘rganib va baholab, har yili 1-iyulga qadar Akademiyaga taqdim etadi;
(b) Akademiyada tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari doirasida davlat xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston tarixi va madaniyati, davlat tili hamda odob-axloq qoidalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlari majburiy baholanadi.
III. Akademiyada magistratura ta’lim dasturini tashkil etish
13. Belgilab qo‘yilsinki, Akademiyada davlat buyurtmasiga asosan magistratura ta’lim dasturlariga qabul davlat organlari, xo‘jalik boshqaruv organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga asosan oliy ma’lumotli, 2 yil boshqaruv lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan, qoida tariqasida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari hamda fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlari xodimlari orasidan tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda:
(a) davlat buyurtmasi bo‘yicha o‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
(b) tavsiya etilgan nomzodlar Agentlik tomonidan dastlabki tarzda saralanadi hamda kvota bo‘yicha har bir o‘ringa kamida besh nafardan nomzodlar ro‘yxati Akademiyaga yuboriladi;
(v) Akademiya tomonidan nomzodlar mutaxassislik fanlari va chet tili bo‘yicha test sinovidan hamda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va mustaqil ekspertlardan iborat Tanlov komissiyasida suhbatdan o‘tkaziladi;
(g) suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy bilimlari va huquqiy savodxonligi, shuningdek, boshqaruv va liderlik xususiyatlari, jamoa bilan ishlash, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatlari, moslashuvchanligi, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvi, loyihaviy boshqaruv va notiqlik mahorati bo‘yicha ko‘nikmalari baholanadi;
(d) test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball olgan nomzodlar davlat granti hamda Akademiya Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan kvota doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
14. Akademiyaga davlat buyurtmasidan tashqari ochiq tanlov asosida faqatgina to‘lov-kontrakt asosida magistraturada kadrlar tayyorlash huquqi berilsin. Bunda qabul kvotalari Akademiyaning ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Belgilansinki, Akademiyada:
(a) 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab “Hududlarni kompleks rivojlantirish” (Regional Development), “Davlat boshqaruvi” (Public Administration), “Inson resurslarini rivojlantirish (Human Resource Development) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;
(b) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
(i) “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;
(ii) yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
(v) magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari va modullar bo‘yicha tashkil etiladi;
(g) mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, xususan, davlat boshqaruvi hamda energetika, transport logistikasi, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa sohalarni qamrab oluvchi fanlararo magistrlik dasturlari joriy etiladi.
16. Magistraturani davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarga kamida 3 yil davlat organi yoki tashkilotida (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tijorat banklari va xo‘jalik jamiyatlari, davlat korxonalarida) ishlab berish majburiyati yuklansin. Bunda magistraturani grant asosida tamomlagan nodavlat sektor vakillarini davlat xizmatiga jalb etish Agentlik tomonidan ta’minlanadi.
17. Belgilansinki, Agentlikning ish beruvchilar bilan birgalikdagi takliflariga asosan davlat buyurtmasi bo‘yicha ta’lim olgan magistratura bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimlarga taqsimlanadi, ularning karyeraviy o‘sishi jarayonlari esa Agentlik tomonidan monitoring qilib boriladi. Bunda magistraturada o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan yuqori bo‘lgan tinglovchilar, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi.
IV. Ilmiy salohiyatni oshirish va xorijiy hamkorlikni yanada kuchaytirish
18. Davlat siyosati va boshqaruvi sohasida yaxlit ilmiy tadqiqotlar tizimini yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan boshlab Akademiyada “Davlat siyosati va boshqaruvi” ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli joriy etilsin hamda mazkur ixtisoslik bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etilsin.
19. Akademiyaning xalqaro akademik doirada nufuzini oshirish maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Xalqaro akademik maslahat kengashi tashkil etilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha maslahatlar, shuningdek, ta’lim va akademik siyosat sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan tavsiyalar berish;
(b) nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish hamda xalqaro akkreditatsiya uchun ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha maslahatlar berish;
(v) ta’lim va fan sohasida xalqaro darajadagi tendensiyalarni tahlil qilgan holda ularni Akademiyada qo‘llash bo‘yicha, shu jumladan, rivojlanish strategiyalarini shakllantirishga oid takliflar kiritish;
(g) xalqaro tinglovchilarni jalb qilish, shuningdek, tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqishda ko‘maklashish;
(d) Akademiya tinglovchilari uchun global tendensiyalar va o‘zgarishlar, strategik fikrlash, raqamli transformatsiya va boshqa dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilish.
20. Akademiyada bosqichma-bosqich Germaniya, Singapur, Rossiya, Koreya Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda quyidagi qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlari amalga oshirilsin:
(a) Germaniyaning Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi;
(b) Singapur Milliy universitetining Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi hamda Singapur davlat xizmati kolleji.
(v) Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi hamda “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi;
(g) Koreya inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti hamda Koreya davlat boshqaruvi instituti.
V. Strategik tahlil sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarida tahliliy salohiyatni rivojlantirib borish chora-tadbirlari
Oldingi tahrirga qarang.
21. Akademiya tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning maslahat-uslubiy va ta’lim platformasi sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi Tahlil va tadqiqot sohasidagi kompetensiyalar markazi (keyingi o‘rinlarda — Kompetensiyalar markazi) tashkil etilsin va uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(a) davlat xizmatchilari va tahliliy-tadqiqot tuzilmalari xodimlariga strategik (tizimli) tahlil va rejalashtirishning ilg‘or uslubiyotini (isbotlash siyosati, “yashil” siyosat, tizimli fikrlash, ma’lumotlar tahlili asosida qaror qabul qilish, xulq-atvor tahlili, adaptiv boshqaruv) o‘rgatish uchun qisqa va o‘rta muddatli ta’lim dasturlari hamda treninglarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(b) vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarida tahliliy ishlarning yagona standartlari va metodologiyasini ishlab chiqish, tahliliy jarayonlarga zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni tatbiq etishga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish;
(v) vazirlik va idoralarni ekspert-tahliliy qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari va tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etgan holda amaliy yechimlarni ishlab chiqish.
22. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(a) Kompetensiyalar markazining ish rejalari, xodimlari tarkibi, tadqiqot usullari va faoliyati bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishilgan holda hal qilinadi;
(21-bandning “a”kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(b) Kompetensiyalar markazi faoliyatini moliyalashtirish Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan loyiha boshqaruvi tamoyillari asosida, shuningdek, grantlar, ta’lim va konsalting faoliyatidan olingan daromadlar hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
23. 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarida fanlararo tanqidiy va mantiqiy fikrlash, ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyatlariga hamda keng ta’lim-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan tahlilchilarning yangi avlodini shakllantirish maqsadida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilsin:
(a) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro munosabatlar va tahlil, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish va ekspert sharhlash” yo‘nalishi bo‘yicha;
(b) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Biznes-tahlil, moliya va katta ma’lumotlar tahlili” yo‘nalishi bo‘yicha;
(v) Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xalqaro munosabatlar va tahlil: Yevropa va Osiyo tadqiqotlari” yo‘nalishi bo‘yicha;
(g) Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquq sohalari, huquqiy va siyosiy tadqiqotlar amaliy tahlili” yo‘nalishi bo‘yicha;
(d) O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ijtimoiy-diniy sohadagi jarayonlar, radikallashuv jarayonlari tahlili va ularning oldini olish usullari” yo‘nalishi bo‘yicha;
(e) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universitetida (Green University) “Ekologik fanlar va tadqiqotlar, ekologik tahlil, bilim va innovatsiyalarni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha.
24. Belgilansinki, mazkur Farmonning 23-bandida nazarda tutilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda Kompetensiyalar markazi zimmasiga tahlil sohasidagi akademik dasturlarni muvofiqlashtirish va metodik qo‘llab-quvvatlash, o‘quv rejalarini standartlashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, xorijiy professor-o‘qituvchilar va ekspertlarni jalb qilish, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish vazifalari ham yuklatiladi.
VI. Tashkiliy chora-tadbirlar
25. Belgilansinki:
(a) ta’lim, tadqiqot va amaliyot jarayonlariga yurtimiz va ilg‘or xorijiy davlatlardagi davlat xizmati va boshqaruvi, iqtisodiy rivojlanish, moliya va tadbirkorlik sohalarida taniqli boshqaruv kadrlari, ekspertlar va olimlar jalb etiladi;
(b) davlat granti asosida qabul qilingan va magistratura yoki qayta tayyorlash kurslarida yuqori natija ko‘rsatgan tinglovchilarning 50 foizgacha qismini muddati ikki oyga qadar bo‘lgan xorijiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan magistratura va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, jumladan, ularga xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etish “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(v) davlat buyurtmasi asosida Akademiyada ta’lim olayotgan, ilmiy-tadqiqot ishini amaliyotga samarali joriy etayotgan va xorijiy tilni kamida CEFR shkalasi bo‘yicha S1 darajasida egallagan ilmiy tadqiqotchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan muddati ikki oyga qadar bo‘lgan xorijiy ilmiy stajirovkaga yuboriladi;
(g) Akademiyada oliy ta’limdan keyingi ta’lim talablarini bajargan va dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga ilmiy daraja (falsafa doktori — PhD, fan doktori — DSc) diplomlari va ilmiy unvon (dotsent, professor) attestatlari davlat namunasida taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(d) ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish, magistratura yoki qayta tayyorlash dasturiga tinglovchilikka qabul qilingan davlat organi yoki tashkiloti (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tijorat banklari va xo‘jalik jamiyatlari, davlat korxonalari) xodimining o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi (kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotganda o‘rtacha ish haqi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) saqlanadi.
(25-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
26. Akademiyada ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan hamda xususiy sektorda samarali tashkil etilgan amaliyotga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
(a) magistrlik va qo‘shma ta’lim dasturlari loyihaviy boshqaruvning PMI PMBoK va boshqa nufuzli xalqaro standartlariga asoslangan holda ishlab chiqiladi, ta’lim dasturlarida ushbu standartni chuqur o‘zlashtirish talabi joriy etiladi;
(b) barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni BPR (biznes jarayonlarning reinjiniringi) texnologiyalariga ko‘ra optimallashtiriladi hamda “Raqamli akademiya” platformasida raqamlashtiriladi;
(v) Akademiyada korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash muhitini yaratish maqsadida barcha funksional vazifalar reglamentlari ishlab chiqiladi, antikorrupsion diagnostika va profilaktika tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
27. Akademiyada yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyidagi tuzilmalar tashkil etilsin:
(a) davlat siyosati va boshqaruvining genezisi, evolyutsiyasi hamda rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq etuvchi, davlat xizmatida samaradorlikni oshirish hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘ri ishlab chiqilishini metodologik qo‘llab-quvvatlovchi, shuningdek, boshqaruvda ortiqcha byurokratik jarayonlar, majlisbozlik va qog‘ozbozlikning oldini olishga qaratilgan va xususiy sektordagi (ta’lim, tibbiyot, transport va boshqalar) ilg‘or amaliyotlarni davlat boshqaruvida joriy qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar hamda ilmiy tavsiya va takliflar ishlab chiquvchi Davlat siyosati va boshqaruvini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi;
(b) davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yagona davlat ta’lim talablarini ishlab chiquvchi hamda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarining (institutlarining) rahbarlik va boshqaruv yo‘nalishlaridagi ta’lim dasturlarini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtiruvchi Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish markazi;
(v) davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni samarali qo‘llashning ilg‘or xorijiy tajribasini o‘rganish, davlat xizmatchilarining raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishda mazkur texnologiyalarni keng qo‘llashni tashkil etuvchi Davlat boshqaruvida raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim markazi;
(g) rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda ularni asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha masofadan o‘qitishni tashkillashtiruvchi Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish markazi.
28. Akademiyaga quyidagi yo‘nalishlarda mustaqillik berilsin:
(a) magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari davomiyligi va to‘lov-kontrakt summalarini belgilash hamda xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, xorijlik ekspertlarni ta’lim va tadqiqot jarayonlariga jalb etish;
(b) ta’lim tili va shaklini, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash, dual ta’lim shaklini joriy etish, tinglovchilar bilimini nazorat qilish, malaka amaliyoti va stajirovka o‘tash, yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibini belgilash;
(v) mehnat qonunchiligiga muvofiq professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibini, tinglovchilarning sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan normativlar asosida ularning o‘quv yuklamasini hamda ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqot faoliyati me’yorlarini belgilash;
(g) budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda moliyalashtiriladigan ta’lim va ilmiy-tadqiqot grantlarini e’lon qilish va amalga oshirish;
(d) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va tarkibini tasdiqlash, ilmiy daraja va unvonlar berish, boshqa oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy daraja va unvonlarni tan olish, shuningdek, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
(e) Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan magistratura tinglovchilari va tadqiqotchilar uchun maxsus stipendiyalar joriy etish.
29. Akademiya xodimlarining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 107 nafar, shu jumladan, boshqaruv kadrlari 54 nafar, mutaxassislar 53 nafar, o‘quv-yordamchi, texnik, va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun, professor-o‘qituvchilar soni esa Akademiya ustaviga asosan tasdiqlangan me’yorlar asosida belgilansin.
30. Belgilab qo‘yilsinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, ilmiy va o‘quv-yordamchi xodimlari hamda mutaxassislarining lavozim maoshlarini belgilashda mehnatga haq to‘lashning yagona tarif jadvali bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari ikki baravar miqdorda qo‘llaniladi.
31. Quyidagilar:
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini 2025-2026-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi ustavi 4-ilovaga muvofiq;
(v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish bo‘yicha har yilgi davlat buyurtmasi parametrlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
32. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi Akademiyaga xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda ta’lim va tadqiqot jarayonlariga xorijiy grantlar va ekspertlarni jalb etishda har tomonlama yordam ko‘rsatib borsin.
33. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur Farmon ijrosi bilan bog‘liq qo‘shimcha budjet xarajatlarini moliyalashtirish 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning iqtisod qilingan mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
34. Akademiya ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
(a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
(b) Agentlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda har tomonlama, ochiq va xolis tanlovning mezon va mexanizmlarini qamrab olgan Akademiyada magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitishning alohida tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
35. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-may,
PF-78-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi
tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.

1.  G‘.G‘. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi

2.  Z.B. Maxkamova

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

3.  K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

4.  Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

5.  B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

6.  G.S. Ismailova

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

7.  U.Sh.Xusainov

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.

8.  O.A. Xasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori

9.  J.Sh. Salixov

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Izohlar:
1. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Vasiylik kengashi o‘z qaroriga muvofiq a’zolari tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish huquqiga ega.
3. Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq uning tarkibiga xalqaro tashkilotlar va (yoki) ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari rahbarlari, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilot vakillari muddatli asosda kiritilishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Xalqaro akademik maslahat kengashi
tarkibi
  1. Suma Chakrabarti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi

  1. Cho Dong Chul

Koreya Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi prezidenti

  1. Kim Che-Xvan

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti prezidenti

  1. Huk-Ju Kvon

Koreya Davlat boshqaruvi instituti (KIPA) prezidenti

  1. Pan Suk Kim

Koreya Respublikasining Yonse universiteti Davlat boshqaruvi maktabi professori

  1. Li Do Suk

Koreya Davlat boshqaruvi instituti Xalqaro hamkorlik markazi direktori

  1. Masuyama Mikitaka

Yaponiyaning Siyosiy tadqiqotlar aspirantlik milliy instituti (GRIPS) professori, “Yosh liderlar” ta’lim dasturi rahbari o‘rinbosari

  1. Aleksey Komissarov

Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) rektori

  1. Sergey Shitkov

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rektori

  1. Aleksandr Kim

“Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi rektori

  1. Andrey Margolin

Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) prorektori

  1. Azamat Jolmanov

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

  1. Alixan Baymenov

Davlat xizmati bo‘yicha Ostona xabi Boshqaruv qo‘mitasi raisi (Qozog‘iston)

  1. Raymond Xelfrix

Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi prorektori (Germaniya)

  1. Aleksandr Tran-Chuong

Fransiya Davlat xizmati milliy instituti Xalqaro hamkorlik markazi direktori o‘rinbosari

  1. Franchesko Manchini

Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi dekani o‘rinbosari (Singapur)

  1. Eduardo Araral

Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi dotsenti (Singapur)

  1. Anis Yusal Yusuf

Malayziya universiteti Davlat siyosati va boshqaruvi xalqaro instituti ijrochi direktori

  1. Djennifer Murtazashvili

Pittsburg universiteti professori, Menejment va bozorlar markazi direktori (AQSH)

  1. Daniyel Nelson

Sirakuz universiteti Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi Global ta’lim va hamkorlik markazi direktori (AQSH)

  1. Endryu Tempelmen

Samarali davlat boshqaruvi bo‘yicha xalqaro ekspert (Buyuk Britaniya)

  1. Xamid Puran

Vulverxempton universiteti (Buyuk Britaniya) eksperti

Izoh: Xalqaro akademik maslahat kengashi tarkibiga Akademiya Vasiylik kengashi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini 2025-2026-yillarda kompleks rivojlantirish
chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Akademiya faoliyatini strategik rejalashtirish, o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish

hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish

1. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi (Singapur) bilan hamkorlikda istiqbolli boshqaruv kadrlari uchun muddati 6 oygacha bo‘lgan qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish.

Qo‘shma ta’lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan davlat xizmatchilarini Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabiga seminar-treninglarda ishtirok etish va amaliy stajirovka o‘tashga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari doirasida,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari

Akademiya,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Strategik islohotlar agentligi,

manfaatdor

vazirlik va idoralar

2. 

Akademiyaning xorijiy hamkorlari, grantlar ko‘magida yosh professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni xorijiy stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, donor tashkilotlar mablag‘lari

Akademiya, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi, buyurtmachi vazirlik va idoralar

3. 

Akademiyada Singapur davlat xizmati kolleji bilan hamkorlikda davlat xizmatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari

Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4. 

Akademiyada davlat organlari rahbarlari uchun boshqaruv sohasida yangi g‘oyalarni shakllantirish, bu boradagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama va tahlil etish, istiqbolli imkoniyatlarni prognozlashtirish, sohalararo tajriba almashish hamda aholi bilan ochiq muloqot madaniyatini yuksaltirishga ilmiy-uslubiy ko‘maklashuvchi muloqotlar maydonini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgustdan boshlab

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, buyurtmachilar mablag‘lari

Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi,

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

5. 

Akademiya magistraturasiga xorijiy ta’lim tashkilotlari yoki ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari (jumladan, Double Degree) asosida tinglovchilar qabulini tashkil etish.

Vasiylik kengashi qarori

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab o‘zaro kelishuvga muvofiq

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, buyurtmachilar mablag‘lari

Akademiya,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

nufuzli xorijiy ta’lim tashkilotlari

(kelishuv asosida)

6. 

Akademiyaning xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari va akademik reyting agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib borish.

Bunda Akademiyaning magistratura dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, davlat boshqaruvi sohasidagi nufuzli xalqaro va mintaqaviy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari va modullari hamda ta’lim texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, sohada xalqaro nufuzga ega assotsiatsiyalarga a’zo bo‘lish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda


 

2025/2026 o‘quv yili yakuniga qadar

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant mablag‘lari

Akademiya,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

7. 

Akademiyaga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmani tasdiqlash hamda unda transformatsiya va strategik rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimini joriy etish (shartnoma asosida), shuningdek, mazkur lavozimga nufuzli ta’lim, tadqiqot yoki akademik boshqaruv sohasida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xorijlik ekspert yoki vatandosh mutaxassisni jalb etish.

Vasiylik kengashi qarori

2025-yil avgust

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

Akademiya,

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

8. 

Tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida va to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirish.

Buyurtmalar portfelini shakllantirish

Har yili iyun — avgust oylarida

Talab etilmaydi

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Akademiya, davlat organlari va tashkilotlar, buyurtmachi tashkilotlar

9. 

Akademiyaning o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari olimlari va ekspertlari hamda davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning tajribali mutaxassislarini jalb etish.

Bunda xorijlik professor-o‘qituvchilar va ekspertlar mehnatiga haq to‘lashni ular bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari

Akademiya,

 “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi

10. 

Akademiyaning boshqaruv kadrlari, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari uchun har yili kamida bir marotaba taniqli xorijiy va mahalliy olimlar, ekspertlarni (shu jumladan, Akademiyaning Xalqaro akademik maslahat kengashi a’zolarini) jalb etgan holda Akademiyada, shuningdek, xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash dasturlarini amalga oshirish.

Vasiylik kengashi qarori

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab har yili kamida bir marotaba

 “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari

Akademiya, “El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi

11. 

Akademiyaga so‘nggi uch yilda ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun-iyul

Talab etilmaydi

Akademiya, Hisob palatasi

12. 

Akademiya xodimlari va professor-o‘qituvchilarining malakasi, bilim va ko‘nikmalarini baholash orqali lavozimiga muvofiqligini aniqlash hamda xodimlar tarkibini qayta shakllantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul — sentabr

Talab etilmaydi

Akademiya

II. O‘quv jarayoni, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish

13. 

Akademiya magistraturasi va hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2025-yil iyul

Talab etilmaydi

Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

14. 

Akademiya magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2025-yil iyul

Talab etilmaydi

Akademiya,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

15. 

Ilg‘or xorijiy tajriba hamda amaliyotda aprobatsiyadan o‘tgan ta’lim modullarini O‘zbekiston sharoitiga adaptatsiya qilishga alohida e’tibor qaratgan holda quyidagi hujjatlarni xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqish hamda milliy va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish:

magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablari;

Akademiyada ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv jarayoni grafigi va o‘quv yuklamalari bo‘yicha vaqt me’yorlari, professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini rejalashtirish borasida tashkiliy va normativ-uslubiy hujjatlar.

Vasiylik kengashi qarori

2025-yil iyul

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

nufuzli xalqaro va xorijiy ta’lim tashkilotlari

(kelishuv asosida)

16. 

Akademiyadagi barcha professor-o‘qituvchilar lavozimlari bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilish hamda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ularni bir yillik mehnat shartnomalari orqali ishga qabul qilishni nazarda tutadigan Akademiyaga professor-o‘qituvchilarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va qabul qilish.

Vasiylik kengashi qarori

2025-yil iyul

Talab etilmaydi

Akademiya,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

17. 

Mamlakatda davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi fanlari va amaliyotining milliy maktablari ilg‘or an’analarini shakllantirish, bu borada dunyoda tan olingan ilmiy maktablar, olimlar, shu jumladan, ilmiy tajribaga bo‘lgan ega vatandoshlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Akademiyaning yosh professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini maqsadli ravishda xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish, iqtidorli yoshlarni xorijda magistratura va doktoranturada tayyorlash maqsadida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan maxsus dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Akademiyaga davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi fanlarining yetuk olimlarini jalb etish hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, maqsadli ilmiy grantlar ajratish, xalqaro ilmiy tadbirlar tashkil etish orqali ilmiy laboratoriyalarni shakllantirish.

Vasiylik kengashi qarori

Muntazam ravishda






2025-yil iyul






2025-yil iyundan boshlab

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari,

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

18. 

Akademiyada ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha quyidagi nizomlarni Akademiya kengashida tasdiqlash:

Ta’lim-tadqiqot va amaliyot maktablarini tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida;

Magistratura ta’lim dasturi to‘g‘risida;

Magistraturada kredit-modul tizimini joriy etish to‘g‘risida;

Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va uni himoya qilish tartibi to‘g‘risida;

Magistratura va qayta tayyorlash kurslarida amaliyot va stajirovka, shu jumladan, xorijiy stajirovkani tashkil etish to‘g‘risida.

Akademiya kengashi qarori

2025-yil iyul

Talab etilmaydi

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19. 

Quyidagilarni tartibga soluvchi Akademiyada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish:

Akademiyada ilmiy kengashlar tuzish;

oliy ta’limdan keyingi ta’limni tayanch doktorantura va doktorantura, mustaqil izlanuvchilik shaklida hamda to‘lov-kontrakt asosida tashkil etish;

izlanuvchilar faoliyati samaradorligini monitoring qilish;

falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini tayyorlash va ularni himoya qilish;

ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilik tartibi;

ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish, oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy unvon va ilmiy darajalarni tan olish;

yangi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan mustaqil ravishda ilmiy kengashlar tuzish;

Akademiya ilmiy kengashlari tomonidan berilgan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha tegishli davlat namunasidagi diplomlarni berish va ro‘yxatga olish.

Akademiya kengashi qarori

2025-yil iyul

Talab etilmaydi

Akademiya,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘quv, ilmiy-uslubiy va konsultativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish

20. 

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar buyurtmalariga asosan maqsadli ravishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish, buyurtmachilarga konsultativ xizmatlar ko‘rsatish hamda ular uchun tegishli o‘quv treninglarini tashkil etish.

Mazkur tadbirlarga xorijlik olimlar, konsultant va ekspertlarni jalb etish, shuningdek, mahalliy boshqaruv kadrlari va mutaxassislar uchun xorijda amaliy stajirovkalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Buyurtmachilar mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari

Akademiya,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

buyurtmachi

vazirlik va idoralar

21. 

Lavozimga yangi tayinlanadigan davlat xizmatchilari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, liderlik va xalq bilan ochiq muloqot qilish kompetensiyalari, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi axloq kodeksi kabi mustaqil ta’lim resurslarini yaratish va onlayn platforma orqali muntazam foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Qo‘shma qaror loyihasi

Muntazam ravishda

Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari,

buyurtmachilar mablag‘lari

Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

22. 

Davlat fuqarolik xizmatining siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlari uchun bazaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil fevral

Talab etilmaydi

Boshqaruv samaradorligi agentligi, Akademiya,

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish

23. 

Akademiyada davlat siyosati va boshqaruvi hamda iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbolli tizimlarini o‘rganishga qaratilgan Davlat boshqaruvini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazini tashkil etish.

Markazga yuqori ilmiy salohiyat, katta amaliy tajribaga ega kadrlar va xorijlik mutaxassislarni hamda ilmiy grantlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari,

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

24. 

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, kadrlar siyosati va davlat xizmatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

Ilmiy-tadqiqot loyihalari

Muntazam ravishda

Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, buyurtmachilar mablag‘lari

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

25. 

Xalqaro moliya institutlari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Akademiyada amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablag‘lari

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi, Akademiya,

Tashqi ishlar vazirligi

26. 

“Davlat siyosati va boshqaruvi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari beruvchi Ilmiy kengash tarkibini shakllantirish.

Akademiya kengashi qarori

2025-yil avgust

Talab etilmaydi

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

27. 

O‘zbekistonning davlat boshqaruvi va iqtisodiy rivojlanish borasidagi xalqaro reytinglar va indekslarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda ularning natijalari bo‘yicha boshqaruv kadrlari uchun maxsus malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish va ularni amalga tatbiq etish.

Bunda ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish va malaka oshirish kurslariga sohalar bo‘yicha xorijlik olimlar va ekspertlarni jalb etish.

Ilmiy-tadqiqot loyihalari

2025-2026-yillar

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari,

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor

vazirlik va idoralar

28. 

Davlat granti asosida tashkil etiladigan ilmiy tadqiqotlarda davlat siyosati va boshqaruvi ixtisosligi bo‘yicha fanlar rivojlanishining global tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish hamda mazkur yo‘nalishlarda milliy ilmiy maktab yaratish.

Bunda davlat hokimiyatining aholining keng qatlamlari bilan ochiq muloqotini samarali tashkil qilish, davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy hamkorlikning ilg‘or xorijiy tajribasini o‘rganish, ularni ilmiy tadqiq etish va respublikada tatbiq etish.

Ilmiy-tadqiqot loyihalari

Muntazam ravishda

Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik

va idoralar

29. 

Akademiyada Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish markazi faoliyatini tashkil etish.

Markazga manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tegishli yo‘nalishlar va mavzular bo‘yicha tadqiqot ishlariga buyurtmalar berish hamda markazni qo‘shimcha moliyalashtirishda ishtirok etish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar,

buyurtmachilar mablag‘lari va grantlar, texnik ko‘mak va boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari

Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

30. 

Akademiya filiallari hamda hududlardagi davlat xizmatchilari salohiyatini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda oshirishga ko‘maklashuvchi Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Akademiyaning budjetdan tashqari va buyurtmachilar mablag‘lari

Akademiya,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish

31. 

“Raqamli akademiya” innovatsion platformasini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish:

Akademiyada ta’lim va tadqiqotlar jarayonlarini samarali boshqarish hamda hududiy filiallar bilan aloqalarni tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari uchun muntazam ravishda masofaviy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

32. 

Akademiyada:

axborot-resurs markazini qayta tashkil etish, kapital ta’mirlash va jihozlash, raqamli texnologiyalarga asoslangan kutubxona-qidiruv dasturi va kompyuter texnikalari bilan ta’minlash, zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish;

tinglovchilari va tadqiqotchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Davlat boshqaruvida raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim markazini tashkil etish;

bosmaxona va yangi tashkil etilayotgan tegishli ilmiy-uslubiy, tadqiqot markazlari faoliyati uchun zamonaviy texnik jihozlar va dasturlar hamda foto va videouskunalarni xarid qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Akademiyaning budjetdan tashqari va homiylar mablag‘lari,

Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi

33. 

Akademiyaning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish:

o‘quv auditoriyalarni zamonaviy videopanellar, videoproyektorlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;

tarkibiy tuzilmalarni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zaruriy asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash;

axborot-resurs markazining xalqaro ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar bazalariga doimiy a’zoligini tashkil etish;

bosh anjumanlar zalini kapital ta’mirlash, videokonferensiya aloqa vositalari (LED ekran), sinxron tarjima va ovoz kuchaytirgich uskunalari bilan jihozlash;

Akademiya hududida tinglovchilar uchun internet va axborot-resurs bazalaridan doimiy foydalanish imkoniyatini yaratish, 400 Mbit/s dan kam bo‘lmagan tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish hamda barcha hududlarda bepul “Wi-Fi” zonalarini tashkil etish;

ichki axborot telekommunikatsiya infratuzilmasini to‘liq yangilash, axborot xavfsizligi siyosatini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari,

ijrochilarning tegishli jamg‘armalari mablag‘lari

Akademiya, Raqamli texnologiyalar vazirligi

34. 

Akademiya mediamarkazi moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, zamonaviy audio-video va kompyuter hamda tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zaruriy asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari

Akademiya,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Izoh: Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar, zaruratga ko‘ra, boshqa bandlarda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
ustavi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni boshqarish va rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, shuningdek, boshqaruv fanining boshqa sohalarida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boradigan tayanch davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2. Akademiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Ustav hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 2025-yil 27-avgustdagi 541-son qarori.
3. Akademiya yuridik shaxs bo‘lib, o‘z mustaqil balansiga, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga, davlat tilida o‘z nomi ifodalangan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhriga, faoliyati uchun zarur bo‘lgan blank, shtamp, boshqa atribut va rekvizitlarga egadir.
Akademiyaning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi;
qisqartirilgan — DSBA;
b) rus tilida:
to‘liq — Akademiya gosudarstvennoy politiki i upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan — AGPU;
v) ingliz tilida:
to‘liq — Academy of Public Policy and Administration under of the President of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan — APPA.
Akademiyaning manzili: Toshkent shahri I. Karimov ko‘chasi 45-uy.
4. Akademiya quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida, davlat namunasidagi diplom va “magistr” darajasi beriladigan ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yarim yilga qadar va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash;
davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida olti oygacha davom etadigan dasturlar bo‘yicha, jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda, belgilangan namunadagi diplom beriladigan boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash;
davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida bir oyga qadar muddatli dasturlar bo‘yicha, jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda, belgilangan namunadagi sertifikat beriladigan boshqaruv kadrlari va mutaxassislar malakasini oshirish;
davlat hokimiyati organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, hududlardagi boshqaruv kadrlari uchun davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslari, o‘quv-amaliy seminar va treninglar tashkil etish;
davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni boshqarish va rivojlantirish hamda inson resurslarini boshqarish, shuningdek, boshqaruv fanining boshqa sohalarida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
davlat hokimiyati organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun maqsadli va buyurtma asosida o‘quv-uslubiy va ilmiy-konsultativ xizmatlar ko‘rsatish;
o‘quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va ilmiy-konsultativ hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning barcha turlari;
noshirlik faoliyati;
ilmiy, ta’lim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish.
2-bob. Akademiyaning asosiy maqsad va vazifalari
5. Akademiyaning asosiy maqsadi boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek, davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni boshqarish va rivojlantirish hamda inson resurslarini boshqarish, boshqaruv fani sohalarida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish hisoblanadi.
6. Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari hisoblanadi:
ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari) va boshqaruv kadrlarining salohiyatini muntazam rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish;
davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari hamda milliy qadriyatlarimiz va axloq normalarini inobatga olgan holda yaratiladigan professional kompetensiyalar asosida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirishni tashkil etish;
ta’lim dasturlarini xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish hamda ularni boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qonunchilik talablari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida rivojlantirishga yo‘naltirish;
ta’lim va tadqiqot jarayonlarini fakultetlar va kafedralar negizida tashkil etiladigan ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ta’lim — tadqiqot — amaliyot maktablari orqali olib borish;
boshqaruv kadrlari va davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirishda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish;
Akademiya faoliyatini strategik rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish;
davlat xizmatchilarida zamonaviy rahbarning “ma’naviy qiyofa”sini shakllantirish asosida ta’lim dasturlarini tashkil etish;
ta’lim va tadqiqot jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalarga muvofiq LMS tizimi va “Raqamli akademiya” platformasi orqali tashkil etish;
davlat xizmati va boshqaruvini takomillashtirish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, soha va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish va maqsadlarga erishish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va amaliy takliflar ishlab chiqish;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
davlat siyosati va boshqaruvi hamda davlat xizmatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha global siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy jarayonlarning zamonaviy tendensiyalarini muntazam tadqiq etish asosida ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
boshqaruv kadrlari, davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish.
7. Akademiyaga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
ta’lim va tadqiqot jarayonlarini loyihaviy boshqaruv tamoyiliga muvofiq hamda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan innovatsion ta’lim — tadqiqot — amaliyot maktablari (keyingi o‘rinlarda — maktablar) orqali tashkil etilishini;
o‘quv jarayoni milliy va umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablari bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, yetakchi pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirilishini;
nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, tinglovchilarda boshqaruv sohasidagi zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida malakaviy amaliyot va stajirovkalar tashkil etilishini;
Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlarini xorijiy mamlakatlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovkaga yuborilishini;
o‘quv jarayoniga davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xususiy sektor tashkilotlari rahbarlarining, yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, tadqiqot markazlari, jumladan, xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarning jalb etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, taniqli xorijiy olimlar va ekspertlar tomonidan Akademiyada davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvining dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruza, mahorat-darslari va davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, debatlar va diskussiyalar o‘tkazilishini ta’minlaydi.
3-bob. Akademiyaning boshqaruv organlari
8. Akademiyaga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Akademiya faoliyatining ustuvor masalalarni hal etish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlarini belgilash Akademiya vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq xalqaro tashkilotlar yoki ularning O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlar vakillari muddatli asosda kiritilishi mumkin.
9. Vasiylik kengashi Akademiya faoliyatiga quyidagi ustuvor masalalarda ko‘maklashadi va tegishli qarorlar qabul qiladi:
respublikada davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirib borishning hamda sohada fundamental, amaliy, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
Akademiyani uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va qabul qilish, uning xalqaro nufuzini oshirish, ta’lim va tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, boshqaruv, ilmiy-pedagogik salohiyatini va moddiy-texnik imkoniyatlarini kuchaytirish hamda ushbu jarayonlarga investitsiyalarni jalb etish;
iqtidorli va istiqbolli yoshlarni Akademiyada o‘qitish hamda turli stajirovka dasturlarini tashkil etish orqali ularni davlat xizmatiga tizimli va samarali jalb etishni rag‘batlantirish;
Fanlar akademiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa ilmiy muassasalar va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirishni rag‘batlantirish;
Akademiyaning kadrlar buyurtmachilari bilan manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tashkiliy va moliyaviy ko‘maklashish;
Akademiyaning xorijiy hamkorlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etishga, ularga taniqli xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga, tinglovchilar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun maqsadli xorijiy stajirovkalarni tashkil etishga tashkiliy va moliyaviy yordam berish;
respublikada davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, shuningdek, davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga oid davlat talablarining ijrosi yuzasidan monitoring natijalarini tahlil qilib borish;
Akademiyaning magistratura va qayta tayyorlash dasturlari bitiruvchilarining davlat xizmatida kasbiy va karyeraviy o‘sishi monitoringi natijalarini muhokama qilish;
Akademiyaning ta’lim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini hamda moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, boshqaruv va boshqa toifa xodimlarining mehnat faoliyatini moddiy rag‘batlantirishga ko‘maklashish;
Akademiyaning boshqaruv, o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga xorijiy mutaxassislarni jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash;
respublika hududlarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida davlat buyurtmasi parametrlari doirasida Akademiya magistraturasiga qabul kvotalarini zarurat bo‘lganda respublika hududlari kesimida taqsimlash;
Akademiyaning ta’lim va tadqiqot dasturlarining xalqaro tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tishi va akademik reytinglarda ishtirok etishini tashkiliy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
Vasiylik kengashi Akademiya oldiga qo‘yilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ham Akademiya kengashi va rektori murojaatiga muvofiq ko‘rib chiqishi mumkin.
Vasiylik kengashi tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
10. Vasiylik kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, mutaxassis va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida yangi mutaxassisliklar ochish;
mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan magistratura tinglovchilari va tadqiqotchilari uchun maxsus stipendiyalar joriy etish;
ochiq tanlov yo‘li bilan to‘lov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlarini tasdiqlash;
Akademiya tuzilmasini belgilangan xodimlar soni doirasida tasdiqlash va unga o‘zgartirishlar kiritish;
Akademiya faoliyatiga mutaxassislarni (konsultant, ma’ruzachi, o‘qituvchi va boshqalar) soatbay va uzoq muddatli ishlash shartlarida jalb etish hamda ularga mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan haq to‘lash tartibini belgilash;
Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan boshqaruv, professor-o‘qituvchi, ilmiy, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni mehnat faoliyati natijalari bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibini belgilash.
11. Akademiya faoliyatiga taalluqli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun Akademiya kengashi tuziladi.
Akademiya kengashi rektor, rektor maslahatchisi, ilmiy kotib, prorektorlar, maktablar (fakultetlar) dekanlari, markazlar va ayrim bo‘linmalar rahbarlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar (kafedra mudirlari), shuningdek, boshqa tashkilotlarning yetuk olimlar va mutaxassislari, shu jumladan, xorijlik olimlar va ekspertlardan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Akademiya kengashiga Akademiya rektori rahbarlik qiladi, uning faoliyatini ilmiy kotib tashkillashtiradi.
12. Akademiya kengashi vakolatiga quyidagilar kiradi:
boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-konsultativ, axborot-tahliliy va noshirlik ishlari, shuningdek, Akademiya tasarrufidagi bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalarni hal qilish;
Akademiyaning o‘quv va ilmiy faoliyatini rivojlantirishning istiqbollarini ishlab chiqish va Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga belgilangan davlat buyurtmasidan tashqari qo‘shimcha qabul parametrlarini belgilash;
o‘quv rejalari va dasturlari, malaka talablarini kasbiy kompetensiyalar asosida tasdiqlash, ta’lim tili hamda ta’lim olish shaklini mustaqil ravishda belgilash;
magistraturada kunduzgi bilan bir qatorda boshqa ta’lim shakllarini, shuningdek, qo‘sh va amaliy darajalar berish tizimini joriy etish;
yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlarni (Executive MPA va Executive MBA) amalga oshirish;
davlat fuqarolik xizmatining siyosiy va boshqaruv lavozim guruhlariga nomzodlar uchun muddati bir oyga qadar bo‘lgan malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish;
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan, jumladan, o‘z maqsadli grantlari orqali doktoranturaga tanlov asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilish;
mustaqil ravishda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va tarkibini tasdiqlash, mazkur kengashlar tarkibiga taniqli xorijlik olimlar va ekspertlarni jalb etish;
ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarni berish hamda respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy daraja va unvonlarni tan olish, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
professor-o‘qituvchilarning faoliyat turlari uchun vaqt me’yorlarini, shuningdek, ular uchun yillik o‘quv yuklamasining hajmini belgilash;
Akademiyaning o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va chop etish;
tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovkasi, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga oid talablarni tasdiqlash;
Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari indikatorlarini (KPI) hamda ularni baholash mezonlarini tasdiqlash;
professor-o‘qituvchi, boshqaruv va ilmiy xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash, xorijiy professor-o‘qituvchilar va ekspertlarni ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv faoliyatiga jalb etish tartibini belgilash;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi faxriy doktori” ilmiy darajasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi faxriy professori” ilmiy unvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olingan holda magistratura va boshqa ta’lim dasturlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxi va to‘lov muddatlarini mustaqil belgilash;
ilmiy, ta’lim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishning tartibi va narxlarini belgilash;
Akademiyaning ilmiy va innovatsion faoliyatini olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish uchun homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan Akademiyaning endaument jamg‘armasini (endowment fund) tashkil etish;
boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus fond mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, shuningdek Akademiya xodimlariga oylik ustamalar tayinlash mezonlarini tasdiqlash.
13. Akademiya kengashi faoliyati a’zolarining teng huquqliligi, masalalarni hal etish va xulosalarni qabul qilishda kollegiallik, Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama xolisona va to‘liq hal etilishini ta’minlash tamoyillariga asoslanadi.
Akademiya kengashi majlisi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi hamda uning qarori Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
14. Akademiya rahbariyati tarkibiga rektor, prorektorlar, rektor maslahatchisi, maktablar (fakultetlar) dekanlari va filiallar direktorlari lavozimlari kiradi.
15. Akademiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
Akademiya rektori maqomi, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
16. Akademiya rektori:
Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, muassasalar hamda boshqa tashkilotlarda Akademiya nomidan ish yuritadi, shartnomalarni tuzadi va Akademiya manfaatlarini ifodalaydi;
Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda Akademiya kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
Akademiyaning Vasiylik kengashi va Akademiya kengashi qarorlarining bajarilishini hamda ijro intizomini nazorat qiladi;
Akademiyadagi faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha tinglovchilar, hamkorlar va buyurtmachilar bilan hamkorlik qiladi;
Akademiya faoliyati to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlaydi, ichki auditni tashkil etadi va ish samaradorligini tizimli baholashni tashkil etadi;
Akademiyaning barcha xodimlari va tinglovchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ichki reglament va yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi;
Akademiyaning tashkiliy va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi, Akademiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi, qo‘shimcha moliyaviy resurslarni, jumladan grantlar va homiylik mablag‘larini jalb qiladi;
Akademiyaning mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda boshqarish va tasarruf qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, to‘lov-hisob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Akademiyada yangi maktablar, markazlar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etish, qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida Vasiylik kengashiga takliflar kiritadi;
mehnat qonunchiligiga muvofiq, Akademiyaning rahbar kadrlari, professor-o‘qituvchilari hamda boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va bekor qiladi, haq evaziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzadi;
Akademiyada o‘qitish strategiyalari va usullarini aniqlaydi, ta’lim sifatini nazorat qilish va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishni ta’minlaydi;
Akademiya prorektorlari va boshqa xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini tasdiqlaydi;
Akademiya nomidan xalqaro tashkilotlar, xorijiy hamkorlar, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi, xorijiy tinglovchilar va o‘qituvchilarni jalb qilish va halqaro ta’lim va ilmiy loyihalarda ishtirok etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Akademiya xodimlarining malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni tashkil qiladi, ilg‘or tajribani, shuningdek, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqa masalalarni tizimli o‘rganish maqsadida Akademiya xodimlarini xorijga hamda respublika hududlariga xizmat safarlariga yuboradi;
Akademiyaning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, tinglovchilar va xodimlar uchun qulay ta’lim va ish sharoitlarini ta’minlaydi;
Akademiya xodimlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq moddiy rag‘batlantiradi va mukofotlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PP-4472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomning 9-bobi.
Akademiyada tartib va intizomni ta’minlash choralarini ko‘radi, tinglovchilar va xodimlarga nisbatan intizomiy ishlarni ko‘rib chiqadi va intizomiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Akademiyaning mol-mulki va mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda boshqarish va tasarruf qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, to‘lov-hisob va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
qonunchilik hujjatlari va ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
17. Akademiya rektori malaka oshirish va boshqa ta’lim dasturlariga jalb etiladigan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga:
ularning ko‘pi bilan 20 foiziga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdordan 50 foiz yuqori etib belgilash;
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganligi uchun shartnoma asosida jalb qilinganlarning soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdordan ikki yarim baravargacha yuqori etib belgilash huquqiga ega.
18. Prorektorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Prorektorlar maqomi, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiriga tenglashtiriladi.
19. Akademiya rektori bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari rahbarning buyrug‘iga muvofiq prorektorlarning biri tomonidan amalga oshiriladi.
20. Hududiy filiallar direktorlari Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
4-bob. Akademiyada ta’lim jarayoni va ilmiy-uslubiy faoliyatni tashkil etish
21. Akademiya magistratura ta’lim dasturlarida kadrlar tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq Akademiyaning o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Magistratura ta’lim dasturlariga tinglovchilar davlat buyurtmasiga asosan davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha, shuningdek, ochiq tanlov yo‘li bilan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Magistratura ta’lim dasturlari bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplom va magistr darajasi beriladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash belgilangan davlat talablari asosida olti oygacha davom etadigan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Kadrlar malakasini oshirish belgilangan davlat talablari asosida bir oygacha davom etadigan o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Malaka oshirish kursi tinglovchilariga belgilangan namunadagi sertifikat topshiriladi.
Magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va malaka talablari, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari bo‘yicha davlat ta’lim talablari Akademiya tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari bo‘yicha tinglovchilarga taqdim etiladigan diplom va sertifikatlar namunalari Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Magistraturada, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayonlari ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kechki va masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Akademiya magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tavsiyalari, joylardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini tizimli o‘rganish asosida, muayyan hududlar va tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil ishlab chiqadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Fanlar bo‘yicha o‘quv modullarini ishlab chiqishda:
davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar kadrlarining zamonaviy boshqaruv va liderlik, xalq va OAVlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, diplomatik va ishchanlik protokoli, muzokaralar olib borish, loyihaviy boshqaruv va notiqlik san’ati kabi yo‘nalishlarda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga;
tinglovchilarda tizimli tahlil va strategik rejalashtirish, tashabbuskorlik, liderlik, innovatsiyalarga ochiqlik, kreativ fikrlash, natija uchun ishlash va nostandart vaziyatlarda maqbul qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
24. Magistratura ta’lim dasturlariga kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimiga (ECTS) asoslangan kredit-modul tizimi hamda xalqaro akkreditatsiya qilingan fan modullari bosqichma-bosqich joriy etiladi, onlayn mustaqil ta’lim infratuzilmasi yaratiladi.
25. Akademiya o‘quv jarayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalari va shakllaridan, jumladan, masofaviy o‘qitish, shuningdek, joylardagi muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning maqbul yechimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan loyihaviy boshqaruv usullaridan foydalangan holda tashkil etadi.
Ta’lim jarayonining kamida 60 foizi amaliy mashg‘ulotlarga ajratiladi hamda o‘quv mashg‘ulotlari keys-texnologiyalar, innovatsion muammolar yechimi, munozara, muhokama uslublari orqali tashkil etiladi.
Xalqaro tan olingan akademik reytingga ega xorijiy ta’lim tashkilotlarida hamda global ta’lim platformalari (Coursera, Udemy, EdX va boshqalar) orqali to‘plangan ta’lim kreditlari Akademiyaning magistratura dasturlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 2025-yil 27-avgustdagi 541-son qarori.
Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni Akademiyaga ishga jalb etishda ularning o‘zbek tili va xorijiy tillardan birini mehnat shartnomasida belgilangan darajada o‘zlashtirishi, xalqaro nufuzli manbalarda ilmiy maqolalar chop etishi, xorijda malaka oshirganligi talab etiladi, shuningdek, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish KPI tizimi orqali amalga oshiriladi.
26. Akademiya kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etadi.
Akademiya tinglovchilari va tadqiqotchilari maqsadli ravishda davlat organlari va tashkilotlariga biriktiriladi hamda ularning ilmiy tadqiqot mavzulari biriktirilgan sohalar muammolarini hal etishga qaratiladi.
27. Vazirlik, idora, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yetakchi mutaxassislari shartnoma asosida va mehnatga soatbay haq to‘lash sharti bilan o‘qituvchilik faoliyatiga jalb qilinishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlar olimlari va ekspertlari Akademiyaning o‘quv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
28. Ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, grant yoki shartnoma asosida o‘tkaziladi. Shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan tushgan mablag‘lar, tegishli xarajatlar qoplangandan so‘ng, Akademiya moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va boshqa vazifalarni hal etishga yo‘naltiriladi.
29. Akademiya magistraturasi mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash ta’lim dasturi o‘zlashtirilishi davlat ta’lim standartlariga muvofiq yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan baholanadi.
5-bob. Akademiya tinglovchilari
30. Akademiya tinglovchiligiga nomzodlar tegishli qabul to‘g‘risidagi nizomda o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Ustavining 5-bobi.
Magistratura mutaxassisligi va qayta tayyorlash kurslari tinglovchiligiga qabul qonunchilik hujjatlariga muvofiq Akademiya, tinglovchi va buyurtmachi tashkilot o‘rtasidagi shartnoma tuzilgandan so‘ng rektor buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish, magistratura yoki qayta tayyorlash dasturiga tinglovchilikka qabul qilingan davlat xizmatchilarining (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tijorat banklari va xo‘jalik jamiyatlari, davlat korxonalari xodimlari) o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi (biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) saqlanadi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Magistraturaga ochiq tanlov yo‘li bilan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan tinglovchi va ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, ularning o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi (kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotganda o‘rtacha ish haqi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) saqlanishi mumkin.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada ta’lim olayotgan tinglovchi o‘qishini tugatishgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni ishga qabul qilishga haqli.
31. Tinglovchilar o‘quv rejasidagi vazifalarini belgilangan muddatda bajarishga, Akademiya ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.
32. Magistraturada o‘qish davomida tinglovchi xorijiy tillardan birini davlat ta’lim standartida belgilangan darajada egallashi lozim.
33. Akademiya tinglovchilari o‘qish davomida o‘zbek shoir va yozuvchilarining ijodi, O‘zbekiston tarixi va milliy qadriyatlarini mustaqil ravishda o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratiladi.
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan tinglovchilar Akademiya imkoniyatidan kelib chiqib, to‘lov asosida yashash joyi bilan ta’minlanadi, ularning o‘qish joyiga kelishi va ketishi bilan bog‘liq bir martalik yo‘l xarajatlari yuboruvchi taraf tomonidan qoplanadi.
35. Akademiya tinglovchilari o‘qish davrida joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning bo‘linmalari, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarida ikki oygacha bo‘lgan muddatda malakaviy amaliyot (“ustoz—shogird” modeli asosida) va stajirovkani (tashkilot rahbarining dublyori sifatida) o‘taydilar.
Akademiya tinglovchilarining sayyor amaliy mashg‘ulotlarga chiqishi, malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tashi bilan bog‘liq transport, kundalik hamda yashash xarajatlari buyurtmachi tashkilotlar (ish joyiga ega bo‘lmagan tinglovchilarga Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari) hisobidan qoplanadi.
36. Akademiya magistraturasi tinglovchilari o‘quv yakuni bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladilar. Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha dissertatsiya himoyasi ko‘zda tutilmaydigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi ko‘zda tutilmaydigan mutaxassisliklar ro‘yxati hamda ularning o‘quv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzulari davlat, xo‘jalik va biznes boshqaruvi hamda iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyasiga Akademiyadan ilmiy rahbar hamda buyurtmachi tashkilotdan amaliyotchi konsultant tayinlanadi.
37. Akademiyaning magistratura va qayta tayyorlash ta’lim dasturlari tinglovchilari o‘quv jarayonlari yakunida loyihaviy boshqaruv tamoyillari asosida tayyorlanadigan mos ravishda magistrlik dissertatsiyasi yoki yakuniy loyihaviy ishni tegishli hududni (tarmoq yoki yirik korxonani) rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy loyiha ishi sifatida himoya qiladi.
38. Akademiya tinglovchilari quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:
yozma ariza bergan taqdirda;
Akademiya ichki tartib-qoidalarini buzgan taqdirda;
uzrli sababsiz magistraturada bir semestr davomida 74 akademik soatdan ortiq, qayta tayyorlash kurslarida 30 akademik soatdan ortiq hamda malaka oshirish kurslarida 12 soatdan dars qoldirsa;
magistratura va qayta tayyorlash kurslarida uch va undan ortiq fandan akademik qarzdorlik vujudga kelganda;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda (davlat buyurtmasi asosida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun);
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda tinglovchilar safidan chetlashtirilganlar qayta tiklanmaydi);
o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra uzoq vaqt mobaynida o‘qishni davom ettira olmay qolgan taqdirda (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 30 — 32-moddalari.
vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda.
Mazkur bandning uchinchi — sakkizinchi xatboshilariga muvofiq davlat granti asosida tahsil olgan shaxslar tinglovchilar safidan chiqarilganda ularning Akademiyadagi ta’limi uchun sarflangan mablag‘lar undiriladi.
39. Akademiya magistraturasini davlat granti asosida bitirgan shaxslarga kamida 3 yil davlat organi yoki tashkilotida (ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tijorat banklari va xo‘jalik jamiyatlari, davlat korxonalarida) ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Nodavlat sektordan magistraturada davlat buyurtmasi asosida o‘qigan bitiruvchilarni davlat xizmatiga jalb etish Agentlik tomonidan hal qilinadi.
40. Magistratura bitiruvchilari Agentlikning ish beruvchilar bilan birgalikdagi taklifiga asosan lavozimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan taqsimlanadi, shuningdek, ularning karyeraviy o‘sishi jarayonlari Agentlik tomonidan monitoring qilib boriladi.
Magistraturada o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan yuqori bo‘lgan tinglovchilar, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi.
Davlat buyurtmasi asosida Akademiyaning magistratura ta’lim dasturi talablarini bajarmagan tinglovchilari o‘qish davrida qilingan barcha to‘lovlar miqdorining 50 foizini asosiy ish joyi bo‘yicha qoplashlari shart hisoblanadi.
6-bob. Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibi va boshqa xodimlari
41. Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlari kiradi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ochiq tanlov asosida bir o‘quv yiliga mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xorijiy tillardan birini kamida CEFR shkalasi bo‘yicha B2 darajada bilishi uchun sharoitlar yaratiladi, ularning xalqaro nufuzli manbalarda ilmiy maqolalar chop etishiga, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishiga, shuningdek, ularni rag‘batlantirishni KPI tizimi orqali amalga oshirishga e’tibor qaratiladi.
42. Professor-o‘qituvchilar tarkibi sonining me’yori kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha Akademiya magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining o‘rtacha yillik soniga 1:7 nisbatda, kechki ta’lim shakli bo‘yicha esa 1:15 nisbatdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
43. Akademiya professor-o‘qituvchilari quyidagi huquqlarga ega:
Kengashda Akademiyaning o‘quv, ilmiy, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Akademiya xonalari, auditoriyalari, o‘quv zallari, axborot-resurs markazlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya tizimlari, laboratoriyalari va sport-sog‘lomlashtirish inshootlaridan foydalanish;
tinglovchilarning individual xususiyatlariga to‘liq javob bera oladigan hamda yuqori sifatli ta’lim jarayonini ta’minlaydigan o‘qitish uslublari va vositalarini tanlash.
44. Akademiya professor-o‘qituvchilari quyidagi majburiyatlarga ega:
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarda tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat va ilmiy izlanishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
tinglovchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, yuqori darajada ma’naviyat va madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘usi va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;
davlat xizmati va boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;
mehnat shartnomasi va yillik ish rejasiga muvofiq belgilangan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ga erishishni ta’minlash;
Akademiya ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
45. Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy ta’minot shartlari qo‘llanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun 53-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PP-4472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomning 9-bobi.
46. Akademiyaning boshqaruv, ilmiy, o‘quv-yordamchi va texnik xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat shartnomalari, Akademiyaning ichki-tartib qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalarida belgilab qo‘yiladi.
7-bob. Akademiyaning xalqaro faoliyati
47. Akademiya o‘quv va ilmiy-uslubiy ishlar, maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etadi, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va shartnomalar tuzadi.
48. Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va xodimlarning xorijiy stajirovkasi O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari, Akademiya xorijiy hamkorlar bilan tuzgan bitimlari, yakka tartibdagi shartnomalar (kontraktlar) asosida amalga oshiriladi.
49. Davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilingan va magistratura va qayta tayyorlash kurslarida yuqori natija ko‘rsatgan talabalar (tinglovchilar)ning 50 foizgacha qismi “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ikki oygacha bo‘lgan muddatga xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.
8-bob. Akademiyaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
50. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida o‘tkaziladigan grant loyihalari tanlovi natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
to‘lov-kontrakt asosida magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Akademiya tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bajariladigan o‘quv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot loyihalari, axborot-tahliliy va noshirlik ishlari, ta’lim va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlarni amalga oshirishdan tushadigan tushumlar;
Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy va boshqa xodimlari hamda tinglovchilari foydalanishidan tashqari vaqtlarda uning bino, inshoot va vositalarini (o‘quv binolari, suzish havzasi, tibbiyot markazi, mehmonxona majmuasi, sport zallari va boshqalar) samarali ekspluatatsiya qilish maqsadida qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan ta’lim va tadqiqot dasturlari uchun maqsadli ravishda ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordami, grantlar, loyiha va dasturlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
51. Akademiya quyidagi huquqlarga ega:
o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy davlatlar olimlari, o‘qituvchi va mutaxassislarining mehnatiga haq to‘lashni ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshirish;
budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘rnatilgan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davlat, xo‘jalik va biznes boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish, kadrlar siyosati va davlat xizmatining dolzarb muammolari hamda boshqa mavzular yoritib boriladigan ijtimoiy-siyosiy jurnal chop etish hamda uning elektron shaklini yuritish;
Akademiya uchun ajratilgan budjet mablag‘lari yoki o‘z mablag‘lari hisobidan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish va ijaraga olish;
o‘ziga qarashli bo‘lgan mol-mulkka, intellektual va boshqa mulklarga, xo‘jalik, shuningdek, boshqa faoliyat natijasida olingan mahsulot, daromad hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II-bo‘limi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy va boshqa xodimlari hamda tinglovchilari foydalanishidan tashqari vaqtlarda uning bino, inshoot va vositalarini (o‘quv binolari, suzish havzasi, tibbiyot markazi, mehmonxona majmuasi, sport zallari va boshqalar) samarali ekspluatatsiya qilish maqsadida o‘quv, ilmiy va boshqa turdagi qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Akademiya tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat va ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi va tarifi, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish narxini mustaqil belgilash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral).
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
52. Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va sarflash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
53. Akademiyaning rahbarlari va professor-o‘qituvchilar tarkibiga lavozim maoshlari oliy ta’lim muassasalari tegishli xodimlarining, ilmiy xodimlariga esa Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari uchun belgilangan bazaviy lavozim maoshlari miqdorida belgilanadi.
Akademiyaning qolgan xodimlariga lavozim maoshlari qonun hujjatlarida davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan to‘lov razryadlariga va mehnatni moddiy rag‘batlantirish shartlariga muvofiq belgilanadi.
54. Akademiya boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarining ish haqlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va rag‘batlantirish to‘lovlaridan tashkil topadi.
Akademiya tuzilmasidagi maktab (fakultet) dekanlari, transformatsiya ofisi rahbari hamda filial direktorlarining bazaviy lavozim maoshi davlat oliy ta’lim tashkilotlari fakultetlari dekanlarining bazaviy lavozim maoshiga, shuningdek, Akademiya markazlari va boshqarmalari boshliqlarining bazaviy lavozim maoshi davlat oliy ta’lim tashkilotlari fakultet dekani o‘rinbosarlari bazaviy lavozim maoshiga mos ravishda belgilanadi.
55. Akademiyada Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma) mavjud.
Maxsus jamg‘arma Akademiyaning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari (keyingi o‘rinlarda — Akademiya xodimlari) amaldagi ish haqi fondining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda shakllantiriladi.
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari Akademiya rektori buyrug‘i bilan shtatdagi Akademiya xodimlariga tarif stavkasining (lavozim maoshlari miqdorining) 100 foizigacha miqdorda ustama oylik belgilash va mukofotlashga yo‘naltiriladi.
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, Akademiya xodimlariga oylik ustamalar tayinlash va ularni mukofotlash mezonlari Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi.
Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini hisoblashda Maxsus jamg‘arma mablag‘lari Akademiyaning mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi.
56. Akademiyaga beshta yengil avtomashina va ikkita mikroavtobus ta’minoti uchun limit ajratiladi.
57. Akademiya belgilangan tartibda o‘z faoliyati natijalarining buxgalterlik hisobini amalga oshiradi, statistik hisobotlar yuritadi.
9-bob. Yakuniy qoida
58. Akademiya ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Akademiyani qayta tashkil qilish yoki tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish bo‘yicha har yilgi davlat buyurtmasi parametrlari

T/r

Nomlanishi

Kvota soni

(davlat granti asosida)

1.

Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar

7 000

2.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash ta’lim dasturlari

350

jumladan:

2.1.

Akademiyada xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ta’lim dasturlari

100

3.

Magistratura

150

Izohlar:
1. Davlat granti asosida tinglovchilarni o‘qitish xarajatlari respublika budjetidan Akademiyaga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Buyurtma parametrlarining 2.1-bandiga Boshqaruv samaradorligi agentligining asoslangan buyurtmasiga muvofiq Akademiya kengashi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(izohning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Boshqaruv samaradorligi agentligining asoslantirilgan buyurtmalariga muvofiq Akademiya Vasiylik kengashi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(izohning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
4. Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan uning ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, davlat buyurtmasi asosida to‘lov-kontrakt bo‘yicha kvotalar belgilanadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2025-y., 06/25/78/0434-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)