Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 4-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 30-aprelda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda yerlarni muhofaza qilishga va yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlashga, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanilishini taʼminlashga, shuningdek suvlarning zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olishga hamda uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga yer munosabatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatidan kelib chiqib, boʻsh turgan yerlarni hisobga olish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mexanizmlarini takomillashtirish, huquq egalarining yer uchastkalarini olganlik uchun haq toʻlashni amalga oshirish yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari yer osti suvlarini yerlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun olish keskin oʻsganligi, shuningdek quduqlarni ruxsatsiz burgʻilash va suvlardan nazoratsiz, hisobga olmasdan foydalanish hollari davom etayotganligi sababli yer osti suv resurslarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga davlat mulkidagi boʻsh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etishni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni, yer uchastkalarini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning turlariga aniqlik kiritilmoqda, sugʻoriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga oʻtkazish boʻyicha aniq talablar belgilanmoqda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash zarur boʻlgan hollar kengaytirilmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy nomlarini aniqlashtirishga, shuningdek Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestrida obyektni maʼmuriy-hududiy belgilashning tizimli kodi toʻgʻrisidagi axborot aks ettirilishiga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shu bilan birga mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, shuningdek “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yer osti suvlariga quduqlarni qonunga xilof ravishda burgʻilash va xavfli geologik jarayonlarning oldini olishga doir koʻrsatmalar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilashni, yer osti suvlari suv oʻlchash uskunalarisiz olinganda soliqni belgilangan soliq stavkasining besh baravari miqdorida undirishni, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga doir ruxsatnomani berish tartib-taomilini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, Maʼmuriy-hududiy birliklar davlat reyestrining axborot tizimini takomillashtirishga, yer osti suvlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldini olishga, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va yer osti suv resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
dispozitsiyasi “yer osti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish” degan soʻzlardan keyin “yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burgʻilash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma bir baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 2041-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek xavfli geologik jarayonlarning oldini olish yuzasidan vakolatli davlat organining koʻrsatmalari talablarini bajarmaslik”;
3) 2601-moddaning birinchi qismi “(yer osti suvlariga doir qismida)” degan soʻzlardan keyin “74-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda; 2024-yil, № 7, 629-modda, № 8, 831-modda, № 9, 958-modda, № 10, 1072-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning oltinchi xatboshisi “davlat roʻyxatiga olinishini” degan soʻzlardan keyin “davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan yerlarning hisobga olinishini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 7-moddaning oltinchi xatboshisi “davlat roʻyxatiga olinishini” degan soʻzlardan keyin “davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan yerlarning hisobga olinishini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 8-modda 1-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ushbu Kodeksning 43-moddasiga muvofiq turlarga boʻlinadi”;
beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Sugʻorilmaydigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish ushbu modda oltinchi qismining talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish esa ushbu Kodeksning 441-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Egalikda, foydalanishda yoki ijarada boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mazkur yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasida belgilangan tartibda bekor qilinganidan keyin va ular takroran berilguniga (realizatsiya qilinguniga) qadar amalga oshiriladi, bundan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar qonunda belgilangan tartibda eʼtirof etilgan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish hollari mustasno.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi hujjatlarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishini belgilovchi hujjatlarda hamda davlat yer kadastri hujjatlarida, shuningdek Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirmalarda koʻrsatiladi”;
yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;
5) 12-moddaning toʻqqizinchi qismi “tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni” degan soʻzlardan keyin “qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 13-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari esa viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga oʻzgartirishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi. Bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarining turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
birinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasida” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkalarini olganlik va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Kodeksga muvofiq elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra yoki baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadigan miqdorda haq toʻlaydi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplaydi.
Oʻz egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yerlardan foydalanganlik uchun haq toʻlaydi. Yerdan foydalanganlik uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91) yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda — muddati oʻtgan qarzdorlik uning mavjudligi toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida bartaraf etilmaganda”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinganda, mazkur yer uchastkasi zaxira yerlar toifasiga oʻtkazilmaydi hamda tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinadi.
Tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkalari oʻn besh kunlik muddatda tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinishi hamda ushbu yerlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish (realizatsiya qilish) choralari koʻrilishi kerak”;
9) 43-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar:
foydalanish turiga koʻra — qishloq xoʻjaligi yerlariga va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlarga;
suv bilan taʼminlanish darajasiga koʻra — sugʻoriladigan yerlarga va sugʻorilmaydigan yerlarga boʻlinadi.
Qishloq xoʻjaligi yerlari haydaladigan yerlarga (sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlari), koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik dov-daraxtlar) egallagan yerlarga, tashlandiq yerlarga, pichanzorlarga va yaylovlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.
Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar ihota daraxtzorlari, ichki xoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan binolar va inshootlar egallagan yerlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur yerlar ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga asosan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olinadi.
Agar qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, yer fondining boshqa toifalariga taalluqli boʻlgan yerlar tarkibidagi haydaladigan yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, tashlandiq yerlar, pichanzorlar va yaylovlar davlat yer kadastrida qishloq xoʻjaligi yerlari sifatida hisobga olinadi hamda maxsus muhofaza qilinadi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
10) 44-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer fondining boshqa toifalariga taalluqli boʻlgan sugʻoriladigan yerlar ham davlat yer kadastrida sugʻoriladigan yerlar sifatida hisobga olinadi. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur yerlarga nisbatan ushbu Kodeksda sugʻoriladigan yerlar uchun belgilangan barcha talablar va shartlar tatbiq etiladi”;
Suv xoʻjaligi organlari sugʻoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar boʻyicha suv toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda suv bilan taʼminlashi shart.
Sugʻoriladigan yerlardan faqat qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bogʻdorchilik, uzumchilik va koʻp yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin”;
11) quyidagi mazmundagi 441-modda bilan toʻldirilsin:
“441-modda. Sugʻoriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish
Sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Ushbu yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan taʼminlanganligi darajasi, shuningdek suv resurslarining mavjudligi hamda ularga doir limitlar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining xulosalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xulosalarni olish uchun viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar taqdim etiladi:
1) yer uchastkasining joylashgan joyi, maydoni, kadastr raqami, konturlari soni va raqami, tuproq tipi, tarkibi, sifati va unumdorligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, yerga boʻlgan huquq egasi;
2) yer uchastkasini boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami, bundan yer uchastkasidan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida foydalanish hollari mustasno;
3) yer uchastkasidan keyingi besh yil ichida foydalanish holati, bundan buyon undan sugʻoriladigan yerlar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, suv bilan taʼminlanish darajasidagi oʻzgarishlar, shuningdek ushbu vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan va ularni bartaraf etishga toʻsqinlik qiladigan holatlar;
4) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori, ularning oʻrnini qoplash manbalari va muddatlari, qoplashdan tushgan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari;
5) tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
6) oʻsha hududning oʻzida yoki boshqa maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan, sugʻoriladigan yerlar oʻrniga ularning maydonidan kam boʻlmagan miqdorda ikki yil ichida yangidan oʻzlashtiriladigan va sugʻoriladigan yerlarga oʻtkaziladigan yer uchastkalari toʻgʻrisida ushbu qismning 1-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
7) yer uchastkasidan kelgusida foydalanish maqsadi. Bunda sugʻoriladigan yerlarni sanoat obyektlari, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratishga ushbu maqsadlar uchun ilgari ajratilgan hududlarda boʻsh turgan yer uchastkalari qolmagan taqdirda hamda renovatsiya va rekonstruksiya qilish orqali mavjud quvvatlarni oshirish choralari koʻrilganidan keyin, shuningdek sanoat maqsadlarida koʻp qavatli ishlab chiqarish maydonlarini ustuvor tartibda qurish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda har bir organ bildirilgan taklifni amalga oshirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqida bir oy ichida oʻz xulosasini taqdim etadi. Sugʻoriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida kamida ikkita organ tomonidan xulosalar taqdim etilgan hollarda mazkur masala koʻrib chiqilmaydi.
Xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat koʻrsatadigan Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi va koʻrib chiqish uchun yarim yilda bir marta farmoyish loyihasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilishi kerak”;
12) 451-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinishi munosabati bilan tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga qaytarilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridir.
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tuman, shahar hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berish faqat boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari hamda zaxira fondi yerlari hisobidan amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va oʻrmon fondi yerlarida ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtiradigan (quradigan) yuridik va jismoniy shaxslar”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yer uchastkasi boʻlingan hamda bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan (realizatsiya qilingan) taqdirda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni boʻlingan yer uchastkalarining maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi.
Yer uchastkalari elektron onlayn-auksion vositasida realizatsiya qilinganda, shuningdek baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdori alohida koʻrsatilishi va toʻlanishi kerak”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qolgan barcha hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni toʻliq qoplanishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun xarajatlar smetalarida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar nazarda tutilishi kerak”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar, № 2, 188, 194-moddalar) 445-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi “1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yer osti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-635-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 8, 492-modda; 2021-yil, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 574-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi rahbarlari kiritiladi”;
3) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy-hududiy birliklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ularni Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha takliflar yoki iltimosnomalar taqdim etgan davlat organlari vakolatli davlat organlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli hujjatlarni Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga kiritishi shart.
Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestri quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi:
maʼmuriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
obyektni maʼmuriy-hududiy belgilashning tizimli kodi (maʼmuriy-hududiy birlikning mansubligini aniqlovchi kod);
maʼmuriy-hududiy birliklarning maʼmuriy markazlari;
maʼmuriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik chizmalari;
maʼmuriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy-hududiy birliklarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish, maʼmuriy-hududiy birliklar boʻysunuvini oʻzgartirish sanalari;
maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi maʼmuriy-hududiy birliklarning obyektni maʼmuriy-hududiy belgilashning tizimli kodi koʻrsatilgan roʻyxati;
maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi maʼmuriy-hududiy birliklarning roʻyxati;
maʼmuriy-hududiy birlikning muayyan maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga mansubligi;
maʼmuriy-hududiy birliklar maydoni va ularning hududida yashaydigan aholi soni (aholini oxirgi roʻyxatga olish maʼlumotlari boʻyicha)”;
4) 45-moddaning matnidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-ilovaning 57-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

57.

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash boʻyicha faoliyatga doir ruxsatnoma

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash boʻyicha faoliyat.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

;

2) 4-ilova II boʻlimining 48-pozitsiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

48.

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash boʻyicha faoliyatga doir ruxsatnoma

150

”.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasi, 2-moddasi 8-bandining uchinchi xatboshisi, 3, 5-moddalari mazkur Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-may,
OʻRQ-1062-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)