1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Poligonlarda chiqindilar to‘planishining oldini olish, atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirini minimallashtirish, chiqindilarni boshqarish, ularni qayta ishlash sohasini kompleks tizimlashtirish, muqobil energiya olish texnologiyalarini joriy etish va sohaning investitsion jozibadorligini yanada oshirish hamda investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
1. Chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilansin:
(a) mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlari bilan bog‘liq vaziyatni tubdan yaxshilash, ularni 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish;
(b) yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish;
(v) “nol chiqindi” tizimi doirasida tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish va qayta ishlash, ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zonalarni tashkil etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda — ekosanoat zonalari) tashkil etilsin.
3. Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashning asosiy ustuvor vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(b) Agentlik Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
II. Ekosanoat zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish
4. Belgilansinki:
(a) ekosanoat zonalari chiqindi poligonlari hududida 30 yil muddatga tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
(b) ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish vakolatlari, istisno tariqasida, Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.04 Yer uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish (shuningdek, 03.08.07.05 ga qarang)]
(v) eng yaxshi loyiha takliflarini tanlab, ularni joylashtirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga muvofiq ekosanoat zonalari hududidan tashqaridagi yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan, davlat mulki obyektlari esa operativ boshqaruv huquqi bilan Agentlikka o‘tkaziladi va ushbu hudud ekosanoat zonasi etib belgilanadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga bo‘lgan huquqlarning paydo bo‘lishi]
(g) ekosanoat zonalari hududidagi Agentlikka o‘tkazilgan yer uchastkalari Agentlik qaroriga asosan elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi;
(d) ekosanoat zonalari hududida “nol chiqindi” tamoyili asosida chiqindilarni to‘liq saralash va qayta ishlash, shu jumladan, chiqindilardan ikkilamchi va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, chiqindilarga termik ishlov berish hisobiga muqobil energiya olish texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qiymati 3 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan loyihalar Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish natijasida aniqlanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
(e) ekosanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun qo‘yiladigan talablar Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi;
(j) ekosanoat zonalari hududidagi yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar to‘liqligicha Agentlikning maxsus bank hisob raqamiga yo‘naltiriladi;
(z) ekosanoat zonalari hududidagi infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(i) ekosanoat zonalari hududida infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
(k) ekosanoat zonalari hududidagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar hisobidan ekosanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari moliyalashtirilishi mumkin;
(l) ekosanoat zonalari bosh rejalarini ishlab chiqishda, hududlardagi loyihalashtirish ishlarida hamda ichki muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini barpo etishda Agentlik buyurtmachi hisoblanadi;
(m) 2026-yildan boshlab ekosanoat zonalari hududida joylashgan korxonalar tomonidan chiqindilarni qayta ishlash natijasida olingan muqobil energiyalarni mazkur zonalar hududida joylashgan boshqa iste’molchilarga yetkazib berish narxlari Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi;
n) Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, zaruratga ko‘ra, Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ekosanoat zonalariga tutash hududlarda havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritib, tegishliligi bo‘yicha ommaviy servitut belgilash va yer fondi toifasini o‘zgartirish yuzasidan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga takliflarni kiritsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan “n” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
5. Quyidagilar:
(a) 2025 — 2027-yillarda chiqindilarni to‘plash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha ekosanoat zonalarini tashkil etishning manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
(b) Ekosanoat zonalariga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishni ko‘zda tutuvchi “Chiqindini qayta ishlash investori” paketi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
(a) 2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Vazirlik taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
(b) chiqindilarni yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etish hamda ularning faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi asosida Agentlikka o‘tkazib beriladi;
(v) chiqindilarni qayta ishlash va yoqish loyihalari doirasida ishlab chiqariladigan muqobil elektr energiyasini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirilganidan so‘ng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijara huquqi asosida foydalanishga beriladi.
7. Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar Respublika hududlarida chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini barpo etish hamda chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish bo‘yicha 2027 — 2029-yillarga mo‘ljallangan manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda — Manzilli dastur) loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasdiqlangan Manzilli dasturga asosan chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini barpo etish hamda chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish, yopish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larni tegishli yil uchun Davlat budjeti parametrlariga kiritib borish choralarini ko‘rsin.
9. Belgilansinki, Agentlik:
(a) chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tasarruf etadi, chiqindining qayta yuklash stansiyasidan ekosanoat zonasiga yetkazib berilishini tashkil etadi, faoliyati to‘xtatilgan chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
(b) sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni qayta ishlash va (yoki) yoqish (termik ishlov berish) zavodlari uchun talab etiladigan hajmdagi chiqindilar yetkazib berilishini tashkil etadi;
(v) budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan chiqindi poligonlarini tartibga keltirish, rekultivatsiya qilish, chiqindi infratuzilmasi bilan bog‘liq boshqa loyihalar bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda chiqindilarni qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qisqartiriladigan uglerod birliklari savdosini qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
10. Vazirlik:
(a) 2025-yil 1-noyabrga qadar ekosanoat zonalarining bosh rejalarini ishlab chiqib, Muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlash uchun kiritsin;
(b) bosh rejalar tasdiqlanganidan so‘ng bir oy muddatda Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda 2026-2027-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi bilan ta’minlash lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
11. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Vazirlik hamda Kadastr agentligi ekosanoat zonalari hududida joylashgan davlat mulki obyektlari Agentlik tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
12. Vazirlik, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklarining qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida 5-ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
13. Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda:
(a) yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
(b) yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq olib qo‘yilishi, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda mazkur Farmonga 5-ilovada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ajratilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
14. Kadastr agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda yer uchastkalarining ushbu Farmonga asosan yangi maqsadlar uchun ajratilishiga ko‘ra Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
18. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
PF-56-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga 1-ILOVA
Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash
TARKIBI
1.
J.A. Xodjayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi
2.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Kengash raisi o‘rinbosari
3.
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
4.
J.T. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
5.
B.F. Islamov
—
tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri
6.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xo‘jaligi vaziri
7.
Sh.J. To‘xtaboyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari
8.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
9.
O.A. Pekos
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
10.
A.R. Sormonkulov
—
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari
11.
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i
12.
D.K. Adilov
—
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari
13.
B.Q. Yusupaliyev
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi, Bosh davlat sanitariya vrachi
14.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari (tegishli hududlar bo‘yicha)
15.
Sh.Sh. Hasanov
—
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash kotibi
Izoh:
Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash raisi Kengashning tarkibiga yangi a’zolarni qo‘shimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning rahbar va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga 2-ILOVA
Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashning
ASOSIY USTUVOR VAZIFALARI
Quyidagilar Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashning asosiy ustuvor vazifalari hisoblanadi:
(a) ekosanoat zonalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish, loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shu jumladan, chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan yer uchastkalarini zonalar va lotlarga ajratish ishlarini tashkil etish;
(b) ekosanoat zonalarining investitsion salohiyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(v) respublikada muqobil energiyani ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan chiqindi subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlash;
(g) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishga xalqaro moliya institutlari grantlari va mablag‘larini jalb etish hamda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish;
(d) investorlarni tanlash bo‘yicha asosiy mezonlarni belgilash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani yaratish;
(e) ekosanoat zonalari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini tegishli toifaga o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritib borish;
(j) ekosanoat zonalarining hududi chegaralarini belgilash va ularga o‘zgartirish kiritish hamda tasdiqlash;
(z) chiqindilarni qayta ishlash va undan mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
(i) ekosanoat zonalarida chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha talabgorlarni aniqlash yuzasidan tender komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
(k) ekosanoat zonalariga joylashtirish uchun loyiha takliflarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
(l) energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalaridan foydalangan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizim yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga 3-ILOVA
2025 — 2027-yillarda chiqindilarni to‘plash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha ekosanoat zonalarini tashkil etishning
MANZILLI RO‘YXATI
T/r
Hudud nomi
Tuman (shahar) nomi
Maydoni
(gektar)
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mo‘ynoq tumani
15
2.
Andijon viloyati
Xo‘jaobod tumani
17,7
3.
Buxoro viloyati
Kogon shahri
20
4.
Jizzax viloyati
Sharof Rashidov tumani
18,8
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi tumani
17
6.
Navoiy viloyati
Xatirchi tumani
15
7.
Namangan viloyati
Chust tumani
15
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
15
9.
Surxondaryo viloyati
Angor tumani
15
10.
Sirdaryo viloyati
Mirzaobod tumani
15
11.
Toshkent viloyati
Ohangaron tumani
14,7
12.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona tumani
15
13.
Xorazm viloyati
Urganch tumani
15
Jami
208,2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga 4-ILOVA
Ekosanoat zonalariga imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etishni ko‘zda tutuvchi “Chiqindini qayta ishlash investori” paketi
246-moddasining 6-bandidao‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi belgilangan.
274-moddasining beshinchi qismidasoliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni unga yetti kun ichida to‘liq hajmda qoplanadi. Bunda o‘rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotida o‘rni qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz bo‘lib chiqsa, soliq to‘lovchi soliqning o‘rni o‘ziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga to‘lashi shartligi belgilangan.
411-moddasi uchinchi qismi 6-bandida obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong‘in xavfsizligi organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshirilishi belgilangan.
426-moddasi ikkinchi qismi 11-bandi bilan kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari) yer solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi.
473-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.
483-moddasi o‘ttiz yettinchi qismidachiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lashi belgilangan.
chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga;
tovarlarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari berilishi belgilangan.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4434-son Farmoni
3-bandi bilan qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish bo‘yicha tartib o‘rnatilgan.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qarori
1-ilovasi bilan import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan bo‘lib, ushbu ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovar va mahsulotlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5233-son qarori
1-bandi bilan Investorning qiymati 200 mlrd so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 mlrd so‘mdan) oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189 son Farmoni
2-bandi “v” kichik bandiga muvofiq 2025-yil 1-avgustga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalanish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bojxona bojlari to‘lanishidan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilingan.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171-son qarori
23-bandi “b” kichik bandiuchinchi xatboshisida tibbiyot chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilinishi belgilangan.
II. Yangi joriy etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar
8.
Loyihani amalga oshirish davrida investorlarga loyiha amalga oshiriladigan, ekosanoat zonalar hududida joylashgan poligonlarga joylashtirilgan chiqindilardan utilizatsiya qilish (qayta ishlash hisobiga qo‘shimcha mahsulot va energiya ishlab chiqarish hamda chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish) uchun tekin foydalanishga ruxsat beriladi.
Bunda poligonlarga chiqindilarni joylashtirganlik uchun investorlarga to‘lov to‘lab berilmaydi.
9.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-son Farmoniga 2a-ilovada keltirilgan chiqindilarni qayta ishlashni yoki ekologik xavfsiz tarzda utilizatsiya qilishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar:
a) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini o‘rnatganda:
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish;
b) monitoring stansiyalarini o‘rnatib, kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarib berish ko‘rinishidagi “yashil subsidiyalar”dan foydalanadi.
III. Kafolatlar
10.
Barcha turdagi chiqindilardan ishlab chiqarilgan 1 kVt/soat elektr energiyasi investorlar bilan tuzilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda belgilangan (kelishilgan) narxlarda xarid qilinadi.
Bunda to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda investorlarga tegishli davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘liq to‘lab berilishi ta’minlanadi.
11.
Ekosanoat zonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hududlarda joylashgan chiqindi poligonlariga termik yoqish orqali/ekologik utilizatsiya qilish oqibatida hosil bo‘ladigan 1 tonna uchuvchi (atrof-muhitga zararli) kullar (Fly Ash) 20 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida, 1 tonna yoquv pechining pastki qismidagi (atrof-muhitga zararsiz) kullar (Bottom Ash) 5 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida;
ekosanoat zonalarida chiqindi yoqish zavodlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hududlarda joylashgan chiqindi poligonlariga 1 tonna qattiq maishiy chiqindi 80 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida chiqindini olib keluvchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lov evaziga qabul qilinadi.
12.
Agentlik muvofiqlashtiruvi ostida sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarning qulay logistikasi tashkil qilingan holda kafolatlangan chiqindilar miqdori ekosanoat zonalariga yetkazib beriladi.
13.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan havo elektr uzatish tarmoqlari o‘tadigan yer uchastkalariga, shuningdek, qurilish davrida vaqtincha foydalaniladigan yer uchastkasiga Yer kodeksi va Shaharsozlik kodeksi asosida ommaviy servitut belgilanadi.
14.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ ekosanoat zonalarini belgilangan tartibda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
15.
Investitsiya loyihasi doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirilganidan so‘ng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga beriladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga 5-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkaziladigan yer uchastkalari
RO‘YXATI
T/r
Hudud nomi
Yerdan foydalanuvchi nomi
Kontur raqami
Yer maydoni
(ga)
shundan, (ga)
O‘zgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi
sug‘oriladigan ekin yerlari
yaylov yerlar
boshqa yerlar
Namangan viloyati Chust tumani
1.
“Zarafshon” MFY
“Zarafshon-2” kichik sanoat hududi
463q, 462, 458, 464, 459
15,02
8,57
5,0
1,45
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
Toshkent viloyati Ohangaron tumani
2.
“Yangihayot” MFY
“Ohangaron Xurshid Agro fayz” fermer xo‘jaligi
336q, 335q, 348q
14,7
11,3
3,4
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
Jami:
29,72
19,87
5,0
4,85
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5580-son Farmonida:
a) maishiy chiqindilarni boshqarish va to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi. Bunda:
I bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab respublikada maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun to‘lovlar 1-ilovaga muvofiq;
II bosqichda 2027-yil 1-yanvardan boshlab ekosanoat zonalari tashkil etilgan hududlarda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun to‘lovlar 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
b) xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
v) qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to‘lov hisoblangan davrdan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechikmay Agentlikning maxsus tranzit bank hisob raqamlariga to‘lanadi va uning maxsus bank hisob raqamida jamlanadi;
g) Agentlikning maxsus bank hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar bosqichma-bosqich o‘rnatilgan tartibda 1-2-ilovalarga muvofiq yo‘naltiriladi. Bunda qolgan mablag‘lar Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;
d) elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan to‘lovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga o‘tkaziladi.
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi bir oy muddatda “jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi” (keyingi o‘rinlarda — Hisobga olishning yagona elektron tizimi) ma’lumotlari asosida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha sanitar tozalash korxonalari (operatorlar) tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar uchun poligonlarga, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga yoki chiqindilarni yoqish zavodlari yoxud ekosanoat zonalariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdorini inobatga olgan holda haq to‘lashning alohida tartibini tasdiqlasin”;
b) 10-banddagi “2-ilovaga” so‘zlari “3-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga 1-ILOVA
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini rivojlantirish va ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini takomillashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslar
1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yig‘ish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yig‘ish konteyneriga olib chiqadi.
2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn to‘lov platformalari orqali majburiy to‘lovlarni amalga oshiradi.
Bunda internet aloqasi bilan ta’minlanmagan, hudud markazidan olis masofada joylashgan aholi yashash punktlarida yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun to‘lovlarni istisno tariqasida tijorat banklari kassalari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta bo‘limlari orqali amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
Doimiy
2-bosqich
Sanitar tozalash korxonalari (operator)
1. Hududlardan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshiradi.
2. Chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirilgan maishiy chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Doimiy
3-bosqich
Chiqindi poligonlari yoki qayta yuklash stansiyalari
1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan olib kelingan maishiy chiqindilarni qabul qiladi, saralaydi va utilizatsiya qilinishini tashkil etadi.
2. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan va utilizatsiya qilingan maishiy chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Doimiy
4-bosqich
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi tomonidan to‘langan majburiy to‘lovlarning Agentlikning maxsus hisobvarag‘ida jamlanishini tashkil etadi.
2. Sanitar tozalash korxonalari, chiqindi poligonlari va qayta yuklash stansiyalari tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga kiritilgan talabnomalarni o‘rganib chiqadi.
3. Hisobga olishning yagona elektron tizimi ma’lumotlari asosida poligonga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirgani uchun sanitar tozalash korxonasiga (alohida tartib asosida) va chiqindilar utilizatsiya qilingani bo‘yicha har bir tonna chiqindi uchun “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga tegishli mablag‘larni o‘tkazib beradi.
Doimiy
”;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga 2-ILOVA
Respublika hududlarida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilish xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslar
1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yig‘ish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yig‘ish konteyneriga olib chiqadi.
2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn to‘lov platformalari orqali majburiy to‘lovlarni amalga oshiradi.
Doimiy
2-bosqich
Sanitar tozalash korxonalari
(operator)
1. Maishiy chiqindilarni hududlardan olib chiqadi hamda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, termik usulda yoqish zavodiga yoki ekosanoat zonasiga topshiradi.
Doimiy
2. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yoki ekosanoat zonasiga topshirilgan maishiy chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etib boradi.
Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy
3-bosqich
Qayta yuklash stansiyalari
1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi.
Doimiy
2. Qabul qilingan maishiy chiqindilarni ekosanoat zonasi, chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodiga yetkazib beradi.
3. Qabul qilingan, saralangan va yetkazib berilgan maishiy chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy
4-bosqich
Ekosanoat zonasi
(chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodi)
1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi, qayta ishlanadi, yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqariladi.
Doimiy
2. Qabul qilingan, saralangan, qayta ishlangan va poligonlarga ko‘milgan maishiy chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy
5-bosqich
“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi
1. Poligonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelingan yoqilmagan, qayta ishlanmagan chiqindilar saralanadi hamda chiqindilarni yoqish va qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan kul utilizatsiya qilinadi.
Doimiy
Bunda to‘lovlar yoqish natijasida hosil bo‘lgan kul uchun ularning turi va utilizatsiya toifasiga ko‘ra alohida belgilanadigan tariflar asosida Agentlik maxsus bank hisobvarag‘iga qabul qilinadi.
2. Poligonlarda qabul qilingan va utilizatsiya qilingan chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy
6-bosqich
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi va yuridik shaxslar tomonidan to‘langan majburiy to‘lovlarni hamda utilizatsiya qilingani uchun poligon to‘lovlarini Agentlikning maxsus hisobvarag‘ida jamlanishini tashkil etadi.
Doimiy
2. Hududdagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, saralash, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish to‘g‘risida Agentlikning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi.
3. Hududdan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga topshirgani uchun — sanitar tozalash korxonasiga (to‘lov alohida tartib asosida), poligonlarga qabul qilingan chiqindilar uchun — “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga, chiqindilarni saralangani, qayta ishlangani, yoqilgani bo‘yicha — chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga tegishli mablag‘larni (Gate fee) o‘tkazib beradi.
Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy
d) 3-ilovadagi “Farmoniga 2-ilova” so‘zlari “Farmoniga 3-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoniga 1-ilovaning 72-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
72.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 95 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 6 foizga oshirish.
Yoqib, muqobil energiya ishlab chiqariladigan chiqindilar ulushini 35 foizga yetkazish, maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish.
“Nol chiqindi” tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish, qayta ishlash va ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan ekosanoat zonalarni joriy etish.
”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-son Farmonida:
a) 1-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “har yili” so‘zlari “2025-yil dekabr oyida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a) hududlarda maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun to‘lov tariflarini ushbu Farmonga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlash amaliyotini joriy qilish;”;
“mazkur Farmon 4-bandining “b” kichik bandida belgilangan amaliyot tatbiq etilgan hududlarda billing tizimlari faoliyatini texnik ta’minlash, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan to‘lovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga o‘tkaziladi”;
“2025-yil 1-avgustga qadar Vazirlik tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari tasdiqlanadi”;
d) 7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan loyihaning amalga oshirilishi Agentlikning hududiy bo‘linmalari va hokimliklar tomonidan nazorat qilinadi hamda chiqindi yig‘ish maydonlarini paketlar bilan ta’minlash uchun Ekologiya jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi”;
“hududlar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida berilishida faqatgina Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan aniq konsepsiyaga ko‘ra tender natijalari asosida xususiy sheriklarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan biriktirib beriladi. Bunda hududlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, auksion va boshqa shakllarda xususiy sheriklarga biriktirish taqiqlanadi. Shuningdek, bitim muddati tugaganda yoki bekor bo‘lganda ushbu hudud tender o‘tkazilguniga qadar Agentlikning taklifiga asosan vaqtinchalik xizmat ko‘rsatish shartnomasi orqali xususiy yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomuayyan muddatga davlat sanitar tozalash korxonalariga biriktirib berilishi mumkin”;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga 1-ILOVA
Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun to‘lov tariflarini majburiy ko‘rib chiqish sxemasi
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Sanitar tozalash korxonalari
1. Har bir hudud bo‘yicha maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.
2. Agentlikka har bir hudud kesimidagi to‘lov summalarini taqdim qiladi.
Har yili 1-sentabrga qadar
2-bosqich
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
(Agentlik)
1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan to‘lov summalari asoslantirilganligini o‘rganib chiqadi.
2. Har bir hudud uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.
3. Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun to‘lov summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tegishli xulosa asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kiritadi.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy bo‘linmalarining xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Har yili 1-noyabrga qadar
3-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
1. Agentlik tomonidan taqdim qilingan to‘lov summalari miqdori to‘g‘risidagi murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
2. Agentlik murojaatida belgilangan tariflarni qabul qilish yoki rad qilish masalasi asosliligini ko‘rib chiqadi, Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari xulosasi asosida Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar
4-bosqich
Xalq deputatlari mahalliy kengashlari
Maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-dekabrga qadar
5-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
1. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan maishiy chiqindi xizmatlari tariflari ko‘rib chiqilganligi va natijasi yuzasidan Agentlikka axborot taqdim qiladi.
Har yili 1-dekabrga qadar
2. Agentlik tomonidan taqdim qilingan takliflar qabul qilinmagan taqdirda, taklif etilgan va tasdiqlangan tariflar o‘rtasidagi farqni har oyda qoplash uchun subsidiyalar ajratish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga 3-ilovada:
1-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmlari”, “Bajarish muddati” va “Mas’ul ijrochilar” ustunlari 1 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmlari”, “Bajarish muddati” va “Mas’ul ijrochilar” ustunlari 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
17-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmlari” ustuni 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Respublikaning yashil shaharlari reytingini tuzish va har uch yilda yangilab borish”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-149-son Farmoniga 1-ilovada:
“2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari har oy yakuni bilan baholab boriladi. Bunda:”;
“Reyting tizimida “yashil” toifada qayd etilgan sanitar tozalash korxonalariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi taqdimnomasi asosida mahalliy kengash qarori bilan sanitar tozalash korxonalariga avval biriktirilmagan yoki davlat unitar korxonalari xizmat ko‘rsatayotgan yoki xususiy korxonalar bilan bitim bekor qilingan hududlar biriktirib berilishi mumkin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3730-son qarorining 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-76-son qaroriga 6-ilovaning 20-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-338-son qaroriga 1-ilovaning 2-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” va “Muddati” ustunlari 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son; 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)