Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShNI TAʼMINLASh YuZASIDAN DAVLAT DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan davlat dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish boʻyicha davlat komissiyasi mazkur Qonundan va davlat dasturidan kelib chiqadigan barcha vazifalarning bajarilishini taʼminlash yuzasidan vazirliklar, idoralar va hokimliklar rahbarlari bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar belgilasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi davlat budjetini shakllantirish chogʻida budjetdagi tashkilotlar uchun lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik hisobidagi korxonalar, tashkilotlar, ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish yuzasidan tegishli xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradilar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Pecpublika davlat komissiyasi, vazirliklar, idoralar va hokimliklar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-iyun,
304-son