Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yoʻlga qoʻyish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi boʻyicha xulosani shakllantirish.
2. Belgilansinki:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanilganligi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining yer tuzish va yerdan foydalanish boʻyicha xodimlari tomonidan aniqlanadi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yerlarni almashlab ekish rejasiga hamda yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yerdan foydalanuvchilar tomonidan oqilona foydalaniladi;
tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari xulosasiga asosan yerdan foydalanuvchilarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibiga rioya qilmaganligi hamda yerning normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblangan qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlamaganligi uchun ularning yerga boʻlgan ijara huquqini bekor qilish yuzasidan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri daʼvo arizasini kiritish huquqi beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
“E-ijara” axborot tizimida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi boʻyicha xulosani shakllantirishning elektron tizimini yaratsin;
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchilar oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-dekabr,
914-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 914-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq yerdan oqilona foydalanilmaganda, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilishning aniq holatlarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
almashlab ekish — maʼlum vaqt davomida yer uchastkalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda navbatlab ekish;
dala — qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va/yoki chorva mollarini boqish (oʻtlatish) uchun foydalaniladigan alohida kontur raqami bilan belgilangan va alohida chegara belgilariga ega boʻlgan yer maydoni birligi;
yerdan foydalanuvchilar — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan doimiy yoki ijara asosida foydalanish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
yerlar degradatsiyasi — yerlarning tabiiy-xoʻjalik ahamiyatining pasayishiga olib keluvchi tabiiy va antropogen taʼsirlar natijasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar holatining yomonlashishi;
tuproq unumdorligining sezilarli pasayishi — tuproq sifatini baholash, agrokimyoviy va/yoki agromeliorativ tadqiqotlar natijalari taqqoslanganda, tuproq unumdorligi koʻrsatkichining pasayishi;
umumiy yaylov maydoni boʻyicha foydalanish meʼyori — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni boʻyicha aniqlangan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish meʼyori;
chorva hayvonlari koʻchib yurish (yoyib) tartibida boqiladigan (oʻtlatiladigan) yaylovlar — aholi punktidan uzoqdagi hududlarda chorva hayvonlarini koʻchib yurish (yoyib) tartibida boqish (oʻtlatish) uchun foydalaniladigan yaylovlar;
yaylovlar almashinishi — yaylovlarni boshqarish va ulardan foydalanish rejasiga muvofiq yaylovlardan davriy va navbat bilan foydalanish hamda uning mahsuldorlik holatini saqlash uchun xizmat qiladigan tizim;
yaylovlarda boqiladigan (oʻtlatiladigan) chorva hayvonlari (keyingi oʻrinlarda — chorva hayvonlari) — yirik shoxli mollar, qoʻylar, echkilar, otlar, tuyalar va boshqalar;
yaylovlarning oziqa (yem-xashak) hajmi — yaylovlar maydoni birligi boʻyicha yaylov oʻtlarining mahsuldorligi;
yaylovlardan oqilona foydalanish — tabiiy meʼyorlarga (umumiy yaylovlarda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish meʼyoriga) rioya qilish orqali va ekologik muhimligini hisobga olgan holda, yaylovlarning normal holatini saqlash va qayta tiklash imkonini yaratgan holda, yaylovlarning oziqa (yem-xashak) resurslaridan samarali foydalanish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish — yer maydonlarida tuproq unumdorligining pasayishi va meliorativ holatining yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik hamda mahsuldorlikning zarur koʻrsatkichlariga erishish maqsadida yerdan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanishni taʼminlanishi.
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanilganligi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining yer tuzish va yerdan foydalanish boʻyicha xodimlari tomonidan aniqlanadi.
5. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish quyidagilar mezonlar boʻyicha baholanadi:
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish (haydalma qatlamida umumiy gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliyning maqbul darajasini taʼminlash);
asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini belgilangan darajada saqlash va oshirish;
suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda almashlab ekish;
yaylovlar almashinishini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
tuproqning unumdorligi va meliorativ holatini saqlash va oshirish;
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yaylovlardagi maqbul (optimal) foydalanish meʼyorini taʼminlash;
yerlarning xoʻjalik aylanmasidan (foydalanishdan) chiqib ketishining oldini olish, yerlarni begona oʻtlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda ularning maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik;
yerga ishlov berishda qishloq xoʻjaligi ekinlarini angʻiz qoldiqlari va ikkilamchi mahsulotlarni yoqishga yoʻl qoʻymaslik;
dala chetlariga, bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga, shu jumladan, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga maqbul ekinlarni ekib daromad olish (sugʻorish suvlari bilan taʼminlangan yerlarda);
ichki sugʻorish tarmoqlari va zovurlarni oʻz vaqtida tozalash.
Mazkur band talablari bajarilmagan holatlarda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan va yaylovlardan oqilona foydalanilmagan hisoblanadi.
6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanishni baholash uchun yerdan foydalanuvchilarda quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi shart:
a) qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi yillik statistika hisoboti shakllari boʻyicha statistika maʼlumotlari.
Bunda qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi yillik statistika hisoboti shakllari boʻyicha statistika maʼlumotlari yerdan foydalanuvchilarning soʻrovnomalariga asosan tuman statistika boʻlimlari tomonidan begʻaraz taqdim etiladi;
b) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi almashlab ekish rejasi;
v) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi yaylovlar almashinishi rejasi;
g) xoʻjalik ichida yer tuzish loyihasi (dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini aniqlash bundan mustasno).
7. Xoʻjalik ichida yer tuzish loyihasi yerdan foydalanuvchilarning murojaatiga asosan “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan xoʻjalik shartnomalari asosida ishlab chiqiladi hamda tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi
8. Yerdan foydalanuvchilar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishda umumiy foydalanish uchun chop etilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy asoslangan tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan almashlab ekish rejasiga muvofiq almashlab ekishga rioya qiladi.
Yerdan foydalanuvchilar yaylovlardan foydalanishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish meʼyorining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi qishloq xoʻjaligi hayvonlarining mavjudligini va uning belgilangan meʼyordan oshib ketmasligini taʼminlaydi.
9. Xoʻjalikning ixtisoslashuvi va yerni ijaraga olish shartnomasiga muvofiq yetishtiriladigan ekinlarning rotatsiyasi boʻyicha tanlangan almashlab ekish tizimiga bogʻliq holda qishloq xoʻjaligi ekinlarining toʻliq vegetatsiyaga muvofiq davrni oʻz ichiga olgan almashlab ekish rejasi yerdan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi va bir nusxasi ushbu tashkilotda saqlanadi.
10. Tuproq unumdorligining quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha pasayishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
sugʻoriladigan tuproqlarning unumdor qatlamida (0 — 30 sm) umumiy gumus (>0,8%) miqdorini, harakatchan fosfor (>30 mg/kg) va almashinuvchan kaliyning (>200 mg/kg) tuproqdagi miqdorlarini kam taʼminlangan darajadan tushirmaslik;
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tuproqning gumus va oziqa elementlari bilan taʼminlanganligining kam koʻrsatkichlariga ega boʻlgan yerlarni kengaytirmaslik;
qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan talablarga muvofiq yerlarni maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasidan yuqori darajada mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar bilan ifloslantirmaslik;
eroziya natijasida yuqori gumus qatlam qalinligining 5 santimetrdan ortiq pasayishi;
tuproqning 30 santimetrgacha boʻlgan qatlamida zaharli tuzlar umumiy miqdorining koʻpayishiga (xlor 0,01 foizdan, sulfat 0,03-0,04 foizdan ortiq, tuproqdagi shoʻrlanish darajasini umumiy maydonning 5 foizdan oshirmaslik) yoʻl qoʻymaslik;
qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berilgan yerlarni qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqarib yubormaslik.
11. Yerdan foydalanuvchilar asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlar tuproqlarining bir bonitet balliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligiga muvofiq ularning hosildorligini taʼminlashi shart.
12. Yerdan foydalanuvchilar chorvachilik maqsadlari uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishda quyidagi miqdorlarda qishloq xoʻjaligi hayvonlarining mavjudligini taʼminlaydi:
eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish meʼyorining 20 foizidan pasaytirmaslik;
eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish meʼyoridan oshirmaslik.
3-bob. Yaylovlardan oqilona foydalanish tartibi
13. Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni boʻyicha aniqlangan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish meʼyorini taʼminlash;
yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
yaylovlarning qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona oʻtlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik.
14. Yerdan foydalanuvchilar yaylovlardan foydalanishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normasidan oshmagan miqdorda qishloq xoʻjaligi hayvonlari boqilishini taʼminlaydi.
15. Eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normasini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi hayvonlari bosh soni va yerdan foydalanuvchilar foydalanishida boʻlgan yaylovlarning oziqa mahsuldorligi toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalaniladi.
Yerdan foydalanuvchilarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi hayvonlarining bosh soni miqdorini hisoblash uchun qishloq xoʻjaligi hayvonlarini roʻyxatga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasidan olingan maʼlumotlar hamda yerlarni masofadan zondlash oʻtkazilgan vaqtdagi axborotlar qabul qilinadi.
Yerdan foydalanuvchilarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi hayvonlarining bosh soni toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi hayvonlarini roʻyxatga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida maʼlumotlar boʻlmagan hollarda, chorva mollarini xatlovdan oʻtkazish va monitoring qilish asosida aniq maʼlumotlarni olishga ruxsat etiladi.
16. Yaylovlardan oqilona foydalanish tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan tasdiqlangan Yaylovlarni boshqarish va undan foydalanish rejasi bilan tartibga solinadi.
17. Yaylovlarning oziqa mahsuldorligi pasayishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
yaylovlarni qishloq xoʻjaligi hayvonlarini boqish (oʻtlatish) boʻyicha alohida uchastkalarga ajratish (boʻlish);
yaylovlarning joylashishi va vaqt (yil, mavsum) boʻyicha yil mavsumi davomida almashinishi;
qishloq xoʻjaligi hayvonlari kiritilmaydigan va boqilmaydigan (oʻtlatilmaydigan) hamda har yili yaylovlar almashinishidan qoldiriladigan yer uchastkasi.
18. Hududlarning tabiiy va xoʻjalik sharoitiga bogʻliq holda yaylovlarda qishloq xoʻjaligi hayvonlarini boqish (oʻtlatish)ning quyidagi tizimlaridan foydalaniladi:
koʻchib yurish tartibida (yoyib) boqiladigan (oʻtlatiladigan) yaylovlar;
yil davomida boqiladigan (oʻtlatiladigan) yaylovlar.
Qishloq xoʻjaligi hayvonlari koʻchib yurish tartibida (yoyib) boqiladigan (oʻtlatiladigan) mintaqalarga bogʻliq holda bahor, yoz va kuz oylarida boqiladi hamda qish oylarida molxona sharoitida oziqlantiriladi.
Yerdan foydalanuvchilar hududning tabiiy-iqlim sharoitiga bogʻliq holda yaylovlardan yil davomida foydalanadi. Yerdan foydalanuvchilar noqulay iqlim sharoitida chorvachilik binolaridan foydalanadi va dagʻal oziqa bazasining yetarli darajadagi zaxirasini yaratadi.
4-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish hamda uning natijasiga koʻra xulosani shakllantirish tartibi
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻzining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda har yili 10-fevralga qadar yerdan foydalanuvchilar kesimida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish holatini oʻrganish boʻyicha kalendar rejalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining www.agro.uz rasmiy saytiga joylashtiradi.
20. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish hamda uning natijasiga koʻra xulosani shakllantirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruhga “Oʻzdaverloyiha” instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi hamda ularning hududiy (mintaqaviy) boʻlinmalari xodimlari jalb etiladi.
21. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish natijalari ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar boʻyicha baholanadi.
22. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish boʻyicha xulosalar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi yoki ularning hududiy (mintaqaviy) boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tuproq tadqiqotlari natijalariga muvofiq tayyorlanadi.
23. Yaylovlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish boʻyicha xulosalar “Oʻzdaverloyiha” instituti yoki uni hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan geobotanik tadqiqotlar va yaylovlar monitoringi natijalariga muvofiq tayyorlanadi.
24. Ishchi guruh har bir yerdan foydalanuvchi kesimida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish hamda uning natijasiga koʻra xulosani qabul qilish boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtiradi va “E-ijara” axborot tizimiga kiritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining www.agro.uz rasmiy saytiga joylashtiradi.
25. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini oʻrganish hamda uning natijasiga koʻra xulosa elektron shaklda tayyorlanadi va avtomatik ravishda tuman (Quvasoy shahar) hokimligining “E-ijara” axborot tizimidagi kabinetiga yuboriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
26. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

______________ tuman (Quvasoy shahar)

Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligi

_______________________________

___(imzo) ______________ (F.I.O.)____

20___ yil “___” ___________

Almashlab ekish rejasi

Yer uchastkasining kontur raqami

Ekin yerlari maydoni,

gektar

Almashlab ekish rejasini tuzishgacha boʻlgan yillardagi ekinlar

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining rejalashtirilayotgan davrda joylashishi

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

20__ yil

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

______________ tuman (Quvasoy shahar)

Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligi

_______________________________

___(imzo) ______________ (F.I.O.)____

20___ yil “___” ___________

Yaylovlarni almashinish kalendar rejasi

Yaylovdan foydalanuvchining kadastr raqami

Kontur raqami

(almashlab boqish uchastkasi raqami)

Yillar boʻyicha foydalanilishi

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

Toʻldirish uchun misol:

11:05:10:01:05:9424

1015 (1)

bahor

kuz

boqilmaydi

yoz

bahor

kuz

11:05:10:01:05:9424

1016 (2)

yoz

bahor

kuz

boqilmaydi

yoz

bahor

11:05:10:01:05:9424

1017 (3)

boqilmaydi

yoz

bahor

kuz

boqilmaydi

yoz

11:05:10:01:05:9424

1018 (4)

kuz

boqilmaydi

yoz

bahor

kuz

boqilmaydi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Tuproqning gumus va oziqa elementlari bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari

T/r

Hududlar nomlari

Tuproqlar tipi

Gumus bilan taʼminlanganligi, foiz

Oziqa elementlari bilan taʼminlanganligi, milligramm/kilogramm

juda kam

(<0,4)

kam

(0,41 — 0,8)

oʻrtacha

(0,81 — 1,2)

koʻproq

(1,2 — 1,6)

koʻp

(1,61 — 2,0)

yuqori

(>2,0)

harakatchan fosfor

almashinuvchi kaliy

juda kam

(<15)

kam

(16 — 30)

oʻrtacha

(31 — 45)

koʻp

(46 — 60)

juda koʻp

(>60)

juda kam

(<100)

kam

(101 — 200)

oʻrtacha

(201 — 300)

koʻp

(301 — 400)

juda koʻp

(>400)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Sur qoʻngʻir

52 634

251 740

110 461

18 639

240

766

293 758

125 062

15 529

1795

550

24 787

222 995

137 751

42 416

8 746

Taqir oʻtloqi

Oʻtloqi taqir

Choʻl qumli

Oʻtloqi choʻl qumli

Oʻtloqi alyuvial

Oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi allyuvial

Sur qoʻngʻir

Taqir oʻtloqi

Oʻtloqi taqir

Choʻl qumli

2.

Andijon viloyati

Toʻq tusli boʻz

687

16241

68582

84091

42160

23593

65894

94441

43448

14708

16861

5282

130395

65058

24331

10287

Tipik boʻz

Oʻtloqi allyuvial

Botqoq oʻtloqi

Oʻtloqi saz

Boʻz oʻtloqi

Oʻtloqi botqoq

Och tusli boʻz

Saz oʻtloqi

Oʻtloqi

Oʻtloqi boʻz

Botqoqli

3.

Buxoro viloyati

Oʻtloqi

7431

105832

91058

12361

2023

1332

160570

49368

7267

2262

569

19987

170562

24828

3694

966

Oʻtloqi allyuvial

Botqoq-Oʻtloqi

Oʻtloqi botqoq

Choʻl oʻtloqi

Oʻtloqi taqir

Taqir oʻtloqi

Sur tusli qoʻngʻir

Sur tusli qoʻngʻir oʻtloqi

Choʻl qumli oʻtloqi

Taqir oʻtloqi dasht

Oʻtloqi choʻl

Allyuvial oʻtloqi

Oʻtloqi choʻl qumli

Botqoq

4.

Jizzax viloyati

Boʻz oʻtloqi

2818

62224

147158

52725

9144

1649

199482

66045

8203

1459

531

11076

76557

120518

43465

24104

Och tusli boʻz

Tipik boʻz

oʻtloqi

oʻtloqi boʻz

toʻq tusli boʻz

botqoq oʻtloqi

5.

Qashqadaryo viloyati

Toʻq tusli boʻz

12333

160914

219697

64852

11613

3590

240929

165967

38710

12368

15025

2118

163615

179054

97167

31046

Tipik boʻz

Och tusli boʻz

Boʻz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Sur tusli qoʻngʻir

Sur tusli qoʻngʻir oʻt.

Qumli choʻl

Taqirli

Taqir oʻtloqi

Oʻtloqi

6.

Navoiy viloyati

Tipik boʻz

1 359

29 406

51 980

24 578

3 470

200

35 988

58 009

9 633

3 461

3 901

3 092

55 883

37 418

11 108

3 491

Och tusli boʻz

Boʻz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Sur tusli qoʻngʻir

Sur tusli qoʻngʻir oʻtloqi

choʻl qumli

Choʻl qumli oʻtloqi

Taqir

Taqir oʻtloqi

Oʻtloqi taqir

Oʻtloqi

7.

Namangan viloyati

Toʻk tusli boʻz

3650

43473

112886

60582

14152

5913

153632

61602

14388

4800

6234

21326

163069

42057

9762

4442

Tipik boʻz

Och tusli boʻz

Boʻz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Sur tusli qoʻngʻir oʻtloqi

Oʻtloqi

8.

Samarqand viloyati

Toʻk tusli boʻz

11043

102114

138974

52325

8370

2861

84019

156891

49601

10244

14932

11783

155658

97148

38259

12839

Tipik boʻz

Och tusli boʻz

Boʻz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Oʻtloqi

Oʻtloqi botqoq

Botqoq oʻtloqi

9.

Surxondaryo viloyati

Toʻk tusli boʻz

5942

87893

136923

35876

6831

3052

164122

78184

19323

5299

9589

2015

109534

74193

54855

35920

Tipik boʻz

Och tusli boʻz

Boʻz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Sur tusli qoʻngʻir

Sur tusli qoʻngʻir oʻtloqi

Qumli choʻl

Taqirli

Taqir oʻtloqi

Oʻtloqi

10.

Sirdaryo viloyati

Oʻtloqi

1303

91594

133728

26500

1865

41

173605

71564

7571

1755

535

8992

107855

106558

26131

5494

Boʻz oʻtloqi

Oʻtloqi boʻz

Oʻtloqi allyuvial

Botqoq oʻtloqi

Oʻtloqi botqoq

Och tusli boʻz

Tipik boʻz

11.

Toshkent viloyati

Togʻ jigarrang

2665

43488

123379

100254

45472

27844

116144

141497

47662

14943

22856

5260

111192

109926

75811

40912

Toʻq tusli boʻz

Tipik boʻz

Boʻz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Oʻtloqi

Oʻtloqi-botqoq

Botqoq-oʻtloqi

12.

Fargʻona viloyati

Toʻq tusli boʻz

6043

47896

99046

89411

39296

28688

159624

99234

25130

9738

16654

17344

223276

46571

13015

10173

Tipik boʻz

Och tusli boʻz

Buz-oʻtloqi

Oʻtloqi-boʻz

Kolmatoj

Oʻtloqi taqirli

Oʻtloqi

Oʻtloqi-saz

Saz-oʻtloqi

Oʻtloqi saz-alivial

13.

Xorazm viloyati

Sur-qoʻngʻir

9623

82230

108277

27223

7601

5133

100352

93965

25872

8356

11541

6160

200392

26521

4186

2829

Oʻtloqi alivial

Botqoq oʻtloqi

Oʻtloqi botqoq

Izoh. Sugʻoriladigan tuproqlar tarkibidagi gumus, harakatchan fosfor va alamashinuvchi kaliy miqdorlari konturlar kesimida aniqlanib ularni qiyosiy taqqoslash ham konturlar kesimida hisob-kitob qilinishi shart.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2025-y., 09/25/914/0015-son)