Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qaroriga muvofiq kambag‘al oilalarning iqtisodiy faolligini oshirishni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni yanada rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniyni beshtadan kambag‘al oilaga biriktirish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
mahallalarda faol nuroniylarni tanlab olish va rag‘batlantirish tartibi;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarining sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi.
21. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash ularning qiymatini fuqaroning ijtimoiy kartasiga o‘tkazib berish orqali amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda 2025-yil yanvar oyi yakuniga qadar ushbu qaror talablari asosida faol nuroniylarni tanlab olib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish choralarini ko‘rsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda 2025-yil 10-fevralga qadar “Onlayn mahalla” elektron platformasida ushbu qarorga muvofiq tanlab olingan faol nuroniylar uchun alohida modulni ishga tushirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
892-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 892-son qaroriga ILOVA
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1. Mazkur Nizom faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ta’lim olishlari uchun o‘quv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
moliyaviy agent — o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari xarid qilish uchun mablag‘larni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarining ijtimoiy kartalariga o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tijorat banki;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
faol nuroniy — aholi orasida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan, biriktirilgan hududda doimiy yoki vaqtincha yashovchi 55 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan mahalla faollari.
2-bob. Faol nuroniylar ro‘yxatini shakllantirish va ularni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish]
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” jamg‘armasi) hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy bo‘limlari bilan birgalikda har bir mahalladan uch nafardan faol nuroniylarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi:
biriktirilgan hududda doimiy yoki vaqtincha yashashi hamda ellik besh yoshga to‘lgan va yetmish besh yoshdan oshmagan (yetmish besh yosh ham) bo‘lishi;
aholi orasida hurmat va e’tiborga sazovor ekanligi;
oila a’zolaridan biri “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilmaganligi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lmagan holda ishga layoqatli ekanligi;
o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanmaganligi hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari yo‘qligi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj emasligi, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolmaganligi, shuningdek, psixologik maslahatga muhtoj bo‘lmasligi;
zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga zarar yetmagan bo‘lishi;
dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini faol yuritayotganligi.
4. Tanlab olingan uch nafardan faol nuroniylarga yashab turgan joyi bo‘yicha 5 tadan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila olti oy muddatga biriktiriladi.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va “Nuroniy” jamg‘armasining tavsiyasiga asosan tanlab olingan faol nuroniylarning sog‘lig‘i va oilaviy sharoitiga bog‘liq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar boshqa faol nuroniylarga qayta biriktirilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
3-bob. Faol nuroniylarni rag‘batlantirish va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1-§. Faol nuroniylarni rag‘batlantirish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va o‘zga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
6. “Nuroniy” jamg‘armasi va tanlab olingan faol nuroniylar o‘rtasida faol nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy bo‘limlari faol nuroniylar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni rasmiylashtirish ishlariga ko‘maklashadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
7. Tanlab olingan faol nuroniylar ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan har oyning 25-sanasidan kechikmagan holda, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ularning roziligiga ko‘ra bank plastik kartalariga to‘lab beriladi.
Faol nuroniylarning bank plastik kartalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, istisno tariqasida, naqd pul shaklida to‘lanishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
8. Oyning oxirgi ish kunida qaydnomalar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar tegishli tijorat bankidagi oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi.
Tijorat banki tomonidan oyning 27-sanasiga qadar to‘lanmagan rag‘batlantiruvchi to‘lovga yo‘naltirilgan mablag‘lar har oyning oxirida tegishli hisobvarag‘iga qaytariladi.
Talab qilib olinmagan rag‘batlantiruvchi to‘lov mablag‘lari belgilangan tartibda “Nuroniy” jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi.
2-§. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash tartibi
(2-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
9. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari va shakllari]
10. Faol nuroniylar ikki ish kuni ichida o‘zlariga biriktirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, ularning o‘quv jihozlari (ustuvor ravishda dars stol-stuli) va qurollari hamda sport kiyimlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlaydi va bir ish kuni ichida ularni xarid qilish bo‘yicha “Nuroniy” jamg‘armasiga tavsiya beradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Tavsiyani rasmiylashtirishda faol nuroniyga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) va ijtimoiy xodim ko‘maklashadi.
Tavsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro hamda faol nuroniy mas’ul hisoblanadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
11. O‘rganish natijasida noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganligi aniqlangan taqdirda, mablag‘ ajratish rad etiladi hamda bu haqida “Nuroniy” jamg‘armasi bir ish kunida rad etish sabablarini ko‘rsatilgan holda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaga xabarnoma yuboradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar]
12. “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari uch ish kuni ichida:
hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda faol nuroniy tavsiyasini va yuborilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi;
o‘rganish natijasiga ko‘ra (agarda xulosa va hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlarining bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida faol nuroniyga biriktirilgan har bir Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmagan miqdorda mablag‘ ajratish to‘g‘risida “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining tegishli buyrug‘i qabul qilinadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘lar 2026-yil 1-yanvardan boshlab oila a’zosining tanloviga asosan uning nomiga ochilgan “ijtimoiy karta”ga pul ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Bunda “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandiga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari xaridi uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Tegishli buyruq qabul qilingan kunning o‘zida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosining “ijtimoiy karta”siga mablag‘larni o‘tkazib beradi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Buyruqda o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarining va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori aniq ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani boshqarish]
13. “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘linmasi buyruq rasmiylashtirilgandan keyin o‘n ish kuni ichida buyruqda ko‘rsatilgan o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi. Bunda 2027-yil 1-yanvardan boshlab hududiy bo‘linma o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarining qiymatini fuqaroning ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beradi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
O‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari xaridini tasdiqlovchi hujjatlar va dalolatnomaga asosan uch ish kuni ichida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Buyurtmada yetkazib beruvchiga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila istiqomat qiladigan mahalla idorasining yuridik manzili ko‘rsatilishi lozim.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
14. O‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandiga dalolatnoma asosida uch ish kuni ichida faol nuroniy, mahalla raisi hamda “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy vakillari tomonidan topshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
15. “Mahalla yettiligi” tomonidan faol nuroniylar tomonidan biriktirilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, shuningdek, o‘quv jihozlari, qurollari, sport kiyimlari xarid qilinganligi monitoring qilib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
16. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ushbu yordam turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3-§. Keksa yoshdagi fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi
17. Keksa yoshdagi fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
18. Faol nuroniylar har oyda mahallalar, tuman (shahar), viloyat miqyosida o‘tkaziladigan sport tadbirlarini aniqlaydi va mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarining tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha sport tadbirlari boshlanishidan o‘n kun oldin “Nuroniy” jamg‘armasiga tavsiya beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
19. Mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarining viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari faol nuroniy tavsiyasi asosida “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda har bir mahallaga ajratiladigan mablag‘lar miqdori yiliga o‘rtacha 10 mln so‘mdan oshmasligi lozim.
20. Tavsiyani rasmiylashtirishda faol nuroniyga hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim ko‘maklashadi.
21. Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham mablag‘lar ajratilishi mumkin.
22. “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari uch ish kuni ichida taqdim etilgan tavsiya va unga ilova qilingan hujjatlarning asosliligini o‘rganib chiqadi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra (agarda xulosa va hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa) ko‘rsatilgan sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risida “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining tegishli buyrug‘i qabul qilinadi.
23. “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari buyruq rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida buyruqda ko‘rsatilgan sport tadbirlarida ishtirok etish maqsadida belgilangan tartibda transport vositalari xizmatlarini xarid qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
24. “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari hamda faol nuroniy tavsiyasi asosida sport tadbirlarida ishtirok etish maqsadida ijaraga olingan transport vositalari, ochiq va yopiq sport maydonchalari to‘lovi uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuziladi.
25. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun sport tadbirida ishtirok etuvchilar javobgar hisoblanadi.
26. G‘oliblar aniqlangandan so‘ng “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tomonidan uch ish kuni ichida sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun belgilangan mablag‘lar sport tadbirlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat ko‘rsatganlik uchun hisob-faktura va dalolatnomaga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
27. Ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnoma asosida faol nuroniy, mahalla raisi hamda “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy vakillari tomonidan rasmiylashtiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
28. Ushbu Nizomda belgilangan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasi uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi.
29. Aholi orasida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillaridan faol nuroniylarni tanlab olish va ularga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilani biriktirish hamda ularning faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish
1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish bilan bog‘liq ehtiyojlarni aniqlaydi.
1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila biriktirilgandan boshlab 2 ish kuni ichida
2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilishga tavsiya beradi.
2. Ehtiyojlar aniqlangach 1 ish kuni ichida
2-bosqich
“Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari
1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganib chiqadi.
2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandiga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qiladi.
3 ish kuni ichida
3-bosqich
“Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari
1. Buyruqda ko‘rsatilgan shaxslar bo‘yicha to‘lov qaydnomalarini moliyaviy agentga taqdim etadi.
2. Zarur mablag‘larni moliyaviy agentning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
Moliyaviy agent
To‘lov ro‘yxatiga asosan mablag‘larni fuqaroning ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beradi.
3 ish kuni ichida
5-bosqich
Faol nuroniy, mahalla raisi, “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy vakillari
O‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarining xarid qilinganligini monitoring qiladi.
3 ish kuni ichida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Keksa yoshdagi fuqarolarning tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Faol nuroniy
1. Mahallalar, tuman (shahar), viloyat miqyosida o‘tkaziladigan sport tadbirlarini aniqlaydi.
1. Har oyda
2. Mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarini tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berishga tavsiya beradi.
2. Sport tadbirlari boshlanishidan 10 kun oldin
2-bosqich
“Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari
1. Mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarini tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganib chiqadi.
2. Sport tadbirlarida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qiladi.
3 ish kuni ichida
3-bosqich
“Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari
Sport tadbirlarida ishtirok etish maqsadida ijaraga olinadigan transport vositalari va sport maydonchalari xizmatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
“Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘limlari
Sport tadbirlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat ko‘rsatganlik uchun hisob-faktura va dalolatnomaga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
3 ish kuni ichida
5-bosqich
Faol nuroniy, Mahalla raisi, “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy vakillari
Ko‘rsatilgan xizmatlarni dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi.