1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jahon bozorida paxta tolasiga talab va taklif o‘zgarishlari natijasida paxta tolasining narxlari 2024-yil hosili prognoz narxlariga nisbatan pasayib ketganligi sababli respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning kafolatli miqdorda daromad olishlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoniga muvofiq:
2024-yildan boshlab paxta xom ashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklar (keyingi o‘rinlarda — paxta yetishtiruvchilar) va klasterlar hamda paxta xom ashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalari (keyingi o‘rinlarda — qayta ishlovchilar) o‘rtasida paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining “paxta xom ashyosi seksiyasi”da har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolar natijalariga ko‘ra tuzilganligi;
fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim bo‘lgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek qayta ishlovchilar bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, o‘z mablag‘lari, shu jumladan jalb qilingan mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotilishi yoki (va) qayta ishlanishi;
b) 2024-yil hosili yigim-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari bo‘yicha paxta xom ashyosining boshlang‘ich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘m atrofida shakllanayotganligi;
v) O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xom ashyosining boshlang‘ich fyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib 7 mln 800 ming so‘m miqdorida e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
g) 2024-yilda paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan Jamg‘armaning kredit resurslarini qaytarish muddati, istisno tariqasida, Jamg‘arma va tijorat banklari o‘rtasida tuzilgan bitimlarda belgilangan kredit resursini qaytarishning oxirgi muddatidan boshlab mutanosib ravishda 2025-yil 1-sentabrga qadar uzaytirilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.19.00 Qishloq xo‘jaligi ishchilarining ijtimoiy himoyasi]
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan quyidagi takliflari ma’qullansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali 2024-yil 31-dekabrga qadar realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi (paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno) uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan 2025-yil 1-martgacha 1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuzish, bunda paxta xom ashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmasligini inobatga olish;
2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xom ashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlang‘ich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida e’lon qilish;
2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosining 20 foizini, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston fermerlari kengashi, “O‘zagroinspeksiya” va Soliq qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari hamda tijorat banklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan 2025-yilning 1-iyuligacha Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab berish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
3. O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuzilgan qo‘shimcha kelishuvlarni (miqdor va narx bo‘yicha) birja savdolari elektron axborot tizimida bir hafta muddatda ro‘yxatga olinishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qayta ishlovchilarga yetkazib berilgan paxta xom ashyosi bo‘yicha ilovaga muvofiq namunaviy shaklda paxta yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan reyestrni 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 1-fevralgacha Jamg‘armaga hamda tegishli tijorat banklariga taqdim etilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
5. Jamg‘arma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan reyestrga asosan ikki bank ish kunida subsidiyani paxta yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga (23410) to‘lab berish uchun tegishli tijorat banklariga mablag‘larni o‘tkazib bersin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
mazkur qaror doirasida ajratilgan subsidiya birinchi navbatda paxta yetishtiruvchilarning 2024-yil hosili paxta xom ashyosini yetishtirish uchun olgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltiriladi. Bunda imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish uchun to‘langan mablag‘lar tijorat banklarining Jamg‘arma oldidagi qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi;
imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorlik qoplangandan so‘ng, subsidiya soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi, qolgan mablag‘lar paxta yetishtiruvchilarning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi;
ushbu qarorga muvofiq subsidiya to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘larning hisobvaraqlardagi debet aylanmasidan bank xizmatlari uchun haq undirilmaydi.
7. Mazkur qaror doirasida subsidiya uchun ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan soliq solishda hisobga olinmaydigan daromad (aylanma) hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamg‘armaning mazkur qaror doirasida yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchun Jamg‘armaga Davlat budjetidan 3,5 trln so‘mgacha beg‘araz mablag‘lar ajratsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jamg‘arma hamda Markaziy bankning 2024-yil hosili paxta yig‘im-terimini qisqa muddatlarda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 452-son qaroriga asosan sog‘lomlashtirilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan 2024-yil hosili bo‘yicha shartnoma (fyuchers, spot va vaqtincha saqlashga) tuzgan fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, o‘z yer maydonlarida paxta xom ashyosi yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda imtiyozli kreditlar elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi uchun — 10 oy muddatga, yillik 10 foiz stavkada (2 foiz bank marjasi) paxta qiymatining 20 foizi miqdorida 3 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 7 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan ajratiladi.
10. Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi ushbu qaror doirasida ajratilgan subsidiya to‘g‘ri hisoblanishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin.
11. Belgilansinki, paxta xom ashyosi narxlari shakllanishiga davlat boshqaruvi, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aralashuvi qat’iyan man etiladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga hamda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal qilinishiga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-sentabr,
574-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 574-son qaroriga
ILOVA
TASDIQLAYMAN
Namunaviy shakl
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining (viloyat hokimining) qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
_______________________
(F.I.Sh.)
“___” __________ 2024-yil
M.O‘.
________________________________da (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar) 2024-yil hosilidan
paxta-to‘qimachilik klasterlariga birja savdolari orqali paxta xom ashyosini sotgan subsidiya oluvchi paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar
REYESTRI
T/r
Tuman nomi
Qayta ishlovchi korxona
(klaster, to‘qimachilik korxonasi va h.k.)
Paxta yetishtiruvchi xo‘jalik
Xo‘jalikka xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki
Birja savdolarida tuzilgan shartnoma
(fyuchers, spot va boshq.)
Qabul qilingan paxta xom ashyosi bo‘yicha rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq fakturalarga asosan
(elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi bo‘yicha rasmiylashtirilgan kvitansiyalarga solishtirilgan holda)
Hisoblangan subsidiya ming so‘mda
(yetkazib berilgan 1 tn paxta xom ashyosi uchun 1 mln so‘mdan)
Nomlanishi
STIR
Nomlanishi
STIR
Raqami va sanasi
miqdori
(tonna)
qiymati
(ming.so‘m)
miqdori
(tonna)
qiymati
(ming.so‘m)
................... tumani
...................
...................
x
................... korxona bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
0
0
0
...................
...................
x
................... korxona bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
Tuman bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
................... tumani
...................
...................
x
................... korxona bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
0
0
0
...................
...................
x
................... korxona bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
Tuman bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
Hudud bo‘yicha jami
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
shu jumladan tijorat banklari kesimida
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
____________ banki bo‘yicha
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
____________ banki bo‘yicha
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
x
____________ banki bo‘yicha
x
x
x
x
x
x
x
0
0
0
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri
(viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i)
_____________
M.O‘.
_____________________
imzo
F.I.Sh.
“O‘zagroinspeksiya” hududiy bo‘linmasi boshlig‘i
_____________
M.O‘.
_____________________
imzo
F.I.Sh.
Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i
_____________
M.O‘.
_____________________
imzo
F.I.Sh.
banki hududiy bo‘linmasi rahbari
_____________
M.O‘.
_____________________
imzo
F.I.Sh.
banki hududiy bo‘linmasi rahbari
_____________
M.O‘.
_____________________
imzo
F.I.Sh.
qayta ishlovchi korxona (klaster, to‘qimachilik korxonasi va x.k.) rahbari
_____________
M.O‘
_____________________
imzo
F.I.Sh.
qayta ishlovchi korxona (klaster, to‘qimachilik korxonasi va x.k.) rahbari