xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish;
Markazning vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Markaz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 444-son qaroriga
ILOVA
“ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi”.
|
1. |
Litsenziya nomi: |
tibbiy faoliyat uchun litsenziya |
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari boʻyicha |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
yuridik shaxslar |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, tanlangan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam koʻrsatish shakllari (ambulator, statsionar), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi maʼlumot. Maʼlumotda tibbiy texnika, uskunalar va boshqa texnika vositalarining nomi, soni, har birining seriyasi va raqami, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarish sanasi, ushbu vositalarning ishlatilishi uchun davlat organlaridan maxsus ruxsat olish koʻzda tutilgan boʻlsa, tegishli tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va hujjat bergan tashkilot nomi koʻrsatilishi kerak. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori: |
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga; 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga; 13,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi hisobvaragʻiga; qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari: |
30 kun |
|
9. |
Litsen�iya talablari va shartlari: |
Litsenziya talablari va shartlari: a) xodimlarning quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi: statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilgan taqdirda, ixtisosligi boʻyicha kamida birinchi malaka toifaga ega boʻlgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog, xirurgiya ixtisosligi boʻyicha malaka toifaga ega boʻlgan assistent vrach, kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi;* bosh vrachda — oliy tibbiy maʼlumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy taʼlim maʼlumotiga ega boʻlmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot va malakaviy toifa; xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda, operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy koʻnikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi; tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa; mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish boʻyicha amaldagi sertifikat; xorijiy taʼlim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi (agar nostrifikatsiya qilish talab etilsa); xorijiy taʼlim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi boʻyicha malakasini tasdiqlovchi hujjat; tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash boʻyicha oʻquvdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya boʻlimi mavjud boʻlsa); b) quyidagi talablarga javob beruvchi moddiy-texnik bazaning mavjud boʻlishi: mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos boʻlgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga moʻljallangan xonalar (tibbiy faoliyat yoʻnalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va koʻrikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi); mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, tegishli metrologik meʼyorlar va texnika xavfsizligi meʼyorlariga mos boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika (tibbiy faoliyat yoʻnalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va koʻrikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi); terapevtik yoʻnalish va diagnostika ixtisosliklari boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya boʻlimi;* tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tugʻruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish; xirurgiya yoʻnalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya boʻyicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya boʻlimi;* v) tibbiy faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish: litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar boʻyicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish; belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga statistika maʼlumotlarini taqdim etish; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ekologik normativlarga, metrologiya normalari va qoidalariga, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etish; litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan oʻtgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish; litsenziyalovchi organ tomonidan ruxsat berilgan dorivor, dezinfeksiya va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish; operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar oʻrnatilgan boʻlishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish; tibbiy faoliyatni qatʼiyan litsenziyada koʻrsatilgan doirada amalga oshirish;* tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda, FHDY organlari bilan tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish.* |
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari; Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari. |
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
5 yil |
|
12. |
Izoh. |
Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam koʻrsatish shakllari (ambulator, statsionar) aniq koʻrsatiladi. Arizani koʻrib chiqish muddati davomida faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam koʻrsatish shakllari hajmidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhi litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish yuzasidan ekspert xulosasini ishchi organga taqdim etadi. Bunda ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar talabgor (ariza beruvchi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi (ishchi organ) oʻrtasida tuzilgan yozma shartnomaga koʻra belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
|
”. |