1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 259]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 30-sentabrdagi 64-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.05.09-97 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-may,
01/2-18-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 24-aprel
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2024-yil 25-aprel
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2024-yil 5-aprel
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 13-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 16-maydagi 01/2-18-son buyrugʻiga
ILOVA
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) aholi punktlarida joylashgan yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan tramvay va trolleybus hamda ularni taʼmirlovchi ustaxonalar depolari hududidagi (toʻgʻri qismlarida rels izlarining kengligi 1524 mm) yoʻllar, shuningdek depolarni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur ShNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
ShNQ 1.03.01-16 “Korxonalar, bino va inshootlarni qurishga loyihaviy hujjatlar tarkibi, ishlab-chiqish tartibi, kelishish va tasdiqlash haqida yoʻriqnoma”;
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.01.08-19 “Shovqindan himoya”;
QMQ 2.03.01-96 “Beton va temirbeton konstruksiyalar”;
ShNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari”;
GOST 12.1.036-81 “Shovqin. Turar joy va jamoat binolarida ruxsat etilgan darajalar” (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Shum. Dopustimie urovnya v jilix i obщestvennix zdaniyax);
GOST 67-78* “Aloqa liniyalari va simli eshittirishlarning yer usti elektr transportining tutashuv tarmoqlari bilan kesishishi. Umumiy talablar va normalar”.(rasmiy manba: Peresecheniya liniy svyazi i provodnogo veщaniya s kontaktnimi setyami nazemnogo elektrotransporta. Obщiye trebovaniya i normi);
GOST 78-2014 “Temir yoʻllar uchun yogʻoch shpallar” (rasmiy manba: Shpali derevyannie dlya jeleznix dorog shirokoy kolei Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 839-2019 “Elektr uzatish liniyalari uchun izolatsiyalanmagan simlar” (rasmiy manba: Provoda ne izolirovnnie dlya vozdushnoy liniy elektroperedachi. Texnicheskiye usloviya);
GOST 2584-86*E “Mis va uning qotishmalaridan tayyorlangan tutashuv simlari” (rasmiy manba: Provoda kontaktnie iz medi i eye splavov. Texnicheskiye usloviya).
GOST 3062-80*. LK-O 1x7 (1+6) konstruksiyali bitta-toʻqilgan arqon. Sortament (rasmiy manba. Kanat odinarnoy svivki tipa LK-O konstruksii 1x7(1+6). Sortament);
GOST 4775-91E “Izolatsiyalanmagan bimetal poʻlat bilan qoplangan simlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Provoda neizolirovannie biometallicheskiye stalemednie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 6368-82 “Quyidagi turdagi tor temir yoʻl izli relslar R8, R11, R18 i R24. Konstruksiyalar va oʻlchamlari” (rasmiy manba Relsi jeleznodorojnie uzkoy kolei tipov R8, R11, R18 i R24. Konstruksiya i razmeri);
GOST 7392-2014 “Temir yoʻlning balast qatlami uchun zich togʻ jinslaridan yasalgan chaqiq tosh. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Sheben iz plotnix gornix porod kamnya dlya ballastnogo sloya jeleznodorojnogo puti. Texnicheskiye usloviya);
GOST 7394-85 “Temir yoʻl uchun shagʻal va shagʻal-qum balasti Texnik shartlar” (rasmiy manba: Ballast graviyniy i graviyno-peschaniy dlya jeleznodorojnogo putiTexnicheskiye usloviya);
GOST 8267-93 “Tabiiy materiallardan chaqiq tosh. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Sheben i graviy iz plotnix gornix porod dlya stroitelnix rabot. Texnicheskiye usloviya);
GOST 8736-2014 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Pesok dlya stroitelnix rabot. Texnicheskiye usloviya);
GOST 9.602-2016 “Korroziya va eskirishdan himoyalashning yagona tizimi. Yer osti inshootlari. Korroziyadan himoya qilish uchun umumiy talablar” (rasmiy manba: Edinaya sistema zaщiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obщiye trebovaniya k zaщite ot korrozii);
GOST R 51685-2022 “Temir yoʻl relslari. Umumiy texnik shartlar”(rasmiy manba: Relsi jeleznodorojnie. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 21797-14 “Temir yoʻl uchun prujinali ikki oʻramli shaybalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Shaybi prujinnie dvuxvitkovie dlya jeleznodorojnogo puti. Texnicheskiye usloviya.);
GOST 22133-86 “Metal kesish, zarb qilish, quyish va yogʻochga ishlov berish uskunalari uchun boʻyoq va lok qoplamalar. Umumiy talablar” (rasmiy manba: Pokritiya lakokrasochnie metallorejuщego, kuznechno-pressovogo, liteynogo i derevoobrabativayuщego oborudovaniya. Obщiye trebovaniya);
GOST 23476-79 “Tramvay va trolleybus tutashuv tarmogʻining armaturalari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba:Armatura kontaktnoy seti tramvaya i trolleybusa. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 23961-80 “Metrolar. Binolarning uskunalar va harakatlanuvchi tarkibining yaqinlashuv oʻlchamlari” (rasmiy manba: Metropoliteni. Gabariti priblijeniya stroyeniy, oborudovaniya i podvijnogo sostava);
GOST 33320-2015 “Temir yoʻllar uchun temir-beton shpallar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba:Shpali jelezobetonnie dlya jeleznix dorog. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 33535-2015 “Temir yoʻl yoʻllarining ulanishlari va kesishuvlari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Soyedineniya i peresecheniya jeleznodorojnix putey. Texnicheskiye usloviya);
GOST R 54747-2011 “1520 mm izli temir yoʻllar uchun temir-beton shpallar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Shpali jelezobetonnie dlya jeleznix dorog kolei 1520 mm. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST R 55497-2013 “Temir yoʻl kontrrelslari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Relsi jeleznodorojnie kontrrelsovie. Texnicheskiye usloviya).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu ShNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
egiluvchan koʻndalang toʻsinlar — egiluvchan konstruksiyalar boʻlib, ularga tutashuv ilgaklari va tutashuv tarmoqlarining boshqa elementlari osiladigan toʻsinlar;
induktivlashtirilgan tok — erda turgan odamning tanasi orqali oʻtadigan induktiv taʼsir natijasida paydo boʻladigan va shahar elektr transportlari harakatlanuvchi tarkibining erdan himoyalangan kobiqqa tegib turgan tutashuv tarmogʻi taʼsiriga beriluvchan tok;
tutashuv simlari — bir yoʻnalishdagi tramvay yoki trolleybuslarning biriga taalluqli boʻlgan tutashuv tarmogʻining qismi;
tutashuv tarmogʻi — qatnov vagonlarining tok qabul qilgichlariga bevosita elektr quvvatini uzatish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar (tayanch, tutqich qurilmalari, tutashuv ilgaklari, maxsus qismlar, oʻzaklar) yigʻindisi;
yuk koʻtaruvchi koʻndalang toʻsin — asosan ilgaklar, maxsus qismlar, qurilmalar ogʻirligidan va mahkamlagichdagi kuchlanishlardan kuch qabul qiluvchi maxsus qism hamda tutashuv tarmoqlarining qurilmalari tutashuv ilgaklariga mahkamlangan sim arqonlardan tayyorlangan egiluvchan tutib turgich qurilmalar;
tortqich — yotiq tekislikda tutashuv simi sinishida choʻzuvchi kuchni qabul qiluvchi sim arqon yoki simlardan tayyorlangan qisqich qurilmalar;
tutib turuvchi qurilmalar — tutashuv ilgaklari, maxsus qismlar va tutashuv tarmoqlarini boshqa elementlari ilinadigan egiluvchan yoki qattiq qurilmalar (sim arqonli va simli koʻndalang toʻsinlar, kronshteynlar);
yarim muvozanatlangan ilgaklar — faqat tutashuv simlarini tortilishi avtomatik ravishda sozlanadigan zanjirli tutashuv ilgaklari.
3. Ushbu ShNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
PHITS — poyezdlar harakatini interval tartibga solish;
AVS — avtomatik vagon signalizatsiyasi;
SMB — signalizatsiyalash, markazlash va bloklash;
TPS — tortish podstansiyalari;
ShET — shahar elektr transportlari;
HS — havo simlari.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Ushbu ShNQ aholi punktlarida joylashgan yangi tramvay va trolleybus yoʻllarini qurishda va mavjudlarini qayta tiklashda:
tramvay yoʻllari toʻgʻri qismlardagi rels izlarining kengligi 1524 mm, 1435 mm va 1000 mm va aloqa yoʻllarining hisobiy tezligi 24 km/h (oddiy tramvay) va 24 km/h dan ortiq boʻlgan (tez yurar tramvay) tramvay yoʻllari;
yuk tashuvchi va xizmatchi tramvay yoʻllari, shuningdek tramvay va trolleybuslarni taʼmirlovchi ustaxonalar depolari, aylanma halqalarida joylashgan tramvay yoʻllari;
trolleybus yoʻllari;
tramvay va trolleybus yoʻllarining tutashuv tarmoqlarini loyihalashda qoʻllaniladi.
5. Tez yurar tramvay yoʻllarining toʻgʻri qismlarda rels izlarining kengligi 1524 mm boʻlgan yoʻllarni loyihalashda mazkur ShNQning 158-bandida belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
6. Tez yurar tramvay uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan oddiy tramvay yoʻllarini loyihalashda yoʻlning grunt koʻtarma, egri qismlar, boʻylama kesimni tez yurar tramvayni loyihalash talablari boʻyicha loyihalashtirilishi lozim.
Qatnov yoʻllarining hisobiy tezligi sifatida tramvaylar yoki trolleybuslar oraliq bekatlarda toʻxtash vaqtlarini hisobga olgan holda yoʻlovchilarni oxirgi bekatlar oraligʻida chiqarishdagi (tushirishdagi) harakat tezligi qabul qilinishi zarur.
7. Tramvay va trolleybus yoʻllarini barcha turlarini shahar yoʻlovchi transportini rivojlantirishning kompleks sxemasiga muvofiq hamda shaharni rejalashtirish va qurilish loyihasi bilan birgalikda loyihalashtirish kerak.
8. Yangi tramvay va trolleybuslar yoʻllarini loyihalashni va mavjud yoʻllarni hamda ularning alohida inshoot va qurilmalarini qayta qurish ShNQ 1.03.01-16 talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi zarur.
9. Tramvay va trolleybus yoʻllari bekatlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
10. Oddiy tramvay yoʻllarini tez yurar harakatlanishini tashkil etish bilan chiqish yoʻnalishlarida yoki marshrut shahar markazida yer ostidan oʻtganda loyihalashtirilishi lozim.
11. Tez yurar va oddiy tramvaylarni saqlash, texnik xizmat koʻrsatish, quvvat bilan taʼminlash hamda boshqarishda yagona tizim boʻlishi kerak.
12. Yoʻllarni loyihalashda hisobga olinuvchi tramvay harakatlanuvchi tarkiblarning hisobiy oʻlchamlari mazkur ShNQning 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
13. Yoʻlovchi tashuvchi tramvay yoʻllarini ikki yoʻlli qilib loyihalash kerak.
Bir yoʻlli hududlarni bir vaqtning oʻzida poyezdlar (vagonlar) qarama-qarshi harakati mumkin boʻlmagan joylardan oʻtkazish kerak.
14. Ikki yoʻlli yoʻnalishlarda 500 m dan ortiq boʻlmagan uzunlikdagi bir yoʻlli hududlar va tramvay yoʻllarining tutashishiga, qurilishlar olib borish yoki taʼmirlash ishlari davrida vaqtincha yoʻl qoʻyiladi.
15. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib tramvay yoʻllari quyidagilar bilan taʼminlanishi kerak:
alohida koʻtarmada yoʻlning harakat qismidan yoki trotuardan eni 6 m va tor joylarda 4 m dan kam boʻlmagan ajratgich tasma bilan ajratilishi, bunda relsning kallagi yoʻlning harakat qismini toʻsuvchi yon tosh sathidan yuqori joylashgan boʻlishi;
alohida koʻtarmadan yoʻlning yoʻl oʻqiga nisbatan joylashishining oʻzgarishini, faqat tartibga solinuvchi chorraha mintaqasida yoʻl qoʻyilishi;
mustaqil koʻtarmada boʻlishi (asosan shahar atrofidagi tramvay yoʻlining liniyalarida);
aralash koʻtarmada boʻlishi (rels kallagi koʻcha va maydonlar harakat qismlarining oʻqi boʻyicha yoki uning bir tomonlama sathidan past boʻlmasligi).
16. Tramvay yoʻllarini umumiy tarmoqdagi avtomobil yoʻllarining qatnov qismida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Alohida harakatlanish boʻlaklariga ega boʻlgan magistral avtomobil yoʻllarining ajratuvchi boʻlaklarida agar uning kengligi mazkur ShNQning 126-bandi talablariga asosan tramvay yoʻllarini joylashtirish lozim.
17. Tez yurar tramvay yoʻllarini magistral yoʻllar boʻylab joylashgan alohida yoʻlda yer usti boʻylab loyihalashtirilishi, aholi yashamaydigan hududlarda esa mustaqil koʻtarmada joylashtirgan holda loyihalashtirish kerak.
18. Ajratilgan tramvay koʻtarmasi koʻchaning harakat qismidan, piyodalar yoʻlaklari va velosiped yoʻlaklaridan, piyodalarga kirishni taqiqlovchi toʻsiqlar oʻrnatish orqali va relsdan tashqari transport vositalarining kirishini taʼqiqlovchi toʻsiqlar bilan boʻlinadigan tasmalar (gazonlar) bilan ajratilishi kerak (texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun maxsus yoʻllar bundan mustasno).
19. Yoʻlning ayrim hududlari uchun (shaharning markaziy tumanlarida, kapital qurilishli tor koʻchalar mavjudligida, transport tugunlarida, shuningdek qiyin topografik sharoitlarda) muvofiq ravishda texnik-iqtisodiy asoslarga koʻra tunnel yoki estakadalar loyihalashtirilishi lozim.
20. Qurilgan hududlarda yotqiziluvchi tez yurar tramvay yoʻllarining peregonlarida yer osti yoki yer usti piyodalar oʻtish yoʻllari boʻlishi kerak.
21. Tramvay yoʻllarini qurishda GOST 9.602-2016 boʻyicha shovqinni, tebranishni va tok sarfini chegaralash boʻyicha choralar eʼtiborga olinishi lozim.
22. Loyihada tramvay yoʻlidan foydalanilgandan keyin 5, 6 oy mobaynida bajariluvchi ishlarni yaʼni, choʻkkandan keyingi taʼmirlash ishlari, choksiz yoʻl va yoʻl qoplamasini oʻrnatish ishlarini alohida kompleks sifatida ajratib koʻrsatish kerak.
23. Tor sharoitlar uchun mazkur ShNQda keltirilgan loyihalash talablarini tor koʻchalar mavjud boʻlganda hamda asosiy meʼyorlardan foydalanish mavjud bino va inshootlarni buzish yoki kapital qayta qurish, qurilish-montaj ishlarining hajmi va narxining sezilarli darajada oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgan hollarda qoʻllash lozim.
4-bob. Tramvay yoʻllari va ularni jihozlash
1-§. Oʻlchamlari
24. Yonma-yon tramvay yoʻllari oʻqlari orasidagi masofa toʻgʻri qismlarda quyidagi zaruriy xavfsizlik boʻshliqlari bilan taʼminlanishi kerak:
tramvay vagonlari bilan yoʻllar oraligʻida joylashgan tutashuv tarmoqlari tayanchi orasida — 300 mm dan kam boʻlmasligi;
tramvay vagonlari oʻrtasida (yoʻl oraligʻida tutashuv tarmoqlarining tayanchlari boʻlmaganda) yoki tramvay vagoni va boshqa turdagi transport ekipaji oraligʻida yoʻlning toʻgʻri va egri hududlarida — 600 mm dan kam boʻlmasligi.
Egri hududlarning boshlanishida va oxirida hamda tramvay tugunlarida xavfsizlik boʻshliqlari oʻlchamini 20 m dan yuqori boʻlmagan uzunlikda 300 mm gacha kamaytirish lozim.
25. Binolar joylashgan tor sharoitda agar loyihada qarama-qarshi kelayotgan tramvay vagonlari oʻrtasida xavfsizlik boʻshligʻini taʼminlashning imkoni boʻlmaganda (katta oʻlchamli egriliklar) yoʻlning egri hududlarda yaqinlashib kelayotgan tramvay vagonlarining harakat xavfsizligini taʼminlaydigan choralarni koʻrish kerak.
26. Yonma-yon tramvay yoʻllarining (toʻgʻri qismda) oʻqlari orasidagi masofa 1524 mm izlar uchun quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yonlama joylashganda — 3200 mm;
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yoʻllar oraligʻida oʻrnatilganda — 3700 mm.
27. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarining eni 350 mm va undan kam boʻlsa, ikki yoʻl oraligʻini 3550 mm gacha kamaytirish lozim.
28. Tramvay yoʻllarini qurish temir yoʻl turidagi yotqizish mexanizmlarini qoʻllagan holda amalga oshirilsa, ikki yoʻl oraligʻini 4100 mm gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
29. Yoʻl oʻtkazgichlar, koʻpriklar, estakadalar va tonnellarda joylashuvchi yonma-yon tramvay yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofani GOST 23961-80 boʻyicha loyihalash kerak.
30. Depo hududi toʻgʻri uchastkalarida vagonlar turadigan ochiq joyda 1524 mm izli yonma-yon tramvay yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofa 3800 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Qor qalinligi 30 sm dan ortiq boʻlgan joylarda koʻrsatilgan masofa har 2-3 izdan keyin 6250 mm gacha oshirilishi zarur.
31. Yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun moʻljallangan yoʻl bilan ajratilgan yonma-yon tramvay yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofa 8000 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
32. Yoʻlning egri hududlarida yonma-yon tramvay yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofa mazkur ShNQning 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi, ularning ichki tomonidan vagon oʻrtasining qiyshayishi va egri hududining tashqi tomonidan vagon burchagini qiymatlari yigʻindisigacha oshirish kerak.
33. Oddiy tramvayning (1524 mm izli) toʻrt oʻqli harakatlanuvchi tarkibi uchun tramvay yoʻllarining egri qismida yonma-yon yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofa quyidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
1-jadval
Egrilik radiusi (m)
Toʻgʻri qismdagi oʻqlar orasidagi dastlabki masofalarda tramvay yoʻllarining egri qismdagi yonma-yon yoʻllarining oʻqlari oraligʻidagi masofa (mm)
3200
3700
20
4100
4100
25
3860
3860
30
3710
3710
40
3580
3700
50
3500
3700
60
3450
3700
75
3400
3700
100
3350
3700
150
3300
3700
300
3250
3700
1000
3200
3700
34. Olti va sakkiz oʻqlari boʻlgan vagonlar uchun egri qismdagi yonma-yon yoʻllar oʻqlari orasidagi masofani harakatlanuvchi vagonlarning konstruktiv xususiyatiga koʻra loyihada aniqlash kerak.
35. Egri qismdagi tez yurar tramvay yonma-yon yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofani (toʻgʻri qismdagi oʻqlar orasidagi dastlabki masofa 3200 mm ga teng boʻlganda) quyidagicha qabul qilish lozim:
egrilik radiuslarida 100 dan 300 m gacha boʻlganda — 3500;
egrilik radiuslarida 300 dan yuqori 500 m gacha boʻlganda — 3400;
egrilik radiuslarida 500 dan yuqori 800 m gacha boʻlganda — 3300;
egrilik radiuslarida 800 dan yuqori boʻlganda — 3200.
36. Yoʻlning toʻgʻri hududlarida yoʻllarning meʼyoriy masofalardan egri hududlardagi kattalashtirilgan masofalarga oʻtishni tashqi yoʻl uchun qabul qilingan uzunlikka nisbatan ichki yoʻlda kattalashtirilgan uzunlikdagi oʻtish egri chiziqlarini qoʻllash orqali qabul qilish lozim.
37. Oʻtish egri chiziqlari boʻlmaganda ikki yoʻl oraligʻi masofasini uzaytirishga asosiy egri chiziq radiusiga qaraganda ichki aylanma yoʻlning egri chiziqli katta radiusini qoʻllash lozim.
38. Yonma-yon tramvay yoʻllarining (toʻgʻri uchastkasida) oʻqlari orasidagi masofa 1435 mm izlar uchun kamida quyidagilarni tashkil etishi kerak:
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yonlama joylashganda — 3100 mm;
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yoʻllar oraligʻida oʻrnatilganda — 3600 mm.
39. Oddiy tramvayning toʻrt oʻqli harakatlanuvchi tarkibi uchun 1435 mm izli boʻlgan oddiy tramvay yoʻllarining egri qismidagi yonma-yon yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofa quyidagi 2-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
2-jadval
Egrilik radiusi (m)
Toʻgʻri qismdagi oʻqlar orasidagi dastlabki masofalarida tramvay yoʻllarining egri qismdagi yonma-yon yoʻllarining oʻqlari oraligidagi masofa (mm)
3100
3600
20
4000
4000
25
3750
3750
30
3550
3600
40
3500
3600
50
3400
3600
60
3350
3600
75
3300
3600
100
3250
3600
150
3200
3600
300
3150
3600
1000
3100
3600
40. Tramvay yoʻllarining (toʻgʻri qismda) oʻqlari orasidagi masofa 1000 mm izlar uchun quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
tutashuv tarmoqlari tayanchlarini yonlama joylashganda — 2900 mm;
tutashuv tarmoqlari tayanchlarini yoʻllar oraligʻida oʻrnatilganda — 3400 mm.
41. Yangi tramvay yoʻllarini qurishda egri chiziqli hududlarda yonma-yon tramvay yoʻllarining oʻqlari orasidagi masofa quyidagi 3-jadvalga muvofiq belgilash kerak.
3-jadval
Egrilik radiusi (m)
Toʻgʻri qismdagi oʻqlar orasidagi dastlabki masofalarida tramvay yoʻllarining egri qismdagi yonma-yon yoʻllarining oʻqlari oraligidagi masofa (mm)
2900
3400
20
3470
3475
25
3320
3320
30
3220
3220
40
3100
3200
50
3030
3200
60
2970
3200
75
2920
3200
100
2870
3200
150
2810
3200
300
2760
3200
1000
2700
3200
42. Toʻgʻri hududlarda yoʻl oʻqidan binolar, inshootlar va qurilmalargacha boʻlgan eng kichik masofani quyidagicha qabul qilish kerak (m):
turar joy va jamoat binolarigacha
20,0
noturar joy va koʻcha toʻsiqlarigacha
2,8
yer osti yoʻllari devorlari, tayanch devorlari, koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning tayanchlari, koʻprik panjaralarigacha
2,3
trotuarlar, ajratgich yoki bekat maydonchalari boʻlmaganda qatnov yoʻl qismi (bort toshining tashqi qismi yoki asfaltlangan yoʻlning cheti)gacha
1,9
tutashuv tarmoqlarining tayanchlari joylashganda:
yoʻl oraligʻidan tashqarida ....………………………........................................
2,3
yoʻl oraligʻida .........................……………………............................................
1,6
depo va ustaxonalar (zavodlar) hududlarida yoritish va tutashuv tarmoqlari tayanchlari yoʻl oraligʻidan tashqarida joylashganida ..............
1,9
Tepa shox-shabbalari diametri 5 m gacha boʻlgan yolgʻiz daraxt poyasi:
bekat maydonchalarining soyaboni, yoʻl belgilari, svetoforlar (2,5 m dan ortiq balandlikda) ......................................………………….........................
1,9
piyodalar yer osti oʻtishlaridan chiqishlardagi panjaralar yoki piyodalar yer usti oʻtish zina marshlari …..............................…….…….…..........................
oxirgi bekatlarda ..................………………………….....................................
4,4
0,7 m dan ortiq boʻlmagan balandlikdagi tezyurar tramvay yoʻllarining yer usti inshootlari .................................................................................................
1,5
Izoh: yoʻlning egri qismida yoʻl oʻqidan binolar, inshootlar va qurilmalargacha eng kam masofani vagonning chiqish yoki ogʻish kattaligiga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
43. Tramvay yoʻli RKDdan yoʻllar ustida joylashgan binolar va inshootlar qurilish konstruksiyalarining pastki qismigacha boʻlgan minimal vertikal masofa kamida 3,9 m boʻlishi, yoʻllar ustida joylashgan tutashuv tarmogʻi simining osma balandligini taʼminlashi kerak.
44. Yer osti kommunikatsiyalarini tramvay yoʻlining mustaqil grunt koʻtarmasi chegarasidan tashqarida kamgak (viemka) nishabligi yoki toʻkma asosi chetidan 2 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
45. Yoʻlning qatnov qismi bilan bir xil sathda yoki alohida grunt koʻtarmada joylashgan yoʻllar uchun yoʻl oʻqidan yer osti kommunikatsiyalarigacha boʻlgan gorizontal masofa quyidagicha boʻlishi zarur:
suv quvurigacha, bosimli va oʻzi oqar suvoqavagacha (maishiy va yomgʻir suvlari) umumiy tarmoq drenajlarigacha, yoʻl drenajlari, issiqlik tarmoqlaridan tashqari (kanalning tashqi devorigacha), 0,294 MPa (3 kgs/sm2) gacha boʻlgan bosimli gaz quvurlarigacha, kuchlanishli kabel va aloqa kabellari, umumiy kollektorlargacha 2,8 m;
yuqori bosimli 0,294 dan yuqori 3,53 MPagacha (3 dan yuqori 12 kgs/sm2) gaz quvurlarigacha 3,8 m.
46. Yoʻl oʻqlaridan kuchlanishli kabellargacha boʻlgan masofani ularni himoyalangan bloklarda yoki quvurlarda yotqizilgan sharoitlarda 2 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
47. Tramvay yoʻllari bilan kesishuvchi quvurlarning yuqorisi yoki yer osti quvuri himoya qobigʻining yuqorisi rels kallagidan 1,2 m dan kam boʻlmagan chuqurlikda joylashgan boʻlishi lozim.
48. Tramvay yoʻllari bilan yer osti muhandislik tarmoqlarini kesishishini 90° burchak ostida bajarish lozim.
Siqiq sharoitlarda kesishish burchagini 75° gacha, qayta qurishda kesishish burchagini 60° gacha kamaytirish kerak.
49. Kesishish joylarida quvurlar bir tomonga egilib himoya tuzilmalariga (poʻlat qutilar, monolit beton va temir-beton kanallar, kollektorlar, tunellar) oʻralgan boʻlishi zarur.
50. Tramvay yoʻllari ostidagi muhandislik tarmoqlari himoyalovchi qobiqlarda, quvurlarda, gʻiloflarda, bloklarda muhofazalangan holda rels kallagidan qurilma yuqorisigacha kamida 1,2 m chuqurlikda ochiq usulda hamda bosilgan va gorizontal yopiq burgʻilashda va qalqonli oʻtishda rels kallagidan 3 m dan kam boʻlmagan chuqurlikda boʻlishlari kerak.
Muhandislik tarmoqlarining himoyalovchi vositalari uchlari oxirgi relslardan kamida 2 m masofaga chiqarilishi lozim.
51. Tramvay yoʻllarining yer osti muhandislik tarmoqlari bilan kesishishi stryelkalar, xochlar (krestovina) va soʻrib oluvchi (vsasivayuщiy) kabellar birlashtirilgan joylaridan 4 m dan kam boʻlmagan masofada bajarilishi kerak.
52. Tramvay yoʻllarini elektr uzatish va aloqa yoʻllari, gaz oʻtkazgichlar, suv quvurlari, boshqa yer usti va yer osti qurilmalari hamda inshootlari bilan kesishishini ushbu qurilmalar va inshootlarni loyihalash talablariga muvofiq loyihalash lozim.
Shuningdek, tramvay yoʻllarini rekonstruksiya qilishda, loyihalashda texnik-iqtisodiy asoslangan hollarda tramvay yoʻllari chizigʻidagi mavjud bosimsiz muhandislik tarmoqlarini saqlab qolishga yoʻl qoʻyilishi, bunda avariya holatlarida yoki muhandislik tarmoqlarini taʼmirlashda (quduq boʻgʻzini chiqarish va boshqalar) tramvay harakatini buzilishini oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
53. RKDdan koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va estakadalarning oraliq qurilmalari tagigacha boʻlgan masofa 5 m dan kam boʻlmasligi, mavjud inshootlar uchun bu masofani 4,6 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Reja va boʻylama kesim
54. Rejadagi yoʻlning egri qismlarini imkoni boricha katta radiuslarda loyihalanilishi, bunda eng katta radiusning qiymati 2000 m dan oshmasligi kerak.
55. Rejadagi egri chiziqlar radiuslarining eng kichik qiymatlarini quyidagi 4-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
4-jadval
Yoʻlning joylashishi
Rejadagi egrilikning eng kichik radiuslari (m)
Meyoriy sharoitlarda
Ruxsat etilgan siqiq sharoitlarda
Tramvaylarni tortishda:
tez yurarlarni
400
200
oddiylarni
50
25
Burilish halqalarida, tugunlarda, yuk tashish va xizmat koʻrsatish yoʻllarida, shuningdek depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan yoʻllarida
25
20
56. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va tonnellarda joylashgan tezyurar tramvay yoʻllari uchun egri chiziqli radiuslarining kichik qiymatlari QMQ 2.05.04-97ga muvofiq boʻlishi lozim.
57. Tramvay yoʻllari avtomobil yoʻllarining grunt koʻtarmasi chegaralarida joylashgan boʻlsa, egri chiziqlik radiusini 2000 m dan ortiq avtomobil yoʻllari uchun qabul qilingan egri chiziqlik radiusiga mos ravishda qabul qilish lozim.
58. Minimal ruxsat etilgan egrilik uzunligini taʼminlash uchun kichik burilish burchaklarida radiusni 2000 m dan oshirishga yoʻl qoʻyiladi, bunda aylanma egrilik uzunligi 10 m dan kam boʻlmasligi kerak.
59. Rejada egrilik radiuslari qiymatini oʻzgarish oraligʻini quyidagicha qabul qilish lozim:
20 dan 35 m gacha — 1 oraliqda;
35 dan 100 m gacha — 5 oraliqda;
100 dan 200 m gacha — 10 oraliqda;
200 dan 1000 m gacha — 50 oraliqda;
1000 m dan yuqori — 100 oraliqda.
60. Tugunlar va stryelkali oʻtkazgichlar uchun radiuslar karralik qiymatlaridan ogʻishga yoʻl qoʻyiladi.
61. Tezyurar tramvay yoʻllari uchun yoʻlning egri hududi radiusi 1000 m va undan kam boʻlishi, oddiy tramvay yoʻllari uchun 100 m va undan kam boʻlganda yoʻlning toʻgʻri hududlar bilan oʻtish egriligi orqali birlashtirilishi kerak.
62. Oʻtish egriligining eng qisqa uzunligi tramvay vagonlarining harakat tezligiga koʻra aniqlanishi, ularni tezyurar tramvaylar uchun quyidagi 5-jadval, oddiy tramvaylar uchun esa 6-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
5-jadval
Aylanma egrilik radiusi (m)
Oʻtish egriligining eng qisqa uzunliklari (m), tezyurar tramvay yoʻllari uchun tramvay vagonlarini harakat tezligi (km/h)
80-76
75-71
70-66
65-61
60-56
55-51
50-46
45-41
1000
40
30
30
25
20
-
-
-
800
50
40
35
30
25
20
-
-
600
-
50
45
40
30
25
-
-
500
-
60
55
45
35
30
-
-
400
-
-
-
50
45
35
30
-
350
-
-
-
50
50
40
30
-
300
-
-
-
-
50
45
35
-
250
-
-
-
-
-
-
40
35
200
-
-
-
-
-
-
50
40
6-jadval
Aylanma egrilik radiusi (m)
Oddiy tramvay yoʻllari uchun oʻtish egriligining eng qisqa uzunligi (m)
Birlashtirilgan grunt koʻtarmada tramvay vagonlarining harakat tezligida (km/h)
Murakkab va mustaqil grunt koʻtarmada tramvay vagonlarining harakat tezligida (km/h)
24-21
20-15
24-21
20-15
100
9
-
18
-
75
9
8
18
14
50
9
8
18
14
30
-
8
-
14
20
-
7
-
-
63. Oʻtish egriligining boshlangʻich nuqtalari orasidagi toʻgʻri oʻrnatmani ular boʻlmaganda esa har tomonga yoʻnaltirilgan aylanma egrilikni tezyurar tramvay yoʻllari uchun 15 m dan kam boʻlmagan, oddiy tramvay yoʻllari uchun — 10 m uzunlikda taʼminlanishi kerak.
Siqiq sharoitlar uchun oddiy yoʻllardagi toʻgʻri oʻrnatma uzunligini 6 m ga teng qilib qabul qilinishi lozim.
64. Bir tomonga yoʻnaltirilgan egrilikda bir yoqlama uchli stryelkalarni yotqizishda 4 m dan kam boʻlmagan uzunlikdagi toʻgʻri oʻrnatma boʻlishi kerak.
65. Tramvay yoʻllarining toʻgʻri qismlaridagi boʻylama qiyalik qiymati quyidagilardan ortmasligi kerak:
a) tezyurar yoʻllarda:
peregonlarda — 50 ‰;
koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlari va estakadalar, yer osti yoʻlaklaridagi toʻsiqli qismlar yaqinida — 60 ‰;
b) yer osti yoʻlaklarida — 40 ‰;
oddiy yoʻllarda — 60 ‰;
depo taʼmirlash ustaxonalari va zavodlarining oxirgi nuqtasidagi toʻxtash yoʻllarida — 2,5 ‰;
siqiq sharoitlarda tutqich boshi berk yoʻl oʻrnatishda — 30 ‰;
depo, taʼmirlash ustaxonalariga (zavodlari) kirish va chiqish yoʻllarida — 30 ‰.
66. Siqiq sharoitlar uchun mazkur ShNQning 5 va 6-jadvallarida keltirilgan chegaralar doirasida oʻtish egriligi uzunlikning kichikroq qiymatlarini mos ravishda harakat tezligini chegaralangan holda qabul qilish lozim.
67. Depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida joylashgan aylanma halqalar, tugunlar, yoʻllarda oʻtish egriligi boʻlmasligi kerak.
68. Tramvay yoʻllari qismlarining uzunligi quyidagilardan oshmasligi kerak:
nishabligi 30 ‰ — 700 m;
nishabligi 40 ‰ — 500 m;
nishabligi 50 ‰ — 350 m;
nishabligi 60 ‰ — 250 m.
69. Radiusi 100 m dan kam boʻlgan yoʻlning egri hududi uchun tikligi 40 ‰ dan ortiq boʻlgan boʻylama qiyaliklardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
70. Siqiq sharoitlarda tramvay yoʻllarini rekonstruksiya qilishda peregonlarning toʻgʻri hududlari uchun boʻylama qiyalik tikligini 90 ‰ gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda loyihada harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar nazarda tutilishi lozim.
71. Yoʻlning egri hududlari uchun toʻgʻri uchastkalar uchun qabul qilingan maksimal ruxsat etilgan boʻylama qiyalikni, egri chiziqdan qoʻshimcha qarshiligiga teng quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanuvchi qiymatga i, ‰ kamaytirish kerak:
i = 500/R
Bu erda:
R — egrilik radius, m.
i = 480/R (1435 mm izlar uchun),
i = 350/R (1000 mm izlar uchun).
72. Boʻylama kesimni uzun elementlar bilan loyihalanilishi, biroq tezyurar tramvaylar uchun kamida 50 m va oddiy tramvay yoʻllari uchun 35 m boʻlishi kerak.
73. Tugunlarda boʻylama kesimni kam uzunlikdagi elementlar bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
74. Yoʻlning ikkita yonma-yon elementlari boʻylama qiyaligi qiymatining algebraik farqi 60 ‰ dan oshmasligi kerak.
75. Mustaqil koʻtarmada joylashgan tramvay yoʻllarining boʻylama kesimi yonma-yon toʻgʻri chiziqli elementlarini birlashtiruvchi qiyaliklari qiymatining algebraik farqi oddiy tramvay yoʻllari uchun 7 ‰ dan va tezyurar tramvay yoʻllari uchun 5 ‰ dan ortiq boʻlganda qiyaliklarni radiusi quyidagilardan kam boʻlmagan vertikal egrilik bilan biriktirish lozim:
tezyurar tramvay yoʻllari uchun:
peregonlarda — 3000 m;
toʻxtash joylari yaqinida — 2000 m;
oddiy tramvay yoʻllari uchun — 500 m.
76. Siqiq sharoitlarda tezyurar tramvay yoʻllarining vertikal egrilik radiusini peregonlarda 1500 m gacha va toʻxtash joylari yaqinida — 500 m gacha kamaytirish lozim.
77. Koʻchaning qatnov qismi bilan bir sathda yoki maxsus koʻtarmada joylashgan tramvay yoʻllari boʻylama kesimining yonma-yon toʻgʻri chiziqli elementlarini vertikal egriliklar bilan tutashtiriladi, unda radiuslarini ShNQ 2.07.01-03 asosan birlashadigan egriliklarning algebraik qiymatlariga koʻra qabul qilinishi kerak.
78. Turli tomonga yoʻnaltirilgan vertikal egriliklar orasida 10 m dan kam boʻlmagan uzunlikda toʻgʻri oʻrnatmalar boʻlishi lozim.
79. Bir tomonga yoʻnaltirilgan vertikal egriliklar orasida toʻgʻri oʻrnatmalar oʻrnatilmasligi kerak.
80. Vertikal egrilikni asosan oʻtish egriligidan tashqarida, shuningdek koʻpriklar oraliq qurilmalari, yoʻl oʻtkazgichlar va yoʻlning ballastsiz harakat qismidagi estakadalardan tashqarida loyihalash lozim.
Bunda, boʻylama kesimning sinish nuqtasi koʻpriklar oraliq qurilmalari, yoʻl oʻtkazgichlar va yoʻlning ballastsiz harakat qismidagi estakadalarning oxiridan vertikalik ergilik tangensi qiymatidan kam boʻlmagan holda joylashishi kerak.
81. Hudud yoki depo binosining darvozasidan rejadagi yoʻlning egri chiziqli qismi boshlanishigacha boʻlgan masofa vagon hisobiy uzunligidan kam boʻlmasligi zarur.
82. Yoʻlning boʻylama kesimining sinish nuqtalarini oʻtish egriligi chegarasidan tashqarida joylashtirish lozim.
Siqiq sharoitlarda va yoʻlning boʻylama kesimi sinishdagi qiyaliklarini yumshatish uchun chiziq rejasidan qatʼiy nazar boʻylama kesimining sinish nuqtalarini joylashtirish kerak.
83. Stryelkali oʻtkazgichlar va berk kesishishlar chegarasida boʻylama kesimning sinishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
84. Tramvay yoʻllarining elektrlashtirilmagan temir yoʻllar bilan kesishadigan joylarini bir sathda boʻylama kesimi 2,5 ‰ dan oshmagan va yonma-yon vertikal ergilik orasida kamida 15 m uzunlikdagi maydonchalarda joylashtirilishi, bunda kesishmaga yaqinlashayotganda tramvay yoʻlining boʻylama qiyalik qiymati 50 m uzunlikda, 30 ‰ dan ortiq boʻlmasligi kerak.
85. Stryelkali oʻtkazgichlarni va berk kesishishlarni vertikal egrilik chegaralaridan tashqarisida, qiyaligi quyidagilardan ortiq boʻlmagan hududlarda joylashtirish lozim:
stryelkali oʻtkazgichlar — 30 ‰;
berk kesishishlar — 10 ‰.
86. Siqiq sharoitlarda stryelkali oʻtkazgichlar va berk kesishishlarni 2000 m dan kam boʻlmagan vertikal egrilik radiusi doirasida joylashtirish kerak.
87. Toʻgʻri qismlarda relslarni joylashtirishda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
yoʻl qoplamasiga ega boʻlmagan yoʻllar uchun, shuningdek stryelkali oʻtkazgichlar va berk kesishishlar doiralari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalarda hamda tonnellarda yer osti yoʻlaklarida — bir sathda;
yoʻl qoplamiga ega boʻlgan yoʻllar uchun — suv chetlatish qurilmasi tomoniga 7 ‰ boʻylama qiyalikda.
88. Tramvay yoʻlning egri hududlari koʻchalar (yoʻllar) kesishmalarida joylashtirilganda ichki egrilikning tashqi rels kallagi va tashqi egrilikning ichki relsi bir xil darajada yoki kesishuvchi koʻchalar (yoʻllar) koʻndalang kesimining umumiy qiyaligida loyihalashtirilishi kerak.
89. Yoʻlning egri qismlari uchun tashqi rels kallagining ichki rels kallagidan balandligi qiymati quyidagi 7, 8-jadvallar boʻyicha hamda 1000 mm izli yoʻllar 9-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
7-jadval
Egrilik radiusi
(m)
Ruxsat etilgan eng katta tezlik (km/h)
Hisobiy tezlikda, km/h tramvayning tezk�r yoʻllarida tashqi rels kallagining balandligi (mm)
80
70
60
50
40
200
40
-
-
-
-
55
300
50
-
-
-
100
65
400
60
-
-
100
80
50
600
70
-
100
75
50
35
800
80
100
75
55
40
25
1000
80
90
60
45
30
20
1500
80
65
45
35
20
15
2000
80
40
30
25
15
10
“-” — berilgan tezlik bilan harakatlanish yoʻl qoʻyilmaydi.
8-jadval
Ergilik radiusi (m)
Oddiy tramvay yoʻllari uchun tashqi rels kallagining balandligi (mm)
100 gacha
70
100 dan yuqori 200 gacha
50
200 dan yuqori 500 gacha
40
500 dan yuqori 1000 gacha
30
9-jadval
Ergilik radiusi (m)
1000 mm izli oddiy tramvay yoʻllari uchun tashqi rels kallagining balandligi (mm)
100 gacha
40
100 dan yuqori 200 gacha
30
200 dan yuqori 500 gacha
25
500 dan yuqori 1000 gacha
20
90. Koʻchalarning qatnov qismida, chorrahalarda va kapital turdagi yoʻl qoplamali hududlarda joylashgan yoʻlning egri qismlarida tashqi rels kallagining balandligi qiymatini 50 foizga ga kamaytirish kerak.
91. Vagonlar harakatining qiyin sharoitlari uchun tashqi rels kallagining balandligi izlar oraligʻi 1524 mm va 1435 mm boʻlgan yoʻllar uchun quyidagi 10-jadvalga muvofiq olinishi kerak.
10-jadval
Ergilik radiusi (m)
Yoʻllarni joylashishida vagonlarning siqiq sharoitlardagi harakatida tashqi rels kallagining balandligi (mm)
Yoʻlning harakat qismi bilan bir sathda
Murakkab yoki mustaqil grunt koʻtarmasida
50 gacha
100
150
50 dan yuqori 100 gacha
80
120
100 dan yuqori 250 gacha
60
90
250 dan yuqori 500 gacha
40
40
500 dan yuqori 1000 gacha
30
30
92. Vagonlar harakatining qiyin sharoitlari uchun tashqi rels kallagining balandligi izlar oraligʻi 1000 mm boʻlgan yoʻllar uchun quyidagi 11-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
11-jadval
Ergilik radiusi (m)
1000 mm izli yoʻllarni joylashishida vagonlarning qiyin sharoitlardagi harakatida tashqi rels kallagining balandligi (mm)
50‰ dan ortiq qiyalikdan tushishlari va koʻtarilishlari (istalgan uzunlikda);
35‰ dan ortiq qiyalikdan davomli (200 m ortiq) uzunlikda tushishlar va koʻtarilishlar;
35‰ dan ortiq pasayishlardan keyin joylashgan yoʻllarning radiusi 75 m kam boʻlgan egri hududlari.
94. Tashqi rels kallagi balandligining chetlatishni oʻtish egriligi uzunligiga u boʻlmaganda esa aylanma egrilikka tutashuvchi toʻgʻri qismida joylashtirilishi, bunda tashqi rels kallagining balandligini chetlatish qiyaligi 5‰ dan ortiq boʻlmasligi kerak.
3-§. Kesishuvlar, tutashuvlar, toʻxtash va joʻnab ketish joylari
95. Tezyurar tramvay yoʻllarining shahar yoʻllari va koʻchalari, yer ustidagi metropoliten yoʻllari, piyoda oqimi, shuningdek boshqa tramvay yoʻllari bilan kesishishlarini turli sathlarda boʻlishi kerak.
96. Harakatning kichik oʻlchamlarida qurilishning birinchi navbati uchun kesishuvlarni bir sathda loyihalash kerak.
Bunda, kesishuvlarni toʻxtash joylari mintaqalarida joylashtirilishi hamda zaruriy koʻrinish, tramvay vagonlarining kesishuvlardan oldin toʻxtash imkoniyati taʼminlanishi lozim.
97. Oddiy tramvay yoʻllarining I, II va III toifali avtomobil yoʻllari bilan kesishishlari, shuningdek magistral yoʻllar hamda tezyurar va uzluksiz harakatli shahar koʻchalari bilan kesishlarini turli sathlarda loyihalash lozim.
98. Oddiy tramvay yoʻllarining boshqa toifalardagi yoʻllar va koʻchalar bilan kesishishlarini bir sathda loyihalanilishi, bunda kesishishlar burchagi 60° dan kam boʻlmasligi kerak.
99. Tramvay yoʻllarini temir yoʻlning umumiy tarmoqlari, tashqi shoxobcha yoʻllari va elektrlashtirilgan ichki shoxobcha yoʻllari bilan kesishishlarini turli sathlarda loyihalash kerak.
100. Tramvay yoʻllarni sanoat korxonalarining elektrlashtirilmagan ichki shoxobcha yoʻllari bilan kesishishlarini bir sathda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, kesishish joylarida oʻzaro koʻrinish taʼminlangan boʻlishi, kesishish burchagi 45° dan kam boʻlmasligi lozim.
101. Tramvay yoʻllarining berk kesishuvlarini toʻgʻri qismlarda 45° dan kam boʻlmagan burchak ostida joylashtirilishi, bunda egri chiziqli kesishuvlarni loyihada belgilanishi kerak.
102. Tezyurar tramvay yoʻllarining tarmoqlangan joylarini, ularga tutashuvchi xizmat yoʻllarini va boshqa tramvay yoʻllarini toʻxtash joyi platformasining eng yaqin chekkasidan 40 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
103. Oddiy tramvay yoʻllarida stryelkali oʻtkazgichlarni peregonlarda relssiz transport harakati yoʻllaridan tashqarida yotqizish kerak.
104. Turli tomonga yoʻnaltirilgan ikki stryelkali oʻtkazgichlarning romli rels birlashadigan joylari orasida uzunligi quyidagidan kam boʻlmagan toʻgʻri oʻrnatma boʻlishi lozim:
tezyurar yoʻllarda — 15 m;
oddiy yoʻllarda — 10 m;
siqiq sharoitlarda — 6 m.
105. Toʻxtash joylari orasidagi masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
oddiy tramvay yoʻllari uchun — 400 dan 600 gacha;
tez yurar tramvay yoʻllari uchun:
bino va inshootlar qurilgan hududlar doirasida — 800 dan 1200 gacha;
bino va inshootlar qurilgan hududlar doirasidan tashqarida — 1500 va dan ortiq.
106. Toʻxtash joylari oraligʻidagi masofani qoʻshni toʻxtash joylarining ogʻirligini taqsimlash maqsadida 200 m dan kam boʻlmagan masofaga kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
107. Toʻxtash joylarini chorrahagacha 20 m da joylashtirish lozim.
108. Toʻxtash joylari va razyezdlarning boʻylama qiyaligi 30 ‰ ortiq boʻlmagan yoʻlning toʻgʻri qismida joylashtirish lozim.
109. Siqiq sharoitlarda toʻxtash joylarini radiusi 100 m dan kam boʻlmagan egri chiziq ichki qismlarida hamda toʻxtash joylarini 40 ‰ gacha boʻylama qiyalikga ega boʻlgan yoʻllarda joylashtirishga, 1000 mm izli yoʻllar uchun esa 33 ‰ gacha boʻylama qiyalikdagi yoʻllarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
110. Toʻxtash joylarida yoʻlovchilar uchun soyabonli bekatlar loyihalanishi, ular nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa guruhlari uchun qulay qilib joylashtirilishi kerak.
111. Bekat maydonchalarini yoʻlning qatnov qismi bilan bir sathda yoki rels kallagining yuqorisidan (30 sm dan ortiq emas) joylashtirish kerak.
112. Maxsus yoki mustaqil koʻtarmada joylashtirilgan yoʻllardagi bekat maydonchalari qattiq qoplamga ega boʻlishi kerak.
Tramvay yoʻllari koʻchaning qatnov qismi bilan bir xil sathda joylashganda, bekat maydonchalari markirovka chiziqlari bilan belgilangan boʻlishi lozim.
113. Bekat maydonchasining uzunligi vagonning hisobiy uzunligidan 5 m koʻproq qilib loyihalanilishi, bunda uning eni yoʻlovchilarning hisobiy soniga koʻra aniqlanishi, biroq 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
114. Yer osti yoʻlaklarida, shuningdek piyodalar oʻtish joylariga zinapoyalardan chiqishlar mavjud boʻlsa, bekat maydonchasining eni 3 m dan kam boʻlmasligi lozim.
115. Bekat maydonchasining koʻndalang kesim qiyaligini 10 — 15 ‰ ga boʻlishi va tramvay yoʻli izidan boshqa tomonga yoʻnaltirilgan holda loyihalash kerak.
116. Tramvay qatnovi yoʻlining oxirgi bekatlari quyidagilarga boʻlinadi:
maʼmuriy-tarmoqlanish yoʻllari, xizmat koʻrsatish va sanitariya inshootlariga;
texnik yoʻllar — yoʻlovchilar uchun oʻtirish joylari va harakatning muntazamligini nazorat qilish uchun moslamalarga ega yoʻllarga.
117. Oxirgi bekatlarda yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun ajratilgan mustaqil maydonchalar boʻlishi kerak.
118. Tramvaylarning oxirgi bekatlarida qabul qilish, joʻnatish, oʻtish yoʻllaridan tashqari vagonlarni taʼmirlash uchun va poyezd xizmatchilari guruhlari hamda vagonlarni tushlik tanaffus vaqtida zaxirada turishi uchun yoʻllar loyihalanilishi lozim.
119. Oxirgi taqsimlagich bekatlari, navbatchi va poyezd xizmatchilari guruhlari, yoʻl ishchilari, yoʻnalish boshliqlari uchun xonalar, yoʻl ishchilarining asboblar va ashyolar saqlash uchun xonalar, shuningdek poyezd xizmatchilari va yoʻl xodimlari uchun dam olish va ovqatlanish xonalarga ega boʻlishi kerak.
120. Tezyurar tramvay yoʻllarida, SMB, avtomatika hamda aloqa qurilmalari uchun xonalarni loyihalanilishi lozim.
121. Siqiq sharoitlardagi oddiy tramvay yoʻllarining oxirgi bekatlarida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarish, shuningdek tramvaylar vagonlarini haydash hamda taʼmirlar uchun alohida maydonchalarni loyihalamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
122. Bir izli yoʻllardagi razyezdlar orasidagi masofani hisob-kitoblar orqali aniqlanishi ular yoʻlning bekatlari bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
123. Razyezd yoʻllarining foydali uzunligini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
bir vaqtning oʻzida razyezdda qabul qilinuvchi tramvay vagonlarining soni va turini;
poyezdlar (vagonlar) orasidagi masofa 2 m ga teng boʻlishini;
yoʻl mashinalari va vagonlar turishi mumkinligini.
124. Bir taraflama harakatlanuvchi tarkibda 10 km dan ortiq uzunlikdagi tramvay yoʻllarida har qaysi 5 — 8 km da vagonlar aylanishi uchun halqalar boʻlishi hamda harakatlanayotgan tramvay yoʻllarida esa har 2-3 kmda halqalar loyihalanilishi kerak.
4-§. Grunt koʻtarmasi va suv chetlatgichlar
125. Tramvay yoʻllari grunt koʻtarmasini quyidagicha loyihalash kerak:
poydevor chuqur (kotlovan) koʻrinishida — yoʻlning harakat qismi yoki grunt koʻtarma bilan bir sathdagi koʻchalar va maydonlarda joylashgan chuqurlashtirilgan ballast qatlamli yoʻllar uchun;
toʻkma yoki kamgak (viemka) koʻrinishida — ochiq ballast qatlamli mustaqil grunt koʻtarmada joylashgan yoʻllar uchun.
126. Poydevor chuqurining kengligini bir izli yoʻllar uchun shpallar uzunligi va ikkita 0,15 m dan shpallar cheti va poydevor chuqurligi orasidagi tirqishlar kengligiga teng, ikki izli yoʻllar uchun esa bundan tashqari yonma-yon yoʻllar oʻqlari orasidagi masofani ham inobatga olgan holda loyihalash lozim.
127. Ikki izli yoʻllarning egri hududlardagi chuqur kengligini kengaygan yoʻl oraligʻi qiymatiga kattalashtirish kerak.
128. Peregonlarning toʻgʻri hududlaridagi ikki yoʻlli tramvay yoʻllarining kengligi quyidagicha boʻlishi lozim:
oddiy tramvay yoʻllari quyidagicha joylashganda:
yoʻl oraligʻida tutashuv tarmoqlarining tayanchlari boʻlmaganda koʻchaning qatnov
qismi bilan bir sathda — 7,0 m;
koʻtarmalarda — 8,8 m;
bekat maydonchalarini inobatga olgan holda — 10,0 m;
tezyurar tramvay yoʻllarida — 10,0 m;
bir izli tramvay yoʻllarida — 3,8 m.
129. Toʻkma va kamgak (viemka) koʻrinishidagi 1524 mm izli tramvay yoʻllarining mustaqil grunt koʻtarmalarini mazkur ShNQ hamda ShNQ 2.05.01-19 talablariga muvofiq loyihalashtirish kerak.
130. Tramvay yoʻllarining toʻgʻri qismlaridagi mustaqil grunt koʻtarmaning eni quyidagi 12-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlardan kam boʻlmasligi lozim.
12-jadval
Grunt koʻtarma turi
Gruntdan foydalanilganda, yoʻlning toʻgʻri qismidagi mustaqil grunt koʻtarma kengligi (m)
Loyli va selgimaydigan mayda hamda changsimon qumlar
Yiriq sinuvchan qoyali va selguvchai qumli
Bir izli
5,5
5,0
Ikki izli, yonma-yon yoʻllarning oʻqlari orasidagi masofa, quyidagicha boʻlganda (mm):
3200
8,8
8,2
3700
9,3
8,7
4100
9,7
9,1
131. Egri qismdagi bir izli grunt koʻtarma kengligini egrilikning tashqi tomonidan kattalashtirish lozim:
radiusi 650 — 2000 m boʻlganda — 0,1 m ga teng;
radiusi 110 — 600 m boʻlganda — 0,2 m ga teng;
radiusi 100 m va undan kam boʻlganda — 0,3 m ga teng.
Ikki izli qismlar kengligini ikki yoʻl oraligʻining kengaytirilgan qiymatiga kattalashtirish kerak.
132. Drenajlanmagan gruntlardan foydalanilganda grunt koʻtarmalar yuqori qismining koʻndalang koʻrinishini teng asosga ega boʻlgan uchburchak koʻrinishida va 30-40 ‰ qiyalikda suv chetlatgich qurilmalari tomoniga yoʻnaltirilgan qiyaliklar shaklida loyihalashtirish lozim.
Drenajlangan gruntlardan foydalanilganda grunt koʻtarmasining yuqori qismini gorizontal ravishda loyihalashtirish zarur.
133. Maxsus grunt koʻtarmada yoki selgimaydigan gruntlardagi yoʻlning harakat qismi joylashgan yoʻllar asosidan suv chetlatishni poydevor chuquri chekkasida yoki iz oraligʻidagi oʻqlar boʻyicha 5‰ dan kam boʻylama qiyaliklarga ega boʻlgan sizov suv drenajlari bilan taʼminlanishi, 30‰ dan yuqori boʻlgan boʻylama qiyaliklarda boʻylama oʻrniga oraligʻi 50 m dan ortiq boʻlmagan koʻndalang drenajlar loyihalanilishi kerak.
134. Drenajlanmagan gruntlarda poydevor chuquri (kotlovan) tubining koʻndalang qiyaligini 20 — 30 ‰ ga teng qilib qabul qilinadi va drenaj tomonga yoʻnaltirilishi lozim.
Drenajlangan gruntdagi chuqur (korito) tubini gorizontal ravishda loyihalash kerak.
135. Tekshirish drenaj quduqlarini 40-50 m oraliqda, shuningdek boʻylama kesimning singan hamda yoʻnalishning oʻzgargan yoki quvur diametri oʻzgargan joylarda loyihalash kerak.
136. Drenaj quduqlaridan suvning shahar drenaj tarmoqlariga chiqarilishini 200 m oraliqdan kam boʻlmagan holda va boʻylama kesimning singan past joylarida diametri kamida 200 mm boʻlgan quvurlar orqali taʼminlanishi, bunda quvurning boʻylama qiyaligi 20 — 50 ‰ ga teng boʻlishi kerak (siqiq sharoitlarda — 10 ‰ dan kam boʻlmasligi).
137. Yoʻllar va stryelkalar suv qabul qiluvchi qutilaridan suvlarni chetlatishni diametri 150 mm dan kam boʻlmagan quvurlar orqali taʼminlanishi lozim.
138. Oqova suvlar tarmoqlari boʻlmaganda relyefning pasaygan joylariga, shuningdek suv shimuvchi quduqlarga loyihalashda yer osti suvlarini ifloslanishidan muhofazalash choralari koʻrilgan holda suv chiqarishga yoʻl qoʻyiladi.
139. Mustaqil grunt koʻtarmada joylashgan yoʻllardan yer ustki suvlarini chetlatishni ariqlarda, suv chetlatgich va togʻli zovurlarda hamda koʻndalang tarnovlar orqali amalga oshirilishi lozim.
140. Toʻkma yon-bagʻir qiyaligining tagligi va suv chetlatgich zovurining cheti orasidagi berma kengligi kamida 2 m boʻlishi lozim.
141. Bir izli tramvay yoʻllarini loyihalashda suv chetlatgich qurilmalarini ikkinchi yoʻlning grunt koʻtarmasini sigʻdirishni hisobga olgan holda joylashtirish kerak.
142. Rejalashtirilgan hududlarda joylashgan tramvay yoʻllari uchun togʻli zovurlarning, boʻylama va koʻndalang suv chetlatgich zovurlarning koʻndalang kesim oʻlchamlarini suv sarfining 10 foizga ortishini hamda rejalashtirilmagan hududlarda joylashgan yoʻllar uchun togʻli zovurlar suv sarfining 5 foizga ortish ehtimoliga muvofiq aniqlash lozim.
143. Yoʻl qoplamalarini quyidagi grunt koʻtarmalarda joylashgan tramvay yoʻllarida loyihalash lozim:
aralash grunt koʻtarmada;
maxsus va mustaqil qumli ballast grunt koʻtarmada turar joy obyektlari doirasida, shuningdek 50 ‰ dan ortiq boʻylama qiyalikda (temir beton plitalar va asfalt betondan tashqari);
maxsus va mustaqil grunt koʻtarmada chaqiq tosh toʻshamali toʻxtash joylari chegarasida, kesishmalar hududi va piyodalar oʻtish joylari doirasida;
temir yoʻl relslari R65; R50 i R43 (GOST R 51685-2022).
149. Izlar oraligʻi 1000 mm boʻlgan yoʻllar uchun GOST 6368-82ga muvofiq tor izli yoʻl relslaridan foydalanish kerak.
Peregonlar va tramvay yoʻllarining alohida hududlaridagi rels iplari qurilish maydonchasi chegaralarida bir xil turdagi relslardan yotqizilishi lozim.
150. Radiusi 400 m dan kam, biroq 200 m va undan dan ortiq boʻlgan egriliklarda novsimon relslar yoki temir yoʻl turidagi relslarni cheklovchi relslar bilan ichki va ikkala temir yoʻl iplari boʻylab qoʻllanilishi kerak.
151. Radiusi 200 m va undan kam boʻlgan egriliklarda, shuningdek yoʻl oʻtkazgichlarda, koʻpriklarda va balandligi 2 m ortiq boʻlgan toʻkmalarda kuchaytirilgan labli (guba) tramvay relslari yoki novsimon boʻlmagan, ipning ikki taraflamasiga cheklov relslari (kontrrels) oʻrnatilgan relslardan foydalanish kerak.
152. Cheklovchi rels (kontrrels) sifatida GOST R 55497-2013ga muvofiq yoʻllarga yotqizilgan relslarning markalariga qarab, maxsus profilli relslardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Cheklovchi relslar (kontrrels)ning mahkamlash joylari relslar va cheklovchi relslar (kontrrels) ishlatilayotganda boʻshliqlarni taʼmirlash lozim.
153. Stryelkali oʻtkazgichlarda ramkali, oʻtkir, cheklovchi relslar (kontrrels) GOST 33535-2015ga ishlatilishi zarur.
154. Yoʻllarning maqsadi grunt koʻtarmasining joylashishiga koʻra relslarni quyidagi 13-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
13-jadval
Yoʻl qismlari
Tramvay relslarining turlari
Tramvayning oddiy yoʻllari
Tezyurar tramvay yoʻllari
Depo, manzilgohlar, taʼmirlash zavodlari
Aralash grunt koʻtarmada (yoʻl qoplami bilan)
Maxsus grunt koʻtarmada (yoʻl qoplamisiz)
1
2
3
4
5
Toʻgʻri va 400 mm dan ortiq radiusli egrilik
Tv60
R50
R65; R50
Yangi yoki eski yilgi Tv60; R50; R43
20 ‰ dan kam boʻylama qiyalikda 200 dan 400 gacha radiusli egrilik
Tv60
R50
Tv60, shuningdek yogʻoch shpallarda R65 yoki R50 rels qaytargichlari R50 yoki R43 ikkala shkala boʻyicha
Tv60, shuningdek yogʻoch shpallarda R65 yoki R50 rels qaytargichlari R50 yoki R43 ikkala shkala boʻyicha
20 ‰ dan ortiq
Tv65
TV65, shuningdek ichki iz boʻyicha rels qaytargich R50 yoki R43 yogʻoch shpallarda R50
TV65, shuningdek ichki iz boʻyicha rels qaytargich R50 yoki R43 yogʻoch shpallarda R50
TV65, shuningdek ichki iz boʻyicha rels qaytargich R50 yoki R43 yogʻoch shpallarda R50
20 ‰ dan kam boʻylama qiyalikda 75 dan 200 m gacha radiusli egrilik
Tv65
Tv65
-
Tv65
20 ‰ dan ortiq
Tv65
Tv65,
ikkala iz boʻyicha
-
Tv65,
ikkala iz boʻyicha
75 m dan kam radiusli egrilik
Tv65
Tv65
-
Tv65
Koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va
2 m dan ortiq balandlikdagi grunt toʻkmalarda, stryelkali oʻtkazgichlar hamda berk kesishuvlarda
Tv65
Tv65
Tv60, shuningdek yogʻoch shpallarda R65 yoki R50 rels qaytargichli R50 yoki R43 ikkala iz boʻyicha
Yangi yoki eski yilgi Tv65, shuningdek yogʻoch shpallarda R50 rels qaytargichlar R43 ikkala iz boʻyicha
155. Depo va parklar hududlarida eski yilgi relslarni yotqizishda ularning eskiligi tramvaydan texnik foydalanish qoidalarida belgilangan meʼyordan 50 foizdan dan oshmasligi kerak.
156. Izlar kengligini quyidagi 14-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
14-jadval
Yoʻl qismlari
Izlar kengligi 1524 mm, qoʻyidagi relslarda
tarnovsimon
temir yoʻl turi
Toʻgʻri va 200 m dan ortiq radiusli egrilik
1524
1524
Egrilik radiusi, m:
76 — 200
1524
1524
26 — 75
1532
1532
21 — 25
1528
1532
20 va undan kam egrilik
1526
1532
Stryelkali oʻtkazgichlar va berk kesishuvlarda
1524
1524
156. Rels izlarining meʼyoriy kengligidan kengaygan tomonga oʻtishini oʻtish egriligi uzunligida bajarilishi kerak.
Oʻtish egriligi boʻlmaganda izlar kengayishini aylanma egrilikka tutashuvchi toʻgʻri qismda olib borilishi lozim.
157. Izlar kengayganligini chetlatish yoʻlning 1 m ga 1 mm dan oshmasligi kerak.
158. Izlar kengligi 1520 mm li temir yoʻl turidagi relslarda tezyurar tramvay yoʻllarida GOST R 54747-2011 mos shpal va mahkamlash qurilmalarini qoʻllanilgan shartlar qoʻllanilishi zarur.
159. Maxsus qismlar oraligʻidagi qisqa egriliklarda 1524 mm izlar kengligi qoʻllanilishi kerak.
160. Tramvay yoʻllari, asosan uloqsiz (choksiz) boʻlishi, uloqsiz yoʻlning haroratli-kuchlanishli tizimini temir-beton shpalli va chaqiq toshli asoslarda boʻlishi lozim.
161. Yoʻl qoplamali oddiy yoʻllarda relslarni oʻrmalarga payvandlash kerak.
Relsning oʻrma uzunligi chegaralanmaydi va faqat payvandlanmagan tugun, sunʼiy inshootlarda deformatsion (shakl oʻzgarish) choklar mavjudligida chegaralanishga yoʻl qoʻyiladi.
162. Yoʻlning qoplamasiz hududlarida yoʻl konstruksiyalari uloqsiz yoʻlga qoʻyilgan talablar bajarilmaganda, relslarni 300 — 400 m uzunlikda oʻrmalarga payvandlashga yoʻl qoʻyilishi, bunda ular harorat kompensatorlari (tenglashtirish moslamalari) bilan ajratilishi zarur.
163. Koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda va estakadalarda yotqiziluvchi rels oʻrmalarining chegaralari deformatsion (shakl oʻzgartirish) choklarining joylashishini inobatga olgan holda belgilanishi kerak.
164. Rels kallagi va cheklovchi rels (nov kengligi) orasidagi masofa 35 mm ni, cheklovchi rels (kontrrels) kallagining temir yoʻl rels kallagidan balandligi esa 10 mm ni tashkil etishi lozim.
165. Cheklovchi rels (kontrrels) uchlari egrilikka tutashuvchi toʻgʻri qismga 4 m chiqarilgan boʻlishi, bunda cheklovchi rels (kontrrels) uchida nov kengligi 60 mm dan kam boʻlmasligi zarur.
166. Yogʻoch shpallarda oʻrnatiluvchi novsimon relslarni koʻndalang yoʻl tortqichlari bilan birlashtirish kerak:
200 m dan ortiq radiusli toʻgʻri va egri hududlarda — 2,6 — 2,4 m dan keyin;
75 dan 200 m gacha radiusli egri hududlarda — 2,4 — 2,0 m dan keyin;
75 m dan kam radiusli egri hududlarda — 1,8 — 1,3 m dan keyin.
167. Yoʻllarni yigʻma temir-beton plitalar bilan qoplashda tortqichlar orasidagi masofa oʻzgartirilishi, shuningdek plitaning oʻlchamiga karrali boʻlishi kerak.
Temir-beton shpalli yoʻllarda tortqichlar oʻrnatilishi talab etilmaydi.
168. Nishabligi 20 ‰ va uzunligi 200 m dan ortiq boʻlgan qiyaliklarda joylashgan qoplamasiz, ustki tuzilmasi ochiq, qoziq mix (kostil) yoki burama mix bilan mahkamlangan yoʻllarda, ballastsiz qatnov qismli koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarga yaqinlashishda yoʻlning boʻylama kesimi va yoʻl rejasidan qatʼiy nazar hamda yoʻlning siljishi mumkin boʻlgan boshqa hududlarda rels mahkamlagich (protivougon) qurilmasini oʻrnatish lozim.
169. Rels mahkamlagichlar (protivougon) sonini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi yoki namunaviy sxemalar asosida qabul qilinadi.
170. Temir-beton shpallarida yotqiziluvchi yoʻllar uchun rels mahkamlagichlarni (protivougon) oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
171. Mustaqil grunt koʻtarmada yoki qatnov qismining yon tarafidagi ajratilgan koʻtarmada joylashgan tramvay yoʻllari uchun yoʻlning tashqi tomonida 2 m dan ortiq balandlikda boʻlgan grunt koʻtarmasida muhofaza relsini (oxranniy rels) oʻrnatish lozim:
yoʻlning egri qismlarida (radius kattaligidan qatʼiy nazar) 50 ‰ dan ortiq qiyalikdan tushishda;
200 m dan kam radiusli yoʻlning egri qismlarida.
172. Muhofaza relsini (oxranniy rels) eng chetdagi harakatlanuvchi relsning chetidan 215 mm aniq masofada joylashtirilishi kerak.
173. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va ularga yaqinlashish joylarida koʻprik oraliq qurilmalari chetidan 5 m dan kam boʻlmagan masofada muhofaza relsini (oxranniy rels) oʻrnatish zarur.
174. Muhofaza rels (oxranniy rels) kallagini harakatlanuvchi rels kallagiga nisbatan ± 15 mm ruxsat bilan oʻrnatish lozim.
175. Relsli yoʻlning elektr oʻtkazuvchanligi rels choklarining mustahkam va ishonchli mahkamlanganliklari, shuningdek GOST 9.602-2016ga muvofiq keladigan elektr ulanishlari bilan taʼminlanishi kerak.
176. Rels osti asosi sifatida ballastga yotqiziluvchi (egiluvchan asos) temir-beton va yogʻoch shpallarni qoʻllash lozim.
177. Ballast qatlami ostida yigʻma temir-beton konstruksiyalar yoki monolit beton asoslari (yarim qattiq asos) boʻlishi kerak.
178. Koʻpriklarda, estakadalarda, yoʻl oʻtkazgichlar va yer osti yoʻlaklarida ballastsiz (qattiq) betonli rels osti asoslarini qoʻllanishi lozim.
179. Tramvay yoʻllarini chaqiq toshli ballastlarda 60 ‰ dan ortiq boʻylama qiyalikda va shagʻal va qumli ballastlarda 40 ‰ dan ortiq qiyalikda joylashganida yoʻl asosida yigʻma temir-beton va quyma beton konstruksiyalar qoʻllanilmasligi zarur.
180. Temir-beton tramvay shpallarini GOST 21174-75 muvofiq yoʻlining toʻgʻri va 20 m hamda undan ortiq radiusli egri uchastkalaridagi chaqiq toshli asoslarda rels turlari Tv6O, R65, R50, R43 boʻlgan qoplamasiz yoʻllarda qoʻllash kerak.
181. Temir yoʻlning temir-beton shpallaridan GOST 33320-2015 muvofiq yoʻl qoplamasiz tramvay yoʻllarida R65 va R50 tipidagi relsli, chaqiq toshli asoslarda radiusi 400 m dan ortiq boʻlgan yoʻlning toʻgʻri qismlarida, shuningdek uzunligi 200 dan 400 m gacha boʻlgan egri qismlarida, boʻylama qiyaligi 20 ‰ dan kam boʻlganda foydalanish kerak.
182. Temir-beton shpallarda yoki boshqa temir-beton konstruksiyalarda yotqiziluvchi yoʻllarda egiluvchan qistirmalar (egiluvchanligi meʼyoriy yoki ortiq boʻlgan) va rels siqilishining egiluvchan elementlarini hisobga olish lozim.
183. Alohida mahkamlash konstruksiyalardagi egiluvchan qistirmalarni biriktirishlar rels tagligi va qistirma orasida, shuningdek qistirma va shpallar orasida oʻrnatilishi, ajralmaydigan konstruksiyalarda esa rels tagligi va shpallar orasida boʻlishi kerak.
184. Relsni qistirmaga yoki shpalga egiluvchan siqishni prujina yoki qattiq qisqich orqali amalga oshirilishi zarur.
185. Qattiq qisqichlarda ikki yoqlama shaybalardan GOST 21797-14ga muvofiq foydalanish lozim.
186. Izlar oraligʻi 1524 mm va 1435 mm boʻlgan yoʻllarda antiseptiklar bilan shimdirilgan, elektr toki oʻtkazmaydigan hamda GOST 78-2014 talablariga muvofiq yogʻoch shpallarni quyidagicha qoʻllanilishi lozim:
I va II turli — tramvayning tezyurar va oddiy yoʻllarida;
III turli — yuk tashuvchi va xizmatga, shuningdek depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida joylashgan yoʻllarda.
187. Izlar oraligʻi 1000 mm boʻlganda yogʻoch yoki temir-beton shpallaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
188. Temir-beton shpalli va yuqori qoplamasi katta oʻlchamdagi temir-beton plitali boʻlgan tramvay yoʻllarining toʻgʻri va egri qismlarida P65 temir yoʻl relslaridan foydalanish kerak.
189. Shpallar sonini 1 km yoʻlga quyidagicha boʻlishi lozim:
tezyurar tramvay yoʻllarining toʻgʻri qismlari va radiusi 1200 m va undan ortiq egri qismlari uchun — 1680 m, 1200 m dan kam radiusli egri qismlarda — 1840 m;
oddiy tramvay yoʻllari uchun — 1680 m;
yuk tashuvchi, xizmatchi, shuningdek depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan yoʻllar uchun — 1440 m.
190. Stryelkali oʻtkazgichlar va kesishlar doirasidagi shpallar sonini namunaviy epyuralar boʻyicha qabul qilish zarur.
191. Ballast sifatida quyidagilarni inobatga olish lozim:
tabiiy toshlardan chaqiq tosh (GOST 7392-2014);
xarsang toshlar va mayda toshlardan chaqiq tosh (GOST 7392-2014);
xandaq toshlari (GOST 7394-85);
qumlar (GOST 8736-2014).
192. Tabiiy toshli chaqiq toshlarni qurilish ishlari uchun, metallurgiya shlaklaridan chaqiq toshlarni, maydalab-saralash ishlab chiqarish chiqindilarini, shuningdek ballastga mahalliy materiallarni GOST 8267-93 ga muvofiq qoʻllash kerak.
193. Yoʻlning toʻgʻri qismidagi shpallar ostidagi ballast qatlamining qalinligini (shibbalangan holatda) quyidagi 15-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
15-jadval
Yoʻllar
Grunt koʻtarma qurish uchun undan foydalanilganda, yoʻlning toʻgʻri qismidagi shpal osti ballast qatlami qalinligi (sm)
Loyli va singmaydigan mayda hamda changsimon qumlar
Yirik sinuvchan qoyali va singuvchan qumli
Chaqiq toshli ballast
Ballastning boshqa turlari
Ballastning barcha turlari
Tramvay:
tezyurar
20 (10)
30
20
oddiy
15 (10)
25
15
Yuk tashuvchi, xizmatchi, shuningdek taʼmirlash ustaxonalar (zavodlar) hududida joylashgan
-
15
15
Izoh: qavs ichida qumdan, metall shlakdan, yogʻochli, qum-loy qorishmasi yoki chigʻanoqli toʻshama qatlamining qalinligi keltirilgan.
194. Yarim qattiq konstruksiyalardagi rels osti asoslarining ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
195. Yoʻlning qatnov qismi bilan bir sathda joylashgan tramvay yoʻllari shuningdek, yoʻldan oʻtishlarda, shpal ostidagi ballast qalinligini 3 sm ga oshirish lozim.
196. Yoʻlning egri qismlaridagi ballast prizmasini toʻgʻri qismi uchun belgilangan ichki rels osti ballast qalinligini saqlanganda tashqi rels yuqorilashishini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
197. Mustaqil grunt koʻtarmada joylashgan yoʻllar uchun ballast prizmasi yon bagʻiri tikligini ballast materiallarining barcha turlari uchun 1:1,5 va toʻshama qatlami uchun 1:2 tikligida loyihalash lozim.
198. Ballast prizma yelkasining kengligi (shpal yonidan prizma chetigacha) 25 sm, 600 m dan kam radiusli yoʻlning egri qismida esa tashqi tomondan — 35 sm boʻlishi kerak.
199. Yoʻl qoplamasiz yoʻllar uchun ballast prizmaning yuqori yuzasi yogʻoch shpal yuqori sirtidan 3 sm, quyi va temir-beton shpalning oʻrta qismi yuqorisi bilan bir sathda boʻlishi zarur.
200. Yangi liniyalarning asosiy yoʻllarida egiluvchan va aylanadigan uchlari boʻlgan stryelkali oʻtkazgichlardan foydalanish kerak.
201. Xochlar (krestovinalar) temir yoʻl izlarining poyezdni bir yoʻldan boshqa yoʻlga oʻtkazib yuboradigan qismidan foydalanilganda qoʻllanilishi lozim:
bandaj orqali oʻtish yoʻllarida;
gʻildirakning yon gardishi (reborda)ga chiqishida;
egri chiziqlarda.
202. Yangi yoʻllarni qurishda va rekonstruksiya qilishda asosan ikki qirrali stryelkalardan foydalanish lozim.
203. Tugunlardagi maxsus qismlarni (stryelkali oʻtkazgichlar va berk kesishuvlar) asosan quyma stryelkalar va yuqori marganssimon poʻlatli xoch (krestovina)lar bilan qoʻllash lozim.
204. Yigʻma yoki yigʻma payvandlangan maxsus qismlarni harakatning kam tezlikli yoʻllarida, yuk tashish va xizmatchi, shuningdek depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida joylashgan yoʻllar uchun loyihalash kerak.
205. Yoʻnaltirgich oʻtkazgichlarni egrilik radiusi 50 va 30 m boʻlgan namunaviy epyura boʻyicha qoʻllash kerak.
206. Siqiq sharoitlarda, shuningdek yuk tashish, xizmat koʻrsatish, depo hamda taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan yoʻllarda egrilik radiusi 20 m stryelkali oʻtkazgichlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
207. Stryelkali oʻtkazgichlar xoch (krestovina)lari egri chiziqli yoki toʻgʻri chiziqli boʻlishiga yoʻl qoʻyildi.
208. Tramvay yoʻllarining maxsus qismlarini oʻtish panjaralarida yoki chaqiq toshli ballastda yogʻoch shpallarda boʻlishi, bunda stryelka va yoʻl suvlarini qabul qilgich qutilaridan suv chetlatish taʼminlanishi kerak.
6-§. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlari, estakadalar va yer osti yoʻlaklari
209. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlari va estakadalarni ShNQ 2.05.03-22 hamda mazkur ShNQ talablarini inobatga olgan holda loyihalash lozim.
210. Yer osti yoʻlaklarida tez yurar tramvay yoʻllarini loyihalashda mazkur ShNQ talablariga, shuningdek QMQ 2.05.04-97ga amal qilish kerak.
211. Barcha kichik koʻpriklardagi (uzunligi 25 m gacha), oʻrtacha koʻpriklardagi (uzunligi 25 dan 100 m gacha) va yoʻl oʻtkazgichlardagi (yaxlit plitada yoʻl qurilmasi boʻlgan koʻpriklardan tashqari) yoʻllarni qalinligi shpallar pastki qismidan suv boʻlinish nuqtalarida izolatsiya ustidagi himoya qatlamining yuqori qismigacha 25 sm (biroq 20 sm dan kam boʻlmagan) chaqiq toshli ballastda joylashtirish lozim.
212. Tramvay yoʻllari yoʻlning qatnov qismining yon tomonida joylashganida rels izlarining tashqi tomoni boʻylab koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlari va estakadalar chegarasida muhofaza moslamalarini (baland yon devor, muhofaza relslari) oʻrnatilishi kerak.
213. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va estakadalardagi relsning tenglashtirish moslamalari (muvozanatlagichlar) joylashgan yerlarni oraliq qurilish konstruksiyalari bilan bogʻlash lozim.
214. Chetki kompensatorlar deformatsion choklaridan 1,5 — 2,0 m dan yaqin boʻlmagan joyda koʻprikning chetki ustuni chegaralaridan tashqarida oʻtish plitasida joylashtirilishi kerak.
215. Oraliq harorat kompensatorlarini deformatsion choklaridan oldinga oraliq qurilmalariga harakat yoʻnalishi boʻyicha surish lozim.
216. Yer osti hududlari uchun qurilish usuli (ochiq/yopiq), tonnel turi (bir yoki ikki yoʻlli) qurilish, gidrogeologik sharoitlarga qarab hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
217. Ikkita bir yoʻlli tonnel koʻrinishidagi yer osti hududlarini tonnel ishlarini berk usulda olib borish hollarida, ikki yoʻlli tonnellar ochiq usulda ishlab chiqarilgan taqdirda loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
218. Texnik iqtisodiy asoslarga muvofiq ochiq usuldagi ishlab chiqarish ishlarini olib borilgan hollarida ajratilgan bir yoʻlli tonnellarini loyihalash kerak.
219. Bekat maydonchasining oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi lozim:
uzunligi — poyezdning hisobiy uzunligidan 5 m ortiq, biroq kamida 60 m;
kengligi — kutiluvchi yoʻlovchilar aylanishiga koʻra hisob-kitoblari boʻyicha, biroq kamida 3 m;
rels kallagining yuqori sathidan balandligi — 30 sm.
220. Koʻtarilish balandligi 4 m dan ortiq va tushish balandligi 5 m dan ortiq boʻlgan yoʻlovchilar harakatlanish marshrutlardagi bekatlar va bekatlar oraligʻidagi tushib-chiqish inshootlari eskalatorlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
7-§. Yoʻlni tartibga solish
221. Tramvay yoʻllarini loyihalashda ShNQ 2.05.02-07 talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
222. Tezyurar tramvay yoʻllari boʻylab panjarali temir-beton konstruksiyalaridan, simli toʻrlardan yasalgan toʻsiqlar oʻrnatilishi, bunda yoʻl oʻqidan toʻsiqqacha kamida 2,8 m masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Toʻsiqlarning balandligi kamida — 1 m boʻlishi lozim.
224. Piyodalar uchun xavfliligi yuqori boʻlgan quyidagi hududlarda toʻsiqlar oʻrnatilishi zarur:
toʻxtash joylaridagi yoʻl oraliqlarida;
maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, yirik doʻkonlar, umumiy ovqatlanish korxonalari va shunga oʻxshashlar atrofida.
225. Tramvay yoʻllari boʻylab avtomobil yoʻllari boʻlmagan taqdirda tramvay yoʻllariga texnik xizmat koʻrsatish uchun bir qatorli yoʻllarni joylashtirish lozim.
226. Bino va inshoot qurilgan hududlar chegaralaridagi tramvay yoʻllari yoritilgan boʻlishi, bunda maxsus tramvay yoʻllarining oʻrtacha gorizontal yoritilganligi — 6 lx dan kam, bekat maydonchasida — 10 lx dan kam boʻlmasligi lozim.
227. Koʻchaning qatnov qismida joylashgan tramvay yoʻllarining yoritilish meʼyori koʻchalarni yoritilishi QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
228. Bino va inshootlar qurilgan hududlardan tashqari peregonlar yoritilishi talab etilmaydi.
8-§. Signalizatsiyalash, markazlashtirish va bloklash
229. Xavfsizlik va harakatni tartibga soluvchi signalizatsiya moslamalari (svetoforlar, harakat tezligini chegaralovchi belgilar va boshqalar) temir yoʻl relsi kallagidan 2,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda tutashuv tarmoqlari tayanchlariga, binolar, maxsus machtalar, ustunlar yoki mustaqil kabel ustunlariga joylashtirilishi kerak.
230. Yer osti yoʻlaklaridagi tezyurar qismlarida “metro” turidagi svetoforlarni oʻrnatish kerak.
231. Signalizatsiya moslamalari elektrlashtirilgan yoki yoritilgan boʻlishi, ularning koʻrsatkichlari ushbu yoʻl uchun belgilangan maksimal tezlikda toʻliq xizmat tormozlanishi bilan hisoblangan tormoz yoʻli masofasidan kam boʻlmagan masofada yaqinlashib kelayotgan tramvay poyezddan koʻrinib turishi kerak.
Signalizatsiya moslamalari lyuminissent boʻyoqlar bilan boʻyalishi lozim.
232. Tramvay yoʻllarining bir qismida (tugunda, kesishishlarda) bir nechta signal sxemalari oʻrnatilganda ularni yoqish sxemasi signal oʻqishlarining oʻzaro bogʻlanishini va tramvay poyezdlarining qarshi yoʻnalishiga harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydigan avtomatik bloklashni oʻzaro bogʻliqligini taʼminlashi kerak.
233. Stryelkali oʻtkazgichlarini boshqarishni asosan avtomatlashtirilgan (oʻtib borayotgan poyezddan haydovchi tomonidan boshqariluvchi) yoki markazlashtirilgan (boshqaruv joyidan boshqaruvchi tomonidan masofadan telemexanik boshqaruvchi) ravishda loyihalash lozim.
234. SMB postidan yaqinlashib kelayotgan tramvay poyezdlarining yoʻnalish raqamlari va tramvay yoʻllarining barcha tugunlarini koʻrinishi taʼminlanishi kerak.
235. Yoʻlning koʻrinmas mintaqasida (tramvay deposi, taʼmirlash ustaxonalari hududlarida) joylashgan stryelkalarning markazlashgan boshqaruvi postida operatorni stryelkalar qismlarining holati va blokirovka qilingan stryelka uchastkalarining boʻshligi (bandligi) toʻgʻrisida nazorat signalizatsiyalari bilan taʼminlovchi yorugʻlik signal tablosi boʻlishi zarur.
236. Oʻtib borayotgan tramvay poyezdi tagidagi stryelkalarni almashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yoʻlning stryelkali hududlarini avtomatik blokirovka qilish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
237. Tezyurar tramvay yoʻllaridagi tramvay poyezdlari harakati xavfsizligini taʼminlash va sozlash uchun PHITS tizimi boʻlishi, yer osti yoʻlkalarida (tonnellarda) qoʻshimcha ravishda avtostopsiz avtomatik bloklash qurilmalarini va himoya hududlarini tungi vaqtda xizmatchi poyezdlar harakatini tashkil etish uchun, shuningdek PHITS qurilmasi nosoz boʻlgan poyezdlarni boshqa yoʻlga (izga) oʻtkazish imkoniyati nazarda tutilishi kerak.
238. Bloklashtirilgan qismlar bilan belgilangan chegaralangan PHITS tizimini yer osti yoʻlkalarida joylashtirilishi lozim.
239. Tramvay poyezdlarini belgilangan blokli hududlar bilan ajratib turadigan PHITS tizimi bilan jihozlangan tramvay tezyurar yoʻllarining loyihalarida PHITS tizimining asosiy elementlari boʻlib, hisoblanuvchi avtomatik toʻxtatuvchi AVS qurilmalari bilan poyezdlarni jihozlash kerak.
240. PHITS tizimlarining yoʻl qurilmalari tezyurar tramvay yoʻllarining peregonlarida poyezd harakatining ruxsat etilgan tezligi toʻgʻrisida signal buyruqlarini yoʻldan tramvay poyezdlariga yetkazishni taʼminlashi zarur.
241. Ishga tushishning birinchi bosqichida tramvay poyezdlarini AVS qurilmalari bilan jihozlamasdan zaxira PHITS tizimlaridan (yoʻl svetoforlari bilan avtomatik blokirovkalash) foydalanish lozim.
242. PHITS tizimining signal nuqtalarini joylashtirish vaqt egri chiziqlaridan foydalanilgan holda tortishish hisob-kitoblari asosida har biri yoʻl uchun grafik usul bilan bir tomonlama harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
243. Peregondagi blok-uchastkaning uzunligi AVS va avtostop qurilmalarini ishga tushirish uchun zaruriy boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda ruxsat etilgan tezlik bilan maʼlum bir joy uchun belgilangan tormoz masofasining uzunligidan kam boʻlmasligi lozim.
244. Avtomatlashtirish va telemexanika kabellaridagi zaxira simlar umumiy simlar sonining 10 foizda kam boʻlmasligi lozim, biroq kamida ikkita boʻlishi kerak.
245. Avtomatlashtirish va telemexanika qurilmalarining elektr taʼminoti I-ishonchlilik toifasi boʻyicha tortish podstansiyasidan (tyagovaya podstansiya) mustaqil quvvat manbalaridan kuchlanishi 220 V oʻzgaruvchan tok manbalaridan (izolatsiya qilingan neytralli ikki simli tizim) taʼminlanishi lozim.
246. Tezyurar yoʻllardagi PHITS tizimining metall konstruksiyalari va uskunalari asoslardan ajratilishi, boʻlgan drosel-transformatorlar korpuslaridan tashqari erga ulanishi kerak.
9-§. Tramvay va trolleybus yoʻllarining aloqa va signalizatsiyalari
247. Tezyurar tramvay yoʻllarida poyezdlar harakatini tashkil etish uchun quyidagi aloqa turlarini loyihalash lozim:
harakat boʻyicha dispetcherning telefon aloqasini;
elektr dispetcherining telefon aloqasini;
peregonlarda telefon aloqasini;
dispetcherning mobil tiklash guruhlar bilan simsiz aloqasini;
dispetcherning markaziy dispetcher bilan simsiz aloqasini.
Yer osti yoʻlkalar (tonnel) qismlarida telefon yer osti yoʻlka aloqalari QMQ 2.05.04-97 talablari boʻyicha loyihalanishi lozim.
248. Barcha turdagi telefon aloqalarining chiziqli tizimlari yagona keng qamrovli tarmoqqa birlashtirilishi kerak.
249. Tezyurar tramvay harakati boʻyicha dispetcherning telefon aloqasi bilan tezkor aloqaga zarur boʻlgan barcha abonentlar bilan taʼminlanishini loyihalash bosqichida aniqlanishi kerak:
elektr dispetcheri;
depo dispetcherlari;
yoʻl xizmatchilari, SSB va aloqalar, elektr taʼminoti;
tiklash guruhlari;
oxirgi bekatlar va yoʻnalishdagi harakatni sozlash joylari dispetcherlari (navbatchilari).
250. Tezyurar tramvay elektr dispetcherlarining aloqa zanjiriga quyidagilar kiritiladi:
tortish podstansiyalari (tyagovie podstansii);
harakat boʻyicha dispetcherlar;
taʼmirlash-tiklash guruhlari;
energiya taʼminoti xizmatlari telefonlari.
251. Elektrdispetcherining aloqa bilan taʼminlash zaruratini loyihalash bosqichida aniqlanishi kerak.
253. Peregonning aloqa bilan taʼminlanish zarurati loyihalash bosqichida aniqlanishi lozim.
254. Tezyurar tramvay yoʻllari bekatlarida va depoda yoʻlovchilar hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar axboroti uchun eʼlonlarni ovozli eshitiruvchi qurilmalar oʻrnatilishi zarur.
255. Tramvay va trolleybusning oddiy yoʻllari uchun TPSlarda, oxirgi bekatlarda, harakat boʻyicha dispetcher va elektrdispetcher xonalarida, shuningdek nosozlikni tiklash guruhlari xonalarida shahar telefon aloqasining telefon apparatlari oʻrnatilishi kerak.
256. Tramvay va trolleybus depolarini loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish kerak:
shahar telefon aloqasi;
mahalliy telefon aloqasi;
chiqarish dispetcheri uchun depo va hududi bilan ovozli aloqa;
257. Tramvay va trolleybus depolari binolarida signalizatsiyalar loyihalanilishi kerak.
5-bob. Trolleybus yoʻllari
258. Trolleybus yoʻllarini loyihalashda ShNQ 2.07.01-03, ShNQ 2.05.02-07ga muvofiq va mazkur ShNQ talablarini hisobga olgan holda loyihalashtirish kerak.
259. Yangi trolleybus yoʻllarini umumiy tarmoqning temir yoʻllari bilan tashqi va temir yoʻl shoxobcha yoʻllari bilan kesishishlarini turli sathlarda boʻlishi lozim.
260. Trolleybus yoʻllarini sanoat korxonalarining elektrlashtirilmagan ichki shoxobcha yoʻllari bilan kesishishlarini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bilan bir sathda joylashtirish kerak.
Shuningdek, trolleybus yoʻllarini kesishish burchagi kamida 45° boʻlishi lozim.
261. Trolleybus yoʻllarini aloqa hamda radio eshittirish yoʻllari bilan kesishishlari va oʻzaro yaqinlashishlari GOST 67-78 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
262. Trolleybusning tutashuv simlarining 1000 V gacha va undan yuqori boʻlgan havo elektr tarmoqlari bilan kesishishi va oʻzaro yaqinlashishi mazkur ShNQ talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
263. Trolleybusning toʻxtash joylarini boʻylama qiyaligi 40 ‰ dan ortiq boʻlmagan, chorrahadan keyin 20 m dan kam boʻlmagan masofada koʻchaning (yoʻlning) toʻgʻri qismda joylashtirish lozim.
Siqiq sharoitlarda toʻxtash joylarini radiusi 100 m dan kam boʻlmagan egri qismlarda joylashtirish kerak.
264. Toʻxtash joylarining elementlari, trolleybus toʻxtash joylarini joylashtirish, toʻxtash maydonchaning tashqi oʻlchamlari ShNQ 2.05.03-22ga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
265. Bekat maydonchalarini piyodalar yoʻlagi yoki ajratuvchi chiziqlar doirasida loyihalanilishi, ularning kengligi yoʻlovchilar soniga koʻra hisoblanishi, biroq kamida 1,5 m boʻlishi lozim.
266. Harakatlanuvchi tarkibni toʻxtatish joyidan eng yaqini yer usti piyodalar oʻtish joyigacha boʻlgan masofa 20-30 m, yer osti piyodalar oʻtish joyiga eng yaqin kirishgacha kamida 5 m boʻlishi kerak.
267. Harakatlanuvchi tarkibni toʻxtatish joyining uzunligini bir vaqtning oʻzida turgan transport vositalarining soniga qarab bitta trolleybus uchun 20 m boʻlishi zarur.
268. Bir yoʻnalishda ikki yoki undan kam qatnov qismi boʻlgan magistral koʻchalarda toʻxtash joylarini qatnov qismining kengayishiga joylashtirilishi, toʻxtash joyining kengligini 40 m dan ortiq boʻlmagan uzunlikda 3 m boʻlishi lozim.
269. Trolleybus yoʻllarining bekatlari yopiq pavilonlar yoki soyabonlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
270. Trolleybuslarni 180° aylanishi uchun zaruriy maydon yoki koʻchaning qatnov qismi kengligi kamida 28 m boʻlishi kerak.
271. Ommaviy yoʻlovchi transporti yoʻnalishlarining oxirgi toʻxtash joylarini va burilish halqalarini joylashtirishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
joylashgan hududning rivojlanishi va rejalashtirish xususiyatlari;
harakat oʻlchamlari;
transport turlarining ekspluatatsion xususiyatlari va ularning oʻzaro taʼsiri shartlari;
sanitariya-gigiyena talablari.
272. Oxirgi bekatlarda quyidagilarni boʻlishi kerak:
yoʻl harakati nazorati taʼminlash uchun binolar va inshootlar, haydovchilar va texnik xodimlar dam olish, ovqatlanish xamda sanitariya-maishiy xonalar;
harakat tarkibini qabul qilish, haydash, joylashtirish, texnik koʻrikdan oʻtkazish va chiziqli taʼmirlash uchun qoplamali platformalar.
6-bob. Tramvay va trolleybusning tutashuv tarmoqlari
1-§. Tutashuv ilgaklari
273. Tramvay va trolleybus yoʻllarining tutashuv ilgaklari turlarini yoʻlning maʼlum qismidagi aniq sharoitlar boʻyicha qabul qilish kerak.
274. Asosan kompensatsiyalangan va yarim kompensatsiyalangan ilgaklardan foydalanish kerak.
275. Muhandislik inshootlarining ostida egiluvchan tutashuv ilgaklarini qoʻllash kerak.
Qattiq ilgaklarni mavjud muhandislik inshootlari ostida yoʻlning qatnov qismi sathidan balkaning ostigacha 4,6 m dan ortiq boʻlmagan masofada loyihalash lozim.
276. Yoʻlning qismida yoki yoʻlning radiusi 3000 m dan kam boʻlgan egrilikdagi tik yuzaning botiq qismida zanjirli oddiy ilgaklar yoki oddiy egiluvchan koʻndalang toʻsinlardagi yoki boʻlmasa tutashuv simlarini koʻtarilishini chegaralovchi zanjirli ilgaklarni qoʻllash lozim.
277. Tramvay va trolleybus yoʻllarining tutashuv tarmoqlaridagi simlarni misdan hamda GOST 2584-86*E boʻyicha tayyorlanuvchi qotishmalarni qoʻllash lozim.
278. Tutashuv simlarining kesimini elektr hisob-kitoblarga orqali aniqlanishi kerak.
279. Zanjir ilgaklarni uzunasiga tortuvchi sim arqonlar uchun GOST 3062-80* boʻyicha tayyorlangan poʻlat, rux, yetti simli, oʻralgan sim arqondan foydalanish lozim.
280. Tramvay tutashuv tarmoqlarining elektr oʻtkazuvchanligini oshirish zarurati boʻlganda uzunasiga tortuvchi sim arqon sifatida M belgili (GOST 839-2019), mis simdan yoki bimetall poʻlatli sim PBSM-1 yoki PBSM-2 (GOST 4775-91E) simlaridan foydalanilishi, mis yoki bronza simlardan zanjirli ilgaklarni uzunasiga tortuvchi sim arqon sifatida foydalanilganda ilgak uzunasiga tortuvchi sim arqonni avtomatik ravishda tortilishini sozlovchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
281. Tramvay va trolleybusning tutashuv simlaridagi mexanik kuchlardan va tortishishlardan kuchlanishlar qiymatini quyidagi 16-jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.
16-jadval
Tutashuv ilgaklarining turlari
Tortilish vaqtida simlardagi kuchlanish N/mm (kgs/mm)
Poʻlat alyuminli simlardagi tortishish PKSA-80/180 N (kgm)
Shakldor misli (ShM) va oval kesimli shakldor misli (OShM)
Shakldor bronzali (ShBr) va oval kesimli bronzali (OShBr)
eng kam
eng koʻp
eng kam
eng koʻp
eng kam
eng koʻp
Kompensatsiyalanmagan
45 (4,5)
125 (12,5)
55 (5,5)
150 (15)
2000 (200)
12000 (1200)
Qisman kompensatsiyalangan
40 (4)
150 (15)
55 (5,5)
150 (15)
2000 (200)
12000 (1200)
Yarim kompensatsiyalangan va kompensatsiyalangan
80 (8)
95 (9,5)
105 (10,5)
115 (11,5)
7000 (700)
8000 (800)
282. Trolleybus uchun oval kesimli simlarni qoʻllaganda trolleybusning tutashuv oʻrnatmasining kesim shaklini inobatga olish lozim.
283. Tramvay va trolleybus tutashuv simlarining ilinish balandligini quyidagi 17-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
17-jadval
Tutashuv tarmoqlari
Rels kallagi yoki yoʻl qoplami sathidan tutashuv simlarini ilish balandligi (m)
Yangidan quriladigan yoki qayta tiklaniluvchi yoʻllar
5,8
Umumiy tutib turuvchi qurilmalariga birgalikda ilinuvchi tutashuv tarmoqlarining yangi uchastkalari
mavjud yoʻllardagi kabi
Tutashuv tarmoqlarining uchastkalari:
ishlab chiqarish xonalarining ichida
5,2
binolarning darvoza oʻyimlarida
4,7
Yangidan qurilayotgan va qayta tiklanuvchi muhandislik inshootlari ostida hamda yopiq toʻxtash xonalarida
4,4 dan kam emas
Mavjud muhandislik inshootlari ostida balandlik boʻyicha 5 m dan kam boʻlmagan
kattalikda (inshootlar ostidagi yoʻllarning qatnov qismini qayta tiklanishigacha)
4,2 dan kam emas
Tramvay tonnellarida
3,9 dan kam emas
284. Oddiy ilgaklar va ikki torli zanjirli ilgaklar uchun ustunlar orasida tutashuv simlarini ilinish balandligini oʻrtacha yillik havo harorati uchun va ikkitadan ortiq simlarning soni boʻlgan zanjirli ilgaklar uchun esa tutashuv simlarining hisoblangan simsiz holatining harorati uchun qabul qilish lozim.
285. Egiluvchi koʻndalang toʻsinlar umumiy zanjiriga ilishda tutashuv simlarini ilish mazkur ShNQning 17-jadvali 2-pozitsiyasidagi balandligidan osilgan oʻzakning konstruktiv oʻlchamining farqiga ogʻishga yoʻl qoʻyiladi.
286. Tramvay yoki trolleybus tutashuv simlarining istalgan yeridagi rels kallagi yoki yoʻl qoplamasidan joylashgan balandligi, 5,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Tramvay va trolleybus yoʻllarining elektrlashtirilmagan temir yoʻllari bilan kesishgan joylarida esa temir yoʻl relsi kallagi sathidan 5,8 m dan kam boʻlmasligi kerak (mazkur ShNQning 17-jadvalining 3-pozitsiyasida keltirgan hollardan tashqari).
287. Tutashuv oʻtkazgichlari turli balandlikda ilinuvchi tutashuv simlarini ulanish qismini quyidagi qiyaliklarda loyihalash kerak:
tramvay izi yoki yoʻlning boʻylama uzunligi kesimiga nisbati 20 ‰ dan ortiq boʻlmagan;
tezyurar tramvay uchun — 10‰ dan ortiq boʻlmagan;
depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) ishlab chiqarish binolarida va hududlarida, harakat tezligi 15 km/h dan oshmaydigan tramvay hamda trolleybus yoʻllari qismlarida 40 ‰ dan ortiq boʻlmagan.
288. Yoʻlning toʻgʻri qismidagi tramvay yoʻllarining tutashuv simlarini zigzag (egri-bugri chiziq) shaklida joylashtirish kerak.
Barcha turdagi tutashuv ilgaklari uchun toʻliq zigzag bosqichi ilgakning toʻrt oraligʻidan oshmasligi, tutashuv simlarining tok qabul qilgichning oʻqidan ogʻish (chiqish) qiymati esa 250 mm dan ortiq boʻlmasligi lozim.
289. Egri qismlarda tutashuv simlarining tok qabul qilgichning oʻqidan ogʻish qiymati 300 mm dan oshmasligi kerak.
290. Tramvay yoʻli egri chiziqli qismining ikki nuqtasini birlashtiruvchi uzunlik tutashuv simlarini mahkamlash nuqtalari orasidagi masofani quyidagi formula boʻyicha hisoblangan eng kichik qiymat boʻyicha qabul qilish lozim, m:
Bu erda:
R — yoʻl oʻqi boʻyicha egrilik radiusi, m;
b — rejada tok qabul qilgich oʻqidan tutashuv simlarini mahkamlash nuqtasini ogʻishi (chiqishi), m;
N — tutashuv simining eng katta kuchlanishining qiymati, N (kgs);
Z — gorizontal tekislikdagi ilish uchun yoki mahkamlagich uchun ruxsat etilgan kuch, N (kgs).
291. Tramvay yoʻllarining tutashuv simlarini kesishish nuqtalarini (havo xochlari) yoʻl oʻqlarining kesishishidan tepa joylashtirish lozim.
292. Tutashuv oʻtkazgichlar kesishgan nuqtani oʻtkir burchak tomonidan ikkala kesishuvchi yoʻldagi poyezdlar harakat yoʻnalishi 60° dan kam burchak ostidagi yoʻl oʻqlari kesishganda tutashuv oʻtkazgichlari bilan hosil boʻlgan burchak bissektrisasi boʻyicha harakat yoʻnalishi tomoniga 10 — 15 sm surish lozim.
293. Tutashuv simlarini yoʻlning stryelkali oʻtkazgichi ustidagi yaqinlashish (tarmoqlanish) nuqtasi qayerda yoʻl xochlariga mos keluvchi rels kallagining ichki qirrasi orasidagi masofa 1±0,05 m ga teng yoʻl oʻqlari bilan hosil boʻluvchi burchak bissektrisasida joylashgan nuqtada boʻlishi kerak.
294. Trolleybuslar harakatining bir yoʻnalishidagi tutashuv simlari orasidagi masofa izolyator turiga qarab 500 — 520 mm boʻlishi, bunda ushbu qiymatdan tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarida 400 — 700 mm ga ogʻishga yoʻl qoʻyiladi.
295. Trolleybus tarmoqlarining manfiy tutashuv simlarini har doim harakat yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomonda joylashtirish kerak.
Depo, taʼmirlash ustaxonalarida (zavodlar), shuningdek uch oʻtkazgichli taʼminot tizimida tutashuv tarmogʻining manfiy simini chap tomonda joylashtirish kerak.
296. Trolleybusning tutashuv tarmoqlari uning birinchi va ikkinchi qatorlarida harakatlanishini taʼminlashi, oxirgi chap qatordagi chap burilishlarga yaqinlashishda yoʻl sharoitini hisobga olgan holda trolleybusni bir maromda qayta oʻtib olishini taʼminlashi zarur.
Bunda, tutashuv simlarining yoʻl oʻqiga yaqinlashishi ikki qatorli harakatlanishda burilishgacha 60 — 80 m, uch va undan ortiqlarda esa 100 — 120 m masofadan boshlanishi kerak.
297. Trolleybusning chetki tutashuv simidan piyodalar yoʻlkalarining yon devorigacha boʻlgan masofa kamida 1,5 m, egri chiziqli hududda ikki nuqtasini birlashtiruvchi uzunlik oʻrtasida 1 m boʻlishi lozim.
298. Yonma-yon trolleybus yoʻllarining tutashuv oʻtkazgichlari bilan uning tutashuv simlari va yaqindagi tramvay relslari orasidagi gorizontal masofa quyidagi 18-jadvalda keltirilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim.
18-jadval
Trolleybus yoʻllari
Trolleybus yoʻllarining tutashuv simlaridan eng yaqin gorizontal masofa (m)
Xizmatchi va yuk tashuvchi, shuningdek depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlari) hududida joylashgan
2,5
3,0
2,0
3,0
Siqiq sharoitlar ruxsat etiladigan
Yoʻlovchi
2,0
2,5
1,5
2,0
Xizmatchi va yuk tashuvchi
1,5
2,0
1,0
1,5
Depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan
1,5
2,0
1,0
1,0
Izoh. Trolleybusning tutashuv simlar tugunlarga ulanuvchi oraliqda yonma-yon yaqinlashuvchi yoʻllarning tutashuv simlari orasidagi gorizontal masofani 1,0 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi (bu talab 10 m uzunlikdagi zona bundan mustasno), stryelkali tugun oldida, yoʻlning eng chekka birlashtiruvchi (ajratuvchi) simlar orasidagi masofa stryelka tugunining konstruksiyasi bilan aniqlanadi.
299. Trolleybus yoʻllarining egri chiziqli qismlari radiusi yoʻlning egrilik radiusidan kam boʻlmasligi kerak.
300. Chorrahalardagi, maydonlardagi, aylanma halqalardagi burilish joylarida tutashuv tarmoqlarining eng kichik radiusi quyidagi 19-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
19-jadval
Burilishlar shartlari
Trolleybus yoʻllarining ichki tutashuv sim boʻyicha rejadagi eng kichik ergilik radiusi (m)
Meʼyoriy sharoitlarda
Ruxsat etilgan siqiq sharoitlarda
Yoʻlovchilar yoʻllarida quyidagi burilish burchaklarida:
90° gacha
12
10
90° dan yuqori
14
11
Xizmatchi va yuk tashuvchi yoʻllarda, shuningdek depo va taʼmirlash ustaxonalarida
10
9
301. Yoʻlning egri chiziqli hududlaridagi trolleybus yoʻllarining (rejada) tutashuv simlaridagi sinish burchagining qiymati armatura va mahkamlash moslamalari (qisqichlar, mahkamlagichlar, teskari mahkamlagichlar, egrilikni tutib turgichlar) uchun texnik shartlar bilan belgilangan ruxsat etilgan sinish burchagidan oshmasligi kerak.
302. Tutashuv tarmogʻi simining uzunligi 250 mm dan kam uzunlikdagi qisqichlar bilan mahkamlashda uning sinish burchagi bitta qisqich uchun 4° dan oshmasligi kerak.
303. Toʻgʻri chiziqlardagi tutashuv tarmoq ilgaklari oraliqlarining eng katta uzunligi quyidagi 20-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
20-jadval
Tutashuv ilgaklari
Quyidagi yoʻllar uchun toʻgʻri qismidagi tayanchlar orasidagi tutashuv ilgaklari oraligʻining eng katta qiymatlari (m)
tramvay
trolleybus
Zanjirli
50 gacha
50 gacha
Oddiy ilgakli
45 gacha
40 gacha
Egilgan tordagi oddiy
40 gacha
40 gacha
Egiluvchan sim arqon koʻndalang toʻsinlaridagi oddiy
35 gacha
30 gacha
Yer osti yoʻlkalari (tonnellar)dagi kichik oʻlchamli zanjirli
25 gacha
25 gacha
Yer osti yoʻlkalari (tonnellar)dagi egiluvchan tutib turuvchi oddiy qurilmalarda
15 gacha
15 gacha
Oddiy qattiq ship ilgaklari
8 gacha
4 gacha
304. Tramvay yoʻli yoki yoʻlning boʻylama kesimini yonma-yon elementlarini bogʻlaydigan vertikal egri chiziqlar doirasida, trolleybus yoʻllarining gorizontal egri chiziqlari radiusi 500 m dan kam boʻlgan hududlarda va qurilish devorlarini moslamalar sifatida ishlatilganda oraliq tutashuv tarmoqlari ilgaklarining uzunligi 20 — 25 foizga kamaytirilishi kerak.
305. Zanjirli ilgaklarning alohida (yonma-yon boʻlmagan) oraliqlari qiymatini 60 m gacha oshirish lozim.
306. 100 m gacha uzunlikdagi katta yakka oraliqlarni yopish uchun oraliqda 3-4 simli zanjir ilgaklarni va oraliqning ikki tomoni boʻyicha boʻylama sim arqonlarni ankerlab, shuningdek “trapetsiya” yoki “poligon” turidagi tutqich qurilmalardan foydalangan holda koʻndalang egiluvchan sim arqonlardagi oddiy ilgaklarni qabul qilish zarur.
307. Tashqi yoritish uchun tutashuv tarmoqlari tayanchlari foydalanilganda tayanchlar orasidagi masofani ilgak turining qulay uygʻunligiga mazkur ShNQning 20-jadvaliga hamda QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
2-§. Tutib turuvchi va mahkamlagich qurilmalar
308. Tramvay tutashuv tarmoqlari tutib turuvchi va mahkamlovchi moslamalarining konstruktiv bajarilishi tramvay tok qabul qilgichining tutashuv tarmogʻining qismlari boʻylab tok qabul qilgichlarning tutashuv simiga kamida 150 N (15 kgs) kuchga ega boʻlgan bosimi va kabel elementlarining minimal kuchlanishiga taʼsirini istisno qilishi kerak.
309. Egiluvchan tutib turgich va mahkamlagich qurilmalar uchun yukka qarab 5 mm diametrli ruxlangan poʻlat simlarni TU 14-4-1383-86 talablari yoki ruxlangan poʻlat yetti simli yoʻgʻon arqonlarni GOST 3062-80da belgilangan talablarga muvofiq qoʻllash lozim.
310. Kronshteylarning barcha turlari gorizontal tekislikda buruluvchan va ularni tayanchlarga mahkamlanish tugunlarida bir bosqichli himoyaga ega boʻlishi zarur.
311. Mahkamlagich sim arqonlarni hisob-kitoblarida uning eng kam ruxsat etilgan taranglash maʼlum bir iqlimiy mintaqasida eng yuqori yillik haroratida eng koʻp yuklanmagan boʻgʻinda 300 — 500 N (30 — 50 kgs) ga teng qabul qilish kerak.
312. Egiluvchan tutgich va mahkamlagich qurilmalar hamda sim arqonlarning kesimini tanlashda quyidagi mustahkamlikning ehtiyot koeffitsiyentlarini hisobga olish kerak:
zanjirli ilgaklarning poʻlat boʻylama yuk koʻtaruvchi sim arqonlari, poʻlat, bimetall va mis koʻndalang yuk koʻtaruvchi sim arqonlari, tortqich novdalari uchun egri chiziqli qismlardagi — kamida 3;
zanjirli ilgaklarning mis va bimetall boʻylama yuq koʻtaruvchi sim arqonlari, poʻlat hamda bimetall mahkamlagich koʻndalang toʻsinlar uchun — kamida 2,5.
313. Egiluvchan sim arqonlarning koʻndalang toʻsinlarni tayanchlarga mahkamlanish balandliklarini hisoblashda koʻndalang toʻsinlar maksimal osma oʻqi boʻlgan nuqtadan uning oʻrnatiladigan joyigacha boʻlgan koʻndalang kesimning quyidagi qiyaliklaridan kelib chiqish kerak:
oddiy koʻndalang toʻsinlar uchun toʻgʻri qismlarda 1:10 — 1:12;
egri chiziqqa nisbatan oddiy koʻndalang toʻsinlarining tashqi qismlari uchun 1:15 — 1:20;
egri chiziqqa nisbatan oddiy koʻndalang toʻsinlarining ichki qismlari uchun 1:5 — 1:10;
zanjirli koʻndalang kesim yuk koʻtaruvchi sim arqonlar, zanjirli ilgaklar yuk koʻtaruvchi koʻndalang toʻsinlar va maxsus qismlar yuk koʻtargich sim arqonlar uchun 1:5 — 1:10;
egrilikdagi tortqichlar uchun 1:20 — 1:40;
tutashuv simlarining ankerli tarmoqlari uchun 1:30 — 1:40.
314. Yuk koʻtaruvchi egiluvchan koʻndalang toʻsinlar uzunligi 30 m va undan ortiq boʻlganda ularning har birida taranglovchi muftalarni boʻlishi kerak.
315. Ilgaklarning yuk koʻtaruvchi sim arqonlardagi taranglovchi muftalarni orasidagi masofa 600 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
316. Oddiy egiluvchan koʻndalang toʻsinlarda ikkitadan ortiq boʻlmagan tramvay yoki trolleybus tutashuv yoʻllarini ularning simlari orasini 10 m gacha masofada ilishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻtkazgichlar orasidagi masofa katta boʻlganda, shuningdek yoʻllar soni ikkitadan ortiq boʻlganda zanjirli egiluvchan koʻndalang toʻsinlarni oʻrnatish lozim.
317. Turar joy va noturar joy binolari devorlariga mahkamlanuvchi koʻndalang toʻsinlar, tortqichlar va tarmoq ankerlari tutashuv tarmoqlarida paydo boʻluvchi titratma hamda shovqinlarni yutuvchi oʻzaklar (shovqin pasaytirgichlar) bilan qurollantirilgan boʻlishlari kerak.
318. Zanjirli egiluvchan koʻndalang toʻsinlar simlarining uzunligi quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
tramvay tutashuv tarmoqlarida — 0,5 m;
trolleybus tutashuv tarmoqlarida — 0,7 m.
319. Egiluvchan koʻndalang toʻsinlar bilan yonma-yon tutashuv yoʻllarining simlarini kesishgan joylarida koʻndalang toʻsinlar va kesishuvchi simlarining orasidagi masofa kamida 0,7 m boʻlishi zarur.
320. Bir koʻcha doirasida tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining mustaqil tutqich qurilmalarini boʻlishi, tutashuv tarmoqlari tayanchlarini yoʻlning yon devori yonida oʻrnatish imkoni boʻlmaganda tramvay va trolleybus tutashuv ilgaklarini (egilgan simlarda ilingan ilgaklar bundan mustasno) umumiy tutqich qurilmalarga (koʻndalang toʻsinlarga) ilish kerak.
321. Devor ilgagidan binoning burchagigacha va devor oʻyimlarining chetigacha (deraza, eshik) boʻlgan masofa (vertikal va gorizontal boʻyicha) kamida 0,5 m boʻlishi lozim.
322. Devorlardagi egiluvchan tutqich qurilmalar mahkamlangan yerlaridagi bitta devordagi ilgakka tushuvchi hisobiy kuch 7000 N (700 kgs) dan oshmasligi kerak.
323. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tutqich qurilmalarini (sim arqon koʻndalang toʻsinlari, kronshteynlar) tutashuv tarmoqlariga taalluqli boʻlmagan qurilmalarni ilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
324. Tutashuv tarmoqlari koʻndalang toʻsinlarini ularning tutqich qurilmalaridan 1 kV kuchlanishga aloqa va SMB simlarining ikki pogʻonali izolatsiyalanishi hamda ushbu SMB koʻndalang toʻsin oʻtkazgichlari va ulanishlarni uzunasiga yotqizish uchun foydalanish lozim.
3-§. Tayanch konstruksiyalari
325. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlaridagi tayanch konstruksiyalari sifatida maxsus tayanchlar, yer osti yoʻlkalari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich hamda boshqa muhandislik inshootlari konstruksiyalari foydalanish kerak.
326. Binolarga tutashuv tarmoqlarini mahkamlash uchun osma temir-beton panelli devorlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (binoning yuk koʻtaruvchi elementlariga mahkamlangan maxsus oʻrnatma qismlardan foydalanish hollari bundan mustasno).
327. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari uchun elektrlashtirilgan shahar transporti uchun moʻljallangan kuchlanishli va kuchlanishsiz armaturali temir-beton tayanchlar hamda poʻlat tayanchlar qoʻllanilishi kerak.
328. Ankerli hududlarning yukli kompensatorlar bilan birlashadigan tugunlaridagi taʼminlovchi kabellarning chiqish joylarida muhandislik inshootlarida (koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda va estakadalarda), shuningdek 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hududidagi tutashuv tarmoqlar tayanchlarini oʻrnatishda poʻlat quvurli tayanchlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Tayanchlarning tegishli konstruksiyalaridan foydalanish zaruratini loyihada belgilanishi va asoslab berilishi kerak.
329. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining temir-beton va metal tayanchlarini erga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
330. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining temir-beton tayanchlari konstruksiyalarini QMQ 2.03.01-96ga muvofiq, poʻlat tayanchlarni esa ShNQ 2.03.05-23ga muvofiq hisoblash kerak.
331. Poʻlat tayanchlarga gorizontal kuchni hisob-kitobini Rr, kgs, quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
Rr = K Rn,
Bu erda:
K — ortiqcha yuk koeffitsiyenti, K=1,3;
Rn — tayanchning yuqori qismiga qoʻllaniladigan tayanch uchun meʼyoriy kuch, kgs.
332. Normativ yuk taʼsiri ostidagi temir-beton va poʻlat tayanchlarning hisobiy egilishi tayanchning yer ustki qismi balandligining 1/70 qismidan oshmasligi, tayanch ichida joylashgan yuklarga ega yuk kompensatorli ankerli tayanchlar uchun 1/150 boʻlishi lozim.
333. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlari tayanchning har qanday koʻndalang oʻqlari boʻylab teng kuchga ega boʻlishi va tushirish (anker) tirgaklarni ishlatmasdan toʻliq yukni olishi kerak.
334. Temir-beton tayanchlar uchun tayanchlardagi natijaviy hisobiy kuchni meʼyoriy bilan solishtirish boʻyicha ortiqchaligi 25 foizdan va poʻlat tayanchlar uchun 50 foizdan ortiq boʻlmaganda quyidagi hollarda tayanchlarni ankerli tortqichlar bilan kuchaytirish lozim:
mavjud tayanchlarda qoʻshimcha yuklash zarurati boʻlganda;
yuk va xizmat koʻrsatish yoʻllarida;
depo hududida va taʼmirlash ustaxonalarida (zavodlarda);
shahar tashqarisidagi yoʻllarda.
335. Transport va piyodalar harakati mumkin boʻlgan yerlardagi ankerli tortqichlar joylashgan balandlikni yoʻlning qatnov qismi sathidan kamida 5 m, trotuarlar bilan kesishishlarda esa yoʻlka qoplami sathidan kamida 3 m boʻlishi kerak.
336. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini yoʻlkalardagi yoki maysazorlardagi yoʻl yon devorlari boʻylab joylashtirish lozim. Bunday holda yon toshining yuzidan tayanch oʻqigacha boʻlgan masofani 1 m qabul qilish joiz. Bunday holda yon toshning old yuzidan tayanchning tashqi yuzasigacha boʻlgan masofa kamida 0,6 m boʻlishi kerak.
337. Alohida tayanchlarni hovlilarda, bino devorlari yonida, yashil ekinlar mintaqalarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
338. Yon toshlar bilan chegaralanmagan yoʻl boʻylab tayanchlarni oʻrnatishda, ular yoʻlning qatnov qismining kesilgan qismidan (asfalt qoplamli) odatiy toʻsiqli panjara bilan kamida 1,75 m masofada yoʻl yoqasida joylashtirish kerak.
339. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini asosan beton (beton sinfi V15) yoki yigʻma temir-beton (beton sinfi V20, VZO) alohida (individual) poydevorlarda oʻrnatish zarur.
340. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari tayanchlari poydevorlarining hisob-kitoblarida hisobiy kuch sifatida ortiqcha yuk koeffitsiyenti K= 1,3 bilan tayanchga tushuvchi meʼyoriy kuchni qabul qilish kerak.
341. Poydevor tagligining yotqizish chuqurligi tegishli hududdagi gruntning muzlash chuqurligidan kam boʻlmasligi kerak.
342. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarining yigʻma temir-beton poydevorlari elektr va atrof muhit taʼsiridan paydo boʻluvchi korroziyalardan muhofazalangan boʻlishlari lozim.
343. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari tayanchlarining poydevorlaridan yer osti muhandislik tarmoqlarigacha boʻlgan gorizontal masofa (yorugʻlikda) ShNQ 2.07.01-03 ga muvofiq boʻlishi lozim.
344. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini yer osti inshootlari ustida yer osti inshootlari tepasidan tayanchning poydevorining asosigacha kamida 0,5 m masofada oʻrnatish kerak.
Agar yer osti kommunikatsiyalari katta zichlikda toʻyingan joylarda tutashuv tarmoqlari tayanchlarini oʻrnatish zarur boʻlsa, poydevor vertikal oʻqini tayanchning vertikal oʻqiga nisbatan siljitish bilan maxsus konstruksiyalarda tayanchlarni yer osti kommunikatsiyalari ustida mahkamlash kerak.
345. Muhandislik inshootlarida (koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va shu kabilarda) tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini poʻlat stakanlarda yoki muhandislik inshootlarining yuk koʻtaruvchi elementlariga mahkamlanuvchi gardishlarda oʻrnatish kerak.
346. Poʻlat stakandagi tayanchlarni 0,6 — 0,8 m chuqurlashtirib va stakanning pastki va yuqori qismida aylanma oʻlchami boʻyicha poʻlat ponalar bilan mahkamlash kerak.
347. Stakanning yuqori qismida tayanchni stakanga payvandlash lozim.
348. Tayanchlarni gardishli mahkamlashni boltlar bilan bajarish zarur.
349. Tayanch mahkamlangan joyidan suv chetlatish bilan taʼminlanishi kerak.
350. Muhandislik inshootlariga tayanchlarni mahkamlash qurilmalarini oʻrnatiluvchi tayanchga taʼsir etuvchi hisobiy kuchlar boʻyicha hisoblash lozim.
4-§. Osma armatura va tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlari
351. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining osma, mahkamlagich oʻzak hamda qurilmalari, shuningdek maxsus qismlari tutashuv oʻtkazgich yoki tok qabul qilgichning tutashuv oʻrnatmasi, yurgich elementlarining tekis va zarbsiz oʻtishini taʼminlashi kerak.
352. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining maxsus qism va konstruksiyalarida trolleybusning musbat va manfiy qutbliligi oʻtkazgichlari orasida 5 kV kuchlanishga sinalgan himoya bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
353. Qurilmalar elementlari va tutashuv tarmogʻining maxsus qismlarining ishlaydigan yuzasi darajasining tutashuv simlari darajasiga nisbatan pasayishi 0,02 ‰ dan ortiq qiyalikdan ortmasligi kerak.
354. Tutashuv tarmoqlarining armaturasi GOST 23476-79ga, tutashuv tarmoqlarining qurilma va maxsus qismlari esa tayyorlov zavodning texnik shartlariga muvofiq boʻlishi kerak.
355. Tutashuv yoʻllarini trassalashda tutashuv simlarining kesishish va birlashish (ajralgan) burchaklari sanoatda ishlab chiqarilgan tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlari konstruksiyalarining ruxsat etilgan burchaklari darajasiga muvofiq boʻlishi lozim.
356. Tramvay va trolleybus yoʻllarining kesishishlarini mahkamlash konstruksiyalari tramvay yoʻllari paralel boʻlgan tekislikda kesishishning fazoviy holatini taʼminlashi kerak.
357. Maxsus qismlar konstruksiyalarida gorizontal tekislikda tutashuv simlarini sinishiga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
358. Boʻlimli izolyatorda tutashuv simlarining sinishi 4° dan ortiq boʻlmasligi kerak.
359. Tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarini trassaning 15 ‰ dan kam qiyalikdagi hududlarda oʻrnatish kerak.
360. Tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarini izolatsiolangan yuruvchi elementlari bilan quyidagi yoʻlning boʻylama qiyaliklarida oʻrnatish kerak, ‰:
trolleybus yoʻllarini kesishishlarida — 20 gacha;
tramvay va trolleybus yoʻllarining kesishishlarida — 25 gacha;
boshqariladigan stryelkali tugunlarda — 25 gacha;
stryelkali tugunlari oʻxshash — 30 gacha;
seksiyali izolyatorlarda — 40 gacha.
Ayrim hollarda muz hosil boʻlmaganda qiyaliklarni 5 ‰ ga oshirish lozim.
361. Ruxsat etilgan qiyalikdan ortiq koʻtarilishlarda tok ostida harakatni taʼminlovchi tutashuv tarmoqlarida kesishuv konstruksiyalari boʻlishi kerak.
362. Tramvay va trolleybus yoʻllarining kesishish konstruksiyalari kesishishda trolleybusning tok ostida, tramvayda esa inersiya boʻyicha oʻtishini taʼminlashi lozim.
363. 70 m dan kam radiusli tramvay yoʻllarining egri chiziqli qismlarida yoki yoʻlning egri qismi bilan koʻtarilishlar uygʻunlashganda tramvay va trolleybus tutashuv yoʻllarining tramvayni tok ostida, trolleybuslar esa inersiya boʻyicha oʻtishini taʼminlovchi kesishish konstruksiyalarini qabul qilish zarur.
364. Izolatsiya qilingan ishlaydigan elementlari boʻlgan trolleybus yoʻllari kesishish konstruksiyalari orasidagi masofa 5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
365. Kesishmalar orasidagi masofa 5 m boʻlganda, tok oqimi ostida harakatlanishni taminlaydigan kesishmalardan foydalanish lozim.
366. Tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarining izalatsiya qilingan ishlaydigan elementlari chiqishda yoy oʻchirish (dugogasitel) moslamalariga ega boʻlishlari kerak.
367. Trolleybusning avtomatik stryelkali tugunlarini chorrahalar va piyodalar yoʻlaklari oldida quyidagicha masofadan kam boʻlmagan ravishda oʻrnatish lozim:
12 m gacha uzunlikdagi trolleybuslar uchun — 20 m;
ulama trolleybuslar uchun — 30 m.
368. Oʻxshash stryelkali tugunlarni chorrahalardan va piyodalar yoʻlaklaridan kamida 8 m masofadan keyin joylashtirish lozim.
5-§. Tutashuv tarmoqlari izolatsiyalari
369. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining kuchlanish ostidagi moslamalari quyidagilarga nisbatan kamida ikki bosqichli izolatsiyaga ega boʻlishlari kerak:
tramvay va trolleybusning yaqin yoʻllarining tutashuv ilgaklarining tok oʻtkazuvchi elementlariga;
simlarga.
370. Bitta trolleybus tutashuv yoʻllarining manfiy va musbat qutbli simlari orasida 5 kV sinov kuchlanishiga hisoblangan bir bosqichli izolatsiya oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
371. Ship ilgaklaridagi izolatsiyalangan taxta va yogʻochlarga mahkamlanuvchi tutashuv simlari 5 kV sinov kuchlanishiga hisoblangan sharoitda izolatsiyalashning ikkinchi bosqichi qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
372. Oddiy va mahkamlagich egiluvchan koʻndalang toʻsinlardagi izolatsiyani quyidagicha boʻlishi lozim:
tramvayning har qaysi tutashuv simidan kamida 1,5 m va 2,0 m dan ortiq boʻlmagan masofada.
373. Tramvay tutashuv simlari bilan orasidagi masofa 6 m dan kam boʻlganda shu sim orasida koʻndalang toʻsin izolatsiyasini oʻrtaga oʻrnatish lozim.
374. Poʻlat sim arqonli yuk koʻtaruvchi egiluvchan koʻndalang toʻsinlar bir bosqichli izolatsiyalash bilan ajratilgan boʻlishi kerak:
tutashuv va kuchaytirgich simlardan;
tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlaridan.
375. Taʼminlovchi yoki yoʻl oraligʻini birlashtirish vazifasini oʻtovchi egiluvchan koʻndalang toʻsinlar kuchlanish ostidagi tutashuv tarmoqlarining qolgan elementlaridan ikki bosqichli izolatsiya bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
376. Elektr birlashtirgich va oddiy ilgaklarni tutashuv simlari orasida bevosita elektr birlashtirgichli boʻlishi kerak.
377. Murakkab shakldagi koʻndalang toʻsinlarda (burchaklar, trapetsiyalar) tutashuv simlar tomonidan koʻndalang toʻsinlarni ayrim tashkil etuvchi elementlarining birikish yerlarida qoʻshimcha bosqichli izolatsiya boʻlishi zarur.
378. Zanjirli ilgaklarning boʻylama yuk koʻtaruvchi sim arqonlari tutib turgich qurilmalaridan, trolleybus tutashuv tarmoqlarida esa tutashuv oʻtkazgichlaridan ham bir bosqichli izolatsiya bilan ajratilgan boʻlishlari kerak.
379. Tutib turgich simlaridagi izolatsiyani ularning tutashuv oʻtkazgichlariga yoki maxsus qismlarga mahkamlangan yerlarda oʻtishi lozim.
380. Bir vaqtning oʻzida elektr birlashtirgich boʻlib hisoblanadigan yuk koʻtargich koʻndalang toʻsinlarga simlarni mahkamlashda, har qaysi simda ikkitadan izolatsiya boʻlishi kerak.
381. Ankerli sim arqonlardagi izolatsiya ularni tutashuv simlariga, tutib turgich qurilmalarga va tayanch qurilmalariga mahkamlangan yerida oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
382. Tramvayning tutashuv simi ankerli sim arqonlaridagi tutashuv sim tomonidan izolatsiyani yoʻl oʻqidan 1,5 m masofada boʻlgan yerlarda oʻrnatish lozim.
383. Kuchlanish ostidagi tutashuv tarmoqlarining elementlari kamida quyidagi masofaga olib tashlangan boʻlishlari kerak:
tayanch konstruksiyalaridan — 1,5 m;
bino ayvonlari va deraza oʻyimlaridan — 2,0 m;
izolatsiyalangan kronshteynlardan — 0,25 m;
muhandislik inshootlarining metall qismlaridan:
erkin ilishlarda (oraliqda) — 0,2 m;
qattiq mahkamlashda — 0,1 m;
384. Muhandislik inshootlarining poʻlat kontsruksiyalari ostida joylashuvchi tutashuv simlari ustida inshoot chetki toʻsinidan 0,25 m chiquvchi izolatsiyalangan qalqonlar boʻlishi kerak.
385. Deponing ishlab chiqarish binolari va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlar) darvozalaridan tutashuv simlari oʻtadigan yerlaridagi darvoza tabaqasining metall qismi muhofaza qatlamining qalinligi kamida 20 mm boʻlgan elektrdan izolatsiyalovchi ashyolar tekstolit, yogʻoch plastik bilan oʻralgan boʻlishlari lozim.
6-§. Taʼminlash va qismlarga ajratish
386. Shahar chegarasidagi TPS tutashuv tarmoqlarini taʼminlovchi liniyalarni erda yotqizilgan kabellarda boʻlishi, shahar atrofidagi tarmoqlar uchun havo liniyalaridan foydalanish kerak.
387. Taʼminlovchi va kuchaytiruvchi havo liniyalarini izolatsiyalanmagan mis yoki bimetall simlardan tayyorlash kerak.
388. Taʼminlovchi va kuchaytiruvchi liniyalar erga nisbatan kamida 1 kV kuchlanishli izolatsiyaga ega boʻlishi kerak.
389. Tramvayning rels tarmoqlariga ulangan zanjirli taʼminot simlar uchun ajratiladigan elektr birikmalar bilan jihozlangan sim arqon javonlar boʻlishi lozim.
390. Taʼminlovchi va kuchaytiruvchi havo simlarini tutashuv tarmoqlarining tayanchlariga tutashuv simlarini qarama-qarshi tomonida tayanchlardan (rejada) kamida 0,5 m oraliqda, simlarning eng katta ogʻishlari bilan ilish kerak.
Bunda, tutashuv tarmoqlari tayanchlarini ularga boshqa elektr tarmoqlarini mahkamlash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
391. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarini koʻchani yoritish uchun foydalanilganda, koʻchani yoritishlarining taʼminlovchi hamda taqsimlovchi tarmoqlar boʻlishi kerak.
Taʼminlovchi hamda kuchlanuvchi liniyalari esa 1 kV kuchlanishga himoyalangan, misli izolatsiyalangan simlardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
392. Trotuarlar ustida joylashgan taʼminlovchi va kuchaytiruvchi liniyalarni 1 kV kuchlanish uchun izolatsiya bilan izolatsiya qilinishi kerak. Yoʻlning (koʻchaning) qatnov qismi ustidan tayanchlarga kamida 1,5 m masofada izolatsiyalanmagan simlardan bajariluvchi taʼminlovchi va kuchaytiruvchi simlarni yotkazish kerak.
393. Elektr taʼminotining hisobiy sxemalariga muvofiq tramvay va trolleybus yoʻllarining tutashuv tarmoqlari yoy soʻndirgichli izolyator yordamida bir qator izolatsiyalangan qismlarga (boʻlimlarga) boʻlingan boʻlishi lozim.
394. Seksiyali izolyatorlarni, shuningdek yoʻlovchilar yoʻllari va boshqa mohiyati (depo taʼmirlash ustaxonalari, yukli yoʻllar va shu kabilar bilan texnologik aloqa uchun) tutashuv tarmoqlari hududlari orasida hamda taʼmirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari va texnologik talablarga muvofiq ravishda depo va taʼmirlash ustaxonalari (zavodlari) tutashuv yoʻllarini boʻlimlash uchun oʻrnatish lozim.
395. Trolleybus tutashuv tarmoqlarida yoy soʻndirgichli seksiyali izolyatorlarni musbat oʻtkazgichlarda qanday boʻlsa, shunday manfiy oʻtkazgichlarda ham inobatga olish zarur.
396. Zanjirli tutashuv ilgaklarining boʻylama yuk koʻtaruvchi kabellarida, shuningdek kuchaytiruvchi simlarda seksiyali izolyatorlarni joylashgan joylarda tortish izolyatorlarini boʻlishi, trolleybus tutashuv tarmoqlaridagi ikkala yuk koʻtaruvchi kabellari qoʻshimcha ravishda kuchlanish izolyatorlari bilan uzunligi 450 m dan ortiq boʻlmagan qismlarga boʻlinishi kerak.
397. Taʼminlovchi sim arqonlarini tashqariga chiqib turgan qismini yoki havo simlarini tutashuv tarmoqlari bilan birlashtirishni taʼminlovchi birlashtirtichlar boʻlishi lozim.
398. Taʼminlovchi birlashtirgichlarning kesimi elektrik kuchlar hisob-kitoblariga mos boʻlishi va ularga ulaniluvchi ikki tutashuv simlar kesimining yigʻindisidan kam boʻlmasligi kerak.
399. Tayanchlar va kronshteynlar boʻyicha yotkaziluvchi taʼminlovchi birlashtirgichlarni 2,5 kV dan past boʻlmagan kuchlanishli izolatsiya bilan egiluvchan mis simlardan tayyorlash zarur.
400. Havodagi taʼminlovchi va yoʻllararo ulagichlarning tutashuv tarmoqlariga ulanishi kuchlanishi 1000 V va kesimi 95 mm2 dan kam boʻlmagan izolatsiyalangan mis kodli simdan tayyorlangan moslashuvchan elektr oʻtkazgichlari bilan taʼminlanishi kerak.
401. Har bir tutashuv simining taʼminot ulagichigacha ulanishi ikkita yoysimon egilgan simli (dujka), yoʻl oraligʻi ulagichiga esa bir yoysimon egilgan simli (dujka), boʻlishi lozim.
402. Tutashuv tarmoqlarida harakatning turli yoʻnalishlarining bir kutb oʻtkazgichiga va ularga mos ravishda simlarni kuchaytiruvchi simlarga ulanuvchi yoʻl oraligʻi elektr birlashtirgichini joylashtirish kerak.
403. Ikki simli elektr taʼminoti tizimida yoʻl oraligʻi birlashtirgichlarini quyidagicha joylashtirish lozim:
tramvay tutashuv tarmoqlari uchun havo boʻylab va trolleybus tutashuv tarmoqlari uchun ikki yoʻlli kronshtenylarda hamda egiluvchan koʻndalang toʻsinlarda har 150 — 200 m oraligʻida;
har 300 m oraligʻida erda yotqizish orqali;
kuchlantiruvchi simli tutashuv tarmoqlari hududlarida har 120 — 200 m oraligʻida;
seksiyali izolyatorlarning har ikki tomonida (ulardan ikkitadan ortiq boʻlmagan oraliqda) nim stansiyalar orasidagi hisoblangan oqim boʻlinmalarida;
taʼminlovchi yonma-yon qismlar orasida joylashuvchi, qayerda havo yoki kabelli taʼminlovchi birlashtirgichlar oʻrnatilishi moʻljallanmagan seksiyali izolyatorlarda;
harakatning har qaysi yoʻnalishida ajratilgan kronshteynlarda trolleybus tutashuv tarmoqlari uchun har 200 — 300 m oraligʻida havo boʻyicha oʻtkazishda.
404. Izolatsiyalanmagan havo elektr birlashtirgichlarini sim arqon koʻndalang toʻsinlaridan vertikal yoʻnalish boʻyicha kamida 1,0 m, izolatsiyalangan kronshteynlardan kamida 0,5 m masofada joylashtirish kerak.
Izolatsiyalanmagan havo elektr birlashtirgichlarini sim arqonli koʻndalang toʻsinlar bilan bir sathda joylashtirishda gorizontal boʻyicha ular orasidagi masofa kamida 0,5 m boʻlishi lozim.
405. Yoʻl oraligʻi elektr birlashtirgichi sifatida tutashuv tarmoqlar tugunlarini, aylanma halqalarini, simlarni havo oʻqi chiziqlarini birlashishidan (ajralishi) foydalanish kerak.
406. Tramvay zanjirli ilgaklarining boʻylama yuk koʻtaruvchi sim arqonlarni elektr birlashtirgichlarning tutashuv oʻtkazgichlari (yoy bilan) bilan 120 — 200 m oraligʻida, yuk koʻtargich sim arqonlarni bir vaqtning oʻzida oʻtkazgichni kuchaytirish sifatida foydalanilganda esa 80 — 150 m oraligʻida birlashtirish lozim.
Boʻylama yuk koʻtaruvchi kabellar kuchlanish izolyatorlari bilan boʻlinadigan joylarda ushbu izolyatorlarning ikkala tomonida elektr ulagichlar taʼminlanishi kerak.
407. TPS tramvay va trolleybus yoʻllarining elektr taʼminotini loyihalashda tutashuv tarmoqlari qisqa tutashuv toklaridan eng koʻp tokdan himoya boʻlishi kerak.
Bunda, taʼminlovchi simning avtomat oʻchirish qurilmasidagi tok tutashuv tarmoqlari boʻlimi qisqa tutashuv tokidan kam boʻlishi, kam toklardan qisqa tutashuvlarda esa tutashuv oʻtkazgichlarini kuyishini mustasno etuvchi qoʻshimcha himoya qurilmalarini oʻrnatish lozim.
408. Muhitli ortiqcha kuchlanishdan himoyani ochiq va imoratlar qurilmagan joylarda yoki bino va inshootlar qurilgan koʻchalar boʻylab ularning kengligi b, m quyidagi shartlarni koniqtirgan taqdirdagi yoʻllardan oʻtuvchi tramvay hamda trolleybus tutashuv tarmoqlari qismlarida loyihalash lozim:
Bu erda:
h — binoning maksimal balandligi, m;
ht.t. — tutashuv tarmoqlari elementlarining kuchlanishi ostida joylashgan balandligi, m;
h0 — tutashuv tarmoqlari ilingan balandlikdan bino balandligining yuqoriligi, m.
h0 = h — h t.t.
409. Atmosfera kuchlanishidan himoya vositalarining konstruksiyalarini, shuningdek ularni erga ulagichlari loyihada belgilanishi kerak.
410. Momaqaldiroqni zaryadsizlagichlarni tutashuv simlarga yoki kabelli chiqashlarga va erga ulash zanjiriga ulash lozim.
411. Trolleybus tutashuv tarmoqlaridagi elektrsizlantirgichlarni musbat hamda manfiy tutashuv simlarida oʻrnatish kerak.
412. Elektrsizlantirgichlarni taʼminlovchi liniyalarni tutashuv tarmoqlariga birlashgan joylariga, shuningdek tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining oxirgi nuqtalarida ularda SMB qurilmalarining mavjud boʻlgan joylarida joylashtirish zarur.
413. Taʼminot liniyalari havoda loyihalashtirilgan hollarda elektrsizlantirgichlarni shu simlarni TPS stansiyalarining kabel chiqish joylariga ulangan joylarga joylashtirish kerak.
414. Zaryadsizlagichlarni erga ulashni metall qobiqlarda va taʼminlovchi sim arqonlar yoki erga ulagichlar bilan joylashtirilishi lozim.
Barcha hollarda erga ulanish qurilmalarida oquvchi tokning qarshiligi koʻpi bilan 10 Om ni tashkil qilishi kerak.
415. Kabellarning manfiy qutbini tramvay izlari relslariga ulanish joylarini GOST 9.602-2016 talablarini inobatga olgan holda bajarilgan elektr hisob-kitoblariga muvofiq joylashtirish lozim.
7-§. Simlarning tortilishini ankerlash va muvozanalatgich qurilmalari
416. Ankerlash quyidagi yerlarda bajarilishi kerak:
tutashuv simlarining boshi va oxirida;
tutashuv simlarini yoʻnaltirgich tugunlariga birikishi va tarmoqlanishida;
ilgaklarni mustaqil ankerli qismlarga boʻlishda;
tutashuv simlarining tortilishi va kesimining oʻzgarishida.
417. Tortish tengligi taʼminlanganda quyidagi tutashuv tarmoqlarini oʻzaro ankerlash lozim:
zanjirli ilgaklari va tutashuv simlarining boʻylama yuk koʻtaruvchi sim arqonlari;
trolleybus yoʻllarining va yoʻnaltirgichni boshqaruv tugunlari;
trolleybus yoʻllarining yoʻnaltirgich tugunlari va tutashuv oʻtkazgichlari;
trolleybus yoʻllarining yoʻnaltirgich tugunlari va zanjirli ilgaklarning boʻylama yuk koʻtargich sim arqonlari.
418. Kontakt ilmoqlarining inshootlarga kirish joylarida, shuningdek ulardan chiqishda muhandislik inshootlari ostida qattiq ilgaklar qoʻllanilganda, inshootlarning yuk koʻtaruvchi qurilmalarida qoʻshimcha ankerlar boʻlishi kerak.
419. Toʻgʻri qismdagi ankerlangan hududning uzunligi quyidagicha boʻlishi lozim:
bir yoqlama muvozanatlashda 450 dan 700 m gacha;
ikki yoqlama muvozanatlashda 900 dan 1400 m gacha.
Bunda, ankerlangan qism doirasida tutashuv simlarini tarangligining oʻzgarishi meʼyoriy taranglikning ± 15 foizidan oshmasligi kerak.
420. Ikki yoqlama muvozanatlagichli ankerlangan qism oʻrtasidagi yarim muvozanatlangan tutashuv ilgaklarida tutashuv simlarining oʻrtacha oʻzaklangan tuguni boʻlishi kerak.
421. Oʻrtacha oʻzakning ikki tomoni boʻyicha tutashuv simlarini tortish bir-biridan koʻpi bilan 5 foizga farq qilishi kerak.
422. Trolleybus yoʻllarining yarim muvozanatlangan va muvozanatlangan tutashuv ilgaklaridagi tramvay yoʻllari bilan kesishish tugunlarini trolleybus tutashuv simlari oʻrtacha oʻzak tugunidan 50 m dan uzoq boʻlmagan masofada yoki trolleybus tutashuv simlarini boʻylama siljishi eng kam yerlarda oʻzak qismining boshlanishida joylashtirish lozim.
423. Yukli muvozanatlagichlar bloklari GOST 3064-80ga muvofiq tebratgich podshipniklarga ega boʻlishi va egiluvchan poʻlat sim arqonlar bilan oʻzaklangan boʻlishi kerak.
424. Muvozanatlagich yuklarni tayanchlar tashqarisiga joylashtirishda yuklar toʻsiqlarini, shuningdek koʻndalang yoʻnalish boʻyicha ularni siljishini chegaralovchilar boʻlishi lozim.
425. Muvozanatlanmagan tutashuv ilgaklaridagi mavsumiy sozlagich qurilmalarini har 300 — 500 m oraliqda joylashtirish lozim.
Mavsumiy sozlagich qurilmalarini aylanma halqalardan, tramvay va trolleybus yoʻllarining kesishuv tugunlaridan hamda qattiq tutashuv ilgaklar joylashgan yerlaridan kamida 200 m masofada joylashtirish kerak.
8-§. Tramvay va trolleybus tarmoqlarining havo elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishishi va oʻzaro yaqinlashishi
426. Tramvay va trolleybus tarmoqlari bilan kesishish hamda yaqinlashish joylaridagi 1000 V gacha kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining simlarigacha boʻlgan masofani kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
tramvay tarmoqlari uchun — yoyli tok qabul qilgichlar va pantograf bilan tok olinganda rels kallagining sathidan 8 m hamda shtangali tok qabul qilgichlar bilan tok olinganda 10.5 m (vertikal boʻyicha);
trolleybus tarmoqlari uchun — yoʻl qoplamining yuqori belgi sathidan 10.5 m;
tramvay tarmoqlari uchun — yoyli tok qabul qilgichlar va pantograflar bilan tok olinganda yoʻl oʻqidan 5 m hamda shtangali tok qabul qilgichlar bilan tok olinganda 7 m (yotiq boʻyicha);
trolleybus tarmoqlari uchun — yon devor toshlari yoki boshqa ogʻishdan chegaralovchilar bilan toʻsilgan yoʻl chetidan 6 m va trolleybuslarning simlar oʻqlaridan ogʻishdan chegaralovchilarsiz tutashuv yoʻllari oʻqidan 14 m.
427. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari tayanchlari hamda kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatgich simlari tayanchlari (tutashuv tarmoqlari tayanchlarida joylashuvchi koʻcha yoritgichlari simlaridan tashqari) bilan orasidagi masofa kamida 1,5 m boʻlishi kerak.
428. Tramvay va trolleybus yoʻllariga muqobil oʻtuvchi kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatgichning havo simlari (koʻcha yoritgich simlari bundan mustasno) tayanchlarni inobatga olgan holda tutashuv tarmoqlari bilan band boʻlgan mintaqadan tashqari joylashgan boʻlishi lozim.
Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanganda kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan havo elektr uzatish simlarini tutashuv tarmoqlarning ustida koʻndalang toʻsinlarni joylashtirish kerak. Bunda, quyidagi shartlarga rioya qilish zarur:
kesishuv qismidagi koʻndalang toʻsinlar tutashuv simlaridan ikkita himoyaga ega boʻlishiga;
tutashuv tarmogʻining koʻndalang toʻsinidan noqulay harorat va kuchlar uygʻunligida koʻchani yoritish simlarini inobatga olgan holda elektr uzatgichni havo simlarigacha balandligi boʻyicha masofa kamida 1,5 m boʻlishiga.
429. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatgichning havo simlari bilan tramvay va trolleybus simlarining kesishgan burchagi 60 — 90° ga teng boʻlishi lozim.
430. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan havo elektr uzatish tarmogʻining tramvay va trolleybus tutashuv simlari bilan kesishishi va yaqinlashishidagi masofani Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
431. Ruxsat etilgan yaqinlashuvlar va ularni hisoblash tartibi mazkur ShNQning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshirish kerak.
9-§. Tutashuv simlari va harakatiga texnik xizmat koʻrsatish moslamalarini yaqinlashtirish
432. Yoʻl harakatini trolleybus harakatini sozlash uchun yoʻl va ogohlantirgich belgilar va koʻrsatkichlar, svetoforlar, tablo va shunga oʻxshashlarni mustaqil koʻndalang toʻsinlarda tutashuv simlaridan kamida 2,5 m, kuchlanish ostidagi boshqa tutashuv tarmoqlar elementlaridan esa kamida 1,5 m masofada joylashtirish lozim.
433. Tramvay va trolleybuslar harakat xizmati boʻyicha qurilmalarni tutashuv simlaridan kamida 1,5 m masofada joylashtirish kerak.
434. Tramvay va trolleybuslar harakat xizmati boʻyicha qurilmalar simlarini tortishni (nazorat va ogohlantirgich, aloqa va radio eshittirish, bloklash va stryelkalarni boshqarish simlari) tutashuv tarmoqlari tayanchlari boʻyicha oʻrnatilishi lozim.
Mazkur simlarni tayanchlarga mahkamlash uchun tayanchning tashqi tomonidagi tutashuv ilgaklariga nisbatan joylashuvchi qoziqli izolyatorlar va traverslardan foydalanish lozim. Bunda, tayanchning yuqori qismida yuqoriroq kuchlanishli simlarni joylashtirish zarur.
435. Harakatga xizmat koʻrsatadigan moslamalar simlari va har qaysi tayanch yuzalari orasidagi gorizontal masofalar quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
380/220 V kuchlanishli simlar uchun — 200 mm;
kam kuchlanishli simlar uchun — 100 mm.
436. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarida taʼminlovchi va kuchaytiruvchi simlar mavjudligida ularda boshqa simlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
437. Sim arqonli koʻndalang toʻsin uzunasi boʻyicha SMBning izolatsiyalangan simlarini yotqizish kerak.
438. Ogohlantirgich va kontakt simlarini boshqarishning elektr sxemalari tramvay va trolleybus kontakt simlarida oʻrnatiluvchi qurilmalarsiz (tutashuvlar, datchiklar) boʻlishi kerak.
Bunday sxemalarni ishlab chiqishgacha tutashuv simlarini ilinish nuqtalaridan koʻpi bilan 2,5 m masofada tutashuv simlaridagi seriyesli, shuntli, blokli va boshqa tutashuvlarni oʻrnatish kerak. Bunday qurilmalar tuzilishlari tramvay va trolleybuslar tok qabul qilgichlari boʻylab tok yurganda tok olish sifati pasaymasligi kerak.
439. Boʻlimli himoyalar, harorat vintlari, ikki sim kesishishlari, trolleybus yoʻllari tutashuv tarmoqlarining stryelkali tugunlari, shuningdek tutashuv simlari va ulardagi yukli muvozanatlagichlar chetlatgichlari birlashgan yerlarida harakat xizmati boʻyicha qurilmalar uchun simlar tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.
440. Tramvay yoʻllarining tutashuv tarmoqlari simlariga paralel ravishda tutashuv signal simini osib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
441. Chegaralovchi signalizatsiyalarni loyihalashda chiziqli tutashuv (datchiklar) elektr sxemalari boʻlishi kerak.
442. Tramvay toʻtashuv tarmoqlaridan taʼminlanuvchi harakat xizmati boʻyicha qurilmalarni relslariga ulanuvchi manfiy zanjir yer osti qismida kamida 25 mm2 kesimli (mis boʻyicha) sim arqon boʻlishi, trolleybus tutashuv tarmoqlaridan taʼminlanuvchi zanjir esa shu tarmoqning manfiy simiga ulangan boʻlishi lozim.
443. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarining ichki va tashqarisida tortiluvchi harakat xizmati boʻyicha qurilmalar simlari kamida 2500 V kuchlanishli himoyaga ega boʻlishi hamda yer yuzasidan 2,5 m balandlikda mexanik shikastlanishdan saqlangan boʻlishi kerak.
7-bob. Elektr taʼminoti va TPS
444. Tanlangan elektr taʼminoti tizimlari uchun hisob-kitoblar bilan quyidagi asosiy texnik koʻrsatkichlarni aniqlash kerak:
tutashuv simidagi tokning zichligi;
tortishuv tarmogʻidagi kuchlanishning pasayishi;
TPSning toʻgʻrilagich agregatidagi ruxsat etilgan kuchlar;
himoyalarni joylashtirish.
445. Elektr taʼminoti tizimlarining meʼyoriy ish tartibida tramvay va trolleybuslar liniyalarining mis tutashuv simlaridagi hisoblangan tokning zichligi 5 A/mm2 dan oshmasligi, majburiy rejimda esa 6.8 A/mm2 boʻlishi kerak.
Tok zichligini hisoblaganda kesim boʻyicha tutashuv simni tramvay uchun 20 foiz , trolleybus uchun 10 foiz yedirilishini hisobga olish lozim.
446. Harakatlanuvchi tarkibi kuchlanishining tok qabul qilgich (tokopriyemnik) gacha pasayishi (yoʻqolishi), normal quvvat manbai rejimda 90 V dan, majburiy rejimda 170 V dan oshmasligi kerak.
Elektr taʼminotining barqarorligini tekshirish sharti bilan majburiy rejimda hisoblangan maksimal kuchlanish pasayishini 175 V ga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
447. Kuchlanishning maksimal pasayishini hisoblashda kesim boʻyicha tramvay uchun 15 foiz, trolleybus uchun 7,5 foiz tutashuv simlarining oʻrtacha eyilishini hisobga olish kerak.
448. TPS tutashuv tarmoqlarini qisqa tutashuv toklaridan himoyalanishi, bunda tok ustavkini (joriy sozlash elektron toʻxtatuvchini maʼlum bir oʻchirish oqimiga oʻrnatish) taʼminot liniyasining Iust oʻchirilishi quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
Iust ≥ 2 Ioʻr+C;
I ust ≤ Ieh Keh
Bu erda:
Ioʻr — tarmoq qismini oʻrtacha hisobiy toki, A:
S — doimiy, A, trolleybus uchun S=800, tramvay yakka vagonlar uchun S=1000, qoʻshaloq vagonlar uchun S=2000;
450. Markazlashgan elektr taʼminoti tizimining TPS eng katta quvvatni tugʻirlash agregati ishlamay qolganda tramvay va trolleybus tarmoqlarini ishonchli elektr taʼminotini taʼminlovchi zaxira agregatiga boʻlishi kerak.
451. TPS taʼminlovchi boʻlinmalarini joylashish oʻrnini elektr hisob-kitoblar bilan aniqlash lozim.
600 V li tortish tarmoqlarining sim arqonlaridagi quvvatni yoʻqolishini kamaytirish va TPS binosini elektr taʼminotini ishonchliligini oshirish maqsadida tutashuv tarmoqlariga bevosita yaqin joylashtirish kerak.
452. TPSni quyidagi talablarni inobatga olgan holda loyihalash lozim:
bino qurilish meʼyorlariga muvofiq boʻlishi va oʻrnatilgan uskunalardan foydalanishni talab etilgan shartlari taʼminlangan boʻlishini (ishni issiqlik tartibi, uskunalarning himoyalanganlik darajasi);
TPSdan chiqayotgan shovqinlar darajasi QMQ 2.01.08-19da belgilanganlardan oshmasligini.
453. TPSni avtomatlashtirish va telemexanika moslamalari bilan jihozlash kerak.
454. Transformator kameralarida ishlayotgan transformator tomonidan paydo boʻladigan shovqinni pasaytirish boʻyicha quyidagi konstruktiv tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
transformatorlar ostidagi poydevor bino poydevori bilan birlashtirilmasligi;
darvoza konstruksiyasi shovqin yutuvchi materiallarni oʻz ichiga olishi;
kameraning shifti va devorining yuqori qismi shovqin oʻtkazmaydigan materiallardan bilan qoplangan boʻlishi.
455. Transformator kameralarida transformatorni oʻrnatish, shuningdek yechilgan qismini kamida 200 mm koʻtarish uchun moslamalar boʻlishi kerak.
456. Elektr taʼminotining dispetcherlik boshqaruv punktlari TPSlar bilan birgalikda loyihalash lozim.
457. Dispetcherlik punktining xonalarini ShNQ 2.09.04-09, GOST 12.1.036-81, shuningdek QMQ 181-70, GOST 12.4.026-2015, GOST 14202-69 hamda GOST 22133-86 talablarini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
458. TPSlarda taʼmirlash-xizmat koʻrsatish xodimlari uchun ishchi xonalari va sanuzellarini boʻlishi, bunda markazlashmagan bir agregatli tizimlarda har qaysi 2 va 4 chi TPSlarda sanuzellar loyihanilishi kerak.
459. Tezyurar tramvayni TPSlari uchun PHITS qurilmalarining ishchi xonalari boʻlishi zarur.
460. Tuman (markaz) dispetcherlik punktlarida, shuningdek TPSlarda xonalar ShNQ 2.09.04-09ga muvofiq loyihalanilishi kerak.
8-bob. Depo, taʼmirlash ustaxonalari va toʻxtash joylari
1-§. Umumiy talablar
461. Tramvay yoki trolleybus depolarini shahar yoʻlovchi transportini barcha turlarini rivojlantirishini kompleks sxemasiga yoki shahar yoʻlovchi transportini rivojlantirishni texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq hamda shahar bosh rejasi bilan bogʻliq ravishda joylashtirish kerak.
462. Deponing bino va xonalari, taʼmirlash ustaxonalari hamda toʻxtash joylarining toifalarini ShNQ 2.01.19-22 talablariga muvofiq hisob-kitob asosida loyihaning texnologik qismida belgilanishi lozim.
463. Harakatlanuvchi tarkibni saqlash uchun depolar, taʼmirlash ustaxonalari va toʻxtash joylari ShNQ 2.07.01-03ga muvofiq 1,6 m balandlikdagi yaxlit toʻsiq oʻrnatilgan bir xil yer uchastkalarida joylashgan boʻlishi kerak.
464. Avtoturargohni asfalt-beton yoki sement-beton qoplamali qilib loyihalanilishi, turish maydonchasining boʻylama qiyaligi (trolleybusning harakat yoʻnalishi boʻyicha) koʻpi bilan 5‰, koʻndalangi 5 ‰ dan 15 ‰ gacha boʻlishi lozim.
465. Boʻylama yoʻnalish boʻyicha tramvay yoʻllarining qiyaligi 2,5 ‰ dan oshmasligi kerak.
466. Harakatlanuvchi tarkibning harakatini solishtirma qarshiligini oʻlchash uchun alohida maydoncha boʻlishi zarur.
467. Avtoturargohlar ikki turda ochiq va yopiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
468. Harakatlanuvchi tarkib uchun yopiq toʻxtash joylarini eng sovuq besh kunlikdagi manfiy 30 °S va undan past haroratli shaharlar uchun loyihalanilishi lozim.
469. Depo hududida bino va inshootlar tarkibi va joylashtirilishi ShNQ 2.09.02-19ga muvofiq boʻlishi lozim.
470. Depo hududida tramvay vagonlari yoki trolleybuslarni alohida kirish va chiqish (asosiy va zaxira) yoʻllari loyihalanilishi hamda kirish asosiy chiqishdan oldin boʻlishi, bunda depo tomonidan yoʻlning qatnov qismida harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha hisoblanishi zarur.
Shuningdek, kirishda oʻtish joyi, chiqishda (asosan) nazorat binosi loyihalanilishi kerak.
471. Depo hududida harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish sxemasi halqali (bir tomonlama) va oʻtish yoʻliga ega boʻlishi lozim.
472. Harakatlanuvchi tarkibning ochiq avtoturargoxlar hududlaridagi tramvay yoʻllarining oʻqlari, bino va inshootlar orasidagi eng kichik masofa quyidagi 21-jadval boʻyicha boʻlishi lozim.
yoʻl oraligʻida oʻrnatilgan tutashuv tarmoqlari tayanchlarining chetlari va yoʻl oʻqlari
1,8
yoʻl oraligʻidan tashqarida oʻrnatilgan tutashuv tarmoqlari tayanchlarining chetlari va yoʻl oʻqlari
1,9
yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun moʻljallangan yoʻl bilan ajratilgan yonma-yon yoʻllar oʻqlari
8,0
bir-birining orqasida turgan ikki tramvay buferlari
1,5
473. Harakatlanuvchi tarkibning ochiq toʻxtash avtoturargoxlaridagi trolleybus qatorlari oʻqlari, bino va inshootlar orasidagi eng kichik masofa quyidagi 22-jadval boʻyicha boʻlishi kerak.
22-jadval
Belgilangan masofa
Eng kichik masofa (m)
Trolleybuslarning yonma-yon qatorda oʻqlari
4,0-6,0
Trolleybuslarning chetki qator oʻqlari va toʻsiqlar
3,5
Trolleybuslarning chetki qator oʻqlari va bino devori
9,0
Yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun moʻljallangan yoʻl bilan ajratilgan yonma-yon yoʻllar oʻqlari
8,0
Oldinma-ketin turgan trolleybuslar bamperlari
1,5
474. Harakatlanuvchi tarkibning ochiq toʻxtash joyidagi yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun moʻljallangan yoʻllarning eni 3,5 m dan kam boʻlmasligi, koʻndalang yoʻnalishdagi yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun moʻljallangan yoʻllar orasidagi masofa 25 m, uzun yoʻnalishda esa tramvay uchun — 125 m, trolleybuslar uchun — 100 m boʻlishi kerak.
2-§. Bino va inshootlarning hajmiy-rejali va konstruktiv yechimlari
475. Deponing bino va xonalari, taʼmirlash ustaxonalarini ShNQ 2.09.02-19 hamda mazkur paragraf talablarini hisobga olgan holda loyihalash lozim.
Depo binolarining olovga bardoshlilik darajasi — II dan kam boʻlmasligi kerak.
476. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslarning kirishi va chiqishi uchun moʻljallangan binolardagi darvozalar tutashuv simlarini hisobga olgan holda kamida 5 m balandlikka, eni kamida 4 m boʻlishi, shuningdek mexanizatsiyalashtirilgan ochish va yopish uzatmalariga (privod) boʻlishi zarur.
477. Depo binolari darvozalarida ishchilarning kirib-chiqishlari uchun eshik binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi, eshiklarning eni kamida 0,8 m boʻlishi kerak.
478. Harakatlanuvchi tarkibni yopiq toʻxtash joyining balandligi tramvay rels kallagidan yoki trolleybusning qatnov qismidan qoplamani yuk koʻtaruvchi konstruksiyasining pastki qismiga qadar kamida 5.5 m boʻlishi lozim.
479. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslar orasidagi, shuningdek tramvay vagonlari va yopiq toʻxtash joylaridagi bino konstruksiyalari orasidagi masofani quyidagi 23-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
23-jadval
Chegaralanuvchi masofa
Masofa (m)
tramvay
trolleybus
chetki tramvay yoʻlining oʻqi yoki chetki trolleybus qatori oʻqining bino devorigacha:
ularda chiqish yoʻllarini yoʻqligida
2,3
2,25
ularda chiqish yoʻllarini mavjudligida
3,3
3,25
ikkita turgan vagonlarning (poyezdlarning) ulanish moslamalari, bir-birining orqasida turg�n ikki trolleybuslarning eng koʻp chiqib turadigan qismi oraligʻida
1,0
1,0
yonma-yon tramvay yoʻllarining oʻqlari (yonma-yon turgan ikki trolleybus oʻqlarining oraligʻi)
3,4
3,3
binoning koʻndalang devori va tramvay yoki trolleybus vagonlarining eng chiqqan qismi
2,0
2,0
3-§. Harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun xonalar
480. Depoda texnik xizmat koʻrsatish, rejalashtirilgan taʼmirlash sexlari, bosh mexanika boʻlimining xonalari va ustaxonalarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish xonalarini loyihalashi lozim.
484. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning tarkibi loyihaning texnologiya qismida aniqlanishi kerak.
485. Depo va ustaxonalarda quyidagilarni saqlash uchun omborxonalar boʻlishi lozim:
trolleybusning juft gʻildiragi va shinalari;
agregatlari va qismlari;
surtma materiallar;
lok boʻyoq va shimdiriluvchi materiallar;
metall;
yonuvchan ashyolar (gazlamali, qogʻozli, qalin qogʻoz va shunga oʻxshashlar);
quruq qum;
kislorod va boshqa ballonlar.
486. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslar orasidagi masofalar, shuningdek harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash uchun xonalar konstruksiyalari va ular orasidagi masofa quyidagi 24-jadval boʻyicha olinishi kerak.
24-jadval
Chegaralanuvchi masofa
Masofa (m)
diagnostika, kuzatuv, taʼmirlash zonalaridagi va bino konstruksiyalardagi tramvay vagoni yoki trolleybus
tramvay vagonining yoki trolleybusning boʻylama (yonlama) tomoni va teshiksiz devori
1,7
tramvay vagoni yoki trolleybusn�ng boʻylama (yonlama) tomoni va teshiklari boʻlgan devorlar
1,9
ariq mavjudligida trolleybusning eng koʻp chiqqan qismi, tramvay vagonining ulagich asbobigacha boʻlgan bino devorining yon tomoni
4,5
ariqsiz trolleybusning eng koʻp chiqqan qismi, tramvay vagonining ulagich asbobigacha boʻlgan bino devorining yon tomoni
2,5
tramvay vagoni yoki trolleybus va ustun
1,2
tramvay vagoni yoki trolleybus va ariq zinasining quyi qirqimi (rejada)
0,5
tramvay vagoni yoki trolleybusning tomi va konstruksiyaning eng quyi nuqtasi
2,5
tramvay vagoni yoki trolleybuslarning texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash zonalaridagi:
boʻylama (yonlama) tomonlari orasida
2,9
tramvay vagonlari yoki trolleybuslar, kamida
ariqda bir-biridan keyin turgan tramvay vagonlari yoki trolleybuslar lappak (bufer)lari orasida
1,0
zonalar orasidagi oʻtishlar mavjudligida ariqda bir-biridan keyin turgan tramvay vagonlari yoki trolleybuslar lappak (bufer)lari oraligʻi
3,0
Izoh. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslar orasidagi, shuningdek tramvay vagonlari yoki trolleybuslar va devor orasidagi mexanizatsiyalashgan yuvish, diagnostika va domkrat bilan koʻtarish joylarida masofani ushbu zonalaridagi jihozlar turiga va oʻlchamlariga koʻra olinishi, biroq jadvalga koʻrsatilganlardan kam qabul qilinmasligi lozim.
487. Depo ishlab chiqarish xonalarining balandligi kamida — 3 m, temirchilik-ressor boʻlimlarida — kamida 4 m, tramvay vagonlari yoki trolleybuslar kirgazib quyiladigan tutashuv simlari boʻlmagan xonalarda — kamida 4,5 m, tutashuv simlari mavjud boʻlganda — kamida 5,85 m boʻlishi kerak.
488. Tramvay vagonlari uchun kanavalarning chuqurligi 1,4 m, trolleybuslar uchun — 1,25 m, kuzuv osti uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun chuqurcha chuqurligi — 0,8 m boʻlishi lozim.
489. Tramvay vagonlari uchun kanavalar kengligi kamida 1,35 m, trolleybuslar uchun — kamida 0,9 m boʻlishi kerak.
490. Trolleybuslar uchun kanavalarda kamida 0,1 m balandlikdagi xavfsizlik bortlari va balandligi kamida 0,15 m boʻlgan kengligi 1,4 m boʻlgan xandaq boʻlishi lozim.
491. Kanavalar ularning uzunligidan qatʼiy nazar uning ustida turgan tramvay yoki trolleybus kattaligi bilan berkilmaydigan ikkita chiqish yoʻliga boʻlishi kerak.
492. Bir vagon oʻrindigʻida kanava uzunligi boʻlgan holda chiqish joylaridan (zaxira) birini kanavaning oxirgi devorida metall skoba shaklida oʻrnatish zarur.
493. Diagnostika va kuzatuv boʻlimlarining kanava hamda chuqurchalari suvni chetlatishni taʼminlash uchun suvoqovalangan boʻlishi kerak.
Barcha kanavalarda isitishni, uzunligi 40 m dan ortiq boʻlgan har bir tekshirish zonalarini ajratish uchun kengligi kamida 0,8 m boʻlgan oʻtish koʻprigini loyihalanilishi lozim.
494. Payvandlash ishlari uchun kanavalar binodan tashqarida joylashtirilishi kerak.
495. Boʻyash boʻlimi tarkibida harakatlanuvchi tarkibni tayyorlash, boʻyash, quritish va boʻyoq tayyorlash xonalarini boʻlishi kerak.
Harakatlanuvchi tarkibni kamerali quritishda boʻyash boʻlimi xonasini ajratmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
496. Akkumulyator ustaxonasini joylashtirishda ikkita xona boʻlishi lozim (bittasi taʼmirlash uchun elektrolit tayyorlash qismi bilan, ikkinchisi akkumulyatorlarni zaryadlash uchun).
Agar bir vaqtning oʻzida 10 tadan koʻp boʻlmagan akkumulyatorlarni zaryadlangan boʻlsa va ular alohida ventilatsiya chiqindisi boʻlgan shkaflarda zaryadlangan boʻlsa akkumulyatorlarni zaryadlash uchun alohida xonani ajratmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
497. Yuzasi 25 m2 dan ortiq boʻlgan gʻildiraklar saqlash uchun xonalar tashqi devor tomonda joylashishi kerak.
498. 10 m3 gacha boʻlgan moylash materiallarini saqlash miqdori boʻlgan moy tarqatish xonalarida moy tortib chiqarish va uni ish joyiga uzatish uchun nasos agregatlarini joylashtirish lozim.
499. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslarni texnik xizmat va taʼmirlash xonalarida har biri koʻpi bilan 1 m3 oʻlchamli yer usti sigʻimida (rezervuarlar) 5 m3 dan ortiq boʻlmagan surgʻich materiallarini saqlashga, shuningdek ulardan moy tortish va ularni ish joylariga uzatish uchun nasos agregatlarini joylashtirish kerak.
500. Harakatlanuvchi tarkibda yuvish-yigʻishtirish va boʻyoqlash ishlarini bajarish uchun xonalardagi devorlar namlik va moy taʼsiriga chidamli materiallar bilan tramvay vagonlari yoki trolleybus balandligidan kam boʻlmagan balandlikda qoplanishi yoki boʻyalgan boʻlishi kerak.
501. Detall va agregatlarni boʻyash uchun xonalarda, singdirish, quritish boʻlimlarida, kompressor xonasida, moy tarqatish va soʻrgich materiallar omborlarida, devorlar 1,8 m balandlikda namlik va moylar taʼsiriga chidamli, akkumulyator ustaxonalari va yuvish-nosozlik boʻlimlari xonalarida ishqorlar taʼsiriga chidamli materiallar bilan qoplanishi yoki boʻyalgan boʻlishi kerak.
502. Kanava va chuqurchalar devorlari och rangli sopol plitkalar bilan qoplagan boʻlishi kerak.
503. Depo xonalar va taʼmirlash ustaxonalaridagi pollar QMQ 2.03.13-2019 ga muvofiq loyihalash lozim.
504. Kanavalardagi pol koʻndalang yoʻnalishda kamida 10‰, boʻylama yoʻnalishda 8 dan 10‰, gacha chuqurcha va novlar tomoniga nishablikka ega boʻlishi kerak.
4-§. Yordamchi xonalar
505. Depo va taʼmirlash ustaxonalarining yordamchi xonalarini ShNQ 2.09.04-09 hamda mazkur paragraf talablarini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
506. Haydovchilarni yoʻlga chiqishdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlash uchun xonalar boʻlishi lozim.
507. Ayollar va erkaklar xojatxonalarida sanitariya-texnik vositalarini loyihalashni depoda ishlovchilar hisobga olgan holda haydovchilar roʻyxatining 25 foizini inobatga olib loyihalash kerak.
508. Depo oshxonalari va bufetlarida oʻrindiqlar soni haydovchilar sonining 5 foizini hisobga olgan holda eng katta navbatchilikda 4 ta kishiga bir oʻrindiq miqdorida loyihalash lozim.
509. Harakat xavfsizligi boʻyicha xonalarning maydoni kamida 25 m2 ni tashkil etishi kerak.
510. Chiqarish boʻyicha dispetcher xonasining maydoni kamida 18 m2, haydovchilarning kutish xonalari bir vaqtning oʻzida xonada boʻluvchi haydovchilarning hisobiy soni va bir kishiga 1 m2meʼyorlari hisobidan kelib chiqqan holda, biroq kamida 18 m2, haydovchilarning asboblarini saqlash uchun xonalari harakatlanuvchi tarkib birligiga 0,18 m3 hisobida, biroq kamida 18 m2 boʻlishi zarur.
511. Depoda kamida 72 m2ega boʻlgan texnik mashgʻulotlar uchun xonalar boʻlishi kerak.
512. Haydovchilarning tungi dam olishlari uchun xonaning maydonini bir dam oluvchiga kamida 5 m2hisobida qabul qilish kerak.
Bir xonada eng koʻp dam oluvchilar soni 3 kishidan ortiq boʻlmasligi lozim.
513. Psixologik yordam xonasini 1 kishiga 0,9 m2maydonli boʻlishi kerak.
514. Depoda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning kassali usulida tarkibida quyidagi xonalar boʻlgan tushgan pullarni yigʻish boʻlimini nazarda tutish lozim:
har qaysisining maydoni kamida 18 m2boʻlgan kasset, pul hisoblash, davlat bankining inkassatorlari va patta kassalari;
pulni saralash — kamida 54 m2.
515. Yoʻlovchilarga kassasiz xizmat koʻrsatish usulida faqat maydoni kamida 18 m2boʻlgan pattalar kassasi xonasi loyihalanilishi lozim.
516. Harakatlanuvchi tarkibining quvvati 150 birlikdan ortiq boʻlgan depolar uchun pullarni hisoblash va saralash xonalarining maydonini 1,2 koeffitsiyent bilan qabul qilish kerak.
5-§. Suv taʼminoti va suv oqova
517. Depoda, taʼmirlash ustaxonalarida va yopiq toʻxtash joylarida texnologiyani inobatga olgan holda QMQ 2.04.01-98, ShNQ 2.04.02-19, QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq loyihalashda xoʻjalik-ichimlik, yongʻinga qarshi va issiq suv taʼminoti, shuningdek suvoqova va tarnovlari boʻlishi kerak.
519. Tramvay yoki trolleybuslarni mexanizatsiyalashgan yuvishda aylanma suv taʼminoti yoki suvni qayta ishlash tizimidan foydalanilishi, bunda ifloslanish konsentratsiyasi quyidagilardan oshmagan boʻlishi lozim:
muallaq moddalar 40 mg/l;
neft mahsulotlari 15 mg/l.
520. Harakatlanuvchi tarkiblarining yopiq toʻxtash joylari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yongʻin avtomatikasi tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
521. Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
522. Maydoni 500 m2va undan ortiq trolleybus gʻildiraklarining omborxonalari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
523. Omborxonalar ShNQ 2.09.03-23 talablariga muvofiq avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
524. Tarkibida neft mahsulotlari, muallaq moddalar, kislotalar va ishqorlar boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari mahalliy qurilmalarda tashqi suvoqovaga chiqarilgunga qadar tozalangan boʻlishi lozim.
525. Mahalliy qurilmalar bilan oqova suvlarni tozalash darajasi QMQ 2.04.03-19 talablarida belgilanganlardan past boʻlmasligi kerak.
526. Tramvaylar yoki trolleybuslar ochiq saqlanadigan maydonchalardan va yoʻllardan oqib tushadigan yomgʻir suvlarini tozalash uchun depo hududida QMQ 2.04.03-19 talablariga muvofiq hisoblangan yomgʻir suvoqovasi chetlatgich quvur oʻtkazgichida tozalash inshootlari boʻlishi zarur.
527. Tramvay yoki trolleybuslarni yuvish mintaqasidan mahalliy tozalash inshootlarigacha oqova suvlarni chetlatish uchun oʻzi oqar quvur oʻtkazgichning diametri kamida 200 mm va kamida 30‰ qiyaliq bilan yotqizilgan boʻlishi kerak.
6-§. Issiqlik taʼminoti, isitish va shamollatish
528. Depo va taʼmirlash ustaxonalarini issiqlik taʼminotini ishlab chiqarish, yordamchi xonalar va omborxonalarni isitish davrida va butun yil davomida ishlab chiqarish isteʼmolchilarini issiqlik hamda issiq suv bilan taʼminlashni inobatga olgan holda loyihalash lozim.
529. Texnologiyani hisobga olgan ravishda depo, taʼmirlash ustaxonalari va yopiq toʻxtash joylarida QMQ 2.04.05-97ga muvofiq loyihalanuvchi isitish va shamollatishni koʻzda tutish lozim.
530. Sovuq davrda depo xonalaridagi havoning hisobiy harorati quyidagi 25-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
25-jadval
Depo binolari
Ishlab chiqarish jarayonining guruhi
Havoning hisobiy harorati (°S)
Yuvish-tozalash boʻlimi
Iv
17
Tekshiruv xonasi
Iv
15
Rejasiz taʼmir hududi
Iv
15
Texnik xizmat koʻrsatish hududi (TXK-2), jumladan qirra chiqaruvchi ar�vachalar
Iv
15
Texnik xizmat koʻrsatish sex ustaxonasi (TXKSU)
Ib
17
Akkumulyator xonasi
IIIa
15
Kassani taʼmirlash ustaxonasi
Ia
19
Radiotexnika xonasi
Ia
19
TXKSU omborxonasi
-
16
Yigʻish uskunalarining omborxonasi
-
16
TXKSU idorasi
Ia
19
Farrosh xonasi
-
10
Kuzovlar boʻlimi
Iv
15
Yuvish-nosozlik va yigʻish boʻlimi
Iv
15
Duradgorlik boʻlimi
Ib
15
Halqalash boʻlimi
Ib
15
Boʻyash boʻlimi, jumladan tayyorlash va boʻyash joyi
IIIb
20
quritish joyi
IIIb
60
Boʻyoq tayyorlash xonasi
IIIa
15
Boʻyoqchilar dam olish xonasi
-
20
Kuzov-chilangarlash boʻlimi
Iv
15
Yigʻib-chilangarlash �oʻlimi
Iv
15
Gidravlik qismi siqilgan havo boʻlimi
Iv
15
Reduktor boʻlimi
Iv
15
Tok qabul qilishni taʼmirlash hududi
Iv
15
Elektr texnika boʻlimi
Iv
17
Elektr apparat uchastkasi
Ib
17
Sinov stansiyasi
Ib
15
Qismlarni singdish-quritish va detallarni boʻyash
IIIb
15
Ressor temirli boʻlimi
IIa
10
Elektr payvandlash xonasi
IIa
15
Mexanika boʻlimi
Ib
15
Gʻildirakni chilangarlash boʻlimi
Iv
15
Shinomontaj xonasi
IIIa
15
Vulkanizatsiya xonasi
IIIa
16
Gʻildiraklar (rezinalar) omborxonasi
-
10
Rejali taʼmirlash sexining omborxonasi (RTS)
-
10
Lok boʻyoqlari materiallarining omborxonasi
Ia
10
Oraliq omborxona
-
10
Bosh mexanik boʻlimining (BMB) ustaxonasi
Ib
15
Asbobxona
Ib
16
Asbob-tarqatish omborxonasi
Ia
16
Kompressor xonasi
IIa
16
Moy tarqatgich va moylar omborxonasi
IIa
16
Gaz ballonlari ombori
-
10
Bosh omborxona
-
16
Maxsus avtomashinalarga texnik xizmat koʻrsatish qismi
Iv
15
Maxsus avtomashinalar haydovchilarining xonasi
Ia
19
Haydovchilar asboblarining ombori
Ia
16
Tashxezlash jihozlarining omborxonasi
Ia
16
Tushgan mablagʻni yigʻish boʻlimi boshligʻining xonasi
Ia
19
Patta kassasi
Ia
19
Kasseta xonasi
Ia
19
Pul hisoblash xonasi
Ia
19
Markaziy issiqlik boʻlimi
Ib
18
Bunker xona
IId
10
Sanoat oqovalarini tozalash stansiyasi
IIIa
5
Yigʻma transformator stansiyasi
-
*
Elektr taʼminot qalqoni
-
*
Avtomatik oʻt oʻchirish stansiyasi
-
5
Xos issiqlik boʻlimi
Ib
16
Shamollatgich boʻlmasi (tortish va chiqarish)
-
5
Hojatxona
-
-
Nasosli yuvish xonasi
IIIa
5
Reagent xoʻjaligi
IIIa
16
Nazorat xonasi
I
19
Oʻtish joyi
I
19
* Ishlab chiqaruvchining tavsiyasiga koʻra qabul qilinadi.
532. Binoga kiruvchi tramvay yoki trolleybuslarni isitilish davomiyligini 3 h boʻlishi lozim.
533. Tramvay va trolleybuslarni isitishga sarflanadigan issiqlikni quyidagicha qabul qilish lozim:
birinchi soat davomida isitishga umumiy sarflanadigan issiqlikdan — 50 foiz;
ikkinchisida — 30 foiz;
uchinchisida — isitish uchun umumiy issiqlik sarfining — 20 foiz.
534. Depo va taʼmirlash ustaxonalarining ishlab chiqarish binolariga yetkazib beriladigan havo toʻgʻridan-toʻgʻri ish joyiga yetkazib berilishi kerak.
536. Kuzatuv va yuvish-yigʻish boʻlimlarining tashqi darvozalari havo-termik pardalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
537. Akkumulyator xonasida mahalliy kirish-tortish mexanik shamollatgichidan tashqari yuqori mintaqadan tabiiy tortish shamollatishni boʻlishi kerak.
538. Akkumulyator xonasi havo yetkazib berish toʻgʻridan-toʻgʻri pastki zonada yoki yonma-yon xonalardan eshiklarning pastki qismidagi panjaralar orqali taʼminlanishi kerak.
7-§. Elektr taʼminoti va elektr texnik qurilmalar
539. Elektr taʼminoti va elektr texnika qurilmalarini QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq, shuningdek atrof muhit sharoitlari va xonalar turi hamda elektr qurilmalarini portlashdan xavfli, yongʻindan xavfli va elektr xavfsizligi munosabatlarini inobatga olgan holda loyihalash lozim.
540. Depo xonalarini va taʼmirlash ustaxonalarini QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq sunʼiy yoritishni vizual ish toifalari boʻyicha hamda tramvay va trolleybus depolarini texnologik loyihalash talablariga koʻra loyihalash lozim.
541. Depo hududini yoritilganligini 0,5 — 2,0 lx, sanoat televideniyesida esa kamida 30 lx qabul qilish kerak.
542. Depoda shahar va mahalliy telefon aloqasi, dispetcherlik va operativ aloqa, shahar radio eshittirishlari, elektr soatlashtirish, ishlab chiqarish eshittirishi uchun loyihalashtirilgan boʻlishi kerak.
545. Taʼmirlash ustaxonasida shahar telefon aloqasi, shahar radio eshittirishi va elektr soatlashtirish loyihalangan boʻlishi kerak.
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Vagonlar orasidagi zanjirli qurilmaning uzunligi — 1,0
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Tramvayning toʻrt oʻqligi harakatlanuvchi tarkibi uchun vagonlarning egrilikda oʻrtasini xalqopligi va burchak chiqiqlari oʻlchamlari (m)
Egrilik radiusi (m)
Egrilikning ichki tomonidan vagon oʻrtasini halqoplanishini ortishi
Egrilikning ichki tomonidan vagon kuzovining yon chekkasioʻrtasigacha egrilik oʻqigacha boʻlgan masofa
Egrilikning tashqi tomonidan vagon burchagi chiqishlarini ortishi
Egrilikning ichki tomonidan vagon kuzovi burchagidan egrilik oʻqigacha boʻlgan masofa
20
0,355
1,655
0,54
1,84
25
0,287
1,583
0,38
1,68
30
0,235
1,535
0,273
1,573
40
0,176
1,476
0,201
1,501
50
0,141
1,441
0,163
1,463
60
0,117
1,417
0,137
1,437
75
0,094
1,394
0,110
1,410
100
0,070
1,370
0,082
1,382
150
0,047
1,347
0,056
1,356
300
0,024
1,324
0,028
1,328
Izoh. Vagonlar xalqopligi va chiqiqlar kattaligi vagonlar butunlay egrilikda joylashgandaligida berilgan. Egrilikning boshqa radiuslarida vagonlar xalqopligi va chiqiqlari kattaligini interpolatsiya orqali aniqlash lozim.
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Shet tutashuv tarmoqlari bilan elektr uzatish tarmoqlari va temir yoʻl tutashuv tarmoqlarining ruxsat etilgan yaqinlashuvlarni aniqlash
Ruxsat etilgan yaqinlashuvlar aniqlash uchun dastlabki maʼlumotlar quyidagilar hisoblanadi:
temir yoʻl tutashuv tarmoqlariga taʼsir etuvchi qisqa tutashuv tok qiymati, I1 yoki HS taʼsir etuvchi bir fazali qisqa tutashuv, kA;
tok oʻtish vakti I1 (qisqa tutashuv toʻliq oʻchirilgan) τ, s;
yaqinlashish uzunligi I, km;
ShET qatnov vagonlarini tok bilan taʼminlash tizimining turlari (erga tutashtirilgan, izolatsiyalangan);
harakatlanuvchi tarkib turi (erdan korpus bilan izolatsiyalangan, zaminlangan korpus bilan;
chuqur qatlamlarni inobatga olgan holda taʼsir mintaqasidagi erning solishtirma qarshiligi ρ, Om×m.
Berilgan vaqtga koʻra τ, jadval boʻyicha ruxsat etilgan induktiv tok Id aniqlanadi, mA.
Topilgan Id qiymatiga koʻra yaqinlashuv uzunligining birligiga oʻzaro induktivlikni ruxsat etilgan qiymati Md, mkG/km, hisoblanadi:
Bu erda:
Z — tebranish 50 Nz boʻlganda induktivlashgan tokka toʻliq qarshiligi, Om: tok bilan taʼminlash tizimi erga tutashtirilganda Z=31500, tok bilan taʼminlash tizimi himoyalanganda Z=36000);
K1=0,85 — binolar bilan magnit taʼsiridan toʻsilish koeffitsiyenti (shahar chetki qurilgan hududlaridagi ShET tarmoqlarini barpo etishda kiritiladi, qurilmagan hududlarda barpo etishda K1=1);
K2=1.15 — taʼsir qiluvchi temir yoʻl oqimining yuqori garmonika mavjudligini inobatga oluvchi koeffitsiyent (HS uchun K2=1).
Harakat tarkiblarini berilgan erning solishtirma qarshiligida ρ egri chizma yordamida erdan qobiq bilan himoyalangan turi uchun hisoblangan Mρ qiymatida yaqinlashishni ruxsat etilgan muqobil eni aniqlanadi a3.
Paralel yaqinlashuvda ShET tutashuv tarmoqlarini yaqinlashish kengligi (yaqin simlar oraligʻini hisobga olganda) topilgan a3 qiymatidan kam boʻlmasligi kerak.
Qiyshiq yaqinlashtirishda ShET tutashuv simlari va HS yoki temir yoʻl tutashuv simlari bilan bir-biriga yaqin oraligʻi yotiqlik boʻyicha eng kam a1 va eng koʻp a2 masofa quyidagi shartlardan birini qanoatlantirishi kerak:
Yaqinlashuv eni quyidagi hollarda meʼyorlanmaydi:
taʼsir etuvchi simlar va ShET tutashuv tarmoqlari orasida toʻrt va undan yuqori qavatli imoratlar mavjudligida;
ShET tutashuv tarmoqlarini temir yoʻl yoki HS bilan toʻgʻri burchak ostida kesishishida va paralel yoki qiyshiq yaqinlashishning kesishgan qismidan ikkala tomoni boʻyicha kamida 150 m dan boʻlmagan kenglikdagi zonada.