1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakat aholisi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan parrandachilik mahsulotlari bilan ichki bozorlarni toʻliq taʼminlash, parrandachilik sohasida zamonaviy genetik texnologiyalarni joriy etish va naslchilik materiallari yetishtirishni koʻpaytirish, eksportni rivojlantirish hamda mahalliy raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimini yanada yaxshilash maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son qarorida parrandaning genetikasini tashkil etish yuzasidan yetakchi genetik kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
2. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “Mikrokreditbank” ATBning xorijiy tajriba hamda kichik quvvatdagi parrandachilik xoʻjaliklari bilan kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasini quyidagi tartibda amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
a) goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning 100 ming bosh quvvatdagi I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasini Zomin, Baxmal, Bulungʻur va Gʻallaorol tumanlarida tashkil etish;
b) Toshkent viloyati Ohangaron va Parkenttumanlarida:
goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning II tartibli reproduktor naslchilik korxonasini qurish hamda yiliga 135 million bosh final-gibrid joʻjalarni yetishtirishni yoʻlga qoʻyish;
700 ming tonna omuxta-yem ishlab chiqarish, 100 mingtonna parranda goʻshtini chuqur qayta ishlashga moʻljallangan yirik majmualar va zamonaviy kushxonani ishga tushirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.05 Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi]
4. Toshkent viloyati hokimligi ikki oy muddatda II tartibli reproduktor naslchilik korxonasi, parranda goʻshtini yetishtirish fermalari, zamonaviy kushxona va goʻshtni chuqur qayta ishlash hamda omuxta-yem ishlab chiqarish yirik majmualarini qurish uchun Parkent va Ohangaron tumanlarining “Agroparranda klasteri” loyihasini amalga oshirishga qulay boʻlgan hududidan 200 gektar yer uchastkasining belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23, 24-moddalari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Agroparranda klasteri” loyihasi quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 40 million AQSh dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishga “Mikrokreditbank” ATBga II bosqichda yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan 35 million AQSh dollari;
loyiha tashabbuskorining 25 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bir oy muddatda:
I bosqichda “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan 35 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni qaytarish muddatini qoʻshimcha 3 yilga uzaytirsin;
II bosqichda ajratilishi belgilangan 35 million AQSh dollar miqdoridagi mablagʻni parrandachilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga ajratilishini taʼminlasin.
Bunda mazkur mablagʻlar doirasida ajratilgan kreditlardan qaytgan mablagʻlar toʻliq parrandachilik sohasini kreditlashga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga koʻra qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini (ekin maydonlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etish;
2024-yil 1-iyuldan boshlab parranda goʻshtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlarni bekor qilish;
2024-yil 1-oktabrdan boshlab yangi soʻyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari (butun goʻsht, qanot, bel, boʻyin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) Oʻzbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji boʻyicha berilgan imtiyozni bekor qilish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va klaster tizimini joriy etish hamda naslchilik materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi va uning vazifalari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh (J. Xodjayev) Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalari bilan parrandaning goʻsht yoʻnalishi rivojlangan xorijiy, shu jumladan AQSh genetik kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazib, tegishli kelishuvlarga erishilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
9. “Mikrokreditbank” ATBning oʻz mablagʻlari hisobidan:
a) parrandachilik sohasini 2025 — 2027-yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasini, shu jumladan sohani raqamlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish uchun tender asosida katta toʻrtlik konsalting kompaniyalaridan birini jalb etish;
b) 2024 — 2026-yillarda “Parrandasanoat” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oylik ish haqi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda uyushmaning saqlash xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Bunda mazkur maqsadlar uchun 2024-yilda 10 milliard soʻmgacha va 2025-2026-yillarda yiliga 7 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirilishi belgilansin.
10. Quyidagilar:
2024-yilda parranda tuxumi va goʻshti ishlab chiqarish hajmlari prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida goʻsht yoʻnalishidagi yirik sanoatlashgan parrandachilik korxonalarini tashkil etish quvvatlari 3-ilovaga muvofiq;
Parrandachilik sohasini kelgusida rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq;
Parrandachilik sohasini rivojlantirish va genetik texnologiyalarni joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
11. “Parrandasanoat” uyushmasi hamda ATB “Mikrokreditbank”ning:
respublikada parrandachilik sohasida, shu jumladan kooperatsiya tizimida parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “tayyor biznes” loyihalarini (kelgusi oʻrinda — “tayyor biznes” loyihalari) amalga oshirish;
“Parrandasanoat” uyushmasi taʼsischiligidagi “Parranda investment” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan respublika hududlarida “tayyor biznes” loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan maqsadli mablagʻlarning I bosqichidan qaytgan va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan boshqa xalqaro moliya institutlaridan jalb etilgan mablagʻlarni “Parranda investment” MChJ tomonidan parrandachilik sohasida “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Bunda:
parrandachilik sohasida “tayyor biznes” loyihalari bilan bogʻliq barcha xarajatlarni (loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash, uni ekspertizadan oʻtkazish va boshqalar) moliyalashtirish uchun kreditlar, loyihalar muddatiga mutanosib ravishda yillik 14 foiz stavkada, kelgusida investitsiya loyihasini bosqichma-bosqich garovga olish sharti bilan sugʻurta polisi asosida ajratiladi;
mazkur loyihalar doirasida, kredit qaytmasligi xatarini sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu kredit mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
12. Belgilansinki, “Parranda investment” MChJ tomonidan “tayyor biznes” loyihalarini sotishdan tushgan mablagʻlar birinchi navbatda “Mikrokreditbank” ATBdan jalb qilingan kreditlarni (asosiy qarz va foiz toʻlovlari) soʻndirishga yoʻnaltiriladi va qolgan mablagʻlar kompaniya ixtiyorida qoldiriladi.
13. Ishchi guruh (J. Xodjayev)ga ichki bozorda aholi talabi mavsumiy pasayishi va parranda mahsulotlari narxlari keskin oʻzgarishi xavfi yuzaga kelgan holatlarda, shuningdek, mahsulotlarning oʻz tannarxidan arzon sotilishini oldini olish maqsadida, tijorat banklari tomonidan parrandachilik xoʻjaliklariga ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlarini belgilangan tartibda uzaytirish masalasini koʻrib chiqish vazifasi yuklatilsin.
14. Hisob palatasi mazkur qaror doirasida parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun hamda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Parrandasanoat” uyushmasini saqlashga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-iyun,
PQ-238-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga
1-ILOVA
Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va klaster tizimini joriy etish hamda naslchilik materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
1.
J. Xodjayev
—
Bosh vazir oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari
2.
B. Norqobilov
—
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
B. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
4.
A. Qosimov
—
qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
5.
Lavozimi boʻyicha
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari
6.
D. Adilov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
7.
B. Raxmatullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri
8.
Lavozimi boʻyicha
—
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktorining oʻrinbosari
9.
Lavozimi boʻyicha
—
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari
10.
O. Boʻtayev
—
“Parrandasanoat” uyushmasi raisi
11.
S. Berdiyev
—
“Parrandasanoat” uyushmasi raisining maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga
1a-ILOVA
Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va klaster tizimini joriy etish hamda naslchilik materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha ishchi guruhning
VAZIFALARI
Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama oʻrgangan holda goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchiligini tashkil etish;
parrandachilikda naslchilik ishlarida xalqaro umumeʼtirof etilgan standartlar va uning eng yuqori namunalariga muvofiq ilgʻor zamonaviy genetik texnologiyalarni joriy etish;
parrandachilikda naslchilik va genetik texnologiyalarni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal etish, jumladan ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
parrandachilikda naslchilikni xalqaro talablar asosida tizimli rivojlantirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va takliflar ishlab chiqish;
parrandachilikda naslchilik ishi bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va seleksiya markazlari faoliyatini takomillashtirish hamda kadrlar malakasini oshirish;
goʻsht yoʻnalishidagi parrandalar naslchiligida xalqaro umumeʼtirof etilgan standartlarni va rivojlangan davlatlarning tajribalarini joyiga chiqqan holda har tomonlama oʻrganish;
“Agroparranda klasteri” loyihasi doirasida parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchiligini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga
2-ILOVA
2024-yildaparranda tuxumi va goʻshti ishlab chiqarish hajmlari
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
Parranda goʻshti ishlab chiqarish
(ming tonna)
Isteʼmol tuxumi yetishtirish
(mln dona)
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
27
462,2
2.
Andijon viloyati
58,5
851,2
3.
Buxoro viloyati
34,6
591,8
4.
Jizzax viloyati
45
383,3
5.
Qashqadaryo viloyati
48,3
710,3
6.
Navoiy viloyati
21,6
394,6
7.
Namangan viloyati
54,6
738,4
8.
Samarqand viloyati
180
1 679,9
9.
Sirdaryo viloyati
21,6
219,8
10.
Surxondaryo viloyati
47
682,1
11.
Toshkent viloyati
160,3
1 770,1
12.
Fargʻona viloyati
77,1
811,7
13.
Xorazm viloyati
24,3
704,6
Jami
800
10 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga
3-ILOVA
2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida goʻsht yoʻnalishidagi yirik sanoatlashgan parrandachilik korxonalarini tashkil etish
QUVVATLARI
Respublika hududlari
Tumanlar nomi
Amalga oshiriladigan loyihalar quvvati
(ming bosh)
Qoʻshimcha parranda goʻshti ishlab chiqarish
(tonna)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus
250
3 750
Xoʻjayli
200
3 000
Qashqadaryo viloyati
Chiroqchi
200
3 000
Koʻkdala
200
3 000
Surxondaryo viloyati
Muzrabot
200
3 000
Termiz
200
3 000
Xorazm viloyati
Qoʻshkoʻpir
200
3 000
Yangiariq
200
3 000
Jami
1 650
24 750
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga
4-ILOVA
Quyidagilar parrandachilik sohasini kelgusida rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
parrandachilikda genetik texnologiyalarni joriy etish, naslchilik materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish va I tartibli reproduktor ota-onalik galasi naslchilik korxonalarini tashkil etish;
parrandachilik sohasini ozuqa-yem mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va zaxira fondidagi don mahsulotlari hisobidan intervensiya tizimini joriy etish orqali parrandachilik xoʻjaliklariga yetkazib berish;
yuqori namunada va xalqaro darajadagi standartlar asosida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda kooperatsiya tizimini keng koʻlamda joriy etish, qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, chuqur qayta ishlangan mahsulotlar turlarini koʻpaytirish va eksport salohiyatini oshirish;
sohaga innovatsiyalarni keng koʻlamda jalb etish, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini barpo etish, chiqindilarni utilizatsiya qilish hamda ozuqalarni biotexnologiya usullarida chuqur qayta ishlash;
mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, past rentabelli korxonalarni iqtisodiy sogʻlomlashtirish hamda sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish;
“Parrandasanoat” uyushmasi va barcha parrandachilik xoʻjaliklarining “parrandasi borning — barakasi bor”, “parranda yetti xazinaning biri” va “parranda boqish — daromad topish” tamoyillari asosida faoliyat yuritishini asosiy mezon sifatida belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga
5-ILOVA
Parrandachilik sohasini rivojlantirish va genetik texnologiyalarni joriy etish boʻyicha
I. Parrandachilik sohasini rivojlantirish yoʻnalishlari
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga asosan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishga II bosqichda belgilangan 35 millionAQSh dollar miqdoridagi mablagʻni parrandachilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga ajratish.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari
2024-yil sentabr
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Markaziy bank,
“Mikrokreditbank” ATB
2.
Respublika hududlarida “tayyor biznes” loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish uchun “Parrandasanoat” uyushmasi taʼsischiligida “Parranda investment” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish.
“Parrandasanoat” uyushmasi mablagʻlari
2024-yil iyul
“Parrandasanoat” uyushmasi,
“Mikrokreditbank” ATB
3.
“Parrandasanoat” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oylik ish haqi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda uyushmaning saqlash xarajatlarini qoplash.
Bunda mazkur maqsadlar uchun 2024-yilda 10 mlrd soʻmgacha va 2025-2026-yillarda yiliga 7 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mablagʻlarni yoʻnaltirish.
“Mikrokreditbank” ATB mablagʻlari
2024 — 2026-yillarda
“Mikrokreditbank” ATB,
“Parrandasanoat” uyushmasi
4.
Parrandachilik sohasini 2025 — 2027-yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasini, shu jumladan tarmoqni raqamlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish uchun, tender asosida katta toʻrtlik konsalting kompaniyalaridan birini jalb etish.
“Mikrokreditbank” ATB mablagʻlari
2024-yil sentabr
“Mikrokreditbank” ATB,
“Parrandasanoat” uyushmasi
5.
Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash, raqobatbardoshligini oshirish hamda faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga soliq imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlarni kiritish.
-
2024-yil avgust
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Parrandasanoat” uyushmasi
6.
Davlat resurslariga va fermer xoʻjaliklaridan vaqtinchalik saqlashga qabul qilingan bugʻdoy hisobidan parrandachilik xoʻjaliklarining ehtiyoji uchun birja savdolari orqali alohida hajmlar sotish mexanizmini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
2024-yil avgust
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ
7.
Parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlashtirish, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni tahlil qilish va kuzatuv mezonlari nazarda tutilgan elektron axborot dasturi loyihasini ishlab chiqish.
“Mikrokreditbank” ATB mablagʻlari
2024-yil dekabr
“Parrandasanoat” uyushmasi,
“Mikrokreditbank” ATB
II. Parrandachilikda genetik texnologiyalarni joriy etish
8.
“Agroparranda klasteri” loyihasi doirasida respublikada goʻsht yoʻnalishidagi I tartibli reproduktor ota-ona galasini tashkil etish maqsadida xalqaro umumeʼtirof etilgan standartlarni va rivojlangan davlatlarda joriy etilgan parrandachilik faoliyatining eng yuqori namunalari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni joyiga borgan holda oʻrganish.
Oʻz mablagʻlari
2024-yil dekabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
“Mikrokreditbank” ATB
9.
Xalqaro tajribalar asosida respublikada I tartibli reproduktor ota-ona galasini qurish va yer uchastkalarini aniqlash uchun veterinariya va biologik xavfsizlik talablarini oʻrganish va tayyorlangan takliflarni Ishchi guruhiga kiritish.
-
2024-yil avgust
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi
10.
“Agroparranda klasteri” loyihasini amalga oshiruvchi tashabbuskor va xorijiy genetik kompaniyalari oʻrtasida goʻsht yoʻnalishidagi I tartibli reproduktor ota-ona galasini tashkil etish yuzasidan hamkorlik kelishuvlariga erishish.
-
2024-yil oktabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
“Parrandasanoat” uyushmasi
11.
Respublikada I tartibli reproduktor ota-ona galasini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishish yuzasidan xorijiy Hukumatlar va genetik kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
-
2024-yil noyabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
12.
Goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasi (sanitariya zonasi bilan birgalikda) qurilishi uchun Zomin, Baxmal, Bulungʻur va Gʻallaorol tumanlari hududlaridan 200 gektar yer uchastkasini ajratish. Bunda oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
-
2025-yil sentabr
Jizzax va Samarqand viloyatlari hokimliklari
13.
II tartibli reproduktor naslchilik korxonasi, parranda goʻshtini yetishtirish fermalari, zamonaviy kushxona va goʻshtni chuqur qayta ishlash hamda omuxta-yem ishlab chiqarish yirik komplekslarini qurish uchun Parkent va Ohangaron tumanlari hududidan 200 gektar yer uchastkasini ajratish.
2024-yil sentabr
Toshkent viloyati hokimligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Kadastr agentligi
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2024-y., 07/24/238/0452-son; 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)