|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.03.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda ehtiyojmand aholini oʻzini oʻzi daromadli mehnat bilan band qilish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar ajratib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ehtiyojmand aholiga ajratilayotgan subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish zarurati mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishda subsidiya oluvchining tomorqa yer egasi boʻlishi lozimligi haqidagi talabni bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-may,
255-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 255-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning “a” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va ishsiz, kam taʼminlangan yoki kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan subsidiya olishga talabgor (keyingi oʻrinlarda — talabgor) oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida”.
“6. Talabgor yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish va/yoki urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish boʻyicha tavsiya berishni soʻrab oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.
Arizada talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, pasport seriyasi va raqami (identifikatsiyalovchi ID-karta raqami), ishsiz, kam taʼminlangan yoki kambagʻal oila aʼzosi ekanligi hamda soʻralayotgan subsidiyaning turi koʻrsatiladi.
Arizada qayd etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun talabgor shaxsan javobgar hisoblanadi”.
7. Hokim yordamchisi uch ish kunida:
a) “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali quyidagi maʼlumotlarni oʻrganadi:
talabgorni issiqxona, sugʻorish vositalarini oʻrnatish, urugʻlik, koʻchatlar ekish imkoniyati mavjudligini;
talabgor ishsiz, kam taʼminlangan yoki kambagʻal oilaning aʼzolaridan biri ekanligini;
talabgor soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligini;
b) joyiga chiqqan holda quyidagilarni oʻrganadi:
talabgorning foydalanuvida tomorqa yerining mavjudligini;
talabgorning yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish imkoniyati mavjudligini;
talabgorni urugʻliklar va koʻchatlar ekish uchun imkoniyati mavjudligini;
talabgorni sugʻorish vositasiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi va dalolatnomada quyidagilar aks ettirilishi kerak:
talabgorni haqiqatda ishsiz, kam taʼminlangan yoki kambagʻal oilaning aʼzolaridan biri ekanligi;
soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligi;
talabgorning yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish imkoniyati;
urugʻliklar va koʻchatlar hamda sugʻorish vositalariga boʻlgan ehtiyoji;
g) “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali quyidagi maʼlumotlarni Markazga yuboradi:
tavsiya (tavsiyada ushbu bandning “v” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar aks ettiriladi);
subsidiya olish boʻyicha murojaatchining arizasi;
oʻrganish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma.
Tavsiya va dalolatnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun hokim yordamchisi javobgar hisoblanadi”.
3. 8, 10 — 13-bandlardagi “tomorqa yer egasi”, “tomorqa yer egasiga” va “tomorqa yer egasining” soʻzlari tegishincha, “talabgor”, “talabgorga” va “talabgorning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/255/0323-son)