

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6899273" id="onLBC-6899273">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6284"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.27.00 Qimor va garov oʻyinlar  (lotereyalar, totalizatorlar);</span></div><div id="LBC6723"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6899273" id="onLS-6899273">[<b>TSZ:</b><div id="LS3716"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6900605" id="-6900605">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6900606" id="-6900606">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6900607" id="-6900607">Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900609" id="-6900609"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900610" id="-6900610">Raqamli texnologiyalar va elektron toʻlovlarning barcha sohalarga jadal kirib borishi odamlar hayotini ijobiy tomonga oʻzgartirish bilan bir qatorda tavakkalchilikka asoslangan onlayn oʻyinlarning tarqalishiga turtki boʻldi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900611" id="-6900611">Shu bilan birga, tavakkalchilikka asoslangan onlayn oʻyinlar oʻtkazish boʻyicha milliy provayderlarning faoliyatini tashkil etish boʻyicha mavjud taqiqlar va bu boradagi huquqiy tartibga solishning yoʻqligi, fuqarolarning mazkur sohaga doimiy qiziqishlari ularning xorijiy va noqonuniy servislardan faol foydalanishiga olib kelmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900612" id="-6900612">Mazkur holat oʻyinlarga haddan tashqari qaram boʻlgan fuqarolarning oʻyinlarda ishtirok etishini cheklash mexanizmlari mavjud emasligiga, oʻyin ishtirokchilariga nisbatan firibgarlik va ularning huquqlarini poymol qilish xavfiga, chet el valyutasining mamlakatdan chiqib ketishiga olib kelmoqda.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6912462" id="-6912462">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-son “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi <a href="/ru/acts/-1238379">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900613" id="-6900613">Lotereya va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish sohasiga ilgʻor xorijiy tajribani va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6900614" id="onLBC-6900614">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6723"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar;</span></div><div id="LBC9334"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900614" id="-6900614">1. Vazirlar Mahkamasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900615" id="-6900615">2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni (keyingi oʻrinlarda — internet tarmogʻida oʻyinlar) tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900616" id="-6900616">lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlarini qonunchilikka muvofiq Agentlik tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshirish haqidagi takliflari maʼqullansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7407557" id="-7407557"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-5511879">Qonuni</a><em>.</em></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6900617" id="onLBC-6900617">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6073"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;</span></div><div id="LBC6119"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6723"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar;</span></div><div id="LBC9334"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;</span></div><div id="LBC18924"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900617" id="-6900617">2. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900618" id="-6900618">Agentlik lotereya hamda internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900619" id="-6900619">Agentlik lotereya hamda internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900620" id="-6900620">davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xayriya jamgʻarmalari va tashkilotlari faqat tuziladigan shartnomalarga asosan lotereya tashkilotchilari orqali lotereyalar oʻtkazishga haqli;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6912468" id="-6912468">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href="/ru/acts/-180552#-1249706">984-moddasi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900621" id="-6900621">litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmogʻidagi oʻyinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6912587" id="-6912587">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 278-moddasining <a href="/ru/acts/-111453#-1249513">uchinchi qismi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900622" id="-6900622">lotereya va internet tarmogʻida oʻyinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini monitoring va nazorat qilish funksiyalari Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6912663" id="-6912663">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 17-iyundagi 34-son va 2021-yil 16-iyundagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat <a href="/ru/acts/-5460737#-5464237">qoidalari</a> (Roʻyxat raqami 3310, 2021-yil 17-iyun).</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6900623" id="onLBC-6900623">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC21086"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;</span></div><div id="LBC6723"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900623" id="-6900623">3. Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-yanvardan boshlab besh yil muddatga lotereya hamda internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900624" id="-6900624">lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan toʻlangan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari hisoblanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900625" id="-6900625">jismoniy shaxslarning Agentlik tomonidan berilgan litsenziyalar asosida oʻtkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmogʻidagi oʻyinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari jismoniy shaxslar daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilishi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6900626" id="onLBC-6900626">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC6119"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6723"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900626" id="-6900626">4. Mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900627" id="-6900627">a) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900628" id="-6900628">lotereya hamda internet tarmogʻida oʻyinlarni va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish tartibi, shu jumladan litsenziya talab va shartlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900629" id="-6900629">stavkalar va oʻyinchilar yagona davlat registrini yaratish, uni litsenziyalovchi organ tomonidan yuritish tartibini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900630" id="-6900630">b) uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq <a href="/ru/acts/-4674902">kodeksi</a>, “<a href="/ru/acts/-4680944">Davlat boji toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/ru/acts/-5511879">Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/ru/acts/-6052631">Reklama toʻgʻrisida</a>”gi va boshqa qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6900631" id="onLBC-6900631">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18934"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900631" id="-6900631">5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga <a href="/ru/acts/-6899273#-6900638">ilovaga</a> muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900632" id="-6900632">6. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900633" id="-6900633">7. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6900634" id="-6900634">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6900635" id="-6900635">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6900636" id="-6900636">2024-yil 19-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6900637" id="-6900637">PF-68-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900638" id="-6900638"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6900639" id="-6900639">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son <a href="/ru/acts/-6899273">Farmoniga</a><br />
ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6900640" id="-6900640">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900641" id="-6900641"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900642" id="-6900642">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5120-son <a href="/ru/acts/-3277729">Farmonida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900643" id="-6900643">a) 2-bandning <a href="/ru/acts/-3277729?ONDATE=28.04.2022 00#-5998050">uchinchi — oltinchi xatboshilari</a> quyidagi mazmundagi uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900644" id="-6900644">“kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900645" id="-6900645">kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900646" id="-6900646">sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining sugʻurta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900647" id="-6900647">jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900648" id="-6900648">davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900649" id="-6900649">b) <a href="/ru/acts/-3277729?ONDATE=28.04.2022 00#-5998065">3-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900650" id="-6900650"><a href="/ru/acts/-3277729?ONDATE=28.04.2022 00#-5998068">uchinchi xatboshidagi</a> “ikki” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900651" id="-6900651"><a href="/ru/acts/-3277729?ONDATE=28.04.2022 00#-5998069">toʻrtinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900652" id="-6900652">“Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900653" id="-6900653">2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6044-son Farmoniga <a href="/ru/acts/-4966394?ONDATE=25.08.2020 00#-4967516">5-ilovada</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900654" id="-6900654">a) 3 va 8-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900655" id="-6900655">b) 5-pozitsiyaning “Tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari” ustuni 2-bandi chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900656" id="-6900656">3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son <a href="/ru/acts/-3145558">qarorida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900657" id="-6900657">a) <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145605">1-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900658" id="-6900658"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145614">oʻninchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900659" id="-6900659">“buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900660" id="-6900660"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=23.08.2021 00#5628808">oʻn toʻrtinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900661" id="-6900661">b) 7-ilovaning rus tilidagi <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145685">matnida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900662" id="-6900662">2-bandning <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145690">birinchi xatboshisidagi</a> “straxovaniya,” soʻzi chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900663" id="-6900663"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145699">8-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900664" id="-6900664"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145708">oʻninchi xatboshidan</a> “osushestvleniye kontrolya za deyatelnostyu straxovix organizatsiy, napravlennogo na obespecheniye zashiti prav i zakonnix interesov vsex uchastnikov straxovix otnosheniy,” soʻzlari chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900665" id="-6900665"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=23.08.2021 00#5628823">oʻn toʻrtinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900666" id="-6900666"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145710">9-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900667" id="-6900667"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145857">7-kichik bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900668" id="-6900668"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145857">birinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900669" id="-6900669">“7) v sfere regulirovaniya finansovix rinkov i institutov:”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900670" id="-6900670"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145866">beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900671" id="-6900671"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3145901">yigirmanchi</a> va <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=30.12.2021 00#5806111">yigirma birinchi xatboshilar</a> tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900672" id="-6900672">15-kichik bandning <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=29.06.2021 00#5502222">ikkinchi-uchinchi xatboshilari</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900673" id="-6900673">“razrabativayet i utverjdayet v ustanovlennom poryadke pravila vnutrennego kontrolya dlya organizatsiy, okazivayushix lizingovie uslugi, organizatsiy, osushestvlyayushix operatsii s dragotsennimi metallami i dragotsennimi kamnyami i auditorskix organizatsiy, a takje osushestvlyayet monitoring i kontrol za ix soblyudeniyem;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900674" id="-6900674">izuchayet, analiziruyet i otsenivayet riski legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniya terrorizma i finansirovaniya rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya v sfere okazaniya lizingovix uslug, osushestvleniya auditorskoy deyatelnosti, oborota dragotsennix metallov i dragotsennix kamney i prinimayet meri po snijeniyu viyavlennix riskov”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900675" id="-6900675"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=23.08.2021 00#5619296">16-kichik band</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900677" id="-6900677"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3146007">11-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900678" id="-6900678"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3146033">oʻn toʻqqizinchi</a> va <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=14.07.2021 00#5592772">yigirma birinchi xatboshilar</a>i chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900679" id="-6900679"><a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3146034">yigirmanchi</a>, <a href="/ru/acts/3145556?ONDATE=03.04.2017 00#3146036">yigirma ikkinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar</a> tegishincha oʻn toʻqqizinchi — oʻttizinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900681" id="-6900681">4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3150-son <a href="/ru/acts/-3280183">qarorida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900682" id="-6900682">a) <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6043153">1-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900683" id="-6900683">“1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900684" id="-6900684">b) 2-bandning <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6045365">ikkinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900685" id="-6900685">“Agentlik tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash, Agentlik xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini mustaqil ravishda belgilash”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900686" id="-6900686">v) <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6043465">3-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900688" id="-6900688"><a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6043468">“b” kichik band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900689" id="-6900689">“b) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sugʻurta bozorini, elektron tijoratni, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish, shu jumladan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900690" id="-6900690">“d” kichik bandning <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6043486">uchinchi xatboshisidagi</a> “litsenziya, ruxsat berish” soʻzlari “litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900691" id="-6900691"><a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6043498">“e” kichik banddan</a> “Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga” soʻzlari chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900692" id="-6900692"><a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6043502">“z” kichik band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900693" id="-6900693">“z) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) hamda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900694" id="-6900694">g) 5-bandning <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=28.04.2022 00#-6044120">uchinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900695" id="-6900695">“Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sugʻurta bozori va elektron tijorat sohalarida, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari va shartlariga rioya etilishi borasida tekshiruvlarni oʻtkazadi, belgilangan tartibda jarima sanksiyalarini qoʻllaydi, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900696" id="-6900696">d) <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=31.07.2017 00#-3281864">1-ilova</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900697" id="-6900697">e) <a href="/ru/acts/-3280183?ONDATE=31.07.2017 00#-3281886">2-ilova</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900698" id="-6900698"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6900699" id="-6900699">“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qaroriga<br />
ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6900700" id="-6900700">Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6900701" id="-6900701">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900702" id="-6900702"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900703" id="-6900703">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900704" id="-6900704">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900705" id="-6900705">2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900706" id="-6900706">3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhr va blankaga, budjet hamda qonunchilikda belgilangan davlat bojlari va boshqa yigʻimlar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, grantlar, kreditlar, qarz va homiylik xayriyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlariga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900707" id="-6900707">Agentlik kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sugʻurta bozorini, elektron tijoratni, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish, shu jumladan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900708" id="-6900708">4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900709" id="-6900709">5. Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali oʻzaro hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900710" id="-6900710">6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900711" id="-6900711">7. Agentlikning rasmiy nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900712" id="-6900712">a) davlat tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900713" id="-6900713">toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, qisqartirilgan nomi — Istiqbolli loyihalar agentligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900714" id="-6900714">b) ingliz tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900716" id="-6900716">toʻliq nomi — National Agency of Perspective Projects of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Perspective Projects Agency;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900718" id="-6900718">v) rus tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900720" id="-6900720">toʻliq nomi — Natsionalnoye agentstvo perspektivnix proyektov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo perspektivnix proyektov.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900721" id="-6900721">2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900723" id="-6900723">8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900724" id="-6900724">kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida (keyingi oʻrinlarda — tartibga solinadigan sohalar) yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900726" id="-6900726">kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900727" id="-6900727">sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining sugʻurta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlar va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900728" id="-6900728">jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900729" id="-6900729">davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900731" id="-6900731">9. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900733" id="-6900733">a) kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900735" id="-6900735">tartibga solinadigan sohalarda qonunchilikni takomillashtirish va kelgusida rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash borasida takliflarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900736" id="-6900736">tartibga solinadigan sohalarda davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900737" id="-6900737">sohalarni huquqiy tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900738" id="-6900738">tartibga solinadigan sohalar masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900740" id="-6900740">tartibga solinadigan sohalarda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tartibini belgilaydi va amalga oshiradi, shuningdek, litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900741" id="-6900741">mazkur Nizomga ilovaga muvofiq faoliyat olib boradigan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900742" id="-6900742">tartibga solinadigan sohalarda qoidalar, normalar va standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900743" id="-6900743">davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining tartibga solinadigan sohalardagi masalalari boʻyicha oʻqishlarini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900745" id="-6900745">ilmiy-taʼlim muassasalari bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini tartibga solinadigan sohalari boʻyicha tayyorlash masalalarida hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900746" id="-6900746">tartibga solinadigan sohalarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900747" id="-6900747">qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900748" id="-6900748">mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari haqida, shu jumladan, qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar oshkoraligini taʼminlash orqali investorlar va jamoatchilikni xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900749" id="-6900749">kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900751" id="-6900751">qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarning mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka guvohnomalarini beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900753" id="-6900753">qimmatli qogʻozlarni chiqarish va roʻyxatdan oʻtkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900755" id="-6900755">oʻz mablagʻlari yetarli darajada boʻlishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklovchi koʻrsatkichlarni oʻrnatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900756" id="-6900756">qonunchilik hujjatlarini tizimli tahlil qiladi hamda tartibga solinadigan sohalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900757" id="-6900757">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900758" id="-6900758">b) kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900759" id="-6900759">kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida chora-tadbirlar koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900760" id="-6900760">kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida qonun buzilishlari aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qoʻllaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900761" id="-6900761">kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarining rivojlanish holati toʻgʻrisida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etadi, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) rasmiy veb-saytida kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarining rivojlanish holati yuzasidan doimiy ravishda maʼlumotlarni chop etadi, hamda aholining kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida savodxonligi darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900762" id="-6900762">v) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining sugʻurta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900763" id="-6900763">oʻz vakolati doirasida sugʻurta faoliyati sohasini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900764" id="-6900764">qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900765" id="-6900765">sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, sugʻurta bozori sohasida ruxsat etish tartib-taomillari amalga oshiradi hamda litsenziya va ruxsat etish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900766" id="-6900766">ijro etilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp hajmi va jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan koʻp hajmini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900767" id="-6900767">sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlarning hisobini yuritish va ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900768" id="-6900768">sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900769" id="-6900769">sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va ular tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900770" id="-6900770">sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) investitsiya faoliyatini amalga oshirishi va aktuar xizmatlari koʻrsatishi tartibi va shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900771" id="-6900771">aktuariy malaka sertifikatini olish uchun oʻquv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihonini oʻtkazadi, qonunchilikda belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900772" id="-6900772">sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalarning, shuningdek malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylarning reyestrini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900773" id="-6900773">qonunchilikka muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi va ularga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro qilinishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900774" id="-6900774">sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va ularning moliyaviy barqarorligining boshqa talablari taʼminlanishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900775" id="-6900775">sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar buzilganligi uchun sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorida, belgilangan tartibda jarima soladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7407523" id="-7407523"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-5739117">Qonuni</a><em>. </em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900776" id="-6900776">sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq yoki ayrim sugʻurta turlariga (klasslariga) nisbatan toʻxtatib turadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7407526" id="-7407526"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-5739117">Qonuni</a><em>. </em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900777" id="-6900777">sugʻurta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat toʻgʻrisida yillik hisobotlarni, shuningdek sugʻurta bozorining moliya yili davomidagi faoliyati haqidagi statistik maʼlumotlarni har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida eʼlon qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900778" id="-6900778">g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900779" id="-6900779">jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900780" id="-6900780">tartibga solinadigan sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900781" id="-6900781">jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan xavflarni oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi hamda aniqlangan xavflarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900782" id="-6900782">belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7407528" id="-7407528"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-283717">Qonuni</a><em>. </em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900783" id="-6900783">Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900784" id="-6900784">jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900786" id="-6900786">tartibga solinadigan sohalardagi amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot va maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900787" id="-6900787">yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan begʻaraz shartlar asosida hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilib oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900788" id="-6900788">jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900789" id="-6900789">d) davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900790" id="-6900790">davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida hamkorlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900791" id="-6900791">davlat organlari faoliyatiga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalarini kelishadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900792" id="-6900792">davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida professional tayyorgarlik darajasini oshirishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900793" id="-6900793">maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish borasida xorijiy davlatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900794" id="-6900794">ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalarida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900795" id="-6900795">iqtisodiyotning turli sohalarida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish haqidagi takliflarni kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900796" id="-6900796">davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900797" id="-6900797">3-bob. Agentlikning vakolatlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900798" id="-6900798">10. Agentlik quyidagi vakolatlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900799" id="-6900799">oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900800" id="-6900800">davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan material va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900801" id="-6900801">sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va sugʻurta faoliyati bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900802" id="-6900802">oʻz vakolatlari doirasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan jismoniy, shu jumladan, mansabdor shaxslardan yozma tushuntirishlar va maʼlumotlarni olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900803" id="-6900803">Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha sudga daʼvo taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900804" id="-6900804">Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900805" id="-6900805">tartibga solinadigan sohalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900806" id="-6900806">xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900807" id="-6900807">belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7407529" id="-7407529"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-5743059">Qonuni</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900808" id="-6900808">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan boʻlmagan mablagʻlar hisobiga xarid qilingan va oʻz balansida hisobi yuritilgan mol-mulkni, shu jumladan, koʻchmas mulkni, mustaqil ravishda hisobdan chiqarish yoki boshqa tarzda boshqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900809" id="-6900809">homiylik xayriyalari, grantlar, kreditlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek, sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan kripto-aktivlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs boʻyicha sotish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900810" id="-6900810">oʻz vakolati doirasida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talab va shartlariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar oʻtkazish va natijasi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900811" id="-6900811">oʻz vakolati doirasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va sudga yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900812" id="-6900812">aniqlangan qonun buzilishi holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900814" id="-6900814">Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900815" id="-6900815">tartibga solinadigan sohalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek, ilmiy institutlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900816" id="-6900816">Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900817" id="-6900817">11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900818" id="-6900818">4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900819" id="-6900819">12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900820" id="-6900820">Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900821" id="-6900821">Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900822" id="-6900822">13. Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900823" id="-6900823">14. Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900824" id="-6900824">Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qoʻllash tavsiyaviy tusga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900825" id="-6900825">15. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900826" id="-6900826">grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900827" id="-6900827">qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan ajratmalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900828" id="-6900828">jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900829" id="-6900829">yuridik shaxslar ustav fondi (kapitali)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900830" id="-6900830">davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900831" id="-6900831">Agentlikning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900832" id="-6900832">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900833" id="-6900833">16. Agentlik direktori:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900834" id="-6900834">Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900835" id="-6900835">Agentlikning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900836" id="-6900836">Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900837" id="-6900837">Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900838" id="-6900838">Agentlikning tarkibiy tuzilmalari hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900839" id="-6900839">Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900840" id="-6900840">Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7407532" id="-7407532"><em>Qarang:</em><em> Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining </em><a href="/ru/acts/-6257288#-6260035">12-bobi</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900841" id="-6900841">chet el davlatlari vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari va kompaniyalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900842" id="-6900842">oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900846" id="-6900846"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6900848" id="-6900848"><p>Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomga</p>

<p>ILOVA</p></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6900849" id="-6900849">Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6900850" id="-6900850">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6900851" id="-6900851"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900853" id="-6900853">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900854" id="-6900854">1. Ushbu Nizom Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimining (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) umumiy qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900855" id="-6900855">2. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) deganda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalarni (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihalari) joriy etayotgan yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tajriba-sinov loyihalarini sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish tushuniladi (keyingi oʻrinlarda — maxsus rejim).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900857" id="-6900857">3. Maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish yoki toʻlovni qabul qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900858" id="-6900858">4. Maxsus rejimni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900860" id="-6900860">2-bob. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900861" id="-6900861">5. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900862" id="-6900862">kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va tajriba tariqasida amalga oshirish uchun maydoncha yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900863" id="-6900863">amaldagi talablarga javob bermaydigan meʼyorlar aniqlangan taqdirda, yangi tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish va sinovdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900865" id="-6900865">kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tokenlarni chiqarish yuzasidan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900866" id="-6900866">kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlar turlarini, shu jumladan, eksportga moʻljallangan yechimlarni kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900868" id="-6900868">kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida tegishli nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900869" id="-6900869">maxsus rejim doirasida oʻtkazilgan tajribalar asosida yangi tartibga solish uslublarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900870" id="-6900870">respublika bozoriga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni olib chiqish muddatini va sarf-xarajatlarni qisqartirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900871" id="-6900871">kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900872" id="-6900872">3-bob. Agentlikning maxsus rejim doirasidagi huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900873" id="-6900873">6. Agentlik:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900875" id="-6900875">maxsus rejimni taqdim etish, ishtirokchilarni maxsus rejimda roʻyxatdan oʻtkazish tartibini, ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni, tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazgan holda qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatida istisno qilish haqida qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900876" id="-6900876">maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900877" id="-6900877">maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning oʻz vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900878" id="-6900878">tegishli vakolatli davlat organi bilan tuzilgan shartnomalar asosida maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan shaxsga doir egasizlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini, shuningdek, ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900879" id="-6900879">maxsus rejim ishtirokchilarini tajriba-sinov loyihalari muddati davomida tashkiliy-huquqiy, konsultativ qoʻllab-quvvatlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900880" id="-6900880">7. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6900881" id="-6900881">4-bob. Ishtirokchilarning maxsus rejimdagi maqomi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900882" id="-6900882">8. Maxsus rejim ishtirokchilari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtganlaridan soʻng tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900884" id="-6900884">9. Maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati, shuningdek, ularning tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida boshqa subyektlar bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlari Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan huquqiy rejimlar bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900885" id="-6900885">Maxsus rejim ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari — subyektlar bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati, shuningdek, maxsus rejimda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida mijozlarning cheklangan soni Agentlik bilan kelishilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900886" id="-6900886">10. Maxsus rejimda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900887" id="-6900887">11. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900888" id="-6900888">Belgilangan muddat oʻtgach Agentlik tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli normalarni tarqatish yoxud tegishli asoslarni koʻrsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900890" id="-6900890">5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son <a href="/ru/acts/-5825745">qarorida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900892" id="-6900892">a) <a href="/ru/acts/-5825745?ONDATE=17.01.2022 00#-5827576">2-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900893" id="-6900893">“2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900895" id="-6900895">aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovka varagʻidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egalari boʻlgan aksiyadorlarga oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900898" id="-6900898">qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yigʻim Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga toʻlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900899" id="-6900899">b) 3-bandning <a href="/ru/acts/-5825745?ONDATE=17.01.2022 00#-5827585">ikkinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900900" id="-6900900">“Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq, shu jumladan, bozor holati va anderrayterlar xulosalarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etiladigan aksiyalar paketining hajmini va savdoga chiqarish muddatini belgilash, ularning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900902" id="-6900902">6. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 176-son <a href="/ru/acts/-1238379">qarorida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900903" id="-6900903">a) <a href="/ru/acts/-1238379?ONDATE=16.08.2007 00#-1238487">1-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900905" id="-6900905"><a href="/ru/acts/-1238379?ONDATE=16.08.2007 00#-1238488">ikkinchi xatboshidagi</a> “tirajli, bir lahzali va raqamli” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladigan Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, bukmekerlik faoliyati va” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900906" id="-6900906"><a href="/ru/acts/-1238379?ONDATE=16.08.2007 00#-1238489">uchinchi xatboshi</a> “, mazkur faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish hollari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6900907" id="-6900907">b) ilovaning <a href="/ru/acts/-1238379?ONDATE=16.08.2007 00#-1238508">2</a>, <a href="/ru/acts/-1238379?ONDATE=16.08.2007 00#-1238555">3</a> va <a href="/ru/acts/-1238379?ONDATE=16.08.2007 00#-1238565">4-bandlari</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6900608" id="-6900608">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
