|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining
QARORI
“EKSPERT KENGAShI TOʻGʻRISIDA NIZOM”GA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 263-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-sonli “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2443, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 263-raqam bilan roʻyxatga olingan “Ekspert kengashi toʻgʻrisida nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUHITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi
96/6-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi
96/6-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 263-raqam bilan roʻyxatga olingan Ekspert kengashi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandining “j” bandchasidan “boʻlinmalarning va davlat inspeksiyasi boʻlimining xodimlari bilan birgalikda” soʻzlari chiqarilsin.
2. 5-band boʻyicha:
a) quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ekspert kengashlari raisligi va aʼzoligiga nomzodlar oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar koʻrsatgan nomzodlar orasidan OAK raisi, uning oʻrinbosarlari, bosh ilmiy kotib tavsiyasiga asosan OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.”;
b) ikkinchi—toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi—oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda ekspert kengashi tarkibini qisman oʻzgartirish OAK Rahbariyatining qaroriga asosan, keyinchalik ushbu qaror OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanishi sharti bilan amalga oshiriladi”;
g) beshinchi xatboshida “odatda, 21 kishidan oshmasligi kerak” degan soʻzlar “9 kishidan tortib, 21 kishigacha boʻlishi kerak” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) sakkizinchi xatboshida “kelishilgan holda” soʻzlaridan keyin “OAK Rahbariyati ruxsati bilan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) oʻninchi xatboshi chiqarilsin.
3. 6-band boʻyicha:
a) quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Attestatsiya va dissertatsiya ishlarini operativ va kompetentli koʻrib chiqish maqsadida, OAK ekspert kengashi tarkibida OAK Rayosati tomonidan seksiyalar tuzilishi mumkin. Seksiyalarning qarorlari ekspert kengashida koʻrib chiqilishi shartdir”;
b) ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi—beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshida “va ilmiy kengashning” soʻzlari chiqarilsin.
4. 7-bandning birinchi xatboshisida “rais oʻrinbosari” soʻzlaridan keyin “yoki OAK Rahbariyati tomonidan koʻrsatilgan ekspert kengashi aʼzosi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. 8-band boʻyicha:
a) ikkinchi xatboshisidagi “qismlari” soʻzi “boʻlimlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshida “OAK Hayʼati yoki fan sohalari boʻyicha boʻlinma rahbari” degan soʻzlar “OAK rahbariyati dissertatsiya ishini mustaqil yopiq ekspertizaga berib, ekspertiza natijasi asosida” soʻzlariga almashtirilsin;
v) quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ekspert kengashida koʻrib chiqilgan attestatsiya ishlari, ular yuzasidan ekspert kengashining qarorlari, OAK Rayosatida, ekspert kengashi kuratori hisoblangan OAK rahbari va ekspert kengashi raisi (rais oʻrinbosari) tomonidan taqdim etiladi.
Ekspert kengashi iyul-avgust oylarida faoliyat koʻrsatmaydi va bu oylar attestatsiya ishlarining OAKda koʻrilish muddatlariga kirmaydi”.
6. 12-bandda “maʼruzachi kengash aʼzosi” soʻzlari chiqarilsin.
7. 13-bandning birinchi xatboshisida “olti oydan” soʻzlari “toʻrt oydan” soʻzlari bilan, “toʻrt oydan” soʻzlari “ikki oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Nizom quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:
“16. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)