1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda zargarlik sohasida ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga chegirmalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga chegirmalar berish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 834-son qarori.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son hamda “Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-303-son qarorlarida:
a) 2029-yil 1-fevralga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda zargarlik sohasida 75 dan 125 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 125 dan 200 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 200 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 300 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish joriy etilgani;
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini va ular tomonidan yaratilgan zargarlik sohasidagi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga kiritib borilishi va yangilab borilishi;
v) chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda shakllantirilishi:
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilgan ish oʻrinlari soni;
yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilganligi, ularga kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarining mavjudligi;
tadbirkorlik subyekti zargarlik markazida kamida bir oy davomida faoliyat yuritayotgan boʻlishi;
g) Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini har oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Vakolatli organ) tomonidan qabul qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini har oyning 10-sanasiga qadar belgilangan mezonlarga muvofiqligini oʻrganib chiqish, shu jumladan, yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hamda zamonaviy texnologiyalar joriy etilganligini baholash;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati har oyning 15-sanasiga qadar chegirmalar qoʻllash uchun “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga kiritib borilishi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 109-son qaroriga
Qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
1. Mazkur Nizom qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan mezon va talablarga muvofiq faoliyatini yoʻlga qoʻygan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari;
tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan chegirmalardan foydalanish maqsadida shakllantirilgan belgilangan mezon va talablarga muvofiq faoliyatini yoʻlga qoʻygan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati;
chegirma — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar sotishda zargarlik sohasida 75 dan 125 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 125 dan 200 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 200 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 300 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
Komplayens nazorat xizmati — Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
Vakolatli organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni — zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan baholash mezonlari asosida aniqlanadigan ishlab chiqarish jarayonlari.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.03.00 Eksport vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi]
3. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar uchun yangi ish oʻrinlari yaratilishini ragʻbatlantirish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli eksportga yoʻnaltiriladigan zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini kengaytirish;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, chegirmalarni toʻgʻri qoʻllash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish.
2-bob. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi
4. Tadbirkorlik subyektlari roʻyxatining shakli Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar]
5. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni.
6. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.19.00 Mehnat shartnomasi tuzishning boshqa masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
7. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kirish uchun Vakolatli organga har oyning 5-sanasiga qadar quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
chegirma berish mezonlariga muvofiq yaratilgan ish oʻrinlari soni haqidagi maʼlumot (bunda 1 foiz miqdorida chegirma oluvchilar uchun ushbu ish oʻrinlarining kamida 50 tasi, 2 foiz miqdorida chegirma oluvchilar uchun — 80 tasi, 3 foiz miqdorida chegirma oluvchilar uchun — 140 tasi hamda 4 foiz miqdorida chegirma oluvchilar uchun — 210 tasi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida (MXSK — 08 boʻyicha kodi 7313) belgilangan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar tashkil etishi lozim);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan va qonunchilik hujjatlari asosida mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlarga kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligi haqidagi maʼlumot;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni joriy etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarning mavjudligi haqidagi maʼlumot;
zargarlik markazida kamida bir oy davomida faoliyat yuritishi toʻgʻrisida maʼlumot;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
Tadbirkorlik subyektlari oʻz xohishiga koʻra oʻzida yaratilgan imkoniyatlar haqidagi boshqa maʼlumotlarni ham taqdim etishi mumkin.
8. Vakolatli organ tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda har oyning 10-sanasiga qadar mazkur Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan ariza va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
9. Oʻrganish jarayonida mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan muddat doirasida Vakolatli organga quyidagi xulosalar taqdim etiladi:
a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan — tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan talablarga muvofiq ish oʻrinlari yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Bunda xulosada 1 foiz miqdorda chegirma oluvchilar uchun ushbu ish oʻrinlarining kamida 50 tasi, 2 foiz miqdorda chegirma oluvchilar uchun — 80 tasi, 3 foiz miqdorda chegirma oluvchilar uchun — 140 tasi hamda 4 foiz miqdorda chegirma oluvchilar uchun — 210 tasi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida (MXSK — 08 boʻyicha kodi 7313) belgilangan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar tashkil etishi tahlil qilinadi;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qarori tahririda)
b) Soliq qoʻmitasi tomonidan — yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan va qonunchilik hujjatlari asosida mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlarga tadbirkorlik subyektlari tomonidan kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligini tasdiqlash toʻgʻrisida xulosa;
v) Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi xulosa:
mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni joriy etilganligini baholash natijalari;
yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarning mavjudligi;
tadbirkorlik subyekti zargarlik markazida kamida bir oy davomida faoliyat olib borishi.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
har oyning 10-sanasiga qadar tadbirkorlik subyektlarining arizalarini va ular yuzasidan tegishli tashkilotlarning xulosalari asosida tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirib, kelishish uchun Komplayens nazorat xizmatiga kiritadi;
har oyning 15-sanasiga qadar Komplayens nazorat xizmati bilan kelishilgan tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
12. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati Vakolatli organ tomonidan har oyning 15-sanasiga qadar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga kiritiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
13. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritishni rad etish va undan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tadbirkorlik subyektlarining oʻz arizalariga asosan;
tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida belgilangan mezon va talablarga mos kelmasligi aniqlanganda;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
tadbirkorlik subyektlari tugatilganda.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish rad etilishi va roʻyxatdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Vakolatli organ tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish rad etilgan taqdirda tadbirkorlik subyektini bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
15. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish rad etilgan tadbirkorlik subyektlari koʻrsatilgan rad etish sabablarini bartaraf etgan holda Vakolatli organga umumiy asoslarda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
16. Tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomda belgilangan chegirmalar toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Komplayens nazorat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI1 bobi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qimmatbaho metallarni birja savdolarida va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyekti)
Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vakolat organ) ariza bilan murojaat qiladi.
Har oyning 5-sanasiga qadar
2-bosqich
Vakolatli organ
Tadbirkorlik subyektlarining arizasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi xamda Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosariga kelishish uchun kiritadi.
Har oyning 10-sanasiga qadar
3-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari
Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini koʻrib chiqadi va kelishadi.
Har oyning 15-sanasiga qadar
4-bosqich
Vakolatli organ
Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan roʻyxatni “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga” kiritib boradi.
Har oyning 15-sanasiga qadar
5-bosqich
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan roʻyxatga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda nazarda tutilgan chegirmalarni qoʻllagan holda qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida realizatsiya qiladi.
Belgilangan muddatlarda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini baholash
MEZONLARI
T/r
Koʻrsatkichlar
Salmoq oʻlchovi
Minimal meʼyor
1.
Korxonaning ishlab chiqarish texnologiyalari bilan jihozlanganligi, shundan:
1.1.
Xomashyo tayyorlash boʻlimi (umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi):
30
5 ball
1.1.1.
Uzluksiz uyish uskunasi
10
1.1.2.
Sim va plastina tortish dastgohlari
5
1.1.3.
Shakl berish, prokatlash uskunalari
5
1.1.4.
Sim va prokatni toblash pechi
10
1.2.
Avtomatlashtirilgan zanjir toʻqish texnologiyasi asosida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi):
20
5 ball
1.2.1.
Avtomatlashtirilgan zanjir toʻqish dastgohi
5
1.2.2.
Tunelsimon payvandlash pechi yoki lazer uskunasi
5
1.2.3.
Olmos yordamida jilo berish uskunasi
5
1.2.4.
Zanjirga shakl berish dastgohlari
5
1.3.
Ichi boʻsh zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan holda hisoblanadi):
10
5 ball
1.3.1.
Trubkalar va naychalarni tortish va bukish dastgohi
5
1.3.2.
Tortish dastgohlari
5
1.4.
Shtamplash texnologiyasi asosida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan holda hisoblanadi):
6
6 ball
1.4.1.
Shtamplash uskunasi
6
1.5.
Quyma zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan holda hisoblanadi):
Sinov laboratoriyaning mavjudligi (asillik darajasini belgilash yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish organlarida yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan, attestatsiya qilingan boʻlishi)
10
10 ball
3.
Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya mavjudligi
5
5 ball
4.
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotda eksportning ulushi (kontrakt asosida eksport qilingan mahsulotning qiymati boʻyicha hisoblanadi)
10 ball
4.1.
0 dan 5 foizgacha
10
4.2.
6 dan 10 foizgacha
12
4.3.
11 dan 15 foizgacha
14
4.4.
16 dan 20 foizgacha
16
4.5.
21 dan 30 foizgacha
18
4.6.
31 foiz va undan yuqori
20
5.
Koʻrgazma zali (show room) mavjudligi
10
10 ball
Jami:
201
60 ball
Izoh. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini baholashda tegishli koʻrsatkichlar natijalari ular boʻyicha belgilangan minimal meʼyorlardan kam boʻlgan holatlarda boshqa koʻrsatkichlar natijalari hisobidan shakllangan ballar umumiy ballni hisoblashda inobatga olinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 09/24/109/0181-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son; 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)