Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan ayrim vazirlik va idoralarning aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish sohasidagi funksiyalarini optimallashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoniga muvofiq hamda aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonida davlat organlarining takrorlanuvchi vazifa, funksiya va vakolatlarini bartaraf etish maqsadida:
1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tugatish;
b) Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirishning quyidagi manbalarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga yoʻnaltirish:
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tugatilayotgan jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlarning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Belgilansinki:
mazkur Farmon 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi;
mazkur Farmonga 1-ilovaning 1, 3 va 14-bandlari 2024-yil 1-maydan amalga kiritiladi.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-dekabr,
PF-216-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-son Farmoniga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4715-son Farmoniga 1-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6195-son Farmonida:
a) 2, 3-bandlar va 4-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 6-bandning“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga”;
v) 12-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-58-son Farmonida:
2-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ilovaning 2-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-175-son Farmonida:
beshinchi xatboshidagi “har ikki yilda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda “Yoʻl xaritalari” ijrosi respublikaning yillik ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari shakllantirilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bir oy ichida baholashdan oʻtkaziladi”;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin;
3.1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Strategiya amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi va maqsadli koʻrsatkichlardan kelib chiqib har yili baholanadi hamda 2030-yilgacha boʻlgan maqsadlarga erishish uchun unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.
6. Strategiyani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi va boshqa yoʻnalishdagi davlat siyosatidan va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ijtimoiy himoya sohasini umumiy siyosat bilan muvofiqlashtirish maqsadida Strategiyaga tegishlicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”;
11-pozitsiyaning “Muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

22.

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

1. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2023-yil 31-dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Abruyev)

2. Strategiyani 2024-yilgacha amalga oshirilgan ishlar va natijalar boʻyicha baholashdan oʻtkazish.

2024-yil 1-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov)

3. Baholash natijalari va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, Strategiyaning maqsadlari va koʻrsatkichlarini qayta koʻrib chiqish.

2024-yil 1-iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoniga ilovaning 205-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoni 10-bandining “e” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “yanvarga” soʻzi “iyulga” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2733-son qaroriga 2-ilova 41-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boʻlinmalari yuridik xizmat xodimlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi “v” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qarorida:
uchinchi xatboshida “oʻzgartirishlar kiritish” soʻzlari “oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“Paralimpiyachilarning matonat maktabi 2” bloki chiqarib tashlansin;
izoh qismining birinchi xatboshisidagi “26” raqami “24” raqami bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5116-son qarorida:
7-banddagi “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarorining 7-bandi “z” kichik bandidan “Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qarorida:
a) 3-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining” va “(keyingi oʻrinlarda — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11 — 14-pozitsiyalarning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorida:
3-bandning yettinchi xatboshisidagi “Savdo-sanoat palatasining raisi A. Ikramov” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidan “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-274-son qarorining 1-bandida:
ikkinchi xatboshidan “, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-230-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-270-son qarorida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Matonat maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil qilinadi;
Matonat maktabi rahbarligi Agentlik direktori buyrugʻi asosida Agentlik direktorining tegishli oʻrinbosariga yuklatiladi”;
oltinchi xatboshidagi “1 ta avtobusni” soʻzlari “1 ta avtobus va 1 ta mikroavtobusni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Belgilab qoʻyilsinki:
Matonat maktabining yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish sohasidagi faoliyatiga Mudofaa vazirligi;
Matonat maktabining yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish sohasidagi faoliyatiga Yoshlar siyosati va sport vazirligi koʻmaklashadi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-347-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-365-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi oʻrinlarda — tibbiy-ijtimoiy muassasalar) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga biriktirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
birinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandda “Davlat bojxona qoʻmitasiga (A. Mavlonov)” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi — uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
a) 2023-2024-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalari oʻrnatilishini taʼminlasin;
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida oʻqitish tartibini joriy etsin”;
“v” va “g” kichik bandlardan “(B. Musayev)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshida “Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov)” soʻzlari “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshida “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik bandning birinchi xatboshisida “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev)” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisiga bojxona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga oʻtkazilgan tovar-moddiy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslantirilgan soʻrovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga begʻaraz topshirish huquqi berilsin”;
e) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) “Saxovat” internat uylarida, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov)” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Saxovat” internat uylarida, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosini muvofiqlashtirish, uning samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida bojxona organlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 3 ta shtat birligidan iborat tibbiy-ijtimoiy muassasalar bilan ishlash boʻlimini tashkil etsin”;
z) 13-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov belgilansin”.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-407-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band “g” kichik bandining birinchi — uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda:
2023-yildan boshlab har yili sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Imo-ishora tili boʻyicha eng yaxshi tarjimon” tanlovini oʻtkazsin va tanlov gʻoliblarini 1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, 2-oʻrin uchun — 65 baravari, 3-oʻrin uchun — 50 baravari miqdoriga teng boʻlgan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirsin;
uch oy muddatda imo-ishora tili tarjimonlarining ish vaqtini meʼyorlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin. Bunda, loyihalarda tarjimonlarga har 30 daqiqada tanaffus berish, 1 soatdan uzoq davom etadigan tadbirlarga kamida ikki nafar tarjimon jalb qilish va ularga toʻliq ish haqi toʻlashni nazarda tutsin”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorida:
13-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil mart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.

Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish.

1. Mahalladan turib barcha davlat idoralari rahbarlariga onlayn tarzda shaxsan murojaat qilish tizimi va har bir mahallada davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish.

2024-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini yaratish va quyidagilarni taʼminlash:

mahallada kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, aholi bilan ishlash sohasiga raqamli va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;

nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, sohada dasturiy yechiml�rni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash.

2024-yil may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

S. Abdullayev

.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qarorida:
10-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “yanvarga” soʻzi “martga” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 12 va 13-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil fevral” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-son Farmoniga

2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-26-son Farmoniga ilovaning 46-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5038-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son)