O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Surxondaryo viloyatida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoni.
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 40 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi (keyingi o‘rinlarda — Yoshlar sanoat zonalari) loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilsin.
2. Belgilansinki, Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida:
a) tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish, shu jumladan sanoat ipotekasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, o‘rnatilgan tartibda ajratilgan yer maydonlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari barpo etiladi;
b) sanoat ipotekasi asosida qurilish uchun yer maydonlari tegishli bosh rejalarga muvofiq elektron onlayn-auksionga quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlarining asosiy parametrlari va qurish muddatlari to‘g‘risidagi shartlar belgilangan holda joylashtiriladi hamda ushbu shartlar yer ijara shartnomasida ko‘zda tutiladi;
v) sanoat ipotekasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan barpo etiladigan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari keyinchalik ular tomonidan yosh tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoni.
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tadbirkorlar tomonidan xarid qilish bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirishga ruxsat etish;
b) ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan moliyaviy resurslarni tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga taqdim etish. Bunda:
tijorat banklariga moliyaviy resurslarni Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari doirasida milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 11 yil muddatga taqdim etish;
tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi kreditlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratish;
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Jamg‘arma mablag‘lari va kredit bo‘yicha foiz stavkasini mutanosib ravishda pasaytirish, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoldirish;
tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy resurslarning eng yuqori miqdorini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun moliyalashtiriladigan jami investitsiya loyihalari doirasida 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda belgilash.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonasida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilgan yosh tadbirkorga Yoshlar sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi hamda u bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tuziladi.
5. Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kadastr agentligi:
bir oy muddatda har bir tuman va shaharda Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan taqdimotlarni tashkil etsin, shuningdek, yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan yer maydonlari yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazsin;
ikki oy muddatda tadbirkorlar o‘rtasida talab yuqoriligi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari mavjudligi, tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilishi holatidan kelib chiqib, shuningdek, hududlarda yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar asosida Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining manzilli ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kadastr agentligining 1-ilovaga muvofiq “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidagi 21 gektar yer maydonini qisqartirish hisobiga:
4 gektar bo‘sh yer maydonida Yoshlar sanoat zonasini tashkil etish;
17 gektar yer maydonini “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga qo‘shish orqali uning hududini kengaytirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
7. Surxondaryo viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududi bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda:
Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
bosh rejani ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hamda hududiy tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining tasdiqlangan bosh rejalariga asosan 2024-yilda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun 40 mlrd so‘m mablag‘larni 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi orqali ajratish choralarini ko‘rsin.
Bunda, mazkur mablag‘lar qayta ko‘rib chiqilgan Yoshlar sanoat zonalarining manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha ajratilishi ko‘zda tutilsin.
9. Surxondaryo viloyati hokimligi:
a) Surxondaryo viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyaning 2024-yilda saqlash xarajatlarini Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Termiz shahridagi “Tinchlik” Yoshlar sanoat zonasi tajribasi asosida 2024-yilda 6 ta tuman (shahar)da, 2025-yilda 8 ta tumanda Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida bino-inshootlar barpo etilishini ta’minlasin;
hududda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun tayyor loyiha portfellarini tashabbuskor investorlarga muntazam ravishda taklif etib borsin.
10. Yoshlar ishlari agentligi:
Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida yosh tadbirkorlarga oid ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi integratsiyalashuv platformasi orqali o‘zaro integratsiyasini ta’minlasin;
“Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda yosh tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarni, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z loyihalarini Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirishga jalb etish va ushbu hududda yaratilgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin.
11. Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Yoshlar sanoat zonalari bosh rejalariga asosan amalga oshiriladigan muhandislik-kommunikatsiya, qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, sanoat ipotekasi tizimini joriy etish va amalga oshirish bo‘yicha tegishli davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Yoshlar sanoat zonalarida yosh tadbirkorlar investitsiya loyihalari uchun, shu jumladan barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilish bo‘yicha Jamg‘arma hisobidan belgilangan tartibda kreditlar ajratib borilishini monitoring qilish va ta’minlash;
yosh tadbirkorlarga Yoshlar sanoat zonalarida biznes loyihalarini amalga oshirish jarayonida har tomonlama ko‘maklashish;
yosh tadbirkorlar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha muntazam ravishda targ‘ibot ishlarini tashkil etish, yosh tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirish uchun qulay yer maydonlarini aniqlash hamda hududdagi Yoshlar sanoat zonalarining manzilli ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari K.K. Kuranbayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
PQ-400-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qaroriga
1-ILOVA
Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga o‘tkazilayotgan hududlar
RO‘YXATI

Hududlar va ularning chegaralari

Maydoni

(gektar)

Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tarkibiga o‘tkazilayotgan hudud:

Denov tumani, “G‘alaba” SIU mavzesi, “Qo‘zichoq” MFY hududidagi 4,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralari bilan:

1-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'57.55''N sharqiy uzoqlik 67°53'33.53''E

2-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31''E

3-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.59''N sharqiy uzoqlik 67°53'26.66''E

4-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.18''N sharqiy uzoqlik 67°53'32.63''E

4,0

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga o‘tkazilayotgan hudud:

Denov tumani, “G‘alaba” SIU mavzesi, “Qo‘zichoq” MFY hududidagi 17,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralari bilan:

1-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.58''N sha�qiy uzoqlik 67°53'26.44''E

2-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.41''N sharqiy uzoqlik 67°53'25.07''E

3-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.90''N sharqiy uzoqlik 67°53'23.52''E

4-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.09''N sharqiy uzoqlik 67°53'23.05''E

5-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'42.09''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.73''E

6-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'40.70''N sharqiy uzoqlik 67°53'34.33''E

7-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'40.72''N sharqiy uzoqlik 67°53'36.44''E

8-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'45.74''N sharqiy uzoqlik 67°53'45.25''E

9-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'46.24''N sharqiy uzoqlik 67°53'45.02''E

10-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'46.24''N sharqiy uzoqlik 67°53'45.02''E

11-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'47.52''N sharqiy uzoqlik 67°53'42.86''E

12-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'49.93''N sharqiy uzoqlik 67°53'43.33''E

13-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'52.96''N sharqiy uzoqlik 67°53'40.64''E

14-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'53.90''N sharqiy uzoqlik 67°53'41.21''E

15-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.38''N sharqiy uzoqlik 67°53'41.97''E

16-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.19''N sharqiy uzoqlik 67°53'43.12''E

17-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.42''N sharqiy uzoqlik 67°53'44.15''E

18-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'55.09''N sharqiy uzoqlik 67°53'44.88''E

19-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'58.50''N sharqiy uzoqlik 67°53'43.36''E

20-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'57.55''N sharqiy uzoqlik 67°53'33.53''E

21 -nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.18''N sharqiy uzoqlik 67°53'32.63''E

22-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.59''N sharqiy uzoqlik 67°53'26.66''E

23-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31''E

24-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31''E

17,0

Izoh: 21 gektar yer maydoni Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “G‘alaba” SIU mavzesi, “Qo‘zichoq” MFY hududida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qaroriga
2-ILOVA
Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi
TARKIBI

1.

K.K. Kuranbayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari, Komissiya raisi

2.

U.B. Qosimov

Surxondaryo viloyati hokimi, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

J.T. Jo‘rayev

Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

4.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

A.Z. Sa’dullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

6.

A.I. Axmedxadjayev

energetika vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

A.M. Boboyev

iqtisodiyot �a moliya vaziri o‘rinbosari

8.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisi o‘rinbosari

9.

A.A. Akbarjonov

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

10.

X.F. Sattarov

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori

11.

Lavozimiga ko‘ra

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Qarorga 1-ilovada:
“Surxondaryo viloyati bo‘yicha” bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

Jami:

428,32

”.

pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2023-y., 07/23/400/0953-son)