1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tashqi reklama va ijtimoiy axborotni joylashtirish sohasini tizimli tartibga solish, mazkur yoʻnalishda qatʼiy nazorat oʻrnatish, tashqi reklama bozorining ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar yaratib, mulk daxlsizligini taʼminlash hamda sohaga oid munosabatlarni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
1. Belgilansinki, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish hamda sohada shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi;
davlat mulki boʻlgan yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarda yangi oʻrnatiladigan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish huquqi uchun elektron onlayn-auksion yakunlari boʻyicha toʻlov hamda tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun yigʻim oʻrniga miqdori ochiq elektron auksion savdolari orqali belgilanadigan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim (keyingi oʻrinlarda — yigʻim) joriy etiladi;
davlat mulki boʻlgan yer uchastkalarida, bino hamda inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni oʻrnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida “E-auksion” elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida auksion gʻolibiga avtomatik tarzda beriladi;
xususiylashtirilgan, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda hamda transport vositalarida (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini beruvchi reklama joyining pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) axborot tizimi orqali beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 702-sonli “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Tashqi reklamani joylashtirish sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashqi reklamani joylashtirish sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishiga masʼul etib belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang)]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan taqdim etilgan namunaviy tartib asosida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hamda Qoʻmita bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda, tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan oʻtkazsin;
tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) belgilangan tartiblarga muvofiq oʻrnatilganligi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang)]
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga tashqi reklama sohasiga oid vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida zaruratga koʻra 2024-yil 1-martga qadar tegishli mahalliy budjetlardan, 2024-yil 1-martdan boshlab ularning budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashqi reklamani muvofiqlashtirish boʻlinmalarini tashkil etish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
a) amal qilish muddati belgilanmagan reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar uchun 2024-yil 1-dekabrgacha va yer uchastkalari uchun 2030-yil 1-dekabrgacha etib belgilansin. Bunda mazkur qoida quyidagi talablarga javob beradigan tashqi reklama obyektlariga tatbiq etiladi:
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganda yoki mavjud qarzdorlikni 9 oy muddatda har oyning 10-sanasigacha teng miqdorda boʻlib toʻlash sharti bilan qoplash majburiyatini olganda. Bunda qarzdorlikni teng miqdorda boʻlib toʻlash summasi har bir konstruksiya uchun Toshkent shahrida 100 BHMdan, qolgan hududlarda 50 BHMdan oshgan qarzdorlikka nisbatan birinchi toʻlovni qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida amalga oshirish sharti bilan qoʻllaniladi. Pasportlar bekor qilinganda, amalga oshirilgan toʻlovlar qaytarilmaydi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi mavjud boʻlganda;
reklamadan xoli hududlarda joylashtirilmaganda, jamoat transporti toʻxtash bekatlari bundan mustasno;
reklama joylashtirish huquqni belgilovchi hujjatlarning elektron nusxalari taqdim qilinganda;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
v) ilgari berilgan reklama joyining pasport egalari tomonidan 2024-yil 1-dekabrga qadar ularni yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun YIDXP axborot tizimi orqali ariza topshiriladi.
Belgilansinki, ilgari berilgan reklama joyining pasportlari yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirilmaganda, ushbu pasportlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023-yil 1-dekabrga qadar:
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish va ulardan foydalanish qoidalari hamda ularni oʻrnatish chizmalari tasdiqlanishini taʼminlasin;
Qoʻmita bilan birgalikda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun shartnoma ommaviy ofertasining namunaviy shaklini ishlab chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) ishga tushirilishini taʼminlasin.
Bunda:
elektron tizimni joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun — Departament;
elektron tizim ishlashini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun — Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul va javobgar hisoblanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda elektron tizim joriy etilishiga “Raqamli hudud” dasturi doirasida Departament huzurida tashkil etiladigan hududiy loyiha ofislari masʼul etib belgilansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tashqi reklamani muvofiqlashtirish boʻlinmalari Departament huzuridagi hududiy loyiha ofislari bilan birgalikda elektron tizimni yuritsin.
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tashqi reklama joyining pasportlarini rasmiylashtirish va berish (imzolash) vazifasi yuklangan vakolati mansabdor shaxsi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari qarorlariga asosan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
8. Belgilansinki:
elektron tizimni ishga tushirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash Departamentning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
elektron tizim “E-auksion” elektron savdo platformasi va YIDXP axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
elektron tizimdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoʻmita, Departament, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan respublikaning barcha hududlarida bepul foydalaniladi;
tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) tashqi reklama joyining pasportini tekshirish imkonini beruvchi maxsus QR-kod boʻlishi shart;
davlat mulki boʻlgan yer uchastkalariga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida yutib olgan auksion gʻolibi bilan ushbu yer uchastkalari boʻyicha alohida yer ijarasi shartnomasi tuzilmaydi;
davlat mulki boʻlgan bino-inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida yutib olgan auksion gʻolibi bilan davlat mulki obyektlarini ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali) soliq organlarining “E-Ijara” axborot tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama tuziladi.
Bunda 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ijara haqining stavkalari bir kvadrat metr uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar maʼmuriy markazlarida 10 foizi hamda boshqa hududlarda 7 foizi miqdorida belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang)]
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq elektron auksion savdolariga chiqarishning boshlangʻich narxi tasdiqlangan yigʻim miqdorida belgilanadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq elektron auksion savdolariga alohida yoki bir nechta obyektlardan iborat lot shaklida qoʻyiladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
yigʻim Toshkent shahrida reklama maydonining (sathining) bir kvadrat metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizidan va boshqa hududlarda 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Bunda yigʻim xususiylashtirilgan, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlardagi tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun ham tatbiq etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, yigʻim miqdorini belgilash hamda ularga 0,5 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash tavsiya etiladi;
transport vositalarida (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) reklamani joylashtirish uchun yigʻim miqdori ularning toifasidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Bunda yigʻim miqdori rasman eʼlon qilinmagan va kuchga kirmagan taqdirda, mazkur davr uchun yigʻim undirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
elektron tizim ishga tushirilgandan boshlab tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishga boʻlgan huquq uchun oylik yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar 2-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda yigʻimdan tushumni taqsimlashdan oldin “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun 0,5 foiz miqdordagi toʻlov chegirib qolinadi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Belgilansinki, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab transport vositalarida (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) reklamani joylashtirish uchun yigʻim transport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini berishda toʻlanadi. Bunda 2024-yil 1-dekabrga qadar berilgan transport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportlari uchun yigʻim 2025-yil 1-yanvarga qadar toʻliq toʻlanishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga yigʻimni undirish choralarini koʻrish vazifasi yuklansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
10. Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) egalarining axborot xavfsizligi yuzasidan masʼuliyatini oshirish va tashqi reklama sohasini tartibga solish maqsadida quyidagilar joriy etilsin:
tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) siyosiy maqsadlarga moʻljallangan axborot faqat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan siyosiy partiyalarning, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning buyurtmasiga asosan joylashtiriladi;
yoʻl qatnov qismida joylashgan bino va inshootlarning tashqi qismida har qanday turdagi shaxsiy eʼlonlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar hamda jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadida joylashtirilgan, reklama tusiga ega boʻlmagan, umumiy maydoni bir kvadrat metrdan koʻp boʻlgan eʼlonlar tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) sifatida eʼtirof etiladi hamda ular uchun belgilangan tartibda reklama joyining pasporti rasmiylashtiriladi.
11. Ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unga quyidagilar yuklansin:
ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
har yili 1-dekabrga qadar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan keyingi yilda eʼlon qilinadigan ijtimoiy axborot dasturini tasdiqlash;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlangan ijtimoiy axborot joylashtiriladigan joylar va ularning grafigini tasdiqlash;
ijtimoiy axborotni tayyorlash va targʻibot jarayonlarini nazorat qilish;
ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborot tarqatuvchilar tomonidan ijtimoiy axborotni joylashtirish hamda tarqatish tartibini belgilash;
ijtimoiy axborot samaradorligi natijalari yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi komissiyaning ishchi organi etib belgilansin.
12. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijtimoiy axborotni tayyorlash va tarqatish 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilsin.
13. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijtimoiy axborotni tayyorlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) tele va radiokanallarda namoyish etish (eshittirish) jarayonida joylashtiriladigan ijtimoiy axborot boʻyicha:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ijtimoiy axborotni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Kinematografiya agentligi) buyurtma beradi;
buyurtma asosida tayyorlanadigan ijtimoiy axborot ssenariysi muallifi (mualliflar jamoasi) va ssenariyga muvofiq ijtimoiy axborotni tasvirga oluvchi tashkilot alohida tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;
har bir ijtimoiy axborot uchun Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy axborotning badiiy-gʻoyaviy mazmunini koʻrib chiquvchi, zarur malaka va bilimga ega besh nafardan ortiq boʻlmagan tarkibda alohida maslahatchilar guruhi tashkil etiladi. Bunda ushbu maslahatchilar guruhining aʼzoligiga ijtimoiy axborotni ishlab chiqarish uchun buyurtma bergan tashkilotdan bir nafar xodim ajratiladi;
buyurtma asosida tayyorlanadigan ijtimoiy axborotning xarajatlar smetasi Kinematografiya agentligi tomonidan belgilangan talablarga mos keladigan auditorlik tashkilotining ekspertizasidan oʻtkaziladi;
ijtimoiy axborot moliyaviy-iqtisodiy xarajatlarining asosligiga auditorlik tashkilotining xulosasi asosida Kinematografiya agentligi huzurida faoliyat yurituvchi ekspertlar kengashi baho beradi;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar Kinematografiya agentligi tomonidan tayyorlangan ijtimoiy axborotni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan holda qabul qiladi;
b) tashqi reklama orqali yoki veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan ijtimoiy axborot boʻyicha:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ijtimoiy axborotni tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining maxsus axborot portaliga joylashtiradi;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining maxsus axborot portali orqali ijtimoiy axborot boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan takliflar tanlov asosida tanlab olinadi;
tanlov yakunlari boʻyicha tanlab olingan ijtimoiy axborotning muallifiga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda pul mukofotlari toʻlab beriladi;
v) ijtimoiy axborotni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
14. Qoʻmitaning ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan ijtimoiy axborot belgilangan talablar asosida joylashtirilmaganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. Qoʻmita uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda tashqi reklama orqali yoki veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan ijtimoiy axborotni tanlov asosida tanlab olishni taʼminlovchi maxsus axborot portalini ishga tushirsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 5-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
18. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Qoʻmita ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
19. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Sharaxmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-avgust,
428-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qaroriga 1-ILOVA
Tashqi reklamani joylashtirish sohasini rivojlantirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
2023 — 2025-yillarda yangi oʻrnatiladigan tashki reklama obyektlarining (konstruksiyalari) prognozi*
2023-yilda
2024-yilda
2025-yilda
Jami
Auksionga chiqariladigan konstruksiyalar soni
YIDXP orqali beriladigan pasportlar boʻyicha konstruksiyalar soni
Jami
Auksionga chiqariladigan konstruksiyalar soni
YIDXP orqali beriladigan pasportlar boʻyicha konstruksiyalar soni
Jami
Auksionga chiqariladigan konstruksiyalar soni
YIDXP orqali beriladigan pasportlar boʻyicha konstruksiyalar soni
LED ekran soni
bilbord soni
LED ekran soni
bilbord soni
LED ekran soni
bilbord soni
JAMI
16 342
4 677
708
2 418
1551
5 856
963
2 950
1943
5 809
805
2 843
2 161
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
577
113
23
80
10
145
29
74
42
319
31
223
65
2.
Andijon viloyati
558
149
36
98
15
189
46
123
20
220
60
130
30
3.
Buxoro viloyati
1 344
306
22
86
198
505
38
107
360
533
35
105
393
4.
Jizzax viloyati
208
74
22
42
10
86
32
42
12
48
28
5
15
5.
Qashqadaryo viloyati
526
116
19
87
10
185
24
149
12
225
15
195
15
6.
Navoiy viloyati
152
65
14
36
15
78
18
45
15
9
2
5
2
7.
Namangan viloyati
419
113
22
81
10
156
30
101
25
150
30
90
30
8.
Samarqand viloyati
5 339
1 397
182
460
755
1 729
257
564
908
2 213
362
754
1 097
9.
Surxondaryo viloyati
341
147
47
95
5
123
26
95
2
71
6
60
5
10.
Sirdaryo viloyati
257
73
24
45
4
83
15
62
6
101
16
77
8
11.
Toshkent viloyati
568
211
43
89
79
192
53
104
35
165
50
70
45
12.
Fargʻona viloyati
566
184
26
133
25
233
24
173
36
149
6
102
41
13.
Xorazm viloyati
239
81
16
50
15
102
21
61
20
56
14
27
15
14.
Toshkent shahri
5 248
1 648
212
1 036
400
2 050
350
1 250
450
1 550
150
1 000
400
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 2023-yil 1-dekabrga qadar oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, qonunchilik talablariga javob bermaydigan konstruksiyalarning qayta rasmiylashtirilishi hisobga olinmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qaroriga 2-ILOVA
Tashqi reklama obyektini oʻrnatishga boʻlgan huquq uchun oylik yigʻimlardan tushadigan mablagʻlarning
Tashqi reklama obyektini oʻrnatishga boʻlgan huquq uchun oylik yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar boʻyicha:
1.1.
Toshkent shahrida:
a.
30 foizi
Toshkent shahar mahalliy budjetiga
b.
20 foizi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentining budjetdan tashqari gʻazna hisobvaragʻiga
v.
20 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga, shundan jami yigʻim summasining 5 foizi — uning huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasiga
g.
10 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga
d.
20 foizi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga
1.2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda:
a.
60 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar mahalliy budjetiga, shundan jami yigʻim summasining 10 foizi — Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining budjetdan tashqari
jamgʻarmalariga
b.
30 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga, shundan jami yigʻim summasining 5 foizi — uning huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasiga
v.
10 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga
1.3.
Avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida:
a.
25 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetiga, shundan jami yigʻim summasining 10 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga hamda 5 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari maxsus jamgʻarmalariga
b.
10 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga
v.
60 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasini rivojlantirish va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga
g.
5 foizi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentining budjetdan tashqari gʻazna hisobvaragʻiga
II.
Transport vositalarida joylashtiriladigan tashqi reklamadan tushadigan mablagʻlar (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) boʻyicha:
a.
60 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetiga, shundan jami yigʻim summasining 10 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga hamda 5 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari maxsus jamgʻarmalariga
b.
25 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga
v.
10 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga
g.
5 foizi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentining budjetdan tashqari gʻazna hisobvaragʻiga
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qaroriga 3-ILOVA
Ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya rahbari
2.
A.K. Qodirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Komissiya rahbari oʻrinbosari (kelishuv asosida)
3.
A.A. Xodjayev
—
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Komissiya oʻrinbosari
4.
Sh.Sh. Shoraxmetov
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi
5.
M.P. Olloyorov
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori
6.
J.T. Mirzamaxmudov
—
energetika vaziri
7.
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
8.
A.J. Tashkulov
—
adliya vaziri
9.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
10.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
11.
A.Sh. Inoyatov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
12.
H.Oʻ. Umarova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
13.
A.I. Ikramov
—
sport vaziri
14.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
15.
B.I. Zakirov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
16.
A.B. Voitov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
17.
L.Sh. Qudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
18.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
19.
M.M. Xodjimatov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori
20.
F.F. Abduxalikov
—
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi bosh direktori
21.
A.K. Koʻchimov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
22.
A.J. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
23.
Sh.T. Qudratxoʻja
—
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi
Izoh. Komissiya aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qaroriga 4-ILOVA
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijtimoiy axborotni tayyorlash va tarqatish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi komissiya
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinadigan ijtimoiy axborot dasturini tasdiqlaydi.
2023-yil 1-oktabrga qadar,
keyingi yillarda 1-dekabrga qadar
2-bosqich
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar
1. Ijtimoiy axborotni tayyorlash uchun buyurtma beradi.
2. Tayyor boʻlgan ijtimoiy axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan holda qabul qiladi.
3. Ijtimoiy axborotni ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilarga eʼlon qilish (joylashtirish) uchun yuboradi.
Ijtimoiy axborot dasturi tasdiqlangandan soʻng 30 kun ichida
3-bosqich
Ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar taqdim etgan ijtimoiy axborotni belgilangan grafik asosida tarqatadi.
Komissiya tomonidan belgilangan grafik asosida
4-bosqich
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan ijtimoiy axborotni belgilangan talablarda joylashtirilishini nazorat qiladi.
Doimiy ravishda
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-avgustdagi 702-son qarorida:
“1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasida ochiq elektron auksionlar orqali beriladi;
“E-auksion” elektron savdo platformasida ochiq elektron auksionlar orqali berilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqi uchun shartnomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki ular vakolat bergan tashkilot tomonidan tuziladi;
ijtimoiy reklama maʼlumotini joylashtirishning eng kam muddati har bir tashqi reklama obyekti boʻyicha hisoblab chiqiladi”;
b) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tumanlar (shaharlar)da joylashgan davlat hokimiyati organlari binolari, madaniy-tarixiy va diniy obyektlarda reklamadan xoli hududlarni aniqlashda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻmaklashadi”;
“tashqi reklama obyektlari reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilmagan taqdirda, reklama joyining pasporti bekor qilinadi”;
d) 6-bandidagi “, shu jumladan, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va uning hududiy filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va (yoki) uning hududiy organlaridan” soʻzlari “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasidan shartnomaga asosan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasida koʻrsatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilish joylariga kiritilishini shuningdek, binolarni qurish (taʼmirlash) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) shaharsozlik norma va qoidalari talablariga muvofiqligi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli xulosalar berilishini taʼminlaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-yanvardagi 55-son qaroriga ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarorida:
“Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamenti 5-ilovaga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 7-ilovaga muvofiq;
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish va demontaj qilingan konstruksiyalarni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
“d) milliy bayramlar, xorijiy davlatlar rahbarlarining davlat tashriflari va boshqa davlat tadbirlariga oid axborot tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilganda, tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim (keyingi oʻrinlarda — yigʻim) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qaroriga binoan joylashtirilgan kunlarga mutanosib ravishda kamaytiriladi”;
“j) mazkur qaror talablariga muvofiq holda bitta reklama joyida bir nechta tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilganligi yoki ular oʻrtasida oraliq masofaga rioya qilinmaganligi hamda ular turli tadbirkorlik subyektlariga tegishli ekanligi aniqlangan taqdirda, ushbu joyga qayta elektron auksion oʻtkazish orqali faqat bitta reklama joyining pasporti beriladi”;
v) 3, 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Tumanlar (shaharlar) hokimliklari:” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:” soʻzlari bilan almashtirilsin:
“tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilgan ijtimoiy axborotlar hisobini yuritishni”;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga” soʻzlari “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 7, 8 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
e) quyidagi mazmundagi 91 — 97-bandlar bilan toʻldirilsin:
“91. Belgilansinki, “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) doirasida:
a) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita):
elektron tizimga mulk huquqi asosida egalik qiladi va tizim foydalanuvchilaridan kelib tushgan takliflar asosida hamda oʻzining tashabbusi bilan elektron tizimni yanada takomillashtirish va modernizatsiya qilish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Raqamli rivojlanish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtma beradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining elektron tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlaydi;
tashqi reklama bozori ishtirokchilari, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari hamda elektron tizimning boshqa foydalanuvchilarining elektron tizimdan majburiy foydalanilishi hamda tashqi reklamani joylashtirishni tartibga soluvchi hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga qatʼiy rioya etishini nazorat qiladi;
b) Departament:
elektron tizim operatori sifatida uni ishlab chiqadi, joriy etadi, shuningdek, texnik jihatdan doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlaydi;
elektron tizimdagi maʼlumot va axborotlarning toʻliq saqlanishini va uzluksiz ishlashini, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
elektron tizimning operatorlik huquqini Qoʻmitaning roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilmaslik choralarini koʻradi;
Qoʻmitaning buyurtmasi asosida elektron tizimni takomillashtirish choralarini koʻradi va elektron tizim foydalanuvchilariga doimiy texnik yordam koʻrsatadi.
92. Belgilansinki, elektron tizim doirasida:
tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) oʻrnatish chizmasidagi joylashuvi, egasi haqidagi, oylik yigʻimlar toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar onlayn elektron bazani yuritish orqali tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) hisobi yuritiladi hamda yagona elektron reyestr shakllantirib boriladi;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari uchun shaxsiy kabinetlar ochilib, ularning Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan boʻladigan barcha munosabatlari, shu jumladan, reklama eskizlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayoni elektron tizim orqali amalga oshiriladi;
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan oʻzgarishlar elektron tizimga kiritiladi;
toʻlovlar faqat elektron tizim orqali oʻtkaziladi va ularning billingi yuritiladi;
elektron tizimda real vaqt rejimida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun ruxsat berish jarayonlarining bosqichlari, faollik holati monitoring qilinadi;
transport vositalarida joylashtiriladigan tashqi reklama va axborot obyektlarini joylashtirish namunaviy eskizlari va oʻrnatish tartiblari kiritiladi;
elektron tizim orqali berilgan reklama joylarining pasportlari reyestri yuritiladi.
93. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalari, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilib, maʼqullangandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
b) tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish hamda unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangandan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tartibi hamda ularga qoʻyiladigan talablar va texnik reglament tasdiqlangandan soʻng bir yil ichida tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) belgilangan yangi tartibga moslashtiriladi;
g) tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) reklamani joylashtirish va reklama joyining pasportida koʻrsatilgan yer uchastkasidan, binodan yoki inshootdan vaqtincha foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda, mahalliy hokimliklar yozma koʻrsatmasiga koʻra ushbu obyektni reklama qoʻyilishi toʻxtatilgan va boshlangan oylar uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilgan holda, vaqtincha demontaj qilish tartibi joriy etiladi;
d) yer uchastkasida qurilish ishlari hamda binolar va inshootlarda rekonstruksiya-taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng yoki tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) demontaj qilinishiga sabab boʻlgan boshqa sabablar bartaraf etilganidan keyin tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) avvalgi joyiga oʻrnatish imkoniyati mavjud boʻlmasa, amaldagi tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasidan chiqarib tashlanadi va tegishli reklama joyining pasporti bekor qilinib, ushbu obyekt egasiga uning tanloviga koʻra kelgusida elektron auksion orqali olingan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) boʻyicha tegishli muddatga yigʻimni toʻlashdan ozod qilish yoʻli bilan ham kompensatsiya qilinishi mumkin.
94. Toshkent shahar hokimligining tashqi reklamani joylashtirish sohasiga oid vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Departamentga quyidagi vazifalar yuklansin va vakolatlar berilsin:
davlat mulki boʻlgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquqni olish uchun yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida tanlovlar oʻtkazilishi;
reklamaga oid faoliyat subyektlariga tashqi reklama va axborot obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanish bilan bogʻliq hujjatlar va materiallarni belgilangan muddatlarda taqdim etishga doir soʻrov yuborilishi;
qonunchilikka muvofiq tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) reklama joylari pasporti berilishi hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun shartnomalar tuzilishi;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan Toshkent shahar hokimligiga tashqi reklama sohasida yuklangan boshqa vazifalar ham amalga oshirilishi mumkin.
95. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
yigʻim toʻlovlari billing tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan reklama joyining pasportini boshqa tadbirkorlik subyektlari nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
elektron auksion yakuniga koʻra gʻolib deb topilgan ishtirokchi besh ish kunida yigʻimning uch oylik miqdorini oldindan toʻlashi hamda jismoniy shaxs gʻolib deb topilgan taqdirda, belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi shart;
yagona elektron savdo maydonchasi operatori tomonidan elektron auksion yakuniga koʻra gʻolib deb topilgan ishtirokchining nomi, STIRi va boshqa rekvizit maʼlumotlari elektron tizimga avtomatik ravishda yuborilishi shart;
b) video ekranli (elektron displeyli) tashqi reklama obyektlarini masofaviy boshqarish imkoniyatini yaratuvchi platformaga ulanishiga ruxsat beriladi, bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ochiq elektron tanlovlar asosida tashqi reklamani masofaviy boshqarish xizmatini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini tanlash huquqi beriladi;
v) ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirishda tegishli toʻlov va yigʻimlar boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlik summasi aniqlanganda tegishli davr uchun qarzdorlik Toshkent shahrida reklama maydonining (sathining) bir kvadrat metr uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi va boshqa hududlarda 5 foizi miqdorida hisoblanadi. Bunda Toshkent shahrida yuqori texnologiyali konstruksiyalar (LED ekran) uchun 3 koeffitsiyent va boshqa hududlarda 2 koeffitsiyent qoʻllaniladi;
96. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz maʼmuriy hududi doirasida:
a) yuqori texnologiyali tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) yangi turlarini oʻrnatish hamda ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi;
b) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalarini, joylashtirish tartibini, oraliq masofalarini, turlari va ularga qoʻyiladigan boshqa talablarni oʻzlari ishlab chiqib tasdiqlaydi va tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) namunaviy toʻplami asosida belgilaydi;
v) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan oʻzgartishlarni oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi;
g) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun yer uchastkasining tijorat qiymatini aks ettiruvchi hududlarning zonalar boʻyicha taqsimotini tasdiqlaydi;
d) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tuzadi. Bunda:
maxsus ishchi guruhlar kamida olti oyda bir marta barcha turdagi tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ushbu qaror talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazishni hamda joylashtirilgan tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) qonunchilik talablariga muvofiqligini oʻrganishni taʼminlaydi;
e) maxsus ishchi guruhlarning bergan xulosalari tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun berilgan reklama joyining pasportlarini (yoki unga tenglashtirilgan hujjatlarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari bilan bekor qilish uchun asos boʻladi.
Bunda maxsus ishchi guruhlarning tegishli xulosalariga koʻra xulosa olingan kundan boshlab bir oy ichida reklama joyining pasportlari (yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda;
reklama tarqatishdan boshqa maqsadda foydalanilganda;
reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilmaganda;
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga nomuvofiq boʻlganda yoki unga kiritilmaganda;
oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda;
reklama joyi pasporti egasining pasportni va tuzilgan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi mavjud boʻlganda;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun berilgan reklama joyining pasporti (yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) qalbakilashtirilganda yoki asossiz oʻzlashtirilganda yoxud bir shaxsning nomiga rasmiylashtirilib, boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda yoki vakolatga ega boʻlmagan organ tomonidan berilganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda;
j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari reklama joyi pasportlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlarini maxsus veb-saytlariga uch ish kuni ichida joylashtirishi shart va shu bilan reklama joyi pasport egalari ushbu qaror toʻgʻrisida xabardor qilingan deb hisoblanadi.
97. Reklamaga oid faoliyat subyektlariga reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish va ular tomonidan reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha Qoʻmita huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasiga qoʻshimcha vakolatlar berilsin”;
“1. Ushbu Nizom tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) umumiy joylashtirish, shu jumladan, binolar tashqi qismida oʻrnatish tartibini, shuningdek, shahar yoki hududlar ijtimoiy faolligini, tarixiy-madaniy qiymatini hisobga olgan holda oʻrnatiladigan reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) turlari va koʻrinishlarini, dizaynerlik yechimlari va reklama obyektlari (konstruksiyalari) oʻlchamlarini tavsiyaviy tartibda belgilab beradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishincha oʻz maʼmuriy hududlarida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tartibi, turlari va ularga qoʻyiladigan boshqa talablarni oʻzlari ishlab chiqib tasdiqlagan Tashqi reklama obyektlari namunaviy toʻplami asosida belgilash huquqiga ega”;
1-band quyidagi tahrirdagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) tashqi reklama joyi pasportini tekshirish imkonini beruvchi maxsus QR-kod boʻlishi shart”;
“yorugʻlik qutisi — tashqi reklamani joylashtirish va undan foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnik vosita boʻlib, yer maydonida, bino (inshoot) yuzasida, toʻsiqlar yoki alohida ustunlarda qotiriladi va ichki yoritgichli bir yoki bir nechta reklama maydonlariga ega”;
“tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qoʻllaniladigan vositalar, shuningdek, axborotni aholiga yetkazish vazifasini bajaruvchi texnik vositalar (konstruksiyalar), pilonlar, koʻchma reklama konstruksiyalari (ustun, plakat), prizmatronlar, proyeksiyaviy konstruksiyalar, bilbordlar, videoekranlar, elektron displeylar, axborot obyektlari va boshqa texnik vositalar;”
“reklama joyining pasporti — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat boʻlib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) unda koʻrsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga mulk shaklidan qatʼi nazar, oʻrnatish huquqini tasdiqlaydi;”
“senior (siti-bord) — oʻrta formatdagi alohida joylashgan, bir yoki ikki tomonli axborot maydonidan tashkil topgan, har bir tomonning axborot maydoni oʻlchamlari eni 3 — 6 metr va balandligi 2-3 metr boʻlgan reklama konstruksiyasi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni uning barcha tomonlari yigʻindisi bilan aniqlanadi”;
“stela — yirik formatdagi, bir yoki bir nechta tomonli, aylanali gorizontal joylashgan axborot maydonlaridan tashkil topgan, umumiy axborot maydoni oʻlchamlari eni 1,2 — 2 metr va balandligi 3 — 15 metr boʻlgan alohida vertikal turuvchi reklama konstruksiyasi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni uning barcha tomonlari yigʻindisi bilan aniqlanadi”;
“10. Respublika hududida oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) maʼmuriy hududdagi mavjud binolarning tashqi meʼmoriy koʻrinishiga mos kelishi kerak.
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga muvofiq boʻlishi kerak”;
13-bandning uchinchi xatboshisidagi “texnik chizmasi mavjud boʻlganda” soʻzlari “texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi mavjud boʻlganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“50. Tom ustidagi (tom usti konstruksiyalari) tashqi reklama obyektlarining balandligi bino umumiy balandligining 1/3 qismidan oshmasligi va elektr taʼminoti tarmogʻidan favqulodda uzilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak”;
51-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vakolatli organ” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“loyiha hujjatlari va konstruksiyaning qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlarga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi mavjud boʻlishi kerak”;
“87. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) orasidagi masofalar normativlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi”;
88, 89 va 90-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
93-bandning beshinchi xatboshisidagi “vakolatli organni” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
94-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi birinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“94. Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun berilgan reklama joyining pasporti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda;
reklama tarqatishdan boshqa maqsadda foydalanilganda;
reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilmaganda;
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga nomuvofiq boʻlganda;
moddiy madaniy meros obyektlariga, yoʻl belgilariga va svetoforlarga, ularning tirgaklariga yoki harakatni tartibga solish uchun moʻljallangan boshqa har qanday qurilmaga, shuningdek, tutash hududdagi obodonlashtirish elementlarini buzgan holda hamda yoʻlning qatnov qismiga chiqarib oʻrnatilganda;
oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda;
reklama joyi pasporti egasining pasportni va tuzilgan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi mavjud boʻlganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Reklama joyi pasporti bekor qilingan taqdirda, reklama joyining pasportida koʻrsatilgan, davlat mulki boʻlgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishga boʻlgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionda sotuvga qoʻyiladi”;
ikkinchi va oʻninchi xatboshilar tegishlicha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
95 va 96-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“97. Tashqi reklamaning hisobi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan elektron tizim orqali yuritiladi”;
l) quyidagi mazmundagi 6 — 8 ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga 6-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarni) oʻrnatish chizmalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yer uchastkalarida shuningdek, binolarda yoki boshqa koʻchmas mulk obyektlarida joylashtirilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasini shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi/chizma — oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladigan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish joylarini belgilaydigan, ularning turlari, shakllari, texnik tavsiflari, axborot maydonlarining sathi koʻrsatilgan holdagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hamda hududiy rejalashtirish chizmasi asosida ishlab chiqiladigan hujjat;
masʼul organlar va tashkilotlar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining (tarkiblari boʻyicha) hududiy organlari;
hududlar va inshootlardan alohida rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari huzuridagi hududiy ijara markazlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati;
muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari balansda saqlovchilari;
reklama joyining pasporti — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat boʻlib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) unda koʻrsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, oʻrnatish huquqini tasdiqlaydi.
3. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari, bino va inshootlarning roʻyxati, tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) namunaviy dizayn koʻrinishi hamda oʻlchamlari tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida kiritiladi.
Bunda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasini shakllantirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun:
takliflar har yili 1-oktabrdan 31-dekabrgacha “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi orqali qabul qilinadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar Raqamli rivojlanish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tomonidan har yili 1-martga qadar tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi shakllantiriladi yoki unga oʻzgartirish kiritiladi. Zaruratga koʻra chizmaga oʻzgartirish navbatdan tashqari kiritilishi mumkin.
Tashabbuskorlarning takliflari shaharsozlik normalari asosida koʻrib chiqiladi va kelib tushgan takliflarning barchasi ham yer uchastkalarida, mulkdoridan qatʼi nazar, bino va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari)ni oʻrnatish huquqini bermaydi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalari)ni oʻrnatish uchun yer uchastkalari, bino va inshootlarni aniqlash maqsadida oʻz hududlarini xatlovdan oʻtkazadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlarini xatlovdan oʻtkazish maqsadida:
a) maxsus jihozlardan foydalangan holda, koʻchmas mulk obyektlarini koʻzdan kechiradi va mutaxassislarni jalb qiladi;
b) tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatiladigan joyni (geolokatsiya) va manzilni aniqlashtiradi;
v) tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatiladigan joylarni va obyektlarni fotosuratga oladi;
g) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) tasniflarga ajratadi va boshqa zarur maʼlumotlarni toʻplaydi.
6. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hududlarning alohida uchastkalari (koʻchalar, avtomobil yoʻllari, maydonlar va boshqalar) boʻyicha oʻzaro hududiy boʻlinmalarga ajratilgan kichik sxemalardan iborat boʻladi.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi shaharsozlik rejalashtirish hujjatlariga muvofiq boʻlishi hamda mavjud binolarning tashqi meʼmoriy qiyofasiga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlashi hamda reklama konstruksiyalarining turlari va shakllari, axborot maydonlarining sathi hamda reklama konstruksiyalarining texnik tavsiflari koʻrsatilgan holda reklama konstruksiyalarini oʻrnatish xaritalarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga kiritish uchun joylarni elektron tizim orqali quyidagi masʼul organ va tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboriladi:
a) tashqi reklama va axborot obyekti oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joyning va tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) shaharsozlik normalariga mosligi, asosiy dizayn yechimlari va reklama tuzilmalarining oʻlchamlari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga;
b) tashqi reklama va axborot obyekti oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joyning va tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) harakat xavfsizligi qoidalariga mosligi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boshqarmalari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimlariga;
v) tashqi reklama va obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joy va tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) boʻyicha — tashqi reklama va obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish koʻzda tutilgan joyni tasarruf etuvchi tashkilotlarga (tegishliligi boʻyicha);
g) tashqi reklama va obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joy va tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, gaz quvurlari hamda tegishli infratuzilma ostida va/yoki ustida joylashgan boʻlsa, shuningdek, yer uchastkasini kavlash va yoki yer ishlariga bogʻliq boshqa ishlarni bajarish talab etilsa, bunday ishlarni bajarish boʻyicha — muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini tasarruf etuvchi tashkilotlarga;
d) zaruratga koʻra tegishli tashkilotlarga;
e) alohida rejim asosida foydalanadigan bino-inshootlarda va maxsus yoʻnalishlarda tashqi reklama va obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joylarni tanlash boʻyicha — tegishli vakolatli organlarga.
Mazkur bandning “a-g” kichik bandlarida koʻrsatilgan masʼul organ va tashkilotlar ularga soʻrov kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida elektron tizimga tegishli xulosani joylashtirish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, tashqi reklama va obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish mumkinligini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Belgilangan muddatda masʼul organ va tashkilotlar javob taqdim etmagan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa olingan hisoblanadi.
Masʼul organ va tashkilotlarning rahbarlari tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga oladi.
8. Reklamadan holi hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniy meros agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishiladi. Bunda:
a) quyidagi bino va uning yondosh hududlari reklamadan holi hududlar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilangan hududlar;
madaniy meros va diniy obyektlar;
b) tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) reklamadan xoli hududlar yer chegarasidan 50 metr yoki undan kam boʻlgan masofada joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyilmaydi;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kelishish uchun yuborilgan soʻrovga tegishli davlat organlari tomonidan oʻn ish kuni ichida xulosa berilishi shart.
9. Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun joylar barcha tegishli tashkilotlar bilan kelishuvlardan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi ishlab chiqiladi.
10. Ishlab chiqilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari bilan kelishiladi.
Ijobiy kelishuvdan keyin tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi.
11. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan oʻzgartishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi tasdiqlanganidan keyin tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish huquqi elektron auksionlarda joylashtiriladi yoki YIDXP orqali belgilangan tartibda reklama joyining pasportini rasmiylashtirish orqali beriladi.”;
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga 7-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REG LAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tegishli boʻlgan:
xususiylashtirilgan, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarida (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalarida), shuningdek, transport vositalarida (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) hamda xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish;
ilgari berilgan va amal qilish muddati belgilanmagan reklama joyi pasportlarining amal qilish muddatini belgilash;
ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ilgari berilgan reklama joyi pasportlari egalari 2024-yil 1-martga qadar ularni yangi shakldagi pasportga almashtirish uchun YIDXP axborot tizimi orqali ariza topshirishi shart va ushbu muddatlarda yangi shakldagi pasportlarga almashtirish uchun ariza topshirilmaganda, ushbu pasportlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
2. Reklama joyining pasporti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tomonidan beriladi.
Transport vositalarida tashqi reklama va axborotni oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda bir yil muddatga beriladi.
Reklama joyining pasporti “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
3. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan koʻrsatiladi.
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yer uchastkalardagi, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlardagi reklama joyining pasportini yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarning mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida olish huquqiga ega boʻladi. Bunda reklama joyining pasporti ushbu shartnomalarda belgilangan muddatga beriladi, biroq bu muddat oʻn yildan oshishi mumkin emas.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.
Bunda soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) eskiz loyihasi (eskiz loyihada texnik xususiyatlari aks ettiriladi va oʻrnatish manzili hamda oʻrnatish chizmasidagi reklama joyining raqami belgilanadi);
tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatiladigan joyning oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida);
kadastr hujjatlari;
yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarning mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar (ariza beruvchi mulkdor boʻlmagan taqdirda);
yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarning mulkdorlarining rozilik xati (ariza beruvchi mulkdor boʻlmagan taqdirda);
koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyekti koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasadiga oʻrnatilishi nazarda tutilayotgan boʻlsa);
koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlar nomidan tuzilgan shartnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
b) transport vositalarida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami;
transport vositasida joylashtirilishi nazarda tutilgan reklama va axborotning (transport vositasining toʻrt tarafdan koʻrinish) eskizi;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
v) ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun:
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar;
beriladigan reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi (oʻrnatilgan manzili (moʻljal) va lokatsiyasi koʻrsatilgan boʻlishi shart);
ilgari berilgan reklama joyi pasportining elektron nusxasi (agar pasport egasi qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, pasportga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida sud qarori nusxasi);
tashqi reklama va axborot konstruksiyasining toʻliq koʻrinishini orqa tomoni va oldi tomonini aks ettiruvchi (fundamenti va yuqori qismi) oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida);
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda).
Ariza beruvchilardan ushbu bandda va soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
7. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ilgari berilgan pasportlar egalari mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, reklama oʻrnatilgan joyning pasportini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, pasport muddatini belgilash uchun YIDXP axborot tizimi orqali ariza topshirganda davlat xizmatlari uchun toʻlov undirilmaydi.
Undiriladigan yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
39,75 foizi — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament);
39 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
9. Ariza beruvchi soʻrovnomani toʻldirgan soʻng soʻrovnoma avtomatik tarzda “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) yuboriladi va ushbu elektron tizim orqali tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga va Toshkent shahrida Departamentga yuboriladi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan arizalar oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti rasmiylashtiriladi yoki rad etishga asoslar mavjud boʻlganda, rasmiylashtirish rad etiladi.
Bunda kelib tushgan arizalardagi:
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar — Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari;
beriladigan reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari oʻn ish kunida elektron tizim orqali toʻgʻriligini tasdiqlaydi yoki rad etadi.
11. Ariza beruvchi YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun shartnoma ommaviy ofertasini tasdiqlash orqali reklama joyining pasportini oladi.
12. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilgan taqdirda, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimligi yoki Toshkent shahrida Departamentdan rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan xabarnoma ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
13. Reklama joyining pasportini rasmiylashtirishni (uning muddatini belgilash yoki yangi shakldagi pasportga almashtirishni) rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) taklif qilinayotgan joyi tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga kiritilmaganligi;
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi yoki hujjatlar soʻrovnomaga asosan toʻliq taqdim etilmaganligi yoxud yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
transport vositalarida reklamani joylashtirish boʻyicha esa harakat xavfsizligi qoidalariga mos kelmasligi;
vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan ariza berilganligi;
ilgari berilgan reklama joyining pasportida koʻrsatilgan egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) oʻlchamlari, joylashgan joyi (lokatsiyasi) uning joriy holatiga toʻgʻri kelmasligi hamda oxirgi besh yil uchun tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlik toʻliq qoplanmaganligi.
Bunda ilgari berilgan reklama joyining pasporti boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlik va ular boʻyicha toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar solishtirma dalolatnomasiga asosan oʻrganilib, qarzdorlik aniqlanganda, reklama joyining pasporti egalariga qarzdorlikni toʻlash uchun invoys va qoʻshimcha 10 ish kun muddat beriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini yoki transport vositalarida tashqi reklama va axborotni oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda, transport vositalarida tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) pasportini rasmiylashtirish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirib berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini olish boʻyicha qayta murojaat qiladi.
Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirib berish boʻyicha qayta murojaatni koʻrib chiqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Reklama joyining pasportini olish uchun qayta murojaat rad etilgan taqdirda, keyingi murojaatlar ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladilar.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Davlat xizmatini olish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
2. Xizmat koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi (ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangilash bundan mustasno).
Murojaat etganda
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnoma “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimiga yuboriladi va ushbu tizim orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departamentga yuboriladi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament
a) Ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun: Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga qarzdorlik bor yoʻqligini va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalariga reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosalarini tekshirish uchun yuboradi.
10 ish kun ichida
Tegishli xulosalar olinib, qolgan maʼlumotlar tekshirilganidan keyin pasportni rasmiylashtiriladi yoki soʻrovnomaga rad javobini beradi;
5 ish kuni ichida (toʻlovlar bilan bogʻliq holda qoʻshimcha 10 kunga uzaytiriladi)
b) Yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
pasportni rasmiylashtiradi yoki soʻrovnomaga rad javobini beradi;
15 ish kun ichida
v) avtotransport vositalarida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
15 ish kun ichida
pasportni rasmiylashtiradi yoki soʻrovnomaga rad javobini beradi.
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan pasportni ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi;
Real vaqt rejimida
Ariza beruvchi YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun shartnoma ommaviy ofertasini tasdiqlash orqali reklama joyining pasportini oladi.
Shartnoma ommaviy ofertasi tasdiqlanganda
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
III. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yer uchastkalaridagi, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlardagi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish uchun maʼlumotlar va ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Obyektning joylashgan manzili va oʻrnatish chizmasidagi reklama joyining raqami
2. Tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) eskiz loyihasi (eskiz loyihada texnik xususiyatlari aks ettiriladi)
3. Yer uchastkasiga, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (shu jumladan, kadastr raqami)
4. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyektini koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasad qismiga oʻrnatilishi nazarda tutilayotgan boʻlsa)
5. Yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlar egasining rozilik xati (agar tashqi reklama va axborot obyekti uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilsa)
6. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yoki yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlar egasi bilan tuzilgan shartnoma (agar tashqi reklama va axborot obyekti uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilsa)
7. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda)
8. Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatiladigan joyning oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida)
IV. Ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun maʼlumotlar va ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Obyektning joylashgan manzili va oʻrnatish chizmasidagi reklama joyining raqami
2. Ilgari berilgan reklama joyi pasportining elektron nusxasi (agar pasport egasi qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, pasportga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida sud qarori nusxasi)
3. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining amaldagi umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyekti koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasad qismida oʻrnatilgan boʻlsa)
4. Texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi (oʻrnatilgan manzili (moʻljal) va lokatsiyasi koʻrsatilgan boʻlishi shart)
5. Tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar
6. Tashqi reklama va axborot konstruksiyasi toʻliq koʻrinishining orqa tomoni va oldi tomonini aks ettiruvchi (fundamenti va yuqori qismi) oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida)
7. Yer uchastkasiga, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (shu jumladan, kadastr raqami)
8. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yoki yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlar egasi bilan tuzilgan shartnoma (agar tashqi reklama va axborot obyekti uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilsa)
9. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda)
V. Avtotransport vositalaridagi reklama va axborot toʻgʻrisida maʼlumotlar va ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami
2. Avtotransport vositasida joylashtirilishi nazarda tutilgan reklama va axborotning (transport vositasining toʻrt tarafdan koʻrinish) eskizi
3. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda)
Ariza beruvchining
ERI/imzosi;
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga 8-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish va demontaj qilingan konstruksiyalarni saqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish tartibini belgilaydi.
2. Reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlarining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) qaroriga muvofiq demontaj qilinishi lozim.
Bunda vakolatli davlat organining qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) mulkdori tomonidan ixtiyoriy ravishda demontaj qilinmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan majburiy tartibda demontaj qilinishi mumkin.
Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ushbu Nizomda koʻrsatilgan xollarda majburiy demontaj qilinganida, demontaj qilish kuni va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning veb-saytlarida demontaj qilish kunidan ikki kun oldin (ushbu Nizomning 9-bandi bundan mustasno) joylashtiriladi va demontaj qilinadigan tashqi reklama va obyektlarning mulkdorlari (egalari, foydalanuvchilari) tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi.
3. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari (shu jumladan, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish Departamenti — keyingi oʻrinlarda Departament) tomonidan tegishli hujjatlar hamda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli davlat organiga kiritiladi.
4. Mulkdori nomaʼlum boʻlgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) mulkdorini aniqlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida hamda “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) hamda uning mulkdori qidirilayotganligi haqidagi eʼlon 30 kun davomida joylashtirilgan turadi.
Ushbu muddatda mulkdor aniqlanmasa, tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatli davlat organining tegishli qarorisiz majburiy tartibda demontaj qilinishi mumkin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari noqonuniy oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish uchun ochiq tanlovlar asosida maxsus tashkilotlarni yollash huquqiga ega.
Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) majburiy tartibda demontaj qilinganida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkilot tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu haqda maʼlumot joylashtiriladi.
Dalolatnomada tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) majburiy tartibda demontaj qilingan sanasi, vaqti, demontaj qilish sababi, holat boʻyicha qisqacha maʼlumot, foto suratlar hamda saqlash uchun yuborilgan joy manzili koʻrsatilishi shart.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish va undan keyingi holati boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkilot javobgar boʻlmaydi.
6. Majburiy tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) ular demontaj qilingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan maxsus joylarda saqlab turiladi.
7. Majburiy tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdori tomonidan demontaj qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) qaytarish toʻgʻrisida murojaat qilishga haqli. Bunda mulkdor tomonidan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) demontaj qilish, koʻchirish, saqlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab bergan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdoriga qaytariladi.
Agar majburiy tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) demontaj qilish, koʻchirish, saqlash va obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlari demontaj qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun mobaynida uning mulkdori tomonidan qoplab berilmasa va saqlanayotgan joyidan olib ketilmasa, ushbu tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan sotilishi yoki belgilangan tartibda utilizatsiya qilinishi mumkin. Bunda tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) mulkdori mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga murojaat qilgan taqdirda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) sotishdan yoki utilizatsiya qilinishidan tushgan mablagʻlar ularni demontaj qilish, saqlash, sotish va obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar chegirib tashlagan holda mulkdorga qaytariladi.
8. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish, koʻchirish, saqlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan, keyinchalik ushbu xarajatlarni tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdorlari yoki sotishdan (utilizatsiyadan) tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
9. Oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) atrof-muhit, inson hayoti va transport vositalariga xavf tugʻdirgan taqdirda (texnik nosoz holatdaligi, kommunikatsiya oʻtkazmalariga zarar keltirganligi aniqlangan va kechiktirib boʻlmaydigan inson hayoti uchun xavfli boʻlgan vaziyatlarda), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirishsiz tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) majburiy tartibda demontaj qilinadi hamda bu haqda tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdoriga ikki ish kunidan kechiktirmasdan xabar beriladi va “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu haqda maʼlumot joylashtiriladi.
10. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun pasportlari, guvohnomalari, sertifikatlari, ruxsatnomalari va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlari bekor qilingan yoki ushbu hujjatlar mavjud boʻlmagan (ruxsatsiz oʻrnatilgan) hollarda, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish choralari koʻriladi.
11. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) joyiga yoki yon atrofiga tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) takroran noqonuniy oʻrnatilganda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ogohlantirishsiz majburiy tartibda demontaj qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari qoʻllaniladi.
12. Ushbu Nizomda belgilangan tartibni buzganlik, qonunchilik talablariga rioya qilmagan xolda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatganligi uchun aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 17-ilovaning 96-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 18-martdagi 116-son qaroriga 3-ilovaning 5-bandi chiqarib tashlansin.