

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6523657" id="-6523657">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6523658" id="-6523658">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6523659" id="-6523659">Odil sudlovni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6523660" id="-6523660"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523661" id="-6523661">Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/ru/acts/-6445145#-6445640">55-moddasida</a> har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish, buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi huquqi kafolatlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523663" id="-6523663">Sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalarni toʻgʻridan-toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishi orqali inson huquqlariga oid kafolatlarni toʻlaqonli taʼminlash maqsadida, 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonunning <a href="/ru/acts/-6449033#-6449064">11-moddasi</a> hamda “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523664" id="-6523664">1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (bundan buyon matnda Konstitutsiya deb yuritiladi) 15-moddasining <a href="/ru/acts/-6445145#-6445245">ikkinchi qismiga</a> koʻra, Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524070" id="-6524070"><a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaning </a>oliy yuridik kuchga egaligi haqidagi qoida uning normalari barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustun turishini anglatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524072" id="-6524072">Shunga koʻra, sudlar koʻrib chiqilayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatning mazmunini baholashi va <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ-huquqiy asos sifatida qoʻllashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524074" id="-6524074">Sudlar <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>normasini tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmaganligi vaji bilan qoʻllashni rad etishga yoʻl quyilmasligiga eʼtibor qaratishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524076" id="-6524076">Tushuntirilsinki, muayyan ishda qoʻllanilishi zarur boʻlgan <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaning </a>normasida boshqa normativ-huquqiy hujjatga havola qilinganda, ishni koʻrib chiqayotgan sudlar <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>va tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunga asoslanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524079" id="-6524079">2. Konstitutsiya 15-moddasining <a href="/ru/acts/-6445145#-6445246">uchinchi</a> va <a href="/ru/acts/-6445145#-6445247">toʻrtinchi qismlariga</a> koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalari (Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi Paktlar va boshqalar) bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524082" id="-6524082">Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllanilishiga eʼtibor qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524084" id="-6524084">Bunda sudlar qonun hujjatlariga asosan xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilinganligi yoxud kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari oʻtkazilganligiga, shuningdek, qoʻshimcha shartlar qoʻyilganligiga eʼtibor qaratishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524085" id="-6524085">Shu bilan birga, ishlarning koʻrib chiqilishida xalqaro shartnoma normalari qoʻllanilgan hollarda qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu xalqaro shartnoma normalariga havola qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524087" id="-6524087">3. Sudlarning eʼtibori <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyada </a>hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi hamda normativ-huquqiy hujjatni matbuot va rasmiy manbalarda eʼlon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy sharti ekanligi belgilanganligiga qaratilsin (30-modda <a href="/ru/acts/-6445145#-6445527">birinchi qismi</a>, 99-modda <a href="/ru/acts/-6445145#-6445893">oʻn birinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524089" id="-6524089">Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish tartibi 2021-yil 20-apreldagi “<a href="/ru/acts/-5378966">Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida</a>”gi OʻRQ-682-son, 2019-yil 10-dekabrdagi “<a href="/ru/acts/-4636594">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida</a>”gi OʻRQ-591-son, 2017-yil 7-sentabrdagi “<a href="/ru/acts/-3329163">Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida</a>”gi OʻRQ-443-son qonunlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1013-son <a href="/ru/acts/-3471709">qarorida </a>belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524090" id="-6524090">4. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonunning <a href="/ru/acts/-6449033#-6449043">3</a> va <a href="/ru/acts/-6449033#-6449044">4-moddalariga</a> muvofiq, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaga </a>zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi; <br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524409" id="-6524409"><a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼiy nazar, ushbu Konstitutsiyaviy <a href="/ru/acts/-6449033">Qonun </a>kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524093" id="-6524093">Sudlar inobatga olishi kerakki, sud hujjatlarida huquqiy asos sifatida birinchi navbatda, qoida tariqasida, <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaning </a>tegishli normalariga va undan keyin yuridik kuchiga qarab boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, basharti qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>normalariga zid boʻlganligi aniqlangan taqdirda esa, faqatgina <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaning </a>tegishli normalari qoʻllanilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524095" id="-6524095">Shu bilan birga, Fuqarolik protsessual <a href="/ru/acts/-111189">kodeksi</a>, Iqtisodiy protsessual <a href="/ru/acts/-3523891">kodeksi </a>va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi <a href="/ru/acts/-3527353">kodeksga </a>muvofiq 2023-yil 1-mayga qadar qabul qilingan birinchi instansiya sudining sud hujjatlari yuqori instansiya sudlari tomonidan qayta koʻrilayotganda ularda qoʻllanilgan normativ-huquqiy hujjatlarning <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>normalariga mos kelmasligi aniqlanishi sud hujjatlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524098" id="-6524098">Bunda, Fuqarolik kodeksining <a href="/ru/acts/-111189#-5445592">4-moddasi</a> va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-5378966#-5381238">41-moddasi</a> talablaridan kelib chiqib, fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda nizoli munosabat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlari qachon vujudga kelganligi aniqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524100" id="-6524100">5. Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445369">20-moddasida</a> insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi; insonning huquq va erkinliklari davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini tashkil etishi lozimligi belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524102" id="-6524102">Shunga koʻra, sudlar davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari bilan munosabatlarda inson huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida mazkur organlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan insonga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyada </a>belgilangan mutanosiblik prinsipiga rioya qilinganligini tekshirishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524103" id="-6524103">Bunda inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524105" id="-6524105">Shuningdek, Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445640">55-moddasida </a>davlat organlari yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida yetkazilgan zarar ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, uning oʻrni manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tartibida davlat tomonidan qoplanishi kafolatlanganligi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524106" id="-6524106">6. Sudlar Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445369">20-moddasi </a>talablaridan kelib chiqib, shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligini inobatga olishlari zarur.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335900" id="edi-7335900"><a href="/ru/acts/-6523654?ONDATE=23.06.2023 00#-6524108">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335900" id="-7335900"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335904" id="-7335904">Bunda jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyat yoxud huquqbuzarlikning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga hamda insonparvarlik tamoyillariga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335906" id="-7335906">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307549">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524110" id="-6524110">7. Sudlar muayyan ishlarni koʻrishda Konstitutsiya <a href="/ru/acts/-6445145#-6445381">21-moddasidagi</a> shaxsga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emasligi haqidagi normaga rioya etilganligini tekshirishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524113" id="-6524113">Bunda qonunchilik deganda, nafaqat qonun hujjatlari, balki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ham nazarda tutilishi inobatga olinishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524115" id="-6524115">8. Sudlar Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445509">28-moddasi </a>talablariga muvofiq aybdorlikka oid barcha shubhalarni bartaraf qilishning imkoni yoʻqligi shaxsni aybsiz deb topishga asos boʻlishini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335907" id="edi-7335907"><a href="/ru/acts/-6523654?ONDATE=23.06.2023 00#-6524117">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335907" id="-7335907"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335908" id="-7335908">Shaxsning oʻz aybini tan olganligi uning aybi sudda tekshirilgan boshqa dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina ayblov hukmi chiqarilishiga asos boʻla oladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335924" id="-7335924">(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307553">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524119" id="-6524119">Jinoyat ishlarini yuritishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emasligi, istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi, oʻzi va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi bilan bogʻliq <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyada </a>belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarini buzilishi protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishi deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524121" id="-6524121">9. Sudlarning eʼtibori Konstitutsiyaning 29-moddasi <a href="/ru/acts/-6445145#-6445523">toʻrtinchi qismiga </a>asosan qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524123" id="-6524123">Tushuntirilsinki, <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyada </a>mustahkamlangan shaxsiy huquq va erkinliklarni hamda qonunlarda belgilangan tartiblarni buzgan holda yoxud qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar natijasida toʻplangan dalillar qonunni buzgan holda olingan dalillar deb eʼtirof etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524124" id="-6524124">10. Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445518">29-moddasiga </a>muvofiq har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan boʻlib, qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524126" id="-6524126">Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524129" id="-6524129">Shuningdek, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinishini, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524130" id="-6524130">Shaxsiy erkinlik va daxlsizlikni kafolatlovchi konstitutsiyaviy normalarni buzilishi holatlariga baho berishda sudlar Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 17-son <a href="/ru/acts/-1453755">qarorida </a>berilgan tushuntirishlarga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524132" id="-6524132">Sudlarning eʼtibori shaxsga advokat yordamidan foydalanish bilan bogʻliq konstitutsiyaviy huquqi tushuntirilmasdan yoki uning bunday huquqlaridan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi natijasida olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilishiga va bunday dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524134" id="-6524134">11. Sudlar inobatga olishlari kerakki, 2023-yil 1-maydan boshlab shaxsning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqining cheklanishiga, uy-joyida tintuv oʻtkazilishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524135" id="-6524135">Fuqarolarning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi, uy-joy daxlsizligi huquqlarining cheklanishi bilan bogʻliq holda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati natijalari mazkur tadbirlar sudning ruxsati asosida hamda 2012-yil 25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-son <a href="/ru/acts/-2107763">Qonunga </a>muvofiq amalga oshirilgandagina ishda dalil sifatida foydalanilishi mumkin boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524137" id="-6524137">12. Sudlarning eʼtibori Konstitutsiyaning 139-moddasi <a href="/ru/acts/-6445145#-6446151">ikkinchi qismida</a> sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi kafolatlanganligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524139" id="-6524139"><a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaning </a>ushbu normasi hamda Jinoyat protsessual kodeksining <a href="/ru/acts/-111460#-252876">20-moddasi</a>, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning <a href="/ru/acts/-97664#-201217">273-moddasi</a>, Fuqarolik protsessual kodeksining <a href="/ru/acts/-3517337#-3517976">11-moddasi</a>, Iqtisodiy protsessual kodeksining <a href="/ru/acts/-3523891#-3527113">10-moddasi</a> va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning <a href="/ru/acts/-3527353#-3528713">12-moddasiga </a>muvofiq sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda ogʻzaki yoki yozma arz qilish, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda soʻzlash hamda tarjimon xizmatidan foydalanish huquqlarini tushuntirishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524141" id="-6524141">13. Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445249">16-moddasida </a>Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinishi, birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaning </a>prinsip va normalariga zid boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524142" id="-6524142">Muayyan ishlarda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga zidligi aniqlangan taqdirda sudlar Oliy sudga shu masalada Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish yuzasidan taklif kiritishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524144" id="-6524144">Tushuntirilsinki, Konstitutsiyaviy sudning tegishli normativ-huquqiy hujjatning bir qismini <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyaga </a>zid deb topish haqidagi qarori sudlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatning qolgan qismi qoʻllanilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524145" id="-6524145">14. Sudlar nizolarni koʻrish davomida idoraviy normativ-huquqiy hujjat shaxsning <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlariga zidligi aniqlanganda, manfaatdor shaxsga bunday hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning <a href="/ru/acts/-3527353#-3530978">22-bobi</a> tartibida Oliy sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524147" id="-6524147">Sudlar inobatga olishlari kerakki, idoraviy normativ-huquqiy hujjatning <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>prinsip va normalariga zidligi uni Oliy sud tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga asosan toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524149" id="-6524149">15. Sudlar ishlarni koʻrish natijalari boʻyicha <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya </a>normalari hamda shaxslarning kafolatlangan huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligini aniqlagan har bir holat boʻyicha qonun buzilishini keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni puxta oʻrganib, tegishli mansabdor shaxslarning qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi)ga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524151" id="-6524151">16. Barcha sudlar, qonunchilikni qoʻllayotgan davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar mazkur Plenum qarori tushuntirishlariga soʻzsiz rioya etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6524153" id="-6524153">17. Oliy sudning sudlov hayʼatlari, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar mazkur Plenum qarori mazmun-mohiyatini quyi sudlarga tushuntirish yuzasidan seminar-mashgʻulotlar oʻtkazishlari va yagona amaliyotni shakllantirishga eʼtibor qaratishlari lozim.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6524813" id="-6524813">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6524818" id="-6524818">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6524821" id="-6524821">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6524822" id="-6524822">2023-yil 23-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6524823" id="-6524823">16-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
