ILOVA
ILOVA
| ___-son shartnoma | |
| __________________ | “___” __________ 20___ yil |
| (shartnoma tuzilgan joy) | |
| 1. _________________________________________________________________________________ (tashkilot to‘liq nomi va rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi) ______________________________ nomidan (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi) va fuqaro _________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi) (bundan buyon matnda xodim yoki jamoa (brigada) deb yuritiladi) o‘rtasida mazkur shartnoma quyidagilar haqida tuzildi: 2. Xodimning yoki jamoaning (brigadaning) egallab turgan lavozimi _______________________ _________________________________________________________________________________________. 3. Xodimga yoki jamoaga (brigadaga) topshiriladigan pul yoki tovar qimmatliklari nomi, soni va holati (butligi):________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________. 4. Xodim yoki jamoa (brigada) ularga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlashda quyidagi huquqlarga ega: xodim yoki jamoa (brigada) ish beruvchi yoki uning vakilidan ularga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarini but holda qabul qilish; xodimga yoki jamoa (brigadaga) ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlash uchun tegishli hujjat va ma’lumotlar bilan tanishish; xodim yoki jamoa (brigada) o‘ziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish. 5. Xodim yoki jamoa (brigada) o‘ziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlashda quyidagilarga majbur hisoblanadi: xodim yoki jamoa (brigada) o‘ziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarini but saqlash va ularga shikast yetkazmaslik; xodimga yoki jamoaga (brigadaga) ishonib topshirilgan tovar qimmatliklarni qarovsiz qoldirmaslik; tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro‘y bergan taqdirda, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan pul yoki tovar qimmatliklari talon-taroj qilinganda bu haqda shu kunning o‘zida og‘zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda ish beruvchiga yoki uning vakiliga xabar berish. 6. Ish beruvchi pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlashda quyidagi huquqlarga ega: xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) pul yoki tovar qimmatliklarini but holda saqlanishini talab qilish; aybdor bo‘lgan xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) zararning o‘rnini qoplashni talab qilish; moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor bo‘lgan xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechish. 7. Ish beruvchi pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlashda quyidagilarga majbur hisoblanadi: xodimga yoki jamoaga (brigadaga) pul yoki tovar qimmatliklarini but holda topshirish; xodimga yoki jamoa (brigadaga) ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlash uchun tegishli hujjat va ma’lumotlar bilan tanishtirish; xodimga yoki jamoaga (brigadaga) pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 8. Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi: to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘ziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida; xodim tomonidan bir martalik hujjat (masalan, tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) bo‘yicha olingan boyliklarning but saqlanishi ta’minlanmaganda; qasddan zarar yetkazilganda; alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar yetkazilganda; xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda; ma’muriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa; davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor qilinganda; xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda. 9. Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi. 10. Yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) to‘liq moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnomaning bir nusxasi xodimga yoki jamoaning (brigadaning) har bir a’zosiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Bunda, yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) to‘liq moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnomaning nusxasi xodimga yoki jamoaning (brigadaning) har bir a’zosiga uni olganligi to‘g‘risidagi imzosini qo‘ydirgan holda taqdim etiladi. | |
|
| |
| Xodim yoki jamoa (brigada) _______________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi) _______________________________ (pasport yoki ID-karta ma’lumotlari) _______________________________ (manzil, telefon raqam) _______________________________ (pasport seriyasi va raqami) _____________________________ (sana va imzo) | Ish beruvchi _______________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi) _______________________________ (tashkilot nomi) _______________________________ (manzil, telefon raqam) _______________________________ (STIR va bank rekvizitlari) _____________________________ (sana, imzo va muhr) |