Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi tashkilotlarini qayta tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
“Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2023-yil 1-maydan boshlab, davlat mulki hisobini yuritish, uning toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlashning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
respublika mulki boʻlgan davlat koʻchmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli ulushlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrugʻi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi;
davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi;
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar va ular tizimidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha majburiy tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xulosasi olinadi.
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va dividend siyosatini takomillashtirish maqsadida:
davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan maʼlumot “Davlat mulki” axborot tizimiga oʻz vaqtida taqdim etilmaganda ularning ijroiya organi rahbarlari ragʻbatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi.
davlat ulushi boʻyicha dividend miqdori korxonaning investitsiya loyihalari, biznes-reja koʻrsatkichlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning davlat ulushi boʻyicha saylangan kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishiga tavsiya etiladi.
4. 2023-yil 1-iyuldan boshlab, davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar maʼmuriy binolaridan xodimlar uchun belgilangan meʼyordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibi joriy etilsin.
Bunda, davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalarning maʼmuriy binolarida tijorat tashkilotlarini “nol” stavkada yoki toʻgʻridan-toʻgʻri joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur binolarning boʻsh maydonlari ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi va ijara shartnomalari soliq organlarining “E-ijara” elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5. Davlat aktivlari, ularni boshqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishning quyidagi yangi tizimi joriy qilinsin:
davlat koʻchmas mulk obyektlari, davlat ulushi, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida eʼlon qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarni oʻz ichiga oluvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning yigʻma hisoboti har yili 1-avgustga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
2023-yil 1-oktabrgacha “Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portali” yaratiladi, unda barcha davlat mulki obyektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtiriladi hamda ushbu tizim soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
6. Belgilansinki, “E-auksion” elektron savdo platformasida:
xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolar oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-mart,
PQ-101-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining
USTUVOR YOʻNALISHLARI
1. Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona davlat siyosatini yuritish.
2. Davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va xususiylashtirish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
4. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini isloh qilishda ishtirok etish, ularda samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, korxonalarning operatsion samaradorligini oshirish, xaridlar hamda investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish.
5. Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish va bu toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish.
6. Baholovchi va rieltorlar xizmatini sertifikatlashtirish, ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi tashkilotlarini qayta tashkil qilish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan (nomi oʻzgartirilayotgan) tashkilotning toʻliq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan (nomi oʻzgartirilayotgan) tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.

Markaz davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish, shu jumladan ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki obyektlarini va ular boʻyicha mablagʻlarning hisobini yuritish, davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish, ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qoʻyish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

2.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati davlat va xususiy mulklarning auksion, tanlov va boshqa savdolarini tashkil etadi.

4.

“Binolardan foydalanish direksiyasi” davlat muassasasi

“Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi” davlat muassasasi.

Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi Vazirlar Mahkamasi va taʼsischi topshiriqlariga muvofiq mol-mulklarni saqlash va samarali boshqarish vazifalarini amalga oshiradi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari

Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi

 

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga
4-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Masʼul boʻlgan rahbar

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish

1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalaridagi faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash.

Bunda:

1) davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalaridagi Davaktiv agentligi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni (12 dan ortiq) belgilash;

2) Davaktiv agentligiga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini (70 ga yaqin) belgilash;

3) Davaktiv agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Mazkur normalarni oʻzida aks ettirgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov,

A. Miraliyev,

B. Usmonov

Davaktiv agentligi tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Ortiqcha ishlamaydigan, takroriy, bugungi kunda amalda boʻlgan, lekin oʻz ahamiyatini yoʻqotgan 8 ga yaqin funksiyalar chiqarib tashlanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyiladi.

2.

Davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yoʻl xaritalari”ni qayta koʻrib chiqib va tahlil qilib, ularni Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2023-yil III chorak

A. Ortiqov,

A. Miraliyev,

B. Usmonov

Davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yoʻl xaritalari” qayta koʻrib chiqilib va tahlil qilinib, ular Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi.

II. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish sohasida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarga yechim topishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar

1.

Davlat muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat koʻchmas mulk obyektlarini keskin qisqartirish.

Tasdiqlangan roʻyxatlar asosida aksiya paketlari (ulushlari) va koʻchmas mulk obyektlarini savdoga chiqarish.

Doimiy ravishda

A. Ortiqov,

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushi qisqartiriladi, xususiy sektor uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi. 2025-yilning yakuniga qadar davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2021-yilga nisbatan 75 foizga qisqartiriladi.

2.

Davlat mulki hisobini yuritish, uning toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlash.

Bunda:

qarorda belgilangan respublika mulklari, jumladan koʻchmas mulklar va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davaktiv agentligiga oʻtkaziladi;

davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar tashkil etilishi hamda davlat ulushlarining paydo boʻlishi va miqdori oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarni davlat xizmatlari markazlari elektron tizimiga Davaktiv agentligining tegishli buyrugʻini elektron axborot almashinuvi orqali olgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritiladi;

davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi.

Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha Davaktiv agentligining roziligi boʻlmagan taqdirda ularni davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mazkur qarorda belgilangan davlat aksiya paketlarini (ulushlari)ni Davaktiv agentligiga oʻtkazish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

asoslantirilmagan davlat ishtirokidagi korxonalar tashkil etilishi cheklanadi;

mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarini bir vaqtning oʻzida amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi bekor qilinadi.

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va dividend siyosatini takomillashtirish.

Bunda:

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb etilgan ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun yangilangan Korporativ boshqaruv qoidalari va Axloq kodeksi korxonalar boshqaruv organlari tomonidan grafikka muvofiq 2023-yil davomida tasdiqlanadi;

korxonalarning ichki hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning oʻrinbosarlari tanlov asosida tayinlanadi (saylanadi);

qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organiga axborotlar va maʼlumotlar taqdim etilmaganda yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganda ijroiya organi rahbarlari ragʻbatlantirilmasligi yuzasidan korxonalarning ichki hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda tasdiqlanadigan korporativ boshqaruv tizimini baholash metodologiyasi va mezonlari asosida davlat ishtirokidagi korxonalar reytingini shakllantirish.

50 ta davlat ishtirokidagi korxonalarga Korporativ boshqaruv qoidalari va Axloq kodeksi joriy etilishi natijasida korxonalar va boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligi oshadi, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinadi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbarlik lavozimlariga Davaktiv agentligining elektron tizimi orqali tanlov asosida malakali mutaxassislar, shu jumladan mahalliy va xorijiy menejerlar jalb etilishi taʼminlanadi, rahbarlarning masʼuliyati hamda korxonalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan monitoring oʻrnatiladi va boshqaruv organlari faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, korxonalar faoliyati ochiqligi va shaffofligi taʼminlanadi;

kuzatuv kengashi faoliyatiga baho berilib, malakali va tajribali kadrlar jalb etiladi, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash imkoni yaratiladi.

4.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ichki hujjatlariga mazkur korxonalar va ularning ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritish yoki ularning xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etishi, yagona taʼsischi boʻlgan korxonalarni qayta tashkil etish boʻyicha kelishuvlarni hamda yirik koʻchmas mulk obyektlarini sotish masalalarini Davaktiv agentligi bilan kelishgan holda amalga oshirish yuzasidan tegishli oʻzgartirishlarni kiritish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat mulkidan samarali foydalanish, mol-mulklarning noqonuniy tasarruf etilishining oldini olish va ularning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirishga erishiladi.

5.

Fond birjasi ichki hujjatlariga fond birjasiga chiqarilgan davlat aksiya paketlarini sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat savdo jarayonlarida kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat berish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat aksiya paketlarini sotishda teng raqobat tamoyili joriy etiladi va aktivlar nisbatan yuqori narxda sotiladi.

6.

“Navroʻz bogʻi” MCHJdagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ulushi va boshqa davlat ishtirokidagi korxonalar ulushlarini Davaktiv agentligiga oʻtkazgan holda saqlash va uni yanada rivojlantirish choralarini koʻrish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Jamiyatda korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi, aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi.

9.

Davlat ixtiyoridagi istirohat bogʻlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Istirohat bogʻlarining yagona yondashuv asosida boshqarilishi natijasida ularning faoliyat samaradorligi oshadi.

10.

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnomalar boʻyicha ijara toʻlovlarini undirishni va uning taqsimotini Soliq qoʻmitasi tomonidan “E-ijara” elektron dasturi orqali amalga oshirish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari boʻyicha ijara toʻlovlarini mazkur tizim orqali oʻz vaqtida va toʻliq undirish imkoniyati yaratiladi.

III. Budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish

1.

Davlat aktivlarini baholash uchun baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibini joriy etish.

Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil I chorak

B. Usmonov

Teng raqobat asosida baholovchi tashkilotlarni jalb etishga erishiladi, baholovchi tashkilotlar xizmatlari uchun xarajatlar 15 foizga qisqaradi.

2.

Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro va mahalliy maslahatchi va tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish xususiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Xalqaro va mahalliy maslahatchi va tashkilotlarni jalb etishda teng raqobat taʼminlanadi.

3.

Umidsiz soliq qarzi mavjud tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonida davlat organlarining takrorlovchi funksiyalarini qisqartirish hamda budjet xarajatlarini kamaytirish.

Vazirlar Mahkamasining Umidsiz soliq qarzi mavjud tadbirkorlik subyektlarini davlat xizmatlari markazlari orqali idoralararo maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda tugatish tartibi toʻgʻrisidagi qarori loyihasini kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun sarflanayotgan vaqt (bir yarim yil) oʻrtacha uch barobarga qisqaradi, ushbu jarayonlarda davlat soliq xizmati organlari, Majburiy ijro byurosi va sud boshqaruvchilarining takror funksiyalari qisqartiriladi, bu yoʻnalishda sudlarda koʻrib chiqiladigan ishlar oʻrtacha 4 barobarga qisqarib, 7 milliard soʻm iqtisod qilinadi.

IV. Energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish

1.

Davaktiv agentligining barcha hududiy boshqarmalari binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtkazish.

2023-yil IV chorak

A. Miraliyev

Natijada, 1 245 ming kVt elektr energiya iqtisod qilinadi.

2.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning 2023-yil uchun tasdiqlangan biznes-rejalari ularning energetik ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan quyosh panellarini oʻrnatish hisobidan va tabiiy gazdan foydalanuvchilarni koʻmirga oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqilishini hamda kelgusi yillar biznes-rejalarini ishlab chiqishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirib borishni taʼminlash.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

100 dan ziyod davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini energiya tejamkorlik prinsiplari asosida tashkil etishga erishiladi.

V. Baholash va rieltorlik faoliyatini takomillashtirish, bu sohadagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish

1.

Baholash sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrgangan holda, baholash faoliyati sohasida oʻzini-oʻzi boshqarish mexanizmlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, baholash xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston RespublikasiningBaholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Baholash faoliyati sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, baholash xizmatlari sifatini oshirish va mamlakatimizda xususiy mulk daxlsizligi va mol-mulkning haqiqiy bozor bahosini shakllantirish va ishonchligini taʼminlash imkonini beradi.

2.

Baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini xisobga olishni taʼminlaydigan Yagona milliy baholash standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Yagona baholash milliy standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda yangi baholash standartlarini ishlab chiqish orqali baholash xizmatlari sifatini, aktivlarning yakuniy qiymati ishonchliligini taʼminlashga shuningdek, mulkdor va davlatga zarar yetkazish xavfini kamaytirishga, xorijiy investorlarning tan olingan xalqaro standartlar asosida aktivlarni baholashga ishonchini oshirishga hamda ilgʻor xorijiy baholash amaliyotini joriy etishga erishiladi.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi 161-son qarori bilan tashkil etilgan Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

B. Usmonov

Natijada baholash sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, baholash tashkilotlarining professional jamoat birlashmalarida oʻzini oʻzi boshqarish mexanizmini rivojlantirish, nizoli vaziyatlarda baholash obyektlari boʻyicha baholash materiallarini sudlar soʻrovlariga koʻra Ekspert komissiyasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini takomillashtirish va shu orqali fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga baholash xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish imkonini beradi.

4.

Baholash xizmatlari isteʼmolchilari tomonidan baholovchi tashkilotlar holatini shaffoflik, ishonchlilik va raqobat prinsiplari asosida tahlil va prognoz qilish, ularning bozorda egallagan oʻrni hamda boshqa mezonlarga qarab tahlil qilish maqsadida baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingini joriy etish va ularni baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari veb-saytlarida eʼlon qilish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarida 265 ta baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan baholash xizmatlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasi shakllanadi va xizmat koʻrsatish sohasida baholovchi tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda ularning reytingini va renkingini aniqlash imkoni yaratiladi.

5.

Rieltorlik sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrgangan holda, sohaning oʻzini-oʻzi boshqarish mexanizmlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, rieltorlik xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Qonunning qabul qilinishi rieltorlik xizmatlari koʻrsatish jarayonlari va tartiblari takomillashishiga hamda koʻchmas mulkning aylanmasi va operatsiyalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish va sohani tartibga solish mexanizmlari rivojlanishiga olib keladi.

6.

Koʻchmas mulk bozorini raqamli transformatsiya qilish maqsadida rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish imkonini beruvchi multilisting tizimlarini tashkil etishda xususiy sektorga koʻmaklashish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Davaktiv agentligi va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda xususiy multilisting axborot tizimlarini tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga amaliy yordam koʻrsatish orqali rieltorlik xizmatlarini rivojlantirishga va xizmatlar sifatini yaxshilashga erishiladi.

Rieltorlik tashkilotlari tomonidan multilisting tizimida amalga oshirilgan bitimlar tahlili asosida koʻchmas mulk bozorining holati, bozordagi talab va taklif haqida haqqoniy axborotni shakllantirish va narxlarning shaffofligini taʼminlashga erishiladi.

VI. Sohani rivojlantirish dasturlari uchun grant va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish

1.

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi uchun elektron platformaning texnik vazifasini ishlab chiqish uchun Jahon bankining texnik koʻmagini jalb qilish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi uchun elektron platformani takomillashtirishga erishiladi. Bunda, boʻsh turgan obyektlar, ijaraga beriladigan davlat obyektlari roʻyxati, ijara shartnomalari va ularni elektron maʼlumotlar bazasida qidirish, mulkni ijaraga berish boʻyicha interaktiv xizmatlar elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

2.

Davlat aktivlarini boshqarish sohasini raqamlashtirishni amalga oshirish hamda sohaga bogʻliq hujjatlarni takomillashtirish maqsadida Germaniya Moliya vazirligining texnik koʻmagini jalb qilish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Germaniya Moliya vazirligi tomonidan jalb qilingan GIZ va Indecon consulting tashkilotlarining xalqaro tajribasi davlat aktivlarini boshqarish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

3.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Germaniyaning Mangold consulting kompaniyasi koʻmagida Davaktiv agentligi xodimlarining xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasidagi salohiyatini oshirish boʻyicha texnik koʻmak jalb qilish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Davaktiv agentligi xodimlarining davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasidagi salohiyatini oshirishga erishiladi.

VII. Davaktiv agentligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, korrupsiya omillarini bartaraf etish

1.

Davaktiv agentligi tizimida Ichki audit xizmati tomonidan audit tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha yillik ish reja ishlab chiqish.

Bunda:

budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirilishini tahlil qilish va ularning toʻgʻri shakllanishini taʼminlash;

moliyaviy xavf-xatarlarni baholash;

baholash natijalari boʻyicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish.

Har yili IV chorak

A. Miraliyev

B. Usmonov

Davaktiv agentligi faoliyatidagi moliyaviy kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda kelgusida moliyaviy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishining oldini olishga erishiladi.

2.

Davaktiv agentligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, ularning natijalari boʻyicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov,

A. Miraliyev,

B. Usmonov,

Q. Hakimov

Davaktiv agentligi faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda korrupsiya holatining oldini olishga erishiladi.

VIII. Tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning modelini takomillashtirish. Tadbirkorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish

1.

Davlat mulkini xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyingi monitoring qilish tartibini soddalashtirish.

Bunda:

koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali QR-kod qoʻyilgan holda beriladi;

onlayn-auksion savdolarda davlat mulki obyektlarini sotib olgan xaridorlar bilan shartnomalar savdo natijasi boʻyicha bayonnoma asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishini har chorakda tegishli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga chiqqan holda oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlarning elektron tizimga kiritadigan maʼlumotlari orqali olish yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi order va sertifikatni berish jarayonini raqamlashtirish mazkur jarayonlarda inson omili aralashuvini kamaytiradi, oʻrtacha 600 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratadi hamda byurokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

Oldi-sotdi shartnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirish natijasida 500 ga yaqin tadbirkorlik subyektlariga shartnoma shartlari bilan oldindan tanishish imkoniyati yaratiladi va ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bekor qilinadi.

Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali olish, 1 000 ga yaqin investorlarga qoʻshimcha qulaylik yaratilishiga, tegishli davlat organlari va tashkilotlardan ishonchli maʼlumotlarni olishga, olis hududlarda joylashgan obyektlar boʻyicha kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkor olishga zamin yaratiladi.

2.

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazishni soddalashtirish. Bunda:

sud boshqaruvchiligiga talabgorlarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va ularga malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi;

attestatsiyadan oʻtkazish uchun murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi va malaka attestatlari QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi, malaka attestatini berish muddati 10 kundan 3 kunga qisqartiriladi.

3.

Davlat mulki va davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berish toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilish muddatini 15 kunga qisqartirish, takroriy savdolar muddatini 5 kungacha qisqartirish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat mulki va davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berishda auksion savdolarining qisqa muddatlarda oʻtkazilishi mulkdan tezkorlik bilan samarali foydalanishni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.

4.

Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishning yangi tizimini joriy etish.

Bunda:

davlat koʻchmas mulk obyektlari, davlat ulushi, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida eʼlon qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;

davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarini oʻz ichiga oluvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning yigʻma hisoboti har yili 1-avgustga qadar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;

2023-yil 1-oktabrgacha “Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portali” yaratiladi, unda barcha davlat mulki obyektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtiriladi.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat mulklari ishtirokida amalga oshirilayotgan barcha bitimlar toʻgʻrisidagi axborotlar shaffof va yagona platformada majburiy tarzda bepul eʼlon qilib boriladi, bozor konyunkturasida shakllanadigan narx boʻyicha tahliliy axborotlar manbai hamda davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish imkoniyati yaratiladi.

5.

Jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” elektron tizimi orqali hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha ariza berish huquqini berish.

Davaktiv agentligi tomonidan mazkur tartibni tasdiqlash.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan bino va inshootlarni auksion orqali sotib olish jarayoni yengillashadi.

6.

Barcha davlat muassasalarining asosiy vositalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotish yoki ijaraga berish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Tadbirkorlik subyektlari uchun obyektlarni auksion orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi.

Davlat muassasalari asosiy vositalarini sotish jarayonlarini soddalashtirish, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini oshirishga erishiladi.

IX. Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

1.

Agentlikning 3 ta davlat xizmatini raqamlashtirish va davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat koʻrsatishini joriy etish.

2023-yil II chorak

Q. Hakimov

Inson omili”ning kamayishiga, vaqt tejalishiga, ortiqcha sarsongarchiliklarning hamda korrupsiyaning oldini olishga erishiladi.

2.

“Davlat mulki” axborot tizimining “Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan shaxslar va sud boshqaruvchilarining hisobini yuritish”, “Davlat mulki hisobini yuritish”, “Korporativ boshqaruv” va “Davlat ishtirokidagi korxonalarning biznes-reja koʻrsatkichlari va samaradorlik muhim koʻrsatkichlari monitoringi” modullarini takomillashtirish hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil IV chorak

A. Miraliyev,

B. Usmonov

Ushbu modullarda ishlaydigan boshqarma va boʻlimlarning ish faoliyati raqamlashtiriladi, vazirlik va idoralar maʼlumotlarini onlayn ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri olish imkoniyati yaratiladi.

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish tizimini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish), quvvatlaridan foydalanish darajasi va hajmi, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tahlili va korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi holatini monitoring qilish, ularning faoliyatiga, shu jumladan boshqaruv organlari faoliyatiga baho berish va operativ qarorlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

4.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlarning hisobini yuritish boʻyicha elektron tizim yaratish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan toʻlangan dividendlar yuzasidan Soliq qoʻmitasining elektron bazasidan maʼlumotlarni olish orqali, korxonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlar va qarzdorliklar boʻyicha yagona va ishonchli tizim yaratilishiga erishiladi.

5.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi va ijroiya organi aʼzolari portalini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Respublikada mavjud 2 300 dan ortiq davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari va ijroiya organi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markazlashgan holda yoritib boriladi.

6.

9 ta davlat organining axborot tizimini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish.

2023-yil III chorak

K. Hakimov

Davlat mulki obyektlari boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasi yaratiladi.

7.

Baholash sohasida “Baholash faoliyatining yagona axborot platformasi” elektron dasturini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

B. Usmonov

Platformada elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirishga, baholovchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetlar ochishga, ularning elektron reyestrini va reytingini, baholovchi malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatini yuritishga, baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarni elektron qabul qilishga hamda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishini raqamlashtirilishiga erishiladi.

X. Sohada faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va masʼuliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish

1.

Xodimlarning kasbiy kompetensiyasini va masʼuliyatini oshirish, ularning oʻz vakolatlarini lozim darajada amalga oshirishi, zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida muntazam va tizimli ravishda oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish, shu jumladan xorijda tashkil etiladigan oʻquv seminarlarida xodimlar ishtirokini taʼminlash.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilayotgan turli malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida xodimlar ishtirokini taʼminlash va bu orqali ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish.

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda top 1000 talikka kirgan oliy oʻquv yurtlari talaba va bitiruvchilarini Agentlik sohasiga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni munosib lavozimlar uchun zaxiraga kiritish.

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini tanlov asosida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida amaliyot oʻtashlari uchun sharoit yaratish hamda ular orasidan tashabbuskor, fidoyi, salohiyatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni saralab olish.

2023-yil davomida

A. Ortiqov

Davaktiv agentligi tizimi kadrlar tarkibi tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlar bilan butlanadi.

Davaktiv agentligi, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida zamonaviy fikrlaydigan, professional sifatlar va tajribalariga ega, Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalar bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan rahbar kadrlar tarkibi shakllantiriladi.

XI. Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish

1.

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash.

Bunda:

Davaktiv agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilib, ularni qayta tashkil etish choralarini koʻrish;

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining xodimlarini lavozimlarga tayinlash va qayta tayinlash;

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarini malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirish.

2023-yil I chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosarlari, departament, boshqarma va boʻlimlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yoʻnalishlar boʻyicha aniq vazifalari belgilab beriladi.

Kadrlar tanlab olinadi, mutaxassis kadrlarning oʻz yoʻnalishlari va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltiriladi.

2.

Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar maʼmuriy binolaridan xodimlar uchun belgilangan meʼyordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar maʼmuriy binolaridan samarali foydalanishga erishiladi.

3.

“E-auksion” elektron savdo platformasida quyidagilarni amalga oshirish:

xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolarni oʻtkazish;

auksion savdolarida amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha mulk toifasi kesimida davriy tahliliy-axborotlarni eʼlon qilib borish;

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Xususiy sektor mulklari hamda asosiy vositalarini sotish va ijaraga berish jarayonlari tezlashadi.

Barcha turdagi auksion va tanlov savdolari natijalari eʼlon qilib boriladi, bozor konyunkturasida shakllanadigan narx boʻyicha tahliliy axborotlar manbai hamda davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish imkoniyati yaratiladi.

4.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni, bundan oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, koʻchmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar mustasno, shartnoma-vositachilik orqali faoliyat yurituvchi tashkilotlar buyurtmasiga koʻra soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil III chorak

B. Usmonov

Bojxona, soliq, sud va boshqa organlar tomonidan davlat daromadiga olingan tovar-moddiy boyliklarni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlari buyurtmasiga koʻra sotilayotgan mahsulotlarni yagona platformaga joylashtirishga hamda savdolarni shaffof tarzda amalga oshirishga erishiladi.

XII. Qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga (3 dan ortiq qonunlarga) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi;

nomuvofiqliklar bartaraf etiladi;

oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga (10 dan ortiq farmon va qarorlar) oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida Farmon loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi;

nomuvofiqliklar bartaraf etiladi;

oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

3.

Vazirlar Mahkamasining ayrim hujjatlariga (20 dan ortiq qarorlar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi;

oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

4.

Davaktiv agentligi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Maʼmuriy islohotlarda belgilangan vakolatlar va vazifalardan kelib chiqib, tashkilotlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

5.

Respublika mulki va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) obyektlarini boshqarish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda respublika va munitsipal mulk obyektlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqiladi.

6.

Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartiraga (uyning bir qismiga) mulk huquqini eʼtirof etish vakolatini mahalliy hokimliklarga oʻtkazishni nazarda tutgan holda Davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha yagona davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglament loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil III chorak

A. Ortiqov

B. Usmonov

Davlat uy-joy fondi boʻyicha mulk huquqini tasdiqlovchi orderning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron shaklda berilishi (yiliga oʻrtacha 2 ming) ushbu jarayonga inson omili hamda davlat tashkilotlari aralashuvini qisqartirishga sabab boʻladi.

7.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan dividendlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalarning sof foydasini taqsimlash va dividendlarni hisoblash tartibi va mexanizmi belgilanadi, jumladan korxonalarning dividendlari (yigʻimlari) prognozini shakllantirish tartibi, dividendlarni hisoblashda inobatga olinishi lozim boʻlgan holatlar va koʻrsatkichlar, dividendlarning hisobi va monitoringini yuritish tartibi belgilanadi.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga
5-ILOVA
“Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Axborot tizimlaridan olinadigan maʼlumot

Vazirlik va idoralar nomi

1.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va ular taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslarning koʻchmas mulk obyektlari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

2.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va ular taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslar, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, moliyalashtirish manbalari va ularda tashkil etiladigan ishchi oʻrni toʻgʻrisida axborot.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy parametrlari toʻgʻrisida axborot.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning milliy iqtisodiyotdagi (eksport, asosiy kapitalga investitsiya, ishlab chiqarishdagi hajmlari (sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar) va aholi bandligidagi ulushlari toʻgʻrisida axborot.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

5.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va ular taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari maʼlumotlari.

Adliya vazirligi

6.

Intellektual mulk obyektlari.

7.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va ular taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslarning ish oʻrinlari soni.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

8.

Avtotransport vositalari.

Ichki ishlar vazirligi

9.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

10.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

Izoh: Qonunchilik hujjatlariga asosan davlat tashkilotlarining axborot tizimlarini Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilgan holda boshqa davlat mulki obyektlarining hisobi yuritilishi mumkin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 07/23/101/0175-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)