1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda qurgʻoqchilik va choʻllanishning oldini olish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yoʻnalishda ilgʻor ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qarori bilan tasdiqlangan Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasining 1-bandiga muvofiq Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda natijalarni chop etish tartibini belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari monitoringini tashkil etish va hisobotlarni qabul qilish tartibi;
yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari natijalarini chop etish tartibi;
yerlar degradatsiyasi, choʻllanishi va qurgʻoqchilik, unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi materiallardan foydalanish tartibi.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar yerlar degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va choʻllanishga oid maʼlumotlar, ularga qarshi kurashish tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot bazasini yaratish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligining integratsiyalashgan yagona axborot tizimi negizida “Yer degradatsiyasi” geoaxborot portalini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.
4. Belgilansinki:
yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarining monitoringini yuritish, baholash va zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — masʼul idoralar) hamda tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari (“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va boshqalar) tomonidan global iqlim oʻzgarishi, qurgʻoqchilik, choʻllanish, tabiiy va texnogen xavf mavjud boʻlgan hududlar, ekologik, gidrogeologik, gidrometeorologik, agrometeorologik va statistik maʼlumotlar hamda hisobotlar (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar hamda hisobotlar) har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilib boriladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi talabiga muvofiq masʼul idoralar hamda tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari tomonidan maʼlumotlar hamda hisobotlarni berish, zarur hollarda tanlangan hududlarda yerlar degradatsiyasi va ularga qarshi kurashish tadbirlari yuzasidan monitoring kuzatuvlarini oʻtkazish begʻaraz amalga oshiriladi;
davlat va nodavlat tashkilotlarga respublika hududi boʻyicha maʼlumotlar hamda hisobotlar, yerlar degradatsiyasi va ularga qarshi kurashish tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Yer degradatsiyasi” geoaxborot tizimi orqali taqdim etiladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi yerlar degradatsiyasi va ularga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har yili 1-aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan hisobot kiritib boradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-fevral,
50-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 50-son qaroriga ILOVA
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yerlar degradatsiyasining keskinlashuvi, global iqlim oʻzgarishi, qurgʻoqchilik va choʻllanishning salbiy oqibatlarini yumshatish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash maqsadida monitoring ishlarini amalga oshirish, bu borada vazirliklar va idoralar oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash hamda degradatsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini bajarish, hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
monitoring — yer va suv resurslaridan, oʻrmonlar va yaylovlardan foydalanish holatini oʻrganish, tabiiy holatni yaxshilash, salbiy jarayonlarning oldini olish, ekologik muvozanatni tiklash, degradatsiyaga uchragan maydonlarni aniqlash, degradatsiyaga qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari bajarilishini oʻrganish maqsadida yerni kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilashga qaratilgan tadbirlar majmuasi;
yerlar degradatsiyasi — tabiiy (qurgʻoqchilik, relyef xususiyatlari, yogʻinlar miqdorining meʼyordan ortishi, suv toshqinlari, kuchli shamollar, tabiiy yongʻinlar, botqoqlashish) va antropogen (togʻ-kon sanoati, muhandislik kommunikatsiyalarini qurish; sunʼiy yongʻinlar, notoʻgʻri chorvachilik va dehqonchilik, samarasiz irrigatsiya, oʻrmonlarning kesilishi, shaharlarning kengayishi va boshqalar) omillar taʼsirida yerlarning biologik va iqtisodiy mahsuldorligi kamayishi yoki yoʻqotilishi;
qurgʻoqchilik — atmosferadagi (yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik darajasidan past) namlikning, yer usti yoki yer osti suvlarining uzoq vaqt davomida tanqisligi;
choʻllanish — qurgʻoqchil, yarim adir va adir mintaqalarda inson faoliyati jarayonlari (antropogen sabablar) va tabiiy omillar tufayli yerlar degradatsiyasining keskinlashuvi;
suv eroziyasi — suv oqimlari taʼsirida oʻpirilish, yemirilish, yuvilish va yotqiziqlar hosil boʻlishi jarayonlari hisobiga togʻ jinslari va tuproq tarkibining buzilishi yoki yoʻqotilishi;
shamol eroziyasi (deflyatsiya) — tuproqning eng kichik zarralari kuchli shamol taʼsirida uchirib ketilishi va boshqa hududga koʻchishi. Sahro va choʻllarda deflyatsiya qora toʻfonlar, samum va xamsin boʻronlarini keltirib chiqarishi;
denudatsiya (geologik eroziya) — togʻ va qirliklardan togʻ jinslarining uchishi va tarkibi buzilishi, botiq hududlarga yotishi kabi tabiiy-kimyoviy jarayonlar natijasida relyefning tekislanishi;
intrazonal tuproq — maʼlum bir hududning iqlim sharoitiga mos kelmagan holda shakllangan yerning ustki qatlami turi;
maxsus muhofazaga olinadigan yerlar — suv eroziyasi taʼsirida yer ustki unumdor qatlami yuvilib ketgan, tuproqning juda kuchli shoʻrlanishi natijasida yaroqsiz holatga kelib qolgan hamda yaylovlarda oʻsimlik qoplami butunlay yoʻqolib ketgan hududlarning reabilitatsiya qilish maqsadida muhofazaga olinishi;
yerlarni konservatsiya qilish — degradatsiyaga (shoʻrlanishga, choʻllanishga, botqoqlashishga uchrash hamda yaylov va pichanzorlarda tuproq-oʻsimlik qoplamining jiddiy tanazzuli) uchragan, kam mahsuldor, hosildorligi juda pasaygan va tabiiy xususiyatlari boʻyicha salbiy tavsiflarga ega tuproqni, yuqori darajada zaharli sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, ogʻir metallar va boshqa kimyoviy elementlar bilan ifloslangan qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdorligini tiklash, buzilgan yerlarning atrof-muhitga salbiy taʼsirini va degradatsiya surʼatlarini pasaytirish hamda oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun ularni besh yildan kam boʻlmagan muddatga maqsadli foydalanishdan chiqarish;
reabilitatsiya — turli xil degradatsiyaga uchragan maydonlarda tuproq unumdorligini hamda yaylovlarning oʻsimlik qoplamini qayta tiklash.
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlari hamda togʻ-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar — yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari boʻyicha departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalarining Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari, shuningdek, “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdaverloyiha” DILI) hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) mutaxassislari yer uchastkalarining mulkchilik shakli, huquqiy rejimi, xususiyati va foydalanish muddatlaridan qatʼi nazar, hududlarda monitoring ishlarini amalga oshiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi) yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish boʻyicha davlat dasturlari va istiqbolga moʻljallangan strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan yerlar degradatsiyasining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha berilgan koʻrsatmalar manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalarining Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari yerlar degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va choʻllanishga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish boʻyicha “Oʻzdaverloyiha” DILI hamda Institutning hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari monitoringini tashkil etish va hisobotlarni qabul qilish tartibi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirliklar va idoralar) yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadilar.
Tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari (“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va boshqalar) (keyingi oʻrinlarda — sanoat korxonalari) yer degradatsiyasiga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari va ularning belgilangan tartibdagi texnik-iqtisodiy asoslari yoki atrof muhitga taʼsirini baholash loyihasini kelishish uchun tabiiy resurslarni qazib olishni boshlashdan oʻn besh kun oldin Departamentga taqdim etadi.
Sanoat korxonalari tomonidan taqdim etilgan yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari va ularning texnik-iqtisodiy asoslari Departament tomonidan loyiha olingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida kelishiladi.
9. Masʼul vazirliklar va idoralar hamda sanoat korxonalari oʻzlariga biriktirilgan vazifalar va vakolatlardan kelib chiqib yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar Departamentga quyidagilarni taqdim etadi:
Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan — melioratsiya tadbirlari, yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi, sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan — togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.1-ilovaga muvofiq;
Tabiat resurslari vazirligi tomonidan — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar degradatsiyasi, tuproqni ifloslantirish manbalari joylashgan hududlar monitoringi, qattiq maishiy chiqindilar toʻplanadigan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.2-ilovaga muvofiq;
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan — konlar joylashgan hududlar yerlari hamda xomashyo chiqindixonalari joylashgan hududlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.3-ilovaga muvofiq;
Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan:
qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining hozirgi va soʻnggi 10 yillik holati toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.4-ilovaga muvofiq;
tuproq ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.5-ilovaga muvofiq;
respublika hududlarida soʻnggi 10 yilda iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.6-ilovaga muvofiq;
respublikada oʻrtacha yillik havo haroratining meʼyorga nisbatan oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.7-ilovaga muvofiq;
respublika hududlarida mavsumlar boʻyicha ustunlik qiluvchi shamollar yoʻnalishi va tezligi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.8-ilovaga muvofiq;
respublika hududlarida eng koʻp kuzatiladigan suv toshqinlari, boʻronlar va anomal holatlar hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.9-ilovaga muvofiq;
meteorologik kuzatuv punktlaridagi monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.10-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda tuproq unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy ishlar va loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.11-ilovaga muvofiq;
Sanoat korxonalariga biriktirilgan hududlardagi tuproq degradatsiyasi va ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 2.12-ilovaga muvofiq.
10. Masʼul vazirliklar va idoralar yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid maʼlumotlarni “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boradilar. Mazkur maʼlumotlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq yagona klassifikatorlar asosida WGS-84 koordinatalar tizimiga kiritiladi.
11. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari yuzasidan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik, maʼlumotlarni buzib koʻrsatish yoki hisobotni taqdim etish muddatini kechiktirish holatlari aniqlangan taqdirda, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha besh kun muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ogohlantirish xati yuboriladi.
Kamchiliklar ogohlantirish xati olingan kundan boshlab oʻn ish kunida bartaraf etilishi va yakuni boʻyicha takroran hisobot taqdim qilinishi lozim.
12. Departament, “Oʻzdaverloyiha” DILI, Institut va ularning hududiy boʻlimlari tomonidan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari yuzasidan hududlarni tanlash asosida oʻrganishlar tashkil etiladi.
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini tanlash asosida monitoring qilish va oʻrganish ishlarini oʻtkazish Qishloq xoʻjaligi vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
13. Masʼul vazirliklar va idoralar hamda sanoat korxonalaridan olingan hisobotlar Departament tomonidan tahlil qilinib, besh ish kuni ichida monitoring oʻtkazish hamda maʼlumotlarni “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ga kiritish uchun “Oʻzdaverloyiha” DILI va Institutga yuboriladi.
14. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari bajarilishi yuzasidan monitoring “Oʻzdaverloyiha” DILI hamda Institut tomonidan suv va oʻrmon fondi yerlarida hamda sanoat korxonalariga biriktirilgan yerlarda tanlash asosida yil davomida, yaylov yerlarda esa mart-sentabr oylarida oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qaroribilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda monitoring ishlarida yerlar degradatsiyaga uchragan maydonlarni, turlari (suv va shamol eroziyasi, denudatsiya, qurgʻoqchilik, choʻllanish)ni aniqlash, kelib chiqish sabablarini oʻrganish nazarda tutiladi.
15. “Oʻzdaverloyiha” DILI yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish va baholashda:
shamol va suv eroziyasi taʼsiriga uchragan yerlarni qayta tiklash, lalmi va yaylov yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarda barpo etilgan daraxtzorlar hisobini yuritishda foydalanish uchun raqamli yer tuzish xaritasini yaratadi, ishlab chiqarishga joriy etadi;
geobotanik tadqiqotlar oʻtkazadi, yerlarni masofadan zondlash va yaylovlar hisobini yuritish materiallari asosida raqamli yaylov klassifikatorini ishlab chiqadi;
degradatsiyaga uchragan yerlarni uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida optik va multispektral tasvirga olish ishlarini amalga oshiradi, ushbu yerlarni xatlovdan oʻtkazadi, topo-geodezik, kartografik materiallarni ishlab chiqadi;
degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash maqsadida eroziyaga uchragan yerlarning haqiqiy maydonlarini aniqlaydi va maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
yerlar monitoringini yuritadi, masofadan zondlash orqali eroziyaga uchragan hududlarni aniqlab “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”da maʼlumotlarni yangilab boradi;
yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish, yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish, saqlash, qayta tiklash, koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi.
16. Institut yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish va baholashda:
tuproq monitoringini yuritadi;
majmuaviy tuproq va agrokimyoviy tadqiqotlarni oʻtkazadi;
degradatsiyaga uchragan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproq sifatini yaxshilash va unumdorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
tuproq muhitini meʼyorlashtirish va yangi texnologiyalarni qoʻllash orqali degradatsiyaga uchragan togʻ oldi zonalari tuproqlarini tiklash va eroziyaning oldini olishga doir agrotexnik tadbirlar loyihalarini ishlab chiqadi;
tuproq sifati (bonitirovka)ni baholaydi, tuproq shoʻrlanishi va ekologik holati (Soil Quality Index) xaritalarini, agrokimyoviy xaritalarni va integratsiyalashgan agrotexnologiyalarni tuzadi;
yaylovlarning bioxilma-xilligini, iqlim oʻzgarishiga taʼsirini, oʻsimliklar yashovchanligini oʻrganadi, baholaydi, mahsuldorligini oshirish boʻyicha agrotexnologik tavsiyalar ishlab chiqadi;
tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish, oldini olish, yangi turdagi oʻgʻitlardan foydalanish, degradatsiyaga moyil tuproqda ekinlarni almashlab ekish, choʻllanishga uchragan sugʻoriladigan intrazonal tuproq unumdorligini tiklash va saqlash, lalmi yerlar tuproq degradatsiyasining oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi;
degradatsiyaga uchragan maydonlarni baholash mezonlarini ishlab chiqadi va shu asosida degradatsiya darajasini aniqlaydi;
tuproqdagi gumus miqdorini oshirish, shoʻrlanishni kamaytirish, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qisqartirish, qishloq xoʻjaligi yerlarida ihota daraxtzorlarini barpo qilish va oʻrmon bilan qoplangan mintaqalarni kengaytirish zarur boʻlgan yer uchastkalarini aniqlaydi, manzilli roʻyxatni shakllantirib “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ga kiritadi.
17. Monitoring natijalari boʻyicha “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tuziladi.
18. Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga koʻra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:
yerning tuzilishi buzilmagan (YETB);
antropogen taʼsirda buzilgan (ATB);
degradatsiyaga uchramagan (DU);
kuchsiz degradatsiyalangan (KzD);
oʻrta degradatsiyalangan (OʻD);
kuchli degradatsiyalangan (KD);
oʻta kuchli degradatsiyalangan (OʻKD).
“Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”dagi elektron raqamli xaritalarda degradatsiyaga uchragan yerlar yuqoridagi baholash darajalariga muvofiq ajratilgan holda tegishli ranglar va shartli belgilar bilan aks ettiriladi.
19. “Oʻzdaverloyiha” DILI va Institut joylarda oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari hamda yerning sunʼiy yoʻldoshlari, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan fotosuratlarni turli indekslar orqali tahlildan oʻtkazib, qishloq xoʻjaligi yerlari, oʻrmonlar va yaylovlardagi degradatsiya jarayonlari, qurgʻoqchilik, choʻllanish, tabiiy va antropogen omillarning taʼsirini oʻrganadi, ilmiy asoslangan xulosalar asosida degradatsiyaga qarshi kurashish tadbirlari loyihasini shakllantiradi va topshiriq olingan kundan boshlab oʻttiz ish kunidan kechiktirmagan holda Departamentga hisobot tarzida taqdim etadi.
Hisobotda quyidagi maʼlumotlar oʻrin olishi lozim:
a) “Oʻzdaverloyiha” DILI tomonidan:
monitoring yoki tadqiqot oʻtkazilgan hudud yoki obyekt nomi;
yerdan foydalanuvchilar va ularga biriktirilgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (hududning geolokatsiyasi, umumiy yer maydoni, kontur raqami, yer turlari);
degradatsiyaga uchragan maydon, sabablari, turlari va salbiy taʼsir baholangan tahliliy maʼlumotlar;
uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida olingan ortofotoplanlar, foto va video materiallar;
degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, talab etiladigan aniq muddatlari koʻrsatilgan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar;
b) Institut tomonidan:
monitoring yoki tadqiqot oʻtkazilgan hudud yoki obyekt nomi;
yerdan foydalanuvchi va ularga biriktirilgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (hududning geolokatsiyasi, umumiy yer maydoni, kontur raqami, yer turlari);
tuproq namunalari;
tuproq gradatsiyasi maʼlumotlari;
baholash mezonlari asosida yerlar degradatsiyasi va uning salbiy taʼsirini baholash maʼlumotlari;
degradatsiyaga uchragan hududning elektron raqamli tuproq xaritasi;
tadqiqot oʻtkazilgan hudud boʻyicha foto va video materiallar;
degradatsiyaga uchragan yerlarda tuproq unumdorligini tiklash uchun amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan aniq muddatlari koʻrsatilgan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar.
20. Departament monitoring hisobotlarini oʻn besh ish kunida koʻrib chiqadi, quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi:
monitoring natijalariga koʻra oʻrganilgan hududda degradatsiya holatlari mavjud emasligi toʻgʻrisida;
monitoring natijalariga koʻra oʻrganilgan hududda degradatsiya holatlari mavjudligi toʻgʻrisida.
Departament xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Monitoring natijalariga koʻra oʻrganilgan hududda degradatsiya holatlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, besh ish kunida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma (keyingi oʻrinlarda — majburiy koʻrsatma) loyihasi ishlab chiqiladi hamda qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan imzolanadi.
Majburiy koʻrsatma uch ish kunida tegishli masʼul vazirliklar va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.
Majburiy koʻrsatmaning ijro muddati Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 791-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq kuchli va oʻta kuchli degradatsiyalangan hududlar maxsus muhofazaga olinishi, zaruratga koʻra konservatsiya qilinishi lozim boʻlgan hollarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
21. Masʼul vazirliklar va idoralar yoki sanoat korxonalari majburiy koʻrsatmani olgan kundan boshlab kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlar yakuniga koʻra bir hafta muddatda Departamentga asoslangan maʼlumot kiritadi.
22. Antropogen omillar taʼsirida yerlar degradatsiyasiga yoʻl qoʻyilgan holatlar aniqlanganda, uning sodir boʻlishiga yoʻl qoʻygan, bu ishlarni qasddan sodir etgan (turli xil chiqindilar bilan ifloslantirgan), tegishli xulosalar va ruxsatnomalarga ega boʻlmagan holda qazish va tuproq unumdor qatlamiga zarar yetkazish holatlari yuzasidan maʼlumotlar vakolatli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun taqdim qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 79-moddasi.
3-bob. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari natijalarini chop etish tartibi
23. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan yerlar degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilmiy-amaliy tavsiyalar, sohaga oid dolzarb mavzudagi maqolalar bilan birgalikda “Milliy hisobot” tarzida har yili aprel oyida nashr qilinadi.
24. “Milliy hisobot”ga nashr qilish uchun materiallar masʼul vazirliklar va idoralar, sanoat korxonalari hamda sohaga aloqador xorijiy va mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilar va olimlar tomonidan har yili 1-fevralga qadar taqdim etilishi lozim.
4-bob. Yerlar degradatsiyasi, choʻllanish va qurgʻoqchilik, unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi materiallardan foydalanish tartibi
25. Yerlar degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan yil yakuni boʻyicha kelgusi yilning birinchi choragi davomida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish, monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 14-bobi.
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 65-moddasi.
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
I. Vazirliklar va idoralar boʻyicha
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirliklar va idoralar)
Yerlar degradatsiyasi va choʻllanish, shuningdek, tuproq unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha maʼlumotlar va hisobotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.
Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar
2-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Yerlar degradatsiyasi va choʻllanish, shuningdek, tuproq unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha maʼlumotlar va hisobotlarni qabul qiladi, monitoring oʻtkazish hamda maʼlumotlarni “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ga kiritish uchun “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti xamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga yuboradi.
Hisobot kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida
3-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlarida, suv va oʻrmon fondi yerlarida tanlash asosida monitoring ishlarini amalga oshiradi.
Monitoring natijalariga koʻra degradatsiya holatlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, masʼul vazirliklar va idoralarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma yuboradi.
Monitoring yakuni boʻyicha besh ish kuni ichida
Tegishli xulosalar va ruxsatnomalarga ega boʻlmagan holda qazish va tuproq unumdor qatlamiga zarar yetkazish holatlari yuzasidan maʼlumotlarni vakolatli organlarga taqdim qiladi.
Maʼlumotlar “Milliy hisobot” tarzida har yili aprel oyida nashr qilinishini taʼminlaydi.
Har yili aprel oyida
Yerlar degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritadi.
Yil yakuniga koʻra kelgusi yilning birinchi choragida
II. Sanoat korxonalari boʻyicha
1-bosqich
Tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari (“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiykonmetallurgiya kombinati” AJ va boshqalar) (keyingi oʻrinlarda — sanoat korxonalari)
Yer degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan tartibda texnik-iqtisodiy asoslarni yoki atrof muhitga taʼsirni baholash loyihasini kelishish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Tabiiy resurslarni qazib olishni boshlashdan 15 kun oldin
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hisobotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Har chorakda keyingi oyning 10-kuniga qadar
2-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslarni yoki atrof muhitga taʼsirni baholash loyihasini koʻrib chiqadi va kelishadi.
Loyiha tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida
Yerlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hisobotlarni qabul qiladi, monitoring oʻtkazish hamda maʼlumotlarni “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ga kiritish uchun “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga yuboradi.
Hisobot tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida
3-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Sanoat korxonalariga biriktirilgan yerlarda tanlash asosida monitoring ishlarini amalga oshiradi.
Monitoring natijalariga koʻra degradatsiya holatlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, sanoat korxonalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma yuboradi.
Monitoring yakuni boʻyicha besh ish kuni ichida
Tegishli xulosalar va ruxsatnomalarga ega boʻlmagan holda qazish va tuproq unumdor qatlamiga zarar yetkazish holatlari yuzasidan maʼlumotlarni vakolatli organlarga taqdim qiladi.
Maʼlumotlar “Milliy hisobot” tarzida har yili aprel oyida nashr qilinishini taʼminlaydi.
Har yili aprel oyida
Yerlar degradatsiyasi, qurgʻoqchilik va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritadi.
Yil yakuni boʻyicha kelgusi yilning birinchi choragida
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Melioratsiya tadbirlari, yer osti sizot suvlari sathi va minerallashuvi, sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
Amalga oshirilgan meliorativ tadbirlar
Sarflangan mablagʻ, mln soʻm
Izoh
kollektor, km
yopiq-yotiq drenaj, km
gidrotexnik inshoot nomi
Tik drenaj quduqlar qazish, ta
Kuzatuv quduqlari qazish, ta
Davlat budjeti
Mahalliy budjet
yangidan qazish
taʼmirlash-tiklash
yangidan qurish
taʼmirlash-tiklash
yangidan qurish
taʼmirlash-tiklash
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.1-ILOVA
Togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hudud nomi
Xoʻjalik umumiy maydoni,
gektar
Tuproq tiplari
Degradatsiya turi
Amalga oshirilgan tadbirlar
Izoh
Tadbir nomi
Maydoni,
ga
Sarflangan mablagʻ, soʻm
Daraxt turlari
Koʻchat ekish qalinligi, dona/ga
Yoshi,
yillik
Davlat budjeti
Grantlar, davlat-xususiy sheriklik asosida yoki tadbirkorning oʻz mablagʻlari hisobidan
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.2-ILOVA
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar degradatsiyasi, tuproqni ifloslantirish manbalari joylashgan hududlar monitoringi, qattiq maishiy chiqindilar toʻplanadigan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Degradatsiyaga uchragan maydonlar, ga
Qattiq maishiy chiqindilar bilan zararlangan maydon, ga
Ishlab chiqarish taʼsirida tuproqni ifloslantirish, ga
Izoh
Nomi
Manzili
Yoʻnalishi
Jami
Shundan
Jami
Shundan
Jami
Shundan
Deflyatsiya
Denudatsiya
Korraziya
Eroziya
maishiy
qurilish
sanoat
kimyo korxonalari
togʻ-kon sanoati
qurilish ishlari
jami
karst
suffoizon
jami
suv
shamol
texnogen
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.3-ILOVA
Konlar joylashgan hududlar yerlari hamda xomashyo chiqindixonalari joylashgan hududlar degradatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Obyekt
Maydoni, ga
Xavfli geologik jarayonlar taʼsirida zararlangan maydon, ga
Mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlar taʼsiridagi maydon, ga
Yer osti chuchuk suv resurslari kamaygan maydon, ga
Izoh
Nomi
Manzili
Yoʻnalishi
Jami biriktirilgan
Shundan
Jami
Shundan
Jami
Shundan
sanoat-ishlab chiqarish obyekti qurilgan
xomashyo qazib olinayotgan
qazib olish yakunlangan
xomashyo chiqindixonasi
koʻchkilar
qulashlar
choʻkishlar
suffoziya
karst
boshqa
shoʻrlangan
choʻllangan
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining hozirgi va soʻnggi 10 yillik holati toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
Atmosfera havosi
Yer usti suvlari
Tuproq ifloslanishi
Izoh
Hozirgi ifloslanish darajasi
10 yil avvalgi holatga nisbatan % da
Hozirgi ifloslanish
10 yil avvalgi holatga nisbatan % da
Hozirgi ifloslanish
10 yil avvalgi holatga nisbatan % da
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.5-ILOVA
Tuproq ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
Qishloq xoʻjalik toksikantlari
Sanoat toksikantlari
Tuproqning namligi
Tuproqning kislotaligi
(r№)
Gumus miqdori
Izoh
vegetatsiya boshlanishi
vegetatsiya yakuni
xlororganik pestitsidlar
gerbitsidlar
defoliantlar
xlororganik pestitsidlar
gerbitsidlar
defoliantlar
ogʻir metallar
(mis, rux, qoʻrgʻoshin, kadmiy)
simob
margimush
suvda eruvchan ftoridlar
neft mahsulotlari
nitratli azot va ammoniy
sulfatlar
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.6-ILOVA
Respublika hududlarida soʻnggi 10 yilda iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
Oʻrtacha harorat, °S
Minimal harorat
Maksimal harorat
Yogʻingarchilik miqdori (mm)
Atmosferada CO2 konsentratsiyasi (kg/m3) (%)
10 yil oldingiga nisbatan
Izoh
oktabr
iyul
aprel
yanvar
_________ yil
_________ yil
_________ yil
_________ yil
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.7-ILOVA
Respublikada oʻrtacha yillik havo haroratining meʼyorga nisbatan oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
Yillik koʻrsatkich
harorat, t, °C
Havoning oʻrtacha namligi, (%)
maksimal darajasi
minimal darajasi
oʻrtacha harorat
meʼyor
farqi, (+,-)
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.8-ILOVA
Respublika hududlarida mavsumlar boʻyicha ustunlik qiluvchi shamollar yoʻnalishi va tezligi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
__________ yil
yanvar
aprel
iyul
oktabr
yoʻnalishi
tezligi, m/s
yoʻnalishi
tezligi, m/s
yoʻnalishi
tezligi, m/s
yoʻnalishi
tezligi, m/s
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.9-ILOVA
Respublika hududlarida eng koʻp kuzatiladigan suv toshqinlari, boʻronlar va anomal holatlar hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Tabiat hodisalari
Eng koʻp kuzatilgan
Takliflar
hudud/daryo nomi
kelib chiqish omillari
1.
Sel-suv toshqinlari
2.
Anomal issiq
3.
Anomal sovuq
4.
Chang-toʻzonlar
5.
Kuchli boʻronlar
6.
Boshqa holatlar
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.10-ILOVA
Meteorologik kuzatuv punktlaridagi monitoring natijalari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hududlar nomi
Tuproq chuqurligidagi
2 metr balandlikdagi havo
Shamol tezligi
Atmosfera bosimi
Yogʻingarchilik miqdori
Izoh
harorat
namligi
harorati
namligi
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda tuproq unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy ishlar va loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Ilmiy ishlar va loyihalar
Izoh
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha
Tuproq unumdorligini qayta tiklash boʻyicha
Tuproq unumdorligini saqlash boʻyicha
Tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2.12-ILOVA
Sanoat korxonalariga biriktirilgan hududlardagi tuproq degradatsiyasi va ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Hudud nomi
Maydoni,
ga
Kon turi, (yer osti va ochiq konlar)
Qazilma resurslar (neft, gaz, oltin, koʻmir, temir rudasi va boshqalar)
Faoliyatdagi yoki faoliyati yakunlangan (yopilgan sanasi) kon
Tuproq maʼlumotlari (turi, tuzilishi)
Degradatsiyaga uchragan/ifloslangan maydon, ga
Degradatsiya/ifloslanish turi
Degradatsiya va ifloslanishga qarshi amalga oshirilgan tadbirlar
Tadbir nomi (rekultivatsiya va boshqa)
Maydoni,
ga
Sarflangan mablagʻ
Jami, mln soʻm
Moliyaviy manbai (davlat budjeti, grantlar, tashkilotning oʻz mablagʻlari)
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish va baholash toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Tuman nomi
Hudud (massiv) nomi
Yerdan foydalanuvchi
Huquqiy maqomi
Kadastr raqami
Kontur raqami
Yer maydoni
Yer turlari
Degradatsiya turi va maydoni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Amalga oshirilgan tadbir
Tadbir maydoni
Ekilgan ekin yoki koʻchat
Daraxt qatori
Koʻchatlar soni
Daraxtlar turi
Daraxtlar yoshi
Holati (sugʻorilganligi)
Tadbirga sarflangan xarajat
Moliyalashtirish manbai
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Hududning geografik koordinatalari (WGS 84)
Hududning ortofoplani
Elektron raqamli xaritasi
Foto va video hisobot
Maʼlumotlar YERDGATga kiritilganligi
Yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha ilmiy asoslangan tavsiyalar
21
22
23
24
25
26
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
T/r
Tuman nomi
Hudud (massiv) nomi
Yerdan foydalanuvchi
Huquqiy maqomi
Kadastr raqami
Kontur raqami
Yer maydoni
Yer turlari
Degradatsiya turi va maydoni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Tuproq tipi
Tuproqning mexanik tarkibi
Namuna olish chuqurligi, sm
Ph miqdori
Tuproqdagi azot, mg/kg
Tuproqdagi fosfor, mg/kg
Tuproqdagi kaliy, mg/kg
Gumus, %
Hududning geografik koordinatalari (WGS 84)
11
12
13
14
15
16
17
18
19
Elektron raqamli tuproq xaritasi
Foto va video hisobot
Maʼlumotlar YERDGATga kiritilganligi
Yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish, tuproq unumdorligini qayta tiklash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar
20
21
22
23
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2023-y., 09/23/50/0069-son)