Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA PORTLOVCHI MATERIALLARNI TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1493-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Transport IIB hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
5-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
80-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 201-modda)