1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qaror
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18, 42-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi A. Ibodullayev zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-avgust,
1186-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 30-avgustdagi 1186-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining referendumiga (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari uchun majburiydir.
3. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Chet davlatlarning, ularning jismoniy va yuridik shaxslari hamda xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan referendumni moliyalashtirish, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhlarini moddiy jihatdan boshqacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
5. Mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar yoki moddiy yordam kelib tushgan taqdirda ular kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida xayriya subyektiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilishi lozim.
6. O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda referendum o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
2-bob. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish xarajatlarini rejalashtirish
7. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari xarajatlar smetasi MSK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari bo‘yicha prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining raisiga, ikkinchi imzo huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalteriga tegishli bo‘ladi.
9. MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini tasdiqlaydi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) taqdim etadi.
10. Moliya vazirligi referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini o‘n kunlik muddat ichida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
3-bob. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish xarajatlarini amalga oshirish
1-§. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatini moliyalashtirish
11. MSKning xarajatlari uning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
12. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining xarajatlari bo‘yicha to‘lovlar tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bosh buxgalterlari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bunda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan tegishli hududiy g‘aznachilik bo‘linmasiga birinchi imzo (komissiya raisining) va ikkinchi imzo (tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalterlarining) namunalari hamda komissiya shaxsiy tarkibi bo‘yicha qaror nusxasi taqdim etiladi.
13. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining maxsus ochilgan shaxsiy g‘azna hisob varaqlari orqali amalga oshiriladi.
2-§. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish
14. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
15. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan tuziladigan shartnomalar ular tegishli g‘aznachilik bo‘linmalaridan majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.
16. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xarajatlarni amalga oshirish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari a’zolari mehnatiga haq to‘lash
17. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
18. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolariga (transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun) referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik kompensatsiya to‘lab beriladi. Bunda to‘lovlar:
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari va kotibiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining boshqa a’zolariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,2 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi o‘rinbosari va kotibiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining boshqa a’zolariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,7 baravarida amalga oshiriladi.
19. Ushbu to‘lovlar imzo huquqiga ega referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalterlari tomonidan tasdiqlangan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi ro‘yxat bo‘yicha to‘lanadi.
20. Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish referendumga uch kun qolguniga qadar to‘liq ta’minlanadi.
21. Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari raislari tomonidan komissiya a’zolariga kompensatsiya to‘lanishi bilan bog‘liq asoslovchi va tasdiqlovchi hujjatlar (komissiya qarori, pasport nusxasi, STIR, JBPX, bank plastik karta ma’lumotlari, telefon raqami va hokazo) tegishli hokimlik buxgalteriyasiga taqdim etiladi.
22. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiyalar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buxgalteriyalari tomonidan okrug komissiyasi raisiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya a’zolariga to‘lov qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga ko‘ra bank plastik kartochkalariga o‘tkazib beriladi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiyalar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buxgalteriyalari tomonidan tuman, shahar hokimliklari buxgalterlarini jalb qilgan holda uchastka komissiyasi raisiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya a’zolariga to‘lov qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga ko‘ra bank plastik kartochkalariga o‘tkazib beriladi.
23. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bajarish (buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, komissiya a’zolari va a’zolikka nomzodlarni o‘qitish, matbuot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tarjimonlik qilish va h.k.) uchun referendum o‘tkazuvchi komissiyalarga mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Bunda ularning mehnatiga haq to‘lash referendum o‘tkazuvchi komissiya raisi bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq jalb qilingan mutaxassis va ekspertlar o‘rtasida tuziladigan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
4-bob. Referendum o‘tkazish jarayonidagi moddiy qimmatliklar hisobi
24. MSK tomonidan yetkazilgan tovar-moddiy qimmatliklar tegishli tuman yoki shahar hokimligi balansiga qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bo‘yicha haq to‘lamaslik sharti bilan qabul qilinadi.
25. Tuman yoki shahar hokimligi qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklarga inventar raqam beradi va ularning saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxsni belgilaydi.
26. Moddiy javobgar shaxs mazkur Yo‘riqomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi taqsimot bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni tegishli hududda tuzilgan uchastka komissiyasi raisiga topshiradi.
27. Referendum natijalari e’lon qilingandan so‘ng uchastka komissiyasining raisi tuman yoki shaharda tovar-moddiy qimmatliklar uchun moddiy javobgar shaxsga mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi taqsimot bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni topshiradi.
28. Qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar va moddiy javobgar shaxslar ro‘yxatlari tuman va shaharlar kesimida jamlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklda referendum natijalari e’lon qilingandan keyin o‘ttiz kundan kechikmasdan MSKga taqdim qilinadi.
29. Tuman va shahar hokimliklari jihozlarni (davlat bayrog‘i, davlat gerbi, ovoz berish qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, ichki va tashqi flagshtoklar) bir joyda jamlagan holda yaroqli holatda saqlash uchun omborxonalar bilan ta’minlashga mas’uldirlar.
30. Olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi referendum uchastkalarida foydalanilgan jihozlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda (omborxonalarda) jamlagan holda moddiy javobgar shaxsning nazorati ostida yaroqli holatda saqlanishi mumkin.
5-bob. Hisobga olish va hisobdorlik
31. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar kelib tushishini hisobga olish budjet tasnifining tegishli kodlariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. MSK hamda referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larning budjet hisobi “O‘zASBO” dasturiy ta’minotida belgilangan tartibda yuritadi.
33. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larning ishlatilmagan qismi referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan referendum natijalari e’lon qilingandan keyin o‘n besh kunlik muddatda MSKning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi. Ushbu mablag‘lar jamlanib uch bank ish kuni mobaynida Davlat budjetiga qaytariladi.
34. Referendum natijalari e’lon qilingandan keyin moliyalashtirilgan va foydalanilgan mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobotlar:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli moliya bosh boshqarmalari va MSKga yigirma kundan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yigirma besh kundan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 5 va 6-ilovalariga;
v) MSK tomonidan — Moliya vazirligiga bir oydan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot ma’lumotlari jamlangan holda taqdim qilinadi.
35. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ular yuzasidan o‘z vaqtida hisobot taqdim qilish uchun mas’uldir.
6-bob. Yakuniy qoidalar
36. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va qonuniy sarflanishi bo‘yicha MSK bosh buxgalteri, tegishlicha referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mas’ul mansabdor shaxslari javobgar hisoblanadi.
37. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
38. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 1-ILOVA
Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasi a’zolariga kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha
MA’LUMOTNOMA
T/r
F.I.O
Komissiyadagi lavozimi
Kompensatsiya to‘lovi miqdori
Xodimning shaxsiy ma’lumotlari
Pasport raqami, seriyasi
STIR
JBPX
Telefon raqami
Rahbar
F.I.O
Bosh hisobchi
F.I.O
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 2-ILOVA
___________________________________ (QR, viloyatlar va Toshkent shahar) __________________________ (tuman va shahar) hokimligining balansida mavjud bo‘lgan quyidagi jihozlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklari hokimlikning moddiy javobgar shaxsi _______________________________________ (F.I.O.) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining referendumida foydalanish uchun _________ — referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi ___________________________________________________ (F.I.O.) ningmoddiy javobgarligiga topshiradi:
T/r
Tovar-moddiy qimmatliklar nomi
O‘lchov birligi
Soni
Ishlab chiqarilgan yili
Izohlar
1.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i (ichki)
dona
2.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i (tashqi)
dona
3.
O‘zbekiston Davlat gerbi
dona
4.
Ovoz berish qutisi (katta)
dona
5.
Ovoz berish qutisi (kichik)
dona
6.
Ovoz berish qutisi (ko‘chma)
dona
7.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(2-xonalik)
dona
8.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(3-xonalik)
dona
9.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(4-xonalik))
dona
10.
Flagshtok (ichki)
dona
11.
Flagshtok (tashqi)
dona
12.
Ko‘chma kabinasi
dona
13.
Muhr (dumaloq rezinali)
dona
Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida to‘ldiriladigan dalolatnomaga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i hamda Qoraqalpog‘iston Davlat gerbi kiritiladi.
Topshiruvchi tomon:
tuman yoki shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari:
___________
(imzo)
_____________________________
(F.I.O)
tuman yoki shahar hokimligining moddiy javobgar shaxsi:
___________
(imzo)
_____________________________
(F.I.O)
Qabul qiluvchi tomon:
_______ — referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi:
___________
(imzo)
_____________________________
(F.I.O)
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 3-ILOVA
________________________________________ (QR, viloyatlar va Toshkent shahar) _______________________________ (tuman va shahar) __________ — referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi ___________________________________________________ (F.I.O.) referendumda foydalanish uchun qabul qilgan jihozlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklarni hokimlikning moddiy javobgar shaxsi ________________________________ (F.I.O.) gaqayta topshiradi:
T/r
Tovar-moddiy qimmatliklar nomi
O‘lchov birligi
Soni
Ishlab chiqarilgan yili
Izohlar
1.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i (ichki)
dona
2.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i (tashqi)
dona
3.
O‘zbekiston Davlat gerbi
dona
4.
Ovoz berish qutisi (katta)
dona
5.
Ovoz berish qutisi (kichik)
dona
6.
Ovoz berish qutisi (ko‘chma)
dona
7.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(2-xonalik)
dona
8.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(3-xonalik)
dona
9.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(4-xonalik))
dona
10.
Flagshtok (ichki)
dona
11.
Flagshtok (tashqi)
dona
12.
Ko‘chma kabinasi
dona
13.
Muhr (dumaloq rezinali)
dona
Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida to‘ldiriladigan dalolatnomaga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i hamda Qoraqalpog‘iston Davlat gerbi kiritiladi.
Topshiruvchi tomon:
_______ — referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi:
________________
(imzo)
____________________________________
(F.I.O)
tuman yoki shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari:
________________
(imzo)
_____________________________________
(F.I.O)
Qabul qiluvchi tomon:
tuman yoki shahar hokimligining moddiy javobgar shaxsi:
________________
(imzo)
____________________________________
(F.I.O)
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 4-ILOVA
_____________________________________ viloyatida saqlanayotgan jihozlari to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA
T/r
Tuman nomi*
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i
Yashirin ovoz berish kabinalari
Ovoz berish qutilari
Flagshtok
2 xonali
3 xonali
4 xonali
ko‘chma kabina
statsionar quti
ko‘chma quti
ichki
tashqi
katta 100 sm
kichik 60 sm
katta 80 sm (2021-y.)
1.
2.
3.
4.
jami:
*Tumanlarda jihozlarni saqlash joylari, balansda saqlovchi va mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumot ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 5-ILOVA
Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi HISOBOT 20_____ yil ____________________ holatiga
Tashkilot _________________________________________________________________ Bo‘lim _________ kichik bo‘lim_________ bob _______ Hisobot davri: yillik (1-yanvar), choraklik (1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr) Budjet turi ______________________________________________________________ O‘lchov birligi ____________________________________________________________
Toifa
Modda va kichik modda
Element
Xarajatlar nomi
Qator kodi
Tasdiqlangan (aniqlangan) reja
Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan
Kassa xarajati — jami
Haqiqiy xarajatlar — jami
A
B
1
2
3
4
5
Xarajatlarning hammasi
Rahbar
_______________________ (imzo)
Bosh hisobchi
_______________________ (imzo)
M.O‘.
_____ _________________ 20_____ yil
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 6-ILOVA
_________________________ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar, okrug) referendum o‘tkazuvchi okrug (uchastka) komissiyalari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha
HISOBOT
ming so‘mda
T/r
Tuman va shahar hokimliklari nomi
Aniqlangan smeta bo‘yicha xarajatlar
Moliyalashtirildi
Kassa xarajati
Haqiqiy xarajati
Budjetga qaytarilgan mablag‘
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Hudud bo‘yicha jami
Mos ravishda Tuman va shaharlar kesimida yoyiladi
Moliya organlari rahbarlari (yoki referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi raisi)