1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlarga koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion jarayonlarning jadallashuviga erishish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va hududni jadal surʼatlarda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
hududning investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yoshlar bandligini taʼminlash;
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish;
taʼlim sohasida qoʻshimcha imkoniyatlar va inson kapitali rivojini yangi bosqichga koʻtarishga shart-sharoit yaratish;
ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.02.00 Yoshlar mehnati;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida hududning investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yoshlar bandligini taʼminlash yoʻnalishi doirasida:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:
foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda;
ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilansin.
Bunda, yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 2-band “b” kichik bandining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun zarur asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida Hukumat komissiyasining qaroriga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali 7 yil muddatga qarz mablagʻlari taqdim etilsin.
Bunda, ajratilgan mazkur kredit mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflari asosida Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan taqsimlanadi;
g) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (M. Ubaydullayev, A. Kamalov, D. Sultanov) Qoraqalpogʻiston Respublikasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2022-yil yakuniga qadar dastur uchun ajratilgan resurslar hisobidan qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm kredit ajratilishini taʼminlasin.
Belgilansinki, qonunchilikda mazkur banddagidan ortiq soliq imtiyozlari nazarda tutilgan boʻlsa, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.
Moʻynoq tumanidagi tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda soliq imtiyozlarining kengaytirilgan roʻyxati mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun tijorat banklariga va “Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo qilish. Faza II” loyihasi doirasida moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida quyidagi shartlar va yoʻnalishlardagi kredit liniyasini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
a) 95 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi. Bunda:
tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan uy-joy qurilishi, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 7 yilgacha muddatga, shu jumladan 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 10 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
ajratilgan mazkur kredit liniyasidan moliyalashtiriladigan loyihalar roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tavsiyasiga asosan Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan shakllantiriladi;
b) “Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo qilish. Faza II” loyihasi doirasida moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish uchun 5 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi mablagʻlari ajratiladi.
Bunda, Jamgʻarma Suv xoʻjaligi vazirligiga 2023-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatga yillik foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida 5 million AQSh dollari miqdorida qisqa muddatli kredit ajratsin va ushbu kredit keyinchalik loyiha buyurtmachisi — Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ijroiya qoʻmitasining Nukus filialiga oʻtkazilsin.
Suv xoʻjaligi vazirligi Jamgʻarmaning jalb qilinadigan kreditini oluvchi, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ijroiya qoʻmitasining Nukus filiali ushbu kreditlarning maqsadli va samarali foydalanishiga javobgar ijroiya organ hisoblanadi.
Moliya vazirligi 2023-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda Jamgʻarmadan jalb qilingan kreditni qaytarish va unga hisoblangan foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan toʻlov kunidagi valyuta kurslari boʻyicha farqni hisobga olgan holda AQSh dollari ekvivalentida Jamgʻarmaga Davlat budjetidan qaytaradi.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (J.Xodjayev) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga bepul asosda koʻmaklashuvchi “Investorlarga koʻmak markazi”ni;
“Investorlarga koʻmak markazi” qoshida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarida maydoni kamida 10 gektar boʻlgan ishlab chiqarish texnoparkini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2022-yil 15-sentabrdan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar, istisno tariqasida, yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish maqsadida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishda:
a) eng yaxshi takliflar 5 million AQSh dollari ekvivalentidan boshlab koʻrib chiqiladi;
b) ishchi organ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi;
v) quyidagilar:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish;
eng yaxshi taklif deb tanlab olingan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi investorlarga yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan barcha soliq toʻlovchilardan undiriladigan soliqlar 2022-yil uchun Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning tasdiqlangan miqdorlaridan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga oʻtkaziladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablari xodimlarining, jumladan tarbiyachi va oʻqituvchilarning ish haqi hamda unga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan amalga oshirish tartibi saqlab qolinadi.
Bunda, soliq imtiyozlari joriy etilishi sababli yuzaga keladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti daromadlaridagi yoʻqotishlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo tartibga soluvchi transfertlar hisobiga toʻliq qoplanadi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish hamda ogʻir sharoitli hududlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish maqsadida 2022-yil III chorakdan boshlab 2024-yil yakuniga qadar har chorak yakuni boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi, istisno tariqasida, toʻliq Qoraqalpogʻiston Respublikasida qoldirilsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish yoʻnalishi doirasida:
a) 2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida auksion savdolarida realizatsiya qilinadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli uchastkalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari:
mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolariga boshlangʻich qiymati 50 foizga kamaytirilgan holda chiqarilsin;
mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishidan tushadigan mablagʻlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida oʻtkazilsin;
v) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan hududi 10 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlar, ularni baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmasiga maqsadli yoʻnaltirilsin;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-264-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan davlat aktivlarini hamda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolarida sotib olishda qoʻllaniladigan qoidalar Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etilsin;
d) Bosh vazir oʻrinbosarlari Sh. Gʻaniyev va J. Xodjayev Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamroyev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) va Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv hisobini yuritish, yoʻqotishlarni kamaytirish va suv taʼminotini barqarorlashtirish dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin.
Bunda, suv taʼminotini yaxshilash jamgʻarmasini tashkil etish va unga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rekonstruksiya qilish uchun koʻzda tutilgan budjet mablagʻlarini yoʻnaltirish koʻzda tutilsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish yoʻnalishi doirasida:
a) fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartiriladigan, aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududlardan zaxiraga qaytarilgan yer maydonlari 2-ilovaga muvofiq dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga, istisno tariqasida, 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarori talablariga asosan meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha, ammo gektariga 7 million soʻmdan oshmagan miqdorda yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada, 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
Bunda, Markaziy bank (B. Zaxidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi fermer xoʻjaliklariga 200 milliard soʻm va mazkur Farmonning 9-bandi “a” kichik bandiga asosan ochiq elektron tanlov orqali ekin maydonlarni ijaraga olgan dehqon xoʻjaliklari uchun 50 milliard soʻm miqdoridagi kreditlar ajratilishini taʼminlasin;
v) Vazirlar Mahkamasi (Sh. Gʻaniyev, J. Qoʻchqorov) bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining notekisligini va suv resurslarining meʼyordan ortiq sarflanishini bartaraf etish maqsadida 2022 — 2024-yillarda qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar yordamida tekislash uchun har bir gektariga subsidiya ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorining 3-bandida belgilangan subsidiya ajratish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 2 yil muddatga uzaytirilsin;
d) Moliya vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qoraqalpogʻistondagi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer maydonlarini sugʻorish uchun chuqurligi 5 metrdan ortiq boʻlgan har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin;
e) Vazirlar Mahkamasi (Sh. Gʻaniyev, J. Qoʻchqorov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-7-son qarori talablariga muvofiq, 2023-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan kamida 200 ta yangi yuqori unumli kombinatsion texnikalarni xarid qilish uchun subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasida taʼlim sohasida qoʻshimcha imkoniyatlar va inson kapitali rivojini yangi bosqichga koʻtarishga shart-sharoit yaratish yoʻnalishi doirasida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (A. Aripov) Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining zarur taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha shakllantirilgan buyurtmasiga muvofiq, oʻn kun muddatda 2022/2023 oʻquv yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi oʻquv yillari uchun esa har yili 1-sentabrga qadar 6 500 nafar yoshlarning viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinishini taʼminlasin.
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
Bunda, mazkur qabul koʻrsatkichlari boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalarga ajratilgan taʼlim kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarini Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish imkoniyati yaratilsin;
a1) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 oʻquv yilida davlat granti asosida qoʻshimcha 3 000 ta oʻrin ajratilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi soha va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulga qadar taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (A. Aripov) ajratilgan davlat granti asosidagi qoʻshimcha 3 000 ta oʻringa yoshlarni qabul qilishning aniq mexanizmlarini tasdiqlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan “a1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasalarini salohiyatli professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida 2023-yildan boshlab mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va qurilish yoʻnalishlari boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin;
v) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik boʻyicha bitimlarni imzolash, istisno tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilsin;
g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab 5 yil muddatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayoni uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislar (oʻqituvchilar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun undiriladigan toʻlov, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi olish uchun konsullik yigʻimlari va yashash joyida roʻyxatga olish uchun undiriladigan davlat boji toʻlashdan ozod etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish yoʻnalishi doirasida 2022-yil 15-sentabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun temir yoʻl va aviayoʻlovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar boʻyicha amalga oshirilsin hamda yoʻlovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilsin.
Transport vazirligi Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va rezident aviakompaniyalar bilan birgalikda bir oy muddatda yoʻlovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus tariflarni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Moliya vazirligi 2022-yil 1-oktabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam taʼminlangan oilalarga qish mavsumini betalafot oʻtkazish uchun (koʻmir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat, boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun) har bir kam taʼminlangan oilaga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam pullarini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoʻshimcha 100 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2022-yil 25-oktabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan har bir oilaga qish mavsumini betalafot oʻtkazish uchun ajratilayotgan bir martalik moddiy yordam pullari toʻliq toʻlab berilishini taʼminlasin hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot bersin.
14. A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan oʻtgan qismi boʻylab yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish maqsadida:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 4-ilovaga muvofiq jami 809 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari va oʻrmon fondi yerlarini, shundan 85,6 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda — tanlangan yer uchastkalari) aholi punktlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani, “Aktuba” OFY 3718q konturdagi 2 gektar va Xoʻjayli tumani, “Kulab” OFY 59q, 60q, 60aq konturdagi 3,7 gektar yer maydonida tashkil etilgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yerlarining yaylov yer toifasini sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xulosasi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligining tanlangan yer uchastkalarini master-reja asosida yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Kadastr agentligi mazkur bandga asosan yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qoʻyish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
Belgilansinki, tanlangan yer uchastkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlari toifasidan chiqarilishi munosabati bilan hisoblanadigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar, istisno tariqasida, undirilmaydi.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi ikki oy muddatda:
tanlangan yer uchastkalarining belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilishi, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi hamda elektron onlayn-auksionga chiqarilishini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda tanlangan yer uchastkalarining master-rejalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
16. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafoyev) yil yakuniga qadar A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining Toʻrtkoʻl, Beruniy va Ellikqalʼa tumanlaridan oʻtgan qismini rekonstruksiya qilishga xalqaro moliya institutlaridan dastlabki hisob-kitoblarga asosan 160 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar jalb etilishini taʼminlasin.
17. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining tumanlarida aholi uchun yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini taqdim etish va 2023 — 2026-yillarda koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarni qurish parametrlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
18. Belgilansinki, mazkur Farmonning 8-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisida va 10-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida tatbiq etiladi.
19. Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmonning 2-bandi va 10-bandining “g” kichik bandidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
mazkur Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlanishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
mazkur Farmonga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning atroflicha yoritib borilishini;
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotning aholiga yetkazilishini taʼminlasin.
21. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Ushbu Farmonning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-avgust,
PF-213-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida auksion savdolarida realizatsiya qilinadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli uchastkalar
ROʻYXATI
T/r
Obyekt nomi
Tuman
Xomashyo turi
Maydoni,
gektar
Noruda xom ashyosini qazib olish
1.
“Jumurtov-II” koni
Amudaryo
Porfirit
8,5
2.
“Xoʻjakoʻl (1960)” koni 1-uchastkasi
Qoraoʻzak
Biriktiruvchi material xom ashyosi uchun ganch
65
3.
“Xoʻjakoʻl (1960)” koni 2-uchastkasi
56
4.
“Xoʻjakoʻl (1960)” koni 3-uchastkasi
46
5.
“Xoʻjakoʻl (1960)” koni 4-uchastkasi
42
6.
“Xoʻjakoʻl (1960)” koni 5-uchastkasi
54
7.
“Xoʻjakoʻl (1960)” koni 6-uchastkasi
50
8.
“Qoraoʻzak-1” koni
Porfirit
6
9.
“Kekliktau (1990)” koni 2-uchastkasi
Tuf
(qurilish uchun tosh)
4
10.
“Kekliktau (1990)” koni 4-uchastkasi
Tuf
(qurilish uchun tosh)
4,1
11.
“Qoratov (1974)” koni 1-uchastkasi
Gʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslar
3,5
12.
“Qoratov (1974)” koni 3-uchastkasi
Porfirit (qurilish uchun tosh)
2,8
13.
“Beshtyube” koni 1-uchastkasi
Nukus
Keramzit xomashyosi uchun bentonitli gillar
15
14.
“Beshtyube II (1990)” koni 2-uchastkasi
Gʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslar
8,4
15.
“Kiziltau” koni 2-uchastkasi
Qoʻngʻirot
Qurilish ishlari uchun qumlar
7,7
16.
“Kiziltau” koni 3-uchastkasi
Qurilish ishlari uchun qumlar
6
17.
“Shimoliy Jamansay (1990)” koni 1-uchastkasi
Beruniy
Sement xom ashyosi uchun gil
9,48
18.
“Shimoliy Jamansay (1990)” koni 2-uchastkasi
Sement xom ashyosi uchun gil
10
19.
“Beruniy (1983)” koni 1-uchastkasi
Marmarlashgan ohaktosh (tabiiy pardozbop tosh)
3
20.
“Oltinkoʻl (1986)” koni 1-uchastkasi
Qonlikoʻl
Gʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslar
15
Noruda xom ashyosi geologiya-qidiruv ishlari
21.
Qizil qalʼa-1
Beruniy
Qum-shagʻal
8,2
22.
Qizil qalʼa-2
9,0
23.
Xoʻjakoʻl 1
Qoraoʻzak
Qurilish qumlari
9,77
24.
Xoʻjakoʻl 2
Qurilish qumlari
9,53
25.
Qudaybergen Tas
Porfirit
4,5
26.
Grushed Stoune-1
Porfirit
3,8
27.
Titan
Qum
6
28.
Temur-2
Qonlikoʻl
Lyossimon jinslar
8,5
29.
Temur-3
Lyossimon jinslar
8,5
30.
Kaspiy I
Qoʻngʻirot
Mineral tuz
20
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ajratiladigan yer maydonlari
T/r
Tumanlar nomi
PQ-20-son qaror boʻyicha ajratiladigan maydon,
gektar
Ochiq elektron tanlov gʻoliblari
Qolgan maydon (+, -)
2022-yilda qoʻshimcha ajratiladigan maydon,
gektar
2022-yilda jami ajratiladigan maydon,
gektar
2023-yilda jami ajratiladigan maydon,
gektar
lot soni
maydoni,
gektar
Shimoliy tumanlar
1.
Boʻzatov
10
67
23
13
12
22
66
2.
Kegeyli
367
573
333
-34
75
442
319
3.
Moʻynoq
141
50
41
-100
141
114
4.
Nukus
315
397
153
-162
56
371
509
5.
Taxtakoʻpir
287
199
127
-160
40
327
397
6.
Taxiatosh
54
561
57
3
20
74
102
7.
Xoʻjayli
14
428
108
94
152
166
346
8.
Chimboy
319
339
175
-144
57
376
379
9.
Shumanay
695
711
354
-341
695
351
10.
Qonlikoʻl
269
365
125
-144
56
325
382
11.
Qoraoʻzak
303
426
206
-97
52
355
357
12.
Qoʻngʻirot
603
1 123
585
-18
70
673
392
Janubiy tumanlar
13.
Amudaryo
741
2 764
702
-39
105
846
669
14.
Beruniy
719
1 589
674
-45
105
824
640
15.
Toʻrtkoʻl
405
1 015
319
-86
105
510
553
16.
Ellikqalʼa
368
1 684
354
-14
105
473
444
Jami
5 610
12 291
4 336
-1 274
1 010
6 620
6 020
Izoh: shimoliy tumanlarda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun yer maydonlari 2 gektargacha ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha
Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga bepul asosda koʻmaklashuvchi yuridik shaxs hisoblanmagan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Investorlarga koʻmak markazi”ni tashkil etish.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan “Investorlarga koʻmak markazi”ni (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Nukus shahrida joylashtirish uchun tekin foydalanish huquqi asosida bino ajratish.
bir hafta muddatda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(J. Xodjayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev),
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahabov),
masʼul vazirlik va idoralar
2. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar yuqori malakali xodimlaridan iborat, tarkibi har oyda yangilanib boriladigan Ishchi guruh tashkil etish.
bir hafta muddatda
3. Ishchi guruhning Markazda faoliyat yuritishini tashkil etish.
Quyidagilarni Markazning asosiy vazifalari etib belgilash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga zarur boʻlgan ruxsatnoma, litsenziya va sertifikatlar, shu jumladan, qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlar uchun kompensatsiya va subsidiyalarni olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
ushbu tadbirkorlik subyektlarining tegishli hujjatlari hamda ular tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotlar namunalarini tegishli hujjat olish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda yuborishga koʻmaklashish;
mazkur tadbirkorlik subyektlarining faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni “bir darcha” tamoyili asosida joyida hal etishga koʻmaklashish;
byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida biznes muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
ikki hafta muddatda
4. Markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel va texnik jihozlar bilan taʼminlash.
5. Ishchi guruh tarkibini shakllantirish hamda belgilangan tartibda Nukus shahriga xizmat safariga yuborilishini tashkil etish.
bir hafta muddatda
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmasiga koʻra, Markazni belgilangan tartibda zarur boʻlgan aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib berish.
7. Markazni quriladigan texnopark hududida joylashtirish.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov)
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarida maydoni kamida 10 gektar boʻlgan ishlab chiqarish texnoparkini (keyingi oʻrinlarda — texnopark) qurish.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalaridan maydoni kamida 10 gektar boʻlgan boʻsh yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali xarid qilish;
ushbu yer uchastkasida texnoparkni qurish.
2. Texnopark ichida qurilgan obyektlarni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarida sotish.
2023-yil
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(J. Xodjayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev)
3.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv ?isobini yuritish, yoʻqotishlarni kamaytirish va suv taʼminotini barqarorlashtirish.
Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda hududda suv hisobini yuritish, yoʻqotishlarni kamaytirish va suv taʼminotini barqarorlashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil 26-noyabr
Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Gʻaniyev, J. Xodjayev),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),
Kadastr agentligi
(F. Pulatov)
4.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi yerlarni sugʻorishda foydalanilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga olish hamda soliq toʻlovchilarga suv resurslarini ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron buyurtma asosida berish tizimini joriy etish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi yerlarni sugʻorishda foydalanilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga olish hamda soliq toʻlovchilarga suv resurslarini ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron buyurtma asosida berish tizimini joriy etish yuzasidan normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.
2022-yil 1-noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi
(Sh. Kudbiyev),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Teshayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
masʼul vazirlik va idoralar
5.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha har bir ekin uchun suv olish isteʼmolining (sugʻorish) amaldagi normativlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha har bir ekin uchun suv olish isteʼmolining (sugʻorish) amaldagi normativlarini qayta koʻrib chiqish.
Tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
bir oy muddatda
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Teshayev),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev)
6.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizini mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga yoʻnaltirish;
2. Mablagʻlarni tuman (shahar) hokimining qarori bilan hududlarda yangi yer uchastkalarini aniqlash va ularning jozibadorligini oshirgan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish, shuningdek, koʻp qavatli uy-joylarning renovatsiya dasturlarini amalga oshirish hamda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash, infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni maqsadli moliyalashtirishga yoʻnaltirish.
2022-yil 1-dekabr
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(A. Ortiqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Boboyev)
7.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida noruda foydali qazilma konlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida noruda foydali qazilma konlari va yer uchastkalarini Davlat geologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida noruda foydali qazilma konlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.
bir oy muddatda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev),
Davlat geologiya qoʻmitasi
(Sh. Alimov)
8.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallalarida hamshiralik mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tugatgan va hozirgi vaqtda ishsiz boʻlgan xotin-qizlar malakasini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlash.
1. Tashkil etilayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlarida hamshiralar malakasini oshirish kurslari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur malaka oshirish kurslarini oʻquv-metodik materiallar va pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda tinglovchilarning tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish.
3. “Ishga marhamat” monomarkazlarida hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi respublika oʻrta tibbiyot xodimlari va farmatsevtlar malakasini oshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi markazida malaka oshirish kurslarida oʻqigan va oʻzini oʻzi band qilgan hamshiralarga patronaj sumkasi va uning ichidagi zaruriy tibbiyot jihozlarini xarid qilish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan 2025-yil 1-yanvarga qadar bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini joriy etish.
2022 — 2024-yillarda
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(M. Ubaydullayev),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(B. Musayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev)
9.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkillashtirish.
1. Kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqib, sertifikat olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida yashovchi ishsiz fuqarolarga oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda oʻzini oʻzi band qilishi uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 7 million soʻmgacha, xotin-qizlarga 10 million soʻmgacha asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari sotib olish uchun subsidiya ajratishni yoʻlga qoʻyish.
2. 2025-yil 1-yanvarga qadar ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida uy sharoitida biogumus oʻgʻitini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan subsidiya ajratish mexanizmini joriy etish.
2022 — 2024-yillarda
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(M. Ubaydullayev),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(B. Musayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev)
3. Hamshiralarga patronaj sumkasi va uning ichidagi zaruriy tibbiyot jihozlarini xarid qilish, shuningdek, uy sharoitida biogumus oʻgʻitini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
bir oy muddatda
10.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xalqaro va ichki avtomobil yoʻllarini yaxshilash.
Qoraqalpogʻistonda xalqaro va ichki avtomobil yoʻllarini rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil 26-oktabr
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov),
Transport vazirligi
(I. Mahkamov)
11.
A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 581 — 673 km qismini rekonstruksiya qilish obyekti boʻyicha loyihaoldi ishlarni amalga oshirish.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 581 — 673 km qismini rekonstruksiya qilish uchun Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlari hududidan zarur boʻlgan yer maydonlari ajratib berilishini taʼminlash.
bir oy muddatda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev),
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi
(Sh. Gʻaniyev),
Kadastr agentligi
(F. Pulatov)
2. A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining Toʻrtkoʻl, Beruniy va Ellikqalʼa tumanlari hududidan oʻtgan 581 — 673 km qismini sement beton qoplama asosida rekonstruksiya qilish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishish choralarini koʻrish.
2022-yil yakuniga qadar
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafoyev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
(A. Abduvaliyev)
3. A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 581 — 673 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida buzishga tushgan turar va noturar joylar egalariga hisoblangan kompensatsiya toʻlovlarini 2023-yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi budjetining markazlashtirilgan jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berishni taʼminlash.
2023-yil mobaynida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)
12.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mablagʻlari hisobiga “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarini toʻla taʼmirlash” loyihasini amalga oshirish.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mablagʻlari hisobiga “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarini toʻla taʼmirlash” loyihasining 2023-yil davlat tashqi qarzi jalb qilinadigan investitsiya loyihalari roʻyxatiga kiritilishini taʼminlash.
2022-yil IV chorak
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafoyev)
13.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini hamda A-380 xalqaro avtomagistral yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish.
1. A-380 xalqaro avtomagistralining xavfsizlik mintaqasidan tashqaridagi yoʻl boʻyicha oʻrmon xoʻjaligi fondidagi yer maydonlarini tuman (shahar) zaxira yer fondiga qaytarib, yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish maqsadida mazkur yer maydonlarining elektron onlayn-auksionga chiqarilishini taʼminlash.
bir oy muddatda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Teshayev),
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
(N. Bakirov),
Kadastr agentligi
(F. Pulatov),
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
(A. Abduvaliyev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(O. Rustamov)
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman hokimliklarini yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari uchun yer maydonlari ajratilishi va toifasi oʻzgartirilishi hamda yoʻl boʻyida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan, istisno tariqasida, ozod qilish.
bir oy muddatda
14.
Nukus shahri va boshqa tumanlarda joylashgan “Qoraqalpogʻiston mintaqaviy paxta terminali” MChJga qarashli bugungi kunda auksion savdolarida turgan bino-inshoot va unga tegishli yer maydonini sotish chora-tadbirlarini jadallashtirish.
Nukus shahrida joylashgan “Qoraqalpogʻiston mintaqaviy paxta terminali” MChJga qarashli bugungi kunda auksion savdolarida turgan bino-inshoot va unga tegishli yer maydonini sotishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-264-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan tartibning tatbiq etilishini taʼminlash.
tegishli obyektlar sotilgunga qadar
“Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(Q. Sariyev)
15.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol stansiyasini qurish loyihalarini kengaytirish.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan (Karatau-1), Beruniy va Qoraoʻzak tumanlarida quvvati 200 MVt boʻlgan (Karatau-2), Qoʻngʻirot tumanida quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol stansiyalarini qurish loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarini jadallashtirish.
2. Ushbu loyihalar boʻyicha investorlar va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish.
2023-yil mart
Energetika vazirligi
(Sh. Xodjayev)
16.
Aholi xonadonlarining kadastrlarini toʻliq rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqish.
Quyidagilarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:
birinchi bosqichda (2022-2023-yillarda) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, ikkinchi bosqichda (2023-2024-yillarda) qolgan hududlarda aholi xonadonlarini mahallabay tahlil qilib, uy-joyga egalik huquqini tasdiqlovchi kadastr hujjatiga ega boʻlmagan xonadonlarning elektron roʻyxatini shakllantirish;
uy-joyga egalik huquqini eʼtirof etishga asos boʻluvchi hujjatlarni toʻplab, elektron bazaga kiritish;
ushbu tadbirlarni amalga oshirishda zarur hollarda aerokosmik sʼyomka materiallaridan foydalanish.
2022-yil 1-oktabr
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Davlat soliq qoʻmitasi
(Sh. Kudbiyev),
Kadastr agentligi
(F. Pulatov)
17.
Qoraqalpogʻiston Respublikasiga aviaqatnovlar sonini oshirish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga yoʻlovchi tashuvchi aviaqatnovlar sonini oshirish.
bir oy muddatda
Transport vazirligi
(I. Mahkamov)
18.
Nukus shahri, Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish.
1. Nukus shahri, Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlari qurilishiga 78 million AQSh dollari miqdorida mablagʻlarni yoʻnaltirishni jadallashtirish.
2. Loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
2022-yil 15-oktabr
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
(Sh. Xidoyatov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)
3. Loyihani amalga oshirish.
2022 — 2025-yillar
19.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish.
2022 — 2026-yillar Davlat budjet parametrlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va tibbiyot obyektlari qurilishiga qoʻshimcha 5 trln soʻm ajratishni nazarda tutish.
2022-yil 1-dekabr
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Boboyev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga 4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoʻl boʻyida joylashgan va unumdorligi past boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlari toifasidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari