Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.06.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqlarni berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral mikrosxemalar topologiyasiga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman oʻzgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 17-iyunda 1481-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022 yil 31-martdagi 8-mh-sonli “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga boʻlgan huquqni oʻtkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni oʻtkazish va mulkiy huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3359, 31.03.2022 y.) asosan 2022 yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqlarni berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral mikrosxemalar topologiyasiga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman oʻzgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qoidalar kuchga kirgan sanadan boshlab Davlat patent idorasi direktorining 1996-yil 3-dekabrdagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomalar va ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish uchun huquqlarni berish toʻgʻrisida litsenziya shartnomalarini koʻrib chiqish va roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari va Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritish qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-may,
48-son
Davlat patent idorasi direktorining 2005-yil 11-maydagi 48-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman oʻtkazish, hamma mulkiy huquqlarni toʻliq yoki qisman berish va elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga mulkiy huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
QOIDALARI
Ushbu Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman oʻtkazish, hamma mulkiy huquqlarni toʻliq yoki qisman berish va elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga mulkiy huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari (bundan buyon matn boʻyicha — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda quyidagi shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida (bundan buyon matn boʻyicha — Agentlik) roʻyxatga olish tartibini belgilaydi:
Ixtirolar davlat reyestrida, Foydali modellar davlat reyestrida, Sanoat namunalari davlat reyestrida, Seleksiya yutuqlari davlat reyestrida roʻyxatga olingan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqni oʻtkazish (patentni berish toʻgʻrisidagi) toʻgʻrisidagi shartnoma va ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻidan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi;
tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga (bundan buyon matn boʻyicha — tovar belgisi) boʻlgan huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma va Tovar belgilari davlat reyestrida roʻyxatga olingan yoki roʻyxatga olinmay turib Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan muhofaza qilinadigan tovar belgisidan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi;
Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestrida roʻyxatga olingan integral mikrosxemalar topologiyalariga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma;
mos ravishda Elektron hisoblash mashinalari uchun Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida va Maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatga olingan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni toʻliq yoki qisman berish toʻgʻrisidagi shartnomalar va mulkiy huquqlarning oʻzgalarga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar.
Qisqartirishlar roʻyxati:
Shartnoma — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga berilgan patentni berish, tovar belgisiga boʻlgan huquqni oʻtkazish, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqni toʻliq yoki qisman oʻtkazish, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni toʻliq yoki qisman berish va mulkiy huquqlarning oʻzgalarga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar.
Litsenziya shartnomasi — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisidan foydalanishga boʻlgan huquqni berish toʻgʻrisidagi shartnoma.
Sublitsenziya shartnomasi — litsenziat tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutugʻidan foydalanishga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma.
Litsenziar — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquq egasi.
Litsenziat — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutugʻidan foydalanuvchi shaxs.
Muhofaza hujjati — patent, guvohnoma.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq quyidagi shartnomalar Agentlikda roʻyxatga olinadi:
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga berilgan patentni berish toʻgʻrisidagi shartnoma;
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻidan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi (sublitsenziya shartnomasi);
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisiga boʻlgan huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisidan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi (sublitsenziya shartnomasi). Jamoaviy tovar belgisi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin emas;
roʻyxatga olingan elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni toʻliq yoki qisman berish toʻgʻrisidagi shartnoma;
integral mikrosxemalar topologiyalariga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma.
2. “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq tomonlarning kelishuviga binoan Agentlikda:
elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasiga mulkiy huquqlarning oʻzgalarga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatga olinishi mumkin.
3. Shartnomani roʻyxatga olish, shuningdek roʻyxatga olingan linsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʻlanadi.
4. Shartnomani yoki roʻyxatga olingan linsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishga oid ishlar patent egasi (huquq egasi) tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolatlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan vakil orqali amalga oshiriladi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, ariza Agentlikda roʻyxatga olingan patent vakili (bundan buyon matn boʻyicha — patent vakili) orqali topshiriladi. Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2- §. Ariza va zarur hujjatlarni taqdim etish
5. Shartnomani roʻyxatga olish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) shartnomani roʻyxatga olish uchun ariza.
Ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda oʻzbek yoki rus tilida bir nusxada topshiriladi. Xorijiy ismlar va korxonalarning nomlari oʻzbekcha yoki ruscha transliteratsiyada keltiriladi.
Ariza bitta shartnomaga tegishli boʻlishi kerak.
Agar patent egalari (huquq egalari)ning boshqa shaxsga litsenziyani taqdim etish yoki huquqni topshirishga roziligi taqdim etilayotgan boshqa biron hujjatda qayd etilmagan boʻlsa, ariza ularning hammalari tomonidan imzolanadi.
Yuridik shaxs tomonidan ariza korxona, tashkilot rahbari tomonidan yoki bunga vakolatli shaxs tomonidan, uning lavozimi koʻrsatilgan holda, imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Imzolar imzo qoʻyayotgan shaxslarning familiyasi va ismi va otasi ismlarining bosh harflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
b) belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnoma yoki shartnomadan koʻchirma uch nusxada.
Shartnoma varaqlari tikilgan, raqamlangan boʻlishi, va ularda tuzatishlar, qoʻshimcha yozuvlar, oʻchirilgan soʻzlar va boshqa olingan kelishilmagan toʻgʻrilashlar boʻlishi kerak emas.
Shartnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
aniq koʻrsatilgan shartnoma tomonlari;
shartnoma predmeti (muhofaza hujjatining raqami, tovar belgisining xalqaro roʻyxatga olish raqami);
huquqni topshirish turi;
litsenziya shartnomasi boʻyicha topshirilayotgan huquqlar hajmi;
shartnomaning amal qilish hududi;
shartnomaning amal qilish muddati;
mukofot miqdori (yoki bu borada kelishuv mavjudligini tasdiqlaydigan qoida).
Tovar belgisiga taalluqli litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʻlmasligi haqidagi shart boʻlishi va litsenziar ushbu shartning bajarilishi ustidan nazorat olib borishi haqidagi talab boʻlishi kerak;
Tovar belgisiga huquqni qisman topshirish toʻgʻrisidagi shartnomada huquqlar topshirilayotgan belgilarni roʻyxatga olish uchun Tovarlar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasiga muvofiq guruhlashtirilgan tovarlar va/yoki xizmatlarning roʻyxati boʻlishi kerak.
g) meros qilib olishlik huquqi yoki vorislik huquqini tasdiqlaydigan hujjat (zarur hollarda);
d) vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma;
e) shartnomani roʻyxatga olish uchun belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat.
Belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, arizani koʻrib chiqish boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.
6. Sublitsenziya shartnomasi roʻyxatga olingan holda, litsenziya shartnomasining asli yoki uning talabga koʻra rasmiylashtirilgan nusxasi taqdim etiladi.
7. Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar oʻzbek, rus yoki boshqa tilda taqdim etilishi mumkin. Agar hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.
8. Ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlar Agentlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi.
§ 3. Shartnomani koʻrib chiqish va roʻyxatga olish
9. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddat davomida kerakli hujjatlarning mavjudligi va ular ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
10. Kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan yoki shartnomani roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoxud shartnomada bir-birini istisno qiladigan holatlarning mavjudligi aniqlangan hollarda, ariza topshirgan shaxsga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida mavjud boʻlmagan va/yoki toʻgʻrilangan hujjatlarni taqdim etish va/yoki taqdim etilgan shartnomaga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif qilinadi.
Bunda talabnomani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatning kechishi yetishmayotgan yoki toʻgʻrilangan hujjatlardan oxirgisi kelib tushmagunga qadar toʻxtatib turiladi.
11. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalarning talabiga muvofiq boʻlsa, bu holda Agentlik shartnomani roʻyxatga oladi va shartnoma roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli Davlat reyestriga kiritadi. Bunda arizada koʻrsatilgan yozishmalar uchun manzilga roʻyxatga olish raqami, roʻyxatga olish sanasi koʻrsatilgan shartnomaning ikkita nusxasi va roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan muhofaza hujjati yuboriladi.
Roʻyxatga olingan shartnomaning bir nusxasi nazorat nusxa boʻlib, Agentlikda saqlanadi.
12. Taqdim etilgan hujjatlar Ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda Agentlik shartnomani roʻyxatga olishni rad etadi. Bunda Agentlik ariza topshirgan shaxsga shartnomani roʻyxatga olish rad etilganligi toʻgʻrisida rad etilganlik sabablari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni, arizadan tashqari, qaytarib yuboradi.
13. Shartnoma roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi, shuningdek maʼlumotlar agentlikning rasmiy veb-saytida quyidagi hajmda joylashtiriladi:
shartnomaning roʻyxatga olinganlik raqami;
topshirilayotgan huquqlar hajmi;
shartnoma predmeti;
belgilangan shartnoma tomonlari;
shartnomaning amal qilish hududi;
shartnomaning amal qilish muddati.
§ 4. Roʻyxatga olingan litsenziya shartnomasida oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish
14. Litsenziya shartnomasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar quyidagilarga nisbatan roʻyxatga olinadi:
tomonlarni belgilash;
shartnoma predmeti;
amal qilish muddati;
amal qilish hududi;
topshirilayotgan huquqlar hajmi.
15. Roʻyxatga olingan shartnomaga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) shartnoma tomonlarining tegishli oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisidagi bitimini tasdiqlaydigan hujjat;
b) kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat;
Tovar belgisiga nisbatan shartnomaga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish uchun muhofaza hujjatini taqdim etish majburiy emas.
16. Kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish ushbu Qoidalarning 9 — 12-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Roʻyxatga olingan shartnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga huquqni topshirish toʻgʻrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqni toʻliq yoki qisman topshirish, hamma mulkiy huquqlardan toʻliq yoki qisman voz kechish va elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga mulkiy huquqlarni topshirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi intellektual ‎mulk agentligi‎

Oʻzbekiston 100000, Toshkent sh., Mustaqillik ‎shoh koʻchasi, 59‎

_________________________________ ‎

(F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning nomi)‎

Manzil ____________________________‎
‎Telefon ___________________________


‎ARIZA

__________________________________________________________________ va
‎(F.I.O. yoki yuridik shaxsning nomi va uning manzili) ‎‎‎

‎‎_____________________________________________________huquqi berilayotgan
(topshirilayotgan huquq hajmi) ‎

_____________________________________________________________oʻrtasida
‎(F.I.O. yoki yuridik shaxsning nomi va uning manzili) ‎

‎‎__________________________________________________________________ni
‎(shartnoma turi va nomi)

‎‎________________________________________________________________ uchun
‎(shartnoma predmeti)

roʻyxatga olishingizni soʻrayman‎

‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keragi belgilansin [X])‎

____— shartnoma ___ varaqda, ilova № ______varaqda ___ nusxada;
____— patentning asli; guvohnomaning asli;
____— shartnomani roʻyxatga olish uchun belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat;
____— merosxoʻrlik yoki vorislik huquqini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
____— ish yuritishga ishonchnoma;
____— litsenziya shartnomasi (sublitsenziya shartnomasini roʻyxatga olish
‎‎Huquq__________________________________________________________
‎egasi

_____ (lavozimi, F.I.O. imzosi)

Sana _____________

M.Oʻ.‎

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga huquqni topshirish toʻgʻrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqni toʻliq yoki qisman topshirish, hamma mulkiy huquqlardan toʻliq yoki qisman voz kechish va elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga mulkiy huquqlarni topshirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi intellektual ‎mulk agentligi‎

Oʻzbekiston 100000, Toshkent sh., Mustaqillik ‎shoh koʻchasi, 59‎

_________________________________ ‎

(F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning nomi)‎

Manzil ____________________________‎
‎Telefon ___________________________


‎ARIZA

___________________________________________________________________

(shartnomaning turi va nomi)

litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishingizni soʻrayman.

‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keragi belgilansin [X])‎

____— tomonlarning tegishli oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisidagi bitimini tasdiqlaydigan hujjat
____— oʻzgartirishlarni kiritish uchun patent boji yoki haq toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat
____— ish yuritishga ishonchnoma
(keragi belgilansin [X])
____— litsenziar
____— litsenziat________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzosi)

Sana _____________‎

M.Oʻ.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 176-modda; 2011-y., 40-son, 424-modda; 2013-y., 43-son, 574-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)