Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Raqamli texnologiyalar orqali tadbirkorlik subyektlarining muammolari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlgan “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga (keyingi oʻrinlarda — portal) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish;
davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tematik onlayn muhokamalar va soʻrovnomalar oʻtkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni shakllantirish;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul qilish;
tadbirkorlik subyektlari uchun zarur boʻlgan xizmatlardan foydalanish, shu jumladan litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar olish, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari bilan ulanish.
2. 2022-yil 1-avgustdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:
tadbirkorlik subyektlari;
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Call-markaz” xizmati;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil — tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari. Bunda, hokim yordamchilari tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini mahallaning oʻzida koʻrib chiqish va hal etish choralarini koʻradi, mahalla darajasida hal etish imkoniyati mavjud boʻlmagan murojaatlarni portalga kiritadi;
b) portalga kiritilgan murojaatlar avtomatik ravishda yoki Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan (murojaatda vakolatli organ koʻrsatilmaganda) tegishli vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltiriladi;
v) vakolatli organlar portal orqali kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqadi hamda natijalari toʻgʻrisida axborotni portalga kiritadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
g) Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil:
portalga kiritilgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat oʻrnatadi hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha tegishli taʼsir choralarini qoʻllaydi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda murojaatlar tahlili asosida hududlar va sohalar kesimida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda takliflar kiritib boradi.
3. Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 101 ta shtat birligi miqdorida belgilansin va ularning qoʻshimcha 15 ta shtat birligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
5. Belgilansinki:
a) Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda har yili 1-fevralga qadar tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida:
tadbirkorlik subyektlarida oʻtkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi va tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holati yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy hokimliklar faoliyatida oʻrganishlar oʻtkazadi;
hududlarda sayyor qabullar oʻtkazadi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻtarilgan masalalarni joyida hal qilish choralarini koʻradi;
vakolatli organlar uchun hududlarga chiqqan holda, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash hamda tekshiruvlar oʻtkazish tartibi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil har yili 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
6. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar portal mazkur Farmon talablariga muvofiq takomillashtirilishi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasiga integratsiya qilinishini, shuningdek, portalning Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyalash imkoniyatiga ega mobil versiyasi yaratilishini taʼminlasin.
7. Moliya vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq 2022-yil 1-sentabrga qadar 2022-yil uchun Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi mablagʻlarini shakllantirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni maqbullashtirish hisobiga portalni takomillashtirish, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Call-markaz” xizmatini moliyalashtirish, shuningdek, mazkur Farmonda nazarda tutilgan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Bunda, 2023-yildan boshlab portaldan foydalanish va Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Call-markaz” xizmati faoliyati Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi faoliyatni tartibga soluvchi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ruxsatnomaga ega yer qaʼridan foydalanuvchilarning hamda yer qaʼri davlat fondi kadastriga kiritilgan yer uchastkalarining roʻyxatlarini shakllantirsin.
Bunda, shakllantirilgan roʻyxatlarga asosan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda tegishli yer uchastkalarini Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin;
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tegishli yer uchastkalari ajratilgandan soʻng bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
11. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil ikki oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining budjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil qilish, uning mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni.
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
PF-178-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyuldagi PF-178-son Farmoniga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

Mustaqil ravishda murojaatni “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga (keyingi oʻrinlarda — portal) kiritadi.

Savdo-sanoat palatasining “Call-markaz” xizmatiga, sayyor qabullarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga hamda hokim yordamchilariga murojaat qiladi.

Zarurat boʻlganda

2-bosqich

Savdo-sanoat palatasi “Call-markazi” xizmati

Tadbirkorlik subyektlarining ogʻzaki murojaatlarini ishonch telefoni orqali qabul qiladi va tegishli vakolatli organlar koʻrib chiqishi uchun portalga kiritadi.

1 kun muddatda

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning hududiy shuʼbalari

Sayyor qabullarda qabul qilingan murojaatlarni portalga kiritadi.

Hokim yordamchilari

Mahalla darajasida hal etish imkoniyati mavjud boʻlmagan murojaatlarni portalga kiritadi.

3-bosqich

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning hududiy shuʼbalari

Portalga kiritilgan murojaatlarni tegishli vakolatli organlarga yoʻnaltiradi (murojaatda vakolatli organ koʻrsatilmaganda).

1 kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organlar

Portal orqali kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish va hal etish choralarini koʻradi.

Koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tegishli maʼlumotlar va qabul qilingan qarorlarni portalga joylashtiradi.

15 kun muddatda

5-bosqich

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning hududiy shuʼbalari

Portalga kiritilgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat qiladi.

Vakolatli organlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari aniqlanganda, aybdor shaxslarga tegishli taʼsir choralarini qoʻllaydi.

Muntazam ravishda

6-bosqich

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Portalga kelib tushgan murojaatlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida tahlil qiladi va tizimlashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.

Har oyda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyuldagi PF-178-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5690-son Farmoniga 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududiy shuʼbalari

70

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shuʼbasi

6

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi

5

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish shuʼbasi

3

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro-huquqiy hamkorlikni oʻrnatish shuʼbasi

5

Tashkiliy-nazorat, maʼmuriy amaliyotni muvofiqlashtirish va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shuʼbasi

3

Jamoatchilik bilan ishlash shuʼbasi

2

Birinchi boʻlim

1

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh inspektor

1

Moliya shuʼbasi

2

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 101 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining umumiy soni — 40 nafar, shundan murojaatlar bilan ishlaydigan operatorlar soni — 15 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining
shtatlar jadvali

T/r

Lavozimning nomlanishi

Birliklar soni

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

1

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari

1

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

1

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shuʼbasi

4.

Bosh inspektor

1

5.

Yetakchi inspektor

5

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish shuʼbasi

6.

Bosh inspektor

1

7.

Yetakchi inspektor

2

Tashkiliy-nazorat, maʼmuriy amaliyotni muvofiqlashtirish va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shuʼbasi

8.

Bosh inspektor

1

9.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro-huquqiy hamkorlikni oʻrnatish shuʼbasi

10.

Bosh inspektor

1

11.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi

12.

Bosh inspektor

1

13.

Yetakchi inspektor

4

Jamoatchilik bilan ishlash shuʼbasi

14.

Bosh inspektor

1

15.

Yetakchi inspektor

1

Birinchi boʻlim

16.

Yetakchi inspektor

1

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh inspektor

17.

Bosh inspektor

1

Moliya shuʼbasi

18.

Buxgalter

1

19.

Moddiy buxgalter (kassir)

1

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shuʼbasi

20.

Bosh inspektor

1

21.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Andijon viloyatidagi shuʼbasi

22.

Bosh inspektor

1

23.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Buxoro viloyatidagi shuʼbasi

24.

Bosh inspektor

1

25.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Jizzax viloyatidagi shuʼbasi

26.

Bosh inspektor

1

27.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi shuʼbasi

28.

Bosh inspektor

1

29.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi shuʼbasi

30.

Bosh inspektor

1

31.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Namangan viloyatidagi shuʼbasi

32.

Bosh inspektor

1

33.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi shuʼbasi

34.

Bosh inspektor

1

35.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi shuʼbasi

36.

Bosh inspektor

1

37.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi shuʼbasi

38.

Bosh inspektor

1

39.

Yetakchi inspektor

3

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent viloyatidagi shuʼbasi

40.

Bosh inspektor

1

41.

Yetakchi inspektor

5

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Fargʻona viloyatidagi shuʼbasi

42.

Bosh inspektor

1

43.

Yetakchi inspektor

4

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Xorazm viloyatidagi shuʼbasi

44.

Bosh inspektor

1

45.

Yetakchi inspektor

3

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent shahridagi shuʼbasi

46.

Bosh inspektor

1

47.

Yetakchi inspektor

5

Jami

101

.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-62-son qaroriga 2 va 3-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga
2-ILOVA
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining markaziy apparati
TUZILMASI

Direktor*

 

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Mahallabay ishlash tizimini tashkil qilish va hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boshqarmasi

5

Aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi

5

Tadbirkorlik muammolarini hal etishni idoralararo muvofiqlashtirish boshqarmasi

4

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2

Mahallalar drayverlarini aniqlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi

5

Aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish boʻlimi

 

Nodavlat taʼlim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ishlash hamda kompensatsiya mablagʻlarini moliyalashtirish boʻlimi

Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boʻlimi

2

Tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boshqarmasi

4

 

Mahallabay ishlashda interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi

5

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi

2

Hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

5

Aholi va tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

5

Buxgalteriya

2

Komplayens nazorat boʻyicha bosh mutaxassis

1

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

Xorijiy hamkorlik va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi

5

Subsidiyalarni tayinlash va toʻlashni monitoring qilish boʻlimi

Yuridik byuro

2

Nazorat inspeksiyasi

3

Maʼmuriy va xoʻjalik faoliyat boʻyicha bosh mutaxassis

1

 

Axborot xizmati

2

Agentlikning boshqaruv xodimlari soni — 62 nafar.
Texnik va yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
* Agentlikning boshqaruv xodimlari umumiy soniga kiritilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga
3-ILOVA
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
TUZILMASI

Boshqarma boshligʻi

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — Yigʻma boʻlim boshligʻi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va biznes koʻnikmalarini shakllantirish boʻlimi

2

Mahallabay ishlash tizimini tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirish yigʻma boʻlimi

2

Ijro nazorati va kadr masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Aholi va tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berishni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Buxgalteriya

2

Mahallalar drayverlarini aniqlash va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻlimi

2

Mahallalarda murojaatlar bilan ishlash va interaktiv xizmatlar koʻrsatish boʻlimi

1

Bosh yuriskonsult

1

 

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 15 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 210 nafar.
Texnik va yordamchi xodimlar soni amaldagi qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi 41-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

41.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devoni xodimlari tomonidan qoʻllanilgan jarimalar summasi hamda ular tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar asosida sudlar tomonidan qoʻllanilgan jarimalar summasi

100

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 06/22/178/0681-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)