Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
2019 — 2021-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan qishloq xoʻjaligi, energetika, qurilish, taʼlim, sogʻliqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni taʼminlash va ragʻbatlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan:
respublikamiz 81 ta indikator boʻyicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 36 ta pogʻonaga koʻtarildi;
innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablagʻlar hajmi 2018-yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion soʻmga yetkazildi;
yosh olimlar 2018-yilda 6,5 ming nafar boʻlgan boʻlsa, 2022-yilda ularning soni 10,8 ming nafarni tashkil etdi, yaʼni bir yarim baravarga oʻsdi;
oxirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha maxsus institutlar (innovatsion jamgʻarmalar, venchur tashkilotlar va boshqalar) soni 28 taga yetkazildi;
2018-yildan boshlab har yili oʻtkazilayotgan Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi — “Innoweek.uz” xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yoʻlida jamlovchi innovatsion texnologiyalar platformasiga aylanmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, taʼlim va sanoat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past boʻlib qolmoqda.
Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida:
1. 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmogʻini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash;
yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning gʻoyadan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali innovatsiyalarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish;
yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirish;
taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.
Belgilansinki, Strategiya erishilgan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha tegishli asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, 2024-yildan boshlab alohida-alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli koʻrsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
a) Maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
innovatsion faol tadbirkorlik subyektlari (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari) sonini 613 tadan 2 250 tagacha yetkazish;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
innovatsion infratuzilma subyektlari (texnoparklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur tashkilotlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akseleratorlar) sonini 3 baravarga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
innovatsion faoliyat, shu jumladan, IT-parklarda amalga oshirilayotgan startap loyihalar natijasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari sonini 4 baravarga oshirish;
(4-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish;
b) Strategiyani hududlar kesimida amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
hududdagi innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari sonini 494 tagacha yetkazish:
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
texnologik innovatsiyalar bilan shugʻullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari sonini 600 tagacha yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar sonini 288 tagacha oshirish;
(4-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
hududlarda yillik roʻyxatga olingan patentlar sonini 184 tagacha yetkazish;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion va texnologik loyihalar sonini 183 tagacha oshirish;
innovatsion startaplar sonini 1 437 tagacha yetkazish.
5. 2022-yil 1-avgustdan boshlab innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” zanjirining quyidagilarga asoslangan yaxlit tizimi joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy tarmoq tashkilotlari innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyoj(lar) portfelini ishlab chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari tarmoq muammolarining ilmiy yechimini taʼminlash boʻyicha ijrochi ilmiy/oliy taʼlim tashkilotini (innovatsion spin-off kompaniyasini) tanlov asosida aniqlaydi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
tanlov natijalariga koʻra ilmiy/oliy taʼlim tashkiloti (innovatsion spin-off kompaniya) “1+1” prinsipi asosida tarmoq tashkilotlari bilan birga ishlab chiqilgan loyihalarni moliyalashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqarilishi bozorda muvaffaqiyatli oʻzlashtirilgan innovatsion mahsulotlarni kengaytirish va kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida investitsiya portfeli ishlab chiqiladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” zanjirini amaliyotga toʻliq va sifatli tatbiq qilish boʻyicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Belgilansinki:
a) 2022-yil 1-avgustdan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni ragʻbatlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat organlari va yirik davlat tashkilotlari bilan shartnomalarni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash huquqi berilib, savdo xaridlari Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida (“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ bundan mustasno) foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda 10 milliard soʻm qatʼiy belgilangan miqdordagi) ajratmalari hisobidan korxonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) tashkil etiladi. Bunda:
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi PQ-74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)
Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishiladi;
(6-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Bosh vazir oʻrinbosari S.Umurzakov ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari tomonidan mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarni Jamgʻarmalarga oʻz vaqtida ajratish va undan maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, har yarim yilda ular rahbarlarining hisobotini eshitadi.
Moliya vazirligi Hisob palatasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida jamgʻarma tashkil etilishi, uning mablagʻlari tasdiqlangan miqdorda shakllantirilishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin;
b) ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ulushli moliyalashtirish mexanizmiga muvofiq yangi ishlanmalarni joriy etish asosida yaratilgan innovatsiyalarni — intellektual mulkni ishlanma egalari bilan birgalikda patentlash va tijoratlashtirishni tashkil etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
2026-yilga kelib mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 77 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishishni bosh maqsad qilib qoʻyganligi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
2021-yilda Global innovatsion indeks reytingi eʼlon qilinganligi, unda Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan 7 ta pogʻonaga koʻtarilib, 132 ta davlat orasida 86-oʻrinni egallaganligi, shu sababli eng katta pogʻona yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (T.Narbayeva) Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda “Innovatsion menejment”, “Loyiha boshqaruvi”, “Tijoratlashtirish”, “Intellektual mulkni boshqarish” yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tegishli oliy taʼlim muassasalarida joriy qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda mehnat bozorida innovatsion rivojlanish yoʻnalishidagi kadrlarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqib tayyorlangan kadrlar taqsimotini va bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
9. Namangan viloyati Chust tumani hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilganligi hamda uning faoliyati davomida ijobiy koʻrsatkichlarga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻz tuman (shahar)larining iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, innovatsion hududga aylantirish maqsadida har bir hududda qoʻshimcha tuman (shahar)larni belgilash haqidagi taklifiga rozilik berilsin hamda ushbu hududlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Nukus, Marhamat, Romitan, Doʻstlik, Nishon, Karmana, Urgut, Sirdaryo, Oltinsoy, Ohangaron, Oltiariq va Gurlan hamda mazkur Farmonning 4-ilovada keltirilgan tumanlarda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy qilinsin.
Belgilansinki:
hokim oʻrinbosarlari lavozimlari tegishli tuman budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari hamda tegishli tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamkorligini tashkillashtiradi.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Bosh vazir oʻrinbosari S.Umurzakov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha hokimlarning oʻrinbosarlari lavozimlari kiritilgan tumanlarni innovatsion hududlarga aylantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan innovatsiyalarni joriy etish vazifasi yuklatilgan rahbar oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshiga har oylik 30 foiz miqdoridagi ustamalar tegishli vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mavjud boʻlmagan taqdirda Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida), xoʻjalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlarining innovatsion faoliyati natijalari yillik reytingini yuritish;
ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy faoliyati boʻyicha baholash hamda yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalar yaratish loyihalarini moliyalashtirishning yangi tizimlarini ishlab chiqish;
Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladigan innovatsion mahsulot va xizmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga oid shartnomalarning reyestrini yuritish;
investitsion loyihalarda innovatsiyalarni joriy qilish, hududlarda oʻzlashtiriladigan investitsiya loyihalarini texnologik yechimlar bilan toʻldirish, shu yoʻnalishlarga investitsiya olib kelinishida koʻmaklashish.
12. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov hamda innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-iyul,
PF-165-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son Farmoniga
1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish
STRATEGIYASI
1-bob. Kirish qismi
Soʻnggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada taʼlim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini taʼminlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan Oʻzbekiston Respublikasini 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”, “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi doirasida ilm-fan sohasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hajmi 3 baravarga oshdi, yosh olimlar soni 6,5 ming nafardan 10,8 ming nafargacha yetdi, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha maxsus institutlar tashkil qilindi.
Qabul qilingan hujjatlarning amaliyotga joriy qilinishi 2026-yilgacha boʻlgan davrda respublikamizda innovatsion ekotizimning tegishli elementlari toʻliq shakllanishi va izchil rivojlanishiga xizmat qiladi.
Qabul qilingan uzoq muddatli dasturlarning amalga oshirilishi natijasida yuz beradigan tizimli oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi ilm-fan hamda oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalarida koʻzda tutilgan islohotlar oliy taʼlim tizimi qamrovi, sifati va salohiyatini tubdan oʻzgartirishi hamda pirovardida zamonaviy bilimga ega oliy maʼlumotli, ilmiy salohiyatli bitiruvchilar sonining keskin ortishiga olib keladi.
Keyingi yillardagi eng ustuvor va oʻziga xos vazifa bu — tezkorlik bilan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, yuqori ish haqi taklif etadigan yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻlib qoladi. Muammoning amaliy yechimlaridan biri sifatida innovatsiya — yuqori texnologik ish oʻrni tamoyiliga asoslangan mamlakatning oʻziga xos rivojlanish xususiyatlariga qaratilgan alohida strategik amaliy dasturlar ishlab chiqish zarur.
Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi 2022 — 2026-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining yuqori texnologik va ilm-fanga asoslangan yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini hamda yuqori ish haqiga ega ish oʻrinlarini yaratish orqali uzoq muddatli yoʻnalishlari hamda rivojlanish dasturlari belgilab berilmoqda.
§ 1. Innovatsion ekotizim tasnifi
Jahon tajribasiga muvofiq innovatsion ekotizim oʻzaro bogʻliq boʻlgan “tubdan yangilovchi” (disruptive), “barqaror” (sustainable) va “samarador” (efficiency) innovatsiyalardan tarkib topgan.
“Tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmat turlarini tashkil qilishdan iborat boʻlib, aksariyat holatlarda kapital talab qiladi, biroq koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratishga sabab boʻlishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.
“Barqaror” (sustainable) innovatsiyalar — tez oʻzgaruvchan isteʼmol bozorida “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarning barqarorligini taʼminlash va muntazam tarzda takomillashtirib borishdan iborat boʻlib, yangi ish oʻrinlarini yaratmaydi va katta mablagʻ talab qilmaydi (“tubdan yangilovchi” innovatsiyalar innovatsiya bozorini va xaridorini muqimlashtirib, jozibadorligini taʼminlab turadi).
Innovatsion ekotizimdagi keyingi zanjir “samarador” (efficiency) innovatsiyalar boʻlib, “barqaror” innovatsiyalarni arzonlashtirish va koʻlamini kengaytirish hisobiga katta miqdordagi kapitalni yaratadi, biroq ish oʻrinlari kamayishiga olib keladi. Yangi ish oʻrinlariga ehtiyojni yana qoplash uchun yaratilgan kapitalning bir qismi, tabiiyki, “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga yoʻnaltirilib, siklik jarayonni davriy ravishda davom ettirish lozim. Shu sababli, yangi ish oʻrinlariga ehtiyojni qoplash uchun yaratilgan kapitalning bir qismi “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltiriladi.
2-bob. Mamlakat innovatsion rivojlanishining mavjud muammolari
Hozirgi kunda yaqin kelajakda innovatsion rivojlanish sohasida hal etilishi zarur boʻlgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda:
birinchidan, mamlakatimizda har yili 600-700 ming aholi mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Shuningdek, oliy taʼlim bilan qamrov 2016-yilga nisbatan 9 foizdan 38 foizgacha oshdi va bu koʻrsatkich yaqin kelajakda 50 foizgacha yetkaziladi. Bu esa oliygohlar bitiruvchilarini yuqori texnologik ish oʻrinlari bilan taʼminlashning samarador mexanizmlarini ishlab chiqishni talab etmoqda;
ikkinchidan, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlashda innovatsiyalar yordamida ishlab chiqarish tashkilotlari va xizmat koʻrsatishning turlarini oshirish orqali koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish hamda tarmoq tashkilotlari va klasterlar, venchur tashkilotlari va tegishli moliya bozorlarining turli vositalari koʻmagida kapital yaratishni, yaʼni arzonlashtirilgan va hammabop ishlab chiqarishni (“birni-mingga” aylantiradigan) taʼminlash tizimiga oʻtishga katta ehtiyoj mavjud;
uchinchidan, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sheriklikda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va hajmini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalari mablagʻlarini jalb qilish hamda tadbirkorlikka zarur koʻnikmalarni texnoparklar, innovatsion markazlar va yoshlar texnoparklari orqali kichik va innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni talab etmoqda;
toʻrtinchidan, hududlarning iqtisodiy ixtisoslashuvi, ilmiy-texnik salohiyati va mavjud resurslarini hisobga olgan holda innovatsion rivojlanishning hududiy dasturlari ishlab chiqilmagan hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik bazasi uzluksiz yangilanishini taʼminlashga qaratilgan yechimlarni joriy qilishda innovatsion texnologiyalarga urgʻu va ustuvorlik berish talab qilinmoqda;
beshinchidan, muvaffaqiyatli startap loyihalarni seriyali ishlab chiqarish bosqichlarida innovatsion texnoparklar va erkin iqtisodiy zonalar aʼzoligiga qabul qilish orqali maqbul qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilmagan, xususiy sektorning yangi ilmiy ishlanmalarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish va innovatsiyalarni “hamkorlikda moliyalashtirish”ga (co-finance) boʻlgan manfaatdorligini ragʻbatlantirish uchun maxsus qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etilmagan;
oltinchidan, respublikada “tubdan yangilovchi” — “barqaror”-”samarador” innovatsiyalarning siklik munosabatlarini (yaʼni, innovatsiyalarni) yaratish uchun innovatsiyaning oʻzi kapital ishlashi — “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” davriyligini oʻzida mujassam etgan yaxlit tizim mavjud emas va uning asosiy jarayonlari oʻta tarqoq shaklda qolib ketmoqda.
3-bob. Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning ustuvor sektorlari
Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda quyidagi sektorlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi:
qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai — “yashil” vodorod ishlab chiqarish, saqlash va qoʻllash boʻyicha innovatsion texnologiyalarni yaratish;
yangi kompozit materiallarni ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish;
robototexnika sohasini rivojlantirishga talaba-yoshlarni keng jalb qilish;
biotexnologik mahsulotlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda biotexnologik ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etishni tashkil etish;
global iqlim oʻzgarishlari sharoitida suv-tejovchi, tuproq unumdorligini oshiruvchi va yuqori hosildor ekin turlari va hayvon zotlarini yaratish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni yaratish;
sanoat va klasterlash (mis va vinochilik) hamda shaharsozlik konsepsiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish;
sunʼiy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini joriy qilish.
4-bob. Strategiyaning asosiy maqsadi va yoʻnalishlari
Strategiyaning asosiy maqsadi — mamlakatda kreativ iqtisodiyotni shakllantirishda yangi ish oʻrni yaratishdan boshlab iqtisodiy qiymat (kapital) yaratishgacha boʻlgan “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” uzluksiz ekotizimni rivojlantirishdir.
Bosh maqsadga erishishda Strategiya quyidagi 6 ta asosiy yoʻnalishlardan iborat:
innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmogʻini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash;
yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning gʻoyadan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali innovatsiyalarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish;
yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirish;
taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.
§ 4.1. Innovatsion infratuzilma subyektlari tarmogʻini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda mamlakatimizda “klaster” va “klaster siyosati”ning yagona konsepsiyasi hamda qonuniy asoslarini ishlab chiqish;
innovatsion va yuqori texnologiyali mahsulotlar bozorini kengaytirish, startap va kichik innovatsion tashkilotlarni oʻzaro manfaatdor “pinotsitozi” (qamrab olib oʻzlashtirish) mexanizmi asosida innovatsion klasterlar yoki yirik tashkilotlar tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish;
innovatsion klasterlar yoki startaplar “pinotsitozi” orqali yirik tashkilotlarni tashkil qilishda ishtirokchilar huquqi va mulklar sotilishi, litsenziyalanishi va sherikchilikda egalik qilinishi asoslarini yaratish va tartibga solish;
innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, kichik va oʻrta tashkilotlarning ilm-fan va taʼlim bilan integratsiya qilish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash;
bozor talablariga moslashuvchan milliy infratuzilmani rivojlantirish orqali xalqaro sifat sertifikatlariga ega boʻlgan klaster va yirik innovatsion tashkilotlar ulushini oshirish;
yangi raqobatbardosh va yuqori texnologiyali mahsulotlarning arzonlashtirilgan va hammabop katta hajmli ishlab chiqarilishini tashkil etish, mahalliylashtirish hamda samarador innovatsiyalar orqali kapital yaratish;
klasterlar va yirik innovatsion tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda oʻz ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish koʻnikmasini shakllantirish, bunda ilmiy-amaliy va uslubiy seminar treninglar tashkil etish va ularning boshqaruv faoliyati sifatini oshirish;
xalqaro ekspertlarni sanoat klasterlarini rivojlantirishga keng jalb etish, xalqaro seminar va forumlar tashkil etish;
mamlakatda ratsionalizatorlik bilan shugʻullanish uchun keng shart-sharoit yaratish va uning normativ-huquqiy asoslarini yaratish;
innovatsion gʻoyalarni prototiplash va kichik seriyali birlamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun yoshlar innovatsion texnoparklarini tashkil etish, ularni biznes-inkubatsiya va boshqa konsalting xizmatlarini koʻrsatishni oʻz ichiga olgan jamoaviy foydalanish markazlari va hududiy “FabLab” tajriba-konstruktorlik maydonchalari tarmoqlari hamda prototiplash ustaxonalari bilan taʼminlash;
bozorda joriy qilish uchun istiqbolli innovatsion loyihalarga, startap tashabbuslarga akseleratsiya, logistika va moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi markazlari faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish;
ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va ishlab chiqarish oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish, intellektual mulkni sotish uchun litsenziya shartnomalarini tayyorlashda maslahat yordami berish, texnologiyaning isteʼmolchilari bozorini qidirish uchun Texnologiyalarni litsenziyalash markazlarini tashkil etish;
innovatsion tashkilotlarni rivojlantirish hamda ilmiy-innovatsion ishlab chiqarishning uzluksiz zanjirini yaratish;
startap tashabbuslar va loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlarini (venchur, kraudfanding kabi) shakllantirish, raqobat muhitiga asoslangan soddalashtirilgan moliyalashtirish tadbirlarini kengaytirish (boʻlajak olim, xakaton tanlovlari, texnoveys marafonlari kabi);
hududiy innovatsiya markazlari va texnoparklarni malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda innovatsiya markazlari uchun yagona boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul ijrochi tashkilotlar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.
(oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtirish uchun masʼul tashkilotlar: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
(oʻn sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
§ 4.2. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
davlat ilmiy dasturlari doirasida xususiy sektorning innovatsion faolligini oshirishda ularning ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlar asosida moliyalashtirishning yangi taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyat sifatini oshirish hamda uni tijoratlashtirish darajasi samaradorligini taʼminlash;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sektor sherikligida moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va hajmini oshirish;
innovatsion ekotizimni rivojlantirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalari mablagʻlarini jalb qilish;
texnoparklar rezidentlari oʻrtasida innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun yagona soliq va bojxona imtiyozlarini joriy etish;
ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan qayta tiklanuvchi energetika, yangi kompozit materiallar, robototexnika, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, aqlli qishloq xoʻjaligi, aqlli tibbiyot, aqlli sanoat va klasterlash (mis va vinochilik) kabi strategik yoʻnalishlar boʻyicha sunʼiy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etishda resurslarni jamlash, yangi ish oʻrinlari va mahsulot yaratish hamda yangi xizmatlar tashkil qilish;
tadbirkorlik va biznesni boshqarish sohalarining zarur koʻnikmalarini rivojlantirish uchun innovatsiya markazlari va yoshlar texnoparklari asosida kichik va innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
davlat xaridlari doirasida innovatsion texnologiyalar asosida tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar uchun imtiyozlar yaratish, mahalliy ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshiruvchi mahalliy kompaniyalar ehtiyojlari uchun davlat grantlarini ajratish;
xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash, xususiy sektor tomonidan innovatsiyalarni moliyalashtirishni (co-finance) ragʻbatlantirish, shu jumladan, xususiy ishlanma va tadqiqot yoki moliyalashtirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan tashkilotlar uchun maxsus qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy etish;
ilm-fan namoyondalari va tadbirkorlar hamda yoshlar oʻrtasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishning ahamiyati haqida maʼrifiy-targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
jamoatchilik va xususiy sektor vakillari orasida innovatsion loyihalar va startap kompaniyalarni venchur tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish mexanizmlarini keng yoritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul ijrochi tashkilotlar: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi.
(oʻn toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtirish uchun masʼul tashkilot: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.
(oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
§ 4.3. Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) hududlarni va davlat tashkilotlarini innovatsion rivojlantirishning yillik milliy reytinglarini joriy etish, shu jumladan, asosiy baholash mezonlari va indikatorlarini aniqlash;
b) hududlarning sharoiti va ehtiyojlaridan, ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish nuqtalaridan kelib chiqib, ilm-fan yutuqlariga, texnologiyalar transferi va ratsionilizatorlikka asoslangan holda innovatsion tashkilotlar tashkil etish, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, tub aholi uchun yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining kunlik hayotiga innovatsiyalarni olib kirish. Jumladan:
kundalik hayotiy jarayonlar bilan bevosita bogʻliq, yoʻl-transport, kommunal, tibbiy va maishiy xizmatlar uchun “aqlli texnologiyalar”ni joriy qilish;
ishlab chiqarishning cheklangan resurslarga qaramligini va atrof muhitga taʼsirini kamaytirish uchun qayta tiklanadigan manbalar, materiallar va sanoat chiqindilarini qayta ishlashni tashkil etish orqali sanoatda kam uglerodli va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish;
qishloq xoʻjaligi va sanoat sohasiga suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish;
aholining innovatsion ishlab chiqarish faoliyatlarini davomli ravishda qoʻllab-quvvatlashda hududiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning mahalla institutlari bilan yaqin hamkorligini oʻrnatishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish;
respublikani qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohalarida mintaqaviy yetakchiga aylantirish;
mahalliy ilmiy, ratsionalizatorlik va startap ishlanmalarni tijoratlashtirishni kengaytirish;
v) alohida tanlab olingan tumanlarda yuqori samarador innovatsiyalarni joriy etish asosida ushbu hudud aholisining turmush darajasini oshirish, yuqori texnologik yangi ish oʻrinlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va hududni kompleks innovatsion rivojlantirish yoʻnalishlarida mavjud analoglariga nisbatan ham narx va sifat ustunliklariga hamda innovatsiya elementlariga ega loyihalarni oʻz ichiga olgan kompleks texnologik yechimlardan iborat innovatsion biznes model asosida “Innovatsion hudud”larni quyidagi yoʻnalishlarda rivojlantirish:
“Raqamli hokimiyat” — aholining barcha qatlamlari va tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tezkor, qulay va ishonchli davlat xizmatlari koʻrsatishga qaratilgan innovatsion yechimlar;
“Aqlli tibbiyot” — aholiga yuqori texnologiyalar va IT-yechimlar asosida tibbiy xizmat koʻrsatish va aholi salomatligini saqlashning (profilaktika va diagnostika qilishning) innovatsion yechimlari;
“Aqlli transport” — transport vositalari va infratuzilmasi tizimining bir-biri bilan mutanosib bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan texnologik komplekslar, yoʻl harakatini va jamoat transportini geoaxborot texnologiyalaridan foydalangan holda boshqarish tizimining innovatsion yechimlari;
“Aqlli taʼlim” — taʼlim tizimida virtual reallikka asoslangan ilgʻor vizualizatsiya texnologiyalari hamda masofaviy oʻqitishning onlayn-platformalari, taʼlim berishning yangi usul va vositalarini joriy qilish;
“Aqlli qishloq xoʻjaligi” — agrar sohada personallashtirilgan qishloq xoʻjaligi texnologiyalari, yangi samarador navlar va mahalliy xom-ashyo, “yashil” texnologiyalarga va yuqori mahsuldorlikka asoslangan qishloq xoʻjaligi yuritish boʻyicha innovatsion yechimlar;
“Aqlli energetika tizimi” — energiya taʼminotida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va “yashil” texnologiyalarni keng joriy etish, elektr energiyasini yetkazib berish va isteʼmol qilishda “aqlli” texnologiyalar boʻyicha innovatsion yechimlar;
“Aqlli mahalla” — aholi istiqomat qiladigan mahallalarda, aholi xonadonlarida innovatsion texnologiyalarga asoslangan daromad manbalarini kengaytirish orqali aholi farovonligini oshirish boʻyicha innovatsion yechimlar;
g) innovatsion hududlarda toʻplangan tajribani boshqa hududlarga bosqichma-bosqich joriy qilish orqali mamlakat markazidan olis hududlargacha “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarning kirib borishini taʼminlash. Jumladan, innovatsion rivojlantirish hududlarida 2022 — 2026-yillarda kichik innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tayyor “1 000 ta innovatsion loyihalar” takliflar portfelini shakllantirish va bosqichma-bosqich amalga oshirish. Shuningdek, muvaffaqiyatli kichik innovatsion ishlab chiqarish tashkilotlarini respublikaning boshqa geografik hududlariga transfer qilish;
d) hududlarning iqtisodiy ixtisoslashuvi, ilmiy-texnik salohiyati va mavjud resurslarini hisobga olgan holda innovatsion rivojlanishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish;
e) ishlab chiqarishning texnik va texnologik bazasi uzluksiz yangilanishini taʼminlash uchun innovatsiya va investitsiya loyihalarini birinchi oʻringa qoʻyish usullarini keng joriy etish;
j) hududlardagi iqtidorlarni aniqlash, ragʻbatlantirish va ilm-fan bilan shugʻullanishlari uchun markaziy oliy taʼlim muassasalari, Yoshlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi tizimiga “Akademik harakatchanlik” va “Boʻlajak olim” dasturlari orqali jalb qilish yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul ijrochi tashkilotlar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.
(yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtirish uchun masʼul tashkilotlar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
(yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
§ 4.4. Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning gʻoyadan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali innovatsiyalarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
respublikaning barcha hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab olgan “Innovatsion gʻoyalar banki”ning muntazam yangilanib turuvchi onlayn platformasini yaratish;
innovatsion faoliyatning institutsional samaradorligini oshirishda milliy innovatsion tizimda (ilmiy faoliyat, texnologiya va innovatsiya) islohotlar izchilligini taʼminlash;
Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik missiyalari foydalanishi uchun mamlakatning ilmiy, innovatsion va texnologik yutuqlarini oʻz ichiga olgan Elektron platformani shakllantirish;
innovatsion boshqaruvning davlat standartlarini joriy qilish, shu jumladan, tashkilotlar tomonidan innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish, innovatsiyalarni baholash va innovatsion menejment tizimlari hamda intellektual mulkni boshqarish boʻyicha yoʻriqnomalarni qayta koʻrib chiqish va joriy qilish;
intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, uning egalarining moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilishida intellektual mulkni baholash va intellektual mulk obyektlarining litsenziya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda soddalashtirilgan mexanizmlarni tatbiq etish va sohaga raqamli texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish;
muvaffaqiyatli startap loyihalarni hajmdor va uzluksiz ishlab chiqarish bosqichlarida innovatsion texnoparklar va erkin iqtisodiy zonalar rezidentligiga qabul qilish bilan ishlab chiqarishga soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qoʻllab-quvvatlash;
oliy taʼlim muassasalarida tadbirkorlik muhiti va faoliyatini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarining texnologik transferlarini qoʻllab-quvvatlashda akademik “spin-off” kompaniyalarini tashkil etish orqali ragʻbatlantirish;
milliy brend mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, raqamli dasturiy mahsulotlarning jahon bozorlariga samarali kirib borishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul ijrochi tashkilotlar: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi.
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtirish uchun masʼul tashkilot: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.
(oʻninchi birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
§ 4.5. Yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirish
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni innovatsion tashkilotlar tomonidan jamgʻarmaga qaytarish tizimini yaratish;
jahon tajribasi asosida ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining hamda davlat tashkilotlarining foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi majburiy ajratmalarini “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishga va joriy qilishga yoʻnaltirish;
qaytarilgan kapitalni ishlab chiqaruvchi tashkilot muammolarini bartaraf etish va kelajakda tashkilot uchun qoʻshimcha samaradorlik (qoʻshimcha kapital) keltiradigan loyihalarga maqsadli yoʻnaltirish mexanizmlarini ishga tushirish;
ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ulushli moliyalashtirish mexanizmiga muvofiq yangi ishlanmalarni joriy etish asosida yaratilgan intellektual mulkni ishlanma egalari bilan birgalikda patentlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
“Tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” siklik jarayonida innovatsion tashkilotlarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) platformasini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul ijrochi tashkilotlar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi.
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtirish uchun masʼul tashkilotlar: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
§ 4.6. Taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalini yanada rivojlantirish
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
talaba yoshlarda innovatsiyaning dastlabki ilmiy, terminologik, texnologik tushunchalarini shakllantirish orqali innovatsion faoliyatdagi rolini oshirish;
ilm-fan va innovatsion faoliyatga kirib kelayotgan yoshlar, stajyor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning bilimi va saviyasini oshirish maqsadida oʻz iqtidorlarini va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun jozibador ragʻbatlantirish mexanizmlarini, intellektual raqobat muhitini yaratish;
iqtidorli maktab oʻquvchilari va talaba yoshlarni oʻzida jamlagan Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va qamrov doirasini oshirish orqali yoshlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qoʻllab-quvvatlash;
oliy taʼlim tashkilotlaridagi innovatsion markazlar, texnoparklar hamda hududiy innovatsiya markazlari va biznes-inkubatorlarda startap loyihalarni akseleratsiyadan oʻtkazish dasturlarini keng joriy etish;
innovatsiya va texnologik faoliyatni boshqarish yoʻnalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning muntazam ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil qilish;
oliy taʼlim tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini yaxshilash, ilm-fan va ishlab chiqarishdagi integratsiyasini mustahkamlash, jahon ilm-fani va taʼlim dasturlari bilan hamohangligini taʼminlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini qondiruvchi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar bilan taʼminlashga qaratilgan “Innovatsion universitet” konsepsiyasini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul ijrochi tashkilotlar: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtirish uchun masʼul tashkilot: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
5-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Strategiyani amalga oshirish davomida quyidagi natijalarga erishiladi:
yoshlarda yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini shakllantirish;
innovatsion faoliyatni mikro va makro darajada amalga oshirish va rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha innovatsiyalar sohasidagi mutaxassislarni koʻpaytirish;
xalqaro maydonda mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan, innovatsiyalarning keng joriy etilishida bozor talablariga moslashuvchan milliy innovatsion infratuzilmasini shakllantirish va modernizatsiya qilish;
resurs safarbarligining uzluksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
oliy taʼlim muassasalarida tadbirkorlik muhitini yaratish va ixtisoslashtirilgan “spin-off” kompaniyalarini tashkil etish;
milliy iqtisodiyotga innovatsion mahsulotlar va yechimlarni ishlab chiqib, joriy qilishning zamonaviy “zanjiri” va yagona tizimini yaratish orqali mamlakatda innovatsiyalar va texnologiyalar sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, manfaatdorlik va raqobat muhitini yaratgan holda xorijiy investitsiyalar va texnik-koʻmak grantlari, shuningdek, venchur tashkilotlari hamda tegishli moliya bozorlarining turli vositalari orqali moliyalashtirish hajmini oshirish;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan kichik va oʻrta biznes kompaniyalari va startaplar sonini koʻpaytirish;
“samarador” innovatsiya salohiyatiga ega ilmiy ishlanmalar va startap tashabbuslarni tijoratlashtirish darajasini oshirish;
jahon andozalari asosida startap va kichik innovatsion tashkilotlarni birlashtirish orqali innovatsion klasterlarni va yirik tashkilotlarni tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, ilmiy-texnik va metodologik qoʻllab-quvvatlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha diversifikatsiyalash;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga xususiy sektorni keng jalb etish va ularning innovatsion faolligini oshirish;
hududlarning innovatsion faolligi va ilmiy salohiyatini oshirish;
ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulot va xizmatlarning jahon bozoridagi eksport hajmini oshirish;
xalqaro sifat sertifikatiga ega, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan milliy brend mahsulotlarini koʻpaytirish;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish orqali yoshlar va xotin-qizlar hamda xorijiy davlatlarda tashqi migratsiya faoliyati orqali mehnat qilayotgan mehnatga layoqatli aholi qatlamini yuqori daromadli munosib yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlash;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish orqali sanoatning samaradorligi va hajmini oshirish;
yangi raqobatbardosh va yuqori texnologiyali mahsulotlarning arzonlashtirilgan va hammabop katta hajmli ishlab chiqarishini tashkil etish orqali qoʻshimcha iqtisodiy qiymat (kapital) yaratish;
mamlakatda oʻzaro manfaatdorlik, ragʻbat va raqobatga asoslangan “innovatsiya — kapital — innovatsiya” siklik jarayonini taʼminlash hamda bu jarayonda ishlanma egasi, tadbirkorlar va investorlarning mulkka egalik huquqini kafolatlash;
muntazam ravishda oʻz ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish madaniyatiga ega innovatsion faol va tashabbuskor jamiyatni shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son Farmoniga
2-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Amaldagi koʻrsatkich

Yillar boʻyicha koʻrsatkichlar

2023

2024

2025

2026

1.

Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash

oʻrin

86

82

81

79

77

2.

Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) soni

dona

25

45

55

65

75

3.

Innovatsion faol tadbirkorlik subyektlari soni (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlarining umumiy sonida)

dona

613

930

1 215

1 500

2 250

4.

Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar soni

dona

0

14

22

28

36

5.

Tashqi bozorlarga umumiy eksportda yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining ulushi

%

2,1

3

4

5

6

6.

Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalar soni

dona

150

250

275

300

325

7.

Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi

mln soʻm

2 804

3 500

4 750

6 000

8 250

8.

Ishlanma va tadqiqotlarga ajratilgan xorijiy grantlar

mlrd soʻm

0

35

83

141

224

9.

Innovatsion faoliyat, shu jumladan IT-parklarda amalga oshirilayotgan startap loyihalar natijasida yaratilgan ish oʻrinlari soni

dona

6000

9000

13500

18000

25000

10.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar ulushida tadqiqot va ishlanmalarga ajratilgan xarajatlar (foizda)

foiz

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

11.

Yaratilgan yangi texnologiyalar soni

dona

69

89

186

284

288

12.

Intellektual mulkdan keladigan tushumlar (jami eksportdagi ulushi)

foiz

0

0,02

0,03

0,04

0,05

13.

Roʻyxatga olingan yillik patentlar soni

dona

30

39

82

131

184

14.

Ilmiy tadqiqotchilar soni

nafar

15 000

16 500

18 000

19 600

21 500

15.

Xodimlari orasida ilmiy tadqiqotchilar boʻlgan korxonalar (jami yirik tijorat korxonalarga nisbatan foizda)

foiz

13

14

15

16

17

16.

Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni (jami bitiruvchilarga nisbatan foizda)

foiz

35,5

36,9

38,5

40,1

41,8

17.

Ilmiy texnik nashrlardagi (Web of Science maʼlumotlar bazasida) maqolalar soni

dona

900

1 000

1 150

1 300

1 500

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son Farmoniga
3-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI

Koʻrsatkichlar

Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari soni

Texnologik innovatsiyalar bilan shugʻullanuvchi mahalliy sanoat korxonalarining soni

Hududda yaratilgan yangi texnologiyalar soni

Hududda roʻyxatga olingan yillik patentlar soni

Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion va texnologik loyihalar soni

Mahalliy xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotiga investitsiya hajmi

Startaplar soni

Ishlanma va tadqiqotlarga ajratilgan xorijiy grantlar

birlik

birlik

birlik

dona

dona

mln soʻm

birlik

mlrd soʻm

Hududlar

Yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2023

4

6

7

2

3

780,8

10

8,5

2024

5

14

12

5

6

1 630,8

27

20

2025

5

22

15

9

10

2 540,8

52

35

2026

6

32

16

14

14

3 490,8

91

55

Andijon viloyati

2023

4

10

9

8

2

850

13

5

2024

4

22

14

16

5

1 780

33

11,5

2025

5

34

24

26

9

2 740

61

19,5

2026

6

49

24

37

15

3 730

103

30,5

Buxoro viloyati

2023

2

8

7

3

2

240,5

11

1,3

2024

2

17

11

7

4

551

29

3,5

2025

3

27

15

10

6

876

49

6,6

2026

3

39

15

14

9

1 226

79

10,6

Jizzax viloyati

2023

3

6

6

2

3

400

6

1,4

2024

4

12

9

4

2

820

17

3,6

2025

5

19

14

6

3

1 270

32

6,6

2026

6

27

15

9

3

1 760

50

11,9

Qashqadaryo viloyati

2023

3

7

6

2

2

200

7

0,8

2024

4

14

8

5

5

480

25

2

2025

5

22

10

8

8

780

50

3,5

2026

5

32

10

11

12

1 130

87

5,9

Navoiy viloyati

2023

4

9

10

5

6

355

20

0,8

2024

4

19

14

10

14

775

45

2

2025

5

29

17

16

22

1 255

75

3,5

2026

7

40

17

22

31

1 775

108

5,9

Namangan viloyati

2023

3

7

7

3

2

350

15

0,8

2024

4

14

15

6

4

730

35

2

2025

5

22

25

10

7

1 160

60

3,5

2026

5

31

25

14

10

1 640

92

5,7

Samarqand viloyati

2023

3

6

5

3

2

200

15

0,8

2024

3

13

6

5

6

460

44

2

2025

3

21

9

7

9

750

79

3,5

2026

4

29

10

10

12

1 100

119

5,9

Sirdaryo viloyati

2023

3

7

3

1

1

180

7

2

2024

5

13

8

3

3

440

23

4,5

2025

5

21

12

5

5

740

48

7,5

2026

5

29

12

7

7

1 090

86

11,5

Surxondaryo viloyati

2023

2

8

4

1

2

210

7

0,8

2024

3

16

8

3

4

260

21

2

2025

4

25

12

5

7

300

41

3,5

2026

4

34

12

7

10

350

72

5,9

Toshkent viloyati

2023

4

8

4

2

2

300

15

0,8

2024

4

17

9

4

4

640

38

2

2025

5

27

14

7

6

1 060

69

3,5

2026

6

39

14

10

9

1 560

109

5,9

Fargʻona viloyati

2023

2

5

6

2

2

280

9

0,8

2024

3

11

12

4

4

600

27

2

2025

4

17

33

6

7

950

55

3,5

2026

4

23

33

8

10

1 370

96

5,9

Xorazm viloyati

2023

3

4

3

1

1

180

30

0,7

2024

4

4

6

1

1

250

40

1,1

2025

4

5

10

2

2

280

49

1,5

2026

5

5

10

2

2

300

60

2,4

Toshkent shahri

2023

5

30

12

4

8

1 500

55

11

2024

6

75

54

9

17

3 300

121

24,3

2025

7

130

74

14

28

5 400

196

39,8

2026

9

190

75

19

39

7 550

285

61,2

(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son Farmoniga
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman (shahar)lar
ROʻYXATI

Hududlar

Tuman (shahar)lar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Moʻynoq tumani

Nukus tumani

2.

Andijon viloyati

Buloqboshi tumani

Marhamat tumani

3.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

Romitan tumani

4.

Jizzax viloyati

Doʻstlik tumani

Paxtakor tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani

Nishon tumani

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

Qiziltepa tumani

7.

Namangan viloyati

Davlatobod tumani

Chust tumani*

8.

Samarqand viloyati

Nurobod tumani

Urgut tumani

9.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

Sirdaryo tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Oltinsoy tumani

Termiz tumani

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

Chirchiq shahri

12.

Fargʻona viloyati

Oltiariq tumani

Buvayda tumani

13.

Xorazm viloyati

Gurlan tumani

Urganch tumani

14.

Toshkent shahri

Mirzo Ulugʻbek tumani

Olmazor tumani

* hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6198-son Farmoni bilan joriy etilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 06/22/165/0615-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)