Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) 48-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 246-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “qurol yoki oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “qurolni, oʻq-dorilarni yoki oʻqotar qurolning asosiy qismlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 247-moddaning nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“247-modda. Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash
Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash”;
3) 248-moddaning nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“248-modda. Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi
Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish”;
4) 249-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“249-modda. Qurolni va uning oʻq-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish
Oʻqotar qurolni va uning oʻq-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning oʻlimiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 26-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻqotar qurollar va oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻqotar qurollar va oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi”;
4) 185-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“185-modda. Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish
Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tigʻli sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish —
qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻqotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish —
qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 220-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“220-modda. Qurolning va uning oʻq-dorilarining muomalada boʻlishi qoidalarini buzish
Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslarning fuqaroviy, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish qoidalarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini toʻlab shu qurolni va oʻq-dorilarni olib qoʻyishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xizmat qurolini va uning oʻq-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish qoidalarini xizmat qurolidan va uning oʻq-dorilaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaxslari hamda maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan buzish, xuddi shuningdek qurolni va uning oʻq-dorilarini, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini olish, berish, hisobga olish, realizatsiya qilish, tashish, saqlash, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish qoidalarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari, oʻqotar qurolning asosiy qismlari but saqlanishini, ularning belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini taʼminlashga doir majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan masʼul xodimlari tomonidan buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qurolni va uning oʻq-dorilarini, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini qabul qilish, hisobga olish hamda sotish qoidalarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalari rasmiylashtirilgan fuqaroviy va xizmat quroliga tovushsiz oʻq uzish moslamalarini hamda tunda koʻrish moʻljallagichlarini (bundan ov qilish uchun moʻljallagichlar mustasno) oʻrnatish —
tovushsiz oʻq uzish moslamalarini va tunda koʻrish moʻljallagichlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
6) quyidagi mazmundagi 2201-modda bilan toʻldirilsin:
“2201-modda. Qurolning qonunga xilof muomalasi
Pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
7) 221-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“221-modda. Qurolni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) qoidalarini yoki uning muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarini buzish
Fuqaroviy, xizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) qoidalarini, shuningdek ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini uzaytirish qoidalarini buzish”;
8) 222-modda chiqarib tashlansin;
9) 245-moddaning birinchi qismidagi “2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222-moddasida” degan soʻzlar “2191, 220, 2201-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “205” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining 1-bandidagi “205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “205” raqami bilan almashtirilsin;
11) 290-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 185, 220, 2201 va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish koʻrib chiqilguniga qadar qurolni va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyishga haqli boʻlib, bu haqda olib qoʻyilayotgan qurolning markasi yoki modeli, kalibri, turkumi va raqami, oʻq-dorilarning miqdori va turi koʻrsatilgan holda bayonnomaga yozib qoʻyiladi”;
12) 311-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmat qurolidan va uning oʻq-dorilaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga hamda maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida, 221-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxasi tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga maʼlumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaxsning quroldan foydalanishini taqiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun yuboriladi”;
13) 336-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻqotar qurollarni va oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “Qurolni va uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 25-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻlovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 32-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “ovchilik quroli” degan soʻzlar “ov quroli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslarga sport va havaskorlik maqsadida ov qilish uchun ruxsatnoma ovchilik guvohnomasi, oʻqotar ov qurolini yoki pnevmatik ov qurolini (agar undan foydalanish moʻljallansa) saqlash va olib yurish uchun ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda beriladi”;
oltinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “ovchilik quroli” degan soʻzlar “ov quroli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589, 591-moddalar, № 10, 674-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “oʻqotar qurolni” degan soʻzlar “fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 122-modda birinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasini nazorat qilish”;
yigirma ikkinchi xatboshisidagi “oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish maqsadida jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslarning, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, qidiruv eʼlon qilinganlarning, bedarak yoʻqolganlarning, fuqaroviy va xizmat quroliga ega boʻlganlarning hisobini yuritishi, ushbu maʼlumotlarning tahlilini amalga oshirishi hamda profilaktika tadbirlarini oʻtkazishi”;
qirq sakkizinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari, alyumin kukunlari va qurumlarining” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 17-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“fuqaroviy va xizmat quroli, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada boʻladigan sohada faoliyatni amalga oshirayotgan obyektlarning maʼmuriy, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolariga mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomani koʻrsatgan holda toʻsqinliksiz kirish;
litsenziya va ruxsat etish talablari hamda shartlari buzilganligi fuqaroviy va xizmat qurolining, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning, alyuminiy kukunlari va qurumlarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini yuzaga keltirgan hollarda, ularni olib qoʻyishni amalga oshirish, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, alyuminiy kukunlari hamda qurumlarini tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini esa ichki ishlar organlariga zudlik bilan olib borishni hamda saqlash uchun joylashtirishni talab qilish;
tashkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan fuqaroviy va xizmat qurolini, uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni, alyuminiy kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qoʻyishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yoʻq qilish choralarini koʻrish”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismi:
1-bandining beshinchi xatboshisidagi “ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2-bandining oltinchi xatboshisidagi “ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalari (bundan buyon matnda maxsus organlar va harbiy tuzilmalar deb yuritiladi) qurollantirilgan yoki qurollantirishga moʻljallangan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan qurol jangovar qurol jumlasiga kiradi”;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pnevmatik kalta stvolli qurol, shuningdek tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolning (bundan ushbu qurolni sport obyektlarida saqlash va undan foydalanish mustasno);
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“maxsus taʼmirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib oʻq uzish imkoniyatini istisno etadigan oʻquv qurolining va vazn-oʻlchamli qurolning;
nur-tovushli taʼsirga ega patron bilan oʻq uzishni imitatsiya qilish uchun moʻljallangan, maxsus taʼmirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib boshqa turdagi patronlar bilan oʻq uzish imkoniyatini istisno etadigan paxtavon qurolning va uning oʻq-dorilarining”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi band bilan toʻldirilsin:
“12) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini hadya etish”;
toʻrtinchi xatboshisidagi “qurol” degan soʻz “qurolni va uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi “qurolni” degan soʻzdan keyin “va uning oʻq-dorilarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining (bundan buyon matnda Milliy gvardiya organlari deb yuritiladi)” degan soʻzlar “ichki ishlar organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori hamda kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “hamda ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik qurolning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxsning qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini taʼminlash majburiyati oʻz zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimining doimiy yashash joyi mavjud emasligi, xodimda ushbu Qonun 13-moddasi oʻninchi qismining ikkinchi, uchinchi, beshinchi — sakkizinchi, oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qurolga egalik qilish uchun monelik qiladigan asoslar yuzaga kelganligi, shuningdek ushbu Qonunning 1-ilovasida koʻrsatilgan xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjudligi”;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxsning xodimiga qurol va uning oʻq-dorilari mazkur xodim tasdiqlangan dasturlarga muvofiq har yilgi xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-psixologik hamda jismoniy tayyorgarlik kurslaridan oʻtganidan soʻng va ushbu Qonun 13-moddasining oʻninchi qismida belgilangan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, yuridik shaxs rahbarining qaroriga hamda ichki ishlar organlarining qurolni olib yurishga doir ruxsatnomasiga binoan beriladi”;
7) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining yigirma besh yoshga toʻlgan fuqarolari fuqaroviy ov qurolini va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari fuqaroviy sport qurolini va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini olish huquqiga ega.
Ov quroli va uning oʻq-dorilari Oʻzbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari tomonidan olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi olgan, uning egaligida turgan soyli stvolli oʻqotar ov qurolining umumiy soni uchtadan, pnevmatik ov qurolining umumiy soni uchtadan, silliq stvolli oʻqotar qurolning umumiy soni beshtadan oshmasligi kerak, bundan mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyektlari boʻlgan hollar mustasno.
Bittadan ortiq har bir soyli stvolli oʻqotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli oʻqotar ov quroliga egalik qilganlik uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi, bundan mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyektlari boʻlgan hollar mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari ovchilikka bogʻliq kasbiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yoki kamida oʻn yil davomida mulkida avtomatik boʻlmagan (bir zaryadlovchi) silliq stvolli oʻqotar ov quroliga ega boʻlgan boʻlsa hamda ularda ov qilish qoidalarini yoki qurol muomalasini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mavjud boʻlmasa, soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini va uning oʻq-dorilarini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, shuningdek ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olish huquqiga egadir.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
arizani;
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqish boʻyicha maxsus qisqa muddatli kurslarda oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani;
arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni;
ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasini (ov qurolini olish uchun);
ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasini (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini yoki oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, shuningdek ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);
otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sportchi guvohnomasini (sport qurolini olish uchun).
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza ichki ishlar organlari tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida tegishli ichki ishlar organiga oʻziga tegishli fuqaroviy qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolariga fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berilmaydi:
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan yoshga toʻlmaganlarga;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlarga;
ushbu moddaning yettinchi qismida sanab oʻtilgan hujjatlarni taqdim etmaganlarga yoki taqdim etilgan hujjatlarida notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 103, 1031, 104, 105, 110, 112, 118, 119, 1301, 135, 137, 138, 142-moddalarida, 145-moddasining uchinchi qismida, 150, 151, 152, 153, 154, 1541, 155, 1551, 1552, 1553, 156, 157, 158, 159, 160, 161, 164, 165, 166-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a” va “g” bandlarida, toʻrtinchi qismining “b” va “v” bandlarida, 171-moddasi uchinchi qismining “b” va “v” bandlarida, 173-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlarida va uchinchi qismida, 202-moddasi uchinchi qismining “a”, “g”, “d” va “j” bandlarida, 204-moddasining ikkinchi qismida, 216, 2161, 2162, 217, 218, 219, 220, 221, 222-moddalarida, 223-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida, 226, 2292, 235, 242, 244, 2441, 2442, 2443, 245, 246, 247, 248, 249, 251, 2511, 252, 254, 2551, 264-moddalarida, 267-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273, 274, 276-moddalarida, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 278-moddasining ikkinchi qismida, 279-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 280-moddasining ikkinchi qismida, 281-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 282-moddasida, 283-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 285, 286-moddalarida nazarda tutilgan qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlarga sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti qoʻllanilganligidan keyin oʻn yil davomida;
qasddan jinoyatlar sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmaganlarga yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlarga, bundan ushbu qismning beshinchi xatboshisida koʻrsatilganlar mustasno;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarda fuqarolarga nisbatan ekstremistik faoliyatning, shuningdek shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy tahdid soluvchi faoliyatning belgilari mavjud boʻlgan gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
jinoiy jazoni oʻtayotganlarga;
doimiy yashash joyiga yoki qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlaydigan saqlash sharoitlariga ega boʻlmaganlarga;
oʻziga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 185, 220, 2201 va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilganlarga;
jamoat tartibiga, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik yoki ov qoidalarini buzganlik, shuningdek badanga yengil shikast yetkazganlik va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlaganlik, olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun bir yil davomida takroran maʼmuriy javobgarlikka tortilganlarga;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etganlarga — himoya orderida qurol olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqni taqiqlash nazarda tutilgan hollarda (himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida);
ushbu Qonunning 2-ilovasida koʻrsatilgan fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud boʻlganda;
ruhiy holatning buzilishlari va (yoki) narkologik kasalliklar sababli dispanser hisobida turgan yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslar ushbu fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha birgalikda yashayotganda.
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha maxsus qisqa muddatli kurslarda oʻqitish tartibi va maxsus kurslarda oʻqitilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning doimiy yashash joyi boʻyicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlarida va boshqa shaxslarda ushbu modda oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham berilmaydi.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda arizachini rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini va arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda, qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno) birinchi marta olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi yuzasidan tekshiruvdan oʻtishi shart, ushbu birlashma va yuridik shaxslar quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tegishli tekshiruvdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi”;
8) quyidagi mazmundagi 131 va 132-moddalar bilan toʻldirilsin:
“131-modda. Qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlari ichki ishlar organlarining yoʻllanmalari boʻyicha quyidagi tartibda davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida (bundan buyon matnda tibbiyot muassasalari deb yuritiladi) qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi marta qurol va uning oʻq-dorilarini olayotgan fuqarolari, shuningdek qurolni saqlashga va olib yurishga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirishda — doimiy yashash joyi boʻyicha tibbiyot muassasalarida;
yuridik shaxsning qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini taʼminlash majburiyatlari oʻz zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqidan foydalanadigan xodimlari qurolni saqlashga va (yoki) olib yurishga doir ruxsatnomalarni olishda hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirishda — doimiy yashash joyi boʻyicha tibbiyot muassasalarida yoxud maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxs va tibbiyot muassasasi oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq belgilangan tibbiyot muassasalarida.
Ichki ishlar organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtishga doir yoʻllanmasining amal qilishi muddati u berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunni tashkil etadi.
Tibbiy tekshiruv ushbu Qonunning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining qurolni va uning oʻq-dorilarini birinchi marta olayotgan yoki qurolni saqlash va olib yurishga, kolleksiyalashga yoxud koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirayotgan fuqarosining doimiy yashash joyi boʻyicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar doimiy yashash joyi boʻyicha ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarida hisobda turishi boʻyicha tekshiriladi.
Davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni amalga oshirishga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalari roʻyxati, tibbiy tekshiruvni oʻtkazganlik uchun tariflarning miqdorlari va tibbiy tekshiruv natijalariga doir xulosaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
132-modda. Qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi
Tibbiy tekshiruv tibbiyot muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tekshiruvdan oʻtayotgan fuqarosining yoki yuridik shaxs xodimining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) koʻrsatilgan holda, ichki ishlar organlarining yoʻllanmasi asosida oʻtkaziladi.
Tibbiy tekshiruv tibbiyot muassasasi tomonidan ichki ishlar organlarining yoʻllanmasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida oʻtkaziladi.
Tibbiy tekshiruvni oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasi tomonidan maxsus tibbiy komissiya tuziladi. Tibbiy komissiya tarkibi tibbiyot muassasasining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiya tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlarni qayd etish uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaxslarning ambulatoriya kartalarini yuritadi.
Ambulatoriya kartasida tibbiy tekshiruvni oʻtkazishda ishtirok etayotgan barcha shifokorlar va mutaxassislarning tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaxs toʻgʻrisidagi tibbiy xulosalari koʻrsatilishi kerak.
Tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsni tekshirish uning doimiy yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari va narkologiya dispanserlarida tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot muassasasi tibbiy komissiyaning tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisidagi xulosasini elektron shaklda rasmiylashtiradi hamda tibbiy tekshiruv oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida xulosa yoʻllanma bergan ichki ishlar organiga axborotning maxfiyligi taʼminlangan holda, pochta aloqasi vositalari yoki axborot tizimi orqali yuboriladi.
Xulosa tibbiy komissiya rahbarining imzosi va tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiyaning xulosasi berilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida amal qiladi”;
9) 15-moddaning birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 17-modda birinchi qismining:
oltinchi xatboshisidagi “hamda ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik qurolning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
nomidagi “va hadya etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini meros qilib olish merosxoʻrda mazkur turdagi qurolni olishga doir ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda, qurol ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng amalga oshiriladi. Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish rad etilgan taqdirda, fuqaroviy qurol fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinishi yoki ichki ishlar organlariga tekin asosda topshirilishi kerak”;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “hadya etishga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
13) 20-moddadagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 23-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya organlarining” degan soʻzlar “ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “Ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “hadya qilish hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichki ishlar organlarining yoʻllanmasi boʻyicha qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtishi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu Qonun 13-moddasi oʻninchi qismining beshinchi, oltinchi, yettinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qurolga egalik qilishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganda”;
toʻqqizinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi “realizatsiya qilinishi” degan soʻzlardan keyin “bunda sotuvdan tushgan summa qurolning va uning oʻq-dorilarining sobiq egasiga olib qoʻyilgan buyumni realizatsiya qilishga doir xarajatlar chegirib tashlangan holda berilishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 29-moddaning ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “Ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “Ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar tegishincha “Ichki ishlar” va “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar tegishincha “Ichki ishlar” va “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar tegishincha “Ichki ishlar” va “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan soʻzlar “Ichki ishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqaroviy qurolni saqlash tartibiga rioya etilishini tekshirish ichki ishlar organlarining profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan bir yilda kamida bir marta amalga oshirilishi kerak”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
28) 44-moddadagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
1-ILOVA
Xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar
ROʻYXATI

T/r

Kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning nomi

I. Ruhiy va asab kasalliklari

1.

Ruhiy holatning barcha buzilishlari

2.

Epilepsiya

3.

Epizodik va paroksizmal buzilishlar

4.

Karotid sinusining qoʻzgʻalishi bilan bogʻliq boʻlgan hushdan ketish, idiopatik periferik vegetat�v nevropatiya

II. Narkologik kasalliklar

1.

Barcha narkologik kasalliklar, bundan tamakiga tobelik mustasno

III. Koʻz kasalliklari

1.

Koʻzning koʻrish funksiyasi sezilarli darajada buzilishi bilan bogʻliq surunkali kasalliklari (koʻrish oʻtkirligining korreksiya bilan bir koʻzda 0,5 (50 foiz) dan pastligi, ikkinchi koʻzda 0,2 (20 foiz) dan pastligi)

IV. Quloq kasalliklari

1.

Eshitish zaifligi (garanglik 4 daraja, karlik)

V. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari

1.

Qoʻl kaftining qoʻshimcha bosh barmogʻi

2.

Barmoqlarning bir-biriga suyaklanib birikishi

3.

Barmoqlarning bir-biriga parda yordamida birikishi

4.

Koʻplab barmoqlarning birikib ketganligi

5.

Qoʻlning tugʻma ravishda mavjud emasligi

6.

Qoʻl kafti saqlangan holda yelka va bilakning mavjud emasligi

7.

Elka, bilak va kaftning mavjud emasligi

8.

Qoʻl kafti va barmoqlarning mavjud emasligi

9.

Bilak suyagining kaltaligi

10.

Tirsak suyagining kaltaligi

11.

Qisqichsimon kaft

12.

Qoʻl kaltaligiga sabab boʻluvchi boshqa nuqsonlar

13.

Qoʻl kaltaligiga sabab boʻluvchi noaniq nuqsonlar

14.

Qoʻlning noaniq sababli tugʻma mavjud emasligi

15.

Qoʻl va oyoqlarning sababi noaniq boʻlgan fokomeliyasi

16.

Suyak rivojlanishi nuqsonlari natijasidagi tugʻma skolioz

17.

Toʻliq boʻlmagan osteogenez

18.

Poliostoz fibroz displaziya

19.

Suyak siniqlarining bitmasligi (yolgʻon boʻgʻim)

20.

Artorodez va suyak bitishidan keyingi psevdoartroz

21.

Suyak siniqlarining sekin bitishi

22.

Ushbu bandning boshqa kichik bandlarida taʼriflanmagan stressli siniqlar

23.

Ushbu bandning boshqa kichik bandlarida taʼriflanmagan patologik sinishlar

24.

Suyak butunligining boshqa buzilishlari

25.

Suyak butunligining noaniq sababli buzilishlari

26.

Fibroz displaziya (aniq bir suyakda)

27.

Suyak zichligining va tuzilishining noaniq sababli buzilishlari

28.

Oʻtkir gematogen osteomiyelit

29.

Oʻtkir osteomiyelitning boshqa turlari

30.

Surunkali, koʻp oʻchoqli osteomiyelit

31.

Idiopatik aseptik nekroz

32.

Medikament taʼsiridagi osteonekroz

33.

Travma oqibatidagi osteonekroz

34.

Boshqa ikkilamchi osteonekroz

35.

Boshqa sababli osteonekroz

36.

Noaniq sababli osteonekroz

37.

Suyaklar gipertrofiyasi

38.

Osteoliz

39.

Poliyeomiyelit natijasidagi osteopatiyalar

40.

Oʻsmalar natijasidagi sinishlar

41.

Elkaning oʻsmirlar osteoxondrozi

42.

Bilak suyaklari oʻsmirlar osteoxondrozi

43.

Spastik boʻyin qiyshiqligi

44.

Tugʻma boʻyin qiyshiqligi (toʻshoʻmrov soʻrgʻichsimon muskulining tugʻma deformatsiyasi)

45.

Klippel — Feyl sindromi

46.

Boʻyindagi qovurgʻa

47.

Boʻyin umurtqalararo diski jarohati, miyelopatiya bilan

48.

Boʻyin umurtqalararo diski jarohati, radikulopatiya bilan

49.

Folkmanning ishemik kontrakturasi

50.

Erbaning tugʻuruq vaqtidagi paralichi

VI. Noinfeksion va infeksion kasalliklar

1.

Qon aylanishi yetishmovchiligi asoratiga ega yurak kasalliklari

2.

Yaqqol ifodalangan oʻpka-yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali oʻpka obstruktiv kasalligi

3.

Gipertoniya kasalligi III bosqichi

4.

Bronxial astmaning ogʻir kechishi

5.

Jigar tsirrozi

6.

Oʻtkir nefritik sindrom

7.

Surunkali nefrotik sindrom

8.

Nefrotik sindrom

9.

Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi

10.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi

11.

Tireotoksikoz (gipertireoz)

12.

Tuberkulyoz faol shakllarining har qanday joylashuvi

.

“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
2-ILOVA
Fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar
ROʻYXATI

T/r

Kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning nomi

I. Ruhiy va asab kasalliklari

1.

Ruhiy holatning barcha buzilishlari

2.

Epilepsiya

3.

Epizodik va paroksizmal buzilishlar

4.

Karotid sinusining qoʻzgʻalishi bilan bogʻliq boʻlgan hushdan ketish, idiopatik periferik vegetat�v nevropatiya

II. Narkologik kasalliklar

1.

Barcha narkologik kasalliklar, bundan tamakiga tobelik mustasno

III. Koʻz kasalliklari

1.

Koʻzning koʻrish funksiyasining sezilarli darajada buzilishi bilan bogʻliq surunkali kasalliklari (koʻrish oʻtkirligining korreksiya bilan bir koʻzda 0,5 (50 foiz) dan pastligi, ikkinchi koʻzda 0,2 (20 foiz) dan pastligi)

IV. Quloq kasalliklari

1.

Eshitish zaifligi (garanglik 4 daraja, karlik)

V. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari

1.

Qoʻl kaftining qoʻshimcha bosh barmogʻi

2.

Barmoqlarning bir-biriga suyaklanib birikishi

3.

Barmoqlarning bir-biriga parda yordamida birikishi

4.

Koʻplab barmoqlarning birikib ketganligi

5.

Qoʻlning tugʻma mavjud emasligi

6.

Qoʻl kafti saqlangan holda yelka va bilakning mavjud emasligi

7.

Elka, bilak va kaftning mavjud emasligi

8.

Qoʻl kafti va barmoqlarning mavjud emasligi

9.

Bilak suyagining kaltaligi

10.

Tirsak suyagining kaltaligi

11.

Qisqichsimon kaft

12.

Qoʻl kaltaligiga sabab boʻluvchi boshqa nuqsonlar

13.

Qoʻl kaltaligiga sabab boʻluvchi noaniq nuqsonlar

14.

Qoʻlning noaniq sababli tugʻma mavjud emasligi

15.

Qoʻl va oyoqlarning sababi noaniq boʻlgan fokomeliyasi

16.

Suyak rivojlanishi nuqsonlari natijasidagi tugʻma skolioz

17.

Toʻliq boʻlmagan osteogenez

18.

Poliostoz fibroz displaziya

19.

Suyak siniqlarining bitmasligi (yolgʻon boʻgʻim)

20.

Artorodez va suyak bitishidan keyingi psevdoartroz

21.

Suyak siniqlarining sekin bitishi

22.

Ushbu bandning boshqa kichik bandlarida taʼriflanmagan stressli siniqlar

23.

Ushbu bandning boshqa kichik bandlarida taʼriflanmagan patologik sinishlar

24.

Suyak butunligining boshqa buzilishlari

25.

Suyak butunligining noaniq sababli buzilishlari

26.

Fibroz displaziya (aniq bir suyakda)

27.

Suyak zichligining va tuzilishining noaniq sababli buzilishlari

28.

Oʻtkir gematogen osteomiyelit

29.

Oʻtkir osteomiyelitning boshqa turlari

30.

Surunkali, koʻp oʻchoqli osteomiyelit

31.

Idiopatik aseptik nekroz

32.

Medikament taʼsiridagi osteonekroz

33.

Travma oqibatidagi osteonekroz

34.

Boshqa ikkilamchi osteonekroz

35.

Boshqa sababli osteonekroz

36.

Noaniq sababli osteonekroz

37.

Suyaklar gipertrofiyasi

38.

Osteoliz

39.

Poliyeomiyelit natijasidagi osteopatiyalar

40.

Oʻsmalar natijasidagi sinishlar

41.

Elkaning oʻsmirlar osteoxondrozi

42.

Bilak suyaklari oʻsmirlar osteoxondrozi

43.

Spastik boʻyin qiyshiqligi

44.

Tugʻma boʻyin qiyshiqligi (toʻshoʻmrov soʻrgʻichsimon muskulining tugʻma deformatsiyasi)

45.

Klippel — Feyl sindromi

46.

Boʻyindagi qovurgʻa

47.

Boʻyin umurtqalararo diski jarohati, miyelopatiya bilan

48.

Boʻyin umurtqalararo diski jarohati, radikulopatiya bilan

49.

Folkmanning ishemik kontrakturasi

50.

Erbaning tugʻuruq vaqtidagi paralichi

VI. Noinfeksion va infeksion kasalliklar

1.

Qon aylanishi yetishmovchiligi asoratiga ega yurak kasalliklari

2.

Yaqqol ifodalangan oʻpka-yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali oʻpka obstruktiv kasalligi

3.

Gipertoniya kasalligi III bosqichi

4.

Bronxial astmaning ogʻir kechishi

5.

Jigar tsirrozi

6.

Oʻtkir nefritik sindrom

7.

Surunkali nefrotik sindrom

8.

Nefrotik sindrom

9.

Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi

10.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi

11.

Tireotoksikoz (gipertireoz)

12.

Tuberkulyoz faol shakllarining har qanday joylashuvi

.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasining 4-bandi va 3-moddasining 4 — 7-bandlari mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-may,
OʻRQ-772-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son)