Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish hamda qonuniy aylanishini taʼminlash, shuningdek, ushbu mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarori bilan “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilinganligi hamda “CRPT TURON” MCHJ mazkur tizimning operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator) sifatida belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari (dori moddalari (substansiyalar) bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni (dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar bundan mustasno) guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda, identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022 — 2025-yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar turlari quyidagicha belgilansin:
birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-sentabrdan boshlab;
ikkinchi guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) oʻram mavjud boʻlmasa) va dorivor angro — mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
uchinchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga kirgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan roʻyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari — 2023-yil 1-martdan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻrtinchi guruh — belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar — 2027-yil 1-iyuldan boshlab. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati Soliq qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan oʻtkazilgan tajriba loyihasi natijalariga asosan tasdiqlanadi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
3. Belgilansinki, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab:
uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularning yaroqlilik muddati tugagunga qadar, raqamli identifikatsiyalash vositalarisiz realizatsiya qilishga;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 90 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda koʻrsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan oʻtkazishga;
xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 180 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda koʻrsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan mahsulotni sertifikatsiyadan oʻtkazish hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Operator tomonidan majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi, orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchi yoki uning akkreditatsiya qilingan vakolatxonasi yoxud dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning egalari — xorijiy ishlab chiqaruvchilarga (keyingi oʻrinlarda — xorijiy ishlab chiqaruvchilar) hamda import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchining dori vositalariga belgilangan cheklangan sotish narxi bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizidan yuqori boʻlmaganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan dori vositalari roʻyxatiga muvofiq raqamli markirovka kodlari Operator tomonidan bepul taqdim etiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
ishlab chiqaruvchi tomonidan mazkur dori vositalari ulgurji yoxud chakana savdoda belgilangan cheklangan sotish narxidan yuqori boʻlgan narxda sotilishi holatlari aniqlanganda, ushbu holatlar raqamli markirovka qoidalarini buzish deb hisoblanadi, shuningdek, ushbu mahsulotlarga taqdim etilgan markirovka kodlari uchun toʻlovlar Operator tomonidan toʻliq undiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalari va tibbiy buyumlarning tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibini joriy qilish kuniga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar Operatordan markirovka kodlarini buyurtma qilishga hamda ushbu mahsulotlarning birlamchi va ikkilamchi qadoqlariga raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllagan holda ishlab chiqarishga haqli.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Operator tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlarni import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etishda import qiluvchida xorijiy ishlab chiqaruvchidan ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olish huquqini beruvchi ishonchnoma tegishli xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi shart.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilarini “Asl belgisi” MATdan roʻyxatdan oʻtkazish va kelgusida ushbu tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ular elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan (soliq majburiyatlariga ega boʻlmagan) holda hisobga qoʻyiladi.
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Bunda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qoʻyish imkoniyati xorijiy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi;
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarning tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilari zimmasiga oʻn ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasini ochish yoxud raqamli markirovka tizimini joriy qilish masalalari yuzasidan mahalliy yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish (ushbu yuridik shaxsning maʼlumotlari dori vositasi yoki tibbiy buyumni tibbiyotda qoʻllashga doir yoʻriqnomada majburiy ravishda aks ettiriladi) majburiyati yuklatiladi. Bunda vakolatxona yoki yuridik shaxs — rezident zimmasiga:
mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish (faqat xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi uchun);
tegishli davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
xorijiy ishlab chiqaruvchini raqamli markirovka sohasida qoidalar va talablarning oʻzgarishi yuzasidan xabardor qilish;
xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan raqamli markirovka qoidalarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan javob berish (yuridik shaxs — rezident uchun) hamda qoida buzilishi uchun belgilangan jarimani toʻlash toʻgʻrisida xorijiy ishlab chiqaruvchini xabardor qilish va toʻlanishini taʼminlash vazifalari yuklatiladi;
v) xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi yoxud yuridik shaxs — rezident tomonidan raqamli markirovka qoidalari bir yil davomida uch marotaba buzilganda, Operator Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatmasiga muvofiq ushbu shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikni cheklaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Davlat soliq qoʻmitasi va Operator bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar raqamli markirovka kodlarini bepul taqdim etish yuzasidan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
g) 2026-yil 1-iyuldan boshlab Davlat budjeti hisobidan sotib olinadigan (yetkazib beriladigan) dori vositalari majburiy raqamli markirovkalangan holda amalga oshiriladi.
Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi operator bilan birgalikda barcha tibbiyot tashkilotlariga raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni aylanmadan chiqarishni taʼminlovchi maxsus dasturiy mahsulotlar taqdim etilishini taʼminlaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
6. Quyidagilar:
Majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 2-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 3-ilovaga muvofiq;
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi 4-ilovaga muvofiq;
Sogʻliqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi 5-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab:
a) ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli markirovkasiz ishlab chiqarish (eksport uchun ishlab chiqarish bundan mustasno) hamda ular import qilinganda agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi;
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shu jumladan, sogʻliqni saqlash sohasidagi tibbiyot tashkilotlariga ushbu qarorga 2 — 5 ilovalarda keltirilgan muddatlarda “Asl belgisi” MATga ulanish, mazkur tizimga raqamli markirovkalangan mahsulotlarning muomalaga kiritilishi, muomalada boʻlishi va muomaladan chiqarilishi boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati yuklatiladi;
v) dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi (mazkur Qarorning 3-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshida keltirilgan holatlar bundan mustasno);
g) toʻqqiz oy oʻtgach tegishli guruhdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan keyingi aylanma ishtirokchilariga taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan hamda “Asl belgisi” MATga maʼlumot yuborgan holda amalga oshiriladi;
d) oʻn ikki oy oʻtgach tegishli guruhdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni barcha aylanma ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan hamda “Asl belgisi” MATga maʼlumot yuborgan holda amalga oshiriladi.
8. Operatorga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tegishli shartnomani imzolagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarni 2022-yil 10-apreldan boshlab buyurtmalarni boshqarish stansiyasi bilan taʼminlash, shu jumladan, mazkur uskunalardan masofaviy foydalanish imkoniyatini yaratish;
2022-yil 1-iyunga qadar “Asl belgisi” MATga tegishli barcha tizimlar va modullar interfeysi davlat tilida, shuningdek, rus va ingliz tillarida aks ettirilishini taʼminlash;
respublika hududidagi barcha tibbiyot tashkilotlariga raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni aylanmadan chiqarishni taʼminlovchi maxsus dasturiy mahsulotlarni begʻaraz taqdim etish;
xorijiy davlatlar hududida ishlab chiqarilgan va belgilangan tartibda raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarning markirovka kodlarini tan olish tartibi va talablarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar aylanmasiga kiritish yuzasidan tartibni 2022-yil 1-iyulga qadar ishlab chiqish, tasdiqlash va kengaytirib borish.
9. Mazkur qaror doirasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yigʻim undirmasdan, yigirma ish kunidan uzoq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilinganligi toʻgʻrisida xorijiy davlatlar xabardor qilinishini;
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan davlat soliq xizmati organlaridan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini olgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning vakillariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini rasmiylashtirgan holda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlari taqdim etilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-aprel,
149-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
1-ILOVA
Majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari
ROʻYXATI*

T/r

Mahsulot nomi

TIF TN kodi pozitsiyasi

Mahsulotlar identifikatsiya kodlarining sinf kodi

Birinchi guruh

1.

Ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari

3003,

3004

03003,

03004

Ikkinchi guruh

2.

Birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) oʻram mavjud emas boʻlsa) va dorivor angro-mahsulotlari

3003,

3004

03003,

03004

Uchinchi guruh

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarni roʻyxatiga kirgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarisida amalga oshirilgan roʻyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari

3003,

3004

03003,

03004

Toʻrtinchi guruh

4.

Tibbiy buyumlar

3005,

3006

03005,

03006

* roʻyxatda keltirilgan TIF TN hamda MXIK kodlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan “Asl belgisi” MAT operatori bilan kelishgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
GRAFIGI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Birinchi guruh

Ikkinchi guruh

Uchinchi guruh

1-bosqich. Raqamli markirovka tizimiga oʻtish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish

1.1

“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.

2022-yil 1-mayga qadar

2022-yil 1-avgustga qadar

2022-yil 1-dekabrga qadar

1.2

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish.

2022-yil 15-mayga qadar

2022-yil 15-avgustga qadar

2022-yil 15-dekabrga qadar

1.3

“Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni kiritish.

2022-yil 20-mayga qadar

2022-yil 20-avgustga qadar

2022-yil 20-dekabrga qadar

1.4

Raqamli markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish va mahsulotlar aylanmasiga kiritish (realizatsiya qilish).

2022-yil 1-dekabrga qadar

2023-yil 1-fevralga qadar

2023-yil 1-iyunga qadar

2-bosqich. Mahsulotni isteʼmol qadogʻiga maxsus joy ajratish. Zarur uskunalarni sotib olish va oʻrnatish

2.1

Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va logistika tizimlarini oʻrganish.

2022-yil 20-iyunga qadar

2022-yil 20-avgustga qadar

2022-yil 20-dekabrga qadar

2.2.

Talablarga muvofiq, mahsulotni isteʼmol qadogʻiga identifikatsiya vositasini qoʻllash uchun maxsus joy ajratish.

2022-yil 1-iyulga qadar

2022-yil 1-sentabrga qadar

2023-yil 5-yanvarga qadar

3-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish

3.1

Mahsulotlarga identifikatsiya vositalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash yoki stikerlani yolimlash usuli orqali dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-sentabr

2022-yil 1-noyabr

2023-yil 1-mart

3.2

Mahsulotlarning raqamli markirovkalanishini yuzasidan maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 10-sentabr

2022-yil 10-noyabr

2023-yil 10-mart

4-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish

4.1

Agregatsiyalash tizimini tartib va qoidalarini oʻrganish.

2022-yil 25-dekabr

2022-yil 25-mart

2023-yil 25-iyul

4.2

Tizimni joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan shartnomalarni tuzish.

2023-yil 5-yanvar

2023-yil 5-aprel

2023-yil 5-avgust

4.3

Uskuna va dasturiy mahsulotlari oʻrnatilinishini taʼminlash

2023-yil 1-mart

2023-yil 1-iyun

2023-yil 1-oktabr

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-oktabr

2025-yil 1-oktabr

2025-yil 1-oktabr

5-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belsisi” MATga taqdim etish

5.1

Markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar qoldiqlarining sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash.

2025-yil 1-avgust

2025-yil 1-oktabr

2026-yil 1-mart

5.2

Raqamli markirovka kodlari yuzasidan maʼlumotlar elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash.

2025-yil 1-oktabr

2025-yil 1-oktabr

2025-yil 1-oktabr

5.3

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning savdo subyektlariga, shuningdek tibbiyot tashkilotlariga realizatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2023-yil 1-iyun

2023-yil 1-sentabr

2024-yil 5-yanvar

5.4

Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-noyabr

2024-yil 1-mart

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
3-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
GRAFIGI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Birinchi guruh

Ikkinchi guruh

Uchinchi guruh

1-bosqich. Raqamli markirovka tizimiga oʻtish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish

1.1

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishini taʼminlash.

2022-yil 1-iyunga qadar

2022-yil 1-avgustga qadar

2022-yil 1-dekabrga qadar

1.2

“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.

2022-yil 1-iyulga qadar

2022-yil 1-sentabrga qadar

2023-yil 5-yanvarga qadar

1.3

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish.

2022-yil 15-iyulga qadar

2022-yil 15-sentabrga qadar

2023-yil 15-yanvarga qadar

1.4

“Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni kiritish.

2022-yil 20-iyulga qadar

2022-yil 20-sentabrga qadar

2023-yil 20-yanvarga qadar

1.5

“Asl belgisi” MAT operatoridan raqamli markirovka kodlarini buyurtma yuborishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2022-yil 1-sentabrdan boshlab

2023-yil 5-yanvardan boshlab

1.6

Raqamli markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, sertifikatsiyadan oʻtkazish hamda erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirish.

2023-yil 1-iyunga qadar

2023-yil 1-avgustga qadar

2024-yil 1-dekabrga qadar

2-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish

2.1

Mahsulotlarga identifikatsiya vositalari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash yoki stikerlani yolimlash usuli orqali dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-sentabr

2022-yil 1-noyabr

2023-yil 1-mart

2.2

Mahsulotlarning raqamli markirovkalanishi yuzasidan maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 10-sentabr

2022-yil 10-noyabr

2023-yil 10-mart

3-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish

4.1

Agregatsiyalash tizimini tartib va qoidalarini oʻrganish.

2022-yil 25-dekabr

2022-yil 25-mart

2023-yil 25-iyul

4.2

Tizimni joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan shartnomalarni tuzish.

2023-yil 5-yanvar

2023-yil 5-aprel

2023-yil 5-avgust

4.3

Uskuna va dasturiy mahsulotlari oʻrnatilinishini taʼminlash.

2023-yil 1-mart

2023-yil 1-iyun

2023-yil 1-oktabr

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil 1-may

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-dekabr

4-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish

5.1

Markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar qoldiqlarining sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash.

2025-yil 1-avgust

2025-yil 1-oktabr

2026-yil 1-mart

5.2

Raqamli markirovka kodlari yuzasidan maʼlumotlarni elektron hisobvaraq fakturalarga biriktirilishini taʼminlash

2023-yil 1-may

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-dekabr

5.3

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdo subyektlariga, shuningdek tibbiyot tashkilotlariga realizatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish

2023-yil 1-iyun

2023-yil 1-sentabr

2024-yil 5-yanvar

5.4

Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-noyabr

2024-yil 1-mart

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
4-ILOVA
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi
GRAFIGI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Birinchi guruh

Ikkinchi guruh

Uchinchi guruh

Ulgurji savdo

Chakana savdo

Ulgurji savdo

Chakana savdo

Ulgurji savdo

Chakana savdo

1.

“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.

2022-yil 1-noyabrga qadar

2023-yil 1-fevralga qadar

2023-yil 5-yanvarga qadar

2023-yil 5-mayga qadar

2023-yil 1-mayga qadar

2023-yil 1-avgustga qadar

2.

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish.

2023-yil 5-martga qadar

2023-yil 15-aprelga qadar

2023-yil 5-iyunga qadar

2023-yil 15-iyulga qadar

2023-yil 5-oktabrga qadar

2023-yil 15-noyabrga qadar

3.

Markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish yuzasidan zarur uskuna va dasturiy mahsulotlar oʻrnatilishini taʼminlash.

2023-yil 1-mayga qadar

2023-yil 20-mayga qadar

2023-yil 1-avgustga qadar

2023-yil 20-avgustga qadar

2023-yil 1-dekabrga qadar

2023-yil 20-dekabrga qadar

4.

Markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni bevosita ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardan, shu jumladan ulgurji savdo korxonalaridan sotib olish yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini taʼminlash.

2023-yil 1-iyundan boshlab

2023-yil 15-iyundan boshlab

2023-yil 1-sentabrdan boshlab

2023-yil 15-sentabrdan boshlab

2024-yil 5-yanvardan boshlab

2024-yil 15-yanvardan boshlab

5.

Raqamli markirovka kodlari yuzasidan maʼlumotlarni elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash.

2023-yil 1-may

2023-yil 1-may

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-dekabr

2023-yil 1-dekabr

6.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdo subyektlariga realizatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2023-yil 5-iyul

2023-yil 20-iyul

2023-yil 1-oktabr

2023-yil 20-oktabr

2024-yil 1-fevral

2024-yil 20-fevral

7.

Markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qoldiqlarini sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash.

2025-yil 1-avgustga qadar

2025-yil 1-avgustga qadar

2025-yil 1-noyabrga qadar

2025-yil 1-noyabrga qadar

2026-yil 1-martga qadar

2026-yil 1-martga qadar

8.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2023-yil 20-iyundan boshlab

2023-yil 20-iyuldan boshlab

2023-yil 20-sentabrdan boshlab

2023-yil 20-oktabrdan boshlab

2024-yil 20-yanvardan boshlab

2024-yil 20-fevraldan boshlab

9.

Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-avgust

2023-yil 1-noyabr

2023-yil 1-noyabr

2024-yil 1-mart

2024-yil 1-mart

10.

Import qilinadigan raqamli markirovkalangan mahsulotlar partiyasi boʻyicha agregatsiyalangan bojxona kodi bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettirilishini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil 1-apreldan boshlab

2026-yil 1-iyuldan boshlab

2026-yil 1-apreldan boshlab

2026-yil 1-iyuldan boshlab

2026-yil 1-apreldan boshlab

2026-yil 1-iyuldan boshlab

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
5-ILOVA
Sogʻliqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi
GRAFIGI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Birinchi guruh

Ikkinchi guruh

Uchinchi guruh

1.

“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.

2023-yil 15-fevralga qadar

2023-yil 15-mayga qadar

2023-yil 15-avgustga qadar

2.

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish.

2023-yil 15-martga qadar

2023-yil 15-iyunga qadar

2023-yil 15-sentabrga qadar

3.

Markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish yuzasidan zarur uskuna va dasturiy mahsulotlarni oʻrnatilishini taʼminlash.

2023-yil 15-martga qadar

2023-yil 15-iyunga qadar

2023-yil 15-sentabrga qadar

4.

Markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni bevosita ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardan, shu jumladan ulgurji savdo korxonalaridan sotib olish yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini taʼminlash.

2023-yil 1-iyuldan boshlab

2023-yil 1-oktabrdan boshlab

2024-yil 1-fevraldan boshlab

5.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni yakuniy isteʼmolchiga taqdim etilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2023-yil 1-iyuldan boshlab

2023-yil 1-oktabrdan boshlab

2024-yil 1-fevraldan boshlab

6.

Markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qoldiqlarini muomaladan chiqarilishini taʼminlash.

2025-yil 1-avgustga qadar

2025-yil 1-oktabrga qadar

2026-yil 1-martga qadar

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
6-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlarini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
agregatsiyalash — dori vositalari va tibbiy buyumlarni transport oʻramini buzmagan holda aylanma zanjiri boʻylab harakatini kuzatilishini taʼminlash maqsadida identifikatsiya vositalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq maʼlumotlarni saqlab qolish orqali isteʼmol qadoqlarni transport oʻramiga, shuningdek, transport oʻramlarini yuqori bosqichdagi transport oʻramiga birlashtirish jarayoni;
birlamchi (ichki) qadoq — dori vositasi yoki tibbiy buyum bilan bevosita aloqada boʻlgan oʻram yoki qadoq;
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida ishlab chiqarilgan dori vositalari, dori moddalari (substansiyalar) yoki dori preparatlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish — ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazorati qoidalariga muvofiq toʻliq texnologik sikl boʻyicha yoki uning alohida bosqichlarida ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni seriyali ishlab chiqarish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish — oxirgi isteʼmolchiga (yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, jismoniy shaxslarga) dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish (zarar yetkazish, yoʻqotish), dori vositalari va tibbiy buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida sotish (eksport qilish), namuna olish, tibbiy yordam koʻrsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalanish;
ikkilamchi (tashqi) qadoq — birlamchi (ichki) qadoqda dori vositasi yoki tibbiy buyumni oʻz ichiga olgan dori vositasi yoki tibbiy buyumning oʻrami yoki qadogʻi;
isteʼmol qadogʻi — dori vositasi yoki tibbiy buyumning ikkilamchi (tashqi) qadogʻi, u boʻlmagan taqdirda esa — yakuniy isteʼmolchiga sotish uchun moʻljallangan dori vositasi yoki tibbiy buyumning birlamchi (ichki) qadogʻi;
ishlab chiqaruvchi — dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi, orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxisni qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchi yoki uning akkreditatsiya qilingan vakolatxonasi yoxud dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma egasi (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqaruvchilar);
markirovkalash axborot tizimi — “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT);
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari — mahsulotni aylanmaga kirituvchi, uning aylanmasini va (yoki) aylanmadan chiqarilishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchilar, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari va norezidentlari hisoblanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Bunda mahsulotni kelajakda sotish (savdo qilish) bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda qoʻllash uchun uni sotib oluvchi hamda mahsulotning namunalar boʻyicha sotilishida yoki masofadan sotish usulida, jumladan, ular bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar, jumladan, logistik xizmatlar, birja va elektron tijoratni tashkil etish boʻyicha xizmatlar, mahsulotning qayta savdoga tayyorligi, yigʻilishi va oʻralishi, berilgan mahsulot yoki koʻrsatilgan toʻlov uchun pul mablagʻlarini bir vaqtda qabul qilish bilan sotuvchining nomidan yakuniy isteʼmolchiga mahsulot yetkazib berilishini tashkil etish mahsulotni yetkazib berish boʻyicha agentlik shartnomalari va (yoki) komissiya shartnomalari va (yoki) pochta xizmatlari doirasida xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari;
Oldingi tahrirga qarang.
stiker — dori vositasi yoki tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun moʻljallangan, shuningdek, isteʼmol qadogʻiga yoki guruhlangan qadogʻiga mahkamlanuvchi, raqamli identifikatsiyalash vositasi qayta ishlatish, nusxalash va shikastlamasdan qadoqdan ajratib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan usulda raqamli identifikatsiyalash vositasini tushirish uchun moʻljallangan qoʻshimcha yorliq (yopishtirma yorliq);
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
transport qadogʻi — dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarning birlamchi yoki ikkilamchi oʻramlarini, ixtiyoriy toʻplamlarini birlashtirish, saqlash va tashish, shuningdek, joyini oʻzgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni taʼminlash uchun moʻljallangan va mustaqil transport birligini hosil qiladigan qadoqlash.
3. Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilarini “Asl belgisi” MATdan roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyatini yaratish maqsadida ular elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qoʻyiladi. Bunda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qoʻyish imkoniyati dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomalarning egalari — xorijiy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi.
4. Tegishli guruh uchun majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan kundan boshlab mazkur mahsulotlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomalarning egalari — xorijiy ishlab chiqaruvchilar zimmasiga 12 oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasini ochish yoxud raqamli markirovka tizimini joriy qilish masalalari yuzasidan mahalliy yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish (ushbu yuridik shaxsning maʼlumotlari dori vositasi yoki tibbiy buyumni tibbiyotda qoʻllashga doir yoʻriqnomada majburiy ravishda aks ettiriladi) majburiyati yuklatiladi.
Bunda vakolatxona yoki mahalliy yuridik shaxsga:
mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish (faqat xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi uchun);
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
xorijiy ishlab chiqaruvchini raqamli markirovka sohasida qoidalar va talablar oʻzgarishi yuzasidan xabardor qilish;
xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan raqamli markirovka qoidalarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan javob berish (mahalliy yuridik shaxs uchun) hamda qoida buzilishi uchun belgilangan jarimani toʻlash toʻgʻrisida xorijiy ishlab chiqaruvchini xabardor qilish va toʻlanishini taʼminlash vazifalari yuklatiladi.
Xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi yoxud mahalliy yuridik shaxs tomonidan raqamli markirovka qoidalari 3 marotaba buzilsa “Asl belgisi” MAT Operatori Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatmasiga muvofiq ushbu shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikni cheklaydi.
5. Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga “Asl belgisi” MAT Operatori hamda vakolatli davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash maqsadida mahalliy konsalting kompaniyalari va maslahatchilarini jalb qilishga ruxsat beriladi.
6. Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarda (xorijda ishlab chiqarilsa) “Asl belgisi” MATga kirishda texnik muammolar yuzaga kelganda va elektron raqamli imzo olish imkoniyati boʻlmaganda raqamli markirovka kodlariga buyurtma berish uchun ishlab chiqaruvchiga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma egasi) login va parol orqali axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqaruvchi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma egasi) login va parolni olish uchun Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
login va parol olish uchun sabablari koʻrsatilgan xat;
rezident boʻlmagan shaxsning identifikatsiya raqami (STIR);
tegishli preparatga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi yoki uning ishonchli vakili boʻlmish yuridik shaxs boʻyicha maʼlumotlar;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma egasining ishonchli vakilligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 10 ish kuni ichida tushgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ijobiy xulosa boʻlgan taqdirda, barcha tushgan hujjatlarni ilova qilgan holda login va parolni taqdim etish uchun Operatorga soʻrov yuboradi.
Operator ariza beruvchiga 5 ish kuni ichida login va parolni taqdim etadi. Bunda Operator tushgan hujjatlarning haqqoniyligini tasdiqlash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli murojaatnomani yuborishga haqli.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga raqamli markirovkasiz olib kirilganda dori vositalari va tibbiy buyumlarni Vazirlar Mahkamasining “Import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-fevraldagi 22-son qarorining 2-bandida belgilangan tartibda, yaʼni bojxona omborida saqlash vaqtida, ushbu mahsulotlarning birlamchi va ikkilamchi qadoqlariga davlat tilidagi qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish mobaynida raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllashga ruxsat beriladi.
2-bob. Markirovka kodiga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning isteʼmol qadoqlarida raqamli identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qoʻllash tartibi
8. Dori vositalari va tibbiy buyumlar raqamli markirovkalanishi GS1 DataMatrix koʻrinishidagi ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida raqamli identifikatsiyalash vositasini (mashinada oʻqiladigan shakldagi markirovka kodi) shakllantirish va isteʼmol qadogʻiga qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Raqamli identifikatsiyalash vositasi Operator tomonidan yaratiladigan markirovkalash kodi hamda 4 ta guruh boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, ulardan birinchi va ikkinchi guruh isteʼmol qadogʻining identifikatsiya kodini, uchinchi va toʻrtinchi guruhlar esa tekshirish kodini shakllantiradi, shu bilan birga:
GS1 DataMatrix belgisi — ASCII belgilar jadvalidagi 232 kodli belgi;
maʼlumotlarning birinchi guruhi — 14 ta belgidan (raqamlardan) iborat boʻlgan mahsulot kodi boʻlib, undan oldin dastur identifikatori (01) mavjud boʻlib, u dori yoki tibbiy mahsulotni mahsulot katalogida roʻyxatdan oʻtkazishda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Operator tomonidan ishlab chiqiladi;
maʼlumotlarning ikkinchi guruhi — oldingi identifikatori (21) boʻlib, 13 ta raqamli belgi yoki harfli-raqamli ketma-ketlikdan (lotin alifbosida) iborat savdo birligining individual seriya raqami. Ushbu guruh maʼlumotlari uchun ASCII belgilar jadvalida 29 yoki 232 kodli belgi mavjud boʻlgan maxsus ajratuvchi belgi tugatuvchi belgi sifatida qoʻllanilishi lozim;
uchinchi maʼlumotlar guruhi — 4 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) tekshirish kalitining identifikatori (individual tartib raqami) va dastur qoʻllash kodi bilan identifikatsiyalanadi (91) va Operator tomonidan yaratiladi. Ushbu maʼlumotlar guruhi uchun tugatish belgisi ASCII belgilar jadvalidagi 29 yoki 232 kodi bilan maxsus ajratuvchi belgi boʻlishi kerak;
toʻrtinchi maʼlumotlar guruhi — 44 ta belgidan (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) iborat tekshirish kodi va qoʻllash kodi bilan identifikatsiyalanadi (92) va Operator tomonidan yaratiladi.
10. Maʼlumotlar guruhlari birinchidan toʻrtinchigacha ketma-ket joylashtirilishi kerak.
11. Mahsulot kodi va isteʼmol qadoqning individual seriya raqami ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga koʻra oʻqilishi mumkin boʻlgan bosma matn shaklida takrorlanadi.
12. Isteʼmol qadogʻiga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
raqamli identifikatsiyalash vositasi bevosita bosib chiqarish yoʻli bilan yoki dori vositasi va tibbiy buyumning yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiyalash vositalari isteʼmolchi qadoqlaridan shikastlanmasdan ajratib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan usul bilan stiker orqali isteʼmol qadoqlariga qoʻllaniladi;
raqamli identifikatsiyalash vositasi toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida yoki unga qarashli omborxona hududida yoxud dori vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi egasi tomonidan vakolat berilgan oʻzi joylashgan mamlakatda farmatsevtika faoliyati va/yoki dori vositalarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan korxona yoki omborlarda dori vositasining ikkilamchi (isteʼmolchi) oʻramlarida (ular yoʻq boʻlsa, dorivor mahsulotning birlamchi oʻramida) moddiy tashuvchiga (yorliq) ikki oʻlchamli shtrix kodni qoʻllash bilan isteʼmol qadogʻiga maxsus ajratilgan kontrast joyga (kamida 10*10 millimetr oʻlchamida) bosib tushirish yoki stiker bilan yelimlash orqali amalga oshiriladi. Bunda raqamli identifikatsiyalash vositasini toʻgʻridan-toʻgʻri bosib tushirish yoki stikerga toʻgʻridan-toʻgʻri bosib tushirish va yelimlash yuqorida nazarda tutilgan hududlardan oʻzga hududlarda amalga oshirilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga raqamli identifikatsiyalash vositasi orqali markirovka qilinmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni bojxona ombori hududida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar raqamli markirovkalashga ruxsat beriladi;
raqamli identifikatsiya vositalari hajmi va joylashuvi isteʼmol qadogʻining ochilishi (buzilishi) kerak boʻlmasdan raqamli identifikatsiya vositalari toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlash va oʻqish imkonini taʼminlashi, shu jumladan, maʼlumotlarni yigʻish terminallari, maxsus (mobil) ilovalar, lazer skanerlari orqali oʻqish imkonini taʼminlash lozim;
raqamli identifikatsiya vositalari shaffof oʻrash plyonkasiga yoki boshqa tashqi oʻrash materialiga bosilmasligi va boshqa maʼlumotlar bilan qoplanmasligi lozim;
raqamli identifikatsiya vositalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq isteʼmol qadoqlarida chop etilgan maʼlumotlarning yaxlitligi buzilmaydigan tarzda joylashtirilishi lozim;
Raqamli identifikatsiya vositasi ISO/IEC 15415 “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Chop etish sifatini baholash uchun shtrix kod ramzlarining test spetsifikatsiyasi. Ikki oʻlchamli ramzlar” (ISO/IEC 15415 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Bar code print quality test specification — Two-dimensional symbols”) standartiga muvofiq S yoki undan yuqori sifatli sinf darajasida qoʻllaniladi.
Agar dori vositalari va tibbiy buyumlarning ikkilamchi (tashqi) qadoqlari mavjud boʻlgan taqdirda, faqat ikkilamchi (tashqi) qadoqlar raqamli markirovkalanadi, yaʼni ikkilamchi (tashqi) qadoqlar mavjud boʻlgan hollarda birlamchi (ichki) qadoqlar raqamli markirovkalanishi talab qilinmaydi.
Agar dori vositalari va tibbiy buyumlarning ikkilamchi (tashqi) qadoqlari mavjud boʻlmasa, birlamchi (ichki) qadoqlar raqamli markirovkalanishi talab qilinadi.
13. Raqamli identifikatsiya qilish vositasini quyidagi holatlarda moddiy tashuvchiga (stikerga) bosib chiqarishga ruxsat etiladi:
raqamli identifikatsiyalash vositasini oʻz ichiga olgan moddiy tashuvchi (stiker) isteʼmol qadoqlariga raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmasdan qadoqdan ajratib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan usulda qoʻllaniladi;
moddiy tashuvchiga (stikerga) qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiya vositalari mazkur Nizom talablariga javob berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Isteʼmol qadogʻiga stikerni qoʻllash uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) stiker ishlab chiqarilgan paytdan boshlab yakuniy isteʼmolchiga sotilishiga qadar raqamli identifikatsiya vositasi va unda chop etilgan boshqa maʼlumotlarning saqlanishi va oʻqilishi taʼminlangan usulda tayyorlanadi;
b) stiker toʻgʻridan-toʻgʻri qadoqqa (qadoqning tashqi tomoniga) bunday qadoqning dizayn sxemasida uni qoʻllash uchun nazarda tutilgan joyda qoʻllanadi;
v) stiker qadoqqa faqat mazkur qadoqqa va stikerning oʻziga zarar yetkazmasdan ajratishga imkon bermaydigan holda hamda ularni qayta ishlatish mumkin boʻlmagan usul bilan qoʻllanadi;
g) stiker qoʻllanilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq qadoqqa qoʻllanadigan maʼlumotlarning yaxlitligi va mavjudligini buzmasligi kerak;
d) stikerda mazkur Nizom talablariga javob beradigan raqamli identifikatsiya vositasi, shuningdek, oʻqiladigan bosma matn koʻrinishidagi raqamli markirovkalanadigan dori vositasining nomi (ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga koʻra), mahsulot kodi va qadoqning individual seriya raqami (majburiy) boʻlishi kerak;
e) stiker ustiga stiker yuzasini qoplaydigan va (yoki) raqamli identifikatsiya vositalarini oʻqishga toʻsqinlik qiluvchi har qanday yozuvlar, chizmalar va oʻrash elementlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;
j) dori vositasini isteʼmol qadogʻini stikerlash jarayonida ishlab chiqaruvchi tomonidan avval qoʻllangan dori vositasini seriya raqami, yaroqlilik muddati hamda ishlab chiqarilgan sanasi yuzasidan maʼlumotlar yopilgan taqdirda (isteʼmol qadogʻi kichik oʻlchamda boʻlganligi sababli), faqatgina ushbu maʼlumotlarni majburiy ravishda stikerda takrorlangan holda dori vositasini isteʼmol qadogʻini stikerlashga ruxsat beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
15. Majburiy raqamli markirovkalash boshlanishi sanasidan oldin raqamli identifikatsiyalash vositasi qoʻllanilganligi haqidagi maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga yuborilgan hamda Operator tomonidan taqdim etilgan markirovka kodlari asosida shakllantirilgan raqamli identifikatsiyalash vositasi orqali raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanishi kuni holatida raqamli markirovkalangan deb tan olinadi.
3-bob. Raqamli identifikatsiya vositalarini shakllantirish hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarning kuzatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan markirovka kodlarini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash, shu jumladan, Operatorga markirovka kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish, markirovka kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga aylantirish va ularni isteʼmol qadoqlariga qoʻllash tadbirlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan taʼminlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
17. Operator quyidagi holatlarda markirovka kodlarini berishdan bosh tortish huquqiga ega:
a) buyurtma mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
b) buyurtma ishlab chiqaruvchilar boʻlmagan shaxslar tomonidan yuborilgan boʻlsa;
v) Operatorga ishlab chiqaruvchining farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi yoʻqligi (toʻxtatilishi, bekor qilinishi, tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda (Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishda);
g) Operatorga dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun) roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi mavjud emasligi (toʻxtatilishi, bekor qilinishi, tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilganda (orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar bundan mustasno);
d) Operatorga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari tan olinmaganligi (tugatilganligi, bekor qilinganligi) va (yoki) bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan roʻyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilsa (tan olish tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi va “Asl belgisi” MAT oʻrtasida quyidagi maʼlumotlarni oʻzaro uzatish va axborot almashish tizimi joriy etiladi:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
farmatsevtika faoliyati uchun litsenziyalar berilishi (toʻxtatib turilishi, bekor qilinishi, tugatilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari berilishi (qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi, toʻxtatib turilishi, bekor qilinishi, tugatilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshiriladigan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini hisobga olishni tan olish (toʻxtatib turilishi, bekor qilinishi, tugatilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovka tizimidagi maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchi tashkilotlar 2022-yil 15-martdan boshlab identifikatsiya vositalarini shakllantirish, ularni dori vositalari va tibbiy buyumlarning isteʼmol hamda guruhlangan qadoqlariga tushirilishi uchun zarur boʻlgan markirovkalash kodlarini “Asl belgisi” MAT Operatoriga tegishli toʻlovlarni amalga oshirgan holda buyurtma qilishga haqli.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)
20. Operator Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur Nizom talablariga javob beradigan hamda xorijiy raqamli markirovkalash va kuzatish boʻyicha axborot tizimining operatori (keyingi oʻrinlarda — Xorijiy operator) tomonidan berilgan raqamli identifikatsiya vositalarini tanib olish va keyinchalik kuzatishni amalga oshirishga haqli. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlar, raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarga nisbatan qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ularni ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Operatorga majburiy ravishda taqdim etiladi.
21. Xorijiy operator tomonidan berilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan (import qilinayotgan) dori vositalari va tibbiy buyumlarga nisbatan (ularni ichki isteʼmol uchun chiqarishga yoki reimport uchun bojxona tartib-taomillariga joylashtirishga qadar);
raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va bunday raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish imkoniyati Xorijiy operator tomonidan tasdiqlanganidan keyin;
22. Xorijiy operator tomonidan chiqarilgan raqamli identifikatsiya vositalarini tan olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida markirovkalangan raqamli identifikatsiya vositalarini muomalaga kirituvchi tovar aylanmasi ishtirokchisi Operatorga ariza beradi. Mazkur arizaning shakli Operator tomonidan tasdiqlanadi va Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
23. Operator va Xorijiy operator oʻrtasidagi oʻzaro axborot hamkorligi shartlari, shu jumladan, raqamli identifikatsiyalash vositalari, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ularni ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatish tartibi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan Operator va Xorijiy operator oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
4-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregatsiyalash tartibi
24. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab 9 oy oʻtgach dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregatsiyalashni amalga oshiradi.
25. Alohida qadoqni guruhlangan qadoqqa va guruhlangan qadoqni transport qadogʻiga agregatsiyalashni amalga oshirgandan soʻng agregatsiyalangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan mahsulot aylanmasining keyingi ishtirokchisiga uzatishdan (sotishdan) avval “Asl belgisi” MATga kiritiladi.
26. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregatsiyalash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga 1-ilova “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari”da qayd etilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
27. Agregatsiyalash tadbirini amalga oshirish maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi quyidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga yuboradi:
agregatsiyalashni amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining STIRi;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
agregatsiyalashga rejalashtirilgan qadoqlar soni;
haqiqatda agregatsiyalangan qadoqlar soni;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻiga kiritilgan agregirlangan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati.
28. Transport qadogʻining identifikatsiya kodi agregatsiyalash tadbirini amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tomonidan yaratiladi (generatsiya qilinadi) hamda “ISO/IEC 15459-1:2006 “Information technology — Unique identifiers — Part 1: Unique identifiers for transport units” standarti talablariga muvofiq qadoqning ustida qoʻllaniladi.
29. Operator quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, mahsulot aylanmasining ishtirokchisiga agregatsiyalash maʼlumotlarini qabul qilishni hamda transport qadogʻining maʼlumotlarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi:
mahsulot aylanmasining ishtirokchisi bitta yoki bir nechta agregatsiyalanadigan qadoqlardagi markirovkalash kodlarining egasi boʻlmasa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati noyob boʻlmagan (takrorlanadigan) belgilardan iborat boʻlsa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtmagan markirovkalash kodlari mavjud boʻlsa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida “Asl belgisi” MATda markirovkalash kodlari qoʻllanilganligi yoki markirovkalash kodlari uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi yuzasidan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida aylanmadan chiqarilgan holatda boʻlgan markirovkalash kodlari mavjud boʻlsa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida boshqa mahsulot turlari uchun buyurtma qilingan markirovkalash kodlari mavjud boʻlsa;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi qabul qilingan formatga muvofiq boʻlmasa;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi “Asl belgisi” MATda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa.
30. Operator quyidagi holatlarda:
“Asl belgisi” MATda guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlari qayta agretsiyalangan boʻlsa;
“Asl belgisi” MATga guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlarining aylanmaga kiritilishi, aylanmada boʻlishi yoki aylanmadan chiqarilganligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlsa guruhlangan yoki transport qadogʻining agregatsiyasini buzish (bekor qilish) tadbirini amalga oshiradi.
5-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish, ularning muomalada boʻlishi va ularni muomaladan chiqarish
31. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish, muomalada boʻlishi va muomaladan chiqarilishi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
311. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan (yetkazib beriladigan) dori vositalarini muomalaga kiritish, muomalada boʻlishi va muomaladan chiqarilishi majburiy raqamli markirovkalangan holda amalga oshiriladi.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
32. Tibbiy xizmatlarni koʻrsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish tadbirlarining hisobga olinishi, shuningdek, imtiyozli ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni taqdim etish maxsus dasturiy mahsulotlar orqali amalga oshiriladi.
Maxsus dasturiy mahsulotlarni funksiyasidan foydalanish uchun tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi hamda tibbiy yordam koʻrsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan olib qoʻyuvchi tashkilotlar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni imtiyozli tarqatuvchi tashkilotlar (agar bunday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlsa) “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtishi shart.
Tibbiy yordam koʻrsatilganligi yoki imtiyozli tarqatilganligi munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar muomaladan olib qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot tushganda Operator real vaqt rejimida markirovkalash axborot tizimida tegishli raqamli identifikatsiya vositalarining muomaladan chiqarilganligi faktini aks ettiradi.
6-bob. Mazkur Nizom talablariga rioya qilish
33. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Nizom talablariga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaxslarga tekshiruv oʻtkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonun buzarliklarini bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.
35. Mazkur Nizom talablarini buzish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish
SXEMASI

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazish

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi boʻyicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi — MMK MAT) shakllantiradi.

Real vaqt rejimida

Operator

1. Agar ariza Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:

subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;

ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;

subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilagani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.

2. Vaqtinchalik nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.

Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda

2-bosqich. Dori vositalari va tibbiy buyumlari yuzasidan maʼlumotlarni katalogka kiritish

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlari yuzasidan maʼlumotlarni “Markirovkalangan mahsulotlar katalogi”ga kiritish boʻyicha tegishli maʼlumotlarni MMK MATga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki ularni MMK MATning veb-saytida shakllantiradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:

arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatiga kiritadi;

dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisini dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

Mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olishga Operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanomani yuboradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Agar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar Nizom talablariga muvofiq boʻlsa:

kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni aylanmasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchi yoxud import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;

taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.

Real vaqt rejimida

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

1.Operatorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.

2.Markirovkalash kodlarini identifikatsiya vositasiga oʻzgartiradi.

3.Identifikatsiyalash vositasini dori vositalari va tibbiy buyumlarga qoʻllanilishini taʼminlaydi.

Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida

MMK MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning qutilarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng

4-bosqich. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va ularning aylanishini monitoring qilish

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

(ishlab chiqaruvchi)

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregatsiyasini amalga oshiradi .

Real vaqt rejimida

MMK MAT orqali avtomatik rejimda Operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.

Real vaqt rejimida

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

(ishlab chiqaruvchi)

Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki tovarlar sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi subyektlari oʻrtasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:

dori vositalari va tibbiy buyumlarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida tovar yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;

tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;

topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

(xorijiy ishlab chiqaruvchi yoxud import qiluvchi)

Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.

Real vaqt rejimida

“Erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni chiqarilganligi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

bojxona organi kodi;

tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;

tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;

TIF TN kodlari;

transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;

tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.

Real vaqt rejimida

Operator

maʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK MAT reyestrida aks etilishini taʼminlaydi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

Ulgurji tashkilot dori vositalari va tibbiy buyumlarni onlayn — kassa apparatlari mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiya vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.

Real vaqt rejimida

Dori vositalari va tibbiy buyumlari aylanmasi ishtirokchisi

Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.

Real vaqt rejimida

Fiskal maʼlumotlar operatori

Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda

Operator

Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya vositasi bilan raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATda aks ettiradi.

Real vaqt rejimida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan 2024-yil 9-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2024-y., 09/24/76/0109-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son qaror bilan tasdiqlangan Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning rus tilidagi matnida:
3-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
stiker — materialniy nositel so spetsialnim kleyevim sloyem, soderjashiy sredstvo sifrovoy identifikatsii i inuyu informatsiyu, prednaznachenniy dlya naneseniya na upakovku lekarstvennogo sredstva metodom, ne dopuskayushim yego otdeleniya ot upakovki bez neobratimogo povrejdeniya takoy upakovki i samogo materialnogo nositelya (stikera)”;
oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishlicha oʻn uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
sredstvo sifrovoy identifikatsii — markirovochniy kod v mashinochitayemom vide, predstavlenniy v vide dvumernogo shtrixovogo koda, kotoriy nanositsya metodom pryamoy pechati ili pechati na stiker na vtorichnuyu (narujnyuyu) upakovku, v sluchaye yeye otsutstviya — na pervichnuyu (zakrituyu) upakovku lekarstvennogo sredstva”;
oʻn toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilari tegishlicha oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“V sluchaye vneseniya izmeneniy v normativnuyu dokumentatsiyu po pokazatelyu markirovka upakovki, razreshayetsya vvod v grajdanskiy oborot (vklyuchaya realizatsiyu lekarstvennix sredstv ix proizvoditelem i vvoz (import) lekarstvennix sredstv na territoriyu Respubliki Uzbekistan organizatsiyami optovoy torgovli) lekarstvennogo sredstva s raneye utverjdennoy markirovkoy na upakovkax, proizvedennix do vneseniya izmeneniy, v techeniye 180 kalendarnix dney s dati vneseniya sootvetstvuyushix izmeneniy v normativnuyu dokumentatsiyu na lekarstvennoye sredstvo. Pri etom dopuskayetsya odnovremennaya realizatsiya lekarstvennix sredstv bez sredstv sifrovoy identifikatsii so staroy markirovkoy do okonchaniya yego sroka godnosti v upakovke (no ne boleye tryox let), sootvetstvuyushey dokumentam i dannim registratsionnogo dosye do vneseniya v nego izmeneniy”;
16-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi “shtrix-kod (pri nalichii)” soʻzlaridan keyin “i/ili sredstvo sifrovoy identifikatsii (pri nalichii)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
16-band quyidagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yesli markirovka upakovki lekarstvennogo sredstva soderjit sredstvo sifrovoy identifikatsii, to eto sredstvo doljno bit chitayemim posredstvom 2D skanerov i otobrajat dannie o lekarstvennom sredstve iz natsionalnoy informatsionnoy sistemi monitoringa markirovki i otslejivaniya produksii “Asl belgisi”;
22-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dopuskayetsya ispolzovaniye stikerov pri nanesenii sredstv sifrovoy identifikatsii na meste, ukazannom v makete upakovki utverjdyonnogo normativnogo dokumenta lekarstvennogo sredstva. Pri etom v normativnom dokumente lekarstvennogo sredstva mesto naneseniya sredstva sifrovoy identifikatsii i (ili) stikera ukazivayetsya kak: “mesto naneseniya/nakleivaniya sredstva sifrovoy identifikatsii”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida:
a) 1-ilovaning 49-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi, majburiy raqamli markirovkalash tartibi va qoidalari, retsept asosida beriladigan hamda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi buzilishi”;
b) 4-ilovaning 39-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatishga olib keluvchi litsenziya talabi va shartlarining qoʻpol ravishda buzilishlari quyidagilardan iborat:
litsenziya talablari va shartlarini, jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash boʻyicha tartibning muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilishi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
raqamli markirovkalanmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, raqamli markirovkalanmagan, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, raqamli markirovkasiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasiga farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxsning mudirlik qilishi;
litsenziya faoliyati litsenziya bitimida koʻrsatilmagan manzilda amalga oshirilishi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qarorda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar
ROʻYXATI

T/r

Mahsulotning nomi

Tajriba loyihasi boshlanadigan sana

Tajriba loyihasi tugatiladigan sanasi

Majburiy raqamli markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sana*

TIF TN kodi

1.

Dori vositalari

2021-yil 1-iyun

2022-yil 31-yanvar

2022-yil 1-sentabr

3003, 3004

2.

Tibbiy buyumlar

2024-yil 1-fevral

2025-yil 31-yanvar

2025-yil 1-fevral

3005, 3006

3.

Suv va salqin ichimliklar

2021-yil 15-iyun

2022-yil 28-fevral

2022-yil 1-oktabr

2009, 2201, 2202

4.

Maishiy texnika

2021-yil 1-iyul

2021-yil 31-noyabr

2022-yil 15-aprel

7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540

* TIF TN kodlarda keltirilgan mahsulotlar turlari boʻyicha majburiy markirovkalashni joriy etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda “Asl belgisi” MAT Operatori tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
b) 3-ilova quyidagi tahrirda 421-band bilan toʻldirilsin:
“421. Dori vositalarini raqamli markirovkalash tartibiga bosqichma-bosqich oʻtish davomida avval tasdiqlangan qadoq sxemasi va markirovka bilan dori vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab 180 kalendar kun ichida olib kirishga ruxsat berilishi inobatga olinsin.
Shu bilan birga, raqamli markirovkasiz avval sertifikatlangan dori vositalarini, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar, biroq 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda realizatsiya qilishga ruxsat berilishi inobatga olinsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/149/0263-son; 08.02.2024-y., 09/24/76/0109-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son; 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son)