1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi toʻliq raqamlashtirilib, qogʻozbozlikka barham berildi.
207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi boʻgʻini yaratildi.
Shu bilan birga, yuridik xizmati mavjud boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatish maqsadida:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq Markazlar tuman (shahar) adliya boʻlimlari tuzilmasi va boʻysunuviga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
2. Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
davlat soliq inspeksiyasi;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
3. Quyidagilar:
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) boʻlinmalari, davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi reja-grafigi 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
2022-yil 1-mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
2022-yil 1-avgustga qadar mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash va ularga xizmat koʻrsatish;
bosqichma-bosqich davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va ularga xizmat koʻrsatish choralarini koʻrsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
Bunda 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar “E-huquqshunos” elektron tizimidan tegishli toʻlovni nazarda tutuvchi shartnoma asosida foydalanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi “UNICON-SOFT” MCHJ takliflariga asosan “E-huquqshunos” elektron tizimini Markazlar va ular yuridik xizmat koʻrsatadigan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) boʻlinmalari faoliyatiga joriy qilishda “E-huquqshunos” elektron tizimidagi maʼlumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini taʼminlash maqsadida “UNICON-SOFT” MCHJni tegishli server va boshqa zarur qurilmalar bilan taʼminlab borsin.
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
6. Adliya vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qaroriga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Belgilansinki, 3-ilova 2022-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida 2022-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-mart,
PQ-173-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qaroriga 1-ILOVA
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) boʻlinmalari, davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi
REJA-GRAFIGI
T/r
Hududlar
Tuman (shahar) soni
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi, turizm va madaniy meros, sportni rivojlantirish hamda oila va xotin-qizlar boʻlimlari, davlat soliq inspeksiyalari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari soni
Davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari soni
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni
Koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar soni
Muddat
2022-yil
2022-2023-yillar
2023-yil
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
17
118
726
436
97
2.
Andijon viloyati
16
110
767
546
97
3.
Buxoro viloyati
13
89
537
451
93
4.
Jizzax viloyati
13
90
553
216
46
5.
Qashqadaryo viloyati
15
103
1 217
415
97
6.
Navoiy viloyati
11
74
368
205
51
7.
Namangan viloyati
14
95
712
588
89
8.
Samarqand viloyati
16
110
1 267
702
75
9.
Surxondaryo viloyati
15
104
933
384
114
10.
Sirdaryo viloyati
11
74
318
192
47
11.
Toshkent viloyati
22
147
884
530
109
12.
Fargʻona viloyati
19
130
959
883
141
13.
Xorazm viloyati
13
89
549
353
83
14.
Toshkent shahri
12
72
340
478
79
Jami:
207
1 405
10 130
6 379
1 218
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Ijro uchun masʼullar
1.
“Ijro.gov.uz” tizimi negizida ishlab chiqilgan “E-huquqshunos” elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-huquqshunos” elektron tizimi)dagi maʼlumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini taʼminlash maqsadida tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan taʼminlash.
1. “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanishi rejalashtirilgan qoʻshimcha tashkilotlarning ish hajmini hisob-kitob qilish asosida, maʼlumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini taʼminlash maqsadida “UNICON-SOFT” MCHJni tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.
2. Ajratilgan server qurilmalarida “E-huquqshunos” elektron tizimidagi hujjatlar saqlanishini taʼminlash.
2022-yil iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
2.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tomonidan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar, qishloq xoʻjaligi, turizm va madaniy meros hamda sportni rivojlantirish boʻlimlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, davlat soliq inspeksiyalariga yuridik xizmat koʻrsatilishini tashkil etish.
1. Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan tashkilotlar rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.
2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan tashkilotlar bilan “UNICON-SOFT” MCHJ oʻrtasida “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanish boʻyicha shartnoma tuzilishini taʼminlash.
3. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan tashkilotlarga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan taʼminlash.
4. Markazlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan davlat tashkilotlarining yuqori tezlikdagi optik tolali Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.
5. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan tashkilotlarning masʼul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish boʻyicha joylarda seminarlar tashkil etish.
2022-yil aprel — iyul
“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK taʼsischiligidagi “UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(T. Xudaybergenov),
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Mahkamova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Turizm va madaniy meros vazirligi
(A. Abduxakimov),
Sportni rivojlantirish vazirligi
(A. Ikramov),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
Davlat soliq qoʻmitasi
(Sh. Kudbiyev)
3.
Markazlar tomonidan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablariga yuridik xizmat koʻrsatishni tashkil etish.
1. Davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda zaruratga koʻra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash.
2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.
3. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan maktablarda “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul taʼminlash.
4. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan maktablarning masʼul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish boʻyicha joylarda seminarlar tashkil etish.
2022-yil aprel — dekabr
Xalq taʼlimi vazirligi
(B. Saidov),
“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
4.
Markazlar tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatishni tashkil etish.
1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda zaruratga koʻra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash.
2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.
3. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul taʼminlash.
4. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining masʼul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish boʻyicha joylarda seminarlar tashkil etish.
2023-yil yanvar — dekabr
Maktabgacha taʼlim vazirligi
(A. Shin)
“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
5.
Markazlar tomonidan davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat koʻrsatishni tashkil etish.
1. Davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda zaruratga koʻra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash.
2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarning rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.
3. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul taʼminlash.
4. Yuridik xizmat koʻrsatish belgilanayotgan koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarning masʼul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish boʻyicha joylarda seminarlar tashkil etish.
2023-yil yanvar — dekabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(B. Musayev),
“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
6.
“E-huquqshunos” elektron tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. “E-huquqshunos” elektron tizimida ish yuritish boʻyicha texnik va huquqiy savollarga javob berish maqsadida “Call-markaz” tashkil etish.
2022-yil 1-mayga qadar
“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
2. “Call-markaz”ga kelib tushgan savollarga zudlik bilan malakali javob berilishini taʼminlash hamda “E-huquqshunos” elektron tizimini takomillashtirish boʻyicha kelib tushgan takliflar asosida elektron tizimni doimiy takomillashtirib borish.
Doimiy
7.
Markazlar faoliyati kengaytirilishi toʻgʻrisida jamoatchilikka yetkazish maqsadida keng targʻibot tadbirlari?i oʻtkazish.
1. Targʻibot tadbirlari reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2022-yil aprel
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
OʻzMTRK
(A. Xadjayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev)
2. Televideniyeda Markazlar faoliyati boʻyicha koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish, Markazlar faoliyatini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.
2022-2023-yillar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
“Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan maʼmuriy javobgarlik va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga 3-ILOVA
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining
ROʻYXATI
T/r
Davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlari nomi
1.
Moliya boʻlimi
2.
Xalq taʼlimi boʻlimi
3.
Maktabgacha taʼlim boʻlimi
4.
Madaniyat boʻlimi
5.
Tibbiyot birlashmasi
6.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi
7.
Davlat oʻrmon xoʻjaligi
8.
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi
9.
Obodonlashtirish boshqarmasi
10.
Irrigatsiya boʻlimi
11.
Qurilish boʻlimi
12.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi
13.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi
a) 1-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy adliya organlari) huzurida” soʻzlari “tuman (shahar) adliya boʻlimlari tuzilmasi va boʻysunuvida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “hududiy adliya organlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy adliya organlari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi, bundan maʼmuriy javobgarlik va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno”;
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish”;
e) 14-bandning 5-kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish sohasida”.