O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar bajarildi. Xususan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini raqamlashtirish orqali ularning ochiqligi va shaffofligi ta’minlanib, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinmaganligi sababli dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyatlar haqida xabarlarni ko‘rib chiqish va jinoyat ishlarini yuritishda ma’lumotlar almashinuvi samarali yo‘lga qo‘yilmasdan, qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda.
Jinoyatni tezkor va to‘liq fosh etish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish imkoniyatining mavjud emasligi dastlabki tergov organlari faoliyatida protsessual muddatlar buzilishiga olib kelib, ish bo‘yicha isbotlanishi talab qilinadigan holatlar qisqa muddatda va har tomonlama tekshirib chiqilishiga to‘siq bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-son hamda 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, tergov faoliyatini yanada raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish jarayonida yagona elektron hujjat almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Yagona tergov axborot tizimi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyatlarga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta’minlash uchun davlat organlari hamda tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish;
surishtiruvchi va tergovchilarning qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari hamda boshqa xabarnomalarini tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish, shuningdek, ularga javoblarni mazkur tarzda qabul qilish;
jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralarini ko‘rish va uning samaradorligini oshirish maqsadida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mol-mulkini xatlash, shuningdek, qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida amalga oshirish.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Yagona tergov axborot tizimi orqali ishni sudga qadar yuritish masalalarida elektron hujjat almashish Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Milliy gvardiyaning surishtiruv va tergov organlari (keyingi o‘rinlarda — surishtiruv va tergov organlari) tomonidan amalga oshiriladi;
Yagona tergov axborot tizimining boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun Bosh prokuratura mas’ul hisoblanadi;
Yagona tergov axborot tizimi Bosh prokuraturaning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlarida saqlanadi.
3. “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — hamkorlik qiluvchi tashkilotlar) ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga Yagona tergov axborot tizimi doirasida hamkorlik qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda kengaytirish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki, surishtiruv va tergov organlari hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi jinoyatlarga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, jinoyatlarni tergov qilish masalalari bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik quyidagi talablarga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi:
mavjud ma’lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta’minlash hamda axborot xavfsizligi talablariga javob beruvchi maxsus aloqa kanalidan foydalanish;
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish yoki ularning ma’lumotlar bazalarini Yagona tergov axborot tizimida takrorlash va muntazam yangilab borish yoxud hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlarini Yagona tergov axborot tizimi bilan integratsiya qilish;
Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar va loyiha-texnik hujjatlar (texnologik yo‘riqnoma) talablariga amal qilish.
Bunda, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar surishtiruv yoki tergov organlariga surishtiruvchi yoxud tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
5. Quyidagilar:
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshirish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda:
elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar tuzilishini va zarur loyiha-texnik hujjatlar (texnologik yo‘riqnoma) ishlab chiqilishini;
elektron hamkorlik qilish doirasida ishlab chiqiladigan loyiha-texnik hujjatlarning vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazilishini;
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro integratsiya qilinishini hisobga olgan holda Yagona tergov axborot tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin.
7. Belgilansinki:
Yagona tergov axborot tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi mavjud ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining elektron so‘rovi bo‘yicha bepul asosda taqdim etiladi;
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish hamda Yagona tergov axborot tizimidagi veb-xizmatlarni yaratish surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mavjud axborot tizimlarini Yagona tergov axborot tizimiga integratsiya qilishga sarflanadigan xarajatlar ushbu tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
hamkorlik qiluvchi tashkilotlar tomonidan Yagona tergov axborot tizimi texnologik yo‘riqnomasining o‘zgarishiga olib keladigan har qanday takomillashtirish Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi hamda Yagona tergov axborot tizimiga integratsiya qilinishi shart;
surishtiruv va tergov faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish, o‘z xodimlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash tegishli vazirlik va idoralar hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda — Byuro) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi bilan hamkorlikda 2022-yil 1-maydan Yagona tergov axborot tizimining sinov versiyasini, 2022-yil 1-avgustdan to‘liq versiyasini ishga tushirsin;
Yagona tergov axborot tizimini joriy etish jarayonida hamkorlik qiluvchi tashkilotlar axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish masalalarini hal etishda tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga to‘liq rioya qilinishini ta’minlasin;
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Yagona tergov axborot tizimini, shu jumladan Ichki ishlar vazirligining buyurtmasi asosida boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqish Byuro bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi;
b) Markaz tomonidan bajarilgan ishlar uchun shartnomaga muvofiq o‘tkazilgan mablag‘lar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasida jamlanadi, ushbu mablag‘lar bo‘yicha alohida hisob yuritiladi va faqat quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
Yagona tergov axborot tizimini ishlab chiqishga jalb etilgan xodim-mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirishga;
boshqa mutaxassislarni (dasturchilar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari xavfsizligi, avtomatlashtirilgan tizimlarda ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislar, kompyuter muhandislari, veb-dizaynerlar va boshqalar) shartnomaviy-huquqiy asosda jalb etishga.
10. Yagona tergov axborot tizimini surishtiruv va tergov organlari faoliyatiga joriy etish va uni takomillashtirish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:
surishtiruv va tergov organlari xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari negizida tashkil etiladi;
surishtiruv va tergov organlarining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni davlat organlari va tashkilotlar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda Markaz tomonidan ta’minlanadi;
surishtiruv va tergov organlari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar keyingi yil uchun surishtiruv va tergov organlari xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etishning tarmoq jadvallari hududlar kesimida tasdiqlanadi.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsan javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B. Valiyev va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari N.S. Turaxodjayev belgilansin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-yanvar,
PQ-105-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qaroriga
1-ILOVA
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

6.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

11.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

15.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi

17.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

19.

“O‘zarxiv” agentligi

21.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

22.

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DK

23.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ

24.

“O‘zbekneftgaz” AJ

25.

“Hududgazta’minot” AJ

26.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

27.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

28.

Banklar

29.

Mobil aloqa operatorlari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qaroriga
2-ILOVA
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini yaratish hamda davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Yagona tergov axborot tizimi) yaratish hamda integratsiya qilish bo‘yicha ishlar qiymatini hisob-kitobi qilish to‘g‘risida hujjatni tasdiqlash.

Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

2022-yil fevral

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos)

2.

Yagona tergov axborot tizimini yaratish.

1. Shartnoma tuzish.

2022-yil mart

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Majburiy ijro byurosining AKTni joriy etish markazi Majburiy ijro byurosining AKTni joriy etish markazi

2. Yagona tergov axborot tizimini yaratish bo‘yicha konsepsiya va texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. Yagona tergov axborot tizimining sinov versiyasini ishlab chiqib, ishga tushirish.

2022-yil may

4. Yagona tergov axborot tizimining to‘liq versiyasini ishga tushirish.

2022-yil avgust

3.

Yagona tergov axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Tasdiqlangan texnologik yo‘riqnomalar asosida veb-servislarni ishlab chiqish.

2022-yil aprel — iyul

Majburiy ijro byurosining AKTni joriy etish markazi

4.

Ko‘chmas mulkni, intellektual mulkni va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berishga taqiq qo‘yish, mol-mulkni xatlash, shuningdek, taqiqni (xatlovni) bekor qilish haqidagi ma’lumotlarni surishtiruvchi va tergovchi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish mexanizmini joriy etish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Adliya vazirligi

(X. Meliyev)

5.

Surishtiruv va tergov organlari hamda Adliya vazirligining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash, xususan:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi;

nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi;

nikohdan ajratilganligi to‘g‘risidagi;

o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Adliya vazirligi

6.

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda sud-ekspertiza muassasalari bilan sud ekspertizasini o‘tkazishga so‘rov yuborish, ekspertni surishtiruv yoki tergovga chaqirtirish, ekspert xulosalarini va sud ekspertlarining qo‘shimcha yoki boshqa zarur ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini qabul qilish imkonini beruvchi o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvini joriy etish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Adliya vazirligi

(X. Meliyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev)

7.

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan pochta aloqasi tarmog‘i orqali yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi bilan o‘zaro elektron hamkorlikni ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos),

“O‘zbekiston pochtasi” AJ

(A. Fayzullayev)

8.

Shaxslarning ish haqi, budjet oldidagi soliq qarzdorligi, mehnat staji, ishlagan tashkilotlari, shuningdek, yuridik shaxslardagi mavjud ish o‘rinlari soni haqidagi ma’lumotlarning surishtiruv va tergov organlari tomonidan elektron shaklda olinishini ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Davlat soliq qo‘mitasi

(M. Mirzayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

9.

Surishtiruv va tergov organlari hamda davlat arxivi o‘rtasida arxivda saqlanayotgan hujjatlarni olishga so‘rov yuborish va hujjatlarni arxivdan olish qismi bo‘yicha elektron axborot almashinuvini ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

“O‘zarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov)

10.

Axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda surishtiruv va tergov organlari tomonidan ishni sudga qadar yuritish davomida jinoyat protsessi ishtirokchilarini xabardor qilish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida surishtiruvchi va tergovchining qarori yoki so‘roviga asosan so‘raladigan ma’lumotlarni (jumladan, shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan abonent raqamlari va abonent qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar) almashishning elektron shaklini joriy etish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

mobil aloqa operatorlari

11.

Surishtiruv va tergov organlariga ishni sudga qadar yuritish jarayoni ishtirokchisi haqida quyidagi ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish:

pensiya va nafaqalar olish;

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida mavjudligi (kam ta’minlangan);

shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Pensiya jamg‘armasi

(A. Xaydarov),

AT “Xalq banki”

(Sh. Atabayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Moliya vazirligi

(O. Isakov)

12.

Surishtiruv va tergov organlariga protsess ishtirokchilarining issiqlik ta’minoti bo‘yicha mavjud qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(Q. Tursunov),

Toshkent shahar hokimligi

(S. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

13.

Surishtiruv va tergov organlariga protsess ishtirokchilarining suv ta’minoti, kanalizatsiya xizmati bo‘yicha mavjud qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

“O‘zsuvta’minot” AJ

(S. Saifnazarov),

Toshkent shahar hokimligi

(S. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

14.

Surishtiruv va tergov organlariga protsess ishtirokchilarining gaz va elektr energiyasi ta’minoti xizmatlari bo‘yicha mavjud qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

“Hududgazta’minot” AJ

(B. Eshmuratov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(U. Mustafoyev),

“O‘zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

15.

Surishtiruv va tergov organlariga ko‘chmas mulk obyektlari, ularning mulkdorlari va egalik tarixi haqidagi ma’lumotlarni Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

16.

O‘zbekiston Respublikasining tumanlari kesimida korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integratsiya yo‘li bilan olishni tashkil etish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Z. Ziyayev)

17.

Yagona tergov axborot tizimining Ochiq ma’lumotlar portali bilan statistik ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha elektron hamkorligini tashkil etish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Z. Ziyayev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos)

18.

Surishtiruv va tergov organlariga jismoniy shaxsning (16 yoshga to‘lgan va JSHSHIRga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar) narkologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi haqidagi ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B.Musayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

19.

Surishtiruv va tergov organlariga jismoniy shaxsning (16 yoshga to‘lgan va JSHSHIRga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar) psixonevrologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi haqidagi ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

20.

Yagona tergov axborot tizimini Oliy sudning “E-XSUD” axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali jinoyat ishlarini sudlarda ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ma’lumotlar, shu jumladan sud qarorlarini (hukm, qaror, ajrim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron ko‘rinishda olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Oliy sud

(I. Muslimov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

21.

Yagona tergov axborot tizimining Ichki ishlar vazirligining “Sudlangan shaxslarni hisobga olish va ularga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari” tizimi bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, R. Tursunov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

22.

Yagona tergov axborot tizimi va Ichki ishlar vazirligining “Markazlashgan probatsiya elektron tizimi”ning o‘zaro hamkorligini ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, B. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

23.

Yagona tergov axborot tizimi orqali surishtiruv va tergov organlariga muqaddam sudlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni onlayn olish imkonini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

24.

Yagona tergov axborot tizimini unda ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratgan holda Ichki ishlar vazirligining “Manzil”, “E-Fuqaro” va Davlat personallashtirish markazining “Jismoniy shaxslar” axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

25.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarida va tergov organlarining shaxsiy qabullarida bevosita joriy joylashuv joyidan ishtirok etishini ta’minlash maqsadida surishtiruv va tergov organlari hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida videokonferensaloqa terminallarini bog‘lash.

1. Texnik loyihani ishlab chiqish.

2. Sozlash va ishga tushirish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, R. Tursunov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

26.

Surishtiruv va tergov organlariga xorijiy valyutalarning kursi va yuridik shaxslarning hisobvaraqlari holati haqida onlayn ma’lumot olish imkonini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Markaziy bank

(I. Abdugafarov),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

27.

Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar, shuningdek, ayblanuvchilarga tanlangan garov tarzidagi ehtiyot chorasi yuzasidan to‘lovlarni to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil aprel — iyul

Moliya vazirligi

(O. Isakov),

Markaziy bank

(I. Abdugafarov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

28.

Tergov jarayoni ishtirokchilarining haydovchilik guvohnomasi, avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma, shuningdek, transport vositalari va ularning texnik holati haqidagi ma’lumotlarni surishtiruv va tergov organlari tomonidan onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, B. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos)

29.

Davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish, investitsiya masalalari va bankrotlik bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish doirasida surishtiruv va tergov organlari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

30.

Ish qidirayotgan va ishsiz maqomiga ega shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni surishtiruv va tergov organlari tomonidan onlayn olishni ta’minlash.

1. Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

Izoh:
1. Axborot va ma’lumotlar almashinuvi idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Barcha texnologik yo‘riqnomalar konsepsiya va texnik topshiriq asosida ishlab chiqiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qaroriga
3-ILOVA
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshirish
SXEMASI

Surishtiruv va tergov organi

“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi

So‘rovnoma

Taqdimnoma

Qaror

Bayonnoma

Xat

Ma’lumotnoma

Xabarnoma

Topshiriq

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan elektron shakldagi hujjatni (so‘rovni) tizim orqali yuborish

Hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

Vazirlik, qo‘mita, agentlik va boshqa davlat tashkilotlari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Aksiyadorlik jamiyatlari

Banklar

Mobil aloqa operatorlari

 

Hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan elektron shakldagi so‘rovni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash

Hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlarning axborot tizimi orqali onlayn ravishda “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimiga elektron shakldagi javobni jo‘natish

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan javobni elektron shaklda qabul qilish

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 07/22/105/0079-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)