Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qaroriga
6-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini institutsional va huquqiy jihatdan takomillashtirish | |||||
1. | Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi kodeksi loyihasi. Loyihada: ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish; atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va taʼsirini tubdan oshirish; bioxilmaxillikni asrash, tiklash va koʻpaytirishning aniq mexanizmlari va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish; atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari; ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan “yashil iqtisodiyotni” ragʻbatlantirish choralari; ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil noyabr | Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika taʼminotini qaytadan koʻrib chiqish, sohaga axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq etish boʻyicha masalalar nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil aprel | Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda jarayonlarning tabiiy kechishi monitoringini yuritish, infratuzilmasini shakllantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishning yagona metodikasini ishlab chiqish. | Davlat ekologiya qoʻmitasi qarori loyihasi. Loyihada: qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish tartibini shakllantirish, mazkur tartibda olingan maʼlumotlarni tahlil qilish, mahalliy va respublika darajasida hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash; qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda monitoring oʻtkazish tartibini shakllantirish; tabiiy majmualar monitoringi maʼlumotlarini bioxilmaxillikning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish, hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash boʻyicha barcha davlat organlari, muassasalari va yuridik shaxslar uchun yagona boʻlgan tartibni belgilash nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil iyun | Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlarida samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil may | Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Yoshlarda ekologik bilim va koʻnikmalarni ragʻbatlantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faol ekolog oʻquvchilarni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faol ekolog oʻquvchilarni ochiq va shaffof usulda tanlash; ekologik sanalarga qadar faol ekolog oʻquvchilar orasidan tanlov gʻoliblarini aniqlash; tanlov gʻoliblarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish. | Mahalliy budjet mablagʻlari | doimiy | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha | |||||
6. | Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil aprel | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Xalqaro Toza suv va salomatlik Jeneva protokoliga (2000-yil) aʼzo boʻlib kirish masalasini koʻrib chiqish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil may | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻgʻrisidagi konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva sh.) va uning asosiy protokollariga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil iyun | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Qushlarning migratsiyasida va yashash joylari sifatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan Sudochye va Jaltirbas koʻllarini Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (Ramsar konvensiyasi) roʻyxatiga kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil sentabr | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Oʻzbekiston Respublikasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kotibiyati bilan uchinchi yigʻilishni oʻzbek tomoni raisligida tashkil etishni kelishish; uchinchi yigʻilish kun tartibi, dasturi va boshqa tashkiliy masalalarini ishlab chiqish. | Hisob-kitoblarga asosan | 2022-yil iyun | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boʻyicha | |||||
11. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufida boʻlgan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻini (2426,2 ga) shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada: Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻini qabul qilish — topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiya tuzish; topshiriladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻining obyektlari, moddiy-texnik boyliklari va boshqa mulklarini xatlovdan oʻtkazish; “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi — topshirilishini taʼminlash. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil may | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
12. | Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 423 bosh Buxoro bugʻulari uchun yashash sharoitlarini yaxshilash. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda, biosfera rezervatining Baday-toʻqay boʻlimida daraxtlarni qurib qolishidan saqlash uchun 3 km uzunlikda kanal barpo qilish va Amudaryo daryosidan suv chiqarish uchun SNP-500 elektr nasosini oʻrnatish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti mablagʻlari | 2022-yil iyun | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
13. | Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlaridan foydalanishni taqiqlovchi va cheklovchi talablarni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi 290-son qarorida belgilangan talablarni oʻzgartirish nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil iyun | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar Akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish sohasida | |||||
14. | Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qilish orqali takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: beshta xavf-xatar toifasi tizimi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish; ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni moliyaviy ragʻbatlantirish; sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash; oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish; tibbiyot chiqindilarini yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil avgust | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar |
15. | Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi va sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida unitar korxona shaklida Sanitar tozalash boʻyicha respublika markazi va uning hududiy filiallarini tashkil etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi. Loyihada Sanitar tozalash boʻyicha respublika markazi va uning filiallarini moliyalashtirish manbalari, asosiy vazifalari hamda faoliyatini tartibga solish boʻyicha normalar nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil may | Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha yangi kasblarni (eko-tahlilchi, eko-auditor, ekolog-logist va boshqa) joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, xorijiy mamlakatlarning tajribasini puxta tahlil qilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha yangi kasblarni joriy etish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil avgust | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi |
17. | Tabiiy noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada tabiiy noruda materiallarini noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil iyul | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Kadastr agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, hududlarda hosil boʻladigan xavfli tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish boʻyicha joylardagi haqiqiy holatni oʻrganish, ushbu yoʻnalishda infratuzilmani rivojlantirish, markazlashgan tizim joriy etish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil may | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
21. | Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning tegishli mutaxassislarini ekologiya va atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning oldini olish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasini oʻrganish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning xodimlariga malaka oshirish kurslarini joriy qilishning maʼmuriy va huquqiy asoslari oʻrganilib chiqish hamda asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil aprel | Davlat ekologiya qoʻmitasi |
22. | Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini sezilarli darajada kamaytirish, avtotransport vositalari harakatlanishi uchun yoqilgʻi sarfini maqbullashtirish maqsadida tajriba sinov tariqasida elektromobillar foydalanish amaliyotini joriy etish va ularni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: tajriba sinov tariqasida Davlat ekologiya qoʻmitasi va hududiy tarkibiy boʻlinmalari uchun avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlariga muvofiq ajratilgan xizmat avtomobillarining 20 foizigacha boʻlgan qismini elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalariga almashtirish hamda ular uchun elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish; | Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2022-2023-yillar davomida | Davlat ekologiya qoʻmitasi |
tajriba sinov natijalarini tanqidiy tahlil qilgan holda xizmat avtomobillarini toʻliq elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalariga almashtirish boʻyicha asoslantirilgan taklif kiritish. | 2023-yil noyabr | ||||
23. | Qizilmiya, kavrak (qizil kitobga kiritilmagan turlari), kovul va boshqa dorivor oʻsimliklar yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, poʻstlogʻi, barglari, gʻunchalari, gullari, urugʻlari, mevalari, sharbati (yelimi) va boshqa mahsulotlarini oʻzboshimchalik bilan yigʻish uchun javobgarlik masalasini oʻrganish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Bunda, huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil aprel | Davlat ekologiya qoʻmitasi |
24. | “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini joylashtirish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda, yer uchastkalari belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasiga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish choralari koʻriladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil mart | Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
V. Atmosfera havosini, suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻyicha | |||||
25. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga oʻtkazish boʻyicha tashkiliy va huquqiy mexanizmlar nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil aprel | Davlat geologiya qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
26. | Tajriba tariqasida atrof-muhitga taʼsir xavfi yuqori boʻlgan 2 ta korxonaning atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarida namunalar olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar oʻrnatish. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda, I-toifaga mansub korxonalarda tanlov asosida 2 dona avtomatik stansiyalar oʻrnatish, ularni yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish va amalga oshirilgan ishlar natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari | 2022-yil dekabr | Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
27. | Atmosfera havosiga transport vositalaridan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tashkil etish choralarini koʻrish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishni kengaytirish; “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mahsulotlarini loyihalashtirganlik, ishlab chiqarganlik va moliyalashtirganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini koʻrish nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil oktabr | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
28. | Respublika boʻyicha 50 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy koʻllar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash ishlarini bosqichma-bosqich yakuniga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha 2022-yilda 12 ta, 2023-yilda 10 ta, 2024-yilda 10 ta, 2025-yilda 10 ta, 2026-yilda 8 ta suv obyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; suv havzalarining suvni muhofaza zonalari va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish. | Mahalliy budjet mablagʻlari | 2022 — 2026-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
VI. Ekologik fojialarni bartaraf etish boʻyicha | |||||
29. | Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tabiiy koʻllar barqaror ushlab turilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar. Bunda, Moʻynoq, Qoʻngʻirot va Taxtakoʻpir tumanlaridagi koʻllar tizimini qoʻshimcha suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | Mahalliy budjet mablagʻlari | 2022-2023-yillar | Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi suv hajmining kamayishi kuzatilayotganligini inobatga olib, suv sathining 245 m koʻrsatkich nuqtasida barqaror ushlab turilishini taʼminlash. | Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi. Loyihada: Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga qoʻshimcha suv oqimi bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Idoralararo Hukumat ishchi komissiyasini tuzish; Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi bilan bogʻliq holatni joyiga chiqqan holda oʻrganib, oqibatlarini tahlil qilish va ularni oldini olish boʻyicha taklif kiritish nazarda tutiladi. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil aprel | Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
31. | Hududlarning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, toʻplanib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish, kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar dasturi. Bunda: manfaatdor tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzish; hududdagi toʻplanib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish; kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarni oldini olish boʻyicha dastur loyihasini shakllantirish; hududlarning dastur loyihalarini umumlashtirilgan holda respublika boʻyicha umumiy dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2022-yil iyun | Davlat ekologiya qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |