|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.04.2004
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON DAVLAT TRANSPORT QURILIShI KORXONALARI UYuShMASI (“O‘ZBEKTRANSQURILISh”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-apreldagi 202-son “O‘zbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“O‘zbektransqurilish”)ni tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining transport qurilishi korxonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq hamda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida transport qurilishining montaj va maxsus qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-texnologik, sanoat va boshqa korxonalari va tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur tashkiliy v iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Belgilansinki, O‘zbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“O‘zbektransqurilish”):
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda uyushmaning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan ustaviga amal qiladi;
subpudrat va to‘g‘ridan to‘g‘rituzilgan shartnomalar asosida qurilayotgan va qayta qurilayotgan inshootlarda qurilish, ishga tushirish va sozlash ishlarini olib boradi, maxsus qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarishni va yetkazib berishni hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.
2.Uyushma tarkibiga kiradigan korxona va tashkilotlar ilovaga* muvofiq o‘z xo‘jalik mustaqilliklarini saqlab qoladilar va yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladilar.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. “O‘zbektransqurilish” uyushmasini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u Boshqaruvni saylaydi, apparat tuzilmasini va uning xodimlariga ish haqi to‘lash shartlarini belgilaydi. Xodimlarning eng ko‘p soni 26 nafar qilib tasdiqlansin.
Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Uyushma va Boshqaruv raisining uch nafar rais o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishi tavsiya etilsin.
Uyushma raisiga va uning o‘rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli xodimlari uchun belgilangan moddiy-maishiy ta’minot va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari joriy etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
“O‘rtaosiyoqurilishmexanizatsiya” aksionerlik jamiyatining Ustav fondiga kirgan O‘zbekiston Respublikasi mulki doirasida jamiyatning muassislaridan biri bo‘lib ishtirok etsin;
O‘zbektransqurilish uyushmasi bilan birgalikda aniqlashtirilgan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash uchun Rossiya Federatsiyasi Davlat mulki qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ishtirokida “O‘rtaosiyoquriltishmexanizatsiya” aksionerlik jamiyati aksionerlarining umumiy majlisini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. “O‘zbektransqurilish” uyushmasi:
trestlar bilan hamkorlikda trest tarkibiga kiradigan va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bo‘linmalarni tezkor boshqarishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika bo‘linmalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturini va ularning obyektlar bo‘yicha ro‘yxatini ishlab chiqsin;
20 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun uyushma Ustavini taqdim etsin.
6. “O‘zshartnomasavdo” va respublikaning boshqa savdota’minot tashkilotlari uyushma korxonalari va tashkilotlarining rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun belgilangan tartibda kvotalar bo‘yicha beriladigan moddiy resurslarni ajratishni nazarda tutsinlar, ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish uchun ta’minotchilar bilan xo‘jalik aloqalarini mustahkamlashga yordam bersinlar.
7. “O‘zbektransqurilish” uyushmasi apparati quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahar, Oxunboboyev ko‘chasi, 34-uy.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq K N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil mart oyida ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 8-fevral,
65-son