|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.05.1996
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA MONOPOLIYAGA QARShI SIYOSAT OLIB BORISh BOʻYIChA VAZIFALARNI YuKLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-may 188-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalda roʻyobga chiqarishni taʼminlash, oʻzaro bogʻliq moliyaviy, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini olib borish, raqobat muhitini vujudga keltirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish vazifalari yuklatilsin.
Shu munosabat bilan Moliya vazirligining Narx belgilash bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish bosh boshqarmasiga aylantirilsin, uning xodimlarining cheklangan soni 20 nafarga koʻpaytirilsin.
2. Quyidagilar Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona monopoliyaga qarshi va narx siyosatini shakllantirish va olib borish ishlarini muvofiqlashtirish, isteʼmolchilarni monopolizm va gʻirrom raqobatdan narxlar va tariflarning asoslanmagan oʻsishidan ijtimoiy himoya qilishning barqaror negizini yaratish;
monopoliyaga qarshi va narx qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
parallel ishlab chiqarishlarning monopolistik tarmoqlarda va muomala sohasidagi faoliyatini ragʻbatlantirish, koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, erkin raqobatni qoʻllab-quvvatlash va bozor infrastrukturalarini rivojlantirish, monopolist korxonalarning narxlarini tartibga solish boʻyicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;
raqobatni cheklashga olib keluvchi, bozorning normal faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi, boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning manfaatlarini kamsituvchi, sunʼiy ravishda taqchillik yaratuvchi hamda ortiqcha monopol foyda daromad olishni taʼminlovchi ayrim xoʻjalik subyektlari faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrish;
xarid, ulgurji, chakana narxlar va tariflarni maʼmuriy tartibga solish sohasini bosqichma-bosqich qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari bilan birgalikda shartnomaviy erkin narxlar sohasini kengaytirish;
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, respublika korporatsiyalari, konsernlari uyushmalari, korxonalari va tashkilotlarining narxlari va tariflari asosli shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
respublika xalq xoʻjaligida erkin narx belgilash sohasini, hamdoʻstlik mamlakatlarida va jahon bozorida narxlarni tahlil qilish va operativ baho berish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi toʻgʻrisida” 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 3-ilovadagi “Narx belgilash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini olib borish bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “Narxnomalarni chiqaradigan va tarqatadigan xoʻjalik hisobidagi byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-fevral,
63-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan
OʻZGARIShLAR VA QOʻShIMChALAR
1. 2-bandning birinchi xatboshida “moliyaviy” soʻzidan keyin “monopoliyaga qarshi” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 6-bandning uchinchi xatboshida “valyuta” soʻzidan keyin “monopoliyaga qarshi” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 8-bandning:
ikkinchi xatboshida “soliq” soʻzidan keyin “monopoliyaga qarshi” soʻzlari yozilsin;
sakkizinchi xatboshida “soliq solish” soʻzlaridan keyin “monopoliyaga qarshi siyosat” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi xatboshida “soliqlar” soʻzidan keyin “monopoliyaga qarshi siyosat” soʻzlari yozilsin.
4. 9-bandning:
toʻqqizinchi xatboshida “masalalari boʻyicha” soʻzlaridan keyin “monopoliyaga qarshi siyosat va” soʻzlari yozilsin;
oʻninchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ishlab chiqarishni va tovarlar muomalasi sohasini monopoliyadan chiqarish, parallel tuzilmalar tashkil etish ham shu jumlaga kiradi, shuningdek yuqori monopoliyalashgan xoʻjalik subyektlarini ajratish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
birlashgan bozorda xoʻjalik subyektlari tomonidan egalik qiluvchi holatni suisteʼmol qilishga va gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha MDHga aʼzo boʻlgan boshqa davlatlar bilan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, erishilgan bitimlarni roʻyobga chiqarish chora-tadbirlarini koʻradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda tashkiliy tuzilmalarning yangi turlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va ularning faoliyati masalalarini oʻrganadi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish chogʻida monopoliyaga qarshi ekspertiza oʻtkazadi;
oʻz materiallari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamiyatlar va isteʼmolchilar ittifoqlari, boshqa jamoat tashkilotlari va fuqarolarning arizalari, prokuratura, sud va xoʻjalik sudi materiallari asosida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining va narx belgilash tartibining buzilishi hollari boʻyicha ishlarni koʻrib chiqadi”.
5. 10-bandining:
ikkinchi xatboshida “narx belgilash boʻyicha materiallar” soʻzlaridan keyin “va monopoliyaga qarshi faoliyat” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn uchinchi xatboshida “masalalari boʻyicha” soʻzlaridan keyin “monopolistik faoliyat” soʻzlari yozilsin;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tasdiqlangan iqtisodiy asoslanmagan narxlar va tariflarni bekor qilish, shuningdek ular tomonidan monopoliyaga qarshi faoliyat boʻyicha qabul qilingan qarorlarni, agar ular amaldagi qonun hujjatlariga yoki belgilangan tartibga zid boʻlsa, bekor qilish”;
oxiridan ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda ikkita xatboshida bayon qilinsin:
“monopoliyaga qarshi qonunchilik va narx belgilash tartibi buzilgan hollarda xoʻjalik subyektlariga bajarilishi majburiy hisoblangan buzilishlarni toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash, asossiz olingan daromadni maxsus ochiladigan budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi” schyotiga oʻtkazish, xoʻjalik subyektlarini majburiy tartibda maydalashtirish, ajratish hamda bozorda xoʻjalik subyektlarining ustuvor mavqeini bartaraf etish bozorda xoʻjalik subyektlarining ustuvor mavqeini bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek xoʻjalik subyektlariga, boshqaruv organlariga va mansabdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartlarda va miqdorlarda jarimalar solish;
koʻrsatma bajarilmagan taqdirda tegishli ariza bilan sudga yoki xoʻjalik sudiga murojaat qilish. Sudning yoki xoʻjalik sudining qarori boʻyicha bozorda egalik qilish mavqei yoki gʻirrom raqobat natijasida xoʻjalik subyekti tomonidan olingan daromad hamda unga solingan jarima musodara qilinadi hamda budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi schyotiga oʻtkaziladi”.