Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha keng jamoatchilik bilan oʻtkazilgan muhokama natijalari ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgandan keyin koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 — 50 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan, mazkur bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 — 70 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq boʻlmagan narxda yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi. Bunda mazkur toifaga kiruvchi nogironligi boʻlgan bolalarga kvartiralar koʻp qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan koʻp kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli tuman (shahar)da koʻchmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan uy-joylar mavjud boʻlmaganda, uy-joylar koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan taʼminlanishi holati haqidagi har oyda yangilanadigan maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular ishlayotgan yoki taʼlim olayotgan hududda ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash tartibi joriy etilsin. Bunda:
mulk huquqi asosida uy-joy olish yoki ijara toʻlovlarini toʻlab berish yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi;
ijara toʻlovlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 yilgacha muddatga, biroq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar 30 yoshga kirgunga qadar toʻlanadi;
Toshkent shahrida ijara toʻlovlarining bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan qismi, viloyatlar markazlari va Nukus shahrida esa bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha hamda qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha boʻlgan qismi toʻlab beriladi.
Mazkur bandga muvofiq ijara toʻlovlari toʻlab berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulk huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish huquqisiz ajratiladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
bitta koʻp kvartirali uy-joyning har bir kirish yoʻlagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq, agar kirish yoʻlagida kvartiralarning soni 10 tadan ortiq boʻlsa har 10 ta kvartiraga bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar bundan mustasno);
ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun koʻp kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun alohida koʻp qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish);
koʻp kvartirali uylardagi turar joylarning mansarda va sokol qavatlaridan uy-joy xarid qilish;
v) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida ularga ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Bunda ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
3. Quyidagilar:
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyalar) namunaviy tarkibi 1a-ilovaga muvofiq;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar tuman (shahar) komissiyalarning vazifalari etib belgilansin:
hududiy boshqarmalar tomonidan xarid qilinadigan birlamchi va ikkilamchi uy-joylar boʻyicha xulosa berish;
xarid qilinishi rejalashtirilgan uy-joyni baholash uchun baholovchini aniqlash va tanlash;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat berish;
faoliyat yuritadigan hududda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani uy-joy bilan taʼminlash jarayonini monitoring qilish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
4. Uy-joylarga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish uchun:
2021-yilda talab etiladigan mablagʻlarning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, qolgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari va boshqa mablagʻlar hisobidan ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda mablagʻlar rejalashtiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yildan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni hisoblash uchun uy-joylarning bir kvadrat metrining eng yuqori narxi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan hududlar kesimida belgilanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
5. Respublika komissiyasi (A. Aripov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021-yil 1-dekabrga qadar mazkur qaror doirasida uy-joyga muhtoj 757 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agentlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
oʻn kun muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi takliflarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritilishini;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ajratilgan uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan (taʼmirlangan va jihozlangan) holda topshirilishini taʼminlasin.
7. Hisob palatasi (B. Turabov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning shakllanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlik:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning “onlayn-navbat” tizimini amaliyotga joriy etsin;
uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatining “onlayn-navbat” tizimiga kiritilishini va doimiy yangilanishini taʼminlasin;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga muhtojligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanishini yoʻlga qoʻysin.
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda joylashtiriladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;
vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan bir yilda kamida bir marotaba barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-tarbiya muassasalari) taqdimotlar oʻtkazadi. Bunda, mazkur taqdimotlar oʻtkazish metodikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi;
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va oʻzlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yoʻnalishlar boʻyicha kurslarida oʻqish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat oliy taʼlim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlovlari 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki, oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari boʻlgan, shuningdek vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolgʻiz ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalar hamda nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga toʻlganlar bundan mustasno) uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi. Bunda ushbu qoʻshimcha kvotalarning oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimoti Agentlik tomonidan belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
12. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
13. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlasin.
14. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab oʻquv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan:
Agentlik hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shakllantirgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida har yili amaliyot oʻtashi tashkil etiladi;
texnikum, kollej yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻz tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida kasb-hunarga oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi;
Agentlik va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning bandligi boʻyicha doimiy monitoring amalga oshiriladi;
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
b) “Har bir oila — tadbirkor” dasturida belgilangan mablagʻlar va tartiblar doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ularning biznes loyihalarida koʻzda tutilgan maqsadlarga kreditlar navbatga qoʻyilmagan holda ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) oʻquv-tarbiya muassasalari Yoshlar ishlari agentligi va Agentlik tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʻullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar toʻplamlari bilan oʻquv-tarbiya muassasalari Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
(14-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
15. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olayotgan va tarbiya qilayotgan oilalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
2021-yil 1-sentabrdan keyin nogironligi boʻlgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan toʻlovlar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorigacha yetkaziladi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada yoʻlga qoʻyilmagan jarrohlik amaliyotlari boʻyicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bogʻliq xarajatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan toʻliq miqdorda kompensatsiya qilinadi;
“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga 2 ta psixolog shtat birligi ajratiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat koʻrsatiladi.
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda:
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan toʻlanadigan davlat bojlari va mahalliy yigʻimlarga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash yuzasidan takliflarni;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi bolalar akademik litsey va oliy taʼlim muassasalariga kirganda, ularning mazkur pensiyani olish huquqini akademik litsey va oliy taʼlim muassasalarida oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlgunga qadar saqlab qolish;
oʻquv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy yordam berish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan xayriya yordami tarzida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaralishini belgilashni;
mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni.
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
18. Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev, xalq taʼlimi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-avgust,
PQ-5216-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
1-ILOVA

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Komissiya raisi

2.

M.P. Olloyorov

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

5.

S.M. Raxmonova

Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani)

6.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

7.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

8.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

11.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

12.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
1a-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozim boʻyicha

tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi

2.

Lavozim boʻyicha

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozim boʻyicha

tuman (shahar) prokurori

4.

Lavozim boʻyicha

tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozim boʻyicha

tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozim boʻyicha

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali boshligʻi

7.

Lavozim boʻyicha

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼul xodimi, Komissiya kotibi

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
2-ILOVA
2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli
PARAMETRLARI*

mln soʻm

T/r

Hududlar

Uy-joylarning soni

(birlik)

Xarajatlarning hisoblangan qiymati

shundan

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalaridan

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

33

5 148

2 574

2 574

2.

Andijon viloyati

30

4 680

2 340

2 340

3.

Buxoro viloyati

26

4 056

2 028

2 028

4.

Jizzax viloyati

17

2 652

1 326

1 326

5.

Qashqadaryo viloyati

16

2 496

1 248

1 248

6.

Navoiy viloyati

91

14 196

7 098

7 098

7.

Namangan viloyati

44

6 864

3 432

3 432

8.

Samarqand viloyati

99

15 444

7 722

7 722

9.

Surxondaryo viloyati

13

2 028

1 014

1 014

10.

Sirdaryo viloyati

39

6 084

3 042

3 042

11.

Toshkent viloyati

100

15 600

7 800

7 800

12.

Fargʻona viloyati

26

4 056

2 028

2 028

13.

Xorazm viloyati

50

7 800

3 900

3 900

14.

Toshkent shahar

173

29 583

14 792

14 792

Jami

757

120 687

60 344

60 344

* Uy-joylarning hisoblangan qiymatiga va uy-joylar soniga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, uy-joylarning hisoblangan qiymati boʻyicha Qurilish vazirligi va uy-joylar soni boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 07/21/5216/0783-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)