Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 11-maydagi 3161-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, komissiyaning asosiy vazifa va vakolatlari doirasida belgilangan ishlarning sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasinig 2020-yil 23-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 185-IV-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 226-modda) 1-ilovasiga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob komissiyasining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyun,
1016-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 8-iyundagi 1016-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi
TARKIBI

Komissiya raisi:

Gapporov Xayrillo Lutpillayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi (Ekologik partiya fraksiyasi)

Komissiya aʼzolari:

Mamutov Ravshan Aminaddinovich

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi (OʻzLiDeP fraksiyasi)

Abdiyev Gʻayrat Ergashevich

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi (OʻzLiDeP fraksiyasi)

Xamrayev Alisher Shonazarovich

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi)

Xusanova Muxtabar Akbarovna

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi)

Abdiyeva Muzafara

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi (“Adolat” SDP fraksiyasi)

Imomova Dilorom Neʼmatovna

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi (XDP fraksiyasi)