Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoni, “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qaroriga muvofiq hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ushbu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qaroriga muvofiq:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi negizida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil qilinganligi hamda uning asosiy vazifalari belgilanganligi;
Institut yuridik shaxs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi;
Institutning joriy faoliyati, bino va inshootlardan foydalanish, xodimlar mehnatiga haq toʻlash (ilmiy xodimlardan tashqari) boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishi;
Institut faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar 2021-yilda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchun ajratilgan budjet ajratmalari doirasida moliyalashtirilishi, 2022-yildan esa Davlat budjetining xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda nazarda tutilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Institut:
ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi;
Institut direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bunda, Institut direktorining ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Institut tuzilmasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Institutning “Intellektual dasturiy tizimlar” qoʻshma laboratoriyasini (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma laboratoriya) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki:
qoʻshma laboratoriya Institutning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
qoʻshma laboratoriyaga Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 19-iyuldagi 603-son qarori bilan joriy etilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti umumiy rahbarlik qiladi va ishini muvofiqlashtiradi.
4. Quyidagilar:
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga, zarur hollarda, Institutning tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Institutga respublikadagi ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalarining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida amalga oshirayotgan ilmiy va oʻquv faoliyatiga, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali huzurida tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markaziga yaqindan koʻmaklashish hamda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklatilsin.
6. Quyidagilar Institutning ilmiy xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sunʼiy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan hisob raqami orqali ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Raqamli texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda ushbu jamgʻarmaning elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamidan ajratiladigan mablagʻlar;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Institut murojaatlariga koʻra xorijiy va xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga koʻmaklashsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda:
Institutning ustavini tasdiqlash hamda uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Institutni zarur telefon va hukumat aloqasi hamda Internet xizmatlari bilan taʼminlagan holda videokonferensiya, internet-forum va telekoʻprik tashkil etishda texnik yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
9. Institut Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani Boʻz-2 mavzesi 17-a uy manzilida operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
10. Institutga 2 ta, jumladan, 1 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-iyul,
475-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qaroriga
1-ILOVA
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI

Ilmiy kengash

Direktorning ilm-fan boʻyicha maslahatchisi — Ilmiy kengash raisi

Direktor

Yosh olimlar kengashi

Direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari

Ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari

Direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

I�miy kotib

“Algoritmik tizimlar” laboratoriyasi

2

Texnik hujjatlarni ishlab chiqish sektori

2

Bosh iqtisodchi

1

Buxgalteriya

2

Patentlash va shartnomalar sektori

2

Bosh yuriskonsult

1

“Intellektual dasturiy tizimlar” qoʻshma laboratoriyasi*

2

“Industrial intellektual tizimlar” laboratoriyasi

2

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Xalqaro aloqalar sektori

2

“Mexanik jarayonlarni raqamlashtirish” laboratoriyasi

2

“Timsollarni aniqlash” laboratoriyasi

2

Devonxona

1

Maxsus boʻlim

1

“Raqamli energetika” laboratoriyasi

2

“Nutq va matnlarga ishlov berish” laboratoriyasi

2

Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish boʻlimi

8

Biznes-inkubator va akselerator sektori

2

“Raqamli tibbiyot” laboratoriyasi

2

“Murakkab tizimlarni modellashtirish” laboratoriyasi

2

Dasturiy mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish sektori

2

Ilmiy jurnallar tahririyatlari**

“Big Data” laboratoriyasi

2

Texnik tizimlarda jarayonlarni raqamli loyihalash va boshqarish laboratoriyasi

2

“Biometrik tizimlar” laboratoriyasi

2

“Intellektual boshqarish tizimlari” laboratoriyasi

2

“Masofaviy zondlash” laboratoriyasi

2

“Aqlli tizimlar” laboratoriyasi

2

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda ilmiy xodimlardan tashqari) — 61 nafar.
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amaldagi normativlariga asosan aniqlanadi.
Ilmiy xodimlar bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari hajmiga qarab shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladi.
* Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Institutning qoʻshma laboratoriyasi hisoblanadi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qaroriga
2-ILOVA
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirish boʻyicha fundamental, amaliy tadqiqotlar olib borish hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

1.

Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda ilmiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish.

1. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohalarida dunyoda erishilgan ilmiy natijalarni tahlil qilish.

2021-yil avgust

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Sunʼiy intellekt sohasining rivojlanishidagi tendensiyalari boʻyicha tahliliy material tayyorlash.

2021-yil sentyabr

3. Tayyorlangan tahliliy material asosida institutning ilmiy dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil oktyabr

2.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik yoʻnalishlari boʻyicha, shuningdek mamlakatimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan, import oʻrnini bosuvchi, eksportbop dasturiy mahsulotlar va qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy tadqiqot loyihalarini tayyorlash va tanlovga taqdim etishni taʼminlash.

1. Sohalar boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.

2. Eʼlon qilingan loyihalarda ishtirok etish.

3. Loyihalarni bajarish.

2021-yil avgustdan boshlab doimiy

Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarga ajratiladigan mablagʻlar,

loyihalar buyurtmachilari mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (Institut)

3.

Qoʻshma alyans doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va uning natijalarini amaliyotga joriy etilishini tashkil etish.

1. Fundamental va amaliy yoʻnalishlarda dolzarb mavzulardagi loyihalarni Qoʻshma alyans ishtirokchilari bilan hamkorlikda shakllantirish.

har yili noyabr oyida

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining sunʼiy intellekt uchun moʻljallangan hisob raqami mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoʻshma alyans ishtirokchilari,

Institut

2. Shakllantirilgan loyihalar mavzularini Qoʻshma alyansda tahlil qilish va tanlash.

har yili dekabr oyida

3. Aniqlangan loyihalar mavzularini tasdiqlash uchun Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

har yili yanvar oyida

4. Loyihalardan ustuvorlarini aniqlash va moliyalashtirish uchun tegishli xulosalarni tayyorlash va moliyalashtirish.

belgilangan muddatlarda

Muvofiqlashtirish komissiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligi, bank, moliya, soliq, transport, energetika, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, elektron hukumat sohalarida amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish.

1. Tajriba-sinov loyihalarida sunʼiy intellekt sohasida ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni aniqlash.

2. Amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar tayyorlash.

3. Ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish.

2021-2022-yillar

Buyurtmachilar mablagʻlari

Institut, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oʻzbekiston Respublikasida sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasin ishlab chiqish.

1. Strategiya loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

ikki hafta muddatda

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Institut,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tahlil natijalari asosida sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish muammolari va istiqbollarini aniqlagan holda strategiya loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

3. Strategiya loyihasini xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda takomillashtirish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil sentyabr

4. Strategiya loyihasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

2021-yil noyabr

6.

Dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari texnologik parki bilan birgalikda elektron hukumat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, kommunal soha, aqlli shahar, qishloq xoʻjaligi sohalarida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha qoʻshma laboratoriyasini ochish.

1. Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash.

2. Hamkorlikda olib boriladigan tadqiqot yoʻnalishlarni belgilash.

2021-2022-yillar

-

Institut,
Dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari texnologik parki

II. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish

7.

Institut ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Oliy malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

1. Institut xodimlarining ilmiy salohiyatini aniqlab olish va ilmiy darajasiz xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

ikki hafta muddatda

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

2. Ilmiy darajasiz xodimlarga rahbar va mavzu biriktirish.

bir oy muddatda

3. PhD/DSc ilmiy darajalarini olish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

8.

Institutda sunʼiy intellekt sohasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish.

1. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt boʻyicha ixtisoslik ochish.

2021-2022-yillar

Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarga ajratiladigan mablagʻlar

Oliy attestatsiya komissiyasi

2. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt boʻyicha ixtisoslik uchun kvotalarni shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

3. Sunʼiy intellekt sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Institut

9.

Institut qoshida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashni tashkil etish.

1. Ilmiy Kengash tarkibini shakllantirish.

2021-yil avgust

-

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Institut,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Shakllantirilgan Ilmiy Kengashni tarkibini tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

3. Ilmiy Kengash faoliyatini tashkil etish.

2021-yil oktyabr

10.

Xorijiy mutaxassislarning ishtirokida sunʼiy intellekt yoʻnalishiga doir ilmiy-texnikaviy anjuman tashkil etish.

1. Axborot xatini yuborish va ishtirokchilarni jalb qilish.

2. Konferensiyaga material toʻplash va ilmiy ekspertizadan oʻtkazish.

3. Konferensiya materiallarining toʻplamini tayyorlash.

4. Konferensiyani tashkillashtirish va oʻtkazish.

2021-yil sentyabr-noyabr

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Institut

11.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali huzurida Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazini tashkil qilish.

1. Raq�mli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil avgust

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

2. Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazi tuzilmasi, ustavini tasdiqlash hamda malakali xodimlarni jalb qilish.

2021-yil sentyabr

3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialining yosh olimlari hamda talabalarini Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markaziga keng jalb qilib borish.

2021-yil oktyabrdan boshlab doimiy

III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish

12.

Institut bino va inshootlarini kapital taʼmirlash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash va zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Institut oldiga qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish uchun mavjud moddiy-texnik bazani hamda bino va inshootlarning texnik holatini oʻrganib chiqish.

2021-yil avgust

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Institut

2. Oʻrganish natijasida kapital taʼmirlash va zarur moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha xarajatlar smetalarini ishlab chiqish va taklif kiritish.

2021-yil sentyabr

3. Kapital taʼmirlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish.

2022-yil davomida

13.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining mavjud moddiy-texnika vositalarini Institut balansiga oʻtkazish.

1. Mavjud moddiy-texnik qurilmalar va jihozlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Moddiy-texnika vositalarining topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlash.

2021-yil avgust-sentyabr

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Institut

14.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Institutning “Intellektual dasturiy tizimlar” qoʻshma laboratoriyasini tashkil etish.

1. “Intellektual dasturiy tizimlar” qoʻshma laboratoriyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. “Intellektual dasturiy tizimlar” qoʻshma laboratoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish.

2021-yil avgust-sen�yabr

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Institut

IV. Xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish

15.

Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy usul va algoritmlarni joriy etish boʻyicha ilgʻor xorijiy innovatsion va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Institut olimlarining chet el institutlarida stajirovkalarini tashkil etish.

2. Ilgʻor chet el institutlari mutaxassislarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.

3. Institut xodimlari uchun maʼruza va seminarlar, mahorat darslari oʻtkazib borish

2021-2022-yillar mobaynida

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Institut,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

16.

Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy usul va algoritmlarni joriy etish boʻyicha N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti bilan hamkorlik qilish.

1. Laboratoriya olimlarining N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida stajirovkalari.

2. N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti mutaxassislarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.

3. Laboratoriya xodimlari uchun maʼruza va seminarlar, mahorat darslari oʻtkazish.

2021-yil yakuniga qadar

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xoʻjalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Institut

17.

Xorijiy nufuzli ilmiy markaz va oliy taʼlim muassasalariga maqsadli doktoranturada taʼlim olishini yoʻlga qoʻyish.

1. Doktoranturaga qabul qilishga tayyor boʻlgan xorijiy ilmiy muassasalarini aniqlash.

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining doktorantura taʼlim dasturlari ochiq stipendiya tanlovlarida ishtirok etish.

3. Ochiq stipendiya tanlovlarida gʻolib boʻlgan xodimlarni oʻrnatilgan tartibda doktoranturada oʻqishni tashkil etish.

2021-yil avgustdan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Institut,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

18.

Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt boʻyicha dunyoning yetakchi kompaniyalari va tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi, bank, moliya, soliq, transport, energetika, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, ijtimoiy va boshqa zarur sohalarda hamkorlik qilish.

1. Xorijiy yetakchi kompaniyalar va tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish.

2. Yetakchi xalqaro kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

3. Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.

2021-2022-yillar mobaynida

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xoʻjalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun texnologik sharoitlarni yaratuvchi;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 11-bandga quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;”;
yigirma birinchi xatboshi yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 12-bandning 4-kichik bandidagi “oʻsishini ragʻbatlantirishni” soʻzlaridan keyin “sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 13-bandning 4-kichik bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qiladi;”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi 622-son qarorida:
a) 1-ilova (Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi)ning 3-bandi “g” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisidagi “Internet buyumlar” soʻzlari “Buyumlar interneti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova (Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”)ning 14-bandidagi “Internet buyumlarni” soʻzlari “Buyumlar internetini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 599-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborotga qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ajratilgan yer uchastkasiga oid axborot kiradi, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari toʻgʻrisidagi shaxsiy identifikatsiyasiz maʼlumotlar bundan mustasno, ushbu axborotdan vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar foydalanadilar”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 19-iyuldagi 603-son qarorining 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va 10-bandlari hamda ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 679-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “telefon raqamlari” soʻzlaridan keyin “, masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID va boshqalar) uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash hamda boshqa maʼlumotlar asosida roʻyxatga olish” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 1-ilova (“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi arxitekturasi)ning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarori bilan tasdiqlangan “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buyumlar interneti — axborot jamiyati uchun belgilangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida (moddiy va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bogʻlash yoʻli bilan, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etilishi imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma;”;
b) 9-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “internet buyumlari” soʻzlari “buyumlar interneti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 21-bandning uchinchi xatboshisidagi “internet buyumlarini” soʻzlari “buyumlar internetini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 23-banddagi “internet buyumlari” soʻzlari “buyumlar interneti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)