1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Korporativ va budjet buyurtmachilarida davlat xaridi tizimini yanada takomillashtirish hamda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, ularning joriy ishlab chiqarish faoliyati uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. 2021-yil 5-iyuldan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar:
davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlar va davlat xaridlari natijalari toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portali hamda ommaviy axborot vositalarida joylashtiradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritadi;
davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlarini xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashi majlisida koʻrib chiqadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
b) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.
2. Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.
3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ va budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyatini nazorat qilish doirasida:
bir oy muddatda qiymati 1 million AQSH dollaridan yuqori boʻlgan shartnomalarni, shu jumladan import shartnomalarini xatlovdan oʻtkazib, maqbullashtirish choralarini koʻrsin. Bunda xatlov natijalariga koʻra, 30 foizdan kam boʻlgan hajmda bajarilgan va (yoki) 30 foizdan kam miqdorda toʻlov amalga oshirilgan shartnomalar boʻyicha xaridlar samaradorligini oshirish hamda ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
har oy yakuni bilan davlat buyurtmachilari rahbarlarining davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish boʻyicha hisobotlarini tanqidiy muhokama qilib borsin;
davlat xaridlarining ochiq va shaffof oʻtkazilishini, davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
4. Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Bosh vazir oʻrinbosari D.A. Kuchkarov va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro konsalting va audit kompaniyalarini jalb qilgan holda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
xarid jarayonlarini auditdan oʻtkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish (“forenzik”);
shartnomalar tuzish jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, narxlarni ekspertizadan oʻtkazish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini taʼminlash;
mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilarda xaridlar transformatsiyasi ofislarini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Moliya vazirligi (O.R. Isakov) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali oʻrtasida oʻzaro elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin;
yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlasin;
ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimini joriy etsin.
7. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Qudbiyev) davlat buyurtmachilari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
uch oy muddatda “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimining soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
hisobvaraq-fakturada tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) identifikatsiyalash kodlari Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga muvofiq aks ettirilishini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
8. Moliya vazirligi (O.R. Isakov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda davlat buyurtmachilarining xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan xodimlarning kasbiy mahoratini hamda davlat xaridlari sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha amaliy oʻquv kurslarini tashkil etsin.
9. Davlat buyurtmachilari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga davlat xaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3487-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
PQ-5171-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Geoltextaʼminot” DK
II. Budjet buyurtmachilari
25.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
26.
Suv xoʻjaligi vazirligi
27.
Xalq taʼlimi vazirligi
28.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
29.
Maktabgacha taʼlim vazirligi
30.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
31.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
Izoh:
1) mazkur roʻyxatga, zarur hollarda, Respublika komissiyasining qaroriga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin;
2) Respublika komissiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda korporativ va budjet buyurtmachilari tarkibidagi tashkilotlarning davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini nazorat qilishi mumkin;
3) kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan korporativ buyurtmachilarda davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallari, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlari xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ularning muassisi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi
Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari
N.T. Yoʻldoshev
—
Bosh prokuror
M.B. Nurmuratov
—
Markaziy bank raisi
O.M. Umarov
—
Bosh vazir maslahatchisi
B.T. Turabov
—
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari
T.A. Ishmetov
—
moliya vaziri
A.S. Sultanov
—
energetika vaziri
Sh.D. Kudbiyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi
M.B. Azimov
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
A.J. Ortiqov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
A.E. Burxanov
—
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
D.F. Raximov
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
D.Sh. Sultanov
—
moliya vaziri oʻrinbosari
B.K. Abdinazarov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari
M.A. Allaberganov
—
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori
O.R. Isakov
—
moliya vaziri oʻrinbosari, Komissiya kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1. Mazkur Nizom Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Respublika komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat buyurtmachilari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari
4. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat xaridlarining ochiq va shaffof oʻtkazilishini, davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining maqsadga muvofiqligini, davlat buyurtmachilari tomonidan boshlangʻich narxlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantirilishini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat kafolatisiz tashqi qarz mablagʻlari jalb qilinishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
davlat buyurtmachilarining qiymati 1 million AQSH dollaridan yuqori boʻlgan shartnomalarini, shu jumladan import shartnomalarini xatlovdan oʻtkazish, ularni maqbullashtirish choralarini koʻrish;
korporativ buyurtmachilar tomonidan tashqi qarz mablagʻlarining jalb qilinishi, ushbu mablagʻlar hisobidan loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish, shuningdek, ularning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib borish hamda tashqi qarz hajmlarini maqbullashtirish boʻyicha choralarni koʻrish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
davlat buyurtmachilari rahbarlarining davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish boʻyicha hisobotlarini muhokama qilish.
3-bob. Respublika komissiyasining huquq va majburiyatlari
5. Respublika komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklatilgan vazifalar yuzasidan tegishli tashkilotlardan zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
davlat xaridlari sohasidagi ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan Respublika komissiyasi ishchi organi hamda boshqa vazirlik va idoralarga koʻrsatmalar berish;
davlat xaridlarini amalga oshirish yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, 30 foizdan kam boʻlgan hajmda bajarilgan va (yoki) 30 foizdan kam miqdorda toʻlov amalga oshirilgan shartnomalar boʻyicha xaridlar samaradorligini oshirish hamda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
davlat buyurtmachilari rahbarlariga davlat xaridlari sohasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun intizomiy jazo choralarini belgilash.
6. Respublika komissiyasi kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga majburdir.
7. Respublika komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
4-bob. Respublika komissiyasi ishini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
8. Respublika komissiyasi qarorlari Respublika komissiyasining majlisida ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Respublika komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
9. Respublika komissiyasi majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda bayonnoma Respublika komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi va raisi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Respublika komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish Respublika komissiyasining ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Respublika komissiyasining ishchi organi vazifasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar Respublika komissiyasi ishchi organining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) xalqaro konsalting va audit kompaniyalarni jalb qilgan holda quyidagilar boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
xarid jarayonlarini auditdan oʻtkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish (“forenzik”);
shartnomalar tuzish jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, narxlarni ekspertizadan oʻtkazish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini taʼminlash;
korporativ buyurtmachilar uchun xaridlarni amalga oshirish tartiblarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
har bir korxonada xaridlar transformatsiyasi ofislarini tashkil qilish;
b) Respublika komissiyasi majlislarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan majlis materiallarini tayyorlash va tarqatish, zarur hujjatlarni saqlash;
v) Respublika komissiyasining qarorlari ijrosi nazorati va monitoringini tashkil etish;
g) vazirlik va idoralarning takliflari va maʼlumotlarini umumlashtirish hamda Respublika komissiyasiga kiritish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
d) davlat buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan hujjatlar yuzasidan vazirliklar va idoralarining xulosalarini olish hamda ekspertlar (ekspert tashkilotlari), konsalting kompaniyalari va boshqa mutaxassislarni jalb qilish;
e) korporativ buyurtmachilar tomonidan quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish hamda natijalari boʻyicha Respublika komissiyasiga maʼlumot kiritish:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlarni, davlat xaridlari natijalari toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portalida va ommaviy axborot vositalarida joylashtirib borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlarni va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritish;
davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlarini xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashlari majlisida koʻrib chiqish;
yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
qiymati 20 mln. AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan loyihalarga tashqi qarz mablagʻlarini jalb etishning maqsadga muvofiqligi hamda asoslantirilganligini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron tizimini joriy etish.
Respublika komissiyasi ishchi organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarini ham amalga oshirishi mumkin.
13. Respublika komissiyasi ishchi organi davlat buyurtmachilaridan quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin:
davlat xaridlari boʻyicha texnik topshiriq va xarid hujjatlari;
xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflar va ular bilan yozishmalarning nusxalari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
loyihaning tasdiqlangan texnik iqtisodiy asoslari, moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining xulosasi va shartnoma loyihasi;
moliyalashtirish manbai va uni asoslantiruvchi hujjatlar;
Kuzatuv kengashining xulosalari;
boshqa zarur hujjatlar va maʼlumotlar.
14. Respublika komissiyasi ishchi organi davlat buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan hujjatlar yuzasidan xulosalar olish uchun tegishli vazirliklar va idoralariga soʻrovnoma yuborishi mumkin.
15. Respublika komissiyasining ishchi organi soʻroviga koʻra davlat xaridlari bilan bogʻliq hujjatlar, maʼlumotlar va xulosalar vazirlik va idoralar tomonidan besh ish kuni muddatda taqdim etilishi shart.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2021-y., 07/21/5171/0633-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)