|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.03.1997
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SUGʻURTA ORGANLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-sonli “Oʻzagrosugʻurta” Davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston davlat sugʻurta organlari toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR davlat straxovaniyesi organlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1979-yil 9-oktabrdagi 700-son qarori oʻz kuchini” yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-dekabr,
605-son
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari hisoblanadilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi;
unga boʻysunuvchi davlat sugʻurta boshqarmalari va nazorat muassasalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi (Oʻzdavsugʻurta) hisoblanadi, toʻla xoʻjalik mustaqilligi sharoitida ish olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari hamda nazorat muassasalari respublika davlat sugʻurta organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlarining asosiy vazifasi, fuqarolar hayotini, salomatligini, mol-mulkini, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona hamda tashkilotlarning iqtisodiy manfaatlarini tabiiy ofatlar, halokatlar, baxtsiz hodisalar va boshqa kutilmagan hodisalardan sugʻurta yoʻli bilan himoyalashni taʼminlashdan iborat.
4. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
a) sugʻurtaning quyidagi davlat majburiy turlarini oʻtkazish;
transportdagi yoʻlovchilarni;
qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulkini;
fuqarolarning mol-mulkini;
diniy tashkilotlarga ijaraga berilgan davlat imoratlarini;
qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari zimmasigi yuklatiladigan davlat sugʻurtasining boshqa turlarini oʻtkazish;
b) aholini ixtiyoriy shaxsiy sugʻurta qilishni amalga oshirish;
v) ijarachilar, davlat korxonalari (birlashmalar), shirkat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning mol-mulkini ixtiyoriy sugʻurta qilishni oʻtkazish;
g) xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta xizmatlari koʻrsatish;
d) belgilangan tartibga muvofiq sugʻurta toʻlovlari miqdorini aniqlash va ularni toʻlashni amalga oshirish;
e) ehtiyotdan sugʻurta va investitsiya faoliyatini, sugʻurta va qayta sugʻurta qilish, shu jumladan chet el valyutasida, aʼmollarini amalga oshirish;
j) respublika vazirliklari va idoralari bilan, boshqa mamlakatlarning sugʻurta tashkilotlari bilan amaliy aloqalarni va hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma sugʻurta faoliyatini amalga oshirish;
z) tezkor va buxgalteriya hisobini olib borish, tegishli hisobotni tuzish;
i) maʼlumotlarning sugʻurta axborot bankini tashkil etish;
k) oʻtkaziladigan sugʻurta turlarini reklama qilish;
l) sugʻurta xodimlari kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash;
m) sugʻurta qilishning asosiy shartlarini ishlab chiqish;
n) mablagʻlar va moddiy boyliklarning saqlanishini nazorat qilish;
o) oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari tizimida moliyaviy faoliyatni tartibga solib turish uchun quyidagilar tashkil etiladi:
ustav jamgʻarmasi;
zaxira jamgʻarmasi;
ehtiyot jamgʻarmasi, shu jumladan, chet el valyutasida;
ehtiyotdan koʻriladigan chora-tadbirlar jamgʻarmasi;
sugʻurta va qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa jamgʻarmalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi hamda unga boʻysunuvchi davlat sugʻurta boshqarmalari va nazorat muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlariga, Moliya vazirligining yoʻriqnomalari va buyruqlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi koʻrsatkichi daromaddir. U olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlar (sugʻurta toʻlovlari, ehtiyotdan koʻriladigan chora-tadbirlarga sarflangan xarajatlar, zaxira jamgʻarmalariga ajratmalar, ish yuritish xarajatlari) oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Budjetga soliqlar toʻlanganidan soʻng qoladigan daromad davlat sugʻurta organlarining mulki boʻlib hisoblanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari budjetga toʻlanadigan soliqlar va soliq boʻlmagan toʻlovlarni undirish uchun belgilangan tartibda majburiy sugʻurtaga doir toʻlovlarni undirishni amalga oshiradi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta organlari xodimlariga boshqa sugʻurta tashkilotlari ishida qatnashish, shuningdek, oʻrindoshlik yoʻli bilan qatnashish man etiladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari va uning boʻlinmalari sugʻurta aʼmollari bilan bogʻliq barcha ishlar yuzasidan davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
11. Davlat sugʻurta organlari tomonidan toʻlanadigan sugʻurta haqi summasi va shaxsiy sugʻurtaga oid sugʻurta pulidan soliqlar hamda yigʻimlar, shuningdek, davlat boji olinmaydi.
12. Davlat sugʻurta organlari oʻz majburiyatlari boʻyicha haq undirish mumkin boʻlgan oʻzlariga tegishli mulkka javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, davlat esa Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari oʻtkazishi lozim boʻlgan davlat majburiy sugʻurta turlari boʻyicha majburiyatlar bundan mustasnodir.
Sugʻurta qildiruvchi Bilan sugʻurta qiluvchi oʻrtasidagi nizolar qonun bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
13. Sugʻurta qilish shartlarini buzganligi uchun sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurta qiluvchilarning javobgarligi ular oʻrtasida tuzilgan sugʻurta shartnomasida belgilanadi va belgilangan tartibda tasdiqlangan sugʻurta boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalarda aytib oʻtiladi.
14. Oʻzdavsugʻurta, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi boshqarmalari va nazorat muassasalari yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida oʻzlarining hisob-kitob va valyuta schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda nomlari oʻzbek va rus tillarda yozilgan muhrga ega boʻladilar.
II. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta ishlarini va uni boshqarishni tashkil etish
15. Respublikada davlat sugʻurta organlari ishiga rahbarlikni va ularning faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amalga oshiradi. Vazirlik:
davlat sugʻurtasini oʻtkazish yuzasidan koʻrsatmalar beradi;
davlat sugʻurtasiga doir yillik hisobotlar va balanslarni koʻrib chiqadi;
davlat sugʻurta organlari ishi yuzasidan tushgan shikoyat va arizalarni koʻrib chiqadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar, shaharlar hokimliklari moliya boshqarmalari (boʻlimlari) ning boshliqlari (mudirlari) Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurtaga oid qonunlariga, sugʻurtaning hamma turlariga doir qoidalar, yoʻriqnomalarga tegishli sugʻurta organlari tomonidan rioya etilishini, shuningdek, sugʻurta toʻlovlari tushumi, sugʻurta qoplamasi va sugʻurta pullari toʻlanishini nazorat qiladilar hamda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining tavsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Moliya vazirining oʻrinbosari – bosh boshqarma boshligʻi boshchilik qiladi. Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari boʻladi. Ularni vazirlik hayʼati tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tayinlaydi.
Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi joylardagi davlat sugʻurta organlari ishiga uslubiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat etadi, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishning umumiy yoʻnalishlarini, sof foydani taqsimlash tartibini, mehnatga haq toʻlash shakli hamda tizimini belgilab beradi.
Oʻzdavsugʻurta daromaddan olinadigan soliq boʻyicha respublika budjeti bilan markazlashtirilgan tartibda hisob-kitob qiladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasining tuzilmasi va xodimlari soni, shuning, lavozim maoshlari sxemasi hamda sugʻurta organlari ixtiyorida qoladigan foydani ishlatish toʻgʻrisidagi Nizom va mukofotlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasining boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasiga belgilangan tartibda quyidagi huquqlar beriladi:
sugʻurta toʻlovlaridan ajratmalar hisobiga oʻtkaziladigan tadbirlar roʻyxati haqida, sugʻurta qilinishi lozim boʻlgan mol-mulkning nobud boʻlishi va shikastlanishining oldini olish yuzasidan, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
bosh boshqarma apparat va unga boʻysunuvchi davlat sugʻurta organlari hamda oʻz tasarrufidagi boshqa tashkilotlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining lavozim maoshlariga ustamalar belgilash;
sugʻurta shartnomalari tuzish va ixtiyoriy sugʻurta toʻlovlarini qabul qilish uchun kredit muassasalari hamda boshqa muassasalar va tashkilotlarni jalb qilish;
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan sugʻurta shartnomalari tuzish;
davlat sugʻurtasi mahalliy organlari va oʻz tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini taftish qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarida va boshqa kredit muassasalarida Bosh boshqarma uchun schyotlar ochish hamda yopish, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mablagʻlar va mol-mulkini tasarruf etish; Oʻzdavsugʻurtaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish; ishonchnomalar berish; sudda, hakamlik sudida va boshqa organlarda ish olib borish;
ixtiyoriy sugʻurtaning hamma turlari boʻyicha idoraviy meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, davlat sugʻurta organlarining faoliyati masalalari yuzasidan uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish tasdiqlash;
davlat sugʻurta organlarining moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha tavsiyanomalar tayyorlash;
kirim va chiqimlar balansi loyihasini ishlab chiqish hamda balansni tuzish, shuningdek, toʻlovlar tushumi hajmini nazorat qilish koʻrsatkichlarini tayyorlash.
19. Oʻzdavsugʻurta huzurida Kengash tuziladi, uning tarkibiga Bosh boshqarma boshligʻi, lavozimi boʻyicha boshliqning oʻrinbosarlari, shuningdek, respublika davlat sugʻurta organlarining boshqa rahbar xodimlari kiradi. Kengash aʼzolari Oʻzdavsugʻurta boshligʻining tavsiyaga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash ishi tuzilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi, reja bir yilga tuzilib, yil choraklariga boʻlib chiqiladi va sugʻurta toʻlovlari tushumi rejasini bajarish davomida yuzaga keluvchi eng dolzarb va muhim masalalarni, shuningdek, amaliy rahbarlikni takomillashtirish, qarorlar ijrosini nazorat qilish va tekshirish, rahbar kadrlar hamda mutaxassislarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini oʻz ichiga oladi.
Reja Oʻzdavsugʻurta Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oʻzdavsugʻurta Kengashi aʼzolari oʻzlari egallab turgan lavozimlar boʻyicha asosiy ishlaridan tashqari, sugʻurta organlari ishining asosiy koʻrsatkichlari sifatida belgilangan rejalarni bajarish hamda davlat sugʻurtasini rivojlantirish boʻyicha respublikada olib borilayotgan ishlar ham shaxsan javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta boshqarmalari va nazorat organlari
20. Davlat sugʻurta boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hayʼatining qarori bilan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Viloyat boshqarmasi apparatining tuzilmasi, uning shaxsiy tarkibi, lavozimi maoshlariga ustamalar, boshqarma xodimlarini, shu jumladan, sugʻurta nazorat organlari boshliqlarini yilning ish yakunlariga koʻra taqdirlash toʻgʻrisidagi nizom boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqarma boshligʻi davlat sugʻurta boshqarmasi va nazorat organlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
21. Davlat sugʻurta boshqarmasi:
sugʻurta toʻlovlari tushumiga doir topshiriqlarni, xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
sugʻurta aʼmollarining statistika va buxgalteriya hisobini tuzadi va olib beradi, shuningdek, shahar va tuman davlat sugʻurta nazorat organlarida shu hisobni olib borish holatini nazorat qilishni amalga oshiradi, tasarrufidagi nazorat organlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi hamda tekshiradi;
sugʻurtaning ayrim turlari boʻyicha aʼmollarni amalga oshiradi;
Oʻzdavsugʻurtaga choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etishni taʼminlaydi;
kredit muassasalarida schyotlar ochadi va yopadi, yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qilish haqida shartnomalar tuzadi, sudda, hakamlik sudi va boshqa organlarda ish olib boradi;
sugʻurta toʻlovlari ajratmalari hisobiga oʻtkaziladigan sugʻurta qilingan mol-mulklarning nobud boʻlishi va shikastlanishining oldini olish chora-tadbirlarini rejalashtirishda qatnashadi va yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
22. Tuman, shahar va uchastka davlat sugʻurta nazorat muassasalariga davlat sugʻurta boshqarmasining boshligʻi tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
Tuman, shahar va uchastka davlat sugʻurta nazorat muassasalarining boshliqlariga belgilangan tartibda nazorat muassasalari xodimlarini, shuningdek, shtatda boʻlmagan sugʻurta vakillarini ishga tayinlash va ishdan ozod etish huquqi beriladi.
23. Davlat sugʻurta nazorat muassasiga quyidagilar yuklatiladi:
sugʻurta toʻlovlari tushumi boʻyicha topshiriqlarni va xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
nazorat muassasasining tuzilmasi va shaxsiy tarkibini ishlab chiqish, shtatdagi xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar, sugʻurta vakillarining mehnat haqi miqdorini belgilash;
majburiy va ixtiyoriy sugʻurta aʼmollarini bevosita amalga oshirish;
shtatda boʻlmagan sugʻurta vakillarining sugʻurta xizmatlari koʻrsatish borasidagi ishiga rahbarlik qilish;
sugʻurta aʼmollariga doir statistika va buxgalteriya hisobini olib borish, ish yuritish;
davlat mablagʻlari hamda moddiy boyliklarning saqlanishini, ularning toʻgʻri va tejamli sarflanishini taʼminlash;
davlat sugʻurtasini yanada rivojlantirishni, majburiy va ixtiyoriy sugʻurtaning har bir turiga oid toʻlovlar tushumi topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash;
sugʻurta qoplamasi hamda sugʻurta pullarini qoida va yoʻriqnomalarda belgilangan tartibda aniqlash va toʻlash;
choraklik va yillik hisobotlarni boshqarmaga belgilangan muddatlarda taqdim etish;
kredit muassasalarida hisoblar ochish va yopish, shartnomalar tuzish, sudda, hakamlik sudi hamda boshqa organlarda ish olib borish.
Oʻzdavsugʻurta mablagʻlari:
asosiy mablagʻlar jamgʻarmasidan;
sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha aʼmollar uchun zaxira jamgʻarmasidan;
hayotni sugʻurta qilish boʻyicha badallar zaxirasidan;
sugʻurta aʼmollari va investitsiya faoliyatidan tushgan joriy mablagʻlardan;
valyuta jamgʻarmasidan;
maxsus jamgʻarmadan;
sugʻurta organi tasarrufida qoladigan foydadan;
davlat sugʻurtasini barqarorlashtirish jamgʻarmasidan iborat boʻladi.
Ushbu jamgʻarmalarni hosil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.