

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5472886" id="onLBC-5472886">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7615"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5472886" id="onLS-5472886">[<b>TSZ:</b><div id="LS3716"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5472912" id="-5472912">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5472913" id="-5472913">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5472914" id="-5472914">Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5472915" id="-5472915"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6886336" id="-6886336">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 9-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-6881055?ONDATE=25.03.2024 00#-6882637">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472953" id="-5472953">Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-68425#-129851">17-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472954" id="-5472954">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellyatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472961" id="-5472961">2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-3517337#-5221019">383-moddasiga</a> muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472962" id="-5472962">a) daʼvo tartibida yuritiladigan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472963" id="-5472963">daʼvogar, javobgar, uchinchi shaxs shikoyati boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472964" id="-5472964">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil shikoyati boʻyicha, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472965" id="-5472965">b) alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472966" id="-5472966">arizachi, manfaatdor shaxs, ular vakillarining shikoyati boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472967" id="-5472967">v) hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472968" id="-5472968">hakamlik muhokamasi taraflari, ular vakillarining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472969" id="-5472969">Apellyatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472970" id="-5472970">Sud hujjati ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek, taraflar, uchinchi shaxslar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning huquqiy vorislari ham ega. Bunday holda shikoyatga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472971" id="-5472971">Ishda qatnashayotgan shaxs vakili, shu jumladan, advokat sud hujjati ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan holdagina haqli (FPK 69-moddasi <a href="/ru/acts/-3517337#-4266750">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472972" id="-5472972">Prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha apellyatsiya protesti tarafning murojaati mavjud boʻlganda keltirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472973" id="-5472973">3. Qonunga muvofiq, sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472974" id="-5472974">Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha hal qiluv qarori qabul qilingan kunning ertasidan hisoblanadi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521345">152-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472975" id="-5472975">FPK 262-moddasi <a href="/ru/acts/-3517337#-3523886">uchinchi</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-3523887">toʻrtinchi qismlari </a>mazmuniga koʻra, qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ham asosiy hal qiluv qarori chiqarilgan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472977" id="-5472977">4. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3523906">264-moddasiga </a>muvofiq, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, u ish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472978" id="-5472978">Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, mazkur qoida apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorining bir qismiga berilgan hollarda ham qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5472979" id="-5472979">5. Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarori, ajrim, qarorni qabul qilgan sudga topshiriladi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221038">385-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473005" id="-5473005">Bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221280">389-moddasida </a>nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun sud hujjatini qabul qilgan sudga yuborilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473006" id="-5473006">Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473007" id="-5473007">6. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ham birinchi instansiya sudiga beriladi va FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521371">155-moddasi </a>qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473009" id="-5473009">Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoxud rad qilish haqida sud ajrim chiqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473010" id="-5473010">Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati tiklanganda, sud hal qiluv qarori ijrosini toʻxtatish masalasini hal qiladi, darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarori bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473011" id="-5473011">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan FPK 155-moddasi <a href="/ru/acts/-3517337#-3521378">oltinchi qismiga </a>koʻra, xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473013" id="-5473013">Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyat (protest) FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221057">386-moddasi </a>talabiga muvofiqligini tekshirish hamda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221280">389-moddasida </a>koʻrsatilgan harakatlarni bajarish uchun ishni birinchi instansiya sudiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473014" id="-5473014">7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521371">155</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-5221323">396-moddalari </a>mazmuniga koʻra, ish boʻyicha biror-bir shaxs iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga asosan tiklanganda, ish boʻyicha boshqa shaxslar tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni, oʻtkazib yuborilishi sabablaridan qatʼiy nazar, tiklash toʻgʻrisidagi masalani, qoʻshimcha ravishda koʻrib chiqish talab etilmaydi. Bunday shaxslarning apellyatsiya shikoyati (protesti) FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221057">386</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-5221269">387-moddalari </a>talablariga rioya etgan holda apellyatsiya muhokamasi boshlanguniga qadar berilishi va umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473015" id="-5473015">8. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya tartibida ish yuritish predmeti borasida muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473016" id="-5473016">1) sud buyrugʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473017" id="-5473017">2) ustidan shikoyat berilishi qonunda nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan birinchi instansiya sudi ajrimlari (masalan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar boʻyicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan ish muhokamasini keyinga qoldirish haqidagi ajrim).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473018" id="-5473018">9. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221057">386</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-5221269">387-moddalarida </a>apellyatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni, shuningdek, unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi sababli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) bergan shaxs tomonidan ushbu talablarga rioya etilganligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473034" id="-5473034">Mazmuni FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221057">386-moddasi </a>talablariga javob bermaydigan, shuningdek, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221269">387-moddasi </a>talablari buzilgan holda berilgan shikoyat (protest) sudyaning ajrimi bilan harakatsiz qoldirilib, kamchiliklarini bartaraf etish uchun muddat beriladi. Bu muddat shikoyat (protest) kamchiliklari bartaraf etilishi uchun real imkoniyatlar hisobga olingan holda tayinlanishi lozim. Ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilsa, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi, aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, sudyaning ajrimi bilan qaytariladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473036" id="-5473036">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda “dastlabki” apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi nazarda tutilmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473037" id="-5473037">Apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudi tomonidan FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221038">385 — 387-moddalari </a>talablari bajarilmagan holda apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilgan holda, ish tegishli tarzda rasmiylashtirish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473039" id="-5473039">Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish apellyatsiya tartibida koʻrilayotganda boshqa shaxsdan shikoyat (protest) kelib tushgan holda ham ish FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221280">389-moddasi </a>talablarini bajarish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473041" id="-5473041">10. Qonunga muvofiq, shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) taqdim etish ishda ishtirok etuvchi shaxs huquqi ekanligini inobatga olib, ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishni apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473043" id="-5473043">Shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) ish apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilgandan soʻng kelib tushganda, ular apellyatsiya instansiyasi sudiga qoʻshimcha tarzda joʻnatilib, bir vaqtning oʻzida nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473045" id="-5473045">11. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221301">393-moddasiga </a>koʻra, apellyatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror esa, protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473047" id="-5473047">Shikoyatdan voz kechilganda, protest qaytarib olinganda, sud apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473049" id="-5473049">Shikoyatdan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) munosabati bilan apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish masalasi sud majlisida shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilgandan soʻng hal qilinadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3519227">69-moddasi </a>mazmuniga koʻra, vakilning ishonchnomada koʻrsatilgan sud hujjati ustidan shikoyat berish huquqi oʻz-oʻzidan, basharti bu holat ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlmasa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473050" id="-5473050">Agar ish boʻyicha boshqa shaxsning shikoyati mavjud boʻlsa, shikoyatdan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib kelmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473051" id="-5473051">Agar apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) boshqa shaxslar (sherik ishtirokchilar, uchinchi shaxslar) qoʻshilgan boʻlib, ular oʻz arizasidan voz kechmagan hollarda ham apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda sud ishni koʻrishni qoldiradi va uni birinchi instansiya sudiga FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221057">386</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-5221269">387-moddalari </a>talablariga muvofiq, apellyatsiya shikoyatini rasmiylashtirish uchun yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473053" id="-5473053">Apellyatsiya shikoyatidan voz kechilganda (protest qaytarib olinganda), apellyatsiya instansiyasi sudi tarafga shikoyatdan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) munosabati bilan apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi uni kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqidan mahrum etishini tushuntirishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473054" id="-5473054">Apellyatsiya shikoyatidan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) munosabati bilan apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi chiqarilgan kundan qonuniy kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473058" id="-5473058">12. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK <a href="/ru/acts/4267342">166</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3521715">167-moddalari </a>talablariga javob berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473063" id="-5473063">Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgar tomonidan arz qilingan talablar tan olinishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ish apellyatsiya instansiyasi sudida muhokama qilinayotganda amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473064" id="-5473064">Apellyatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning daʼvodan voz kechishini qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga (taraflarga) ish yuritishni tugatishning FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521105">126-moddasida</a> nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473065" id="-5473065">Apellyatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning daʼvo talablaridan voz kechishini qabul qilishda, taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473067" id="-5473067">Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud bunday voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya tartibida mazmunan koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473071" id="-5473071">13. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) boʻyicha ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-birining sud majlisiga kelmaganligi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221326">397-moddasiga </a>muvofiq, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473073" id="-5473073">Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda ham, agar ulardan biror-biri kelmaganligi sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473076" id="-5473076">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisiga kelmaganligi sabablari uzrsiz deb topilgan holda, shuningdek kelmaganlik sabablari haqida maʼlumotlar yoxud bu sabablar uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmaganda, apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473077" id="-5473077">14. Taraflardan biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketganda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) apellyatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3518923">47-moddasiga </a>koʻra, protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olgan holda, bunday shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi va ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga imkoniyat beradi. Huquqiy vorisning protsessga kirganligi haqida apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473078" id="-5473078">15. Sudlarning eʼtibori FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221318">395-moddasida </a>belgilangan ishni koʻrish muddatlariga rioya qilish zarurligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473079" id="-5473079">Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrish muddati alohida hollarda ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda (masalan, bir nechta talablarning bitta ish yuritishga birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining koʻpligi, qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish va tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.). apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi bilan qonunda nazarda tutilgan muddat doirasida uzaytirilishi mumkin (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221318">395-moddasi</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473080" id="-5473080">16. Qonunga koʻra, ish apellyatsiya tartibida koʻrilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473081" id="-5473081">birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473082" id="-5473082">sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473096" id="-5473096">sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473097" id="-5473097">moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473098" id="-5473098">birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining qonun talablariga muvofiqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473099" id="-5473099">FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221323">396-moddasiga </a>muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻliq hajmda tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473100" id="-5473100">Sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, shikoyat (protest) vajlaridan qatʼiy nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi, moddiy va protsessual qonun normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi tekshirilishini tushunish lozim. Apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) vajlaridan qatʼiy nazar, shuningdek arizani koʻrmasdan qoldirish yoki ish yuritishni tugatish uchun asoslar bor-yoʻqligini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473101" id="-5473101">17. Apellyatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473102" id="-5473102">Apellyatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilishi kollegial tarzda uch nafar sudyadan iborat tarkibda birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida, biroq FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221326">397-moddasida </a>nazarda tutilgan alohida xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473103" id="-5473103">Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakili tushuntirishlari tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf shikoyat qilgan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar va uning vakili soʻzga chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473104" id="-5473104">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlarining tushuntirishlarida shikoyatda (protestda) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli. Bunday holda sud boshqa taraf iltimosnomasiga koʻra, yangi vajlar va materiallar boʻyicha tayyorlanish va tushuntirishlar (eʼtirozlar) taqdim etish uchun sud majlisida tanaffus eʼlon qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473106" id="-5473106">18. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, shu jumladan, birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlgan va yangidan taqdim etilgan dalillarni tekshirishga haqli. Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib boʻyicha tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473108" id="-5473108">Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababli, qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473109" id="-5473109">Apellyatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473110" id="-5473110">19. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talab, shuningdek, daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi talab qabul qilinishi va koʻrilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473111" id="-5473111">20. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520614">10-bobida </a>nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473112" id="-5473112">Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473113" id="-5473113">21. Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473114" id="-5473114">Apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimda shikoyatning (protestning) har bir vajini muhokama qilishi, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi oʻz xulosasini bayon etishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473119" id="-5473119">Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi eʼlon qilinganda apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishi mumkinligini tushuntirishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473121" id="-5473121">Apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221359">399-moddasida </a>belgilangan vakolatlar doirasida ishni koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, shu jumladan, sud xarajatlari taqsimlanishi nazarda tutilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473123" id="-5473123">Apellyatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni eʼlon qilganidan soʻng, sud protsessi ishtirokchilariga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473125" id="-5473125">22. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221370">399<sup>1</sup>-moddasiga </a>muvofiq, sud hujjatini apellyatsiya tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473127" id="-5473127">1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473128" id="-5473128">2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473129" id="-5473129">3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473130" id="-5473130">4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473132" id="-5473132">Qonunga koʻra, mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud hujjati faqat rasmiy, yaʼni ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatli boʻlmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini oʻtkazish tartibi buzilganligi, davlat bojining asossiz kamaytirilganligi yoki toʻlovi kechiktirilganligi va h.k.) boʻyicha bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473133" id="-5473133">23. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilmaganligi yoxud qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473134" id="-5473134">Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalari buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi ishning notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgandagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi. Protsessual huquq normalari buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, FPK 399<sup>3</sup>-moddasi <a href="/ru/acts/-3517337#-5221385">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda ham sud hujjatini bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473135" id="-5473135">24. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221359">399-moddasiga </a>muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473136" id="-5473136">1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473137" id="-5473137">2) ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan hal qiluv qarorini oʻzgartirishga yoki uni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473140" id="-5473140">3) hal qiluv qarorini qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520722">122</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-3521087">124-moddalarida </a>koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473149" id="-5473149">4) FPK 399<sup>3</sup>-moddasi ikkinchi qismi <a href="/ru/acts/-3517337#-5221389">2</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-5221394">4-bandlarida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473152" id="-5473152">25. Apellyatsiya instansiyasi sudi arz qilingan daʼvo talabi doirasida ishda mavjud va qoʻshimcha taqdim qilingan hujjatlar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlashi va shundan kelib chiqib, oʻz vakolati doirasida qaror qabul qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473153" id="-5473153">26. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy, asosli hamda adolatli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473154" id="-5473154">Apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat (protest) vajlari asossiz va sud hujjatining bekor qilinishi yoxud oʻzgartirilishiga asos boʻlmaydi deb topilganligi sabablari koʻrsatib oʻtilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473155" id="-5473155">27. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlansa, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520722">122</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-3521087">124-moddalarida </a>koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473157" id="-5473157">28. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 399<sup>3</sup>-moddasi ikkinchi qismi <a href="/ru/acts/-3517337#-5221389">2</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-5221394">4-bandlarida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgandagina, apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473160" id="-5473160">FPK 399<sup>3</sup>-moddasi ikkinchi qismi <a href="/ru/acts/-3517337#-5221394">4-bandida </a>nazarda tutilgan asos boʻyicha ishni yangidan koʻrish uchun asossiz yuborilishiga yoʻl qoʻyilishi holatlarini oldini olish maqsadida, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida oʻz xulosalarini asoslantirishi, shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan ishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masala hal qilingan shaxsning protsessual holatini (qoʻshimcha daʼvogar, qoʻshimcha javobgar, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiladigan uchinchi shaxs, manfaatdor shaxs) koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473161" id="-5473161">Apellyatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha FPK 399<sup>3</sup>-moddasi<a href="/ru/acts/-3517337#-5221385"> ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan boshqa holatlarni aniqlasa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarorini bekor qilishi va yangi sud hujjati qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473163" id="-5473163">29. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmaganligi yoki notoʻgʻri hal etilganligi oʻz-oʻzidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521186">138 — 141-moddalarida </a>nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473164" id="-5473164">30. Apellyatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3523858">261</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3523875">262</a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-3523893">263-moddalarida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda oʻz tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizasiga binoan quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473165" id="-5473165">apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473167" id="-5473167">qoʻshimcha ajrim chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473169" id="-5473169">ajrimni tushuntirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473189" id="-5473189">Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni uni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmaganligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473190" id="-5473190">31. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221428">400-moddasiga </a>muvofiq, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan faqat quyidagi hollarda xususiy shikoyat (protest) berishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473191" id="-5473191">agar bunday huquq FPK normasida bevosita nazarda tutilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473192" id="-5473192">agar sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473193" id="-5473193">Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga nisbatan eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473194" id="-5473194">Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va koʻrish hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473195" id="-5473195">32. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasi <a href="/ru/acts/-3517337#-5221429">birinchi qismida </a>belgilangan yigirma kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473196" id="-5473196">33. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221436">402-moddasiga </a>muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473197" id="-5473197">1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473198" id="-5473198">2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473199" id="-5473199">3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473201" id="-5473201">Birinchi instansiya sudi tomonidan ariza sudning ish yurituviga qabul qilinib, ish qoʻzgʻatilgandan soʻng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, daʼvoni taʼminlash, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.) apellyatsiya instansiyasi sudi ishni mazmunan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473202" id="-5473202">Birinchi instansiya sudining ish qoʻzgʻatilgunga qadar chiqarilgan ajrimi (masalan, arizani qaytarish yoxud qabul qilishni rad qilish toʻgʻrisidagi) bekor qilinganda, apellyatsiya instansiyasi sudi bekor qilingan ajrim chiqarilishiga sabab boʻlgan protsessual masalani oʻzi mazmunan hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473204" id="-5473204">34. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221441">402<sup>1</sup>-moddasiga </a>muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun qonunda nazarda tutilgan qoidalar va tartibda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473205" id="-5473205">35. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish boʻyicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda u asossiz chiqarilganligi aniqlangan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473206" id="-5473206">36. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3524158">276-moddasi </a>talablariga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudining har bir majlisida, shuningdek, sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakati toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473208" id="-5473208">37. Ish boshqa shaxsning apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha koʻrilgandan soʻng sudga kelib tushgan shikoyat (protest) uni bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi tushuntirilgan holda qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473209" id="-5473209">38. Fuqarolik ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5473210" id="-5473210">39. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “<a href="/ru/acts/-1451193">Fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida</a>”gi 4-sonli, 2018-yil 30-noyabrdagi “<a href="/ru/acts/-4130474">Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</a>”gi 33-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5473212" id="-5473212">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5473213" id="-5473213"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5473214" id="-5473214"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5473215" id="-5473215"></div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5473216" id="-5473216">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5473217" id="-5473217">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5473218" id="-5473218">2021-yil 20-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5473219" id="-5473219">14-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
