

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.04.2021
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4130474" id="onLBC-4130474">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7624"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4130474" id="onLS-4130474">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4130821" id="-4130821">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4130827" id="-4130827">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4130829" id="-4130829">Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4130832" id="-4130832"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5575314" id="-5575314">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 14-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-5472886?ONDATE=20.04.2021 00#-5473210">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130838" id="-4130838">Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/ru/acts/-3517337">Fuqarolik protsessual kodeksi </a>yangi tahrirda qabul qilinishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-68532#-70640">17-moddasiga </a>asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130840" id="-4130840">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellatsiya va kassatsiya tartibida qayta koʻrish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130841" id="-4130841">2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-3517337#-3525625">383</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525913">403-moddalariga </a>muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130843" id="-4130843">a) daʼvo tartibida yuritiladigan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130844" id="-4130844">daʼvogar, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining shikoyati va prokurorning protesti boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130845" id="-4130845">b) alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130847" id="-4130847">arizachi, manfaatdor shaxs, ularning vakillari va prokurorning protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130848" id="-4130848">Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek FPK 373-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3525483">birinchi qismiga </a>muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130849" id="-4130849">Sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130850" id="-4130850">Shaxsning birinchi instansiya sudida qatnashayotgan vakili, shu jumladan advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (FPK 69-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3519232">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130851" id="-4130851">3. Qonunga muvofiq sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida, kassatsiya shikoyati (protest) esa, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130852" id="-4130852">Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kunning ertasidan hisoblanadi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521345">152-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130853" id="-4130853">4. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521371">155-moddasi </a>qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130854" id="-4130854">Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki rad qilish haqida sud ajrim chiqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130855" id="-4130855">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan FPK 155-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3521378">oltinchi qismiga </a>koʻra, xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130856" id="-4130856">Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topganda, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525754">386</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525926">406-moddalari </a>talablariga muvofiqligini tekshirish hamda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525779">389</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525946">409-moddalarida </a>koʻrsatilgan harakatlarni bajarish uchun ishni birinchi instansiya sudiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130857" id="-4130857">5. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525684">385</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525921">405-moddalariga </a>koʻra, apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga beriladi, ammo hal qiluv qarori, ajrim, qarorni qabul qilgan sudga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130858" id="-4130858">Bevosita apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525779">389</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525946">409-moddalarida </a>nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun sud hujjati qabul qilgan sudga yuborilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130859" id="-4130859">Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130860" id="-4130860">6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130862" id="-4130862">1) sud buyrugʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130863" id="-4130863">2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan, shuningdek ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida, shu jumladan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar boʻyicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan chiqarilgan birinchi instansiya sudining ajrimlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130864" id="-4130864">7. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525754">386</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525926">406-moddalarida </a>apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130866" id="-4130866">Mazmuni FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525754">386</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525926">406-moddalari </a>talablariga javob bermaydigan shikoyat (protest), shuningdek davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanmagan shikoyat kamchiliklarini bartaraf qilish uchun muddat berilgan holda, sudyaning ajrimi bilan harakatsiz qoldiriladi. Koʻrsatilgan muddat shikoyat (protest)ning kamchiliklarini bartaraf etishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130867" id="-4130867">Ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganda, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi, aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, qaytariladi va bu haqda sudya tomonidan ajrim chiqariladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130868" id="-4130868">Qonun taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori nusxasini topshirish faktini apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protest) berish huquqini amalga oshirish muddati bilan bogʻlamasligi sababli, hal qiluv qarorining nusxasini olgandan soʻng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini koʻrsatib, “dastlabki” apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmaganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130869" id="-4130869">8. Qonunga muvofiq shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqi boʻlganligini inobatga olib, ularni birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130870" id="-4130870">Shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilgandan soʻng kelib tushsa, ular tegishli instansiya sudiga yuborish bilan birga nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ham yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130871" id="-4130871">9. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525852">393</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525963">413-moddalari </a>talablariga koʻra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror esa, protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130874" id="-4130874">Shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish)ni qabul qilish masalasi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyat (protest)ni koʻrish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilishi zarur. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3519227">69-moddasi </a>mazmuniga koʻra, ishonchnomada vakilga berilgan birinchi instansiya sudi sud hujjatiga nisbatan shikoyat keltirish huquqi, agar ishonchnomada boshqa holat maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130895" id="-4130895">Agar shikoyatdan voz kechish qonunga zid boʻlmasa yoki boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi uni qabul qilishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130896" id="-4130896">Agar tegishli sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan boʻlsa, sud shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi toʻgʻrisida, shuningdek protest qaytarib olinganda ajrim chiqaradi va apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130907" id="-4130907">Shikoyatga qoʻshilish haqidagi yozma ariza mustaqil shikoyat sifatida koʻrib chiqilishi sababli, agar sud protsessida shikoyat bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar yoki uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilgan taqdirda, shikoyatdan voz kechishni qabul qilish apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatishga olib kelmaydi. Shuni eʼtiborga olish lozimki, koʻrsatilgan shaxslar berilgan protestga ham qoʻshilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130909" id="-4130909">Apellatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati qonuniy kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130910" id="-4130910">10. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521698">166-moddasiga </a>koʻra, sud taraflarni yarashtirish choralarini koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida tegishli instansiya sudiga taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521698">166</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3521715">167-moddalari </a>talablariga javob berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130911" id="-4130911">Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi muhokamasida amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130912" id="-4130912">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga (taraflarga) FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521105">126-moddasida </a>nazarda tutilgan ish boʻyicha ish yuritishni tugatishning oqibatlarini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130913" id="-4130913">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning daʼvo talablaridan voz kechishini qabul qilishda va taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130915" id="-4130915">11. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) boʻyicha ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli, FPK 389-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3525780">birinchi qismi</a>, 409-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3525947">birinchi qismi </a>talablarining bajarmasligi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525870">397</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525979">417-moddalariga </a>muvofiq ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130917" id="-4130917">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish koʻrilishi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda ham, ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130918" id="-4130918">Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek kelmaganlik sabablari haqida maʼlumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130920" id="-4130920">12. Taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi protsessual huquqiy vorislik FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3518923">47-moddasiga </a>koʻra, sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, bunday shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130922" id="-4130922">13. Sudlarning eʼtibori ishlarni apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrishda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525863">395</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525973">415-moddalarida </a>belgilangan muddatlarga, shuningdek apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtgan holda ham rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130924" id="-4130924">Shikoyat (protest) boʻyicha tushgan ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish muddatlari qonunda belgilangan muddat doirasida (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525863">395</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525973">415-moddalari</a>) ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining koʻpligi, qoʻshimcha hajmdagi dalillarni talab qilib olinishi va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130925" id="-4130925">14. Qonunga koʻra ish apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130927" id="-4130927">birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130929" id="-4130929">sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130931" id="-4130931">sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130933" id="-4130933">moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130935" id="-4130935">birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari qonun talablariga muvofiqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130937" id="-4130937">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525867">396</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525977">416-moddalariga </a>muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini toʻliq hajmda tekshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130939" id="-4130939">Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlaganligini, moddiy va protsessual normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim. Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi nazar, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish, ish boʻyicha ish yuritishni tugatish yoki arizani koʻrmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130940" id="-4130940">15. FPK 377-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3525548">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtadi va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130942" id="-4130942">Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi va bu ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan shikoyat (protest) berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130944" id="-4130944">16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130946" id="-4130946">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilishi kollegial tarzda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525870">397</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3525979">417-moddalarida </a>nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130947" id="-4130947">Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakilining tushuntirishlari tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf shikoyat qilgan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar va uning vakili soʻzga chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130949" id="-4130949">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlarining tushuntirishlarida shikoyat (protest)da koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130950" id="-4130950">17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlganligidan va yangidan taqdim etilganligidan qatʼi nazar, tekshirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130952" id="-4130952">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130953" id="-4130953">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130954" id="-4130954">Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib boʻyicha tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130955" id="-4130955">18. Sudlarning eʼtibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti boʻlmagan, shu jumladan, qarshi daʼvo tariqasida keltirilgan yangi moddiy-huquqiy talablar, shuningdek tarafning daʼvo muddatini qoʻllash haqida arz qilgan talabi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va koʻrilishi mumkin emasligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130956" id="-4130956">Bu qoida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish chogʻida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan yoki xabardor qilinmagan javobgar tomonidan berilgan talablarga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130957" id="-4130957">19. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520614">10-bobida </a>nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130958" id="-4130958">Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida tegishli instansiya sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130959" id="-4130959">20. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻrish natijalari yuzasidan ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130960" id="-4130960">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani ajrimda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130963" id="-4130963">Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi eʼlon qilinganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130964" id="-4130964">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525893">399</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3526133">419-moddalarida </a>belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130966" id="-4130966">Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni oʻqib eshittirganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130967" id="-4130967">21. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525521">375-moddasiga </a>muvofiq sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130968" id="-4130968">1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130969" id="-4130969">2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130971" id="-4130971">3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130972" id="-4130972">4) moddiy huquq normalarining va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130973" id="-4130973">Qonunga koʻra, mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud hujjati faqat rasmiy, yaʼni ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatli boʻlmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini oʻtkazish tartibi buzilganligi, davlat boji asossiz kamaytirilganligi yoki kechiktirilganligi va h.k.) boʻyicha bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik rasmiy ekanligi toʻgʻrisidagi masala apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130974" id="-4130974">22. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilmaganligi yoki qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130975" id="-4130975">Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi faqat ishni notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130976" id="-4130976">23. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525893">399</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3526133">419-moddalariga </a>muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130977" id="-4130977">1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130978" id="-4130978">2) ishni yangidan koʻrish uchun oʻtkazmasdan hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoki hal qiluv qarorini, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130980" id="-4130980">3) hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130981" id="-4130981">24. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy, asosli hamda adolatli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130984" id="-4130984">Bunda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat yoki protest vajlari notoʻgʻri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga asos boʻlmaydi deb topilganligi sabablari koʻrsatib oʻtilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130986" id="-4130986">Birinchi instansiya sudi tomonidan ishning toʻgʻri hal qilinishiga taʼsir qilmagan va taʼsir qilishi mumkin boʻlmagan huquq normalari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525602">379-moddasiga </a>muvofiq ularni oʻz ajrimi yoki chiqargan xususiy ajrimida koʻrsatib oʻtishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130987" id="-4130987">25. Shuni nazarda tutish lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525893">399</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3526133">419-moddalari</a>). Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mavjud, shuningdek qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlab, oʻzi hal qiluv qarori, qarorni oʻzgartirishga yoki hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilib, yangi hal qiluv qarori, qaror chiqarishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130989" id="-4130989">26. Sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga oʻzgartirishlar kiritish tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130991" id="-4130991">Yangi hal qiluv qarori deganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning asosiy xulosasini jiddiy oʻzgartiradigan ajrim qabul qilinishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130995" id="-4130995">27. Apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520722">122 </a>va <a href="/ru/acts/-3517337#-3521087">124-moddalarida </a>koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga agar apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlangan boʻlsa, haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130996" id="-4130996">28. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521186">138 — 141-moddalarida </a>nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4130998" id="-4130998">29. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilganda va yangi hal qiluv qarori qabul qilganda, qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3523858">261</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3523875">262 </a>va <a href="/ru/acts/-3517337#-3523893">263-moddalari</a>) quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131000" id="-4131000">ajrim yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131003" id="-4131003">qoʻshimcha ajrim chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131004" id="-4131004">ajrimni tushuntirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131005" id="-4131005">Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi oʻtkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131006" id="-4131006">30. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525900">400</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3526150">420-moddalariga </a>muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga, shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) qonunda nazarda tutilgan, shuningdek ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131007" id="-4131007">Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va koʻrish sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131008" id="-4131008">31. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3525901">birinchi qismida </a>belgilangan oʻn kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran, kassatsiya tartibida ajrim ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 420-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3526153">birinchi qismida </a>belgilangan olti oylik muddat esa, birinchi instansiya sudi ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131012" id="-4131012">32. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525907">402</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3526155">421-moddalariga </a>muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131014" id="-4131014">1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131016" id="-4131016">2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131017" id="-4131017">3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131020" id="-4131020">Ariza birinchi instansiya sudining ish yurituviga qabul qilinib va ish qoʻzgʻatilgandan soʻng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, daʼvoni taʼminlash, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.), apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni kelgusida mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131022" id="-4131022">Birinchi instansiya sudining ish qoʻzgʻatilgunga qadar qabul qilingan ajrimi bekor qilingan holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ustidan shikoyat (protest) berilgan ajrim chiqarilishiga sabab boʻlgan (masalan, arizani qaytarish, arizani qabul qilishni rad qilish toʻgʻrisidagi) protsessual masalani oʻzi mazmunan hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131024" id="-4131024">33. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari boʻyicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼi nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131027" id="-4131027">Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131028" id="-4131028">Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131031" id="-4131031">34. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish boʻyicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik boʻlganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131034" id="-4131034">35. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3524158">276-moddasi </a>talablariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakat haqida bayonnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131035" id="-4131035">36. Shikoyat apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyatlar boʻyicha koʻrilgandan soʻng kelib tushganda, mazkur apellatsiya, kassatsiya shikoyatini bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131038" id="-4131038">37. Fuqarolik ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4131040" id="-4131040">38. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 4-sonli <a href="/ru/acts/-1451193">qarorining </a>apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrish amaliyotiga taalluqli tushuntirishlari qismi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 5-sonli <a href="/ru/acts/-1455241">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4131042" id="-4131042">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4131045" id="-4131045">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4131047" id="-4131047">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4131049" id="-4131049">2018-yil 30-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4131050" id="-4131050">33-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
